Muallif Mavzu: HAYOTIMDAGI UNITILMAS VOQEA.  ( 1925 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

okahon.8800

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 71
HAYOTIMDAGI UNITILMAS VOQEA.
« : 11 Iyul 2015, 05:43:46 »
HAYOTIMDAGI UNITILMAS VOQEA.
Bundan bir necha yil muqaddam talabalik davrlarim, juma’ kuni edi yotoqxonamizning poli ostidan qanotli chumolilar chiqib xonamizni yarmidan ko’pini egallab olishdi. Nima qilishni bilmay oxiri xlorofos olib kelib sepishlikni boshladim lekin bari befoyda ketdi.
Shu payt ustozim kelib qoldilar.
-Taqsirm bu nima qilganingiz?
-Ustoz xonaga chumolilar to’lib ketdi. Shuning uchun xlorofos sepmoqdaman.
-Uni o’rniga Qurondagi bir oyati karimani uch marotaba o’qib dam solsangiz bo’lmaydimi?
-Ustoz u Qurondagi qaysi oyat?
-Naml surasini 18-oyati
حَتَّى إِذَا أَتَوْا عَلَى وَادِ النَّمْلِ قَالَتْ نَمْلَةٌ يَا أَيُّهَا النَّمْلُ ادْخُلُوا مَسَاكِنَكُمْ لَا يَحْطِمَنَّكُمْ سُلَيْمَانُ وَجُنُودُهُ وَهُمْ لَا يَشْعُرُون
“ To ular chumolilar vodiysiga yetganlarida, bir chumoli: "Ey, chumolilar, uyalaringizga kiringlar,  yana Sulaymon va uning lashkarlari o'zlari sezmagan hollarida sizlarni ezib ketmasinlar", - dedi.
Men o’zimcha o’ylanib qoldim shu oyatni o’qib chumoli iniga dam uradigan bo’lsam xonamizni to’ldirib yuborgan chumolilar iniga kirib ketadimi degan savol hayolimdan ketmasdi.
Birdan o’zimga keldim “astagfirulloh” nima uchun Olloh taoloni kalomi bo’lgan Quronni mo’jiza ekanligida shubhaga borsam?. Ollohim men gunoxkorni o’zing kechir. Kaloming qudratini menga ko’rsat  deya, uztozim aytgan oyatni Qur’ondan topib chumolilar iniga o’qidim.
So’ngra jum’a namozini o’qishlik uchun masjidga chiqib ketdik . Jum’a namozini ado qilib bo’lgandan keyin xonaga qaytib kirganimizda, ne ko’z bilan  ko’raylikki xonamizda bir dona ham chumoli qolmabdi. Ollohu akbar. Olloh naqadar buyuk qudrat sohibi, uning kalomi mo’jiza ekanligini bizlarga ko’rsatib, iymonimizni ziyoda qilgan Ollohimga shukrlar bo’lsin.

“Mirzoxoliqota” jome masjidi imom xatibi Xojiyev Muhammadiyhon.

Rahmatnoma


okahon.8800

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 71
Javob: HAYOTIMDAGI UNITILMAS VOQEA.
« Javob #1 : 18 Avgust 2016, 18:47:39 »
XIYONAT QILMAGAN O’G’RI.
Ahli ilm ustozlardan biri so'zlab bergan edi.Avvalgi davrlarda to’qimachilik rivojlanmagan bo’lganligi sababli kiyim kechak anchayin qimmat bo’lib hatto qabrlarni kavlab qabr egasini kafanini o’girlashlik holatlari uchragan. Bunday ishni  “nabbosh” yani qabr  o’grisi deb nomlashgan. Shuningdek hammomga kirgan insonlarni kiyimini o’girlab sotishlik ham kuzatilgan.
Shunday davrdabir inson umumiy hammomga yuvinishlik uchun kirgan. Qarasa bir inson hammom eshigi oldida turgan ekan. Shunda nimaqilishini bilmay hayron bo’lib, ustidagi qimmatbaxo kiyimlarni barchasini u insonga berib “shu sizning qo’lingizda omonat bo’lib tursin men tezda tuvinib chiqaman” -  deya kiyimlarini unga beribdi.
Bir qancha vaqt o’tgandan so’ng yuvinib chiqib qarasa, kimlarni ushlab turgan inson darg’azab holatda turgan ekan.
 Shunda kiyim egasi undan nima uchun bunchalik darg’azab holatdasiz? - deb so’rasa, kiyimlarni ushlab turgan inson agar shu kiyimlarni menga “sizga omonat”  demaganingda bu kiyimlarni o’g’irlab ketgan bo’lar edim deb javob bergan ekan.
Aslida u inson birovlarni kiyimini o’g’irlash bilan kun kechiradigan o’g’ri ekan. Shunday bo’lsada, hatto o’grlik bilan shugullanib yurgan inson ham omonatga xiyonat qilishdan qo’rqqanligi, omonatni naqadar ahamiyatlik narsa ekaniga dalolat qiladi.
   
   “Mirza Xoliq ota” jome masjidi imomi Muhammadiyxon Xojiyev.

okahon.8800

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 71
Javob: HAYOTIMDAGI UNITILMAS VOQEA.
« Javob #2 : 03 May 2017, 05:55:18 »
ЁМОННИНГ КАСРИ.
Бир гуруҳ сайёҳлар ҳамроҳ бўлишиб, саёҳатнинг лаззатини ҳам, машаққатини ҳам бирга баҳам кўрар эдилар. Мен ҳам уларга йўлдош бўлсам деган эдим, қабул этмадилар. Мен дедим: «Фақирлар суҳбатидан юз ўгириб, уларга яxшилик қилишдан бўйин товламоқ саxоват аҳлларига муносиб эмасдир. Мен ўзимда шундай қудрат ва журъат сезаманки, сафарда кишилар юрагини эзадиган тош эмас, балки қулфи дилини очадиган йўлдош бўлишга қодирман».
Киши танилмайди кийган жомада,
Ёзганга ма’лумдир, не бор номада.
Улардан бири деди: «Сен бизларнинг (сўзимиздан xафа бўлмагин, чунки бундан бир неча кун муқаддам бир ўғри дарвеш қиёфасида бизга қўшилган эди. Биз дарвешлар кўнгли очиқ кишилар бўлганлигимиздан ҳеч нарсадан шубҳаланмай, уни ҳамроҳликка қабул этган эдик.
Эски кийимда ҳам орифдир аён,
Чунки унинг юзи доим xалқ томон.
Гап, кийим-бошдамас, иш бўлсин кўркам,
Тож кийиб, елкангга байроқ қўйсанг ҳам,
Ёлғиз кийим эмас, дунё ва шаҳват,
Барчасин тарк этган орифдир фақат.
Мард олсин қуролни, кўрсатсин кучин,
Xунаса қўрқоққа қурол нимайчун?
Кунлардан бир кун эртадан кечгача йўл юрдик, тунда бир қалъа олдида ётадиган бўлдик. Бояги бетовфиқ ўғри «таҳорат қиламан», деб бир дўстимизнинг кўзачасини ўғирлаб қочди.
Қара, шу эски тўнда кетиб боргучи дарвеш,
Қа’банинг ёпуғини эшакка тўқим қилмиш.
У бизларнинг кўзимиздан ғойиб бўлгач, қалъага кирибдида, қимматбаҳо гавҳарлар солинган қутичани ўғирлаб кетибди. Тонг отгунча у анча олис ерга кетиб қолибди. Биз бўлсак ҳеч нарсадан беxабар уxлайверибмиз. Тонг отгач, ҳаммамизни тутиб, қалъага ҳайдаб кириб, зиндонга қамадилар. Ўшандан буён бегоналар билан ошналикни тарк этиб, улардан олисроқ юрамиз, чунки саломатлик ёлғизликдадир».
Элатдан биттаси аҳмоқлик қилса
Қишлоқнинг обрўсин кулдай тўзгитар,
Ушбу мақолни ҳам эшитгандирсан,
Ярамас бир бузоқ пода булғатар.
Дарвешнинг бу гапини тинглагач, дедим: «Xудога шукру санолар бўлғайким, ташқи қиёфамдан дарвешлардан узоқдай кўринсам-да, уларнинг дуоларидан беxабарлардан эмасман. Сизнинг бу ҳикоянгиздан Жуда катта манфаат олдим, мен янглиғ одамларга бу насиҳат бир умрга кифоядир».
Дилни оғритар бир қўпол киши,
Билимдон даврада ножўя иши.
Каттакон қудуқда лиммо-лим гулоб
Битта ўлакса ит қилгандай xароб.
Саъдий Гулистон асари асосида М. Хожиев.

Delltabico

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 1
Javob: HAYOTIMDAGI UNITILMAS VOQEA.
« Javob #3 : 27 Sentyabr 2017, 07:26:20 »
I must say that the topic of this post is a serious attraction to me. And think that it must be used for sure.

 

Hayotingizdagi eng qiziq voqea qanday bo'lgan?

Muallif Muhammad AminBo'lim Umumiy

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 6289
So'nggi javob 05 Mart 2013, 10:21:24
muallifi Muxsiya
Sizni hidoyatga eltgan voqea!

Muallif ossiyobintiBo'lim Islom

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 6575
So'nggi javob 07 Dekabr 2010, 23:37:25
muallifi Saliha
INFOMAN.UZ - Jahon iqtisodiyotidagi muhim voqea-hodisalar

Muallif AbdullоhBo'lim Iqtisod saboqlari

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 11728
So'nggi javob 30 Yanvar 2011, 22:48:25
muallifi Abdullоh
"Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)

Muallif AnsoraBo'lim Pazandalik

Javoblar: 24
Ko'rilgan: 8314
So'nggi javob 15 Mart 2013, 11:18:37
muallifi Muxsiya