Muallif Mavzu: Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 66382 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #105 : 23 Sentyabr 2006, 20:42:34 »
Davomi...

Bir vaqtlar yigit bilan aylanganimni bilsalar, demak meni o'ldiradilar. juda go'zal qiz edim. Meni "Fotima G'irik"deyishardi. Ba'zilari juda go'zal ekanligimni aytardilar. Dindor yigitning onasi yana so'rab keldi. Ayol meni tashqi ko'rinishimga qarab baho berardi. Men esa tushlarimda ham, hayolimda ham, po'rimga mos kiyinishni hohlardim. Qo'shnimizning bir qizi bor edi. IGSda ishlardi. Menga tez-tez:
- Sendan go'zal maniken chiqadi,seni maniken qilaylik. Ota-onang bilmaydi,-derdi. Zotan, bu men kutgan imkon edi. Otam qattiqqo'l bo'lganliklariga qaramasdan, qanday ishda ishlashimga tirg'almasdilar. Ish joyimga uchramasdilar ham. Yashirin maniken darslarini ola boshladim. Uyimdagilar borgan sari ibtidoiy tuyulardi. Ilk namoyishni Yoshlar Konfeksioni uchun qildim. Bu habarni qo'shnilar eshitibdi. Otamdan qo'rqib onamga aytibdilar. Kechqurun uyga kelsam onamning ko'zlari qinidan chiqqudek.
- Hay qiz, men seni...shunday bo'lasan deb tuqqanman,-deganlarini bilaman,qo'llaridagi pichoq bilan tashlanib qoldilar. Ko'zlari hech narsani ko'rmasdi. O'zimni bir chetga olib qoldim, pichoq yuragimga emas qo'ltig'imga,ikkinchi zarbasi qo'limga kirdi. Ko'rdimki onam o'ldirmoqchi,yalinib yolvorib ko'chaga otildim. Bir taksi tutib dugonamning uyiga bordim. Uyga esa qaytmoqchi emasdim. O'sha kuni ko'nglim tinchlangandek bo'ldi. Hali boshimga tushadigan ishlarni bilmasdim. O'sha kuni birinchi bor ichkilik ichdim.
Oradan ikki yil o'tdi. Endi nasha chekar, nomusimni ham sotardim. Mo'l-ko'l hayotga erishgandim....
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #106 : 23 Sentyabr 2006, 20:59:33 »
Keyin bu hayotimdan nafratlana boshladim. Vaqtincha, duch kelgan bilan yashay boshladim. Bitta bola ko'rdim. Otasini kim ekanligini bilmasdim. Keyin onam shifohonada ekanligini eshitdim. Bordim. Eshikda akamga duch keldim. U meni tanimadi. Men:"Tanidiyu, tanimaganga oldi",-deb o'yladim. Suhbatlashdim. Tanigach bo'g'zimdan oldi. Meni qattiq bo'g'a boshladi. Mirshablar keldi. Akamni ko'z oldimda kaltaklashdi. Mahkamaga chaqirildik. Men o'n sakkizga kirganim uchun ota-onam ham, uyimdagilar ham ishimga aralasholmas ekan. Akam:"Singlimni bu holda ko'rib chidolmadim,men nomusli odamman",-dedi. Hakam:"U balog'atga yetgan, uning nomusini sanga aloqasi yo'q",-dedi. Men da'vo qilmadim,lekin akam men tufayli bir nech yillik qamoq jazosini oldi. Ba'zan o'zimdan nafratlanib ketaman Yahshi kiyinish, yahshi yashash uchun qancha odamni bahtsiz qildim. Otam,onam, bolam, akam,akamning hotini,ikki bolasi,o'zim...
O'zimdan o'ch olish uchun giyohvandlikka berildim. Lekin yana bo'lmadi. Borgan sayin bu botqoqa botib borardim. Jominga qasd qildim. O'lmay qoldim. Bolam bir yoshga to'ldi. Ismini Qadar qo'ydim. Mening to'kis yashashimni qurtboni edi bolam. Haqiqiy hayotga qaytolmasdim. Ularga bir vositayu, moldan boshqa narsa edim. Kun o'tgan sayin nashaga mubtalo bo'lib borardim. Bolamni Qadarimni yetimhonaga topshirish uchun lash lushlarini yig'ishtira boshladim. Bolam bu hiyonatimni bilib ko'zlarimga mayus boqardi. So'nggi bor bag'rimda ko'zlarimga javdirab boqqan bolamni bola boquvchi hotinga topshirdim. Bola-Qadarim achchiq-achchiq yig'ladi.Boquvchi uni oldi. U hech qanday achinish sezmasdi. Qadarim go'yo:"Onajon o'zingizga o'zingiz qildingiz, hech bo'lmasa menga achining",- deyotgandek yig'lardi. Faryodu fig'on qildim. Yonimga bir bey keldi:"Bolalarni bezovta qilyapsiz, avval o'ylash kerak edi.Alloh sizga balo bersin:,-dedi. U kishi ham menga qo'shilib yig'ladi.
Bolani boshqa biror marta ham ko'rmaslik sharti bilan hujjat to'ldirdik,imzoladik. Va jigarbandimni o'sha yerda qoldirdim.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #107 : 23 Sentyabr 2006, 21:27:02 »
Uyga keldim. O'sha kuni ko'chalarga chiqib dod solmoq istadim. Menga hech narsa tasalli berolamasdi. Bir qurol topib meni shu ko'yga solganlarni o'ldirmoq istadim,lekin bunga kim aybdorligini bilmadim. O'rtada aybdor ko'rinmadi.O'rtada faqat va faqat men o'zim  bor edim. Meni mahfiy bu amallarga boshlaganlar yo'q edi.Ertasiga oqshom uyg'ondim. Oqsaroyga qarab yurdim. Oqsaroyda yominga bir kishi keldi.:"Qanchaga borasan?"dedi.
- Yo'qol jahannamga!-dedim.
- Men naq jahannamdaman,ammo sen mendan oldin ulgurgansan,- dediyu ketdi. Bir soatdan keyin bir yosh kelishgfan yigit keldi:
- Singlim, siz bilan biroz suhbatlashmoqchi edim. Mumkinmi?
- Gapiring,nima deysiz?
- Sizni qutqarmoqchiman, singlim,iztirobli ekanligingiz shunday bilinib turibdi.Keling,kech bo'lmasdan bu yo'ldan Allohga qayting. Siz ayolsiz! Jamiyatning onasi, nomusisiz!Siz sotiladigan narsa bo'lmasligingiz lozim. Siznign iliq bir oshiyonga ehtiyojingiz bor. Umringizni yomon odamlar uchun sovurmang,umr sizga bu uchun berilgan emas,-dedi.
Bu chiroyli, yosh yigitga hayrat bilan qaradim. Birinchi marta erkak kishi mendan boshqa narsa so'rayotgan edi. Butunlay boshqa narsa istardi. Allohga, Yaratganga qaytishimni istayotgandi. Birinchi marta Alloh ismini mening foydam uchun menga eslatmoqda edi. Ha, qancha yillardan beri birinchi marta. Yigit 15daqiqacha va'z aytdi. Tingladim.Zotan, bunga ehtiyojim bor edi. So'ng ketdi. Aylandim. Chalao'g'liga keldim. Bir joyda"Oynada botgan quyosh" nomli kitobga ko'zim tushdi.Bu kitob diqqatimni tortdi.Sotuvchidan so'radim. Yahshi muomalada bo'ldi. Menga yana "Hidoyat", "Bir ona faryodi" nomli kitoblar bilan, "Sur","Zafar", "Islom" nomli jurnallar berdi."Islom"nomli jurnal ham bo'lar ekanda, deb qo'ydim. Iflos ko'chalarning birida joylashgan uyimga keldim.
Davomi bor...
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #108 : 25 Sentyabr 2006, 11:56:03 »
Avval "Bir ona faryodi"ni o'qidim. Nasha humor qildi. Kitobdan g'oyat tas'irlanganimga qaramasdan o'qishni davom ettira olmadim. O'sha kechasidagi ulushimni olib,ertasiga uyg'ondim.Va qolgan kitoblarni o'qidim. Kitob va jurnallarini qayta-qayta o'qidim. Yana "Ish"lay boshladim. Lekin endi nafratga to'lib harakat qilardim. Endi o'z holidan habardor mushtari edim. U so'radi:men hayotimdan habardor qildim. U ham menday uydagilaridan ayrilgan ekan,dardimni tinglab yig'ladi.Qo'yarda -qo'ymay pul berdi:
- Bu ishingni qo'y, senda oz bo'lsa ham iymon bor. Biz esa botqoqqa botganlardan, sen o'zingni qutqar,-dedi. Mehmonhonadan chiqdim.Taksida ketayotib, bir taksining orqasidagi "bugun Alloh uchun nima qilding?"Degan yozuvni o'qidim.O'ylay boshladim. Men faqat bugun emas, butun umrim davomida Alloh uchun nima qildim? Hech narsa!
Bey o'g'li ko'chasigagi jome'ga keldim. Bir jome'ga qaradim, bir ko'chaga qaradim. Ko'chada nima bo'layotganini ko'rib, jome' oldida turdim. Nurli-nurli bolalar chiqib kelishardi. Jome' oldida bir ayol kutib turardi. "Nimani kutyapsiz?" deb so'radim. "Erimni",dedi. Kiyinishiga havas qilib qaradim. Bir paytlar nafratlangan kiyim, nedi meni qutqaradigandek tuyulardi. Shunday kiyinsam yomonlikdan qutulishimni his qildim. O'sha kiyinish,o'sha libos - jannat guli misol menga yuborilgandek edi. "Men ham shunday kiyim kiyishni hohlardim,qaydan topsam bo'ladi?"deya ayoldan so'radim.
- Chapda Ismoil Qal'a bor, o'sha yerga borsangiz, tikib berishadi,-dedi.
Izlab topdim. Uzun libos,pardo'zi tiktirdim.Mening qanday ayol ekanimni bilishmasdi. Biroz nasihat qilishdi. U yerdan chiqb uyga keldim,kiyindim, o'zimni bhatli his qilardim. Kiyim toza, men esa iflos edim. Ularni jovonimni eng chiroyli joyiga qo'ydim. Pinhoniy bir kuch ularni tark qilishimga yo'l qo'ymasdi. Doimo kiyilmayotgan ham edi. Yana chekardim,yig'lardim,lekin "ish"ga chiqmasdim. Beqaror kezardim.Otam,onam,Qadarim,akam,hayotim....
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #109 : 25 Sentyabr 2006, 12:21:04 »
Bakirko'yga davolanishga bordim. Hammasini tushutirdim.Meni davolashdi,u yerdan tuzalib chiqdim. IRSHOD nomli kutubhonaga bordim,iliq munosabatda bo'lishdi,olti-yettita kitob berishdi,pul ham olishmadi.Dunyoda ta'masiz insonlar ham borligini o'yladim. Hayrlashayotganda ko'p-ko'p duolar qilishadi,tashakkur aytishdi. Hayratlandim. Ham bepul kitob berib, ham tashakkur aytishyapti. Holbuki men tashakkur aytishib kerak edi. Uyga qaytayotagnimda boshqa kitob do'koni oldida "Maktub"jurnalini ko'rdim. Oldim. Uyga kelib o'qidim,"Vijdon azobi" rukni diqqatimni tortdi. Boshqa sahifalrini ham o'qidim.Go'yo har bir sahifasida men bor edim. Har bir sahifasi men haqimda so'zlardi. O'sha kunlarimni ifodalab berolmayman. Tahririyatga sim qoqib, jurnalni boshqa sonlarini ham so'radim.Yahshi muomalada bo'lib"Manzilingizni ayting,jo'natamiz",-deyishdi. Uyladim,yashaydigan joyimni aytmadim. "O'zim borib olaman",-dedim. Bordim. Ularga ko'rinishdan uyaldim. 8-9 yoshli boladan so'ratdim. O'zim esa eshikda kutib turdim. Bir jildini berishdi. Ikki kunda o'qib tugatdim. Mening dardlarimni blishgandek yozishgan Najot,ozodlik - Allohga qatgan ayollar ezilmoqda,deyilgan. Ular haq edilar, jurnal menga hmadard bo'lmoqda edi. O'namni ko'z oldimga keltirdim. Ko'chasiga bordim. OH! O'sha tuyg'ulari ifodalay olsam edi. Devorga suyanib yig'ladim. Besh yildan keyin uyimga birinchi bor kelishim. Ismi esimdan chiqqan qo'shni ayol ko'rdim. Onamni so'radim. Ayol faqat meni ovozimdan tanidi. Bo'ynimdan quchib:
- Onang sening dastingdan yotib qoldilar,ikki oy oldin bafot etdilar,-degach,boshqa narsani eshitmadim. Hushim boshimdan uchdi. Darhol inm\amnikiga bordim. Uning qo'llari tekkan eshiklarni,oyog'i tekkan zinalarni quchib, o'pmoq istardim. Borsam uydagilardan, oilamizdan asar ham qolmabdi. Onam o'lgach, otam qisjloqdan ketibdi. Akamning hotini esa bolalarini tashlab qassob bilan qochib qolibdi. Bolalarni onasining onasi olib ketibdi. Yig'lab-yig'lab qaytdim. Onamning, otamning, Qadarimning, akamning azoblari mnei qovurardi. Oh!Nimalar qilib qo'ydim. Nihoyat hotini Malakning shol bo'lib qolishiga sababchi bo'lgan amakini o'qidim. U bir kishining vijdon azobida kuyardi. "Itdek o'lib ketsam",-derdi. Men-chi?Men?!Men qaysi vijdon azobini yozayin. Odamlar bitta vijdon azobidan o'lmoq istaydi,men esa...
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #110 : 25 Sentyabr 2006, 12:42:01 »
Vijdon azoblari bilan yashardim. Yashardimmi? Ana shunday Amina honim...Sizni opa desammikin,bilmayapman. Jurnalingizni yahshi ko'raman. Sizlarni ham.Hammangiz o'zimni opamdeksizlar. Opa, men endi ne qilay? Ayta olasizmi? Hozir 25 yoshdaman. Kech - kunduzim iztirobda Qayg'uga to'la. Tanglik va tanazzulimni esa aytolayman. Buni yozishingizni, chiroyli kiyinishni, ichi chirkin, tashi chiroyli bo'lgan hayot ne ekanini bilishlari uchun, taqlidchi, o'zboshimcha qizlarga saboq bo'lsin.Bu hayotdan ayirilmoq istayman. Qilmnishlarimni eslasam, o'lishdan ham qo'rqaman. Qadarim, ota-onam,akam, eng uhimi- ALlohga nisbatan qilgan hatolarimni qanday hal bo'lishini, javobini qay holda berishimni o'ylab qo'rqaman. Bu azobdab qanday qutulaman? Sizdan yordan so'rayman. Yozing,opalarim!Birodarlarim, qardoshlarim. Yuzimga tupurmoq istasangiz ham mayli, tupuring.
Opajonim sizni qamoqqa tushganingizni eshitib hayron qoldim. Siz biz kabilarni qutqarmoq istabsiz-u,jazo uyiga tushibsiz. bu qanday dunyo? Biz kabilarni falokatga sudraganlar ozodlikda, siz esa...
Bu qanday insonlik? Bu haqiqatlar atrofimda ekan,men nega ko'rmadim? Har neni endi ko'rmoqdaman. Lekin hatolarimni tuzatish, qiyinchiliklarimni o'nglashni iloji yo'q. Shunga qaramasdan sizdan ko'mak istayman.
Bu kecha birinchi bor hufton namozini o'qidim. "Ibodatlarimni qabul qilasanmi, Yo, Rab!..."deya yig'ladim...Allohdan uyalman...O'zimdan uyalaman....Onamning mozotini ham bilmayman...Barcha mozorlardan uyalaman....
Mana men shundayman. Ana qiynog'im, vijdon azobim....Meni nima poklaydi?Meni nima inson qiladi?Meni ALloh, otam,onam, akam, bolalar uyiga bergan,otasini ham bilmaydigan bolam qanday qilib kechiradi?Sizdan boshqa kimim bor?Istang qo'limdan titing,istang uolqtiring!YYonmoqdaman.Ichim kuymoqda Qlabim yonmoqda.Butunlay yonmoqdaman. Meni qutqaring, qutqaring bu botqoqdan. Meni mendan qutqaring.Buni qandayq qilasiz - bilmayman,ammo qutqaring. Qayg'udan o'lyapman.
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #111 : 25 Sentyabr 2006, 12:52:22 »
Sizga keldim opa. Sizni ko'rgani jazo uyiga keldim,lekin meni qaytarib yubordilar. Faqat maktub orqali dardimni to'ka olaman. 32 sahifa yozdim,qisqartirib17sahifaga tushirdim. Bundan kamroq sahifaga dardim sig'madi. Osmali masjid degan joyda turaman. Uyning devorlariga dardimni aytib yig'laymna. Hozir tungi soat to'rt. Tashqarida ayoz sasi. Bu dunyodan nafratlanaman,jirkanaman.
"Maktub"jurnalini o'quvchilardan, barcha musulmonlardan yo o'lishim, yoki Allohga qaytishim uchun duo qilishlarini so'rayman. Aslida so'rashga ham loyiq emasman.Ne yuz ila so'rayman?
"Sendan odam chiqmaydi, jazoyingni tort ",-demangiz. Demang opajon. Shunday so'z aytishingiz meni o'ldiradi. So'zimni yig'lab tugatra ekanman, sizlarga hamishalik hurmatimni izhor qilib qo'yaman.
Hatto hayvonchalik bo'lmagan jafokash Oisha Yashim...
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

Munira xonim

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 430
  • -oldi: 1300
  • Xabarlar: 4853
  • Jins: Ayol
  • Arsh arkida sulton O'zi...Beaybu benuqson O'zi...
Re: Vijdon azobi
« Javob #112 : 25 Sentyabr 2006, 13:06:43 »
Javob:
Maktubingizni ko'z yoshlar ila o'qidim. Qanday qilib"Jazoyingni tort!"Deyman. Jonim, jigarim, bu so'z qurbonlarga emas, qurbon qilganlarga aytiladi. Ko'ngil maktubingizni shundayligicha yoritishni istaydi,lekin jurnalimkoniyatlarini hisobga olib 7sahifaga tushirdik. Singlim, sizni qanday qilib qabul qilmaymiz? Qanday qilib kamsitamiz?Asosiy qotillar turganida qanday qilib sizni qotil deymiz?Siz bizning qotillarga topshirib qo'yilgan singlimizsiz. Zulm g'urur  tuyadigan nishonsiz. Nega manzilingizni yozmadingiz?Tezda manzilingizni bilishni, siz bilan ko'rishishni istayman. Men temirlarni parchalab tashqariga chiqolmayman. ammo tashqaridagi birodarlarim sizga quchoq ochib moddiy, ma'naviy jihotdan qo'llab quvvatlaydi. Tezda manzilingizni bildiring. Kelgusi jurnal sonida sizga javob yo'llayman. Uzunroq bo'lgani uchun hozir yozmayapman. Ungacha bir necha nasihatimni eshiting.
"Alloh kechirmas,qabul qilmas",-degan behuda hayollarga berilmang. Hatolarda davom etmang. Alloh o'ziga riyosiz qaytgan kishini qabul qiladi,Inshaalloh. Allohning Lutfi Karami keng. U aqlimiz yetmaydigan, tushunchamiz qamray olmaydigan darajada Ulug'dir va U hamma narsaga Qodirdir.

Sizga hurmat ila Amina
U balki mendirman, balki sizdirsiz,
Balki biz tanimas g'arib bir olam.
Nima bo'lganda ham suyganim yolg'iz -
Joynamoz ustida o'tirgan odam!

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: VIJDON AZOBI. Amina Shanliko'g'li
« Javob #113 : 24 Iyul 2008, 09:01:53 »
Vijdon azobi (qissa)



Muallif: Amina Shanliko'g'li
Hajmi: 261 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Vijdon azobi... Biz bilan sirlashing...

Muallif Munira xonimBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 64
Ko'rilgan: 23811
So'nggi javob 29 Iyul 2009, 06:18:31
muallifi siddiqa
Edith Shrayber Vike. Anton bo'rini uchratgan kecha (qissa)

Muallif AbdulAzizBo'lim Bolalar kutubxonasi

Javoblar: 112
Ko'rilgan: 37959
So'nggi javob 08 Yanvar 2009, 07:29:20
muallifi AbdulAziz
Oqcharloq Jonatan Livingston (rivoyat qissa). Richard Bax

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 57
Ko'rilgan: 23460
So'nggi javob 08 Yanvar 2009, 07:22:52
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. So'nggi o'q (qissa)

Muallif shoirBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 276
Ko'rilgan: 90182
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 11:31:21
muallifi AbdulAziz
Tohir Malik. Ov (qissa)

Muallif shoirBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 107
Ko'rilgan: 39642
So'nggi javob 21 Noyabr 2009, 11:09:05
muallifi AbdulAziz