Pazandalik sirlari  ( 172830 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 B


Ansora  01 Yanvar 2010, 15:29:05

Men odatda qovurma sho'rvani shunday tayyorlayman.
4-5 kishilik bu, siz ham shunga qarab masalliqni oz-kam solaverasiz.

Masalliqlar:

1. Go'sht 05. kg-ga yaqin. Suyakli go'sht bo'lsa protein ma'nosida juda yaxshi, lekin uzoqroq qaynashiga to'g'ri keladi.
2. 2 dona piyoz
3. 2-3 dona sabzi
4. 2-3 dona uzun bolgarskiy (Charlstohn biber deyishadi bu yerda)
5. 2-3 dona pomidor yoki 1 qoshiq tomat
6. 4-5 tish sarimsoq
7. 2 qoshiq saryog' yoki salat yog'i
8. keragicha tuz. Tuzni butun masalliqlarni qovurib bo'lgandan keyin soling, bo'lmasa go'shtni qotirib qo'yadi.
9. Xohlasangiz garmdori solishingiz mumkin.

Boshda piyozni qovuraman, go'shtni birinchi solsangiz go'shtdan chiqqan modda qozonga yopishib qolaveradi, boshda piyozni qovursangiz piyozni suvi go'shtni qozonga yopishtirmaydi. Qovuratotganda odatda qozonni qopqog'ini yopib qo'yaman, suvi parlanib ketmaydi.
Go'shtimizni ham yaxshilab qovurgandan keyin, bolgarskiylarni solaman, keyin sabzini.
Bulardan keyin tomat yoki pomidorni qovuraman.
Hamma masalliqlarni qovurib bo'lgandan keyin esa qozonga qaynagan suv solaman, qaynagan suv ovqatni mazasini yo'qotmaydi, buni unutmang.
Tuz, sarimsoqlarni suv solgandan keyin qozonga tashlayman.
Boshda bir qaynab chiqqandan keyin o'rta olovga olaman. Qopqog'i yarim ochiq turadi.
Garmdorini pishishiga yaqin solaman.
Piyozni yaxshi ko'rsangiz 0.5 piyozni mayda to'g'rab pishishiga yaqin qozonga solishingiz mumkin.
O'rtalama 30-40 daqiqada tayyor bo'ladi. Osh bo'lsin.


Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Yanvar 2010, 08:38:51

Minnima pichenye (oti esimda yo'q)  :D

Ketadigan masalliqlar: 250 margarin,
1 ta smetana,
0,5 qoshiqcha soda
1 stakan yong'oq
1 stakan mayiz,
1 ta tuxum,
1 stakan shakar


Tayyorlanishi:
1 ta margarin (xona haroratida eritilgan, aniqrog'i yumshagan) va smetana aralashtirilib ustiga 0,5 qoshiqchada soda va un qo'shib hamir qilinadi.
Hamir qo'lga yopishmidigan bo'lishi kere
Kn tayyor hamirni 4 gami 5 ta bo'lakkami bo'lib ozgina tindirib qo'yamiz (15-20 minut).

Nachinkasiga: 1 stakan yong'oq va 1 stakan mayiz, 1 ta tuhum va 0,5 stakan shakar
(yoki tuxum, yong'oq va 1 stakan shakar ham bo'laveradi. Mayiz qo'shilsa 0,5 stakan shakar qo'shiladi)
Mayiz bn yong'oqni sal maydalab ustidan tuxum qo'shamiz. Va ustidan shakar aralashtiramiz.

Hamirlarni rasmda ko'rsatganimdek uzun to'rtburchak shaklida yoyiladi va uzunasiga 3 sm kenglikda kesib chiqiladi
Bir burchagiga nachinkani solib rasmda ko'rsatilganidek o'raladi.

taxminan 30 minut cha o'rta olovda pishadi
Pishishi bn gazdan olib pudraga belanadi  (sovib qosa pudrani omidi :) )

P.S. Pishgan hamir uncha qizarmidi, sal qizaradi xolos















Qayd etilgan


Chustiy  10 Yanvar 2010, 12:32:29

Иее Махдис, сизам пишириқ пиширишни биласизми?  :o
Машнақа тез тез ошхонада, газ плита атрофида айланиб турин (газ плитани тавоф қилиш тушинилмасин)... Ато круглосуточно, форумда болла билан мунозара қивуришиздан, бу қиз хойна хой тухум қайнатишнисм билмаса керак деган хаёлга боиб қолиш мумкин... ;D Хазил, тағин стирган жоиздан сримта ғишти олиб отвормен...  ;D Хапа бсган срис...  ;)

Qayd etilgan


Mahdiyah  10 Yanvar 2010, 23:50:20

Иее Махдис, сизам пишириқ пиширишни биласизми?  :o
Машнақа тез тез ошхонада, газ плита атрофида айланиб турин (газ плитани тавоф қилиш тушинилмасин)... Ато круглосуточно, форумда болла билан мунозара қивуришиздан, бу қиз хойна хой тухум қайнатишнисм билмаса керак деган хаёлга боиб қолиш мумкин... ;D Хазил, тағин стирган жоиздан сримта ғишти олиб отвормен...  ;D Хапа бсган срис...  ;)

Iya Chusty endi bildizmi?
Axir bu birinchi pishirib joylagan pishirig' emasku.  :)
Qovoq o'yaverib boshqalarni pishirgan pishriqlarini ko'rolmagandursizda ha mayli.  :)

Ja kruglosutochna o'tirmiman (balki oldin o'tirgndurman ko'p, lekin kruglosutochnamas) LOF niyam boplapsiz lekin  :D
Ha endi "BOLLA"yam qizla bn munozaraga USTA bo'b qolishgande, nima qilamiz endi. Hayot... ikir-chikir....
Hazilmas :) g'isht tugul tosh otishga arzidigan POST qimadiz  ;)
Hapamasman, o'rganib qoldim ancha muncha  :D

Qayd etilgan


MUNOJOT  15 Mart 2010, 16:10:34

Kapalak xonim ana  u maffin reseptida 0,5qoshiq karbanat yozganiyizga tushunmadim,qanaqa karbanat ekan ,izoh bersayiz shunga.Oldindan raxmat

Qayd etilgan


Ansora  17 Mart 2010, 20:46:37

Kapalak xonim ana  u maffin reseptida 0,5qoshiq karbanat yozganiyizga tushunmadim,qanaqa karbanat ekan ,izoh bersayiz shunga.Oldindan raxmat

Karbonat- bizni "Chaynaya soda" deb ishlatadigan moddamiz. 

Qayd etilgan