Pazandalik sirlari  ( 217124 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 16 B


maknuna  06 Iyul 2006, 07:32:31

Bonu:

Kumushxon, fikringiz uchun rahmat, lekin shu man Uzb. dagilarni fikriga qiziqyapman. Ha, man ham shu Papa Johns ni pizzalarini juda mazza qilib yeyman. Bilmadim, Domino's ja unaqa mashhur emas, Keyin Pizza Hutda hohlaganingizdek chiqadi har doim. Zo'r-a? Albatta, ular masalligiga kora farq qiladi, lekin shu hamiri, "thin crust", "king" , "deep pan" ligi bilan ajralib turadi.
Asosan, popular bolganlari:
MARGARITA: pishloq va pomidor, judda oddiy va yengil;
FARMHOUSE: Ham va qoziqorin;
SEAFOOD: dengiz mahsulotlari tuna va prawndan, PEPPERONI: achchiq mahsulotlar, garmdori kop qoshiladi,
MEATY ONE: asosan gosht turlaridan iborat.
VEGETERIAN: Vegeterianlar uchun mahsus yengil pizza;
BEEFY ONE: Mol Goshti kop solinadigan.
CHINESE PIZZA: jo'hori va balgar qalampiri solinadi
va narxi eng qimmatligi bilan, kattaligi bilan ajralib turuvchi
FREE CHOICE: hohlagan topping, yani masalliq tanlashingiz mumkin.
Hozircha shular, lekin har bir restarant oziga moslab yangilarini kashf etadi. Lekin pizza turlari, dunyoda 100 dan kop barobar ortiq bolib, har bir davlatning ozini mahsus pizzalari bor, Italiya va USA, Angliya, Canada da uni juda sevib istemol qilishadi.
SHunaqa....

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:32:43

Bonu:

Ha, man hozirgi narx navoni bilmaymanu, lekin 1 yil oldin tez tez pizza yeyishga borib turganimizada, bitta midium ni 12-13000 so'mlarga olardik. Juda qimmat edi bu pul osha vaqtda, lekin toyimli bolmasa ham juda ham yahshi korardim, Angliyada ham huddi sizni narxizdaka, yani eng arzoni $8 bizada 4 funt, 15-20 $ larga boradi.
Uyda qilasmi siz hech ozi pizza?

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:32:58

Kumushbibi:

hmm Uyda tayorlayman. Biroq ko'pincha xamirini tayor sotib olaman (oson yo'li :D).
Siz tez-tez tayorlab tursangiz kerak?.

P.S.Sizda u bu pishiriqni recipi bo'lsa biz bilan baham ko'ring. :-*

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:33:16

Bonu:

Baqlajon kam istemol qilinadigan sabzavot hisoblanadi, lekin undan nimalar tayyorlashda ishlatilinadi? Masalan, man uni parrak-parrak qilib tograb kesib, keyin tuhumga botirib qovurib, ustiga pomidor va ko'katlardan tayyorlangan salat solib yesa....mmmmmmm..... :P juda mazali..bazi ovqatlarga, qovurma achichuklarga ham qoshish mumkin. Lekin yana nimalarga ishlatsa boladi? Ilji bolsa retsept yozib yuborsangiz.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:33:30

Assalom:

Assalomu alaykum!
DONER haqida ham ma'lumot bersangiz.
Angliyada turk oshpazlari donerni qiyomiga keltirishsa kerak.
Donerni uy sharoitida ham qilsa bo`ladimi?
   

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:34:14

AbdulAziz:

Tan olamizmi, yo`qmi, erkakning qo`li barakali(farishtali) deydilar.
Aks holda to`ylarimiz, ma'rakalarimizda ham ayollar butun xalqqa osh damlarmidi...
Erkak oilada ba'zi-ba'zida ovqatga urinadi. Lekin ovbqatga shunday urinadiki, mehr bilan, muhabbat bilan, shuning uchun uning qo`li shirin. Ayol esa ming xil tashvish bilan taom hozirlaydi.
Lekin baribir, erkakning ovqati ayolning qilgan ovqatichalik, to`yimli, muhabbatli bo`lmaydi. Erkak hushiga kelsa pishiradi, ayol-chi? U erini, bolalarini to`ydirish uchun kechani bilmaydi, kunduzni, bilmaydi, kasallikni his qilmaydi, dardni his qilmaydi. Chunki uning birinchi dardi - oilasi-da!

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:34:35

Mohinur:

Gaplaringizga qo`shilaman.
Biznikida ham dadamlar ba'zida ovqat qilib beradilar, hamma yig`ilganda. Judayam shirin chiqadi. Hammamiz hayron qolamiz. Onamdan so`rasam, erkak kishi farishtali bo`ladi, shuning uchun ovqati shirin chiqadi, degandilar.
Qani farishtali erkaklardan ham retseptlar kutamizmi? :D

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:35:02

Kumushbibi:

"œNapoleon" torti.

Masalliq: 150 gr margarin, 3 st un, 0.5 st suv, 1 ta tuxum va ozgina tuz , ozgina soda va uksus, 3 st un.
Tayyorlash: Margarinni olasiz va laganga solib, pichoq bilan maydalaysiz, so`ng un solasiz. Tayyorlangan narsalardan qo`shib aralashtirasiz. Bu xamirni olib 6-7 bo`lakka bo`lib so`ng bu bo`lakni 1 soat sovutgichga solib so`ngra olib xar bir bo`lakni yoyib, listga solib pishirasiz.
Krem: 1 litr sut, 1 piyola shakar, 2 qoshiq un.

"œNapoleon -1" torti

Masalliq: 200 gr sariyog` yoki margarin, 5 stakan un 1 stakan suv.
Tayyorlash: Unga sariyogni qorib, suv quyiladi. Xamirni bir necha qismga bo`linib, bir soatcha sovuqqa qo`iladi. So`ng pishiriladi.
Krem: 250gr sariyog`ni 1 st shakar bilan aralashtirib 05 banka quyultirilgan sut quyiladi. Krem kulchalar orasiga surtilib sovuqqa qo`yiladi.


"œNapoleon -2" torti

Masalliq:1 stakan shakar, 1 dona tuxum oqi, 1 stakan smetana, 50 gr. sariyog`.
Tayyorlash: Yuqoridagi masalliqdan xamir qorilib, 8 ta kulcha yoyiladi va aloxida pishiriladi.
Krem: 1 stakan sutni 1 ta tuxum sarig`i xamda 2 osh qoshiq un bilan aralashtiriladi. Qolgan sutni qaynatib, ichiga 1 stakan shakar, 160 gr. sariyog`, vanilin va stakandagi masalliq xam qo`shiladi. Xar bir kulchaga krem surtib ustma-ust qo`yiladi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:35:39

Kumushbibi:

"Qaymoqli tort"

Masalliq: 1 stakan qaymoq, 2 stakan shakar, 280 gr saryog`, 0,5 banka quyiltirilgan sut, 3 stakan un, 1 dona tuxum, soda.
Tayyorlash: Idishga qaymoq quyib unga 1 stakan shakar 30 gr yumshatilgan saryog` qo`shiladi. Ular aralashtirilgach, 3 stakan un, 1 choy qoshiqda soda solib yumshoqroq xamir qoriladi. Xamirni qolipga mo`l, 4 yoki 6 qismga bo`linadi va yoyib pishiriladi.kulchalarga krem surtib ustidan uvoqchalar sepiladi.
Krem: 250 gr saryog`, 1 stakan shakar, quyiltirilgan sut, tuxum aralashtiriladi. Aralashtirish jarayonida ikki marta uch osh qoshiqda qaynatilgan sovuq sut qo`shiladi.


"Bayram torti"

Masalliq: 1 ta tuxum, 1 stakan shakar, 1 stakan qaymoq (smetana), 0,5 banka quyiltirilgan sut, 1 choy qoshiq soda, 2 stakan un.
Tayyorlash: Xama masalliq aralashtirilib, xamir qoriladi. Yog`langan xamda non tolqon sepilgan tovaga xamirni solib, 20 min. pishiriladi. Tort sovugandan keyin ikkiga bo`linib orasiga krem surtiladi.
Krem: 1 banka quyiltirilgan sut va 250 gr saryog` aralashtiriladi.
Glazur: 3 osh qoshiq shakar, 2 osh qoshiq kakao, 3 osh qoshiq sutni shakar eriguncha isitiladi so`ng ichiga bir osh qoshiq saryog` solib tort ustiga quyiladi, tortga krem bilan xam bezak beriladi.

"Qatlamali tort"

Masalliq: 60 gr saryog`, 80 gr sut, 1 ta tuxum, 8 gr xamirturish, 200 gr yong`oq mag`zi, 200 gr shakar, 20 gr, vanelin.
Tayyorlash: tuxum, saryog', un bilan qattiq xamir qoriladi. 1 soatdan keyin yupqa kulchalar yoyib, 1 tasini yog`langan gaz patnisga qo`yib, ustiga bir qator shakar bilan aralashtirilgan yong`oq mag`zi solib, yana bir kulcha bilan yopasiz. Bu jarayonni kulchalarni tugaguncha takrorlaysiz. So`ngra bu qatlam ustiga tuxum sarig`i surtib maydalangan yong`oq mag`zi sepiladi va 2000 S da 40 minut pishiriladi.


" Azizim torti" :)

Tayyorlash: 3 dona tuxumni 1 stakan shakar bilan ko`pirtirib, 250 gr mayanez, 1 choy qoshiq eritilgan soda qo`shib quyiqroq xamir qoring, uni 3 qismga bo`lib,1 tasiga kakao qo`shing.
Krem: 1 stakan smetana, 0,5 stakan shakar, go`sht maydalagichdan chiqarilgan 1 ta limon, yong`oq mag`zi kerak bo`ladi.


"Kun va tun torti"

Masalliq: 6 ta tuxum, 400 gr smetana 400 gr shakar, soda, uksus, kakao, 600 gr un.
Tayyorlash: masalliq 2 ga bo`linib,ikki xil xamir qoriladi:
1 qismiga kakao qo`shib xamir qoriladi.
2- qismi oddiy xamir qoriladi. Pishgandan so`ng ikkala qatlam xam o`rtasidan bo`linadi va orasiga krem surtiladi.
Krem: sgushennoy moloko yoki slivichnoy maslo kerak bo`ladi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:36:48

Kumushbibi:

"Mevali tort"

Massaliq: 1 banka mayonez, 2 st shakar, 3 dona tuxum, 100 gr smetana, 0,5 stakan un, 0,5 choy qoshiq sariyog`,0,5 choy qoshiq soda.
Tayyorlash: 3 ta tuxum sarig`i 1 stakan shakar bilan ko`pirtirilib, mayonez va smetana qo`shiladi. Xamma narsa, un, sariyog` ham aralashtirilgach yog`langan tovaga xamir quyiladi. Tort duxovkada o`rtacha xaroratda pishiriladi. Tortning rangi sariq tusga kirganda duxovkadan olib ustiga vareno`dan olingan meva solinadi. So`ng 1 stakan shakar bilan ko`pirtirilgan tuxumoqi qo`shiladida yana duxovkada past olovda pishiriladi. Ustki qismi tilla rangda qata boshlaganda, tort tayyor xisoblanadi.

"Mayizli tort"

Masalliq: 2 ta tuxum oqi, 1 stakan shakar 1stakan un, 1-2 choy qoshiq soda, 1 stakan mayiz 1 stakan maydalangan yong`on .
Tayyorlash: tuxum oqi, 1 stakan shokolad bilan ko`pirtiriladi. Tuxum sarig`i shokolad bilan aloxida ko`pirtiriladi. Song soda mayiz yong`oq solib aralashtirib duxovkada 120 0 -150 0 minut davomida pishiriladi. Pishgan tortni 2-3 bo`lakka bo`lib sovitiladi .
Krem: 1 stakan suyuq slita 0,5 stakan shakar bilan yaxshi ko`pirtiriladi, 3 ta tuxum oqi, 0,5 stakan shakar bilan aloxida ko`pirtirilib, unga smetanali krem bilan vanelin asta- sekin aralashtiriladi. Tayyor tortga yaxshilab krem surtib, usti yong`oq va mayiz bilan bezatiladi. So`ng 24 soat sovutgichda saqlanadi.


"Grenobl torti"

Masalliq: 100 gr. Sariyog`, 3 dona tuxum, limon sharbati, 0,5 limon tsedrasi, 0,4 choy qoshiq soda, 1 stakan un.
Tayyorlash: yuqoridagi masalliqlar yaxshilab aralashtirilib, xamir tayyorlanadi. Past olovda 35-45 minut pishiriladi. Tort sovugach, uni yupqa kulchalarga bo`lib, krem surtiladi.
Krem: 1 stakan smetana, 0,5 stakan shakar bilan ko`pirtirilib, 2-3 soatga sovutgichda saqlanadi.

"Sevimli onamga"

Masalliq: 6 ta tuxum, 2 stakan shakar, 2 stakan smetana, 3 choy qoshiq kakao, 1 stakan maydalangan yong`oq mag`zi, 1 stakan ivitilgan mayiz, 1 choy qoshiq soda, 2 stakan un.
Tayyorlash: masalliqlarni aralashtirib, xamir qoriladi. Xamirni 2 qismga bo`lib 2 ta kulcha pishiriladi.
Krem: 350 gr. sariyog` ko`pirtirilib, 1 banka quyultirilgan sut, 2 osh qoshiq konyak qo`shiladi. Tayyor tort sirti yong`oqmag`zi, apelsin bo`laklari bilan bezatiladi.


"Qulupnaylik tort"

Masalliq: 1,5 stakan un, 1 kg qulupnay, 1 stakan shakar 450 gr saryog`, 1 banka quyultirilgan sut, 1 stakan smetana, 4 ta tuxum, 1 choy qoshiq soda.
Tayyorlash: tuxumga shakar qo`shiladi va oqarguncha ko`pirtiriladi. Unga soda, 150 gr saryog` , un qo`shib xamir qoriladi. Yaxshi yog`langan qolipga un sepiladiva xamir quyiladi. Biskivit pishgandan so`ng bir qavat usti kesiladi va qoshiq bilan chuqur kovlab uni savatcha shakliga keltiriladi.Biskivitdan ajratilgan qismi boshqa idishga solinib, maydalanib, krem bilan aralashtiriladi. Savatchaga bir qavat qulupnay, bir qavat kremli masalliq solib,tog`cha xosil qilgach, usti chiroyli mevalar bilan bezatiladi va sovutgichda 1,5 soat sovutiladi.

"œYong`oqli tort"

Masalliq: 200 gr qaymoq, 1st un,1 banka quyultirilgan sut,kakao 1 choy qoshiq soda 200 gr sariyog`.
Tayyorlash: qaymoq ,shakar, un, yarim banka quyultirilgan sut, kakao va sodani aralashtirib, xamir qoriladi,so`ngra 50 minut past olovda pishiriladi.
Krem: Yarim banka quyultirilgan sutni sariyog` Bilan aralashtirib, yong`oq bilan kakao qo`shiladi. Tortni 2ga bo`lib, ustiga krem surtiladi.

"œLimonli tort"

Masalliq: 6 ta tuxum, 2 st shakar,1 dona limon, 200 gr smetana, 200 gr sariyog` 2,5 st un, 100 gr shokolad plitkasi, 1 choy qoshiq soda.
Tayyorlash: 6 ta tuxum sarig`i1 st shakar Bilan aralashtiriladi. Soda smetana va un qo`shib, xamir orasiga krem surtib ustma-ust qo`yilgach, tepasi qirilib,shokolad Bilan bezatiladi.
Kremi: 6 ta tuxum oqi yaxshilab ko`pirtiladi, 1 st shakar bilan qirg`ichdan o`tkazilgan limon qo`shiladi yoki1 st maydalangan yong`oq qo`shilsa xam bo`ladi.

"œCHeburashka"

Masalliq: 2 ta tuxum, 1 stakan shakar 100gr saryog`, 1 choy qoshiq soda, 3 stakan un, 3-4 dona olma yoki murabbo.
Tayyorlash: 2 ta tuxum sarig`ini shakar, 100gr saryog` bilan ko`pirtirilib soda va un qo`shib xamir qilinadi. Issiq qolipni yog`lab xamirning bir qismi solinadi. Ustiga murabbo yoki qirg`ichdan o`tkazilgan olma solib, ustini xamirning qolgan qismi bilan yopiladi.
Krem: 2 ta tuxum oqini 3-5 choy qoshiq shakar bilan ko`pirtiriladi.Tort pishishiga yaqinlashganda ustiga krem surtib yana pishirishda davom etiladi.

"œTvorogli tort"

Masalliq: 1 kg tvorog, 1 stakan shakar, 1 dona limon, yarim l shirin sut, 30 gr jlatin, marmalad va ozgina vanelin, yuziga sepish uchun 1 stakan meva sharbati, 10gr jelatin.
Tayyorlash: Quruq tvorog go`sht qiymalagichdan chiqariladi va qirg`ichdan o`tkazilgan limon mag`zi, shakar, vanelin, maydalangan marmalad va yaxshilabatalangan shirin sut aralashtiriladi. Xosil bo`lgan tvorogli massa sovuq suvda chayib olingach tort qolipiga solib, muzlatgichka qo`yiladi. YArim soatcha vaqt o`tgach, tort qalibdan olinib yuzini meva sharbati, qaymoq, limon bo`laklari bilan bezatiladi.
Tortning yonlariga urvoq sepib sovutgichka qo`yiladi.
Kremi: 125 gr shakar slivka, saryog`, kon`yak, kakao solinadi.

"Smorodinka tort"

Biskvit: tuxum-5 dona, shakar 100 gr , un 100 gr .
Qiyom: shakar -100 gr , suv-100 ml, konyak-50ml.
Sufler: qaymoq-350 ml, olchali yogurt 125g,1G`3 limonning sharbati, smorodina murabbosi-100gr, jelatin-15 gr.
Jele: jelatin -12gr, shakar-50 gr, 1G`3 limonning sharbati, meva sharbati-50 gr.
Bezak: shirin makkajo`xori qalamchalari-150 gr, smorodina-350-400 gr.
1. Tayyor biskvitni 3 qatlam qilib kesiladi.
2. Birinchi qatlamga xushbo`ylantirilgan qiyom singdiriladi (qiyom 1:1 miqdordagi suv va shakardan qaynatilib sovutilgach konyak qo`shiladi).
3. Qaymoqni ko`pirtirib, limon sharbati xamda yogurt quyiladi, so`ngra jelet va oxirida issiq eritilgan jelatin qo`shiladi. Xosil bo`lgan massa yog`och kurakcha yoki yog`och qoshiq bilan yaxshilab aralashtiriladi.
4. Biskvitning korjiga suflerni surtib ustiga 2-korjni yopiladi.
5. 2- korjga qiyom singdirilib, sufler surtib tekkislanadi va 3-korj bilan yopiladi.
6. Butun tortning ustiga sufler surtib, sovutgichga 20 min. Qo`yiladi.
7. Makkajo`xori qalamchalarini juva yordamida maydalab, tortning yon tomoniga sepiladi.
8. Tortning usti yangi uzilgan smorodina mevalari bilan bezatiladi.
9. Jelatinni 40 min. Ivitib qo`yiladi. Zarralarsiz bir jinsli massa xosil bo`lgunicha eritilib shakar qo`shiladi va qaynash xoliga keltiriladi, ammo qaynatilmaydi. Limon xamda meva sharbatlari quyiladi. Tortning usti chotkacha yordamida issiq yarim qotgan jele bilan qoplanadi. Smorodina o`rniga boshqa mevalar- malina, uzum, maymunjon, qulupnay kabilardan foydalanish mumkin.

"Mevalar atri"

Biskvit xamiri: tuxum- 5 dona, shakar-1 tsakan, un-1 stakan, vanelli shakar- ½ paketcha, qaymoq-400 ml.
Mevalar: kompot shaftolisi- 200 gr , ananas- 100gr, kulupnay-100gr, kivi- 60 gr ,smorodina- 200 gr , malina- 100 gr .
Qiyom: shakar- 100 gr , suv- 100 ml, konyak- 50 ml, apelsin likyori-25 ml, 1 ta apelsin po`stlog`i.
Jele: jelatin- 25 gr, suv-70 ml, ½ limon sharbati,
1. Tuxumni sharbat bilan yaxshilab ko`pchigunicha ko`pirtiriladi.
2. Un bilan vanilli shakarni qo`shib, ko`pchigan tuxum shakartuxum aralashmasiga solinadi va kikchik tezlikda mikser bilan qorishtiriladi.
3. Formani tagiga qog`oz to`shaladi. Tayyor xamir formaga quyiladi. Pishish jarayonida xamir ko`tarilishini yodda tutgan xolda formani faqat ½ xajmda to`ldirish lozim. Xamir 190-2000 S da 40-45 minut pishiriladi.
4. Korjning tayyor bo`lganini u oltinsimon ranga kirganidan xamda bosilgan joyi yana qayta tiklanganidan bilish mumkin.
5. Tayyor korj pichok-arra bilan uchga ajratilib, sovitiladi.
6. Shakarni suvga qo`shib, qaynash xoliga keltiriladi va 10 minut qaynatiladi. Apel?sinni tozalab yuvib, qirgichda po`sti shilib olinadi, qiyomga solib yana 5 minut qaynatiladi. Qiyomni elakda suzib sovitiladi va apel?sin likyori qo`shiladi.
7. Suyuq qaymok ko`pirtirgichdan tushib ketmaydigan quyuklikkacha ko`pchitilib ko`pirtiladi.
8. Jelatinni sovuq suvga (sharbatga) bo`ktiriladi, (chet ellikni 10 minut, Rossiyalikni 40 minut ), so`ngra shishgan jelatinni eritib, shakar va limon sharbati xamda qorishtirgan xolda qaynashgacha etkaziladi.
9. Shaftolini parraklab, ananasni esa kubchalar shaklida kesiladi.
10. Birinchi korjga cho`tga yordamida qiyom singdiriladi va ko`pirtirilgan qaymoq surtiladi.
11. Surtilgan qaymoq ustidan mevalarni terib ikkinchi korj bilan yopiladi.
12. 2-korjga xam birinchisi kabi qiyom singdiriladi va ko`pirtirilgan qaymoq surtib mevalar teriladi xamda 3-korj yopiladi.
13. 3- korjga xam qiyom surtilib, ko`pirtirilgan qaymoqdan bir ozgina surtiladi. Korjning chekkalarini bo`sh qoldirgan xolda qolgan mevalar solinadi.
14. Sovutilgan, ammo qotib qolmagan jeleni cho`tkacha yordamida mevalarustiga qoplanadi. Sovutgichda 10 minut sovutiladi.
15. Tortning yonlariga ko`pirtirilgan qaymoq surtib, taroqcha yordamida taroqlanadi.
16.Tishchali turbichkasi bo`lgan konditr qopchasi yordamida ko`pirtirilgan qaymoqdan tortning chekkasi guldor xoshiya bilan bezatiladi.


Ushbu recipelar uchun Gulnoraxon Qurbonova va Nargizaxon Rejapovaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!

Qayd etilgan