Alisher Navoiy. Lison ut-tayr (nasriy bayoni)  ( 152785 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 B


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:13:40

Shoirlar adabiyotning ramzlar ifodasi uchun qulayligidan foydalanib, o'z asarlarida uch xil ishq haqida ham so'z yurita beradilar. O'quvchi ana shularni o'zi farq eta bilmog'i lozim. Navoiy lirik qahramoni Alloh ishqida yonyaptimi, majoziy muhabbatga giriftormi yoki pok muhabbatda o'rtanmoqdami...
Gap shundaki, tasavvuf ahli majoziy ishqni inkor etmaydilar. Ular majoziy ishqni haqiqiy ishq yo'lidagi ko'prik deb biladilar va faoliyatlarida pok ishq talablariga rioya qiladilar (go'zal vujuddan hech narsa tama' qilmaydilar va buni ko'ngillariga ham keltir-maydilar).
So'fiy sevgilisiga ko'ngil qo'yganida mahbuba yuzida Alloh jamolini ko'radi, uning ishqida yonarkan, men Alloh ishqida yonyapman deb o'ylaydi, bu yo'lda u jisman va ruhan pok bo'lishga harakat qiladi: mahbubasiga pok nazar bilan boqib, pok lazzat olishni o'ylaydi (quchish, o'pish va boshqa shu kabi istakjarni o'ziga yaqinlashtirmaydi), xolos.
Bu jihatdan Alisher Navoiyning muhabbati qissasi eng yaxshi namunadir. So'fiydan talab qilinadigan birinchi narsa tan va fikr (ko'ngil)ning pokligidir. Tan pokligi - zohiriy bo'lgani uchun, uning, eng yaxshi usuli tozalik va bo'ydoqlikdir. Ko'ngul pokligi -biror vujudga va narsaga nisbatan g'araz saqlamaslik. So'fiy nazarida go'zaldan jismoniy bahramandlik va boylikka hirs - dunyo iflosligiga bulg'anish demakdir. Alisher Navoiy bir umr o'zini tasavvuf talablari — riyozat bosqichlari sinoviga tashladi. Barcha bosqichlarini umr bo'yi o'z boshidan kechirdi: yolg'izlik dahshati va-bo'ydoqlik azoblarini bir umr tortib o'zini foniylikka tayyorladi va umrining so'nggi yillarida yaratgan asarlaridan biri - "Lison ut-tayr"ni, garchand bu asar o'zbek tilida yozilgan bo'lsa-da, Foniy taxallusi ostida e'lon qildi. U ellik sakkiz yoshida tasavvufning so'nggi bosqichiga yetayozganini o'z dostonida taxallusi bilan muhrladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:14:23

"Lison ut-tayr" — o'rta asr haqiqat izlovchisi uchun yozilgan ilmiy va amaliy dasturdir. Doston yosh talaba uchun ta'sirchan va badiiy jihatdan go'zal, o'qimishli asardir. Tasavvufdan xabari bo’lmagan kishilar bundagi qissa va she'riy hikoyalami dunyoviy adabiyotning yaxshi namunasi sifatida maza qilib o'qiyveradilar va ma'naviy lazzat topadilar.
Biz "Lison ut-tayr"ning falsafiy mag'zini anglashga urinar ekanmiz, bu asar o'z ijodkori falsafiy dunyoqarashining badiiy lavhalandan iborat ekanligini, doston zamondosh yoshlarimizning ma'naviy va hissiy kamolotlariga jiddiy ijobiy ta'sir qiladi, fahm-farosat va chin muhabbat qoilanmasi bo'ladi, degan yaxshi niyatimizni bildiramiz.
Siz "Lison ut-tayr" dostonidan Alisher Navoiyni qanday diniy va dunyoviy masalalar band etgani bilan tanishasiz: inson olamga kelgan ekan, hamisha talao yo'Iiga kirishi, izlanishi, o'z mahbubasi yoki sevgan kasbjga chin muhabbat bilan yondashuvi lozimligi, u haqda to'g'ri bilim hosil qilishi - ma'rifatli bo'lishi kerakligi, kamolotga yetish zarurati kabi muhim masalalar sizni chuqur o'ylantiradi.
Shu ma'noda biz "Lison ut-tayr"ni bugungi kunimiz uchun, zamondoshlarimiz uchun zarur kitob degan mulohazadamiz.
Alisher Navoiyning falsafiy, axloqiy, ma'naviy dunyosidan xabardorlikning o'ziyoq bugungi o'quvchi uchun beqiyos ahamiyatga ega.

Vahob RAHMONOV

Qayd etilgan


mutaallimah  03 Fevral 2009, 01:16:05

Tahrir hay'ati:
Aziz Qayumov
Abduqodir Hayitmetov
Najmiddin Komilov
Abdurashid  Abdug'afiirov
Vahob Rahmonov


Nasriy bayon:
Sharafiddin Sharipovniki

Nashrga tayyorlovchi:
Vahob Rahmonov

Ilmiy-tanqidiy matn:
Sharafiddin Eshonxo'jayev tomonidan tayyoriangan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 01:34:22

Lisonut-tayr (nasriy bayoni)



Muallif: Alisher Navoiy
Hajmi: 468 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan