Fotiha surasini o’qib davolanish.
Abu Said al-Xudriy r.a. aytadi:"Bir guruh sahobalar safarga chiqishgan edi. Ular arablarning qabilalaridan biriga borishdi va ulardan mehmon qilishni so’rashdi. Lekin qabila ahli ularni mehmon qilishni istashmadi. Shu paytda qabila raisini hashorat chaqib, har tomonga yugurib qolishdi., ammo hech narsa foyda bermadi. Bir kishi:"Ana u musofirlarning yoniga borsangiz, balki ularda bir nima topilib qolar", dedi. Ular darhol yonlariga kelib:"Ey, jamoa, raisimizni hashorat chaqdi, barcha harakatimiz zoye’ ketdi. Balki szilarda bir nima bordir?’, deyishdi. Sahobalardan biri:"Allohga qasamki, men davolay olaman. Ammo sizlardan bizni mehmon qilishingizni so’ragan edik, rad javobini berdingiz.Shuning uchun haqqini to’lamasangiz, men ham davolamayman",dedi. Ular bir nech qo’y berishga va’da qilishdi. Sahobiy Fotiha surasini o’qib ufladi. Rais chigali yozilgan kabi jonlandi va turib ketdi.Og’riqdan xalos bo’ldi. Ular kelishilgan haqni unga berishdi. Sahobalardan biri:"Qo’ylarni bo’lishing", dedi. Davolagan sahobiy esa:"Yo’q, Rasulullohga borib, ahvolni xabar bermaguncha bir narsa qilmang. U kishi qanday amr qilishlarini ko’raylik", dedi. Rasulullohning sav xuzurlariga borib, bo’lib o’tgan, voqeani tushuntirishdi. Rasululloh sav:"Foriha surasini davolashini qayerdan bildingiz? Sizga g’animat keldi, uni bo’lib oling, o’zingiz bilan birga menga ham hissa ajrating", deya marhamat qildilar va kuldilar".
Imom Buxoriy.