So'rovnoma

Sizga qaysi Qahramon ko'proq yoqadi?

Temur Malik
Jaloliddin Manguberdi
Shiroq
Spitamen
Madaminbek
To'maris va Sparetra
Dukchi Eshon
Muqanna
Shermuhammadbek
Cho'lpon
Abdulla Qodiriy
Usmon Nosir

Muallif Mavzu: O'zbekiston hukmdorlari (va qahramonlari)  ( 1874 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Turonii

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 9
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 34
  • Har narsa oid yerida hayot topadi..
O'zbekiston hukmdorlari (va qahramonlari)
« : 10 Aprel 2017, 12:04:11 »
Farasman va Afrig' haqida qanday ma'lumotlar bor?
« So'nggi tahrir: 10 Iyun 2017, 16:09:49 muallifi Turonii »

Turonii

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 9
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 34
  • Har narsa oid yerida hayot topadi..
Javob: O'zbekiston hukmdorlari
« Javob #1 : 10 Iyun 2017, 15:52:11 »
TO'MARIS
To'maris- (mil. avv. VI asr) - Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda.  Qad. yunon tarixchisi Gerodotning "Tarix" (mil. av. 5-a.) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi Kir II mil. av. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, To'maris massagetlar qabilasining malikasi boʻlgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) boʻylari va Qizilqumda yashashgan. To'maris massagetlar podshosining xotini boʻlib, u erining vafotidan soʻng davlatni boshqargan.Erondan kelgan bosqinchilar qoʻshini bilan massagetlar oʻrtasida shiddatli janglar boʻlgan. Dastlabki jangda To'marisning oʻgʻli Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar gʻolib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar xiyla yoʻli bilan Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, or-nomusga chiday olmagan Spargalis oʻzini oʻldirgan. To'maris oʻgʻlining halokatidan esankirab qolmay, oʻz xalqining manfaatini oʻylab, Kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini soʻraydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki oʻrtada ayovsiz jang boʻlgan. Gerodot massagetlar va forslar oʻrtasidagi jang tafeilotlarini oʻz asarida quyidagicha tasvirlaydi: "Mening bilishimcha, bu jang varvarlar oʻrtasidagi barcha janglardan ham dahshatli boʻlgan. Avval har ikkala qoʻshin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan oʻqqa tutdilar. Kamon oʻqlari tugagach, ular nayza va qilich bilan kurashdilar. Jang uzoq, vaqt davom etdi. Koʻp qon toʻkildi. Nihoyat, massagetlar gʻalaba qozondilar. Fors qoʻshinlarining asosiy qismi, jumladan, Kir II ham jang maydonida halok boʻlgan. U toʻliq 29 yil shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, malika (T.)ning buyrug'i bilan uning kesilgan boshi inson qoni bn toʻlgʻazilgan meshga solingan".
To'marisning jasorati va harbiy-siyosiy faoliyati toʻgʻrisida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar toʻqildi.
Ergash Jumanbulbul oʻgʻlidan Hodi Zarifov yozib olgan "Oysuluv" dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida To'marisfaoliyati oʻzining badiiy talqinini topgan.
Yozuvchi Mirkarim Osim "To'maris" qissasida uning jasoratini ulugʻlaydi.
Ibrohim Yusupov "Toʻmaris" (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulugʻbek Musayev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan.
Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasida "Toʻmaris oʻyinlari" festivali oʻtkazilmoqda.

Turonii

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 9
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 34
  • Har narsa oid yerida hayot topadi..
Javob: O'zbekiston hukmdorlari
« Javob #2 : 10 Iyun 2017, 16:07:27 »
SHIROQ

Shiroq (yunon manbalarida Sirak) (mil. av. 6-asr) — Turon xalqlarining axomaniylar podshosi Doro | bosqiniga qarshi kurashgan xalq qahramoni. Shiroqning hayoti haqida manbalarda juda oz maʼlumotlar saqlanib qolgan. Mil.av. 6-asr boshlarida Eron shohi Doro I qoʻshini Turon hududiga bostirib kirgan. Yunon tarixchisi va notigʻi Poliyen (mil. 2-asr) ning 8 kitobdan iborat „Harbiy xiylalar“ („Strategmalar“) asarida ilk marta Shiroq jasorati tilga olingan. Poliyenning yozishicha, sak qabilalari oqsoqollari Sakfar, Omarg va Oamiris fors qoʻshinini yengish uchun harbiy kengash (qurultoy) oʻtkazayotganda, ularning huzuriga oddiy otboqar Shiroq kelib, oʻz rejasini bayon qilgan. Rejaga koʻra, Shiroq oʻz qabilasi manfaatini himoya qilib, harbiy hiyla ishlatgan va yolgʻiz oʻzi Doro I lashkariga qarshi turgan.Shiroq Doro I qarorgohiga kelib, unga qabiladoshlari nohaq sitam yetkazganligi uchun (uning burni va quloqlari kesilgan edi) u Eron qoʻshinini saklar (shaklar) qabilasi turgan yerga qisqa yoʻl bilan olib borishini aytib, dushman qoʻshinini Qizilqum choʻli ichkarisiga boshlaydi. Eron qoʻshini „yoʻlboshlovchi“ning maslahati bilan faqat 7 kunga yetadigan suv, oziq-ovqat va yem-xashak olgan edi. Jazirama issiqda choʻlni kechib oʻtayotgan dushman qoʻshini holdan toyib, oziq-ovqat ham tugaydi. Nihoyat, muhlatning 7 kunida dushman qoʻshini aldanganini payqaydi. Shiroq atrofini qurshab olgan shoh Doro I va uning sarkardalariga qarata quyidagi soʻzlarni aytgan: „Men yolgʻiz oʻzim Doro qoʻshinini yengdim. Sizlarni aldab, choʻlning qoq oʻrtasiga olib keldim. Xohlagan tomoningizga ketishingiz mumkin, vohagacha toʻrt tomoningiz ham 7 kunlik yoʻl!“. Dahshatga tushgan shoh va uning sarkardalari Shiroqqa yolvorib, unga suvsiz choʻldan olib chiqishi uchun katta boylik vaʼda qilishadi. Shiroq vatan ozodligi yoʻlida jon fido qilishini aytgach, Doro 1 ning sarkardasi Ranosbat uni qilich bilan chopib tashlaydi. Qoʻshinning asosiy qismi suvsizlik va ochlikdan Qizilqum choʻlida qirilib ketgan. Faqat Doro I va uning oz sonli aʼyonlari yomgʻir yogʻishi natijasida halokatdan qutulib, Baqtra daryosi (Amudaryo) qirgʻogʻigacha yetib kelishgan.
Shiroqning jasorati haqida turkiy xalqlar oʻrtasida jangnoma va rivoyatlar yaratildi. Bu rivoyatlar „Shiroq“ nomi bilan mashhur. Buxoro choʻponlari oʻrtasida bu rivoyatlar hozir ham aytiladi. U turkiy xalqlarga qoʻshni boshqa hududlardagi xalq ogʻzaki ijodiga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan. Bu tarixiy voqeani oradan 800 yil oʻtgach, Poliyen oʻz asarida yuqoridagicha keltirib oʻtgan.
Yozuvchi Mirkarim Osim „Shiroq“ qissasi va shoir Usmon Qoʻchqor „Shiroq“ dostonida Sh. jasoratini ulugʻlashgan. Toshkentda Shiroq nomli koʻcha mavjud. Shiroq milliy qahramon sifatida Oʻzbekiston tarixiga oid turli kitoblardan oʻz munosib oʻrnini egallagan.

Turonii

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 9
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 34
  • Har narsa oid yerida hayot topadi..
Javob: O'zbekiston hukmdorlari (va qahramonlari)
« Javob #3 : 12 Iyun 2017, 15:27:21 »
TEMUR MALIK
Temur malik (12-a. oxiri 13-a.ning 1-yarmi) — xorazmshoh Muhammad hukmronligi davrida Xoʻjand hokimi, Jaloliddin Manguberdining yaqin safdoshi, moʻgʻullar istilosiga qarshi kurash olib borgan sarkarda, xalq qahramoni.
1219-yilning dekabrida 3 kunlik jangdan keyin Banokatni egallagan Uloq noʻyon boshliq 5 ming kishilik moʻgʻul qoʻshini Xoʻjandni qamal qilishga kirishadi. Temur Malik ilgariroq har ehtimolga qarshi Sirdaryo oʻrtasidagi orolda, suv 2 shoxga boʻlinib oqadigan joyda, bir mustahkam qalʼa qurdirib qoʻygan edi. Moʻgʻul qoʻshini son va qurol-aslaha jihatdan ustun boʻlgani bois shaharni mudofaa qilish qiyinlashadi. Natijada, Temur Malik1000 kishilik otryadi bilan 1220-yilning aprelida orolga koʻchib oʻtadi va tezlikda qalʼani jangga tayyorlashga kirishadi. Shahar va qalʼa atrofini dushman halqa qilib oʻrab oladi. Manjaniqdan otilgan toshlar orolga yetmagandan soʻng moʻg'ullar xoʻjandlik yoshlar va ilgari olingan asirlardan xashar tarzida foydalanishga qaror qiladilar. Taxminan 50 ming hasharchi tevarak'atrofdan tosh, shoh-shabba va xashak keltirib daryoga tashlaydi, moʻgʻullarning 20 ming kishilik qoʻshini esa jangga kirishadi. Temur Malik usti namat hamda sirkali loy bilan suvalgan, oʻq otish uchun darchalari bor kemalar yasatadi. Kunda tongda har ikki tomonga 6 tadan kemada suzib kelib, yovga qirgʻin keltiradi. Oxir oqibat vaziyat tanglashgach, Temur Malik orolni tashlab ketishga majbur boʻladi. U qolgan askarlari va yuklari ortilgan 70 qayiqda Sirdaryoning quyi oqimi boʻylab suzib ketadi. Barchinligʻkent (Qiziloʻrdadan taxminan 50 km jan.da boʻlgan) yaqinida moʻgʻullar daryoni toʻsib qoʻyadilar. Temur Malik qirgʻoqqa tushib, dushman bilan jang qiladi. Koʻp talafot berib, yolgʻiz oʻzi Qizilqum choʻli orqali 1220-yilning yozida Xorazmga yetib keladi. Askar toʻplab Joʻjixon qoʻshiniga kuchli zarba beradi. Kasba (Yangikent) shahrini moʻgʻullardan ozod qiladi. Ammo, saltanatda yuzaga kelgan mushkul siyosiy vaziyat tufayli Xorazmni tark etadi. Temur Malik 1222—32 yillar davomida Sulton Jaloliddin bilan birgalikda moʻgʻullarga qarshi kurash olib boradi. Jaloliddin halokatidan keyin oʻz yurtiga qaytadi. 9 yillik Vatangadolikdan soʻng Temur Malik qo'shin yig'ib, Xo'jand atrofiga qaytadi va shaharga xujum qilisjidan bir kun oldin moʻgʻullar tomonidan qoʻlga olinadi va qatl qilinadi.
Temur Malik jasorati haqida Mirmuhsin "Temur Malik" romani (1986)ni yozgan.
Ashrafiy "Temur Malik" nomli simfonik poema (1963) yaratgan va Navoiy teatrida uning "Temur Malik" baleti (1970) qoʻyilgan.
Toshkent shahridagi shoh koʻchalarning biriga Temur Malik nomi berilgan.

Turonii

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 9
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 34
  • Har narsa oid yerida hayot topadi..
Javob: O'zbekiston hukmdorlari (va qahramonlari)
« Javob #4 : 12 Iyun 2017, 23:32:57 »
SPITAMEN

Spitamen (qad. fors tili. Spitamana, qad. yunon tili. Σπιταμένη, miloddan avvalgi370-328-yillar), sug'dlar sarkardasi. Spitamen miloddan avvalgi 329–328-yillarda Sug‘diyonada makedon bosqinchilariga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘oloni rahbari.Spitamen(yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sug'diyonada Vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (Spitamen qoʻzg'oloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanning yozishicha, Spitamenning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab Doro III ning , soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng , yunon-makedon istilochilariga qarshi 3 yil davomida mardona karshilik koʻrsatgan. Arrianning yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget qabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib Spitamenni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. Spitamenning qizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. Spitamenning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. S. haqida koʻplab badiiy (V. Yanning "Qoʻrgʻon uzra olovlar", Ya. Ilyosovning "Sugʻdiyona", M. Qoriyevning "Sugʻd qoploni" romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.

Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qo‘shin yuborgan.Lekin Spitamen vaziyatga to‘g‘ri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini bo‘shatib, massagetlar bilan qo‘shilish uchun chekinadi. Spitamen o‘ziga qo‘shilgan 600 massaget otliqlari bilan cho‘lga yaqin sayxonlikda o‘rnashib oladi va makedoniyaliklarga qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, o‘zi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga o‘q yomg‘iri yog‘diradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek bo‘lsalar, Spitamenning ildam baquvvat otlari osongina ulardan uzoqlashardi. Shu tariqa jang qila-qila makedon qo‘shinini tinkasini quritganlar. Dushmanlardan ko‘pi o‘lgan, yarador bo‘lgan.Makedon qo‘shini ko‘p talafot bergach, to‘rtburchak bo‘lib saflanib, Politimet (Zarafshon) daryosi o‘rtasida joylashgan oroldagi to‘qayzorga chekingan. Bu yerda ham Spitamen ularni tinch qo‘ymaydi. Makedon otliqlarining bir qismi otryad boshlig‘idan beruxsat daryoni kechib o‘ta boshlaydi, uning ortidan piyodalar tartibsiz suratda ergashishadi. Spitamen kamonchilari va massagetlar daryodan o‘tganlarni o‘ldirib, o‘tishga harakat qilayotganlarni esa kamondan o‘qqa tutadilar. Ayni paytda Spitamen suvoriylari va massagetlar daryodagi orollardan biriga chiqib, omon qolmoqchi bo‘lgan raqibga qarshi otlarini suvga haydab qanotlardan hujum qiladilar. Makedoniyaliklarning bir qismi massagetlar qo‘ygan pistirmaga tushib qolib, barcha makedon harbiy boshliqlari o‘ldiriladi, bor-yo‘g‘i 40 suvoriy va 300 piyoda qochib qutuladi, xolos. Mana shu tariqa Spitamenning harakatchan otliqlari betma-bet jangga kirishmay, raqibni asta-sekin tuzoqqa tushirib, uning yirik otryadini qirib tashlashga erisha olgan. Aleksandr hech qachon bunchalik yirik mag‘lubiyatga uchramagandi. Shuning uchun Spitamenga qarshi o‘zi otlanadi, Spitamen atayin cho‘lga chekinadi. Biroq Aleksandr uning hiylasiga uchmay, orqasiga qaytib, alamini tinch aholidan oladi – qishloqlarga o‘t qo‘yib, 120 mingdan ortiq aholini qirib tashlaydi.Miloddan avvalgi 328-yilda, Aleksandr Spitamenning ko‘chmanchi massagetlar orasida yashirinib yurganidan xabardor bo‘lgach, ularga qarshi qo‘shin yubordi. Ammo Spitamen 600 otliq bilan to‘satdan Baqtriyada paydo bo‘lib, Aleksandr qo‘shiniga hujum qilgan. Biroq jangda mag‘lub bo‘lgan. Spitamen omon qolgan massagetlar bilan cho‘lga yashirinadi. Aleksandrning o‘ch olishidan qo‘rqqan massagetlar boshliqlari Spitamenning boshini kesib, Aleksandrga yuboradilar. Qo‘zg‘olon rahbari halok bo‘lishiga qaramay, xalq harakati yana bir yil davom etgan. Spitamenning qizi Apama Aleksandrning lashkarboshisi Salavkka berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tug'ilgan.

Güneyli Kitapkolik

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 7
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 20
  • Jins: Erkak
Javob: O'zbekiston hukmdorlari (va qahramonlari)
« Javob #5 : 13 Iyun 2017, 00:01:30 »
Emeğinize sağlık, güzel olmuş. :)

Acaba Spitamen kimdir? Hakkında Türkçe bilgi bulabilir miyim?

Rahmatnoma


Güneyli Kitapkolik

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 7
  • -oldi: 6
  • Xabarlar: 20
  • Jins: Erkak
Javob: O'zbekiston hukmdorlari (va qahramonlari)
« Javob #6 : 13 Iyun 2017, 00:04:07 »
Sogdlular*, Orta Asya’da Amuderya ve Sirderya nehirleri arasında kalan (Maveraünnehr), Zerefşân ve Kaşkaderya vadilerinin bulunduğu kanallar vasıtasıyla sulanan verimli topraklarda, Antik Çağ öncesinden M.S. 8. yüzyıla kadar yaşamış ve sonrasında yavaş yavaş bölgedeki diğer topluluklara karışmışlardır. Genel olarak batıdan doğuya doğru Buhara’dan (Özbekistan) Pencikent’e (Tacikistan), kuzeyden güneye doğru Semerkand’dan (Afrasiab/Özbekistan) Nesef’e (Nahşeb/Özbekistan) uzanan bu topraklar, Avesta dilinde “Sugda”, eski Farsçada “Suguda” ve Yunancada “Sogdiana” ismiyle ifade edilmekteydi. Tarihi kaynaklara göre Sogdiana sınırları dönem dönem bazı değişikliklere uğramıştır.
       Sogdiana bölgesi tarihte siyasi, kültürel ve ekonomik anlamda belki de Orta Asya’nın kalbi durumundaydı. Bu toprakların güneyinde Saganiyan (Surhanderya / Güneydoğu Özbekistan), onun altında Baktrian (Kuzey Afganistan), batısında Horasan (Güney Türkmenistan/Kuzeydoğu İran), kuzeybatısında Harezm (Aral Gölü’nün güneyi ve doğusu /Kuzeybatı Özbekistan/ Güney Kazakistan / Kuzeydoğu Türkmenistan), kuzeydoğusunda Şâş (Taşkent ve çevresi / Doğu Özbekistan) ve doğusunda Fergana (Doğu Özbekistan/Batı Kırgızistan/Kuzey Tacikistan) gibi tarihte her anlamda önemli rolleri olmuş olan bu bölgelerin merkezinde yer alıyordu. Sogdiana, Çin’den batıya uzanan İpek Yolu’nun önemli kavşak noktalarından biriydi. İpek Yolu, Sogdiana’dan hem batıya (İran üzerinden Akdeniz sahilleri ile Anadolu’ya ve Harezm yoluyla Hazar Denizi kuzeyinden geçerek Karadeniz sahiline) hem de güneye Hindistan’a ayrılıyordu. 5-8. yüzyıllar arasında Sogdlular, Orta Asya’daki İpek Yolu ticaretinin kontrolünü ellerinde tutuyorlardı.
      Sogdlular hakkında en eski bilgiler arasında, M.Ö. birinci binin ilk yarısında oluşmaya başlamış ve Sasaniler (226-651) devrine kadar uzunca bir süreçte tamamlanmış olan Avesta adlı Zerdüştlere ait kutsal kitapta rastlıyoruz. Kitapta, Zerdüştler’in baş tanrısı şöyle der: “Ben Ahura Mazda, yarattığım iyi ülkeler ve toprakların ikincisi, Sugdaların (Sogdlular) yaşadığı ovaydı”. M.Ö. 6 yüzyılda Persler (Ahamenidler / M. Ö. 550-330), Orta Asya’yı hakimiyetleri altına almış ve diğer bölgeler gibi Sogdiana’yı da satraplıkları haline getirmişlerdir. Pers kralı I. Darius’un (M.Ö. 522-486) Sogdlulara da değindiği kendini yücelten Behistun’daki (İran) kaya yazıtında şu ifadeler bulunmaktadır: “Kral Darius söyler: Bunlar, idarem altındaki ülkelerdir ve Ahura Mazda’nın izniyle onların kralı oldum: Pers, Elam, Babil, Assur, Arap, Mısır, deniz yanındaki ülkeler, Lidya, Yunan, Med, Ermeni, Kapadokya, Part, Drangiana, Arya, Harezm, Baktriana, Sogdiana (Suguda), Gandara, İskit, Sattagydia, Arachosia ve Maka; toplam 23 ülke”. Herodotos’ta (M.Ö. 5 .yüzyıl) çeşitli uluslar hakkında bilgi verdiği ünlü tarih kitabında, Persler devrindeki Sogdlular hakkında kısa bilgiler vermektedir. I. Kserkses’in (M.Ö. 485-465) ordusunu anlattığı bölümde şöyle yazar: “Arilerin yayları Medlerinki gibiydi, bunun dışında donanımları Baktrianlarla aynıydı. Şefleri Hydarnes oğlu Sisamnes’ti. Partlar, Harezmliler, Sogdlar, Gandarlar ve Dadikler seferde Baktrianlar gibi donatılmışlardı. Şefler şunlardı: Partların ve Harezmlilerin şefi Pharnakes oğlu Artabazos, Sogdların  Artaios oğlu Azanes, Gandarialılar ile Dadiklerin Artabanos oğlu Artyphios” .
        Anadolu’dan Orta Asya’ya kadar geniş bir coğrafyaya yayılan Pers İmparatorluğu’nu yıkan (M.Ö. 330) ve onun toprakları üzerinde hakimiyet kuran Makedonyalı Büyük İskender, Orta Asya ve Sogdiana’yı M.Ö. 330-327 tarihleri arasında egemenliği altına almıştır. Bölgede, Persler döneminde görülen güçlü İran kültüründen sonra, Büyük İskender’le birlikte etkisi uzunca bir süre devam edecek olan Yunan kültürü etkin rol oynamaya başlamıştır. İskender’in seferini anlatan Antik dönem kaynaklarında, Sogdlular hakkında da bilgiler bulabiliyoruz. Romalı tarihçi ve coğrafyacılarından Strabo (M.Ö. 64-M.S.25), Quintus Curtius Rufus (1.yüzyıl) ve Flavius Arrianos (1-2. yüzyıl) Büyük İskender dönemindeki Sogdiana hakkında bilgi vermektedirler. Özellikle Büyük İskender ile Sogdlu hükümdar Spitamenes’in bölgedeki egemenlik mücadelesini anlatan bu yazarlar, ayrıca Sogdiana’nın başkenti Marakanda’dan da (Semerkand) bahsetmektedirler. Quintus Curtius, İskender’in şehre gelişini şöyle kaydetmiştir: “Oradan dördüncü gün Marakanda şehrine geldiler. Bu şehir, yetmiş stad uzunluğunda bir duvarla çevrilmiş ve kalesi de bir başka duvarla çevrilmiştir. Şehrin korunması için 1000 adam bıraktı”. Arrianos ise İskender’in Marakanda’ya gelişini şöyle ifade etmiştir: “İskender süvarilerinin eksik atlarını burada tamamladı. Kaukasos Dağlar’ını aşıp Oksos’a doğru ilerlerken birçok at ölmüştü. Bu işi tamamladıktan sonra Marakanda’ya doğru hareket etti. Burası Sogdianlar ülkesi başkentiydi” . Kitabının bir bölümünde Arrianos, İskender’in ordusu ile Sogdiana hükümdarı Spitamenes’in ordusunun, Marakanda şehri için yapılan mücadeleyi şu cümlelerle kaydetmiştir: “Bu arada Marakanda iç kalesindeki Makedonyalı askerler de hâlâ kuşatma altında bulunuyordu. Fakat Spitamenes askerleriyle kaleyi almak için saldırıya başlayınca, Makedonyalı askerler bir çıkış hareketi yaparak düşmanlardan bazılarını öldürdüler ve saldırıyı püskürttükten sonra da, neredeyse hiç kayıp vermeksizin kaleye geri döndüler. Spitamenes ise İskender’in Marakanda’ya gönderdiği yardım birliğinin yolda olduğunu öğrenince kuşatmayı kaldırdı”.  Ayrıca Arrianos, bu mücadeleler sırasında Sogdluların sığındığı “Sogdiana Kayalığı” da denilen dik ve sarp bir kayalıkta bir kale bulunduğunu kaydetmektedir. Sogdluların bu son kalesi, İskender tarafından güçlükle de olsa ele geçirilmişti. İskender, sığınmacılar arasında olan ve ileri de büyük aşkla evleneceği Baktrianlı güzel prenses Roksana’yı da ilk burada görmüştü. Sogdiana’da, Marakanda şehri ile birlikte Cyra isimli bir şehrin varlığından da bahseden Strabo, kitabında Orta Asya’daki toplulukların geleneklerini anlattığı bir bölümünde şöyle kaydetmiştir: “Erken zamanlarda Sogdlular ve Baktrianların yaşam şekli ve gelenekleri göçebelerden çok farklı değildi. Bununla beraber Baktrianlar biraz daha uygardı… Birisi, yaşlandığından veya hastalandığından dolayı çaresiz duruma düştüğü zaman, köpeklerin yemesi için canlı olarak dışarı atılırdı, buna yerel dillerinde ‘ölü kaldırıcısı’ denilirdi. Baktrianların başkentini çeviren duvarların dışı temiz görünse de, duvarların iç kısmında kalan çoğu yer, insan iskeletleriyle doluydu. Fakat İskender bu geleneği kaldırmıştır”.
        Büyük İskender’in ölümüyle (M.Ö. 323), M.Ö. 4-3. yüzyıllarda Orta Asya’nın büyük bir bölümü ile birlikte Sogdiana da, İskender’in generalinin kurduğu Seleukos Devleti’nin (M.Ö. 323-M.S. 60) idaresinde olmuştur. Seleukoslar’ın hakimiyet alanı, Orta Asya’dan Anadolu’ya kadar uzanmaktaydı. M.Ö. 250 civarında Partlar’a yenilen Seleukoslar’ın Orta Asya’daki hakimiyetleri bitince, Yunanlı bir sülale tarafından kurulan Baktrian Devleti (M.Ö. 250-125), merkezi Baktra (Belh) olan Baktrian ve Sogdiana’da M.Ö 3-2. yüzyıllarda hakimiyet kurmuşladır. Bu arada Partlar’da (M.Ö.250-M.S.226), İran’ı ve Horasan’ı egemenlikleri altına almışlardır. Seleukos ve Baktrian egemenlikleri sırasında, Hellenistik kültür bütün ihtişamıyla Sogdiana topraklarında boy göstermiştir. M.Ö. 140 civarında, Hunlar’ın baskısıyla Kansu (Çin) çevresinden gelen Yüe-çi’ler, bir süre sonra Baktrian Devleti’ni yıkmış ve karanlık bir dönemin ardından, Sogdiana dahil Aral Gölü’nden Hint Okyanusuna kadar uzanan Kuşan Devleti’ni (1-5. yüzyıl) kurmuşlardır. Kuşanlılar zamanında Budizm Orta Asya’ya yayılmış, Greko-Budist kültür çevresi oluşmuştur. Part Devleti’ni yıkan Sasaniler (226-651), İran ve Orta Asya’da hakimiyet kurmuşlardır. Sasaniler’in Horasan ve Maveraünnehr’deki hakimiyetlerine 5. yüzyılın ilk yarısında, Altay çevresinden gelen Eftalitler (Akhunlar) son vermiştir. 6. yüzyılda (563) Göktürkler, Sasaniler’le anlaşarak bölgedeki Eftalit egemenliğini kaldırarak, Maveraünnehr’i egemenliği altına almışlardır. Sasaniler de İran’da ve Horasan’da, 7. yüzyılın ortalarına Arapların gelmesine kadar egemenliklerini sürdürmüşlerdir. Göktürkler’in (552-745) Sogdiana’daki egemenliği ise 8. yüzyılın başlarında bölgeye Arapların gelmesiyle son bulmuştur.

* Yukarıdaki bilgiler adı geçen makaleden alınmıştır: İbrahim Çeşmeli, 2007,  "Sogdlularda Sosyo-Kültürel Yapı ve Sanat (5-8. Yüzyıllar)", Mimarlık & Dekorasyon, 161:130-141 

 
Spitamen Soğd komutanıymış.İlginç, yeni bir şey öğrendim.

Rahmatnoma


Turonii

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 9
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 34
  • Har narsa oid yerida hayot topadi..
Javob: O'zbekiston hukmdorlari (va qahramonlari)
« Javob #7 : 13 Iyun 2017, 04:19:14 »
MADAMINBEK

Madaminbek, Muhammad Aminbek Ahmadbek oʻgʻli (1892, Margʻilon yaqinidagi Soʻqchilik qishlogʻi — 1920.14.5, Fargʻona vodiysidagi Qorovul qishlogʻi) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash harakati namoyandalaridan biri (1918—20), Muvaqqat Fargʻona hukumati raisi (1919—20).
Boshlangʻich maktabda savod chiqargach, mahalliy boylar va ruslarning savdo doʻkonlarida ishlagan. Birinchi jahon urushi arafasida podshoga qarshi faoliyati uchun politsiya tomonidan qoʻlga olinib, 14 yilga Sibirdagi Nerchinsk degan joyga badarg'a qilingan (1914). 1917 yil fevral inqilobidan keyin Madaminbek ozodlikka chiqqan. "Shoʻroi Ulamo" tashkilotining rahbarlari uni Margʻilon shahri mirshablari boshligʻi lavozimiga tavsiya qilishgan. Turkistonda bolsheviklar hokimiyatni zoʻravonlik bilan egallagach, Fargʻona viloyati harbiy komissari K. Osipov uni Margʻilon militsiyasi boshligʻi etib tayinlaydi. Biroq sovet rejimining siyosati Madaminbekni ozodlik uchun kurashga undagan. 1918-yil mart oyining boshlarida u oʻz militsionerlari bilan bolsheviklarga qarshi kurashuvchilar safiga oʻtgan. Madaminbek 1000 — 1500 yigit toʻplab, Margʻilon va Toshloq atroflarida qizil askarlarga qarshi dastlabki janglarni boshlagan.1918-yil yanvarda Madaminbek qoʻl ostida 16000 kishidan iborat qoʻshin boʻlgan boʻlsa, oʻsha yil kuzida ularning soni 30000 kishidan ortib ketgan. Madaminbek xalq orasida katta obroʻga ega boʻlgan. U vodiydagi sovet hokimiyati organlariga muqobil ravishda oʻz siyosiy boshqaruv usulini oʻrnatgan. Andijon uyezdidagi Oyimqishloq (hozirgi Andijon viloyati Jalolquduk, tumani)da boʻlgan Fargʻona vodiysi qoʻrboshilarining qurultoyida (1918 yil noyabr) milliy ozodlik hapakati qatnashchilarining Oliy bosh qoʻmondoni etib saylangan.1918 yilning oxiridayoq mustaqil harakat qilishga urinayotgan yirik qoʻrboshilarning faoliyatini Madaminbek boshqarishga muvaffaq boʻldi. Madaminbek yigitlari oʻrtasida harbiy intizom kuchli edi. Uning yigitlari qizil armiyaga qarshi jang qilish bilan bir qatorda bosqinchi va talonchilardan iborat ayrim mahalliy kichik toʻdalarga qarshi ham shafqatsiz kurashganlar.Madaminbek 1919 yil 2 sentabrda Jalolobodda K. Monstrov bilan ittifoq tuzgan (Krestyanlar armiyasi). 1919-yil sentabr — oktabrda uning qoʻshini Jalolobod, Oʻsh va Margʻilonni qizil askarlardan ozod qilgan, biroq Andijon uchun boʻlgan janglarda yengilgan. Madaminbek Buxoro amiri Said Olimxon va Xiva xonligining amaldagi hukmdori Junayidxon bilan qizil armiyaga qarshi birgalikda kurashish uchun muzokaralar olib borgan. Afgʻoniston va Turkiyaga oʻz vakillarini joʻnatgan. Rossiyaning Qashqardagi sobiq konsuli Uspenskiy va Buyuk Britaniyaning bosh konsuli P. Eserton orkali Yevropa davlatlari va AQShdan bolsheviklarga qarshi kurash olib borish uchun iqtisodiy va harbiy yordam olishga intilgan. Pomirning Ergashtom (Irkeshtom) ovulida boʻlgan yirik anjumanda (1919.22.10) Madaminbek boshchiligida Fargʻona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzilgan. Madaminbek hukumat boshligʻi boʻlish bilan bir qatorda Oliy bosh qoʻmondon etib ham saylangan.Sovet rejimi va bolsheviklar milliy-ozodlik harakatiga qarshi kurashish uchun Rossiya markazidan doimiy ravishda Turkistonga yangi-yangi qizil askar qismlari tashlangan. 1920 yil yanvar oyining oʻrtalariga kelib Fargʻona vodiysida jangovar tashabbus vaqtinchalik qizil armiya qoʻliga oʻtgan. Madaminbek vaqtdan yutish uchun 2-Turkiston oʻqchi diviziyasining boshligʻi N. A. Veryovkin Roxalskiy bilan Skobelev (hozirgi Fargʻona) shahrida yarash bitimini imzolagan (1920.6.3). Madaminbek bilan birga sovet hokimiyati tomoniga uning oʻnlab qoʻrboshilari va 3500 ta yigiti ham oʻtgan. Sovet qoʻmondonligi tomonidan muzokaralar oʻtkazish uchun qoʻrboshilar orasiga yuborilgan Madaminbek Xolxoʻja Eshon buyrugʻi bilan qirgʻizlarning Qorovul otlogʻi atrofida xiyonatkorona oʻldirilgan (1920.14.5). Uning qabri hozirgi Qirgʻiziston Respublikasi hududi — Olay vodiysidagi Shigʻay qishlogʻida.Madaminbek sovet rejimi davrida "bosmachi" sifatida nohaq qoralanib, uning faoliyati soxtalashtirilgan.
Madaminbekning serqirra faoliyati haqida Oʻzbekiston, Italiya, Germaniya, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Turonii

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 9
  • -oldi: 7
  • Xabarlar: 34
  • Har narsa oid yerida hayot topadi..
Javob: O'zbekiston hukmdorlari (va qahramonlari)
« Javob #8 : 13 Iyun 2017, 18:59:17 »
USMON NOSIR
Usmon Nosir (1912—1944) 20 asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan iqtidorli shoir Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namanganda tugʻildi. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodi oʻspirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931 yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti(OʻzDU)ning filologiya fakultetida oʻqidi.Bolaligidan sheʼrlar yoza boshlagan Usmon Nosir badiiy ijod bilan bor-yoʻgʻi oʻn besh yilgina, yaʼni qamoqqa olinguncha astoydil shugʻullandi. Shu fursatda oʻzining qanchalik nodir isteʼdodiga ega ekanligini yaqqol koʻrsatdi. Yosh shoirning «Quyosh bilan suhbat» (1932), «Safarbar satrlar» (1932), «Traktorobod»(1934), «Yurak» (1935),«Mehrim» (1935) kabi sheʼriy toʻplamlari hamda «Norboʻta»(1932) va «Naxshon» (1935) dostonlari bosildi. Usmon Nosir 1937 yilning 14 iyulida«xalq dushmani» sifatida qamoqqa olindi va Toshkent, Magadan, Kemerovo turmalarida yotdi. Qamoqda inson bolasi chidashi mumkin boʻlmaydigan qiynoqlarga duchor boʻlgan shoir 1944 yilda Kemerovoda halok boʻldi.
Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi. Oʻzbek sheʼriyatida tuygʻularni bor boʻyicha, dolgʻali koʻrsatish anʼanasi yoʻq edi.

 

O'ZBEKISTON OLIY LIGASI

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 325
Ko'rilgan: 103429
So'nggi javob 16 Fevral 2013, 12:04:36
muallifi UmmatiY_MuhammadiY
Qaysi O'zbekiston TV kanalini tomosha qilasiz?

Muallif maknunaBo'lim Madaniyat

Javoblar: 62
Ko'rilgan: 29727
So'nggi javob 13 Fevral 2015, 22:20:08
muallifi Math13
O'zbekiston Ramzlari

Muallif AbdusalomBo'lim Intellekt

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 7883
So'nggi javob 09 Sentyabr 2006, 07:17:58
muallifi Abdusalom
O'ZBEKISTON OLIY LIGASIGA OID SO'ROVNOMA

Muallif Shoxjahon12Bo'lim Futbol

Javoblar: 12
Ko'rilgan: 6965
So'nggi javob 21 Fevral 2007, 09:48:47
muallifi Shoxjahon12
PEKIN-2008: O'ZBEKISTON OLIMPIYA TERMA JAMOASI

Muallif ikbaljohnBo'lim Futbol

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 10015
So'nggi javob 18 Oktyabr 2007, 16:26:42
muallifi Robiya