Pazandalik sirlari  ( 171790 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 16 B


maknuna  28 Iyun 2006, 07:29:20

РУЛЕТ

200 г сариёг, 200 г сметана, 1/2 чой кошик истеъмол содаси, ун (юмшок хамир учун)
Начинкасига творог билан шакар аралашмаси, ёки мураббо, ёки хохлаган кремдан фойдаланиш мумкин.


Масалликларни барчасини аралаштириб, 1 соатга музлатгичга куямиз.

Тайёр хамирни уртача калинликда ёйямиз, начинкани суртиб рулет ураймиз ва духовкада пишириб оламиз.

Qayd etilgan


maknuna  28 Iyun 2006, 07:30:26

БЕЗЕ

3 порция учун : 300 г олма, 3 та тухум, 200 г шакар, 60 г тайёр бисквит, бир чимдим лимон кислотаси.

Тухум окини яхшилаб купиртириб, озрокдан шакар кушиб аралаштирамиз. Сунг олма пустини арчиб, уругларини авайлаб олиб ташлаймиз, ширин сувда шаклини йукотмагунга кадар пишириб оламиз. Олма катталигига караб бисквитларни кесиб чикамиз ва олмаларни уинг устига куйиб, аралаштирилган тухум окини атрофидан маълум шаклда куйиб чикамиз.

Юкори хароратда саргиш тусга киргунга кадар пишириб оламиз. Столга куйишдан аввал шакар упасидан сепсангиз хам булади.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:22:55

Shahina:

Taom nomi: Gulkaram
Mahsulotlar: gulkaram, tuxum, paxta yo`gi, un, tuz.

Avvalo bozordan yaxshi pishgan gulkaram olinadi. Gulkaramni kichik bo`laklarga ajratiladi va suvda qaynatiladi. Qaynatayotganda ozgina tuz tashlab yuborsangiz yaxshi bo`ladi. Gulkaram qaynaguncha bu yerda biz gulkaram ustiga tuxumdan qayla tayyorlaymiz. Buning uchun bir kosaga avvalo tuxumni chaqiladi (3-4 ta) va uni un bilan aralashtiriladi. Rosa aralashgandan so`ng sariq qayla hosil bo`ladi. Ozgina tuz ham tashlab yuborish mumkin.
Buyoqda mana, gulkaram ham qaynab qoldi. Uni bilish uchun ozgina totib ko`riladi, agar yesa bo`ladigan bo`lsa, gaz o`chiriladi. Tayyor bo`lgan gulkaramni tuxumli qaylaga botiriladi. Bu yoqda skavorotkaga yog` solinadi, yog` qizigach, qaylaga botirilgan gulkaram qovuriladi. Qovurishda ozgina qizartirish maqsadga muvofiq. Hamma gulkaram qovurib bo`lingandan so`ng, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!!!

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:24:46

Kumushbibi:

Manti:
Xamirni qattiqroq qilib qorasiz, zuvala qilib sochiqqa o’rab 15minutcha tindirganingizdan keyin yana bir bor mushtlab pishitib undan keyin o’qlov yordamida yupqa qilib yoyasiz. Yoymadan 10x10 sm hajmli jildlar kesasiz. Yoki xamirdan yong’ok, kattaligida zuvalachalar uzib olib, har birini alohida — alohida juva bilan tugarak qilib yoyasiz: qalinligi 2 mm bo’lsin. Har bir jildga ketganicha qiyma solib manti tugasiz.
Qiymasini tayyorlash: Yog’li qo’y go’shtidan olib, o’tkir pichoq bilan «chumchuq tili» qilib to’g’raysiz, yog’ini sal yirikroq, dumba yog’i bo’lsa 1x1x1 sm kubik qilib, charvi yog’ini esa bodom kattaligida to’g’raysiz. Halqa — halqa qilib to’g’ralgan piyozni taxta ustiga qo’yib chopib yuborasiz. Shunday qilganda piyoz bir joyda to’planib qolmay qiyma ichida bir tekis tarqaladi. Bunga tuz, murch va zira qo’shib, yaxshilab mijiysiz. Qiymangiz sellikkina chiqsin desangiz picha suv sevalab, aralashtiring. (Muljallangan tuzni sovuq choyda namakob qilib sevalasangiz yana ham yaxshi). Tugilgan mantilarni qasqonning yog’langan lappaklariga bir — biriga tegmaydigan qilib terasiz. Bugda pishish muddati 40 — 45 minut. Dasturxonga tortishda barmoqlaringizni sovuq suvga botirib issiq mantilarni — olasiz va laganlarga terasiz. Alohida idishda porsiyalab berishingiz ham mumkin, yuziga qatiq sevalaysiz, alohida idishda uzum sirkasi keltirib qo’yasiz.
Masalliq: hamiri uchun 500 gr oq un, 1 dona tuxum, 0,5 stakan iliq suv, 1 choy qoshig’ida tuz; qiymasi uchun 1 kg suy go’shtining lahimi, 100 gr dumba yog’i yoki 150 gr charvi, 500 gr piyoz, 1 choy qoshig’ida murch va shuncha zira olinadi. Tuz 0,5 stakan sovuq choyda namakob qilib sevalanadi.

ESLATMA: a) yaqin terilgan mantilar pishganda «semirib» bir — biriga yopishib qoladi; b) lappak yog’lanmasa manti ostining ko’chishi qiyin bo’ladi, shakli buzilib, titilib ketadi; c) suvi qaynamasdan oldin quyilganda xamiri lapakka yopishib qoladi; d) suvi qaynagach, tuz sepish kerak, shunda bug’ning harorati kuchliroq bo’ladi


Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:28:26

Kumushbibi:

Dessertga olmali pirog. :)
Masaliq: 2 ta tuhum,300gr suv ,ta`bga ko`ra tuz.1kilo gosht,qazi,zira.keragiga ko’ra yog`.
2 ta tuxum,300gr suv,un,tuz aralashtirib qattiqqina xamir qoriladi.Qorilgan xamir
20 min tindiriladi.So’ng hamirni yupqadan sal qalinroq yoyib,kvadrat shaklda kesiladi.
Hamirni (1 yoki 2 kun oldin tuz va ziralangan) qazi va goshtlar pishgan suvda pishiriladi.Goshtlarni,norin chiroyli chiqishi uchun sovuq joyga olib qoyish kerak,goshtni rangi toq bo`ladi.
Pishgan xarirlarni sovutib,har birini yuziga yog` surtib ustma-ust tahlanadi.Va somoncha shaklda to’g’raladi. Nihoyatda mayda va mayin tog`ralgan hamirga huddi shunday ravishda tog`ralgan go`sht ni aralashtiriladi,Ozgina yanchilgan zira va ta`bga kora murch taomni yanada mazzali qiladi.Ustiga ingichka qilib qazi kesib, bezab dasturxonga tortiladi.Yoqimli ishtaha!!!

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:30:33

AbdulAziz:

Bizgayam ovqat berilaaaaarrrrr ??? ;D ;D ;D
Ovqatlanish vaqti ham yetdi, qorin janovor juda bezovta :D m bizgayam biron ovqat berilar, yeylik:

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:30:53

Kumushbibi:

lol.Ovqatlar ziyo oshxonasida bo'layaptiyu kelovurmaysizmi? :D

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:31:15

Garchi ziyo-uz oshxonasizning kirish qismiga: deb yozib qo`yilgan bo`lsa-da, mendek bechora, qorako`zlar ko`pligidan ovqat qolmabdi va eshikni yopib qo`yishibdi. Nima qilishni bilmadim. Oxiri qon`g`iroqni chaldim: Hech kim chiqmadi. Ozgina kutdim. Ziyo-uz zaliga kirib tomosha qildim, u ham yoqmadi, qorin och-da, qorin ochligida nima ham yoqardi. o`qidim. Eee, gazetalarda ham oldi-qochdi gaplar. Chidamadim, oxiri shartta oshxona eshigi oldiga bordim-da, zarb bilan ura boshladim: Kim bor o`zi, nima adminni ham qo`ymaysizlarmi deb baqirdim. Keyin, keyin... bir ushlagan janob chiqdi. Meni esa.... yuragim orqaga tortib ketdi : Haligi janob qo`limdan ni oldida, boshimga qaratib......
AYAJOOOOOOOOON!!!!!..........
Hudoga shukr, tushim ekan..... :D :D :D

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:31:57

Bonu:

Assalomu alaykum, dahshatku! :o Man lekin qoyil qoldim. Juda zor hazil bo'pti lekin.
Bitta umumiy savolim bor edi hammaga:
Pizza
larni qanday turlarini bilasiz? Uzbekistonda pizza tayyorlab korganlar bormi? Umuman shunday chet el ovqatlari haqida nima deysiz? Masalan, Angliyada Inglizlar hayotini pizzasiz tasavvur qilishmaydi va eng boy oilalar koproq yeyishadi , uni oziga yarasha 30-40 turlari bor.
Man shu yerda 10 tachasini ancha organib oldim. Ular asosan Pizza ustiga solinadigan masalliqlar va hamiriga qarab turlarga bolinadi. Sizlardan shuni soramoqchi edim , qanaqalarini kim biladi? NIma uchun endi Toshkentda pizza juda qimmat? Nega bu uy sharoitida kamdan kam qilinadi? Oldindan rahmat

BONU

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:32:15

Kumushbibi:

Manimcha pizzalarning bir-biridan farqi unga solinadigan mahsulotiga qarab bo'lsa kerak.Toshkentda pizzalarning qimmatligi ham shunga ko'ra bo'lsa ketrak.
Masalan menga eng yoqadigan pizza bu papa johns( http://www.papajohns.com/ )keyin dominos http://www.dominos.co.uk/ ).
Uy sharoitida pizza pishirish uchun recipe http://www.traditionaloven.com/tutorials/pizza-az.html

Qayd etilgan