Kumushbibi:
"Mevali tort"
Massaliq: 1 banka mayonez, 2 st shakar, 3 dona tuxum, 100 gr smetana, 0,5 stakan un, 0,5 choy qoshiq sariyog`,0,5 choy qoshiq soda.
Tayyorlash: 3 ta tuxum sarig`i 1 stakan shakar bilan ko`pirtirilib, mayonez va smetana qo`shiladi. Xamma narsa, un, sariyog` ham aralashtirilgach yog`langan tovaga xamir quyiladi. Tort duxovkada o`rtacha xaroratda pishiriladi. Tortning rangi sariq tusga kirganda duxovkadan olib ustiga vareno`dan olingan meva solinadi. So`ng 1 stakan shakar bilan ko`pirtirilgan tuxumoqi qo`shiladida yana duxovkada past olovda pishiriladi. Ustki qismi tilla rangda qata boshlaganda, tort tayyor xisoblanadi.
"Mayizli tort"
Masalliq: 2 ta tuxum oqi, 1 stakan shakar 1stakan un, 1-2 choy qoshiq soda, 1 stakan mayiz 1 stakan maydalangan yong`on .
Tayyorlash: tuxum oqi, 1 stakan shokolad bilan ko`pirtiriladi. Tuxum sarig`i shokolad bilan aloxida ko`pirtiriladi. Song soda mayiz yong`oq solib aralashtirib duxovkada 120 0 -150 0 minut davomida pishiriladi. Pishgan tortni 2-3 bo`lakka bo`lib sovitiladi .
Krem: 1 stakan suyuq slita 0,5 stakan shakar bilan yaxshi ko`pirtiriladi, 3 ta tuxum oqi, 0,5 stakan shakar bilan aloxida ko`pirtirilib, unga smetanali krem bilan vanelin asta- sekin aralashtiriladi. Tayyor tortga yaxshilab krem surtib, usti yong`oq va mayiz bilan bezatiladi. So`ng 24 soat sovutgichda saqlanadi.
"Grenobl torti"
Masalliq: 100 gr. Sariyog`, 3 dona tuxum, limon sharbati, 0,5 limon tsedrasi, 0,4 choy qoshiq soda, 1 stakan un.
Tayyorlash: yuqoridagi masalliqlar yaxshilab aralashtirilib, xamir tayyorlanadi. Past olovda 35-45 minut pishiriladi. Tort sovugach, uni yupqa kulchalarga bo`lib, krem surtiladi.
Krem: 1 stakan smetana, 0,5 stakan shakar bilan ko`pirtirilib, 2-3 soatga sovutgichda saqlanadi.
"Sevimli onamga"
Masalliq: 6 ta tuxum, 2 stakan shakar, 2 stakan smetana, 3 choy qoshiq kakao, 1 stakan maydalangan yong`oq mag`zi, 1 stakan ivitilgan mayiz, 1 choy qoshiq soda, 2 stakan un.
Tayyorlash: masalliqlarni aralashtirib, xamir qoriladi. Xamirni 2 qismga bo`lib 2 ta kulcha pishiriladi.
Krem: 350 gr. sariyog` ko`pirtirilib, 1 banka quyultirilgan sut, 2 osh qoshiq konyak qo`shiladi. Tayyor tort sirti yong`oqmag`zi, apelsin bo`laklari bilan bezatiladi.
"Qulupnaylik tort"
Masalliq: 1,5 stakan un, 1 kg qulupnay, 1 stakan shakar 450 gr saryog`, 1 banka quyultirilgan sut, 1 stakan smetana, 4 ta tuxum, 1 choy qoshiq soda.
Tayyorlash: tuxumga shakar qo`shiladi va oqarguncha ko`pirtiriladi. Unga soda, 150 gr saryog` , un qo`shib xamir qoriladi. Yaxshi yog`langan qolipga un sepiladiva xamir quyiladi. Biskivit pishgandan so`ng bir qavat usti kesiladi va qoshiq bilan chuqur kovlab uni savatcha shakliga keltiriladi.Biskivitdan ajratilgan qismi boshqa idishga solinib, maydalanib, krem bilan aralashtiriladi. Savatchaga bir qavat qulupnay, bir qavat kremli masalliq solib,tog`cha xosil qilgach, usti chiroyli mevalar bilan bezatiladi va sovutgichda 1,5 soat sovutiladi.
"œYong`oqli tort"
Masalliq: 200 gr qaymoq, 1st un,1 banka quyultirilgan sut,kakao 1 choy qoshiq soda 200 gr sariyog`.
Tayyorlash: qaymoq ,shakar, un, yarim banka quyultirilgan sut, kakao va sodani aralashtirib, xamir qoriladi,so`ngra 50 minut past olovda pishiriladi.
Krem: Yarim banka quyultirilgan sutni sariyog` Bilan aralashtirib, yong`oq bilan kakao qo`shiladi. Tortni 2ga bo`lib, ustiga krem surtiladi.
"œLimonli tort"
Masalliq: 6 ta tuxum, 2 st shakar,1 dona limon, 200 gr smetana, 200 gr sariyog` 2,5 st un, 100 gr shokolad plitkasi, 1 choy qoshiq soda.
Tayyorlash: 6 ta tuxum sarig`i1 st shakar Bilan aralashtiriladi. Soda smetana va un qo`shib, xamir orasiga krem surtib ustma-ust qo`yilgach, tepasi qirilib,shokolad Bilan bezatiladi.
Kremi: 6 ta tuxum oqi yaxshilab ko`pirtiladi, 1 st shakar bilan qirg`ichdan o`tkazilgan limon qo`shiladi yoki1 st maydalangan yong`oq qo`shilsa xam bo`ladi.
"œCHeburashka"
Masalliq: 2 ta tuxum, 1 stakan shakar 100gr saryog`, 1 choy qoshiq soda, 3 stakan un, 3-4 dona olma yoki murabbo.
Tayyorlash: 2 ta tuxum sarig`ini shakar, 100gr saryog` bilan ko`pirtirilib soda va un qo`shib xamir qilinadi. Issiq qolipni yog`lab xamirning bir qismi solinadi. Ustiga murabbo yoki qirg`ichdan o`tkazilgan olma solib, ustini xamirning qolgan qismi bilan yopiladi.
Krem: 2 ta tuxum oqini 3-5 choy qoshiq shakar bilan ko`pirtiriladi.Tort pishishiga yaqinlashganda ustiga krem surtib yana pishirishda davom etiladi.
"œTvorogli tort"
Masalliq: 1 kg tvorog, 1 stakan shakar, 1 dona limon, yarim l shirin sut, 30 gr jlatin, marmalad va ozgina vanelin, yuziga sepish uchun 1 stakan meva sharbati, 10gr jelatin.
Tayyorlash: Quruq tvorog go`sht qiymalagichdan chiqariladi va qirg`ichdan o`tkazilgan limon mag`zi, shakar, vanelin, maydalangan marmalad va yaxshilabatalangan shirin sut aralashtiriladi. Xosil bo`lgan tvorogli massa sovuq suvda chayib olingach tort qolipiga solib, muzlatgichka qo`yiladi. YArim soatcha vaqt o`tgach, tort qalibdan olinib yuzini meva sharbati, qaymoq, limon bo`laklari bilan bezatiladi.
Tortning yonlariga urvoq sepib sovutgichka qo`yiladi.
Kremi: 125 gr shakar slivka, saryog`, kon`yak, kakao solinadi.
"Smorodinka tort"
Biskvit: tuxum-5 dona, shakar 100 gr , un 100 gr .
Qiyom: shakar -100 gr , suv-100 ml, konyak-50ml.
Sufler: qaymoq-350 ml, olchali yogurt 125g,1G`3 limonning sharbati, smorodina murabbosi-100gr, jelatin-15 gr.
Jele: jelatin -12gr, shakar-50 gr, 1G`3 limonning sharbati, meva sharbati-50 gr.
Bezak: shirin makkajo`xori qalamchalari-150 gr, smorodina-350-400 gr.
1. Tayyor biskvitni 3 qatlam qilib kesiladi.
2. Birinchi qatlamga xushbo`ylantirilgan qiyom singdiriladi (qiyom 1:1 miqdordagi suv va shakardan qaynatilib sovutilgach konyak qo`shiladi).
3. Qaymoqni ko`pirtirib, limon sharbati xamda yogurt quyiladi, so`ngra jelet va oxirida issiq eritilgan jelatin qo`shiladi. Xosil bo`lgan massa yog`och kurakcha yoki yog`och qoshiq bilan yaxshilab aralashtiriladi.
4. Biskvitning korjiga suflerni surtib ustiga 2-korjni yopiladi.
5. 2- korjga qiyom singdirilib, sufler surtib tekkislanadi va 3-korj bilan yopiladi.
6. Butun tortning ustiga sufler surtib, sovutgichga 20 min. Qo`yiladi.
7. Makkajo`xori qalamchalarini juva yordamida maydalab, tortning yon tomoniga sepiladi.
8. Tortning usti yangi uzilgan smorodina mevalari bilan bezatiladi.
9. Jelatinni 40 min. Ivitib qo`yiladi. Zarralarsiz bir jinsli massa xosil bo`lgunicha eritilib shakar qo`shiladi va qaynash xoliga keltiriladi, ammo qaynatilmaydi. Limon xamda meva sharbatlari quyiladi. Tortning usti chotkacha yordamida issiq yarim qotgan jele bilan qoplanadi. Smorodina o`rniga boshqa mevalar- malina, uzum, maymunjon, qulupnay kabilardan foydalanish mumkin.
"Mevalar atri"
Biskvit xamiri: tuxum- 5 dona, shakar-1 tsakan, un-1 stakan, vanelli shakar- ½ paketcha, qaymoq-400 ml.
Mevalar: kompot shaftolisi- 200 gr , ananas- 100gr, kulupnay-100gr, kivi- 60 gr ,smorodina- 200 gr , malina- 100 gr .
Qiyom: shakar- 100 gr , suv- 100 ml, konyak- 50 ml, apelsin likyori-25 ml, 1 ta apelsin po`stlog`i.
Jele: jelatin- 25 gr, suv-70 ml, ½ limon sharbati,
1. Tuxumni sharbat bilan yaxshilab ko`pchigunicha ko`pirtiriladi.
2. Un bilan vanilli shakarni qo`shib, ko`pchigan tuxum shakartuxum aralashmasiga solinadi va kikchik tezlikda mikser bilan qorishtiriladi.
3. Formani tagiga qog`oz to`shaladi. Tayyor xamir formaga quyiladi. Pishish jarayonida xamir ko`tarilishini yodda tutgan xolda formani faqat ½ xajmda to`ldirish lozim. Xamir 190-2000 S da 40-45 minut pishiriladi.
4. Korjning tayyor bo`lganini u oltinsimon ranga kirganidan xamda bosilgan joyi yana qayta tiklanganidan bilish mumkin.
5. Tayyor korj pichok-arra bilan uchga ajratilib, sovitiladi.
6. Shakarni suvga qo`shib, qaynash xoliga keltiriladi va 10 minut qaynatiladi. Apel?sinni tozalab yuvib, qirgichda po`sti shilib olinadi, qiyomga solib yana 5 minut qaynatiladi. Qiyomni elakda suzib sovitiladi va apel?sin likyori qo`shiladi.
7. Suyuq qaymok ko`pirtirgichdan tushib ketmaydigan quyuklikkacha ko`pchitilib ko`pirtiladi.
8. Jelatinni sovuq suvga (sharbatga) bo`ktiriladi, (chet ellikni 10 minut, Rossiyalikni 40 minut ), so`ngra shishgan jelatinni eritib, shakar va limon sharbati xamda qorishtirgan xolda qaynashgacha etkaziladi.
9. Shaftolini parraklab, ananasni esa kubchalar shaklida kesiladi.
10. Birinchi korjga cho`tga yordamida qiyom singdiriladi va ko`pirtirilgan qaymoq surtiladi.
11. Surtilgan qaymoq ustidan mevalarni terib ikkinchi korj bilan yopiladi.
12. 2-korjga xam birinchisi kabi qiyom singdiriladi va ko`pirtirilgan qaymoq surtib mevalar teriladi xamda 3-korj yopiladi.
13. 3- korjga xam qiyom surtilib, ko`pirtirilgan qaymoqdan bir ozgina surtiladi. Korjning chekkalarini bo`sh qoldirgan xolda qolgan mevalar solinadi.
14. Sovutilgan, ammo qotib qolmagan jeleni cho`tkacha yordamida mevalarustiga qoplanadi. Sovutgichda 10 minut sovutiladi.
15. Tortning yonlariga ko`pirtirilgan qaymoq surtib, taroqcha yordamida taroqlanadi.
16.Tishchali turbichkasi bo`lgan konditr qopchasi yordamida ko`pirtirilgan qaymoqdan tortning chekkasi guldor xoshiya bilan bezatiladi.
Ushbu recipelar uchun Gulnoraxon Qurbonova va Nargizaxon Rejapovaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!