-=Ким Photoshop ни билади ?=-  ( 26503 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


esCape  01 Sentyabr 2007, 09:57:10

Мехрибон ва рахимли оллох номи билан бошладим !
Ассалому алайкум ва рахматуллох.

Ким Фотошопни билади ? агар биладиган булселар биргаликда урганамиза. билмаселар бирга урганамиза. Фотошоп хакида кулимдан келганича ёрдам бераман.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Sentyabr 2007, 07:58:00

Va alaykum assalom!
Judayam xayrli ishni boshlabsiz.
Inshaalloh, ko'pchilikka foyda bo'ladi, degan umiddaman.

Qayd etilgan


Usmon  05 Noyabr 2007, 16:43:39

Sizlarga maslahatim, ushbu saytdagi ma'lumotlarni olib, Photoshop bo'yicha ancha yaxshi mutaxassisga aylanishingiz mumkin: photoshop.demiart.ru.

Qayd etilgan


Usmon  16 Yanvar 2008, 20:12:53

Assalomu alaykum!Photoshopni birga o'rganish niyatida bo'lgan forumdoshlar uchun bu darsda qanday qilib Photoshop dasturida zarhal harflar bilan yozish beriladi. Boshladik bo'masa....

P.S. Darslarning ba'zilari photoshop.demiart.ru saytidan olingan

Zarhal harflar bilan yozish
Avval biror so'z terib oling. Iloji boricha yo'g'li (жирный) harflar bilan yozishga harakat qiling. Terilgan matn ustida ishlash uchun uni oldin rastrga aylantirib olish zarur. Matn sloyini tanlang va pop-up (sichqoncha o'ngtugmasi bosilganda ochiladigan) menudan Rasterize Layer (Растрировать слой) bo'limini tanlaymiz. Matn rastrga aylandi.
Endi matnni belgilab olish kerak. Ctrl tugmasini bosib turgan holda shu sloy ustida sichqoncha chap tugmasini bosing.
Belgilangan sohani maska shaklida alohida kanalda saqlang. Buning uchun Channels (Каналы) palitrasidagi oq doirali tugmani bosih yoki menuning Select • Save Selection (Выделение • Сохранить выделение) bo'limini tanlash kerak.
Hosil qilingan kanalni faollashtirish va Gaussian Blur (Размытие по Гауссу) filtri yordamida (Filtr menusining Blur (Размытие) qismida), 2-3 piksel radius bilan yuvish kerak.
RGB-kanalga qaytib Layers (Слои) palitrasini oching. Matn sloyi aktivligiga ishonch hosil qilganingizdan so'ng Filter • Render • Lighting Effects
(Фильтр • Освещение • Эффекты свет)
buyrug'ini bajaring. Texture Channel (Текстура канала) bo'limida yuvilgan matnli kanalni tanlab oling.
Qolgan parametrlarni quyidagiga yaqin qiling:
Light type (Источник) — Spotlight (Прожектор),
Intensity (Яркость) — 35,
Focus (Фокус) — 69,
Gloss (Фактура) — 0,
Material (Материал) — 69,
Exposure (Выдержка) — 0,
Ambience (Среда) — 8, ikkala rang ham oq bo'lsin.

Harflarga metall ko'rinishini berish uchun esa ton egri chiziq (кривые)laridan foydalanish lozim.
Buning uchun Images/Adjustments/Curves (Изображение/Настройки/Кривые)ni tanlang. Hosil bo'lgan oynadagi egri chiziqni shunday joylashtiringki, u oynani to'liq egallagan holda "W" ko'rinishini olsin. Faqat ikki pastki qismi va yuqorida o'rtada joylashgan qismi oyna chetidan biroz uzoqda bo'lsin.
Taxminan quyidagi ko'rinishga keltiring (Chiziqdgi har bir nuqtaga e'tibor bering):

Endi esa matnni tillaga aylantiramiz. Buning uchun Image •Adjustments • Hue/Saturation (Изображение • Настройки • Тон/Насыщенность) buyrug'idan yoki "Ctrl+U" tugmalaridan foydalanamiz. Hosil bo'lgan oynada Colorize (Тонирование) ga "qushcha" (ptichka  :D) qo'ying. Parametrlarni esa quyidagicha o'rnating:
Hue/Тон: 41
Saturation/Насыщенность: 100
Lightness/Яркость: 0


Natijani yanda yaxshilash uchun esa Layer • Layer Style • Drop Shadow
(Слой • Стиль слоя • Внешняя тен)
bo'limini tanlab matnga soya beramiz.
Bunda parametrlarni quyidagicha o'rnatganingiz ma'qul:
Blend mode: Multiply
Opacity: 50
Angle: 120 gradus
Distance: 4
Spread: 0
Size: 4
Noise: 0

Agar tasvir uncha tiniq bo'lmasa Brightness/Contrast (Яркость/Контрастность) bo'limidan biroz to'g'rilab yuborishingiz mumkin. Bo'ldi, agar zarhal harfga ozgina o'xshagan bo'lsa  ;D

Mana bu namuna fayli, sizdayam shunga o'xshash manzara paydo bo'lsa kerak:

Qayd etilgan


Murod_bek  17 Yanvar 2008, 20:47:15

Rahmat Usmon!
Alloh ilmingizni ziyoda qilsin...

Qayd etilgan


Usmon  18 Yanvar 2008, 21:45:01

Chiroyli Yurakcha

Yangi dokument (Ctrl+N), hajmi 800x600. Oq fon.
Ellipse-tool (Type tool asbobining tagida joylashgan)ni tanlaymiz va Shiftni bosib turib aylana chizib olamiz. Mana bunday:



Convert Point tool... ni tanlaymiz (uni qidirib butun xonani aylanib yurganizi hech kim ko'rib qolmasin yana :), Ellipse-toolning chap tomonida joylashgan).
Endi skrinshotga qarab, xuddi shu rasmni takrorlashga harakat qilib ko'ring...
Maslahat: Direct Selection Tool va Path Selection Tool....(bitta yuqorida) dan foydalaning. Ozgina harakatlardan so'ng sizda Yurak paydo bo'ladi.



Tasvir ustida "vektor" bilan ishlash uchun mo'ljallangan xohlagan asbobibgizda (masalan Convert Point tool) sichqoncha o'ng tugmasini bosing va Make Selection bo'limidan Feather Radius=0 ni tanlang
Endi Layer > Rasterize > Layerni tanlang.
Ctrl+J — sloydan yana bir nusxa olamiz.
Eng ustki sloyga o'tamiz.
Color-Swatches-Styles panellarini ko'rgan bo'lsangiz kerak. Styles panelini ochamiz va Blue Glass (ko'k to'rtburchak tugma) knopkasini topib, bosamiz.
Ko'rib turganingizdek, bu stilni biroz o'zgartirishga to'g'ri keladi. f harfchasi ustida ikki marta bosing (Layers palitrasida sloydan o'ngroqda). ... Color Overlay bo'limiga kirib, qizil rangni o'rnating... Inner Glow ga kirib Opacity ni 30% ga tushiramiz (kechki bozor :)). Bevel and Emboss ga kirib Shading bo'limini biroz o'zgartiramiz:
Angle=150
Altitude=64
Qaltirab, qaltirab ОК ni bosamiz.... ;D



Sal-pal o'xshadimi?
Endi o'rtadagi sloyga o'tib undagi yurakka Filter > Blur > Gaussian Blur ni qo'llab biroz (4-5 piksel) yuvib yuboramiz. Ana bo'ldi.... yurakchamiz ham tayyor bo'ldi.
Agar bundanda chiroyli ko'rinish olsin desangiz.....
Bunda Eye Candy 4000 paketidagi Chrome filtri yordam berishi mumkin.
Eng ustki sloydan nusxa olamiz. Endi bizda 4 sloy bor. Eng yuqoridagi sloyda Layer > Layer style > Clear Layer Style operatsiyasini bajaramiz.
Endi Filtr > Eye Candy4000 > CHROME > Reflection map = Brick Wall. Bewel Width ga 1.35 qiymatini qo'ying. ОК.
Bu sloyga Color Dodge stilini qo'llaymiz va Fill ga 80% qiymatini beramiz (Fill ga, Opacity ga emas!).
Yurakchamiz Tayyor bo'ldi ;D


Qayd etilgan


Usmon  22 Yanvar 2008, 15:04:04

Bu darsda shaffof shar chizamiz. Asosiysi har bir amalni eslab qolishmas, balki har bir amalni qo'llaganda nima bo'layotganiga e'tibor berish. Boshladik...

Dars 5 qismga bo'linadi:

* Asosiy aylana sohasini chizib olish (1 va 2 bosqich)
* Gradiyentlar bilan bo'yash va sloylarga stillar qo'llash (3 - 6 bosqichlar)
* Shu'la qo'shish (7 bosqich)
* Soya qo'shish (8 bosqich)
* Tasvirning shisha orti akslantirilishi (9 bosqich)

1-bosqich. Tayyorgarlik

Eng quyida oxirgi natija bor. O'sha tasvir foniga o'xshash biror rasmni oling va uni

Photoshopda oching.Yangi sloy qo'shing. Buning uchun Ctrl+Alt+Shift+N yoki Create a new layer tugmasini bosing. Elliptical Marquee asbobi yordamida aylana (aylana chiqishi uchun Shiftni bosib ushlab turing) belgilab oling, u quyidagiga o'xshash soha va hajmda bo'lsin:



2-bosqich. Baza rangi bilan belgilangan sohani bo'yab olish

Oldingi plan rangida sichqoncha chap tugmasini bosamiz.
Hosil bo'lgan Rang oynasida (Color Picker) D6D3C0 rangini belgilab olamiz (# belgili oynacha yonida).
Paint Bucket asbobini tanlaymiz va belgilangan sohani shu rangga bo'yaymiz (yoki Alt+BackSpace).

3-bosqich. Sloy stillari

Sloylar panelida Add a Layer Style tugmasini bosamiz, hosil bo'lgan ro'yxatdan Inner Shadowni belgilaymiz, va quyidagi parametrlarni o'rnatamiz: (e'tibor bering, soya rangi sifatida oq rangni olish lozim):

Blend Mode: Linear Dodge; Rang - oq
Opacity: 42%
Angle: -54
Use Global Lights: On
Distance: 16
Choke: 0
Size: 29
Noise: 0


Quyidagi ko'rinish hosil bo'lishi lozim



4-bosqich. Gradiyentlar bilan bo'yash

Yangi sloy qo'shing — Create a new layer. Bitta pastki sloy bilan guruhlang: Ctrl+G. Fon rangini 65645F qilib belgilang. Endi joriy oldingi va ortki (fon) planlari rangini ishlatib gradiyent hosil qilamiz. Gradient Tool (Paint Bucket Toolning tagida) asbobini tanlaymiz.
Optsiyalarda (yuqoridagi panel) chiziqli gradiyent (линейнс‹й градиент) va Reverse qismlarini belgilab olamiz (qolganlariga tegmay).
Gradiyentni skrinshotdagi kabi qo'llaymiz (qizil nuqtadan ko'kka tomon):



D harfini bosamiz, ranglar baza ranglariga (oq va qora) o'tadi.
Add Layer Mask tugmasini bosib sloyga maska qo'shamiz.
Radial gradiyentni tanlab olamiz (bu tugma chiziqli gradiyentning yonginasida joylashgan).
Sloy maskasida radial gradiyent chizamiz. Bunda boshlang'ich nuqtamiz shar ichida, yakuniy nuqta esa tashqarida bo'lishi lozim. (Reverseni yoqib qo'ygandik, uni o'chirish esdan chiqmasin!)

5-bosqich. Yana sloy stillari

Layer 1 sloyidan dublikat olamiz - Layer > Duplicate Layer.
Endi Layer 1 ni eng yuqori planga olib chiqamiz.
Shu sloy faolligiga ishonch hosil qilib, Fill ko'rsatkichini 0 ga tenglashtiramiz, so'ng shu sloyning Layer Style ikonkasida sichqoncha chap tugmasini bosib Inner Shadow bo'limida parametrlarni quyidagicha qo'yamiz:

Blend Mode: Overlay, Rang - Qora
Opacity: 100%
Angle: 105
Use Global Light: off
Distance: 10
Choke: 0
Size: 51
Noise: 0


Inner glow oynasida esa quyidagi parametrlar o'rnatiladi:

Blend Mode: Normal
Opacity: 13
Noise: 0
Rang: Qora
Technique: Softer
Source: Edge
Choke: 25
Size: 5
Range: 100
Jitter: 0


Hammasini bajargandan so'ng quyidagiga o'xshash natija hosil bo'ladi:



6-bosqich. Hajmdorlik (3d)
Yangi sloy qo'shamiz. Brush Tool asbobini belgilab olamiz. Cheti yumshoq va ancha katta kist tanlaymiz. Kist parametrlarini (yuqoridagi panelda): diametr: 150px, hardness: 0% kabi o'rnatamiz.
Oldingi plan rangi sifatida oq rangni belgilab olamiz.
Yangi sloyda (Layer 3) kist bilan bir marta aylana markazida bosamiz. Hosil bo'lgan dog'ni yuvib olamiz: Filter/Effects/Gaussian Blur, radius: 25.
Endi Layer 3 sloyiga harirlik beramiz (opacityni 60% gacha tushiramiz).

7-bosqich. Shu'la

Yangi sloy qo'shamiz.
Brush Tool asbobini belgilab olib, 20 diametrli qattiqroq kist tanlaymiz. Oldingi plan rangini oq qilib belgilaymiz. Sharning yuqori chap qismiga bir marta bosib shu'la qo'yamiz.
Gaussian Blur (меню Effects/Blur/Gaussian Blur) radius: 0.5 — yuvib olamiz.
Sloyga stil beramiz (Add a Layer Style tugmasi). Outer Glow effektini quyidagi parametrlar bilan qo'yamiz:

Blend mode: Screen
Opacity: 75
Noise: 0
Rang - sariq
Technique: Softer
Spread: 0
Size: 9
Range: 50
Jitter: 0


8-bosqich. Soya

Layer 1 copy sloyiga o'tib, Fill ko'rsatkichini 25% ga tushiramiz:
Shaffof shar paydo bo'lishining mo'jizali onlari ham yetib keldi ;D!
Endi soya hosil qilami. Fon sloyini faollashtirib, yangi sloy hosil qilamiz.
Shar chegarasi bo'ylab belgilash sohasi hosil qilamiz. Buning uchun Ctrl tugmasini bosib turib Layer 1 (yoki Layer 1 copy) sloyida sichqoncha shap tugmasini bosamiz. Layer 5 sloyi faolligiga ishonch hosil qilgach, D tugmasini bosamiz, baza ranglari o'rnatildi.
Gradient Tool asbobini tanlab olamiz. Optsiyalarda radial gradiyent, inversiya (reverse), gradiyent turini esa - harirdan fon rangi (qora)ga o'tadigan qilib belgilab olamiz.
Gradiyentni markazdan shar chetiga tomon yo'nalish bo'ylab chizib olamiz.
Free Transform (Edit menusida, yoki Ctrl+T) funksiyasi yordamida fonga soya solamiz.
Buning uchun belgilangan soha chetlarini shunday o'zgartirib, soyani o'ngga shunday suringki, quyidagi ko'rinishga kelsin:


 
Belgilashni yechamiz (Ctrl+D).
Endi soya kontrastini pasaytiramiz. Sloyga harirlik beramiz (opacity = 50%), va soyani biroz yuvib yuboramiz (Filter/Blur/Gaussian Blur filtri, radius: 2).
 
9-bosqich. Tasvir deformatsiyasi

Endi shar ortida ko'rinayotgan tasvirni deformatsiyalaymiz. Layer 5 (soya) sloyini faollashtirib, shar chetlarini belgilyamiz (Ctrl tugmasini bosib turgan holda Layer 1 yoki Layer 1 copy sloylari ustida bosamiz). Spherize (Filter/Distort/Spherize menusi) filtrini 100% qiymat bilan qo'llaymiz, rejim: Normal. Xuddi shu amalni fonga nisbatan ham qo'llaymiz (fonni faollashtirib, Ctrl+F tugmasini bosih orqali unga ham Spherize filtrini qo'llaymiz.

Oxirgi chizgi: shar yuqori qismidagi shu'lani ham biroz deformatsiyalaymiz.
Layer 4 sloyiga o'tib, transformatsiya qilamiz (Ctrl+T) W: 65%; burilish (rotate): 45 gradus,

Enterni ikki marta bosamiz.

                                           Final:

Qayd etilgan


lolo  26 Yanvar 2008, 23:11:29

manam ozgina ijod qilib ko'rdim, o'xshabdimi oltinga?

Qayd etilgan


Rukhiya  27 Yanvar 2008, 00:37:42

Iqtibos
manam ozgina ijod qilib ko'rdim, o'xshabdimi oltinga?

Muborak bo'lsin juda yaxshi chiqibdi.

Qayd etilgan


Murod_bek  27 Yanvar 2008, 11:49:49

Zo'r chiqibdi lolo opa...
Kumush qilsa ham bo'ladimi?

Qayd etilgan