DILOZORLIK.  ( 1586 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


okahon.8800  14 Oktyabr 2015, 09:06:14

DILOZORLIK.
Inson qalbi juda ham nozik. Ulamolarimiz inson qalbini oynaga o’xshatadilar, agar oynak sinadigan bo’lsa qanchalik mashaqqat qilib bo’lsa ham uni ta’mirlab bo’lmaydi. Ta’mirlansa ham avvalgi holatiga qaytmaydi. Shubhasiz inson qalbi oynasini sindirishlik tildan chiqgan achchiq so’zlar sabablik sodir bo’ladi.
Og’izdan chiqgan har bir so’z otilgan o’q misoli, otilgan o’q nishonga tegmay qolishi mumkin, lekin aytilgan so’z nishonga tegmay qolmaydi.
Inson qalbiga ozor berib-dilozorlik qilishlik Ka’bani vayron qilishlikdan ham ulkan gunohdir.
 Abdulloh ibn Amr (ra) aytadilar: Payg’ambarimiz (sav)ni Ka’bani tavof qilayotib ( Baytullohga qarata):
عبد الله بن عمرو قال رأيت رسول الله صلى الله عليه و سلم يطوف بالكعبة ويقول ما أطيبك وأطيب ريحك . ما أعظمك وأعظم حرمتك . والذي نفس محمد بيده لحرمة المؤمن أعظم عند الله حرمة منك
“Qanday ham xushbo’ysan va qanday ham  hiding xushbo’ydir. Qanday ham ulug’san va qanday ham ulug’dir sening xurmating. Muhammad (sav) ning joni qo’lida bo’lgan zotga qasamki Alloh taoloning nazdida bir mo’min insonning xurmati sening xurmatingdan ko’ra ulug’roqdir” deganliklarini ko’rdim

Dilozorlik mo’min insonga munosib bo’lmagan sifatlardan biridir sanaladi. Payg’ambarimiz (sav)
"المسلم من سلم المسلمون من لسانه ويده". رواه البخاري .
“ musulmon insonlar uni tilidan va  qo’lidan salomat bo’lgan insondir”- deganlar. Imom Buxori rivoyati.
Sadiy (rh) aytadilar:
Ka’ba bunyodi Halili Ozar ast
Dil nazargohi Jalili Akbar ast.
Mazmuni Ka’ba Ozarni o’gli Ibrohim Halilullohni bunyod qilgan binosidir. Dil (qalb) esa Jalili Akbar bo’lgan Alloh toloni nazar soladigan joyidir. Bu bilan Sadiy (rh) Ey inson sen Olloh taoloni nazari tushiib turadigan joyni vayron qilmagin. Bu ishing Ka’batullohni vayron qilishlikdan og’irroq gunohdir demoqchi bo’ladilar.
Bir inson aytib bergandi: Yomg’irli kunlarning birida bekatda aftobus poylab tursam, yoshi elliklardan oshib qolgan bir ayol yonimga kelib turdi. Ayol kun sovuq bo’lishiga qaramay, biz oz yupun kiyinganidan dildirab turardi. Unga rahmim keldi.
- Opaxon qayerga borayapsiz shunday havoda? – dedim.
- Yo’lni ham yaxshi bilmayman. Markaziy kasalxonaga borishim kerak edi, - dedi u.
- Bir oz kutsangiz, yo’nalishdagi taksi keladi, birga ketamiz. Qayerda tushish kerakligini o’zim ko’rsatib yuboraman, - dedim men.
Bir ozdan so’ng biz kutgan taksining qorasi ko’rindi. Ammo qaerdandur 5-6 yo’lovchi kelib, bizga qo’shildi. Men baribir navbat bizniki degan hayolda turaverdim. Ammo mashina kelishi bilan ortimizdagilar “hujum” ga o’tishdi va bizdan oldin mashinaga chiqib olishdi.
- Insof qilinglar, navbati bilan-da, - dedim qizishib. – Biz qancha paytdan beri kutib turibmiz-ku!
Hech kim gapimga e’tibor qilmadi.
- Hech bo’lmasa mana shu onaxonni kasalxonaga tashlab qo’ying, shoshib turibdi, - dedim bu safar haydovchiga yuzlanib.
Haydovchi esa bir yo’lovchilarga, bir onaxonga qaradi. Ayolning ahvolini ko’rdi-da:
-Ozgina kutsangiz, o’zlari kasalxonaga olib ketishadi, - dedi piching qilib.
Biz ikkimiz indamay bekatga qaytdik. Baxtimizga keyingi mashina tezda keldi.
Ammo ko’p yurmay chorahadagi “probka” da turib qoldik. Haydovchi nima gapligini bilish uchun o’sha tomonga ketdi. Bir payt rangi oqarganicha qaytib keldi:
- Mendan oldingi ketgan taksi “Kamaz” ga urilib ketibdi!
Men “yalt” etib ayolga qaradim. U indamay mendan nigohini olib qochdi va nimalardir deb pichirlab qo’ydi.
- Ichidagilarga hech narsa qilmabdimi? – dedi kimdur achinib.
- Bilmadim, yo’lovchilarni markaziy kasalxonaga olib ketishibdi, - dedi haydovchi.
Bazan ko’cha ko’yda insonlar bilan muloqot qilayotib dilozorlik qilib qo’yamiz, “dilozordan xudo bezor”- degan gapni yodimizdan chiqaramizda Olloh taloning nazargohi bo’lgan inson ko’nglini ranjitamiz. Bu esa ko’ngildan qolishlikka  olib keladi. Olloh taolobarchalarimizni dilozorlikdan saqlasin

SALMON FORISIY JOME MASJIDI IMOM XATIBI RAHIMOV ILHOMJON.
VAHM MASJIDI IMOM XATIBI SAIDUMAROV UMARXON.

Qayd etilgan