Temur tuzuklari  ( 46533 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 14:24:45

                 Amir Temurning o'lim to'shagida so'ylaganlari

O'g'illarim,
millatning ulug' martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o'qing, aslo unutmang va tadbiq eting.
Millatning dardlariga darmon bo'lmoq vasifangizdir.
Zaiflarni qo'ring, yo'qsullarni boylar zulmiga tashlamang. "Adolat va Ozodlik" dasturingiz, rahbaringiz o'lsun. Men kibi uzun saltanat surmak istasangiz, qilichni yaxhsilab uylab chekingiz. Bir da'fa chekkandan so'ngra-da uni ustalik-la qo'llangiz.
Orangizga nifoq urug'lari ekilmasligi uchun ko'p diqqat bo'ling. Ba'zi nodimlaringiz va dushmanlaringiz nifoq tuxumlari sochmoqlikka, bundan foydalanmakka chalishajakdurlar. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkularini ko'rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz toj boshingizdan tushmas.

O'lim to'shagida so'ylagan otangizning so'zlarini unutmangiz.

Mendan so'ng xoqon, Pir Muhammad Jahongir o'lajakdur. Onga, menga itoat etar kibi itoat etajaksiz. Qo'mondonlarim, hozir itoat omini etingiz.

Butun qo'mondonlar, saroy odamlari yig'layarak omin deb fotiha o'qidilar.

Temur 1405-yil 19-mart kuni vafot etdi.
Uning so'nggi so'zi "La-ilaha Illolloh" bo'ldi.

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 14:29:05

                          "Temur tuzuklari"dan

"Biron mamlakatda jabr-zulm va fisq-fasod kuchayib ketarkan, asl podsholar adolat o'rnatib, fisq-fasodni, zulmni yo'qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim. Tangri taolo shu niyatining sharofati bilan mamlakatni zolimning qo'lidan tortib olib, odil (podshoh)ga topshiradi".

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 14:37:04

"Yana amr qildimki, g'anim tomonidan bizning qo'limizga har qanday sipohiy asir bo'lib tushsa, uni o'ldirmasinlar, unga ixtiyor bersinlar. Agar navkarlikni qabul qilsa, navkar qilsinlar, yo'q esa uni ozod etsinlar. Bunga misol, men (Qaysar bilan urushda) to'rt ming rumlik askarni ozod qildim"

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 14:45:36

"Qaysi vazir g'iybat gaplarni aytsa, uydirma gaplarga quloq solsa, jabr-zulm qilsa, o'ziga yoqmagan kishilarni yo'qtoish payiga tushsa, uni vazirlikdan tushirish lozim. Nasliyu zoti yomon, hasadchi, kina-kek saqlovchi, qora ko'ngil kishilarga zinhor vazirlik (lavozimi) berilmasin. Buzuq, qora ko'ngilli, zoti past odam vazirlik qilsa, davlatu saltanat tez orada qulaydi".

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 15:36:13

"Dono vazir shuldirki, o'z o'rniga qarab, goh qattiqqo'llik bilan gohida esa muloyimlik bilan ish yuritadi. Bunday vazir ortiqcha qattiqqo'llik ham qilmaydi, ko'p muloyimlik bilan ham yumshab ketmaydi. Agar muloyimlik qilsa, dunyotalab, ta'magir odamlar uni yutib yuboradilar. Agar ortiqcha qattiqqo'llik ishlatsa, undan qochadilar va unga (boshqa) yo'lamaydilar".

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 16:18:15

"O'g'rilar xususida buyurdimki, ular qayerda bo'lmasin, kim tutib olsa, Yoso (Chingizxon joriy etgan qonun) bo'yicha jazolansin. Kimki birovning molini zo'rlik qilib olgan bo'lsa, mazlumning molini zolimdan tortib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda kim tish sindirsa, ko'zni ko'r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino ishlar qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar. Shariatga oid ishlarni hal etishda islom qozisi hukm chiqarsin. Urf-odat ishlarini esa ahdos qozisi taftish qilib, so'ng menga yetkazsin ".

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 16:24:48

"...O'n (nafar) o'nboshi jam bo'lsa, o'z ichlaridan ish ko'rgan, tajribali, bahodirlikda nomi chiqqan birovini amir qilib, uni yuzboshi deb atashsin.
Agar o'n yuzboshi yig'ilsalar, amirzodalar aqlli, shijoatli bahodir bir kishini amir saylab, uni mingboshi desinlar va amri hazora deb atasinlar".

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 16:28:25

"Kimniki huzurimga kiritgan bo'lsalar va ko'zim unga tushgan bo'lsa, holiga yarasha hurmatlab, sovg'a-in'omlar bilan kuzatsinlar. Har qanday odam mening adolat devonimdan panoh topgan ekan, gunohi bo'lsa ham kechirsinlar. Ikkinchi, uchunchi yana gunoh qilgudek bo'lsa, u chog'da gunohiga yarasha jazolasinlar".

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 17:08:03

"...butun mamlakatda buyruq, farmon berish ishlari podshohning o'zida bo'lishi lozimki, har ishda podshoh o'zo hukm chiqarsin, toki hech kim uning hukmiga aralashib, o'zgartira olmasin".

Qayd etilgan


AbdurRohman  02 Sentyabr 2007, 19:15:34

"...podshohlik ishlarini tamoman boshqaga topshirib, erkni unga berib qo'ymasinkim, dunyo xiyonatchi xotin singari, uning xushtori ko'pdir. Agar shunday qilar ekan, uning nafsi podsho bo'lishni tilab, saltanat taxtini o'zi egallashga kirishadi. Chunonchi, Sulton Mahmudga xiyonat qilgan vazirlar uni saltanat taxtidan tushirib, taxtga o'zlari ega bo'ldilar. SHunday bo'lgach, saltanat ishlarini ishonchli va mo'tabar bir necha kishiga bo'lib berish lozim. Shunda har biri o'z ishiga bog'lanib saltanat taxtiga ko'z tika olmaydi".

Qayd etilgan