Muallif Mavzu: HALOL LUQMA  ( 1823 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

okahon.8800

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 71
HALOL LUQMA
« : 12 Avgust 2015, 13:29:33 »
HALOL LUQMA
Duolar ijobat bolishligini asosiy sababaridan biri topayotgan mablag’imizni va yeyayotgan taomlarimizni haloldan bo’lishligidir. Halollik har bir ishda maqtalgan sifatlardan. Luqmani halolligi deganda nafaqat yegulikni toza, pokiza bo’lishligi hamda o’sha yegulikni kelishligiga sabab bo’ladigan mablag’ning ham halol yo’l bilan halol kasb orqali topilishiga bog’liqdir.  Alloh taolo Quroni Karimda
يَا أَيُّهَا النَّاسُ كُلُوا مِمَّا فِي الْأَرْضِ حَلَالًا طَيِّبًا
“Ey insonlar yer yuzidagi halol- pok narsalardan yenglar”… ushbu oyati karimada Alloh taolo barcha insoniyatni halol pokiza narsalarni yeyishga chaqirmoqda. Bunda juda ko’p buyuk hikmatlar bor. Bulardan insinoyat hayotini davomiyligi, umrlarini uzoq bo’lishligi, hamda barcha rohatlik va manfaatlik lazzatlar halol pokiza narsalarda mujassamdir. Alloh taolo boshqa bir oyatda
يَا أَيُّهَا الرُّسُلُ كُلُوا مِنَ الطَّيِّبَاتِ وَاعْمَلُوا صَالِحًا إِنِّي بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ
“ Ey payg’ambarlar, halol-pokiza taomlardan yenglar va solih amallar qilinglar” (baqara surasi 172)
Malum bo’ladiki musulmon kishi uchun halol narsalarni talab qilish, halol kasb qilishlik, shariatda halol qilingan yo’llar bilan molu mulk topish farzdir.
Harom mol-u mulk evaziga kelgan taomlar bilan oziqlanib , harom mablag’ga kelgan kiyimlarni kiyib qilngan ibodat va duo qabul bo’lmaydi. Bunga dalil
عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم أيها الناس إن الله طيبٌ لا يقبل إلا طيباً وإن الله أمر المؤمنين بما أمر به المرسلين قال يا أيها الرسل كلوا من الطيبات واعملوا صالحاً إني بما تعملون عليم  وقال  يا أيها الذين آمنوا كلوا من طيبات ما رزقناكم ثم ذكر الرجل يطيل السفر أشعث أغبر يمد يديه إلى السماء يا رب يا رب ومطعمه حرام ومشربه حرام وغذي بالحرام فأنى يستجاب له
Abu hurayra   (roziyallohu anhu) dan rivoyat qilinadi: aytdilar. “allh pokdir va faqat pokiza narsalarni qabul qiladi. Albatta Alloh taolo paygambarlariga nimani buyurgan bo’lsa mo’minlarga ham o’shani buyurdi. “ Ey payg’ambarlar, halol-pokiza taomlardan yenglar va solih amallar qilinglar” va yana  “Ey mo’minlar, sizlarga rizq qilib berganimiz pokiza narsalardan yenglar” so’ngra paygambarimiz ( sollollohu alayhi va sallam )uzoq safar qilgan bir kishini zikr qildilar sochlari to’zigan, kir  bo’lib ketgan. Qo’lini osmonga ko’tarib ey robbim ey robbim deya duo qiladi.  Lekin uning yeyotgan taomi haromdir va ichayotgan ichimligi haromdir, bas uning duosi qanday ijobat bo’lsin”.
Ha albatta u inson uzoq safar mashaqqatida musofir bo’lsa ham, qo’lini ko’klarga ko’tarib zorlanib duo qailsa ham, unig yeyayotgan taomi ichayotgan ichimligi haromdan, kiyimi va badani najosatdir. Demak uning duosi qabul bo’lmaydi.
Hikoya:
Kunlarning birida donishmandning oldiga ayronforush donishmandning og’lidan shikoyat qilib kelibdi.
Sizdek  zotning farzandi bunday nomaqulchilikka qo’l urishi nimasi? Ko’rmaysizmi farzandingiz ,meshlarimni teshib, ayronimni ichib ketayapti.
Donishmandv hijolat bolib ayronfurushni ayroni  va meshini pulini to’lagach uzoq o’ylanib qolibdi. So’ngra ayolini chaqirib bo’lgan voqeani tushuntirib debdiki men umrim davomida biror marotaba harom luqma yemaganman va uyga ham olib kirmaganman. Farzandimizni tarbiyasida hatoga yo’l qo’ymaganman. Siz o’ylab ko’ring  biror bir xato qilmaganmizmi?. 
Ayol ham uzoq o’ylab bo’lgach, hijolat bo’lib hojam meni kechirsinlar shu farzandimizda homilador bo’lib yurgan vaqtimda qoshnimizni uyiga kirgandim. Uning uyidagi limonnni ko’rib yegim keldi. Lekin qo’shnimdan so’rashdan uyaldim. Qoshni ayol ishi bilan band bo’lgan vaqtda, men to’g’nog’ichimni limonga sanchib undan bir necha marotaba shimib olgandim dedi.
Shunda donishmand ayoliga ko’rdingizmi vaqtlar kelib, siz beruxsat istemol qilgan limon meshga  qo’lingizdagi tog’nogich esa  o’g’limizni qo’lidagi bigiz bo’libdi. Xoziroq chiqib, qo’shni ayolni rozi qiling degan ekan.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.

okahon.8800

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 71
Javob: HALOL LUQMA
« Javob #1 : 12 Mart 2016, 15:52:40 »

HALOL LUQMA - DUO IJOBAT BO’LISHLIGI GAROVIDIR.
   Duo - musulmon inson uchun eng yengil va oson ibodatlardan bir ibodatdir. Bu ibodatni bajarishlikda hech qanday  kuchi va mablag'i ketmaydi. “Duo” - arab tilida “chaqirish”,  “so'rash” – ma'nolarini anglatadi. Har bir inson duosini  ijobat bo’lishligini hohlaydi. Lekin duolarning qabul bo’lishligining ham shartlari ba sabablari bor.
   Duolar  ijobat bo’lishligini asosiy sabablaridan biri istemol qilnayotgan luqmani, haloldan topishdir. Luqma halolligi deganda yegulikni o’z holicha toza , halol bo’lishligina emas balki o’sha osha yeguilikni kelishiga sabab bo’ladigan mablag’imizni ham halol yo’l bilan halol kasb orqali topilgan bo’lishidir.
عن أبي هريرة قال قال رسول الله صلى الله عليه وسلم يا أيها الناس إن الله طيب لا يقبل إلا طيبا وإن الله تعالى أمر المؤمنين بما أمر به المرسلين فقال " يا أيها الرسل كلوا من الطيبات " وقال " يا أيها الذين آمنوا كلوا من طيبات ما رزقناكم " [ البقرة : 57 ] ثم ذكر الرجل يطيل السفر أشعث أغبر يمد يديه إلى السماء يا رب يا رب ومطعمه حرام ومشربه حرام وملبسه حرام وغذي بالحرام فأنى يستجاب لذلك
   Abu Hurayra  (ra) dan rivoyat qilinadi: prosululloh n(sav) dedilar: Albatta Olloh taolo pokdir va faqat pokiza narsanigina qabul qiladi. Albatta Olloh taolo payg’ambarlariga buyurgan narsani mo’minlarga buyurdi. “ Ey Payg’ambarlar, halol –pok taomlardan yenglar va solih amallar qilinglar”  “Ey mo’minlar, sizlarga rizq qilib berganimizdan pokizalarini yenglar” (Baqara surasi 172) So’ngra payg’ambarimiz (sav) uzoq safarda yurganidan sochlari to’zg’ib, kir bo’lib ketgan  bir kishini esladilar. U inson qo’lini osmonga ko’tarib; parvardigorim parvardigorim! Deb duo qilmoqda. Biroq uning yegani harom, ichgani harom va harom bilan oziqlanadi. Shunday ekan qanday uning duosi ijobat bo’lsin.
   Darhaqiyqat halollik duo ijobat bolishligining asosiy sababidir. Sahobai kiromlardan  Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallamga:
 يا رسول الله أدع الله أن يجعلني مستجاب الدعوة فقال : يا سعد أطب مطعمك تكن مستجاب الدعوة والذي نفس محمد بيده إن الرجل ليقذف اللقمة الحرام في جوفه فما يتقبل منه أربعين يوما وأيما عبد نبت لحمه من السحت والربا فالنار أولى به

   “Ey Allohning Rasuli, duo qiling, Alloh meni duosi qabul bo'ladiganlardan qilsin”, dedi. Payg'ambar sallallohu alayhi va sallam:
   “Ey Sa'd, taomingni halol qil, duosi qabul bo'ladigan bo'lasan. Muhammadning joni tasarrufida bo'lgan Zotga qasamki, bir odam harom luqmani qorniga tashlasa, Alloh uning duosini qirq kungacha qabul qilmaydi. Qaysi bandaning go'shti haromdan va ribodan o'ssa, unga do'zax munosibdir”, dedilar.
   Aytadilarki Payg’ambarimiz (sav) Sa’d ibn Abu Vavvosning duosi ijobat bo’lsin deya- duo qillganlar.
   Rivoyat qilibdilarki, Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu Ali, Talha va Zubayr raziyallohu anhumlarni so'kayotgan kishini ko'rib qolib uni bu ishdan qaytardi. U qaytmadi. Sa'd raziyallohu anhu:
- Unday bo'lsa men seni duoyibad qilurman! – dedi.
   U kishi bu so'zlarni pisand qilmadi. Sa'd raziyallohu anhu tahorat oldi va ikki  raka'at namoz o'qib duo qildi:
   “ Ey Alloh! Agar shu odamning Sen tomondan yaxshilik iroda qilingan odamni so'kkanini bilgan bo'lsang, ularni so'kkani Sening g'azabingni qo'zitgan bo'lsa, bir belgi ber va uni ibrat qil!”
   Oradan hech qancha fursat o'tmasdan hovlilarning biridan bir tuya qochib chiqdi. Uni hech kim to'sa olmadi. Odamlarning orasini yorib o'tib, haligi kimsani topdi va uni oyoqlarining ostiga olib tepkilay boshladi. To u o'lgunicha tepkiladi.
   Hatto Sa'd ibn Abu Vaqqos raziyallohu anhu ning dushmanlari ham bu zotning duosidan qo’rqishgan va “ Ey Sa’d bizni haqimizda Ollohdan qo’rqing bizni duoibat qilmang, siz duo qilsangiz darhol bizga duoyingiz ijobati bilinadi” deya aytishgan ekan.   
   Olloh taolo barchalarimizni halol rizq ila rizqlantirsin barchalarimizni dousi ijabat bo’ladigan insonlardan qilsin.

                                                             Muhammadiyhon Hojiyev “Mirzaxoliqota” jome masjidi imom xatibi.

 

Halol va harom

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 23
Ko'rilgan: 21824
So'nggi javob 27 May 2008, 02:20:53
muallifi saraton07
harom luqma. harom luqma eyish oqibatlari

Muallif murodxon1Bo'lim Xorijiy bo'lim/Foreign board

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 2855
So'nggi javob 25 Iyun 2009, 19:49:32
muallifi Hadija
Qaysi margarinlar halol?

Muallif NURA ISLAMBo'lim Umumiy

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 2564
So'nggi javob 29 Dekabr 2011, 21:16:03
muallifi Abdumuhaymin
Halol - Harom

Muallif Mustafo96Bo'lim Fikr va mulohazalar

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 2470
So'nggi javob 10 Iyun 2015, 13:06:29
muallifi Orifjon Hanafiy