Assalomu alaykum qadrdon forum ahli. Yana bir quvonchli xabar ila keldim huzuringizga
Forumimiz oilalari soni yana bittaga ko'payish arafasida inshaAlloh. forum.ziyo.uz ga, Abdulaziz akaga va barcha forum uchun jon kuydirgan insonlarga tashakkur. Bizga qadrdonlar, yaqinlar bergani uchun.
Xullaaaas, gapni indallosiga o'tadigan bo'lsak forumimizning mashxur jurnalisti Lobarxonni azim Toshkentdan go'zal Qo'qonga uzatadigan bo'ldik
Lobar va Sarvar(Uzmuslim) ning qurilajak oilalarini Alloh hayrli qilsin, Jannatida ham birga qilsin. Duo qib qo'yasila endi
Toki g'unchalarkan ishqning lolasi,
Toki tinmas ekan sevgi nolasi,
Toki talpinarkan ikki yurak porasi,
Nima degan gap Toshkent- Qo'qon orasi?
Toki urar ekan ishq deya yurak,
Toki muhabbatga yor vasli kerak,
Toki hijron dardin visol chorasi,
Nima degan gap, Toshkent Qo'qon orasi?
Toki peshonaga bitilgan taqdir,
Toki ikki qalbga nasib, bo'lmoq bir,
Toki sevgi haqdir, toki ishq haqdir,
Baxtdan yonar bo'lsa ko'zlar qorasi,
Nima degan gap Toshkent- Qo'qon orasi?!