Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 91465 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 12 B


Munira xonim  26 Iyul 2006, 11:52:53

Ayol faqat erkakning...vositasi, bundan tashqari kezsin, to'zsin, o'z ko'ngilhushligini qilsin, faqat erkak bilan hech bir aloqasi bo'lmasin(o'zholiga qo'ysin). Ilgariroq mehr-muhabbat va hurmatni eshitib turardim. Takliflar doim ko'p bo'lardi,lekin bu safar qarshimda jonli isbot turardi. Bu erkak bial ko'rishgib suhbatlashdik. Ammo ko'p o'tmay Anqaraga qochishga qaror qildik. Qarorni amalga oshirishdan oldin onamning oldilariga bordim. Qaytib kelgunimcha erim bilan qaynonam hammasidan habar topishibdi. Onamnikidan qaytganimda meni uyga qo'ymadilar. Keyinchalik qarorlarini qanday o'zgartirishgan bilmayman. Qaytib uyga joylashdim. bir narsa deyishmadi. Bolalarim yoniga qaytgach, "sevgilim"bilan aloqani uzdim. Erim tobora boyib oliy tabaqaga aylanib borardik. Erim nima qilishim bilan ishi yo'q. Men uning nomusiga dog' tushiradigan harakatlar qilganimda ham loaqal bir musht urmadi. Yana hozirgi uyimizdan kattaroq uy qurmoqchi bo'ldik. Yangi olgan zamonaviy jihozlarimiz yangi uyimizga sig'masdi. Modomiki boy ekanmzi,uyimiz ham boylarnikidek bo'lishi,o'zimiz ham boylarday yashashimiz lozim edi-da. Bu voqeadan keyin ho'jonalar tomonidan ikki yil bezovta qilinmadim. Ko'rinishdan bahtli yashardik. ammo men bahtiyor emasdim. Mas'udlik ahtargan, bo'shliqda tebrangan bir ayol edim. Insonlar menga yahshilik qiladi, deb ko'rsatgan eshikka kirib, saodat ahtarar, balki baht shu yerdadir, deya o'ylardim.O'sha paytlarda nega qarshimdan bir musulmon chiqmadi?Musulmonlar boshlarini tuyaqushga o'hshab qumga tiqib pinhon saqlasharmidi? Sen musulmon edingmi, deb so'raganlarga javobim shu savoldir: erini aldagan ayol musulmon bo'ladimi?Komil iymonli musulmon ayol menday ish tutarmidi? Yangi uyimzini pastki qavatiga joylashdik, ustki qavati bo'yoq qilnardi. Bir kuni erim:"Bo'yoqchi mening tanishim,Erto'g'on,juda ham nomusli inson, uyga kirib tursin, taom ber", dedi. Nomusli emish, qaysi nomus haqida,kim gapiryapti? Yana aytaman,nomus tushunchasi shariatdan tashqari bo'lsa, ayniqsa ayolhususida hech kim nomusli emas. Mo'min esa nomuslidir. Erto'g'on nomusli bo'lsa, keyingi hayotimda ta'siri bo'larmidi? Nomusli bo'lsa yolg'iz ayoldan taom talabida honasiga kirarmidi? Nomus emish...

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyul 2006, 12:23:29

Bo'yoqchi bilan birga.

Erto'g'on menga begona bo'lsa-da,uning oldida bemalol harakat qilardim. Hushovoz bo'lganim uchun ko'p laparlar aytardim. Erto'gon ham tepada ularni tinglab meni tabriklardi. Ko'pincha uning yonida bo'lardim. Oqshom erim kelgach, suhbatlarimizn unag aytardim.Bir tomondan yangi qo'shnilarimiznikiga chiqib turardik. Ko'pdan tanish muallimlarnikiga borib kelardik. Qo'shnilar bilan shanba kuni yig'ilishga kelishgandik. Bu yerda yana bir o'zgarish bo'ldi. Bazmlarimizda shampan ichardik. Raqs, musiqa, ichkilik... Hayotimiz shu bo'lib qoldi. Bunda erkaklar ko'zga yaqin ayollarga ko'z qirini tahslashar,ularni ahtarishardi. Ayollarning qaddi basti chiroylisini bozorga solishni monini ko'ngilhushlik qilib qo'ygandik. Shunday yig'inlarni birida ho'jonani eri bioaln uy egasi bir-birlaridan behabar menga ko'z qirlarini tashlashdi. Nega bunday muomala qilishadi derdim,lekin ochig'ini aytolmasdim. O'z-o'zimcha o'ylardim, hotinlari shunchalik go'zal bo'la turib nega menga o'ralashmoqchi bo'lishadi?Bir necha kun o'tmasdan muallim ham ho'jona ekanligini bilib qoldim.Bozorga chiqqanimizda o'zini juda sirli gap aytgandek tutib:
- Shu savdigar senga oshiq, sen bilan bo'lish uchun borlig'ini sovurishga tayyor,- dedi. Endi bu soz'larning ma'nosiga yetardim. Nima desa desin, qabul qilmadim. Chunki Erto'g'onni sevardim. Erimdan ko'rmagan sevgi uhun undan intiqom olaman, deb o'ylardim. muallimning hotini ham yosh ho'jona edi. Juda go'zal, menga o'hshab ikki bolasi ham bor. Lekin izlagan mas'udligini u ham topmagandi. Ruh islomiyatni bilmagani uchun, o'ziga ozuqa ahtarardi, bo'shlqi nima bilandir to'lishi kerak-ku ahir. Bu yo'l ho'jonalikka to'g'ri keldi. Shu yerda hatoyimda jirkanch sanaladigan birinchi taklifni aytdi.
Alloh taoloning amrlari kichik ko'rinib, ha endi nima qipti, deyish yomon yo'lga kirib ketishga sabab bo'lishi mumkin. Masalan, ayol erkak birga o'tirishi, uylarning ichki tahsqisiga uyg'un bo'lmasligi kishilarning erkagu ayol, o'g'il va qizlarning hayotini tahlikaga qo'yadi. Havf sari eshik ochilgan bo'ladi. Ko'ngilhushlikka o'ch ayollar, erkaklar yomon yo'lga kirib ketganligini sababini shunday suhbatlardan ko'rishmoqda-ki,bu ham aralash o'tirishning oqibatidir. Bir-biridan ko'ngilochar joylar to'g'risida har hil qiziqarli, jalb etuvchi hikoyalarni eshitishni hunuk oqibati ekanini o'zalri aytishmoqda.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Iyul 2006, 12:37:57

Shuni alohida takidlash kerakki, oshanday joylarga tushib qolgan menday ayol ham buni qabul qilolmayman. Turkiyada yashovchi Allohning halifasi maqomidagi insonlar ham bunga mas'uldirlar. To'g'ri tushuning, hozir sotilgan hotin qizlarning ko'pi musulmonlar. Bularning ismlarini aytmoqqa uyalgan kishilar bunday hotinlar o'ynagan filmlarni o'g'il-qizi,hotini bvilan tomosha qilishmoqda. Shuni unutmaylikki, barchamiz bandai ojizmiz, yomon yo'lga tushib qolgan ayollarga ham barchamiz javobgarmzi. Ahir ularga islomni yetkazdikmi?Ularning yomon yo'lga kirib qolishi Alloh taolo va Uning amrlarini bilmasliklari uchun emasmi? Povilyo'nlarda, uchrashuv yo'llarida... Yoshlar filmlarda o'ynamoqda... Bizning o'z farzandidan behabar musulmonimiz endi mundoq qarasa, kechagina povilyo'nlarning "g'unchasi" bungun film "guli" bo'lib, o'g'il qizi unga muhlis bo'lib turibdi. Ularning osib qo'yilgan rasmlariga maftun bo'lib yuribdi. Va bu holga o'sha musulmon ota-ona hech narsa demaydi. Boy musulmonlar muhtojlikdan shu yo'lga kirib qolgfan ayollarga o'zlarini javobgar bilmaydilarmi? Er-hotin kelishmovchiligi, qaynona,qanysingilning kelindan erga tinimsiz shikoyatlari, erning hotindan sovishi, hotinning eridan noroziligi.... Qaynota qaynonaning kelinni choriday ishlatishni hohlashi.. Ayolga hayvonga nisbatan ham pastroq ahamiyat berilishi... asosiy sabablardan biri. Moddiy tomondan qiynalishi esa yana bir sabab.
Davomi bor...

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Iyul 2006, 08:19:53

Bir kuni telefon jiringlab qoldi. Olsam, qarshimdagi poviyo'n ho'jayining uyiga o'g'ri tushib uni o'ldirib ketganligi haqida habar berishdi. Hayajonlandim. Janozasi Shishli jome'sida o'qiladi, deb aytishdi. O'sha kuni hech birimiz ishga bormadik. Shimda, boshimga dastro'moldek ro'molni "o'rab" janozaga bordim...
Jome'ning oldi odam bilan to'lgan. Gulchambarlar ko'pligidan tobut ko'rinmasdi...yig'lashmoqda...men ham yig'ladim. Ammo nega yig'lardik?Tirikligida jome'lar haqida aytgan so'zlari yodimga tushdi. Jome'larni Turkiyadan yo'q ailish degan odam, endi o'zi yo'q bo'lib, jome'dan ko'tarilib,pastga qora yer tagiga ketmoqda edi. Holbuki, bu odam o'zi egalik qilgan uchrashuv uylarining oldida ichkilikka to'la stolga qo'yilishi kerak. Bu odam hotin-qiz sotib shunchalik ko'p pul topgan-ki, bu boylikka yan qanchadan qancha uchrashuv uylari qursa bo'lardi. Jome'larga duhsman bo'lgan bu odamning nufuz qog'oziga har qalay "musulmon" yozilsa ham musulmonlikka dushman bo'lgan bu odamni janozasini o'zi egalik qilgan uchrashuv uyidan ko'tarishga g'urur tuyamiz deyish kerak edi. Umrida jome' ichiga kirmagan, tashqarisidan ko'rishi bilan kufr keltirgan odam endi jome'dan ko'tarilayotgan edi. Juda ahmoqona ish. Imom jamoatga o'girilib:"Bu qanday odam edi?" deb so'radi. Odamlar bir ovozdan:"Yahshi odam edi!" debovoz berishdi. Nimasi yahshi edi? Uni qaysingiz yahshi bilardingiz? Yuzlab ayolni bozorga solgan, qancha ayollarning oila buzgan,necha-necha bolalarni yetim qilgan odam yahshi deyilmoqda.Janoza namozidan keyin qabrgacha ergashib bordik. Men umrimda birinchi marta janozani va mozorni ko'rmoqda edim. Mayitni tobutdan olib, lahadga qo'yib,ustiga tuproq tortdilar. U yerda ham Imom duo qildi. Gunohlariga mag'firat tiladi. Hamma qo'zg'olib qabristondan ketishdi. Mening dunyoyim vayron bo'ldi. Men ham bir kun o'laman...

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Iyul 2006, 08:44:52

Dugonalarimizdan birini:"Muqaddas uch oyga yetib keldik, keling jome'ni aylanamiz",- degan taklifini hammamiz qabul qildik. Ayyub Sulton Hazratlarining qarorgohi bizlar uchun doimo tohtash joyi edi. Bir kecha Markaziy jome'da bir hofiz Qur'on o'qiyotganda shunday ta'sirlandimki, qancha yig'laganimni bilmayman. Qadr kechasida birinchi marta chalaroq namoz o'qidim. Endi Allohga duolar qilar edim. "Meni bu hayotdan O'zingga qaytar" deya yolvorardim. Ahd qildimki, hech bo'lmasa juma kunlari ichkilik ichmayman va ishlamayman. Yana bir kun Ayyub Sulton Hazratlarining eshigidan kirar ekanman, bir ayolning kitobfurushdan:"Qur'onning turkchasi bormi?"- deb so'raganini eshitib qoldim. Hayajonlanib:"Qur'onning ham turkchasi bo'ladimi?_-dedim. Kitobfurushga uchradim. Kitoblarni bo'sh vaqtimda o'qiydigan bo'ldim. Ichkilikni tahslashga qaror qildim. Bo'lmadi. Lekin vaqti bilan tashlashimga ishondim. Ishdan keliboq g'usl qilar, yodlagan duolarimni o'qir, ora sira tasbeh o'girardim. Povilyo'n ayollarining ichida ham Ramazonda ishlamaydigan, namoz o'qiydigan bir oy do'stlarini ham qabul qilmaydigan bor. Me'roj Qandilli yangi jome'ga bordim. Chiroyli kiyinib o'ranib oldim. Jome;dan ichkari kirishim bilan yosh qizlar o'tirganini ko'rdim. Musulmon bo'lib ilk marta shulardan iliqlik ko'rdim. Menga ba'zi narsalarni tushuntirdilar. Birinchi va'zni Timurtosh Hojadan tingladim. Va'zdan shunchalar tas'irlandimki:"Yo, Rabbiy! qachon qutulaman",- deya yolvorardimTimourtosh Hoja Barot - gunohlar kechirilish kechasi, qilinadigan tavbalar haqida biroz va'zqildilar. Va qanday gunoh bo'lsa ham qayta qilmaslik sharti bilan tavba qilinsa Alloh taolo kechiruvchi ekanini, Allohdan umidi yo'qlar kofirlar ekanini ham bildirdilar. Ohirat va o'limni yangidan anglatdilar. Endi yangi davra ichiga kirgandim.

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Iyul 2006, 09:17:39

Ramazonda ro'za tutib so'ng ishga borsammikan yoki ishni tashlasammikan? Shu yillar ichra ahtarganim Rabbim ekan, oqibatda Rabbimni topdim. Rabbim meni botqoqdan qutqarmoqni iroda qildi. Jome'dan chiqqach hayqirgim keldi:"Hoy halq!Allohga qayting! Chunki Undan boshqa sevilgan, marhamatli, avf etuvchi yo'q!" Lekin hayqirolmasdim. Oradan ko'p o'tmay ishlay olmasligimni angladim. Ish joyga borib hayr ho'shni joyiga qo'yib o'sha chirkin hayotga vido aytdim. Hayotimning eng go'zal yillarini bag'ishlaganim shu jaholat uyini tark qildim. Mashaqqatlarga, iztiroblarga to'la hayotim yillari ortda qoldi. Kelgusi yillarimni esa Allohning izni bilan bir mo'minday kechirmoqchi edim...
O'zim haqimda so'z tugadi. Aslida aytganlarim, shubhasiz, anglagansiz, faqat o'zimgagina emas, hammamizga balki, butun jamiyatga oiddir. Mening qaytishimga ba'zi voqealarning ta'siri va Alloh (J. J) imtihoni va intiqomi ham bor edi. Bular qaysi deysizmi? Hozir aytaman...
Izmirda mahkama yonida o'tayotib, bir to'p odamga ko'zim tushdi. Yaqinlashdim. Yerda qo'l oyog'i shishgan, yuzi tanib bo'lmas holga kelgan bir ayolni ko'rdim. O'z-o'zimch abu ayolni qayerdadir ko'rganman deb o'yladim. So'ngra ovozidan Izmir ko'ngilochar pavilyo'nlaring yagonasi,deya tanilgan Mehribon ekanini bildim. Taniy olmas darajada kaltaklangandi. Kaltakdan yuzlari yara dog' bo'lib ketgandi, uni hech kim ishga olmadi. Bakirko'yda kasallarga libos va yeguliklar olib borardimYana bir kuni borganimda,shunday ayollardan biri, mashhur san'atkori - Salma telba holda keltirilgandi. U suhbatdoshlar orasida uy buzuvchi deya nomlanardi. Alloh undan intiqomini olgan buzgan oilalari uchun tirikligidayoq jazolanayotgan edi. Keyinroq uni ruhiy kasalahonada deb eshitdik....Oramizda juda boy ayol bor edi. Do'konu mashinalrini sonini hech kim bilmasdi. Uyi antiqa ashyolarga to'la edi. Bir kuni turmushga chiqmoqchi,keyin Olmoniyaga ketmoqchi ekanini bildik. Qutulmoqda deya sevindik. Keyin bilihimizcha,o'sha kishi uning hamma mollarini sotib, huquqiy jihatlarini men yuritaman, deb o'zlashtiradi. Olmoniyaga ketish uchun tayyorgarlik ko'radi. Mu'nihga kelganida o'sh aodam:"Sening pasporting va ruhsatnomang shu yergacha yahshi qol!" deya jo'navoradi. Ayolni orqaga qaytarish uchun polismenga odam yuboradi. Hotin o'sha yerda aqldan ozib, ruhiy kasalhonaga tushadi. Shifonadan chiqqanida uni ko'rdim. Juda cho'kib keksayganday bo'lib qolgan, aljirab tilanardi.... Aytadigan narsalar ko'p... Yana bittasini aytayin. Boy lekin o'lguday ziqna bir dugonamiz turmushga chiqmoqchiligini aytdi. Har doimgiday hammamiz sevindik. Uylanadigan kishi uning barcha mol dunyosini o'zining nomiga o'tkazadi. Dugonamiz bizga boyligini Amerika tomonlarda sohil bo'yidagi uyga joylashtirganini aytdi. O'sha oqshom uyga boradilar. Kuyov undan oldin kiradi,dugonamiz kirsa,uning oldida bir kelin o'tiribdi.Dugonamiz kuyovdan :
- Buning bu yerda nima ishi bor? Bu kim? - deb so'raydi.
- Sening nima ishing bor? Bu yer mening uyim, bu mening erim,- deydi kuyovdan oldin. Dugonamiz o'sha yerda aqldan ozadi. Ko'chaga chiqib yiqilib qoladi. Yurdosh fuqoralar uni Bakirko'lga eltishdi. Alloh taolo bandasini bandasiga sabab qilib intiqomini oladi yoki oldiradi. Albatta buni aql yuritganlar biladi. Bu ayollarning na dunyosi go'zal, na ohirati... Ikkisi ham harob..

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Iyul 2006, 09:45:28

Duolarimda u yerda bo'lgan ayollarning qutulishlarini so'rab, allohimga yovoraman. Allohga sig'inib kechmishimdan tavba qilaman,avf qilib shu kunlarga yetkazganiga shukrona aytaman. Bu sarhush, telba dunyoda biror dardsiz odam bormi, deb so'raymiz goho. Endi bizni diqqat bilan tinglang...
"dardsiz odam bo'lmaydi". Biz buni bilamiz, siz ham bilasiz. Lekin dardiga sabru qanoat qilgan dardli esada yanada huzurli bo'lgan insonlar ham bor. Bu huzur qanday qo'lga kiritiladi? Dardli holda mas'udlik qanday mumkin bo'lur? Qancha odamlarni ko'rdik, ro'molhasi dog' bo'lganiga yig'laydi. Yana necha insonlarni ko'rdik, jufti o'lgan, o'zi saraton kasaliga chalingan, lekin ko'z yosh to'kmaydi. to'ksa ham bildirmaydi, oyoqda turib sabr qiladi.Biri ro'molchasining kiriga,paypog'ini ipi uzilganiga yig'lasa, nega ikkinchisining ahvoli tang bo'lsada siqilmaydi, buhron kechirmaydi? Sababi nima? Nogoh dunyoda hamma narsasidan, yaqinlaridan ayrilib, yolg'iz qlgan qariya ruhiy kasalhonaga tushadiyu, huddi shunday ikkinchi qariya qanday qilib tushkunlikka tushmaydi? Ajabo! Unashtirilgan yigiti tahslab ketgan yosh qiz yomon yo'lga kirib aqlidan ayriladi-yu, huddi shunday boshqa qiz nechun aqli hushi, irodasi,nomusini yo'qotmasdanhayotini davom ettirmoqda? Narigi qizning joniga qasd qilishiga sabab bo'lgan voqealar nima uchun bunisiga ta'sir qilmagandek? Farzandsizlikdan bir ayolo'z joniga yetti bor joniga qasd qiladi-yu, boshqa shunday ayol bunday yo'ltutmaydi? Hotinidan mukammallik talab qilib bir er o'z uyini tark qiladi, hunday boshqa erkak esa turmushini buzmaydi?Unga nima taskin beradi? Savollarimiz tuganmas...tugamaydi ham. Nechun insonning uyi, mersedesi, hotinlari, yeyishi,kiyishi, har narsasi yetarli, mo'l bo'lgani holda u hushbaht emas. U dunyosini, o'zini anglayolmaydi, behayo filmlardan huzur oladi. Balki buzuqlik iskanjasidan o'zini qutqarolmaydi. O'ziga hos mustahkam fikri yo'q. hayoli oshqozinida va yengil yelpi o'ynab kulishida. Go'zal ayol ahm hazin, go'zal bo'lmagani ham. O'z-o'zicha dardsizman degani ham hursand emas....

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Iyul 2006, 10:13:07

Ha, albatta barchamiz dardlimiz. Hammamiz nedandir hafa bo'lib, nedandir yig'laymiz. Kunlik hayajonlar, bahsu taloshlar, masalalar negadir huzur bahsh etmaydi. Ajabo, nimafdan hafa bo'lib, nimadan yig'laymiz?Ba'zi bo'y yetgan qizlar,o'tirib qolishidan qo'rqadi. Talaba o'qish ohirida sinov daftariga yomon baho tushib qolishidan. Uy bekasi juftiga turli yeguliklar qilolmagani, mehmonlarga katta dasturhon tuzatolmagani, taklif etilgan joyga yangi kiyimda borolmaganidan armonda. Ota-onasiga osiy qiz po'rim bo'lolmagani, uyidagilar tushunmayotganidan yo'lini yo'qotib ne qilishini bilmaganidan pinhon ko'z yosh to'kadi. Cho'loq va ko'r kishilar ham jamoatga qo'shilolmay hijolatlanib, dard chekadilar.Shirkat sohibi ishlar ilgarilishini, yana shunday bir shirkat tuzishni,ishchilar cho'ntagidan qanday urib qolishni o'ylab dardlidir.Bankda million puli borlar ham buni qanday qilib ko'paytirishni o'ylab dardlidirlar. Filmda ishtirok etgan aktyor rolining qanday chiqqanini o'ylab dardlidir. Eng kam ish haqi oluvchi ishchi kechqurun uyiga bo'sh qo'l bilan borolmasligini o'ylab dardli. Hullas, har kim o'zicha bir sabab tufayli dardli. To'g'ri tushuning va so'zimizga e'tibor berib,quloq soling. Biz dardsiz inson bo'ladi demoqchi emasmiz. Dardli bo'lgani holda tasalli topa oladigan, insonlar ham borligi haqiqat ekanligini aytmoqchimiz holos. Boshqa tomondan Islom yo'lini, malhamini taqdim etmoq istagimizni aytmoqchimiz. Inson o'zini Allohga butunlay topshirishi oson kechmaydi. Buning uchun vaqt va ilm kerak. Allohga qaytmoq jamiyatda yanglish aks ettirilmoqda. "Tonggacha uhlamaydi, ovqatlanmaydi, oh chekadi" kabi tushunchalar bor. Islomiy yashash - solih amal qilish,gunoh qilmaslik,gunoh qilsa tezda tavba qilish. Keyinroq tac\vba qilarman deb o'zini chalg'itmoq emas. Muhtaram birodarim! Shuni unutmaylikki, Allohga qaytmasdan aslo huzurga erishib bo'lmaydi. Dard inson uchundir, inson bir quvvatga tayanmasa huzurli bo'lolmaydi. Quvvat bo'lishi lozim. Allohga suyanmoq, Uni sevmoq naqadar go'zal tuyg'u. Bilaizmi, inson har doim bu tuyg'uni himoya qilolmasa ham vaqti vaqti bila shu tuyg'u ichiga kiradi. Ko'rinki, Allohdan qochganlar,Allohdan uzoqlashganlar bu tuyg'uni tanimaydilar ham. Bu - ne yoziq, ne achchiq qismat...

Qayd etilgan


Munira xonim  27 Iyul 2006, 10:29:16

Sozning muhtasari maqbul deyishiadi. Qisqasi shulki, inson Allohga qaytmaguncha - ibodat qilmaguncha ruhiy farog'atga aslo erisholmaydi, aslo g'am-andu, qayg'u - g'ussalarda qutula olmaydi. Dardli birodarlarimizga shuni tavsiya qilish bilan hamdardmiz. Niyat - Alloh rizosidir. Bomdodga tur, tahorat qil, namozingni o'qi birodar! Keyin quyosh chiqqunicha tasbehda bo'l. Alloh senga bergan 24soatning bir soatini Unga bermoqdasan. Ko'pmi? Tilni ishlatmasdan,ovozsiz, butun vujuding bilan Alloh,Alloh, Alloh de... Har Alloh deganingda qalbing yumshayotganini his qilasan. Bu o'lchov INSON uchundir. Shuni aytishim kerakki,qalbingizdagi barcha butlarni, tog'utlarni, shirklarni uloqtirib,ko'nglingizni tiozlamasangiz, Islomni bir butun holda qabul qilmasangiz, istagancha tasbeh o'giring foydasizdir. Avvalo Islomning barcha amallarini qabul qilmoq shartdir.Besh vaqt namozni hech ahm o'tkazib yubormang. Bu orada katta kichik gunohlarga yaqinlashmang.  Bu vaqtni Allohni tanishga Islomni o'rganmoqqa sarf qil. Ba'zi bechoralardek, ziddiyatli, murakkab,qarama-qarshi ahvolga tushib qolma. Islomni bilim bilan atni. Dardingni Islomdan nafi tegadigan va senga va'z ayta oladigan kishilarga ayt. Islomning dardi bilan dardlanki, o'zingni dardlaring o'zingga dostron bo'lib kelsin. Agar Islomning duhsmanlarining qiliqlaridan hafa bo'ladigan bo'lsang, oyoq kiyimingni yo'qligi senga dard bo'lolmaydi. chunki aqling va dilingda boshqa dard bo'lur. Yana o'sha tavsiyamizni aytamiz. Allohga komil ishonmaguncha, Allohni sevmaguncha, Unga suyanmaguncha, Unga qaytmaguncha, ohiratda sevganlar bilan birga bo'lishga ishonmagincha bir so'z bilan aytganda DIYONAT bilan yashamaguncha iztiroblardan qutula olmaysan!!!
Tamom...
Sizga manzur bo'ldi deb o'ylayman.
POVILYO"NGA QANDAY TUSHIB QOLDIM! Bu muslima ayolning hayotini o'qindingiz.
Sizga qanday ta'sir qildi.Balki olgan hulosalaringizni biz bilan o'rtoqlasharsiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  29 Iyul 2006, 08:56:59

Joynamozda yig'lagan qiz.

Litseyning so'nggi sinfida o'qir, yotoqhonada turar edim.Tavhidni anglashdan va Islomdan uzoq, shaytoniy istakalr og'ushida, zavq shavq va ko'ngilhushliklar ichra kechayotgan hayotimning yoshlik davri edi. Ha, hanuz ISlom bilan tanishmagan va tanishtirilmagan edim. YAngi yil kechasiga bir necha kun qolgandi. Barcha tengdoshlar hayajon ichida. Biz ham dugonalarimiz bilan bozorga borib, o'sha kun uchun Alloh taoloning ming bir ne'matlarini oldik.Oqshom bo'lmasdan stollarni hozirladik:charos, pista, kurka, sharob, sharbat, mevalar va hokazo. Kiyinib, bezanib degandek...tayyorlandik. Ulakn bo'lma o'quvchi va muallimlar bilan to'ldi.Hamma bir-biriga hadyalar berar. bir qismi ovqatlanish, bir qismi raqs tushish bilan band edi. Bizlar bir-birimizga hadyalar berish va raqs tushishi uchun turdik. Bu orada men izn olib yotoqhonaga chiqdim. Honaga kirib hayratdan qotib qoldim.Shaytonga qullikni rad etib, Allohga qullik qilishga erishgan,opppoq liboslarga o'rangan hamhonam joynamoz ustida yig'lab duolar qilardi. Honada hech kim yo'q.Yaqinl;ashib nima uchun yig'layotganini so'radim.
- Pastad hamma ko'ngilhushlik qilayotganida nima uchun sen yig'alb o'tiribsan?
- Dugonajon, meni yig'latgan narsa shu, sizlarni holingiz emasmi? Biz nima qilyapmiz? Biz uchun bu kunning nima ahamiyati bor?G'arbga taqlid qilishdan boshqa narsa emasku bu,- deya javob berdi.
Men o'shanda bu so'zlar ma'nosini o'ylamadim. Hamhonamni shu holda qoldirib, pastga tushib ketdim.Shaytoniy musiqalarga muvofiq, hayvonga o'hshab tepinib o'ynadik. Tonggacha shu holda "ko'ngilhushlik" qildik. Oshanda musulmon edim.... faqat endi musulmon ekanimni his etayotgan edim. Endi Allohga taslimiyatning shukriga erishgan dorulfunun talabsiman. O'shanda hayo va nomusdan yiroq edim. Yangi yil kechasiga tayyorlik qilganlarni, bozorda archa sotilayotganini ko'rishim bilan honada hamhonamni iztiroblar ichida yolg'iz qoldirib, joynamzoda yig'lab o'tirganidn kulib, birga yig'lamaganim uchun endi vijdon azobida qovrilib azob chekmoqdaman. Botil kechaga tayyorlanadigan yosh qizlarimizni o'ylashim bilan azobim yanada ko'payadi. Yana bir yangi yilo'tkazdik. Yana necha kishi yig'ladi ekan? Necha kishi yig'lash kerak bo'lgan holda kuldi ekan.Men kabi vijdon azobini tortmadan uyg'onishlarini Allohdan so'rayman.

Qayd etilgan