Shaxmatli tort
Ingrediyentlar:
100 g qora shokolad;
2 osh qoshiq kakao kukuni;
3 1/4 stakan un;
1 osh qoshiq razrixlitel;
0,75 choy qoshiq soda;
ta’mga qarab tuz;
250 g yumshagan sariyog’ yoki margarin;
1 1/2 stakan kefir yoki qatiq;
1 1/2 stakan shakar;
5 dona tuxum;
2 choy qoshiq vanilin.
Krem uchun:
300 g shokolad;
1 stakan qaymoq.
Duxovkani 180 S darajagacha qiziting. Pergamentdan 3-4 dona diametri 24 santimetrli doira kesib oling, pergament qog’ozda sirkul yordamida radiusi 4 va 8 santimetr bo’lgan aylanalarni belgilab oling.
Formaning yog’lab oling va idish ostini tayyorlangan pergament bilan qoplab chiqing. Shokoladni eritib oling va kakaoni qo’shib aralashtiring. Xona haroratigacha soviting.
Un, razrixlitel, soda va tuzni qorishtiring.
Sariyog’ va shakarni aralashtirib, butalang. Ushbu qorishmaga ketma-ket, yaxshilab aralashtirib, bittadan tuxumlarni qo’shing. Vanilinni qo’shing. Aralashtirishni davom etib, un va kefirni ketma-ket qo’shib boring (3 marta unni, 2 marta kefirni).
Aralashmadan 3 stakanini ajrating va eritilgan shokolad bilan qoring. Ikkala xamirimiz ham quyuq smetana holiga ega bo’lishlari kerak.
Ikkita konditerlar qopchasini (yoki qog’oz voronkani) ushbu xamirlarimiz bilan to’ldiramiz va formamizga qoplangan pergament ustiga siqib chiqaramiz — ichki va tashqi aylanaga oq xamirni, o’rta ayla bo’ylab esa shokoladli xamirni. 25-30 minut davomida duxovkada pishiramiz. Tayyorligini gugurt cho’pi yordamida tekshirib turishimiz mumkin.
Formani ozroq sovitib, pishgan tort asosini formadan chiqarib oling va qolgan xamirni pishirishga davom eting. Bu safar ranglar ketma-ketligini teskarisiga o’zgartiring. Menda 4 dona korj tayyor bo’ldi.
Krem uchun qaymoqni deyarli qaynash darajasigacha qiziting va maydalangan shokolad ustidan quyib yuboring. Soviting, mikser bilan ozroq aralashtirib, har bir korj ustiga surib chiqing. Korjlarni shaxmat ketma-ketligida terib chiqing.
Shaxmat taxtasi shokoladdan yasalgan.
Shaxmat donalarini quyidagicha tayyorlaymiz:
50 g pechenyeni maydalab, 2 osh qoshiq sariyog’ bilan aralashtiring. Ushbu xamirni ikkiga bo’ling, bir qismiga oq shokolad, ikkinchisiga qora shokolad qo’shing. Tayyor bo’lgan aralashmadan donachalarni yasashga kirishing.