Muallif Mavzu: ZINONING IJTIMOIY ZARARLARI  ( 21044 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

okahon.8800

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 120
ZINONING IJTIMOIY ZARARLARI
« : 19 Avgust 2015, 10:58:22 »
ZINONING IJTIMOIY ZARARLARI
Islom dinida oila mustahkamligiga  juda katta ahamiyat beriladi. Oila hayoti nikoh bilan boshlanadi. Uylanguncha nikohsiz yashash dinimizda haromdir. Nikohsiz er va ayolning yaqinligiga zino qilish deyiladi. Zino barcha jamiyatlarda axloqiy jihatdan razilat, diniy jihatdan gunoh, ijtimoiy jihatdan nomussizlik sanalib kelgan.
Zino qilish gunohi kabiralardan sanalib, barcha dinlarda harom qilingan. Chunki zino odam uchun, millat  va jamiyat uchun zararlidir. Qur'onda Alloh taolo "Zinoga yaqinlashmanglar.  Chunki(bu) buzuqliqdir- eng yomon yo'ldir", - deb buyuradi. ("Isro" surasi, 32-oyat).
Payg'ambarimiz ham odamlarni zino qilishdan qat'iy ravishda qaytarganlar va bir hadislarida" Agar kishi zino qilsa, iymon undan  chiqadi va unga soyabon kabi bo‘ladi. Agar (zinodan) bosh tortsa, iymon unga qaytadi»  — deb marhamat qiladilar. (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati)",
Demak, zino qilgan kishining imoni, zino holida, u kishidan ayriladi. Bu hol tugagach, imon yana o'ziga qaytadi.
Bironta ham millat oilasiz davom etmaydi. Shuning uchun dinimiz zinoni eng katta gunohlar qatoriga kiritgan. Zinoning juda ko'p zararlari bor:

- Zino odamlarning va oilalarning obro'si, sharafiga dog' tushiradi,y erga uradi, oila hayotini buzadi, yo'qqa chiqaradi.
 
- Tug'iladigan bolaning nasli noma'lum bo'lib qoladi yoki bola nikohsiz ota-onadantug'iladi. Islom ulamolari nikohsiz ota-onadan tug'ilgan bolaning shafqatsiz, marhamatsiz va qattiq ko'ngilli bo'lishini aytadilar.

- Zino tufayli juda ko'p kasalliklar odamdan odamga yuqadi. Hozirgi kunda kishilarni halokatga eltayotgan (oits-spid) singari davosi yo’q  kasalliklar zino orqasida kelib chiqmokda.
- Zino odamlar o'rtasidagi urishishlar, tortishuvlar, hatto o'ldirishlarga sabab bo'ladi.  Odamlar tinchligini buzadi.
-Zinokorlar ilojini boricha ushbu harom aloqa tufayli o'rtada bola paydo bo'lmaslikka harakat qiladi. Mobodo bola bo'lib qolsa, uni tug'ishdan oldin abort qilishlik yo’li bilan yoki uni dunyoga keltirgandan keyin biror tashlandiq joyga tashlab yuborishlik bilan o'ldiradi. Bunday ishlar inson nomiga noloyiq kimsalardangina sodir bo’ladi.
- Zino qalbning qorayishiga, imonning zaiflashishiga sabab bo'ladi. Zinokor o'zi sezmasa ham, ma'naviy jihatdan juda ko'p narsalardan mahrum bo'ladi. Imoni zaiflangan odamning ibodatlari ham ozayib, axloqi buzila boradi.

Islom dini zinoga olib boruvchi botiniy yo'llarni bekitgan. Erkaklar va ayollar orasidagi munosabatlar, tanishlar, qarindoshlar, yaqinlar va begona  kishilar o'rtasidagi munosabatlar qanday bo'lishi kerak? Dinimiz bularning hammasini aniq ravshan bayon qilingan. Islom dinida zino qilgan odamga og'ir jazolar belgilangan. Lekin zinoning oxiratdagi jazosi bu dunyodagisidan og'irroqdir. Alloh taolo Quroni karimda:
"Ular("Allohning mo'min bandalari) Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar va Alloh (o'ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o'ldirmaslar hamda zino qilmaslar.
Kim mana shu(gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo'lur. qiyomat kunida uning uchun azob bir necha barobar qilinur va u joyda xorlangan holida mangu qolur" ("Furqon" surasi, 68-69-oyatlar).
Ba’zi sahobalar (r.a.) aytishadi: "Zinodan saqlaninglar. Chunki unda oltita ofat bor, uchtasi dunyoda, uchtasi oxiratda.
Dunyodagi uchtasi: Rizqning kamayishi, ya’ni, rizqidan baraka ketadi; yaxshiliklardan  mahrum bo‘ladi va odamlarning qalbida yomon kishiga aylanadi.
Oxiratdagi uchtasi: Alloh g‘azab qiladi; qattiq hisob qilinadi; do‘zaxga kiradi. U do‘zaxni Alloh taolo katta do‘zax, deb nomlagan.
Kishining eng ko'p gunohlariga sabab bo'luvchi hamda jahannamga eltuvchi ikki a'zosi bor.
Bular tili bilan jinsiy a'zosi. Bu a'zolarga hokim bo'luvchi odamlar ma'naviy jihatdan yuksak martabalarga erishadilar. Payg'ambarimiz bir hadislarida: "Kimki ikki labi va ikki oyog'i orasidagi a'zolarini haromdan tiyishga kafillik bersa, men ham u kishining jannatga kirishiga kafillik beraman" deya marhamat qiladilar.  Alloh taolo barchalarimizni va farzandu zurriyotlarimizni zinoga tushib qolishlikdan saqlasin.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.

okahon.8800

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 120
Javob: ZINONING IJTIMOIY ZARARLARI
« Javob #1 : 20 Avgust 2015, 23:43:41 »
ZINONING TURLARI
Zino-dunyoda insoniyatni boshiga turli kulfatlar-u musibatlarni, baxtsizliklar-u kongilsizliklarni keltirishligi va oxiratda esa  alamli azoblarni sabab bo’ladigan og’ir gunoxi  ekanliga barchamizga malum.
Bugunlik kunda zino sababli qanchadan qancha oilalar parokanda, farzandlar esa  yetim bo’lib qolmoqda. Bazan falonchining oilasi buzilib ketibdi. Sababi “ayoli bashqa erkak bilan telefon orqali gaplashar ekan, yoki internetda boshqa birov bilan har hil gaplarni yozishayotgan ekan”  yoki  eri o’zini jufti haloli bo’la turib o’zga ayollar bilan yurar ekan -degan daplarni eshitib qolyapmiz.  Oilali inson Allohni bergan ne’matlariga shukr qilmas ekan uning oilasida xotirjamlik bo’lmaydi.
عن أبي هريرة رضي الله عنه قال قال رسول الله صلى الله عليه و سلم : لكل بن آدم حظه من الزنا فالعينان تزنيان وزناهما النظر واليدان تزنيان وزناهما البطش والرجلان تزنيان وزناهما المشي والفم يزني وزناه القبل والقلب يهم أو يتمنى ويصدق ذلك الفرج أو يكذبه

Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg’ambarimiz sollollohu alayhi vasallam aytadilar har bir odam bolasini zinodan nasibasi bordir bas ikki ko’z zino qiladi ularning zinosi qarashlik. Ikki qo’l zino qiladi ularning zinosi ushlashlik. Ikki oyoq zino qiladi ularning zinosi yurib borishlik. Lab zino qiladi uning zinosi o’pishlik. Qalb zinoni o’ylaydi yoki orzu qiladi, farj esa yo uni tasdiq qiladi (ro’yobga chiqaradi) yoki yolg’onga chiqaradi.

Hadisi sharifdan malum bo’ladiki zinoning bar necha turi Uning bir necha turlari mavjud bo’lib, ulardan quyida tanishib chiqamiz.
1) Ko’z zinosi- Alloh taolo mo’min musulmonlarni o’zlariga nomaxram bo’lganlarga shaxvat nazari bilan qarashdan qaytargan. Quroni karimda
قُلْ لِلْمُؤْمِنِينَ يَغُضُّوا مِنْ أَبْصَارِهِمْ وَيَحْفَظُوا فُرُوجَهُمْ ذَلِكَ أَزْكَى لَهُمْ إِنَّ اللَّهَ خَبِيرٌ بِمَا يَصْنَعُونَ (30) وَقُلْ لِلْمُؤْمِنَاتِ يَغْضُضْنَ مِنْ أَبْصَارِهِنَّ وَيَحْفَظْنَ فُرُوجَهُنَّ
Ey Muhammad (sav) mo'minlarga ayting, ko'zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir. Mo'minalarga ayting: «Ko'zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar ….
Hadisi sharifda “ikki ko’z zino qiladi ularning zinosi qarashlikdir” -deyilgan.
Nomahram ayollarga shaxvat nazari bilan qarashlik bu ko’z zinosi hisoblanadi. Haqiyqiy er kishi boshqa insonni ayoliga  shaxvat hissi bilan qarashligi beodob insonlarning xunuk ishlaridandir. Bugunlik kunda juda ko’p inernetnet saytlarida faxsh ishlarni targ’ib qilayotgan bir paytda insonlarni bunday faxsh narsalarni tomosha qilishga mukkasidan ketishliklari achinarli holatni keltirib chiqaradi.
2) Quloq zinosi – behayo suhbatlarga quloq tutishlikda yaqqol ifodalaniladi. Hadislarda
و الأذن زناها السماع “quloqning zinosi eshitishlikdir” deyilgan. Astag'firulloh, hozir ibrat qilib ko'rsatilayotgan g'arb mamlakatlarida “telefon orqali jinsiy muloqot”  hizmatlari keng qo'lamda faoliyat ko'rsatayotganligi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Demak, balog'at yoshidagi farzandlarimizni telefon go'shagiga bog'lab qo'yuvchi zararli omillar ham borligidan ogoh bo'lishimiz joiz.
3) Qo’l va oyoq zinosi- hadisi sharifda “Ikki qo’l zino qiladi ularning zinosi ushlashlik. Ikki oyoq zino qiladi ularning zinosi yurib borishlik”. Bu narsa begona qiz, juvonlar bilan qo’l ushlashib yurishlik va ularga teginishlikni o’z ichiga oladi.
4) Og’iz zinosi- hadisi sharifda “Lab zino qiladi uning zinosi o’pishlikdir” deyilgan. Yani begona nomaxram bo’lganlar bilan o’pishishlik, og’iz zinosi hisoblanadi. Ba shu og’izdagi til yordamida behayo so’zlarni so’zlash, gap otishlik qochiriqlar qilish,  Nomahram ayolning “boshini aylantirish” ham og’iz -yani til zinosiga kiradi. 
5) Qalb zinosi- aytish mumkinki qalb hamzino qiladimi? Ha qalb ham zino qiladi. Yuqoridagi hadisning davomida  “Qalb zinoni o’ylaydi yoki orzu qiladi”,deyilgan. Agar insonni qalbiga shayton zinoni vasvasasini solmaganda edi. Inson hayotida har hil nomaqul ishlar bo’lmas edi.
6) Farj zinosi-bu haqiyqiy had vojib qiladigan zinodir. Hadisning so’ngida “Farj uni tasdiq qiladi (ro’yobga chiqaradi) yoki yolg’onga chiqaradi”- deyilgan. Albatta farjning zinosi ulkan bo’lib, qizlarni nomusi poymol bolishi, benikoh zurriyotlarni dunyoga kelishligi, yoki hali dunyoga kelishidan oldin homilani abort qildirishlik hamda bundan boshqa qanchadan-qanchcha jirkanch oqibatlarga olib kelayotganligi hech kimga sir emas. Shuning uchun habibimiz rosulimiz Muhammad (sav) hadislarida "Kimki ikki labi va ikki oyog'i orasidagi a'zolarini haromdan tiyishga kafillik bersa, men ham u kishining jannatga kirishiga kafillik beraman" deya marhamat qiladilar. Demak har bir musulmon inson Alloh taoloning
وَلَا تَقْرَبُوا الزِّنَا إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاءَ سَبِيلًا
“Zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo'ldir” (Isro, 32)degan buyrug’iga boysungan holatda umrguzaronlik qilmog’i darkor.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.


okahon.8800

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 120
Javob: ZINONING IJTIMOIY ZARARLARI
« Javob #2 : 21 Avgust 2015, 13:33:54 »
ENG YOMON YO’L.
Tarix moboynida insoniyatni boshiga tushgan balolarni aksariyati noshariy haron yo’llar orqali hayot kechirishlik oqibatida sodir bolgan. O’tgan ummatlarni hayotiga etibor bilan qaraydigan bo’lsak ularni halokati aynan manashunday faxsh yo’llarga berillganliklari sababidan voqe bolganligini bilib olami.
Alloh taolo zinoni samoviy kitoblarning barchasi: Tavrot, Zabur, Injil va Furqonning ko'p oyatlarida harom qilgan. Quroni karimda:
وَلَا تَقْرَبُوا الزِّنَا إِنَّهُ كَانَ فَاحِشَةً وَسَاءَ سَبِيلًا
“Zinoga yaqinlashmanglar. Albatta, u fohisha ish va yomon yo'ldir” (Isro, 32)
Boshqa bir oyatda:
وَلاَ تَقْرَبُواْ الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ
"Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang" (An'om, 151).
Oyati karimaga etibor bersak fohisha ish bo’lgan zinoni qilmanglar emas, balki zinoga va fohisha ishlarga yaqinlashmaylar degan ilohiy buyruq ko’ramiz. Bu esa zino va faxsh ishlarni naqadar jirkanch ish ekanligini ko’rstib beradi.
 Insoniyatning boqiy qolishi, kamol topishi uchun erkak bilan ayolning o’rtasidagi aloqa doimiy va mustahkam ahdu vafo, - jamiyat tomonidan kafolatlangan ahdu paymon asosida bo’lishi kerak. Shunday bo’lmasa, naslu-nasab pokligi ham, ota-bolalik tuyg’usi ham oila ham, jamiyat ham qolmaydi. Insoniyat  tanazullga yo’l tutadi. Zino poklik va oliymaqomlikni yo’qqa  chiqaradigan amaldir. Shuning uchun ham  hamma xalqlar, hamma dinlar, hamma jamiyatlar zinoni qoralaganlar.
Uning sababidan musulmonlarning hurmati oyoq osti bo'ladi, nasablar aralashib ketadi. Inson o’zini kimni bolasi ekanligini bilmay qoladi. Ovropa davlatlarida dunyoga kelayotgan chaqoloqlarni 40% dan ko’prog’i  tayini yo’q  ekanligi ularni jidiiy muammoga solayotganligi hech kimga sir emas. Bu esa ularda nikohga etiborsizliklaridan, oilani muqaddasligini unutganliklaridan va hamda turli hil faxsh ishlarni odat qilib olishliklari oqibatidir.
Zinoda inson hurmatini toptalishligi bor. O’tgan ulug’lardan Ja'far ibn Abu Tolib raziyallohu anhu: "Hurmatimni toptashlari menga yoqmaydi, mening o'zim ham hech kimning hurmatini oyoq osti qilmayman", deganlar.  O'zlari johiliyat paytlarida ham zino qilmaganlar.
 Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir yosh yigit payg'ambar sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib dedi: “Ey rasululloh, menga zino qilishga ruxsat bering”. Odamlar unga yuzlanishdi va: “Hoy, nima deyapsan?!” – deb uni jerkib berdilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "Yaqinroq kel", dedilar. U yaqinlashdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam "O'tir", dedilar. U o'tirdi. “Sen buni (zinoni) onangga bo'lishini xohlaysanmi?” U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham onalariga buni xohlamaydilar", dedilar. "Qizingga xohlaysanmi?" dedilar. “Yo'q, albatta ey rasululloh Alloh meni sizga fido qilsin”. "Odamlar ham qizlariga buni xohlamaydilar" dedilar. "Sen buni singling uchun xohlaysanmi?" U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham buni singillari uchun xohlamaydilar". "Sen buni ammang uchun xohlaysanmi?" U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham buni ammalari uchun xohlamaydilar". "Sen buni xolang uchun xohlaysanmi?" U “Alloh meni sizga fido qilsin, yo'q, albatta”, dedi. "Odamlar ham buni xolalari uchun xohlamaydilar". Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo'llarini uning ustiga qo'ydilar va "Ey Alloh, buning gunohini kech, qalbini pokla va avratini saqla", dedilar. Hadisni rivoyat qiluvchi aytadi, ana shundan keyin bu yigit biror narsaga qiyo boqmaydigan bo'ldi. (Imom Ahmad rivoyati.)
Hadislarda الْحَيَاءُ مِنَ الإِيمَانِ “hayo iymondandir” deyilgan. Musulmon inson hayolik bo’lishligi lozim. Hayo o’tgan barcha payg’ambarlarning xulqlari va ta’limotlaridandir.
عَنْ أَبِى مَسْعُودٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- :« إِنَّ مِمَّا أَدْرَكَ النَّاسُ مِنْ كَلاَمِ النُّبُوَّةِ إِذَا لَمْ تَسْتَحِى فَاصْنَعْ مَا شِئْتَ ». رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ فِى الصَّحِيحِ
Vatandoshimiz muhaddislar sultoni Imom Al Buxoriy (r h) o’zlarinig odoblar xazinasi nomli hadis kitobida Abu Masud (ra) dan rivoyat qilingan hadisda: Payg’ambarimiz (sav) “payg’ambarlarning  insonlar idrok qilgan gaplari, agar hayo qilmasang hoxlaganingni qilaver” – deganlar.
Alloh taolo barchalarimizni gunoh masiyatdan saqlasin. Hayo va iffatda bo’lishlini barchalarimizga nasib qilsin.

Oltinko’l tumani bosh imom xatibi To’raqulov Muhammadyusufdomla.
Uyshin jome masjidi imom xatibi Tursunov Sanatbek.


 

"IRMOQ" yangi ilmiy ma'rifiy ijtimoiy jurnal

Muallif Irmoq JurnaliBo'lim Yangiliklar

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 7125
So'nggi javob 23 Mart 2007, 21:39:58
muallifi Irmoq Jurnali
Ichish va chekishning zararlari

Muallif FaridaBo'lim Salomatlik

Javoblar: 23
Ko'rilgan: 24450
So'nggi javob 19 Yanvar 2011, 00:03:54
muallifi Mo'min Mirzo
"Omina'' - ijtimoiy-ma'rifiy elektron jurnal

Muallif ҲанафийBo'lim Islom

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 10075
So'nggi javob 19 Dekabr 2013, 08:12:06
muallifi Ҳанафий