Pazandalik sirlari  ( 217205 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 B


G_u_l_i  24 Avgust 2009, 07:24:31

 :as:

Foydali maslahatlar:

Куйиб қолган сутни дарров бошқа идишга олиб ҳамда унинг устини сочиқ билан қоплаб, сочиққа туз сепиб қайнатишда давом стиш лозим. Шунда сутнинг куйинди иси ва таъмидан  қутулиш мумкин.
Шунингдек, сут куйиб қолса, сутга озроқ туз солиб, сут солинган идишнинг сзини бир неча дақиқа совуқ сувли кастрюлга солиш тавсис стилади.

Қиздирилган ёғнинг иси вақт стиши билан  сзгариши мумкин. Ағ сақланаётган идишга бир неча хом сабзининг бслакларини солиб қсйиш лозим.

Лирожки ёки чебурек сингари ёғда пишириладиган пишириқларни пишириш давомида ёғ қораймаслиги учун хом картошканинг бир неча бслаги билан пишириш мумкин.
Бир неча кун музлаткичда туриб қолган қайнатма тухум сна қайта снгидек бслиши учун дастурхонга тортишдан аввал уни қайта 15 - 20 сонис давомида қайнатиб олиши кифос.
Музлаб қолган тухум намокоб совуқ сувда ушлаб турилса, ундаги музлар тез йсқолади.
Агар консерваланган селётка ста шср бслса, у сут қуйилган идишда бир неча дақиқа давомида сақланса, унинг таъми мазали бслади.

manba: http://7x7.uz/content/view/938/44/

PS: Qayerga post qilishni bilmay, shu yerga post qilaverdim, rozi bo`lasizlar!

Qayd etilgan


Ansora  24 Avgust 2009, 07:28:06

:) menimcha juda joyida bo'libdi. qo'llaringiz dard ko'rmasin.

Qayd etilgan


G_u_l_i  24 Avgust 2009, 07:30:53

Foydali maslahatlar turkumidan:

Гарнир сифатида пиширилган гуруч чиройли, қордек оппоқ пишиши учун пиширилаётганда гуручга озроқ  лимон шарбатидан қсшиш  тавсис стилади.
Атала, холвайтар ёки унли соуслар тайёрлашда қсмоқларнинг ҳосил бслиши таъбингизни хиралаштиради. Бундай таомлар тайёрланишидан аввал унни озроқ намакоб (тузни меъёрида солиш лозим) сувда обдон аралаштириб олиб, сснг пиширсангиз, қсмоқлар пайдо бслмайди.
Занглаб қолган ошхона анжомларини ёғ суртилган мато (губка) билан аратиш лозим. Юзалардаги (масалан, газ плитасининг юзаси) зангни чиқариш учун сса, занг босган жойга туз сепилади, срим соатдан кейин тозалаб артилади.     
Совуқ сувга солиб пиширилган гуруч тез сзилиб кетади. Яхшиси гуручни қайнаётган номакоп сувга солиб пишириш лозим.
Чинни идишлардаги доғни кетказиш учун уларни нашатир спирти билан артиш кифос.
Балиқ пиширилган товада унинг иси сақланиб қолмаслиги учун товага ишлатилган чой қолдиғи, съни шама ҳамда сув қуйилиб, бир оз қайнатилади. Сснг товани одатдагидек тозалаб олса ҳам бслади.
Тухум оқига бир чимдим туз солиниб, аралаштирилса, у тезроқ кспирали.

manba: http://7x7.uz/content/view/905/44/

Qayd etilgan


NafisaBonu  26 Avgust 2009, 17:44:33

ee  Rahmateey,  pazandaligizga  gap  yuq!  Manga  hammasidan  kura  Rafaello  yoqdi :)

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 00:45:17

Formumuzdagi a'zolardan Saltanatxon Pazandalik sahifasida "Karni yarık" degan ovqatning rasmini qo'yganimdan keyin, opa mumkin bo'lsa qanday tayyorlanishini yozing, debdilar. Men ham siz azizlarga foydali bo'ladi, degan umidda "qorni yoriq"ning ta'rifini yozyabman.
Masalliqlar:
6 dona o'rta kattalikda baqlajon. Shakli to'g'ri bo'lsa ichini yorishingiz ham oson bo'ladi.
2 dona o’rtacha piyoz
2 qoshiq tomat (yozda 2 dona pomidor ham bo’ladi)
250 gr qiyma
2-3 dona bolgarskiy, Bulgar qalampiri (uzunidan bormi, O’zbekistonda bilmadim)
1-2 tish (dona) sarimsoq
1/3 stakan yog’ (stakan 250 ml)
2 qoshiq margarin yoki saryog’
2 stakan issiq suv
Ozgina petrushka (istakka ko’ra)
Tuz, murch, achchiq qalampir (istakka ko’ra)
Tayyorlanishi:
1.   Baqlajonlarni ola-bula qilib, yani boshdan boshlab ohirigacha ingichka qilib po’stini kesing. Keyin ichiga tuz solingan idishga yarim soat solib qo’ying. Baqlajonlarni suvdan chiqarib yaxshilab mo’l suvda yuving. Keyin sochiq bilan suvini quriting. Bo’lmasa yog’da qovurayotganingizda yog’ sachratadi.
2.   Tovada qizdirilgan yog’da baqlajonlarni kuydirmasdan qovuring. Rangi hafif pushti bo’lishi bilan boshqa taraflarini ham bir tekisda qovuring. Hamma tarafini yaxshilab yog’da qovursangiz ham yumshoq bo’ladi, ham achchiq joyi qolmaydi.
3.   Pomidorlarning po’stini arching. 6 dona dumaloq shakl parrak qilib kesgandan keyin qolganlarini maydalab to’g’rang.
4.   Piyoz va bolgarskiylarni ovqatga to’g’raganday to’g’rang.
5.   Boshqa bir tovada margarin yoki saryog’ni eriting. Qiymani yog’da 3-4 daqiqa qovuring.
6.   Piyoz va bolgarskiylarni ham qiymaga qo’shib  1-2 daqida qovuring.
7.   Pomidorlarni (mayda to’g’ralganlarini) yoki tomatning 1 qoshig’ini qovuring.
8.   Bor bo’lsa petrushkani solib qovuring.
9.   Qorishma qizara boshlaganda olovdan oling, ustiga tuz, murch va achchiq qalampirni va mayda to’g’ralgan sarimsoqni aralshtiring.
10.   Baqlajonlarimiz yog’da qovurilgandan keyin sovugani qoldirgan edik. Ularni o’rtasidan qoshiqni orqasi yoki vilka bilan sekin sekin bostirib yoring. Yorishda diqqat eting, tagi teshilib qolmasin.
11.   Yuqorida qovurib tayyorlagan qiymali masalliqni baqlajonlarni ichiga soling. Ustiga oldindan parrak holida kesib tayyorlangan pomidorlardan qo’ying. Agar bor bo’lsa, bolgarskiy aralsh ham qo’yishingiz mumkin.
12.   Baqlajonlarni duhovkaning listiga yonma yon qilib tizing. Agar qiymali qorishmadan ortgan bo’lsa atrofiga yoyishingiz mumkin.
13.   2 stakan qaynoq suvni 1 qoshiq tomat, yarim qoshiq choy qoshig’i tuz bilan yaxshilab aralashtiring. Baqlajonlarning ustiga to’kib, 20 daqiqa duxovkada pishiring.
14.   Meni teflon qozonim bor, keng bo’lgani uchun duxovkada emas shu qozonimda pishiraman. Siz ham o’zingizga qarab pishirishingiz mumkin.


Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 00:47:23




Yana qorni yoriq rasmlari:)

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 01:05:21

Qorni yoriqni yonida Turkcha palov qilishingiz mumkin. Ayam biznikiga kelganlarida hayron qolgan edilar. Bunchalik oz yog' bilan bunchalik tez pishgan palovni birinchi marta ko'rishim, qizim o'rgatib qo'ysang bo'lar ekan:)
Men 4 kishilik palov uchun 200 gr guruch ishlataman. Guruchlarni iliqdan ozgina issiqroq suvda ivitaman, ichiga oz tuz solaman. Orasan yarim soat, 1 soat o'tgandan keyin, 2-3 qoshiq yog', 1 qoshiq saryog'da yuvilgan guruchlarni qisiq olovda qovuraman. 5-6 daqiqa qovurgandan keyin qaynagan suv quyaman. Oz tuz solaman. Tekis qaynay boshlagandan keyin qopqog'ini yopaman. Olov zotan past, sekin sekin guruchlar shisha boshlaydi. Suvini tortgandan keyin olov yana ham qisiladi. 5 daqiqadan keyin olovni so'ndiring. Guruchni qovurganimiz uchun guruchlar katta katta bo'lib mazali bo'lib pishadi. Osh bo'lsin:)


Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 01:14:37



Biznikilar no'hotli palovni yaxshi ko'rishadi. Oldindan pishirilgan no'hotni guruch suvini tortgan keyin solib aralashtiraman.

Qayd etilgan


Ansora  16 Sentyabr 2009, 00:03:49

Muffin

Masalliqlar:
1.   140 gr shakar
2.   250 gr un (bizda  ham keks uchun mahsus un bor bo’lsa shundan foydalaning)
3.   0.5 qosiq karbonat
4.   1 paket vanelin (5 gr)
5.   85 gr saryog’ (oldindan eritilib, ilitilgan bo’lishi kerak)
6.   2 tuxum (yaxshilab tel bilan ko’pirtirilgan bo’lishi kerak)
7.   200 ml sut
Tel bu, O’zbekchasini bilolmadim :)

Tayyorlanishi:
1.   Duxovkangizni 200 C’da isiting. Muffinlar uchun mahsus qog’oz qoliplar bo’lishi kerak. Duxovkaning listiga 12 muffin uchun yonmaydigan maxsus qog’oz soling.
2.   Keng idishda shakar, un, karbonat va vanilyani aralashtiring.
3.   Yog’, tuxum va sutni ayri bir idishda aralashtiring.
4.   İkki idishda tayyor bo’lgan qorishmani birlashtirib faqat  tel bilan aralashtiring.
5.   Muffinlarning ichiga tomchi shaklidagi qattiq shokolad, Hindiston yong’og’i parchalari, yong’oq, mayiz, hatto malina murabbosi ham qo’yishingiz mumkin. (Apelsin po’stini qirib ham qo’yishingiz mumkin)
6.    Qorishmani qoshiq yordami bilan muffin qoliplariga soling. Duxovkada 15-18 daqida pishiring.








Hindiston yong’og’i deganim shu eng ohiridagi kekning ustidagi  :D

Qayd etilgan


Ansora  16 Sentyabr 2009, 10:30:15

Olloh rozi bo'lsin, duolaringiz sizga,  farzandlaringizga qat qat qaytsin insholloh.
İlgari ta'riflarni o'qir ekanman, menga juda rasmiy kelardi, bazan tushunmasdim, shunchun qo'limdan kelguncha sodda yozishga harakat qilyabman. Savollar bo'lsa marhamat. Bazan O'zbekistonda bormi, yo'qmi, deb boshqacha shirinlik va ovqatni ta'rifini yozishga jur'at eta olmayabman. Men vaqt topishim bilan sizlarga Tovuq sho'rvasi ta'rifini yozaman eng qisqa paytda:) Bu qaynonamdan o'rgangan, turmush o'rtog'imning eng yaxshi ko'rgan ovqatlaridan biri. Sizlrga ham yoqadi degan niyatdaman. Kuting, oz qoldi :D

Qayd etilgan