Muallif Mavzu: ENG SHARAFLI VAZIFA.  ( 2383 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

okahon.8800

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 102
ENG SHARAFLI VAZIFA.
« : 11 Yanvar 2017, 10:27:40 »
ENG SHARAFLI VAZIFA.
Dunyoda inson uchun aziz va muqaddas bo’lgan joylardan biri bu - uning tug’ilib o’sgan vatani hisoblanadi. Har bir insonning kindik qoni to'kilib tug’ilib o’sgan yeri bu uning  jonajon Vatani shuningdek u joy juda qadrli va qimmatli dargoh bo'ladi. Payg'ambarimiz s.a.v. Madinai munavvaraga hijrat qilib borganlaridan so'ng tug'ilib o'sgan vatanlari Makkai mukarramani eslab:
و الله إني لأعلم أنك خير أرض الله و أحب أرض الله إلي و لولا أني أخرجت منك ما خرجت
“Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hecham o'z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo'lar edim”, deganlar.
Malum bo’ladiki vatanni sevish, tug'ilib o'sgan erdagi bor narsalarni ardoqlash, uzoqqa borilganda sog'inib yashash har bir kishida mavjud bo'lgan nozik his-tuyg'ulardan. Hatto Payg’ambarimiz (sav) dan meros bo’lgan ish  hisoblanadi
Mustaqil yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni asrab avaylash uning qadriga yetish har birimizning muhim burchimiz bo'lib hisoblanadi. Zero, tinchlik, omonlik va xotirjamlik barqaror bo'lgan yurtda barcha ertangi kunga ishonch bilan qarash, xotirjamlik ila toat-ibodat va solih amallarni imon va ixlos bilan ado etadi.
Lekin ming afsuslar bo’lsinki tinch va osuda vatan aholisini xotirjamligini yurtning farovonligini ko'rolmaydigan kimsalar haqida Xudoi taolo O'zining kitobi Qur'oni karimda deydi:
إِنَّ الَّذِينَ يُحِبُّونَ أَن تَشِيعَ الْفَاحِشَةُ فِي الَّذِينَ آمَنُوا لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَة
“Albatta iymon keltirgan kishilar o'rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir” (Nur surasi 18 oyat).
Darhaqiqat, tinchligimiz, osoyishtaligimiz, barakali mehnat qilishimiz, farzandlarimiz o'sib-ulg'ayishlari, komil inson bo'lib yetishishlarida, shubhasiz Vatan himoyachilarining o'rni beqiyosdir. Yuragida Vatan va xalq sevgisi mahkam joy olgan shijoatli o'g'lonlar yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo'riqlamoqdalar. Ularning bu bedorliklari naqadar savobli ish ekani haqida Ibni Abbos (ra) dan rivoyat qilingan hadisda janob payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam shunday deb marhamat qilganlar:
عن ابن عباس رضي الله عنهما ، قَالَ : سَمِعْتُ رسولَ اللهِ - صلى الله عليه وسلم - ، يقول : عَيْنَانِ لاَ تَمسُّهُمَا النَّارُ : عَيْنٌ بَكَتْ مِنْ خَشْيَةِ اللهِ ، وَعَيْنٌ بَاتَتْ تَحْرُسُ في سَبيلِ اللهِ  رواه الترمذي
ya'ni: “Kechalari Allohdan qo'rqib yosh to'kkan ko'zni va Alloh yo'lida tunlari posbonlik qilib, mijja qoqmagan ko'zni do'zax otashi kuydirmaydi”.
عن بن عمر رضي الله عنهما أن النبي صلى الله عليه وسلم قال  ألا أنبئكم بليلة أفضل من ليلة القدر حارس حرس في أرض خوف لعله أن لا يرجع إلى أهله
“Laylatul Qadrdan ham afzal bir kecha borligining xabar berayinmi?! U shunday bir kechaki xavf-xatarli yerda o'zining ahlini, vatanini himoyalash uchun qo'riqlaydigan posbon insonning kechasi” – dedilar.
Vatan himoyachisi har bir inson uchun eng sharafli va oliy kasb ekanligini yaxshi bilgan yigitlarimiz, o’glonlarimiz har tomonlama, jismoniy ham ma'naviy jihatlardan loyiq bo'lishlikni yaxshi anglaydilar. Ana shu sifat va xislatlarni egallashga harakat qiladilar, zero ular Vatan himoyasi hayot-mamot masalasi ekanini, ularning turush-turmushi, el-yurt taqdiri shu nuqtada tutashishini teran anglab yetganlar insonlardur. Ularning sarhadlarda o’tkizayotgan har bir daqiqasi ibodat ulkan savobli amallardan bo’lib agar anashu joyda vafot topsalar, anashu savob amallar qabrlarida ham bardavom bo’lishi hadislardan malumdir.
عن سلمان الفارسي ، أن رسول الله  صلى الله عليه وسلم قال : من رابط يوماً وليلة في سبيل الله كان له أجر صيام شهر  وقيامه ، ومن مات مرابطاً أجرى له مثل الأجر ، وأجرى عليه الزرق ،  وأمن الفتان
“Kimiki bir kecha-kunduz Alloh yo'lida Vatanini qo'riqlasa, xuddi bir oy kunduzi ro'za va kechasi ibodat bilan o'tkazganday ajrga ega bo'ladi. Endi Vatanini himoya qilib qo'riqlayotgan holida vafot etsa, qiyomatga qadar unga savob yozilib turadi va qabrdagi azobdan qutilib, jannatdagi rizqdan rizqlanib turadi” deyiladi.
Kitoblarda keltirilishicha Rasululloh s.a.v.ning sahobalaridan birlari Abu Rayhona r.a. shunday rivoyat qiladilar. Biz Payg'ambarimiz s.a.v. bilan bir g'azotda birga edik. Kech kirdi. Bir tepalik chiqib dam oldik. Havo sovuqligi tufayli, har kim adirning pana-pasqam joylariga kirib dam ola boshladi. Shunda Rasululloh s.a.v. dushman to'satdan bostirib kelmaslik xavfidan baland ovozda bizlarga xitob qildilar: “Kim bizni bu kecha qo'riqlab chiqadi? Agar kim bizga soqchilik qilsa, uni haqqiga duo qilaman va uning barakotidan umrining oxirigacha fazilatga ega bo'ladi”, dedilar. Ansorlar bir kishi: “Men Yo Rasulalloh”, dedi. “Yaqinroq kelib, isming ayt”, dedilar. U ansoriy Payg'ambarimiz s.a.v.ning oldilariga bordi. Shunda Payg'ambarimiz s.a.v. muborak qo'llarini duoga ochib uzoqdan uzoq duo qildilar. Abu Rayhona ham bu duolarni eshitganlarida g'ayratlari jo'shib: “Ey Allohning Rasuli yana bir kishi bor”, dedilar. Shunda Payg'ambarimiz s.a.v.: “Kel buyoqqa, kim san?” dedilar. Men: “Men Abu Rayhonaman”, dedim. Rasululloh s.a.v. u ansoriyning haqqiga qilingan duodan bo'lakcha bir so'zlar bilan meni duo qildilar. So'ngra dedilarki: “Xudodan qo'rqib yig'lagan ko'zga va tuni bilan Alloh yo'lida qo'riqlagan ko'zga otashi do'zax harom qilinadi”
Yurtimiz sarhadlarida issiqni issiq, suvuqni sovuq demay chegarachilik qilib vatanini tinchligi yirtini farovonligi yo’lida xizmat qilayotgan chegarachilar avvalo o'z ota-onalarini, aka-ukalarini, opa-singillarini himoya qiladilar. O'zlari tug'ilgan shahar, qishloqlarni, qavmu qarindoshlari, bir so'z bilan aytganda Ona Vatanni qo'riqlamoqdalar.  Alloh taolo ulardan rozi bo’lsin xavfu xatarlardan saqlasin. Barcha chegarachi posbonlarimizni hamda Ona Vatan ravnaqi yo’lida qo’lidan kelgan xizmatlarniqilayotgan barcha aziz vatandoshlarimizni 14 – yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etib qolaman.
“Muhammadsolihoji” jome masjidi noibi imomi j. Parpiyev

okahon.8800

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 102
Javob: ENG SHARAFLI VAZIFA.
« Javob #1 : 11 Yanvar 2017, 15:33:16 »
BUYUK XIZMAT EGALARI.
Odam bolalariga berilgan eng buyuk fazilatlardan biri bu vatanga bo'lgan muhabbatdir. Shunday ekan, Vatanni qadriga yetishlik, tufrog’ini sajdagoh kabi muqaddas bilib, ko’z qorachig’iday asrash va ardoqlashlik har bir inson uchun odamiy fazilatlaridandir.
Payg'ambarimiz s.a.v. Madinai munavvaraga hijrat qilib borganlaridan so'ng tug'ilib o'sgan vatanlari Makkai mukarramani eslab: “Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hecham o'z ixtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo'lar edim”, deganlar.
O’tmishda yashab o’tgan zotlar agar uzoq bir joyga safar qilsalar o’zlari bilan birga vatanining tufrog’idan bir kaft olib ketar. Shuningdek safardagi hamrohlariga “men agar safarda vafot etsam qabrimga ona vatan tuprog’idan sochinglar” – deya vasiyat qilar ekanlar.
Tarixdan malumki Bobur Mirzoning vafotlari yaqin qolganda. Shunday vasiyat qildilar. “Men vafot etganimdan keyin meni qabrimni Vatanimga yaqin bo'lgan biror toqqa ko'minglar, chunki Ona yurtimning shamoli hech bo'lmaganda qabrimning ustidan esib tursin va yana iloji boricha Andijondan bir siqim tuproq olib keling-da, qabrim uzra seping, toinki Vatanim tuprog'i ko'zimga to'tiyo bo'lsin”. Mana shu vasiyatga ko'ra u kishining naveralaridan biri Agra shahridan Qobul adirlarining biriga olib kelib ko'madi.
Ulug’ bobo kalonimiz Mir Alisher Navoiy aytganlaridek:
G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo'lmas emish
Gar oltin qafas ichra qizil gul butsa
Bulbulga tikondek oshyon bo'lmas emish

O'zi yashayotgan joyning qadr-qimmatini to'la anglab etmagan inson, musofirchilik va qiyinchiliklarga duchor bo'lganda yashagan Vatanining qadri his qiladi. Xalqimiz “O'zga yurtning podshosi bo'lgandan ko'ra o'z yurting gadosi bo'l” maqolini bejizga aytmaganlar.

Bu vatan bu yurt qanchadan qancha ulug’ zotlarga beshik bo’gan vatandir. mana shunday osuda tinch diyorda yashashlikni Alloh bizlarga nasin qilgan ekan. Alloh taologa ko’pdan ko’p shukrona qilishimiz darkor. Zero Alloh taolo Quronda marhamat qilib aytadi.
وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكُمْ لَئِن شَكَرْتُمْ لأَزِيدَنَّكُمْ وَلَئِن كَفَرْتُمْ إِنَّ عَذَابِي لَشَدِيدٌ
 “Robbingizning (bu so'zlar)ni eslang: “Qasamki, agar (bergan ne'matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir”.
Ibn Abbos (ra) dan rivoyat qilingan hadisda. Payg’ambarimiz (sav) aytadilar.
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- : نِعْمَتَانِ مَغْبُونٌ فِيهِمَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ الصِّحَّةُ وَالْفَرَاغُ. رَوَاهُ الْبُخَارِىُّ
“Alloh taoloning ne'matlaridan ikki ne'mati borki, ko'pchilik odamlar uning qadriga yetmaydilar. U sihat-salomatlik va xotirjamlikdir”
Shuningdek yana boshqa bir hadisda:
من أصبح آمنا في سربه معافى في جسده عنده طعام يومه فكأنما حيزت له الدنيا "
“Qaysi biringiz tongda uyqudan uyg'onganda oilasi tinch, tani sog' va uyida bir kunlik egulik bo'lsa, bilsinki, unda dunyodagi barcha ne'matlar mujassam ekan” deyiladi.
Manashunday tinch osuda osmon ostida. To’kin sochinli, dasturxon atrodida oila davrasida hotirjam holatda o’tirishimizda, Albatta vatan himoyachilarining hissalari beqiyosdir.
Kitoblarda keltirilishicha “Bir kuni Rasululloh s.a.v.ga janoza keltirildi. Bir payt hazrati Umar r.a. Rasululloh s.a.v.ga qarab dedilar: “Yo Rasulalloh, unga namoz o'qimang, chunki u fosiq kishi edi”, dedilar. So'ngra Payg'ambarimiz s.a.v. odamlarga yuzlanib so'radilar: “Sizlardan birortangiz bu musulmonning Islomiy xayrli ishini ko'rganmisizlar?” Jamoat orasidan bir kishi turib dedi: “Ha, Ey Rasululloh, bir kecha chegarada u men bilan birga Alloh yo'lida musulmonlarni dushmanlardan qo'riqlab chiqqan edik”. Shunda Payg'ambarimiz s.a.v. o'sha odam bilan birga mayyitni qabrga qo'ydilar. Uni atrofiga muborak qo'llari bilan tuproq sepib mayyitga qarab dedilar: “Albatta seni o'rtoqlaring seni do'zaxiy deb o'ylayaptilar, ammo men guvohlik beramanki, sen albatta jannatiysan”. Rasululloh o'rinlaridan turib: “Ey Umar, sen odamlar vafot etganidan keyin hecham ularning yomon amallarini eslama, balki xayrli ishlarini gapir” - dedilar.
“Mirza Xoliq ota” jome masjidi imom xatibi M. Xojiyev



okahon.8800

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 102
Javob: ENG SHARAFLI VAZIFA.
« Javob #2 : 25 Yanvar 2017, 12:12:46 »
NAJOT BERUVCHI AMAL.
Shaxsiy rukniga Muhammadiy hoji tomonidan joylashtirildi - 1 marta ko‘rilgan
NAJOT BERUVCHI AMAL.
Alloh taoloning bandalariga bergan eng ulug' ne'matlaridan bir bu til ne’matidir. Inson mana shu tili, zaboni orqali boshqa maxluqotlardan farq qiladi. Kishi tiliga doimo ehtiyot bo'lmog'i, har bir gapni o'ylab, so'ngra gapirmog'i lozim. Kishi qayerda bo'lmasin tilini yomon so'zlardan saqlasa, o'ylab, mulohaza bilan gapirsa doimo foyda topadi. Aytilgan so'z otilgan o'q uni qaytarib bo'lmaydi. Ko'p gapirishlikda ko'p xato bo'lishi ham tabiy bir holdir.
Til har qanday so’zni gapirib yubormasligi uchun Olloh taolo uni aql bog’ichi bilan bog’lab qo’ygan. Tilni yanada mustahkam ushlab turishlik maqsadida o’ttiz ikki tishni unga qo’riqchi qilib qo’ygan. Bu ham yetmagandek tishlarning ustidan ikki lab bilan berkitib yashirgan. Agar til aqil bogichiga, tishlarning qaramog’iga va ikki labning to’sig’iga ham boyunsunmasa, uning sababidan inson boshiga ko’p mushkulliklar va turli ofat – u musibatlarni olib keladi.
Buning zararidan saqlanishning yagona choralaridan biri jim yurishlikdir. Abdulloh ibn Amr (ra) dan rivoyat qilingan hadisda, Paygambarimiz (sav) shunday marhamat qiladi,
عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : " مَنْ صَمَتَ نَجَا "
“Jim yurgan kishi najot topadi” deganlar.
Musulmon kishining go'zal axloqlaridan biri bu behuda-bekorchi so'zlardan tilni tiyishdir. Buni hadisi sharifda Sarvari koinot Rasululloh s.a.v. marhamat qilganlar:
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : " مِنْ حُسْنِ إِسْلَامِ الْمَرْءِ تَرْكُهُ مَا لَا يَعْنِيهِ
 “O'ziga keraksiz narsani tark qilish, kishi islomining go'zalligidandir” Ya'ni behuda narsalarni, ya'ni u xoh so'z bo'lsin, xoh u amal bo'lsin musulmon kishi o'sha narsani qilmasligi bu axloqining go'zalligidan dalolat qiladi. Islom dinini haqiqatini anglagan bo'ladi.
Ko'p kishi tili tufayli o'zini balo domiga mubtalo qiladi. Siynaga qadalga nayzani chiqarib olsa bo'ladi, ammo dilga qadalgan so'z zahrini chiqarib bo'lmaydi. So'zni o'ylab gapirmoq va tilni yomon so'zlardan asramoq haqida aytilgan pandu-nasihatlar ko'p bo'lib ularga rioya qilinsa maqsad hosil bo'ladi.
Abu Hayya aytadi: Kunlarning birida Ismoil ibn Sahlga hamroh bo'ldim. U kishi hukamolardan edi. Menga aytdi: senga o'n ming dirhamdan yaxshiroq bo'lgan bir bayt o'rgataymi? Men esa, haqiqatdan ham bir bayt ming dirhamdan ham yaxshiroqmi? Ha, dedi. Aytdiki: senga joning afzalmi yoki o'n ming dirham? Men esa, albatta jonimda dedim.
Unday bo'lsa eshit: Kechalari gapirsangda past ovoz-la so'zla, Kunduz kunlari esa so'zlashdan oldin o'yla.
Darhaqiqat o'tmishda o'tgan ajdodlarimizning o'gitlari bugungi kunda ham muhim bo'lib, ayni chog'da bu nasihatlarga quloq tutmaydiganlar ko'p. Shu nuqtai nazardan inson omon bo'lishni xohlasa sergap bo'lmasligi, zarurat tug'ilsagina gapirishi bo'lmasa jimlikni ixtiyor etishi lozim. Eng yoqimli xislatlardan biri ham tilni noo'rin so'zlardan saqlay bilishidir.
Umar ibn al-Xattob (r.a) aytadi: Ey, Ahnaf, kimning gapi ko'paysa xatosi ziyoda bo'ladi, kimni xotosi ko'paysa hayosi kamayadi, kimni hayosi oz bo'lsa, taqvosi kamayadi, kimni taqvosi kam bo'lsa qalbi o'ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qiladigan bo'lsak, har bir oqil inson bularni ko'p mushohada qilishi kerak. Pandu-nasihat va o'gitlarga boy bo'lgan Kaykavusning «Qobusnoma» asarida quyidagi satrlar keladi: Shularni bilganingdan keyin tilingni yaxshi hunar bila o'rg'atgil va muloyim so'zdin boshqa so'zni odat qilmag'in. Nedinkim, tilga har nechuk so'zni o'rgatsang shuni aytur, so'zni o'z joyida ishlatg'il, so'z agar yaxshi bo'lsa ammo noo'rin ishlatilsa, garchan u har nechuk yaxshi so'z bo'lsa ham yomon, nobop eshitilur.
Abu Dardo aytadi: agar ko'p bahslashsang bu sening zolimliginga kifoya qiladi, janjal va kin-adovatni tark etmagan bo'lsang bu sening gunohkorliginga etarli dalildir. Agar keraksiz va foydasiz gaplarni ko'p so'zlasang bu sening yolg'onchiliginga asosdir.
Bu til sababidan boshqalarga ozor bermaslik, uni muhafaza qilishlik borasida Payg’ambarimiz (sav) ning ushbu hadisi barchamiz uchun juda ham kerakli ta’limotdir.
عن سهل بن سعد قال : قال رسول الله صلى الله عليه و سلم من يتكفل لي ما بين لحييه وما بين رجليه أتكفل له بالجنة
Sahl ibn Sad (ra) dan rivoyat qilinadi Payg’ambarimiz (sav) ayatganlar. “ Kimki menga ikki jag’i va ikki oyog’i orasidagi narsaga kafil bo’lib bersa, men uni jannatga kirishligiga kafil bo’lib beraman” – dedilar.
Darhaqiyqat barchalarimiz tilimiz bilan o’zgalarni dilini ranjitib qo’yishlikdan extiyot bo’lmog’imiz lozim.
“Muhammadsolih hoji” jome masjidi noibi imomi J. Parpiyev


okahon.8800

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 102
Javob: ENG SHARAFLI VAZIFA.
« Javob #3 : 25 Yanvar 2017, 12:14:04 »
BIROVNING HAQQIDAN SAQLANAYLIK.
Alloh taolo inson zotini aziz va mukarram qilib yaratib, dunyoda inson uchun barcha manfaatli hamda zararli narsalarni bayon qilib bergan. Toinki inson manfaatli ishlarda bardavom bo’lsin va zararli ishlardan saqlanib yursin. Shuningdek Alloh taolo bandalari bo'yinida O'zining haqqi bor va yana bandalarinig o'zaro bir-birovlariga haqlari bor. Alloh taolo mehirbon zot xohlasa o'zining haqqidan o'tadi, ammo qiyomatda bandalarni haqlarini bir birlariga qo’yib beradi.
Payg’ambarimiz (sav) O’zlarining hadisi muborakalarinig birida bunday marhamat qiladi.
عن أبي هريرة أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال * أتدرون ما المفلس قالوا المفلس فينا من لا درهم له ولا متاع فقال إن المفلس من أمتي يأتي يوم القيامة بصلاة وصيام وزكاة ويأتي قد شتم هذا وقذف هذا وأكل مال هذا وسفك دم هذا وضرب هذا فيعطى هذا من حسناته وهذا من حسناته فإن فنيت حسناته قبل أن يقضى ما عليه أخذ من خطاياهم فطرحت عليه ثم طرح في النار
Rasululloh (s.a.v) muflis nima bilasizlarmi deya so’radilar. Shunda Sahobalar “muflis hech bir matosi va dirhami, (hech vaqosi) yo’q kishidir” – dedilar. Janobi Payg'ambarimiz s.a.v. dedilar: “Muflis kishi erta qiyomatda namoz, ro’za, zakotdek  savobli amallar bilan keladi-da, uni so’kkan, buni urishgan, buni molidan nohaq yegan, buni qonini to’kib bunisini urib, bandalarning haqqini ado qilmaganligi uchun haqdorlarda uning savobidan olib beriladi. Agar uning savoblari tugab qolsa. Haqdorlarning gunohlaridan uning (gardaniga) qo’yiladi. Bas uni shu holda jahannamga uloqtiriladi”.
Tog'day savoblar bilan kelib, tog'day gunohlar bilan ketadigan kishiga muflis deyilishligi hadisdan ma’lum bo’ladi.. Shuning uchun bandalar haqqini yaxshigina o'rganib olaylik. Chunki Qiyomat kunida har bir insonga eng qadrli, kerakli bo’lgan narsalaridan biri uning qilgan savob amallaridir. Anashu qilgan savob amallarini, shu savobli amallaridan Alloh taologa maqbul bo’lgan amallarni o’zga o’zgalarni nomai amollarida ko’rib ularni gunohlarini yelkasiga olib Jahannamga tushishlik inson uchun juda ayanchli, achinarli holatdir.
Qiyomat kunida har kim savobli amallarini qizg’anadi. Alloh taolo Quroni karimni Abasa surasida marhamat qiladi.
يَوْمَ يَفِرُّ الْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ (34) وَأُمِّهِ وَأَبِيهِ (35) وَصَاحِبَتِهِ وَبَنِيه
“U kunda kishi o'z aka-ukasidan va onasidan va otasidan, xotini va bola-chaqasidan qochadi” (Abasa surasi 33-35 oyat).
Anashu kunda har bir kishi qilgan savobli amallarini qizg’onib, o’zining ota – onasidan, aka – ukasidan, o’zini ayoli va bola – chaqasidan qizg’onganligidan qochib. Yurib oxiri anashu savobli amallarni begonalarga berib yuborishi undanda achinarli holatdir.
Alloh taolo barchalarimizga o’zgalarni haqlarini poymol qilishdan o’zi saqlasin. Qiyomat kunida yaxshi amallarimizni o’ng qo’limizdan bersin.
“Mirza Xoliq ota” jome masjidi imom xatibi                  Muhammadiyxon Xojiyev.

okahon.8800

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 4
  • Xabarlar: 102
Javob: ENG SHARAFLI VAZIFA.
« Javob #4 : 25 Yanvar 2017, 12:15:47 »
G’IYBATDAN SAQLANAYLIK.
O’zgalarni g’iybat qilishlik eng katta gunohlardan biri ekanligi barchamizga ma’lumdir. Mo'min banda o'zga shaxslar haqida gapirganda ularning ayblarini ortlaridan gapirmasligi kerak bo'ladi. Chunki bu g'iybat sanaladi. Agar odamlarning yo'q ayblarini bor deb gapirsa, bo'hton bo'ladi. Bu esa g’iybatdan ham kattaroq gunohdir.
Alloh taolo Quronda marhamat qiladi.
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا اجْتَنِبُوا كَثِيرًا مِنَ الظَّنِّ إِنَّ بَعْضَ الظَّنِّ إِثْمٌ وَلَا تَجَسَّسُوا وَلَا يَغْتَبْ بَعْضُكُمْ بَعْضًا أَيُحِبُّ أَحَدُكُمْ أَنْ يَأْكُلَ لَحْمَ أَخِيهِ مَيْتًا فَكَرِهْتُمُوهُ وَاتَّقُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ تَوَّابٌ رَحِيمٌ
ya'ni, “Ey, mo'minlar! Ko'p gumon(lar)dan chetlaningiz! Chunki ba'zi gumon(lar) gunohdir. (O'zgalar aybini qidirib) josuslik qilmangiz va biringiz biringizni g'iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o'lgan birodarining go'shtini yeyishni xohlaydimi?! Uni yomon ko'rasiz-ku, axir! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir”. (Hujurot surasi, 12-oyat)

Oyatga e’tibor qiladigan bo’lsak  “Biringiz biringizni g'iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o'lgan birodarining go'shtini yeyishni xohlaydimi?! – yani
Alloh taolo

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: Paygambarimiz (sav) g’iybatning mohiyatini bayon qilib berganlar:

عن أَبي هريرة - رضي الله عنه - : أنَّ رسُولَ الله - صلى الله عليه وسلم - ، قَالَ : أَتَدْرُونَ مَا الْغِيبَةُ ؟  قالوا : اللهُ وَرَسُولُهُ أعْلَمُ ، قَالَ : ذِكْرُكَ أخَاكَ بِما يَكْرَهُ  قِيلَ : أفَرَأيْتَ إنْ كَانَ في أخِي مَا أقُولُ ؟ قَالَ : إنْ كَانَ فِيهِ مَا تَقُولُ ، فقد اغْتَبْتَهُ ، وإنْ لَمْ يَكُنْ فِيهِ مَا تَقُولُ فَقَدْ بَهَتَّهُ  رواه مسلم

ya'ni, “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “G'iybat nima ekanini bilasizlarmi?”, dedilar. Ular: “Alloh va Uning rasuli biluvchiroqdir”, deyishdi. Shunda u zot: “O'z birodaringni u yoqtirmaydigan narsa bilan zikr qilishing”, dedilar. (Shunda:) “Aytingchi, men aytgan narsa birodarimda bor bo'lsa-chi?”, deyildi. U zot: “Agar sen aytgan narsa unda bor bo'lsa, uni g'iybat qilgan bo'lasan, agar sen aytgan narsa unda yo'q bo'lsa, unga bo'hton (tuhmat) qilgan bo'lasan”, - dedilar”. Imom Muslim rivoyat qilgan.
Demak, biror bir insonning ayblarini uning yo'qlida gapirishga g'iybat deyilar ekan. Bu ayblar uning jasadi, nafsi, axloqi, qilgan ishlari, aytgan so'zlari, kiyinishi, uyi, oilasi, bolalari, ota-onasi, nasl-nasabi va shu kabi unga tegishli bo'lgan barcha narsalarga aloqador bo'lgan ayblardir. Mana shu ayblarni uning yo'qligida zikr qilish g'iybat hisoblanadi.
Biror kimsa haqida yolg'on to'qib gapirishga esa bo'hton deyiladi. G'iybat – gunohi kabiralardan hisoblanadi. Imom Qurtubiy rahmatullohi alayh: “G'iybatning gunohi kabira ekanida ixtilof yo'qdir, shuning uchun g'iybat qilgan kishi Alloh azza va jallaga tavba qilishi lozim”, degan.
عن أنسٍ - رضي الله عنه - قَالَ : قَالَ رسول الله - صلى الله عليه وسلم - : لَمَّا عُرِجَ بي مَرَرْتُ بِقَومٍ لَهُمْ أظْفَارٌ مِنْ نُحَاسٍ يَخْمِشُونَ وُجُوهَهُمْ وَصُدُورَهُمْ فَقُلْتُ : مَنْ هؤُلاءِ يَا جِبرِيلُ ؟ قَالَ : هؤُلاءِ الَّذِينَ يَأكُلُونَ لُحُومَ النَّاسِ ، وَيَقَعُونَ في أعْرَاضِهِمْ ! . رواه أَبُو داود
ya'ni: «Merojga chiqqanimda misdan bo'lgan tirnoqlar bilan yuzlariyu ko'ksilarini tirnayotgan bir qavmning oldidan o'tdim. Men: “Ey Jabroil, ular kim?” deb so'radim. U: “Bular u dunyoda odamlarning go'shtini yeb, obro'larini to'kkanlar, deb javob berdi”, deb ko'rganlarini hikoya qilib berganlar.
Hikoya qilishlaricha: Bir kishi Hasan Basriy (q.s.) hazratlarining oldilariga kelib:  “Falonchi sening  haqqingda falonday pistonday noma'qul gaplarni gapirdi”, - debdi . 
— Qachon ?
— Bugun.
— Qayerda?
— Uyida .
— Uning uyida nima qilayotgan eding ?
— Ziyofatga boruvdim.
— Ziyofatda nima yeding ?
Haligi kishi sakkiz xil taomning nomini sanadi. Shunda Hasan Basriy ( q . s.):
— O'sha odamning sakkiz xil taomi qorningga sig'diyu bir og'iz so'zi sig'madimi ? Tur, ket bu  yerdan ! — dedilar va g'iybatchini dargohlaridan quvib chiqardilar.
“Muhammadsolihoji” jome masjidi noibi imomi J. Parpiyev

Rahmatnoma