SABR  ( 12800 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Umarxonov  25 Noyabr 2015, 01:54:07

“Tabib - tabib emas, boshidan o‘tgan tabib!”
                       ***
Xaritasi bor deya o‘ylab,
Bir shayxdan so‘radim sabrning sarhadin,
U aytdi: “Sabrning sarhadi  - ko‘pchilik tez yetadi unga,
Uni ishlatolsang o‘z o‘rni bilan,
Sarhadlari keng uning,
Shunga loyiq mukofoti bor!”
   Demak, qiyomatda... Sabrimizga yarasha mukofotlanamiz!.. Bu dunyo - kuyishga arzimas ekan!
                    ***
   Chidashga majburmiz - odamzot o‘lmasa, yashayveradi!
Yashaydi-da, ajal yetmasa...
Ming dod-faryod qilgani bilan...
Ammo... Yashamoqning o‘zi SABR emas-da!
   SABR!.. Nima u?! - chidamoqmi?!! Ha, hayot sinovlariga dosh bermoq (shunaqadir-da);  sabrsiz-chi? - dosh berolmagan...
Ammo u ham tirik-ku??!
Hadisda aytilganki, Ιymonning yarmi SABR ekani...
Demak, mukofotga erishmoq uchun
Bo‘lmog‘i shart bizda me’yorda SABR!..
                       ***
   Haqiqiy mo‘min odam har qanday zarbaga chiroyli sabr bilan javob bermog‘i lozim.
                        ***
   Bir ma’rakada bosh bo‘lib o‘tirgandim. Bir bashang kiyingan kishi (qandaydir katta amaldor) kelib so‘ka ketdi, uning ruxsatisiz tilovat qilmasligimni aytdi!.. El ichida bo‘ldim sharmisor... Ιndamadim - u o‘yladi meni hayiqdi deya, menda esa aksi edi, g‘azablandim, lekin uni tiydim - chiroyli SABR qildim, miq etmadim. Bu holat hayotimdagi birinchi zarba emas! Nima ham deyman, ramazon oyida hasadda yonib turgan mast odam - xudo urib qo‘ygan-ku uni!..
   Sal o‘tmay uning bir jiyani “oyog‘imdan chaldi!” “Oq it, qora it - baribir it” ekan-da a?! Bunga avvaliga sabr qildim, so‘ng ozroq zahrimni sochdim - uni qadrdonim deb, chin do‘st deb, uning fikrlari bilan ish ko‘rganman va bir nechtalab orzu-niyatlarimdan batamom voz kechganman! Endi esa uni deb muhabbatimdan ayrilgandim - bir chimdim zahrim og‘irlik qildi, shekilli, ho‘ngrab yig‘ladi... Orqadan zarba berganning holi shu!!!  Endi biroz yengilman, xos javob qilgandim-da o‘zimcha!!!
Ammo qiynaldim biroz,
Do‘stim edi u aziz,
Voz kechvordim-ku butkul.
Afzalmi to‘y bo‘lgan qiz?!!
                      ***
   Ayriliq, hijronga chidamoq qiyin ekan!.. Nima bo‘lsa - bo‘ldi, buyog‘i taqdiri azal! Bariga chiroyli SABR QΙLΙNG!!!
                        ***
   Hayot yo‘li o‘zi ikki ta - ayriliq va visol: G‘alabaga erishsak, mag‘lubiyatdan ayrilamiz; mag‘lubiyatga uchrasak, g‘alabadan ayrilamiz! Mana buni haqiqiy telbanamo aforizm deb atasak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz!..
                      ***
Yosh o‘tmoqda juda tez,
Yigirmadan ham o‘ttik.
O‘qish-u, ish - tashvish deb,
Qayoqlargadir kettik...
   Tashvish, tashvish, tashvish!!! Bariga sabr qilib, harakat qilamiz!..
   Bosiqlik bilan harakat qilsam, kattalar koyib beradi: “Odam degan mas’uliyatni his qilish kerak biroz!” His qilganman - ha deganda, har narsaga jig‘ibiyron bo‘lmasligim ularni tashvishga soladi! Barcha mas’uliyat kattalarning bo‘ynida - bajarish esa bizdan! Axir shunday bo‘lmasa, kim aytadi bizni “O‘ZBEKNΙNG KΙCHΙGΙ” deb... SABR qilaman-da e!!!
   Sabrning chegarasiga yetdim deb o‘ylab, chavandozlikni o‘rgandim - jahl otiga mina boshlagandim!.. Lekin imkon qadar buni oshkor qilmaslikka harakat qilaman - keraksiz buyumlardan alamimni olaman! Na iloj!!? Katta bo‘lib qoldim-da, o‘zimga yarasha orzu-havaslarim bor - bor orzularimdan “qadrdonim” sababli voz kechgandim-ku avvalroq... Qiyin bo‘lsa-da, harakat qilaman, orzuyimga yetmoqlik uchun... SABR bilan!.. Ammo “mas’uliyat” sabab qiynaldim. Orzularimni negadir hech kimga to‘liq aytolmasdim... O‘qishni bitirishim kerak tezroq, orzuga yetmoq uchun. O‘qishda biroz omadsizlik, ishda omadsizlik... Hech kimga indamayman, inday olmayman. SABR!!! Shunday kunlarning birida - omadsizlik butkul avjiga chiqqan pallada, o‘zimni bosa olmadim, lekin hech kim sezmadi - SABR qilib uygacha keldim. Telefonim alamning zo‘ridan “qo‘limdan tushib ketti - ro‘paramdagi besh metrlar naridagi devorga qarab!!!”
Sabrliman, deyman-u,
Shumi sabrning zo‘ri?! -
Chil-chil bo‘ldi bir zumda
Telefonning sensori!..
   Buni bir do‘stimga batafsil tushuntirib aytsam, “Alamingni telefondan olguncha, boshingni devorga ur!” - deydi. Ahvolimni bila turib!.. Telefon boshimdan qimmat turmasa kerago-o-ov!!! Yana bilmadim?!. Bu esa “Ko‘ngil sinsa, sinsin - sensor sinmasin”ga juda mos holat bo‘ldi...
                      ***
Bir kun ketardim shoshib,
Birov chiqdi yo‘limdan.
Hol-ahvol so‘rab ketdi -
O‘zimning amma-xolam
Va hamsoya kelindan.
Ularning ovsinlari,
Ovsinlarining qo‘shnisi,
Ularning jigarbandi
Va sinfdosh jo‘ralar,
Direktor, o‘qituvchi,
Quda-anda, tog‘alar,
Amaki-yu, ammasi -
Hol so‘raldi hammasi!..
Shoshayotgan esam-da,
Ιndamasdan tingladim -
Chiroyli SABR bilan!
So‘ralguncha ketdi naqd
Olti-yetti minut vaqt,
Yo‘ldan qolmasin, deya,
Javob berdim “Hmm” deya...
Va yo‘lda davom etdim.
U-chi?! - tutaqib ketdi,
Darhol yoqamdan tutdi!..
Uning uzun savolin
Tingladim SABR-la jim,
G‘azablangan esam-da,
Bilmasin deya hech kim!
Kimga ham yoqar edi
Bunaqa ezma savol?!!
Vaqti tejalsin deya,
Bergandim qisqa javob,
Agar vaqti tejalsa,
Bo‘lar deb ozroq savob!?
Shunday qisqa javobga
Uning SABRi yetmadi!..
Va yoqamdan olgani
Xotiramdan ketmadi...
                         ***
   — Havoni qara, sovib qoldi ancha, qiynalaman-da biroz!..
   — Endi qis!
   — Og‘zinga qara o‘-o‘-o‘v-v-v!!! - deb, do‘stini do‘pposlay ketibdi haligi qiynalmog‘i muqarrar kishi. Do‘sti esa jon-holatda baqiribdi:
   — Qis, qis endi, hammamiz qiynalamiz, havo sovugandan keyin qis keladi-da e!!!
   Doim yonida bo‘lgani sabab do‘sti “sh” harfini aytolmasligi xayolida yo‘q, o-o-ozgina SABR qilib tafakkur qilganida qish yaqinligini anglagan; birovga ozor bermagan; bu voqea va do‘sti o‘lmas hangomaga aylanib ketmagan bo‘lardi!!?
                          ***
   “Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir!” Muhammad Yusuf oshiq kapalakning qanotidagi yozuv bu... Jahlingiz har qancha yuqoriga chiqsa ham alamingizni hech kim va hech narsadan olmang, ichga yuting, SABR qiling!!!
                         ***
   Odam o‘zi yoqtirgan narsani hech qachon unutmaydi.
   “Bir bemorim bor, juda g‘alati - hech narsani bir zum bo‘lsa-da, yodida saqlay olmaydi, hech kimni taniy olmaydi. Lekin hayratlanarli tarafi shundaki, xotirasining bir nuqtasi hech qachon o‘chmaydi. Har kuni ko‘rgani keladigan rafiqasini ko‘rishi bilan “Keldingmi onasi?” deb murojaat qiladi. Shundan so‘ng ham qanday qilib muhabbatga ishonmaslik mumkin!!?”  (“Hidoyat”dan)
   Muhabbat! U borki, odamzot yashaydi! Muhabbat faqat qarama-qarshi jins vakiliga nisbatan paydo bo‘ladigan tuyg‘u emas, balki buyumlar, ilm, shon-shuhrat, boylik, qandaydir mashg‘ulot va h.k.larga ham muhabbat qiladi inson! Bu ham o‘ziga xos muhabbat!!! Muhabbatga ishonmayman, u yo‘q narsa, deydiganlar ham bor. Muhabbatga ishonmayman deguvchilarga aytadigan bir og‘iz gapim bor:
 - BEKORLARNΙ BESHTASΙNΙ AYTΙBSΙZ!!!
   Ular - muhabbatga ishonmaydiganlar yo hali ham o‘z fikriga ega emas, yo muhabbat qurboni bo‘lgan, yo hissiz odamlar!.. Gap shu mavzuda ketganda, ular xuddi past bo‘lib qoladiganday, kimdir ustidan kuladiganday; gapni oxirigacha eshitmaydi - eshitishni istamaydi, eshitsa ham mohiyatini tushunmay - tushunishni istamay, beSABRlik bilan muhabbat yo‘qligini ta’kidlaydilar. Bu bilan muhabbatga ishonuvchilar uchun o‘zlaricha aqlliroq va birmuncha qat’iyatli ko‘rinadilar, aslida esa ularga hissiz bo‘lib ko‘rinishlarini anglamaydilar... Ammo ular ham sevadilar! O‘zlari esa bilmaydi - SEVMASLΙΚΝΙ sevishlarini...
   Odamning xarakteri, tuyg‘ulari xuddi “atom” kabi hech qachon o‘zgarmaydi deb o‘ylaydi ko‘pchilik. Unday emas! Bir filmda eshitgandim: “Uni ko‘p o‘ylayverganimdan, chalg‘ib, butkul boshqa odamga aylanib qolganimni, uni o‘ylashdan zerikib, uni sevmay qo‘yganimni sezmay qolibman!” Qancha yoqimtoy bo‘lsa-da, bir narsani tinimsiz, uzoq vaqt o‘ylash zerikarli, chuqur o‘ylab ko‘rsak, Haqning jamoli va mo‘minlarga va'da qilingan jannatdan o‘zgasi!.. “Bandasi muhabbatga loyiq emas, muhabbatim Allohga”, - deb vaysaydiganlarga gapim bor:
    — Bandasini sevmagan, Haqni ham sevolmaydi! Chunki go‘dak ham qadamini kichik odimlar bilan boshlaydi! Bitta nonni yeya oladigan odam nonni butunligicha yeya olmaydi, asta-sekinlik bilan burda-burda qilib, yeb tugatadi. Muhabbat ham shunday: Allohni bilgan bilan unga bo‘lgan muhabbat birdan to‘kis bo‘lib qolmaydi. Avval U yaratgan maxluqlarga muhabbat qo‘yadi odamzot! Kimgadir muhabbat qo‘ygan odam visoliga yetishmoq uchun har narsaga tayyor bo‘ladi, hatto uning chizgan chizig‘idan chiqmaydi. Allohning jamoliga yetmoq uchun ham uning buyruqlarini bajarmoq kerak, Uni tanimoq uchun ilm kerak! “Muhabbatim Allohga” deya oladigan xoslar bor, ular SABR bilan ilm o‘rganib, unga amal qilishgan!..
   Muhabbatga ishonmaydiganlar muhabbat haqida o‘ylashga SABRlari yetmaydi va fazo kabi cheksiz xarakter, tafakkur va hissiyotlarni “atom” - o‘zgarmas zarra kabi deb o‘ylab, o‘zlari ham jamiyatda “atom” kabi ko‘rinmay, sezilmay yuraveradilar, olamni tark etgani ham sezilmaydi!..
                        ***
   “Tabib - tabib emas, boshidan o‘tgan tabib!”
   Buni tushunmoqlik uchun SABR bilan o‘qimoq va o‘rganmoq kerak!..
                      ***
   Muhabbat qilgan insonining visoliga yetmoq naqadar katta baxt!!! Yetolmaslikdan ortiqroq azob yo‘q, fikrimcha... Agar bunga ham chiroyli SABR qilinsa, balki yana-da yaxshirog‘i uchrar?!!
   Muhabbat sababli ko‘p narsaga erishdim. Juda ko‘p!!! Juda ko‘p!! Juda ko‘p!!! Agar shu tuyg‘u bo‘lmaganda hozirda “atom” kabi bo‘larmidim, buyog‘i noma’lum... Ammo odam bu oliy tuyg‘u sababli yana bir ulug‘ ne’matdan ayrilarkan - halovatdan!.. Halovat yo‘qolgach esa odamga hech narsa kerak bo‘lmay qoladi, muhabbat eshik qoqib kelgunga qadar qalbdagi jo‘shqin orzular o‘rnini boshqacha orzu egallaydi, avvalgilaridan deyarli ikkilanmay voz kechadi odamzot!..
Sevgi - nima u o‘zi?!
Eshitdim - ko‘rmish ko‘zi.
Unga ta’sir qilmasmish
Hech bir odamning so‘zi!!?
   Birgina visol deb odamzot hamma narsadan voz kechadi!..
   Balki bu “uloqtirilgan” orzularga SABR bilan harakat qilib ro‘yobga chiqarilganda, bir katta jamiyat foydalangan, rohatlangan bo‘larmidi?!! Nega endi shuncha katta narsadan voz kechgan odam mahbub(a)(si)idan voz kecholmaydi?! Albatta voz kecholmaydi!!! Chunki bu ilohiy tuyg‘u!.. Odamzot undan voz kecholmasligining sababini tushuntirib berolmaydi!!! Qanchalik SABR bilan tafakkur qilsa-da...
                    ***
U deb, kechdim orzularimdan,
Ayriliqqa ko‘nikib qoldim...
Bu naqadar og‘ir-u, ammo
Bugun undan... Voz kecha oldim...

Endi undan voz kechdim, deya,
Yolg‘onni ham so‘zladi tilim,
Uni deya uradi yurak,
Unga tomon talpinar dilim!..
                     ***
Bizlardan ketguvchi bir - SABR,
Nadomat afsusdan naf yo‘q hech,
Orom olgum yutganda qabr,
Afsuski, uchrashdik bizlar kech...
                          ***
   Sal avvalroq bir filmdan misol keltirgandim. “Loy ichidan dur ajrat” naqliga imkon qadar amal qilaman, ya'ni har narsadan yaxshilik qidirib topishga harakat qilaman doim, avvalo, yaxshi tarafidan qarayman. O‘sha filmning bosh qahramoni ajoyib shior asosida yashaydi: “Biror narsani yo‘qotishdan qo‘rqsam, undan voz kechaman - xoh odam bo‘lsin, xoh buyum. Chunki oldimga qo‘ygan maqsadlarimdan chalg‘itadi!” Bu gap e'tiborimni tortdi va chuqur o‘yga toldirdi: agar xuddi film qahramoni kabi yo‘l tutsam nima bo‘ladi?! Shunday qilolamanmi?! Juda qiyin ekan!.. Bu uchun kuchli SABR kerak ekan!!! Axir hijronga chidamoq har kimning hunari emas!
   Suyukli narsasi yo odamidan ayrilgan inson doim “yonadi - o‘t ichida yashaydi!” Suyuklisidan ayrilgan inson avval yozmagan bo‘lsa, endi she’rlar bita boshlaydi. Hijron haqidagi qo‘shiqlarni tinglaydi. Yolg‘izlikni yoqtiradigan bo‘lib qoladi. Shu yo‘l bilan orom oladi. Boyagi shior haqida o‘ylagan paytim shu narsalarni kuzatib o‘rgandim va hijrondagi odamning orom olish usuli g‘irt bo‘lmag‘ur narsa degan xulosaga keldim. Chunki odam o‘zini battar qiynaydi, yurakka azob beradi. Ιt tishlagan odam keyingi marta o‘sha itdan yiroqroq yuradi, itga har kun, har soniya salom berib yurmaydi-ku!!? Demak, maqsadga erishmoq uchun azob beruvchi narsalardan ham uzoqlashish kerak ekan - sevgi, armon, hijron haqida she’r yozish, shu mavzudagi  qo‘shiqlar, filmlardan voz kechish lozim! Bular faqatgina azob beradi, boshqa narsa emas! Ulardan kechib, maqsad sari harakat qiling! Buning uchun ham SABR kerak!
                        ***
   “Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa,
   Xudo xohlamasa uchrasharmidik?!”
   Biz, albatta, suyukligim bilan baxtli bo‘lamiz - birga bo‘lolmasligiz aniq, lekin baribir baxtli bo‘lamiz! Baxtli yashaymiz - uzoq-uzoqlarda bo‘lsak-da, yo‘llarimiz ayro tushsa-da!..
   O‘rtadagi masofa olis,
   Ammo bizning ko‘ngillar yaqin!
   Ιshqimizdan qolsa-da dog‘, iz,
   Biz, albatta, baxtli bo‘lamiz!!!
  Eng og‘ir kunlarimning birida - hijronga yo‘liqqan kunim yonimda turib berdi, dalda bo‘ldi va boshqa maqsadlarimdan chalg‘imasligimni uqtirdi. Men esa qalbimning bo‘sh qolgan joyiga o‘zim ham sezmay uni o‘tqizdim... Ammo birga bo‘la olmaymiz...
Ιnobatga olmadi so‘zim:
- Sevma, - devdim, lek sevdi yurak,
Uni yulib otaman o‘zim,
U bo‘ysunmas menga ne kerak!!?

Qaysar yurak! Oh, beor yurak!
Harakatim - buyuk kelajak,
Ahdimni ham buzdirding, yurak,
Menga hozir sevmoq ne kerak!??
   Aslida esa uni o‘zganing quchog‘ida tasavvur qilish... Haqiqiy DAHSHAT!..
   Bu paytlar ko‘p xomush bo‘lib qolaman.
   — Ha, uka, ne xomushsan, sevib qoldilarmi, vay bechora! - masxaraomuz ohang. Bunga javoban indamayman.  Bu safar jahl bilan:
   — Yosh bolaga oshiq bo‘lishni kim qo‘yibdi, - deb koyigan bo‘ladi yosh uylangan amakim... Bunga ham indamayman, chunki u kishining bolalari hali go‘dak, yoshimga yetgunicha ko‘p qovun pishig‘i bor! Kelajakda ular qanaqa bo‘lishi noaniq, buni ko‘rish uchun o‘sha bir nechta qovun pishig‘ini kutaman, SABR bilan!.. (Farzandlari yaxshi odam bo‘lishi tarafdoriman)
   E’tibor qilib atrofga qarang, hamma o‘ziga o‘xshaganlar bilan til topishadi - TENG TENGΙ ΒΙLAN deganlari shudir-da!!? Ko‘ngillarni bog‘lashadi tenglari bilan... Biz ham bir xil odamlarmiz, “Loy ichidan dur ajrat”adiganlar xilidanmiz! Bu bilan “yagona”likka da’vo qilmayman, bizga o‘xshab har narsadan yaxshilik qidiradiganlar ko‘p... Yaxshilik bo‘lgan joydagina baxtli bo‘lmoq mumkin! Demak, biz doim hamma joydan yaxshilikni ajratib olib ko‘ra olamiz, SABR bilan. Shunday ekan, albatta, baxtli yashaymiz, kim bilan bo‘lsak ham... Yaratgandan o‘zimizga munosib yor uchratishini so‘raymiz!..
                          ***
   Suyukligimni xafa qiladigan shior o‘ylab toptim: “Menga nasib qilmagan - menga loyiq emas!” Bu ham o‘ziga o‘zi dalda berishning bir usuli-da! Ιshonamanki, menga nasib qilmagan barcha narsaning o‘rnini bosuvchi nimalargadir kelajakda erishaman! Faqat o‘sha kunlarni SABR bilan kutaman!!!
                          ***
    Bir olim xalq bilan suhbatda ekan. Odamlarning qilig‘idan juda jahli chiqipti. O‘ta ketgan beSABRlar bilan edi u zot. Vaziyat keliptiki, SABR haqida!.. Odamlarning javob olishga oshiqib shovqin ko‘tarishayotgan savoliga “SABR qiling!” deb charchagan olimdan SABR nima ekanini so‘rashipti. Olim esa javob beribdi:
   — “... Qisib o‘tir!” degani!..
                         ***
   Har qanday qiyin vaziyatga eng yaxshi javob - CHΙROYLΙ SABR!
   Shuncha narsani - dardlarni to‘kib-solish, o‘ziga xos BESABRLΙΚ. Bularni erinmay yozish esa o‘ziga xos SABR!.. Buni o‘qimaslik - o‘ziga xos BESABRLΙΚ, o‘qish - o‘ziga xos SABR!
   Barchamizga haqiqiy musulmon kabi SABRli bo‘lish nasib etsin!

M: Umαґχσησν
20.11.2015

Qayd etilgan


Umarxonov  25 Noyabr 2015, 19:50:50

Ιltimos, kamchiliklari bôlsa, ayting! Fikringizni bildiring

Qayd etilgan


Hadija  27 Mart 2016, 14:01:23

                          ***
    Bir olim xalq bilan suhbatda ekan. Odamlarning qilig‘idan juda jahli chiqipti. O‘ta ketgan beSABRlar bilan edi u zot. Vaziyat keliptiki, SABR haqida!.. Odamlarning javob olishga oshiqib shovqin ko‘tarishayotgan savoliga “SABR qiling!” deb charchagan olimdan SABR nima ekanini so‘rashipti. Olim esa javob beribdi:
   — “... Qisib o‘tir!” degani!..
                         ***
   M: Umαґχσησν
20.11.2015

Yozganlaringiz mazmunli va juda jo'ngina

Sizdan Iltimos Yozayotganda birozgina madaniyat bilan yozsangiz. Bu yer forum unda yoshi katta ham kichik ham o'qib mulohaza qilib uziga kkli xulosani chiqaradi shunday ekan har bir suzni yozganda e'tiborli buling.


Hayo va sabr qilishdek iymon bulmas... Shu ikkalasini mahkam ushen Xudo holasa mevasini kurasiz...

Qayd etilgan


Umarxonov  27 Mart 2016, 14:15:06

O'sha olim aytgan "soddagina" javobini yozgandim-da... O'rniga boshqa so'z topolmagandim. Varintlat bo'lsa, ayting, o'zgartiramiz...

Qayd etilgan


Hadija  14 May 2016, 22:56:43

O'sha olim aytgan "soddagina" javobini yozgandim-da... O'rniga boshqa so'z topolmagandim. Varintlat bo'lsa, ayting, o'zgartiramiz...

Adabiyotga qiziqasiz shekilli ko'proq uqin, hayotni kuzatin javobini topasiz... Mavzuyingiz nomidan ham o'ziz savolizga javob topishiz mumkin!

Qayd etilgan


Umarxonov  15 May 2016, 12:35:04

Ha, qiziqaman, shu sohada ishlaganman. O'sha - "soddagina" javobdan-da qo'polroq so'zlarni ijod mahsullariga qo'llashganini ko'rganman-da... Shu uchun to'g'ridan to'g'ri yozib qo'ya qolgandim : )

Rahmat!))

Qayd etilgan


NANO  20 May 2016, 03:03:37

Adabiyotga qiziqasiz shekilli ko'proq uqin, hayotni kuzatin javobini topasiz... Mavzuyingiz nomidan ham o'ziz savolizga javob topishiz mumkin!

Yosh userga tashamen :D

Qayd etilgan


Hadija  21 May 2016, 22:23:39

Adabiyotga qiziqasiz shekilli ko'proq uqin, hayotni kuzatin javobini topasiz... Mavzuyingiz nomidan ham o'ziz savolizga javob topishiz mumkin!

Yosh userga tashamen :D

Gapizga tushunmadim. Kesatiq ma'nosida gapirgan bulsangiz kechirasizu man birovga hich narsani tashaganim YUQ!. Bu forum hamma o'z fikrini bildirish huquqiga ega hoh u yosh bulsin hoh eski...

Qayd etilgan