Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 91464 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 12 B


Munira xonim  22 Iyun 2006, 13:37:08

Vijdon azobi tinurmi?
Sevimli qizim! "Maktub" jurnalini o'qidim. Kechmishimni o'yladim.Bir jihatdan o'tgan ishga salovot dedim. Yana bir jihatdan meni qiynayotgan vijdon azobini yozib, ko'nglimni bo'shatay dedim.Qimmatli qizim! Men bu satrlarni gunohimning tashhiri uchun emas, erkak farzandlarimga saboq bo'lishi uchun bitmoqdaman. Bu sizga yoqmas, jurnalingizda yoritmassiz. Bu sizga havola. Bu nodonligim haqida qanday so'z bilan boshlasam ekan. Qisqasi, shunday:19 yoshimda, meni 4 yil kutgan Malak bilan unashtirildim. Bir fabrikada ishchi edim. U shu fabrikani mudiri Ismatbeyning qizi,ayni paytda o'sha yerda kotiba bo'lib ishlardi. U litseyni, men boshlang'ich maktabni tugatgan edik.Turmush qurdik. U men uchun kuyib-kuymanar, menga qattiq bog'lanib qolgan edi.Juda ham mehribon ayol edi. Askarlikdan qaytgach, menga qo'lidagi va bo'ynidagi tilla taqinchoqlarini berdi. Jag'lo'g'lunda attorlik  ollari do'konini ochdim. Ahvolim yahshilanib borardi. Lekin men hastalanib qoldim. Yil bo'yi Jarrohposha Tib fakultetida davolandim. Avf etasiz, hojatga borishimgacha hotinim yordamlahsardi... U ismi jismiga monand Malak edi. Men uchun yig'lamagan kuni bo'lmasdi... Qisqasi hotinim fidokor va jafokash ayol edi... Shunday qilib 26 ga kirdim. Sog'aydim. Farzandli bo'ldik. Qaytadan do'kon ishlari izga tushdi, yana ishlay bosh;adim... Hali aytganimday uni juda sevardim... Doimiy harodorlarimdan biri, 20 yoshlardagi Nasrin degan qiz bor edi. Men bilan suhbatlashishi juda ta'sirli taassurot qoldirardi. Avvallari:"La'nat bo'lsin, shaytonga", deb yurdim.Ikki yil unga bo'lgan munosabatimni bilolmay yurdim. Malagimga hiyonat qilolmasdim. Shayton ham bekor turmas, meni Nasringa qarab tortardi. Shunga qaramay kurashdim, ohiri Nasrin g'olib keldi.Oilali ekanimni bila turib meni o'ziniki qilishga urindi, bunga chora izladi.Men Nasrin bilan noqonuniy hayotimni boshladim.Uyga borganimda,hotinim menga yahshi muomala qilishi bilan injiqligim tutar, uni ezishdan zavqlanadigan odamga aylangandim. Malak hayron edi:
- Nima bo'ldi Ismat,- der,men esa yanada uni ko'proq qiynar edim. Qay tarafga bosh urishimni bilmas, arzimas narsa uchun uni do'pposlardim. Yillar o'tdi. Nasrin bilan oramizdagi harom va noshar'iy munosabat o'zini ko'rsata boshladi. Ammo Malak ishonmadi:
- Mening erim bunday ish qilishi mumkin emas, u meni sevadi,- deya mish-mishlarni yolg'onga chiqarardi.Bu qanday gapki,u menga bo'lgan ishonchi tufayli bu haqda mendan ham so'ramadi.Bu meni yanada ezardi... Bir kecha Nasrinning uyiga bordim. Uning uyiga kirishim bilan oyog'im sholga o'hshab qoldi... Yurolmadim. O'sha kuni uning uyida qoldim. Ertalab Nasrin kasalhonaga eltish uchun moshinaga chiqarayotganida meni qo'ltiqlab oldi. Amina qizim, shu yerda nima bo'lsam bo'ldim...qarasam qarshimda Malak turibdi. Men qotib qoldim. Malak ham shu holda edi. Bir payt Malak yiqilib tushdi.Zo'rg'a yoniga bordim. Odamlarning yordami bilan uni moshinaga mindirdim o'zim ham mindim.Qaysidir shifohonaga eltdim. Ammo g'isht qolipdan ko'chgan, Malak shol bo'lib qolgan edi, meni tanimasdi.Shifohonada bir oy yotdi. Chiqqach hotirasi qaytdi.Ammo meni ko'rishni ham istamadi. Majidiyaga tog'asinikiga ketdi. Qancha yolvorsam ham uyga qaytmadi. Bolalarga u-bu narsalar yuborib turdi. Uni ko'pyillar ko'rolmadim. Beldan pastini tutolmasdi. Hali ham shunday holda deb eshitaman. Yana oradan yillar o'tdi. Farzandlarimiz turmush qurishdi. Meni ko'rmaslik uchun to'yga ham kelmadi. Uni 23 yil badalida biror marta ham ko'rmadim. 23 yildan so'ng o'g'limning uyida ko'rdim. Koshki uni bu holda ko'rguncha ko'zlarim ko'r bo'lsaydi. Chokib keksayib qolgan. Dardu g'ami yuziga yozilgan, yuz bitiklaridan o'qilib, bilinib turardi. Meni ko'rgach:
- Keling, Ismat, ishingiz oqibatini ko'ring. Balki iftihor etib, o'zingiz bilan maqtanarsiz,- dedi. Tosh qotdim. U o'tirgan joyga qarab yurdim. Menga baqirdi:
- Qani chiqing, chiqib keting, bu yerdan chiqing, chiq...- deya yig'lab yubordi. Hozir o'g'limning uyida ekan, butunlay yotib qolibdi. O'g'limni ogohlantiribdi:
- Agar uni ichkariga qo'ysang, senga bergan sutimga rozi emasman! Hullas, Malak jon chiqar holda ham meni ko'rishni istamaydi. Nasrin tufayli Malagimga jahannam azoblarini soldim... Vijdon azobidan qutulolmayapman. Allohga:" Jonimni ol", deb yolvoraman. Lekin Allohga Malakka qilgan zulmimning hisobini qanday beraman.Nasrin deb vayron etdim Malagimni... Jigarim eziladi, quvuriladi... Amina qizim! Yozing, mening jirkanch ahvolimni, toki, shahvat deb oilalarini buzayotgan farzandlarimizga ibrat bo'lsin!Sizga yuragimni bo'shatdim. Jurnalda yoritmasangiz ham mayli,biroz tinchlandim.Hech bo'lmasa orqamdan tupuradiganlar topilar. Bolam yig'lab yozdim, qanday yozildi, bilmayman,hatoilarimni tuzatarsiz.Keyin Rajab o'g'limga jo'natarsiz... Jurnalni Malagimga o'qib berar, hech bo'lmasa 30 yil uni deb yig'laganimni bilar.Yozing bolam bu keksa kishini vijdon azobini yozing. Bu shunday vijdon azobiki, bundan ko'ra itday o'lib ketganim bayram edi. Qizim, vaqtingizni oldim, boshingizni qotirdim. Allohga omonat bo'ling. Meni duo qiling. Meni qanday davo tuzatishini bilmayman. Balki siz bilarsiz, men cholga yordam bering...

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Iyun 2006, 13:51:24

Aminadan javob: Muhtaram ulug'imiz! Og'amiz! Meni yig'latgan "doston"ingizni biroz qisqartirish bilan e'lon qilmoqdamiz. InshaAlloh, Malak honim ham o'qib sizni kechirar, kechirishlari ham kerak... Chunki bu qayg'u alamlar gina adovatlar bu dunyoda ham ohiratda ham foydasiz, aksincha juda zararlidir. Ham nechun avf etmasinlarki, Hazrati Oisha(r.a.)onamiz Rasululloh s.a.v.ni sevganlaridan ham ko'proq sevarmidilar.... Volidamiz o'sha buyuk zotni boshqa volidalarimiz bilan bo'lishardilar, shuni Malak honim ham bir o'ylab ko'rsalar yahshi bo'lardi.... Ko'rardilarki,bu u qadar jiddiy tus beradiganvoqea emas. Ha o'rtada Islom shuuri bo'lmaganda qilingan hato va hiyonat... ammo hatolarni hatto Alloh j.j. kechiradi, agartavba haqiqiy bo'lsa. Sizning hatoyingiz Islomiy yashamaganingiz va Islomni bilmaganingiz oqibatidir. Malak honim hamayni holdalar... Ular Islomni bilib yashasalar, Allohga taslim bo'lib bo'lsalar har yahshilik va har yomonlikni Allohga havola eta bilsalar edi, o'shanday mudhishlikka tushmasdilar.Hech bir narsaga kech qolinmaydi. O'limkelmasdan ko'p narsaga ulgursa bo'ladi. Siz pushaymonsiz, tavba qiling Yaratganga sig'ining... Sizni bahtli qila oladigan sabablarni faqat Alloj yarata oladi.Malak honim ham Allohga sig'inib, Alloh avf etuvchilarga va'da etgan mukofatga erishsinlar.

Qayd etilgan


Munira xonim  28 Iyun 2006, 12:20:44

Oh,Olmoniya sen meni kuydirding.

Komil bilan turmush qurganimizdan so'ng qiyin kunlarni boshdan kechirdik. Kichik bir honada qaynonam,qaynsinglim,hammamiz birga turar, tunlari shu honaning bizga ajratilgan honaga o'tardik.Mashaqqatli, og'ir kunlar edi... Bir nech oydan keyin homiladir ekanligimni bilgach, aqlimdan ozguday bo'ldim. Bu qadar kichik uyga, biror marta ham dasturhonga ikki hil taom topolmay turganimizda yana bir sherik qo'shilmoqchimi... Komil doim taskin-tasalli berardi."Alloh buyuk... bizning topganimizni topolmayotgan, bizdan ko'ra quyin ahvolda yashayotganlar bor,shukr qil,sabr qil..."Sabr etmoqqa holim bormidi! Tuzum yetishtirgan, ko'chalarda ulg'aygan qiz edim. Komil bilan istirohat bog'ida tanishdik, bir-birimizga ko'ngil qo'ydik,turmush qurdik. Ammo bu shartu sharoitlarni bilmas,uyimdagilarga ham biror narsa deyolmasdim.Chunki o'zim pishirgan oshni aylanib ham o'rgilib ham o'zim ichishim kerak. Farzandimiz tug'ilishiga uch oy bor edi.Bir dugonamning eri Olmoniyaga ishchi bo'lib ketganini eshitib,uyga yugurdim. Komil uhlayotgan ekan,shoshib uyg'otdim:
- Komil,turing,tez bo'ling!
- Nima bo'ldi, yov bosdimi?
- Ha, yo'q, ammo muhim gap bor...
- Yurakni siqmay,gapir tezroq.
- Zahro opani eri ishchi bo'lib ketibdi. Ertalab eshitdim. Siz ham borsangiz bo'lardi. Farzndli bo'lamiz, bu qashshoqlik, bu iztirobdan qutulaylik,-dedim. Men yiolvorganim sari u rad etardi. Hafa bo'lib g'am chekkanim tufayli o'ringa yotib qoldim.Holimga achindi. Bir kuni "ho'p" dedi. Ketvchilar ro'yhatiga yozildi. Ikki oydan keyin jo'nab ketdi.Bizga undan pul kela boshladi. Menga maktub yo'llab:"Uy olib sizlarni ham keltiraman", deb yozardi.Bir yil o'tgach biz ham Olmoniyaga ketdik.Qashshoq kunlarimiz barham topdi. Juda boy bo'lmasak-da, turmushimiz juda shirin, go'zal edi.O'g'limiz o'sib borardi. Ikkinchi farzandimiz ham o'g'il bo'ldi. Oradan 7 yil o'tdi. Yarim tun edi. Komil ishdan kelmadi. Bir joyga uchrab qolgandirda dedim. Telefon jiringlab, havotirli tovush eshitildi.
- Komilbey hozir shifohonada,- deb manzilini aytdi. Yo Alloh! Qanday gap, telba bo'layozdim.Tashqariga otildim. Go'yo yo'llar bitmas, zinalar ko'payib borardi ...Komilni menga ko'rsatmadilar. U og'ir yaralangan ertaga ko'rishingiz mumkin,- deyishdi va qilinishi lozim bo'lgan ishlarni aytishdi. Meni kasalhonada ham qoldirishmadi. To'g'ri uyga keldim.Tonggacha mijja qoqmadim.Bolalarga ahvolni biroz bo'lsa ham tushuntirdim.Lekin ularni shifohonaga olib bormadim.Ertalab o'zim bordim. Doktor yuzimga qarab umidsiz ohangda:"Erngiz o'ldi. Pastda morgda", dedi. O'sha paytdagi holatimni qanday izohlayin. Rabbim hech kimni bunday ko'yga solmasin.Hech kim bunday musibatni ko'rmasin. O'ngga-chapga chopib, morgni izladim.... Bir mutahasis nimani izlayotganimni so'radi. "morg" deyishim bilan meni Komilimni oldiga oilb bordi.Komilning ustiga yopinchiq tashlab qo'yishgandi.Qo'llarini esa ko'ksi ostidan bir biriga o'tkazib, chalkashtirib qo'yishgandi. Darhol qo'llarini yozib to'g'riladim."Bu musulmon, nasroniy emas",- dedim. Mutahasis menga qaradi. Chunki men musulmon ayoliga o'hshamasdim.Erimni ham menday bo'lsa kerak deb o'ylashganmi, unga nasriniycha munosabatda bo'lishgan.... Keyin Komilni kiyim-boshini keltirdilar.Qo'l ro'moli, paypog'i - hamma narsasi qon edi.Hamyonini ham berdilar, ichida pullari bor edi. Yana bir kishi mayda pullarni hisoblab hovuchimga qo'ydi. Men pullarni o'sha yerdayoq sochib tashladim. O'sha pullar uchun Komilimdan ajrab qolgandim.Endi bu pullarni nima keragi ham bor. Endi bu pullar yuragimni yoqadi, meni kuydiradi. Endi Olmoniya degan so'zni eshitsam, yoshlar erim pul topgani safarga ketyapti deyishsa, yubormang, shukr qiling, keyin menga o'hshab kuyib qolmang deyman. Hudo ko'rsatmasin, eringizga biron gap bo'lsa so'ng vijdon azobida Qiynalmang!

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Iyun 2006, 10:24:45

Onam va oilam meni haqli tark qildi.
Sizlarga ahvolimni qisqacha bayon qilay. Umid eturmanki, sizlar ibrat uchun yoshlarga yetkazgaysiz.Men vijdon azobi ichra huzursiz hayot kechirmoqdaman.Dardimni bilgan do'stimning tavsiyasi bilan "Maktub" jurnaliga yozmoqdaman. Men qilgan hatoni boshqalar qilmasin, deyman. Onajonim haqlarini o'tay olmadim.Men uchun o'zlarini o'tga cho'qqa urdilar. Meni Qur'on o'qish bosqichiga yo'llab, Alloh yo'lida yurishni istadilar. Menga dunyoning o'tkinchi ekanini anglatishga harakat qilardilar. Lekin men onaizorimning biror so'ziga e'tibor bermadim,qulog'imga olmadim,chunki otam tomonidan onamga dushmanlik tuyg'ulari bilan to'yintirilgan edim.Afsuski, qamoqqa tushib hatoyimni anglaganimga qadar onamni katta dushmanim deb bilardim. Lekin, g'isht qolipdan ko'chgan edi. Onamning yolvorishlariga qaramasdan 15 yoshimda turmushga chiqdim. Onam ogohlantirgan edilar:
- Qo'y, voz kech bu fikringdan,bahrli bo'lin ketolmaysan. Lekin men unga og'ir so'zni aytdim:
-Men voz kechsam, unga turmushga siz chiqasizmi? Farzand onaga aytishi mumkin bo'lgan so'zmi shu? Onajonim hafa bo'ldilar. Lekin ulug'lik ko'rsatib, meni avf etdilar. Oqibat esa onam aytganidek bo'lib chiqdi.Turmush zindon bo'ldi. Erim menga kun bermadi. Dunyo ne'matlaridan meni mahrum qildi. Men kun bo'yi uyga qamalib o'tirardim. Erimhatto qo'shilanikiga chiqishga ruhsat bermasdi. Sakkiz yil chidadim. Bo'lmadi.Ajrashdik. Onam:"Qizim, endi men bilan turgin, yonimda bo'l",- dedilar. Bu gal ham onamni tinglamadim. Bittasining yolg'oniga uchib,onamni tark qildim. O'sha ishongan kishimmen tyfayli mo'maygina pulni qo'lga kiritishni, meni islavothonaga sotishni mo'l qo'ygan ekan. Avval meni restaranlarga, ko'ngil ochadigan joylarga olib borib,ko'niktirmoqchi bo'lganini tushunmadim. Meni to'kin sochin hayotga, ko'p pul topishga o'rgatdi. Pulimiz tugagach esa mening imzom bilan ko'ppul topishimiz mukinligini aytdi.Bu qanday bo'lishini tushungach rad etdim. Meni qiynay boshladi. Avval oyoq qo'limni bog'ladi,keyin barmoqlarim orasiga qistirilgan qog'ozlarni yoqdi. Lekin bu bilan cheklanmadi va maqsadiga ham yetolmadi. Oylar o'tgach u jinoyat qildi va menga tahdid qilib o'ziga sodiq qolishimni talab qildi. Nihoyat harob bo'ldik.Hozir men shifohonada suyagimni davolatyapman. Onamga qilgan haqsizligimni tushundim.Uni naqadar ko'pqiynaganimni angladim.Onamning qadrini bilmadim.Lekin u zot meni kechirarmikin? Shuncha razilligimdan keyin ham avf etarmikin? Lekin qamoqhonada shu haqiqatni - dunyo ne'matlari o'tkinchi ekanligini angladim.Hozir faoliyatsizman. To'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi, Islomni o'rgatuvchi Ulug'ni topsam deyman. Allohga qaytishni, Allohdan va onamdan avf so'rashni istayman.Kechirilishni istayman.Yo'qsa umrim azob ichra o'tadi. O'lgucha vijdon azobidan qutulolmayman. Hozir o'lim to'shagidaman. Allohga yolvoraman, avfga sazovor qilmay jonimni olma deyman. Ha... to'g'ri yo'lni anglatgan onamni tinglamadim. juda kech uyg'ondim.Boshqalarning o'z vaqtida uyg'onishlarini hohlayman. Kichikligimda eshitgandim:"Jannat onalar oyog'i ostida!" Afsus bu hadisni qadri vaqt o'tib anglashilmoqda. Oqibatda men o'lim to'shagidaman. Onamva oilam mendan haqli voz kechdilar. Ikki farzandimga esa:"Yomon hotinni bolalari" degan tamg'a qoldirdim. Meni vijdon azobi o'rtaydi. Ammo hayotni orqaga qaytarish mumkin emas. Ahvolim tang, imkonim yo'q... g'oyat holim mushkul. Agar o'lib ketsam, mendan rozi bo'ling, aziz onajonim. Siz ham mendan rozi bo'linglar, bolajonlarim.

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Iyul 2006, 14:16:01

Bir qizning achchiq qismati.
Men 15 yoshimgacha Turkiyada edim.Olmoniyada opam bor edi,ishlardi,bolalariga qarashim uchun meni chqirdi. Ikki uch yil bolalariga qaradim. Yoshim 18 chiqdi. Meni turmushga berishni o'ylashardi. Men har doim Allohga:" Yo Rabbiy! menga hoji kishini nasib et",- deya duolar qilardim. U paytlar opam ham pochcham ham Islomdan hech narsani bilmas yoki bilsalar ham amal qilmas edilar. Men ham ular kabi yashardim.Turkiyada paytimda onamdan o'rganib namoz o'qir.ramazonda ro'za tutardim. O'sha paytlar ochiq edim,hech kim o'ranib yur demasdi.Meni jome'ga yuborishmasdi. Meni so'rab kelganlar bo'lardi,biri yahshi,biri yomon. Ya'ni yomon deganlar o'ziga bino qo'yganlar edi. O'zimni hali yosh deganim uchun turmush qurishni istamasdim. Yana bir gal sovchilikka kelishdi,opam meni ularga berdil;ar,men unchalik istamadim,ammo nomi hoji ekanini bilib biroz ilidim. Fotiha qilindim,ikki oydan keyin to'yimiz bo'ldi.Daslab yahshi yashadik,qizli bo'ldik. Qizim ikki yoshga kirdi. Yangi uyga ko'chib o'tdik. Qo'shnilarning ko'pi musulmonlar edi. Bir-birimiznikiga kirib-chiqib, bordi-keldi qilib turamiz. Men ham ularga o'hshab ro'mol o'rab yurishga qarorqildim. Erim avval janjal chiqardi. Boshimni o'rashim bilan urdi, kosa-tovoqlarni,billurlarni men tomon uloqtirib sindirar,o'zimni ko'chaga haydardi. Ba'zan uyga qo'ymas,qizim bilan yerto'lalarda tong ottirardik. Meni majburan boshyalang ko'chaga sudrab chiqardi. Ikki yil tinmay tayoq yedim. Ba'zan nafsidan aqli ustun turar, meni hech urmaganday tutardi o'zini.Yana homilador bo'ldim. "Agar o'g'il bo'lmasa, tug'ruqhonada o'ldiraman!" derdi. Men esa Allohga duolar qilardim."Allohim menga o'g'il ber,balki erim insofga kelar,jome'larga borar" deya yolvorardim. Undan yashirib namozimni o'qir,agar bilib qolsa,meni avf eting, boshimdan siyardi. Shukrki,bir o'g'il ko'rdim. Endi o'g'illi bo'ldik. Erim yahshi bo'lib qolar derdim, ammo aksincha yanada telbalashdi.Kechlari uyga kelmas,qahvahonalarda ichib qolar,qimor o'ynar, uyga biror ayolni boshlab kelib qolishidan juda qo'rqardim. Ramazonda biror marta ham uyda iftorlik qilganim yo'q. Qo'shnilarnikiga chiqardim.Bir qo'shnim bor edi,Alloh ulardan ming karra rozi bo'lsin,menga ko'p yordamlari tegdi.saharlik deganimiz mog'orlagan nonni suv bilan yarmini yeyish edi, yarmini o'g'limga qoldirardim,u hali kichik edi. Qizim 4 yosh edi, ba'zan o'zi ro'za tutar, ba'zan men tutishini s'rardim,chunki uyda baribir yeyishga hech narsa yo'q edi. Bir kuni iftorlik yaqin qolganida sho'rva qaynatdim, qo'shnimiz ham ovqat chiqargandi. Bolalarim bilan iftorlik vaqtini kutardik. Erim kelib qoldi, uyga kirib iftorlikni kutayotganimizni ko'rib qozonga sigareta kullarini,cho'plarnito'ldirib suprindi joyiga to'kib yubordi. Yana avvalgiday kosa tovoqlarni boshimga otdi, bizni ko'chaga quvdi. Bolalarimni olib qo'shimnikiga bordim, yangidan dasturhon hozirlandi,Alloh bergan nasibamizni yedik. Keyin barchamiz jome'ga bordik. OPam bu ahvolimni bilsa ham yordam bermasdi. Bu ham yetmagandek ustiga ustak:"O'zing pishirgan oshaylanib ham o'rgilib ham o'zing ich!" derdi. Erim qimorda yutqazib kelib alamini mendan olardi.Bir tiyin qoldirmas hammasini qimorda yutqazardi. Men o'ranganimga qaramay, bir ish topib ro'zg'or yuritish majburiyatiga qolgandim. Oyligimni olgan kun uyga kelib urib pulimni olardi. Sabr qilishga kuchim qolmadi. Polisga sim qoqdim,polislar keliberimga:"Yana hotiningni ursang uyingdan haydaymiz" derdilar. U:"Bo'ldi endi urmayman" deb qutulib qolar, ikki kun tinchlanar, uchinchi kun yana urishni boshlardi.Shu tariqa to'rt yarim yil o'tgach, yegan zarbalarim natijasida ruhiy kasalikka chalindim. U bo'lsa ishhonasidagi fotihali qizni yo'ldan urib u bilan yashay boshladi.Mahkama bizni ajratdi. Bolalar menga qoldi. Lekin keyingi Ramazonda umuman aqldan ozib,hammani bezovta qilibman. Jome'ga borib namozlarni buzibman. Qo'shnilar meni kasalhonga yotqizishdi. Bolalarni bolalar uyiga topshirishdi. Tilimdan hech Alloh kalimasi tushmasdi. Shu qadar telba bo'lganim holda tilimdan duo tushmasdi.Kasalhonada bir yarim oycha yotdim. Keluvchilardan eshitishimcha erim bilan juftakni roslagan o'sha qiz yana avvalgi unashtirilganiga qochib ketibdi.Kasalhonadan chiqdim. Bolalarimni olmoqchi bo'ldim,lekin berishmadi. Har oyning 21-kuni ularni ko'rgani boraman. Boshqa kunlar ruhsat berishmaydi. Ko'p orzularim bor edi. Bolalarimni bosqichda o'qitmoqchi edim, ularni munosib ustoz,imom bo'lishlarini istardim. Ammo... Endi biroz tinchman, namozimni istaganimday o'qiyman.Faqat bolalarim yonimda yashasa hotirjam bo'lardim.Ishlashga majbur bo'ldim. Istaganimday ro'molda ishga borib kelyapman. Oyda bir bolalarimni ko'raman. Bokira singillarim duolarida:" YO Rabbiy! Bizga hayrli, musulmon, Islomga amal qiluvchi, bizning ham amallarimizga to'sqinlik qilmovchi juft nasib ayla!" desinlar. Alloh duolarini qabul aylasin. Amiyn.
Olmoniya, Z.Y.N.K.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Iyul 2006, 13:32:16

Birgina "yo'q"ning oqibati.
    - Allo!Maktub jurnalimi?
    -Ha marhamat...
    -Qo'limga jurnalingizni avvalgi soni tushib qoldi,shuning uchun sizni bezovta qilyapman.
    - Qay jihatdan e'tiboringizni tortdi bey afandi?
    - Mening ham vijdon azobim bor. Yozishini yoqtirmayman,telefonda aytsam yozib olasizmi?
    - Albatta mathamat qilib ayting,sizni tinglaymiz.

- Men sotsialist oilaning o'g'liman. Bolaligimdan Islomni sahro qonuni ekanini eshtib o'sdim. "Alloh,Alhamdulillah" so'zlari bizning uyimizda eshitilmas,kim Allohga ishonsa undan nafratlanardik.Garchi o'sha zamonlar bizning uyimizda pinhon aytilgan "sahro qonuni" haqoratlari endi bu millatning oynayi jahonida rasman yangramoqda,bunga hech kim hech narsa demaydi, hamma beparvo.
- Ha,to'g'ri,haqlisiz. Millat sifatida uyushdik,balki,nasl nasabsiz bo'ldik. Ilgari islavothonalarda ko'rilgan manzaralar bugun uylarda tomosha qilinmoqda. Lekin:"Yuvosh otning tepkisi qattiq bo'lar" deyishgan ota-bobolarimiz. Azaldan arslonday bo'lganlar har holda bir kuni otchalik ishga yaramoqni biljaklar.
- InshaAlloh deylik,nasib bo'lar...
- Bir millatga o'z-o'zidan nasib bo'lmaydi...
- Haqlisiz da'vat zarur.
Tog'ri. Men mavzuga qaytay.Shunday qilib dinsiz sharoitda o'sdim.Namoz o'qiganni ko'rsam jahlim chiqar edi.O'zi dindorlardan nima istardik,hanuz tushunolmayman. Kichik zobit bo'ldim. Albatta,tajribasiz edim.Askarlarga buyruq berish menga juda yoqar,ammo men askarni so'kmadim,onasiga til tekkizmadim. Men boshqa ayb qildim.Juda katta ayb. Navbatchi kunimda bir yigit yonimga keldi. Yig'lardi. Ikki kun avval namoz o'qiyotganini ko'rganim uchun yuragimda unga nisbatan nafrat boridi.Unga g'azablanib qaradim.
- Gapir yigit nima istaysan?
- Kapitan, hotinim og'ir kasal ekan. Balki o'lim to'shagidadir. Meni yo'qlatganmish. Uch kunga ruhsat bersangiz,borsam ayolim shi shaharda, Zattunburnida.
- Jim-e! Ko'ppak bolasi! Askar avratni o'ymalaydi.Askarni yagona dardi bor,u esa - Vatandir!
- Ammo, afandim...
- Jim! E,seni afnadingga... Yigir bir soatdan keyin yana keldi.
- Kapitan siz bilmaydigan ishlar ham bor, javob bering, yo'qsa qochib ketaman.
- Sen-a? Senmi, hali meni qo'rqitadigan? Bor nafratim bilan butun qasdu qasosim,qasosim borday, shu o'chni olayotganday basharasiga musht tushirdim.Burnidan qon keldi. Go'yo vahshiy hayvonga aylangandim, hech marhamat tuymasdim o'zimda. Qonlarini arta-arta gapirardi.
- Qo'l-oyog'ingizni o'pay kapitan! Menga ruhsat bering.Mayli keyin o'ldiring,bu juda muhim.Ho'ng-ho'ng yig'lab yana so'zlardi.
- Ha-ha... shu yerga qoziq qilib qoqsangiz ham mayli,g'ing demayman.Faqat ayolimni Nurtanimni bir ko'rsam bo'ldi...
- Nima bo'ldi hotiningga ayt!
- Qo'lingizni o'pay kapitan, Rahmat so'g bo'ling, so'lashimga izn berdingiz, naryog'iga ham ruhsat berarsiz.Biz Nurtan bilan turmush qurganimizga iiki yil bo'ldi. Onam uni qo'yib qo'shnimizni qiziga uylanishimni hohladi. Men ko'nmadim. Ammo unga hiyonat qildim. qo'shni qiz bilan yurdim. Hotinim meni sevardi. Buni bilgach tamom bo'ldi. Ko'p yig'ladi. Keyin askarlikka, o'quv mashg'ulotiga olindim. Bu yerga tayinlanganimdan keyin kasalligini eshitib borib bko'rdim. Sarg'ayib so'libdi. "Meni aldamasligingiz kerak edi" dedi.Undan ko'p uzr so'radi. Ammo hafa bo'lgan. Hozir og'ir ahvolda kasalhonada yotibdi, uni ko'rishim kerak.Meni avf etishini so'rashim zarur.
- Bu sen itlarga hos ish! Yeganingni(...) men yuvaymi?Tag'in namoz o'qirmish.
- Yo'q namoz o'qiydigan man emas. arzimurlik Vadat. Lekin u menga juda o'hshaydi. Hizmatdoshlar ham bizni chalkashtirib yurishadi.  Ishonmadim. Zamondan ortda qolgan,qoloq yigit meni aldaydimi?Uning yig'lashiga erimadim,ko'nmadim. U tinmay:
- Kapitan namoz o'qishimni hohlasangiz namoz ham o'qiyman. Faqat ruhsat bering,qulingiz bo'lay,- derdi. Lekin ruhsat bermadim. BIr soatdan keyin askarlardan biri kelib achchiq habarni yetkazdi:
- Kapitan, kecha sizdan ruhsat so'ragan yigit joniga qasd qildi!
Dunyon qorong'u bo'ldi. Yigitning yoniga borganimizda o'lib bo'lgan edi. Uni so'nggi manzilga kuzatayotganimizda ham boshimni yerdan ko'tarolmadim. O'zimni o'zimla'natlardi. Oradan 30yil o'tdi... Hanuz vijdon azobi tinchlik bermaydi. Yi'glamagan kunlarim,ruhim jonim yig'laydi. Alloh meni avf qilsa, ohiratda, hamma namzolarimni savobini o'sha yigitga berishni o'ylayman. Zotan namoz o'qishimga ham u yigit sabab bo'lgan edi. Uning achchiq qismati, o'limi sabab... Bularning barini yozing,ho'pmi? Hmmasini yozing![/list]

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Iyul 2006, 11:15:23

Otamni ig'latdim.
Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman.
1984yil.
Unga tikilgan ko'zlarimni hech ololmasdim. Sahnaning eng oldida edim. Sahnaga chiqib quchoqlashmoq istaganlarga, ayniqsa yosh qizlarga to'sqinlik qiluvchi qo'riqchilarga, sahnada o'zlaridan ketgudek aralash-quralash raqsga tushyotganlarga ham qaramasdim. Qo'llari pianino ustida kezar, muhlislarini bor kuchi bilan jo'shtirar edi. Bir zum ko'imiz ko'zimizga tushdi. Uni qo'llarida gul bilan betoqat kutayotgan hushtorlari yonimda guruh guruh edilar. Ko'zim soatga tushib, hushim boshimda uchdi. Soat tungi 1.30ga yaqinlashgandi. Endi otamga nima deyman. Song o'z-o'zimga tasalli berdim. "Tinchlan, 40 yil ichida bir marta kech borsam nima bo'lsa bo'libdi",- degan gap esimga tushdi. U nogoh muhlislar ichida g'oyib bo'ldi. "Yana eshitaylik!Iltimos qilamiz!" - haqiriqlaridan keyin yana bir marta ko'rindi. U noz qilardi. Nihoyat soat tungi ikkiga yaqnlashganda men,opam,Tuyg'u,Monkaning mashinasiga minib uyga qarab yo'l oldik. Uchovi so'zlashardi."Bittasi pul berdiya! Narigi savdoyi kim ei? O'lgiday mast. Bor-e Umid deb turganimzda yaramas,ablahlardan biri..." Suhbatga qo'shilmasdim. Hayol surib borardim. "Ota-onam akam To'lg'ani olib bizni buvimga tashlab Olmoniyaga kelgandilar. Bir nech yil avval, bu yerga kelgach tug'ilgan ukamiz va ikki singlimizga qarash uchun bizni ham yonlariga olib keldilar. To'lg' butkul turklikdan bir olmon qiz bilan yashab bizdan butkul ajraldi. Bizni unutdi. Kop' siqilganidan onam ishdan bo'shadilar. Doimiy havo almashtirish maqsadida Turkiyaga va boshqa shaharlarga ketardilar. Doktorlar uni uzoq bir qishloqqa damolish uchun, sog'ayish uchun yuborishdi. Opam va men telba to'palonchimiz. Otam vazmin, kamgap inson. Narigilar halikichik. Ramazon oyidamiz. Ro'za tutish, uning muhimligini tushunish qayoqda! Egnimda tor jinsi, ustimda kalta charm kamzul, qulog'imda wolkmen... musiqa tinglayman, velosipedda kezaman. Bir kuni yahsil mersedes,34 raqamli, hozir kassetasini tinglaganim,tushlarimni zabt etgan sevimli kuychim - Umid Basanni ko'rib qotib qoldim. Kun kelib u bilan birga bo'lishga umid bog'lagan kishim. Ko'zlarimga ishonmasdim. Bu yerda qanday ishi bor ekan. Shitob  bilan kelgan mersedesga qarab qarab qo'yardim. Shoshib opamga telefon qildim. Qani endi ishonsa.
- Singlim, Umid, Umid deya uyg'oq holda ham uni tush ko'radigan bo'lib qolibsan,- deya kuldi. Jahli chiqb uyga qaytdim. Opam ishonmaganidan dugonalaridan so'ragani bozorga chiqib ketibdi. Shiddat bilan telefon jiringladi. Ko'p vaqtdan men bilan do'stlashmoqchi bo'lgan shilqim Bu'lat ekan. Men opamga aytgan habarni menga aytdi:
- Shanba kuni kansertga bormaymizmi?- deya so'radi yalinchoq ohangda. O'sha kun keldi. Otamdan qanday ruhsat olamiz? Yolg'on ishlatdik. Bugun ro'zador ekanimizni va Tuyg'u bizni iftorlikka taklif etganini aytdik. Bechora otam ishondilar. Me'yori bilan kiyinib, otam va ukalarimni tashlab shomga yaqin ketdik.Tuyg'ularnikiga kelganimizda hayajondan titrardik. Uning javonida ochiq va hashamdor kiyimlarn iolib kiydik, yuz-ko'zimizni bo'yab, pardoz andoz qildik. O'hh! Go'zal! Monkan mashinasida kelganini singnal chalib bildirdi. Darhol tashqariga otildik. Tuyg'uning otasi yo'q, onasi esa ishda edi. Shuning uchun uydan chiqb ketisgimiz oson bo'ldi. Jo'nadik. Bordik. Qornim ham piyozni po'sti bo'lib ketdi. O'rinlarimizga joylashgach, non orasiga solingan  to'ng'iz go'shti so'radim. Endiyemoqchi bo'lib turganimda yonimda Bu'lant paydo bo'ldi, ko'zlarini ko'zlarimga tikib:
- Uyal! Shunday muborak kunda tong'iz go'shtimi?Yeysanmi shuni? Ahir haromku!- dedi.
- Men senga o'hshab zamondan orqada qolgan odam emasman, roza ham tutmayman,- dedim. Umid Basan sahnaga hciqdi. Orziqib kutgan odamim shumi? Baqaloq,ko'rinishi o'ziga yarasha.Shumi meni sevganim? Qanday telbalik ekan uni sevmoq". Uyga keldik. O'ylashdan to'htadim. Moshinadan tushar ekanmiz,yuragim otilib chiqquday qattiq uarardi. Zinada opamga:
- Bas, bu - yolg'onlarimizni eng so'nggisi bo'lsin, - dedim. Zo'rg'a yurib borarkanman, yiqib tushguday bo'lardim. Soat ikki. Otam eshikdan qarab:
- Yo'qollaring kelgan joylaringga!Daf bo'llaring! Senlardaqa farzandlarim yo'q!- deya baqirardilar.Ranglari avval oqarib keyin sarg'ayib ketdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Iyul 2006, 11:51:54

- Ota hech narsa bo'madi. Saharlik qildik. Tuyg'u qo'yib yubormadi.,-dedik opam bilan barobar.
- Yolg'on gapirmang, telefon qildim, yo'q edingiz,- dedilar otam. Yolg'onimiz ham fosh bo'ldi.
- Ota eshikni oching, boshqa takrorlanmaydi!
Otam yig'ladilar.
- Uyalaman senlardan, nomus qilaman. Daf bo'ling! Bu shovqindan uyg'ongan ukam otami oyoqlarini quchib, bizni kiritishlarini yolvorib so'radi. Biz boshimizni eggancha kutdik.Eshik ochildi.
- Harom qotgurlar!Tfu! Otam yig'lab bizga qarab tupurdilar. Honamizga yugurdik. Ortimizdan ukalarimiz chiqib yohli ko'zlari bilan:
- Sizlar yomonsizlar. Otam mijja qoqmay sizlarni kutdilar.Sizlarni yomon ko'ramiz,jodugarlar! - deb chiqib ketdilar. Sekin yotog'imga kirdim. Yig'ladim. Pastda opamni segareta chekayotganini sezib turardim.... Men sevgi ahtarardim. Shu kech tomoshada tushundimki, Umid men izlaganim emas ekan. Bir yor istardim. Kuchli, quvvatli, har narsaga qodir, g'amu sevinchimda birga, mehribon. Tanholigimda ham birga,madadkor, yordamimga hamisa hozir suyukli bir yor istardim. Va nihoyat topdim.Istardimki, sevgilmni har kim bilsa,sevsa. Uni sevgan ko'pmi, ozmi,men Uni sevaman. Unga oshiqman. Marhamatli, mehribon,doim men bilan birga, har qachon har joyda madadkor Yaratgan Allohga oshiqman. Uni telbalarcha sevaman. Uni, Sevgilimni topdim. Uni sevaman, Uni sevganlarni sevaman!...
... Yana muborak Ramazon oyidamiz. O'sha o'tgan isyokor kunlarimni eslab, qayg'uga cho'maman. Hozir otam biz bilan fahrlanadilar. Shodmiz. Endi yurtimizdamiz. Bahtlimiz. Ayollar liboslarga o'ralgan, qo'llarda Qur'on! Tilda kufr yo'q. Qo'llar samoda, lablar, qalblar duoda. Hayajonda Allohdan mag'firat tilaydi. Ketmasin,tugamasin, deymiz, Ramazonni. Hayotimiz rahbari - Oliy Kitobimiz tark qilinmasin, javonlarda chang bosib qolmasin. Yana 11 oy Mavloga isyon bayroqlari ko'tarilmasin. Jome' o'rnida sartaroshhona ochilmasin. Go'zal Islom g'arib holda tashlab qo'yilmasin. Shu muborak Ramazon hurmatidan uyg'oning! Bedor bo'ling! Ogoh bo'ling! Islimni, uning saodatbahshliginiko'ring, biling, men bahtimni huzurimni undan topdim.Islomdan topdim mehr-muhabbatni, ishqi haqiyqiyni. Ey, honalarini fahsh va shahvoniy suratlarga to'ldirgan o'g'il-qizlariga indamagan ota-onalar! Farzandingiz o'sha botqoqqa botishini istaysizmi? Jirkanch filmlar tomosha qilishini, ular yomon yo'lga boshlashini istaysizmi? Dasturhonlar atrofida mast bo'lib o'ltirishini, Alloh bergan go'zla ovoz bilan shaytonni o'ynatmog'ini istaysizmi?Istamaysiz! Bolalaringizga egalik qiling! Rahbarlik qiling! Barchamiz Mavlo, Rsauli va Islomga ko'ngil beruvchi, Allohning shifosi - din yo'lida mujodala etuvchi haqiqiy qullaridan bo'laylik! Inshaalloh!

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 10:50:45

Chala o'tgan to'y.
Hayot juda murakkab. Bu chigallik ichida biz boshqalardan farqli ravishda Islomiy yashamoq istaymiz. Hilol va men ayrofimizdagi bu murakkablik ichidan o'rin oldik. Islomni anglagach, nimanidir o'rgangach, boshqalarga ham buni bildirishimiz bizga zavq bahsh etar ekan, odamlar bizni tushunlasdan qarashardi.Shulardan birini aytib bersam.
Hilo biznikiga kelganda shu qadar hursand ediki, uning hursandligi eshik qo'ng'irog'ini bosganidan ham bilinib turardi. Eshukni ochganimda bu yanada yaqqolroq ko'rindi.
- Yahshilikka bo'lsin, tinchlikmi, Hilol, nima seni bu qadar hursand qildi?
- So'rama, birodar, katta akamning to'yi bo'ladigan edi, Islomiy to'y bo'lishini hohlardim. Va'z, hadislar o'qilishini istradim.Fikrimni akmga aytdim. Darhol yo'q bo'lmaydi, dedilar. Akamga:" kelin siznikimi yoki to'yga keladigan erkaklarnikimi? Uni kelinlik kiyimida ko'rish faqat sizning haqqingiz. Yangamizni yot nazarlar saqlashungiz, to'ydan Alloh taolo va RAsululloh s.a.v. ham rozi bo'lishlari lozim", deb tushutirganimdan keyin, shukrki, rozi bo'ldilar. Sevinganimning sababi shu.
Endi uning hursandchiligi menga ko'chgandi. Ilk ishim bu hayrli ishi uchun Hilolni quchib tabriklash  va Alloh rozi bo'lsin deyish edi.
Ikkinchisi esa, to'yning boshidan ohirigacha rejasini tuzish , Ustoz honimlarni topib tayinlab qo'ymoq edi. Tanishalrimizdan bir-ikki voiza honimlarni  topib borib, biri bulan kelishdik va to'y kunini kuta boshladik.
Kutilgan to'y kuni ham keldi.Taklif etilganlar to'plandi. Salonda shovqin suron bo'lib, kelin kelganidan keyin tinchlanishi lozim edi. Kelin keldi. Kelinning tasattur(hijob)ga uyg'un kiyinishi mehmonlarni bezovta qildi. U yoq bu yoqdan e'tirozlar ahm eshitildi.
- Bunday bo'lishini bilganimizda kelmasdik.
- Huddi yosh qizni emas, tul hotinni kelin qilayotganday bular.
- Bularning ahvoliga qara, bilganimizda biz ham ro'mol o'rab kelardik.
Bunga o'hshash so'zlar aytilgach, yuragimiz siqila boshladi.Ammo sabr so'nggi salomatlik, deya jim bo'ldik. Shundan keyin voiza honim so'z boshladi. Lekin salondagi shovqin bosilmadi.
Honim va'zni to'htatib,jamoatdan tinchlanishlarini iltimos qildi. Jimlik ikki daqiqa davom etdi.Yana shovqin- suron...

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyul 2006, 11:14:59

...Bu orada Hilol voiza honimdan izn olib, jamoatga murojaat qildi.
- Muhtaram mehmonlar!Iltimos,jimlik saqlab va'zni tinglang. Bu yerda aytiladigan gaplar Alloh taoloning so'zlaridir!
hilolning bu iltimosidan keyin bir honim jo'rttaga sigara tutatib, salon ayollariday yurib, voiza honimning oldiga keldi.
- Bu qoloqlikni to'htating, endi hursandchilik qilamiz,- dedi.
Toqatimiz toq bo'ldi. Hilol chidayolmasdan:
- Jim bo'lishingiz iltimos qilamiz.Eshitishni istamaganlar tashqariga chiqib turishlari mumkin, eshitadiganlarga halaqit bermasinlar,- dedi.
Hilolning so'zlari tugar-tugamas o'sha hotin qo'lidagi sigarani bir tutatib, jamoatga yuzlandi:
- Sizlarni haydamoqdalar, nega hanuz turibsiz? Boshimizni ochgan bo'lsak, o'ynamozchi bo'lsak, nasroniy emasmiz-ku. Qani nega qarab turibsiz? Mana salonni men birinchi tark etaman,- dedi-yu, chiqdi ketdi.
G'alayon boshlandi. Hilol ikkimiz joyimizda qotib qoldik. Bir narsa deyolmas, qimirlolmas edik.Bilmadim o'shanda qanday nafas oldim, qanday yashadim.Shu g'alayon ichida to'y marosmi ham tugadi. Salon bo'shab, o'rtada to'y egalariga yaqin odamlargina qoldi. Kelin kelinlik libosida va bizlar hammamiz tik oyoqda turibmiz. Barchamizni sukunat qurshagan...
Bu jimlikni Hilolning ko'z yoshi va titroq ovozi buzdi.  U kelinoyisini quchib yig'lardi:
- Qanday bo'ldi?!Nima qilib qo'yishdi? eng bahtli kunni yo'qa chiqardilar, Buzdilar. Rozi bo'ling, yanga!
Yangasi ham Hilolga ko'zyoshlari biulan javob qildi:
Hafa bo'lmang, muhimi to'y emas,Allohning bizdan rozi bo'lishi.Vazifamiz Uning amrlariga itoatda bo'lish.Biz bunga harakat qildik.G'ayrat ko'rsatdik.Inshaalloh, Rabbimi qabul aylagay,-dedi.
Endi Hilol, yangasi, men va o'sja yerda kim bo'lsa - hammamiz yig'lardik....
Qilingan haqsizlik,sovugan to'y, haqiqiy banda emasligimiz, ko'rinmas iplar bilan bog'langanimizga yig'lardik....
Oradan yillar o'tdi...
Lekin o'sha to'y voqeasita'siridan hali hanuz qutulgan emasman.Qachon to'yga borsam, ko'nglimda qandaydir achchiq tuyg'ularni his qilaman. Va men borgan har to'yda bizning o'sha to'yimiz esimga tushadi. Ko'zyoshlarim ichimga oqa boshlaydi. Ularni ichimga oqa boshlaydi...

Qayd etilgan