Muallif Mavzu: JIM YURISHLIKNI FAZILATI.  ( 1459 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

okahon.8800

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 89
JIM YURISHLIKNI FAZILATI.
« : 12 Oktyabr 2015, 17:52:01 »
JIM YURISHLIKNI FAZILATI.
Inson uchun eng itoatsiz a’zo uning tilidir.chunki bu suyaksiz a’zoning osongina hech qanday mashaqqatsiz harakatga kelishi kutilmaan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Til har qanday so’zni gapirib yubormasligi uchun Olloh taoo uni aql bog’ichi bilan bog’lab qo’ygan. Tilni yanada mustahkam ushlab turishlik maqsadida o’ttiz ikki tishni unga qo’riqchi qilib qo’ygan. Bu ham yetmagandek tishlarning ustidan ikki lab bilan berkitib yashirgan.  Agar til aqil bogichiga, tishlarning qaramog’iga va ikki labning to’sig’iga ham  boyunsunmasa, uning sababidan inson boshiga ko’p mushkulliklarni olib keladi.
Til sababidan insonning boshiga turli ofatlar yetadi, bundan saqlanishning yagona choralaridan biri jim yurishlikdir. Paygambarimiz (sav)
وقال صلى الله عليه و سلم من صمت نجا
  “ jim yurgan kishi najot topadi” deganlar. Boshqa bir hadisda
وقال صلى الله عليه و سلم الصمت حكم وقليل فاعله
“Jim yurishlik hikmat. (Ammo)bunga amal qilguvchilar kam” deganlar.
Musulmon kishining go'zal axloqlaridan biri bu behuda-bekorchi so'zlardan tilni tiyishdir. Buni hadisi sharifda Sarvari koinot Rasululloh s.a.v. marhamat qilganlar:
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : " مِنْ حُسْنِ إِسْلَامِ الْمَرْءِ تَرْكُهُ مَا لَا يَعْنِيهِ
 “O'ziga keraksiz narsani tark qilish, kishi islomining go'zalligidandir” Ya'ni behuda narsalarni, ya'ni u xoh so'z bo'lsin, xoh u amal bo'lsin musulmon kishi o'sha narsani qilmasligi bu axloqining go'zalligidan dalolat qiladi. Islom dinini haqiqatini anglagan bo'ladi.
Vaqtning qadriga etgan odam uni foydasiz narsaga sarflamaydi. Chunki Alloh taoloning zikrini qo'yib, keraksiz gap-so'zlar bilan mashg'ul bo'lgan odam gavharni qo'yib, tezakni olgan bilan barobardir. Bu esa umrni bekor o'tkazishdir.
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu: «Tildan ko'ra qamoqda turishga hojatliroq narsa yo'q», degan.
Abu Dardo roziyallohu anhu : “Ikki qulog'ingni og'zingdan saqla. Oz gapirib, ko'p eshitishing uchun senga bitta og'iz, ikkita quloq berilgan”- dedilar.
Muhammad ibn Iso Molik ibn Anasdan quydagi so'zni eshitganini aytadi: “Har bir narsaning ko'pi foyda keltiradi.  Ammo gapning ko'pi zarardir”.
Muxallad ibn Husayn: «Ellik yildan beri uzr aytishga sabab bo'ladigan biror og'iz so'z aytmadim», degan ekan.
Abu Hayya aytadi: kunlarning birida Ismoil ibn Sahlga hamroh bo'ldim. U kishi hukamolardan edi. Menga aytdi: senga o'n ming dirhamdan yaxshiroq bo'lgan bir bayt o'rgataymi? Men esa, haqiqatdan ham bir bayt ming dirhamdan ham yaxshiroqmi? Ha, dedi. Aytdiki: senga joning afzalmi yoki o'n ming dirham? Men esa, albatta jonimda dedim. Unday bo'lsa eshit:
Kechalari gapirsangda past ovoz-la so'zla,
Kunduz kunlari esa so'zlashdan oldin o'yla.
Musulmon inson sergap bo'lmasligi, zarurat tug'ilsagina gapirishi, gapirganda ham tilini ig’vo, bo’xton, g’iybat, yolg’on kabi illatlardan saqlamoqligi, bo'lmasa jimlikni ixtiyor etishi lozim. Zero paygambarimiz (sav) hadislarning birida:
قال رسول الله صلى الله عليه و سلم من يتكفل لي بما بين لحييه ورجليه أتكفل له بالجنة رواه البخاري
“ Kimki menga ikki jag’i va ikki oyog’i orasidagi narsaga kafil bo’lib bersa, men uni jannatga kirishligiga kafil bo’lib beraman” –dedilar. Imom Buxoriy rivoyatirdan
Bizlarga ne’mat qilib berilgan tillarimizni chaqimchilik, ig’vo, tuxmat, bo’xton, yolg’on va shu kabi illatlardan saqlagan holda umrguzaronlik qilsak hayotimiz yanada farovon, turmushimiz bundanda go’zal bo’ladi.

"SALMON FORISIY" JOME MASJIDI IMOM XATIBI RAHIMOV ILHOMJON.


 

Shavvol ro'zasining fazilati

Muallif AbdulAzizBo'lim Ro'za

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 7266
So'nggi javob 13 Sentyabr 2010, 15:24:24
muallifi Latifa
Zulhijja oyi muborak! Zulhijja oyi avvalgi o‘n kunining fazilati

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 9841
So'nggi javob 27 Noyabr 2009, 05:18:41
muallifi Mahdiyah
Bismillahning fazilati.

Muallif siddiqaBo'lim Umumiy

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 2542
So'nggi javob 08 Yanvar 2009, 14:31:59
muallifi ibnUyayna
Juma kunining fazilati

Muallif AbduraufBo'lim Umumiy

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5288
So'nggi javob 01 May 2009, 04:39:18
muallifi ziyoda_aliyeva
ISTIG’FOR FAZILATI

Muallif okahon.8800Bo'lim Islom

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 9295
So'nggi javob 29 Mart 2017, 14:47:13
muallifi MirzoMuhammad