Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 91509 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


Munira xonim  02 Avgust 2006, 11:11:27

Avval yashamagan ekanman.

oilamiz to'rt kishidan iborat. Uch opa-singil va onam. Otamizni kichikligimizda yo'qotganimizdan buyon tirikchilik tashvishi hammasi onam zimmasida edi. Hayotda Allohdan boshqa hech kimi bo'lmagan onam bizni turli qiyinchilik, kurash va mashaqqatlar bilan o'stirib, ulg'aytirishga harakat qildi. Opamiz kichik yoshda turmush qurib ketdi. Men bolaligimdan magazinda hisobchi yordamchisi va sotuvchilik qila boshladim. Qisqa vaqt ichida Mahmudposhsho muhitiga moslashishga harakat qildim.  Bu yerda tijorat nomi ostida nimalar bo'lmaydi deysiz. Qizlarning ham seplari, ham nomuslari talon taroj qilinadi. Bir necha magazin egalari farzandi tengi qizlarni yo'ldan urib, har hil muomalalar qilar va ularni o'z ahloqsizliklari yo'lida bir buyumga aylantirardilar. Qay birlari qochib qutulardilar, qay birlari uylarini, nomuslarini boy berib, uning-buning moli sifatida qorin to'ydirish va giyohvandlik savdosi bilan ovoralar. Bugun Istambulda ayollarning ishlashini quvvatlagan beylar zimdan hozirlangan bu tuzoqlarni ko'rmasdan iqtisodiy erkinlik bo'lsin, deya na'ra tortadilar. Ha, qansdayligi noma'mlum ishlarda ishlash ayolga bir miqdor iqtisodiy huzur beradi, ammo huning barobariga, balki ko'proq ayollik hislatlarini yo'qotadi-ku! Men u yer bu yerga o'tib nima qilishimni bilmay yurardim. Sharoitni ko'rib qochishni ham, bulg'anmoqni ham istamasdim. Erkaklar bilan erkin munosabatda bo'lardim. O'zimcha madaniy hayot kechirardim. Ulardan biror narsa yuqtirmas, ular qilayotgan ishni qilmas,lekin buni inkor ham qilmas edim. Ularga bir narsa demasdim. Ularning ishi, ularni ahloqsizliklari menga meyoridegidek tuyula boshlagandi. Shunday ahloqsizlik oqimida o'zim bo'lishim bilan birga singlimni ham da'vat etardim. Mendan to'rt tosh kichik singlim onamning qistovlari bilan Qur;on bosqichlariga yuborilgan edi. Singlimga sal tepadan achinibroq qarardim. O'zimcha uni bu dunyo zavq;aridan bebahra deb o'ylab, uni bu holdan qutqarmoq choralarini izlrdim. Bir kuni onamning tug'ilgan yurtiga ketgani, uyda yo'qligidan foydalanib bosqichdan chiqarib oldim.
O'z ta'birimcha uni qutqargan edim....

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Avgust 2006, 11:32:09

Hanuz o'zini yangi deb harakat qilgan 13 yoshlik singlim o'zgacha hayrat ichida edi. Bu holidan foydalanib uni kinoga, teatrlarga,ko'rgazmalarga olib borardim. Istardimki,u ham mendek hur yashasin, diniy ishonch panjaralarini parchalab yoshlarday madaniy hayot kechirsin. Men yoqlayotgan yoshlar madaniyati nima edi? Ko'chalarda diqqatni tortuvchi kiyimlarni kiyish, yigit qiz aralash quralash yer depinib tonggacha o'ynashmi? Yoki cho'milish joylarda yarim yalang'och cho'zilib, beorlik cho'qqisini egallashmi? Yoki asl maqsad nima ekanligini bilmay qo'llariga kitob jurnal ushlab o'zlarini o'qimishli qilb ko'rsatishmi? O'zini haqiqtga bag'ishlamoqchi bo'lgan singlimni men ana shunday vijdonsizlar " madaniyati" moli bo'lishga undar edim. Bugun shu satrlarda yozayotgan vijdonsizligimni o;sha vaqtda basir ko'zlarim bilan ko'rolmagan edim. Men orzuyimni amalga oshirishga ulgurmadim. Singlim Allohning madadi bilan onam tarafidan Islomga ko'ngil qo'ygan yigit bilan unashtirildi. Qancha urinmasamda,singlimni qo'ldan chiqarib qo'ygan edim. Singlim oramizdan ketgach, onam bilan birga qoldim. Onam o'z dardlari, man o'z tanlagan yo'lim bilan edim. Bir tashkilotning halq raqslari bo'limida raqqos edim. Bu tashkilotni tuzganlar ko'proq siyosatni, kommunizmni targ'ib tashviq qilishar edi. Va shu tafaylik qamoqda ham yotib chiqqan yoshlar edi. Hammamiz "zakovatli" yoshlardan bo'lganimiz bilan fahrlanar va har hafta minglab odamlar o'rtasida raqsga tushar edik. Bu jamoatda bir "madaniyatli" akamiz men bilan o'zgacha munosabatda bo'lar edi. Soatlab davom etgan suhbatlarda dinsizlik emlashini o'tkazar edi. Va albatta meni "tuzatmay" qo'ymasdi. Zaif ishonch ozgina turtkidan qulaydi. Ular o'ziga tobe'qilish uchun qo'llaridan kelganini ayamasdi. Bir Ramazon oyida ularning hech qaysisi ro'za tutmagn holida, men ro'za tutdim. Lekin ulardan uyalganimda buni bildirmadim. Kechqurun uyga qaytishda madomiki shubhada ekanman nega tutdim deb ro'zamni buzdim. Va tug'ilgan savol javoblar ichida qolib, chorani o'z-o'zimdan qochmoqda ko'rdim.Qancha qochmay quyilib kelayotgan savollarga javob topa olamas edim. Ma'lum bir nuqtagacha kelar, u nuqtadan o'ta olmas edim. U nuqta nima edi?

Qayd etilgan


Munira xonim  02 Avgust 2006, 12:00:17

Shunday o'ylar ichida yorganimda.o'l;imga Hakimo'gli Ismoilning "Ilmlar, sharhlar va izohlar" kitobi tushib qoldi. Tezda o'qib chiqdim. Tug'ilgan savollarimga yangi yangi javoblar topa boshladim.Bir Qudrat borligiga ishona boshladimki, hayotim va yashashim boshqacha mazmun kasb eta boshladi. Bu tuyg'ular bilan to'lishib borar, bu to'lishish esa hali men bilmagan hidoyat sari boshalrdi. Endi uyg'ongandim,lekin atrofimdan voz kecha olmasdim. Na ular meni tark etishar va na men ualrni. Ishonchimga ko'ra yashay olamsligim meni iztirobga solardi. Qochgim kelardi. Qochdim, atrofimdagilardan, men bilgan hamma narsadan qochdim. Rabbimga, meni yaratgan, menda hisob so'rovchiga sig'inib bordim. U meni kutib oldi, menga dadillik, kuch, madad va yordam berdi, Natijada men din dushmanlari qarshisida arslonga aylandim.Bu gal ular mendan qochdilarEndi boshqacha huzur va halovat ichida edim.Rabbimni bilmasdan avval hech yashamagan eknman. Uni bilganlar, topganlar, amriga itoatda bo'lgan qatoridaman. Uning yo'lida yashashni istiqbol atadim. Uning yo'lida bo'y ko'rsata boshladim. Islom bilan sharaflagani, hayotimga mazmun, tot-lazzat tinchlik hotirjamlik, huzur halovat bahsh etgani uchun Allohga beadad shukrlar qilaman. Zotan, shuning o'zi baht saodat emasmi? Ilgarigi ahyotimda shular bormidi?Lekin o'tgan hayotimni, singlimni yo'ldan urmoqchi bo'lganimni o'ylasam, o'sah vijdonsizlik azobini yuragimdagi olov, ko'zimdagi qaynoq yoshlar bilan so'ndirmoq bo'laman. Har kuni o'zimdan so'rayman: agar qutula olmasam edi, Rabbim najo bermasa edi, ne hollarga tushar edim? Ahvolim qanday kechgan bo'lar edi? Hali to'la qutulishga ulgurmagan, hanuz ko'zlarini kattaroq ocha olmayutgan birodarlarimga uyg'oning deyman...

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Avgust 2006, 08:42:34

Zaif e'tiqod.

Bolli kuyu - muhiti og'ir bo'lishiga qaramay, manzara jihatidan Izmirning eng go'zal joylaridan biri. Dengiz, mahmonlar, narigi tomondan Qarshiyoqaning bir bo'limi uzoqdan juda chiroyli ko'rinadi. Bolli kuyuning old tomoni Dibekboshining ustki tomonida joylashgani uchun Qozifa qal'ada kechadigan yoshlar hayoti G'arbga moyil va zaif. Qa'a restaranlarida, go'shalarida behayolik odat sanalgani uchun shu ahvolga mos o'sayotgan yoshlarni ko'plab uchratasiz. Uch yarim yil avval, Bolliko'yda yashaganimzda Diyorbakrdan menga tengdosh holam biunikiga mehmon bo'lib keldi. Tengdosh bo'lgani uchun ismini aytib murajaat qilaman. Oisha - o'rta bo'yli, sariqqa moyil, ko'zga yaqin tartibli muhitda tarbiyalangan, biroz siniq,lekin oqko'ngil yahshi qiz. O'sha paytlarda juda o'rangan holda kiyinib yuruvchi diniy mavzularda sobit fikrli, tariqatga bog'langan qiz edi. Fursati bo'ldi deganda kitob o'qirdi. Kitob o'qishni sevgani holda, diniy bi;limi yuksak emasdi. U diniy mavzularga muhabbatli, men esa, aksincha Islomdan nafratlanar edim.Diyorbakirga borganimda ham bahslashardik. Lekin bir fikrga kelolmasdik. Biznikiga kelganda ham bahslashardik. Bir-birimizni o'zgartirishga qat'iy harakat qilardik. Fikrlarini yoqtirmasamda, o'zini juda yahshi ko'rardim. Lekin pardo'zi ustiga chorshaf yopiganida yoki sharf bog'laganida unga ham achinardim, ham qoloq deb o'ylar va uni bu holdan qutqarolmaganim uchun hafa bo'lardim. Oishani tendoshlarim bilan tanishtirdim, o'zga jamoatlarga olib bordim. U hafratlanadigan mavzulardagi kitoblarni o'qishni qulaylashtirdim. Oisha biznikida bir yarim oy qoldi. Ketishidan bir ikki kun oldin (endi fikrlarimga, harakatlarimga e'tiroz etmas,lekin yoqtirganini ham bildirmasdi):"Ketishimdan oldin esdalik cuhun suratga tushayli dedi". Rozi bo'ldim. Tayyorlandik. Butunlay o'ranmozchi bo'lganida, buning o'rniga jaket kiyishni maslahat berdim. Ikkilandi. Ko'ndirishga ko'p urindim. Surathonaga jaket bilan keldi....

Qayd etilgan


Munira xonim  11 Avgust 2006, 09:04:22

Endu hursand bo'lishim mumkin edi. Men o'zimni g'olib keldim,den hisoblardim. Rasmhonada boshini ochib, pardoz andoz qilib suratga tushishini iltimos qildim, ko'ndirdim. Lekin suratga tushib bo'lgach, bo'yoqlarni yuvib, boshini o'rab oldi. Men sevindim,u pushaymon bo'ldi. Juda bezovtalandi. Ikki kundan keyin Diyorbakrga jo'nab ketdi. Ma'lum vaqt hat yozishib turdik. Maktublarida ba'zi jihatlarda o'zgarganini yozardi. Men bu o'zgarishlar nima ekanini tahmin qilib sevinardium. Lekin afsuslanmas, vijdonim qiynalmas edi. Oradan ma'lum muddat o'tib, Rabbimning menga hidoyati nasib etdi va mening fikrlashimda o'zgarish yuz berdi. Oisha bilan yozishmalarimiz bir yarim yildirki to'htagan edi. Diyorbakrga bordim. Bu gal men Oishalarnikida qoldim. Lekin u juda o'zgarib ketgandi. Uylariga kelgan erkak mehmonlar kelsa, boshi ichiq holda ularga hizmat qilar, ravoqqa chiqar, faqat tashqariga chiqqandagina o'ralar edi. Ichim sirqiradi, pushaymon bo'ldim, chunki uning bu holiga men sababchi edim. Bir kecha o'tirib suhbatlashdik, unga pushaymonligimni, unga nisbatan nohaqlik qilganimni aytdim. Islomni anglatmoqqa harakat qildim. Bo'lmadi. Qaytishdan qo'rqardi. Teskari ahvol... Ilgari men uni Islomdan uzoqlashtirish uchun yomonlagan bo'lsam, endi Islom go'zalliklarini aytib qaytishi uchun yolvorardim.Diniy kitoblar o'qitdim,lekin foydasi bo'lmadi. Izmirga qaytgach, tez-tez hat yozdim. Lekin javob bo'lmadi. Nihoyat maktub keldi:"Maktublaringda dindan so'z ochma, chunki nima deb javob yozishni bilmayman. O'zgarishimni o'ylama".
Hulosa qilib aytamanki, Oishaga qilgan haqsizligim va bu hol qarsgisidagi vijdon qiynog'idan hech qachon qutulolmasam kerak.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Avgust 2006, 18:38:57

Jazo.

Bu yer Eski shaharning eng sokin joylaridan biri. Ko'chamizda ko'p mutavoze' kishilar yashaydi. Bu ko'cha boshqa ko'chalarga o'hshamaydi. G'iybat, mish-mish bu yerda yo'q. yo'qsillarga yordam qo'lini cho'zib, ko'ngillarga nur bahsh etgan shu ko'chada o'sdim. Oilamiz ham Islomiy yashadi. Zotan, bu ko'chada ochiq-sochiq yuradiganlarni o'zi yo'q. Har kim o'z holicha Islomiy yashashga harakat qilardi. Men uyimdagilarni va mahalladoshlarimni juda yahshi ko'rardim. Ular sof ko'ngilli odamlar edi. Ayniqsa Usmon bobom juda oqko'ngil kishi edilar. O'sha paytlar 6yoshlik qizcha edim. Hali ro'mol o'ramasdim. Usmon bobom boshimni silab:"Sening isming Amina! Qanday go'zal ism!Rasululloh s.a.v.ning onalarining ismi. Agar boshing o'rab yursang shu ismga munosib bo'lasan",- derdilar. Boshlang'ich maktabni bitirdim. Boshimni o'ragan, namozimni o'qirdim. Uyimdagilar meni Imom Hatib Litseyiga yubormoqchi edilar. Lekin men Anqaradagi A.G.Litseyida o'qib hamshira bo'lishni orzu qilardim. Bu yerda I. X. L.ga olishmagani uchun o'rta maktabga kirdim. Maktabni boshimni ochmasdan bitirdim. Uyimdagilar bundan hursand bo'lishdi. O'zgarmasligimga qat'iy ishonardilar. Va meni Anqarda yotib o'qishim uchun ro'yhatdan o'tkazdilar. Lekin ko'chamizdagi barcha qo'shnilar borishimni istamasdilar. Islomni tark qilib, kufrga kirib ketishimdan qo'rqardilar. Va mening sevimli Usmon bobom uyimdagilardan yubormasliklarini iltimos qildilar. Uyimzdagilar esa:"Unga ishonamiz, Inshaalloh, o'zgarmas", dedilar. Usmon bobom:"Unday demang, biz 20asrda yashaypmiz. Bu zamonda o'zgarganlar shu qadar ko'paydiki,huqsi barcha yoshlarga urmoqda",- dedilar.Usmon bobom menga ham ko'p yolvordi. Ammo menda hamshira bo'lish istagi avj olgan edi. Usmon bobomga o'zgarmasligimni, aynan Amina bo'lib qolishimni aytdim. Mening borishga istagim qat'iylagini bilgan Usmon bobom meni yig'lab-yig'lab ogohlantirdilar:"Ehtiyot bo'l, Amina! Aslo o'zgarma. Seni botqoqlikka boshlamoqchi bo'lganlarga aslo aldanib qolma", dedilar.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Avgust 2006, 18:56:38

Anqaraga ketarkanman, qo'shnilarim bilan ko'zda yosh ila hayrlashdim. Maktabda o'qishni boshlaganimdan beri na boshimni ochdim, na namozimni qoldirdim. Avvalgiday edim. Kechalari tomosha qilish uchun TV bor edi. Lekin men tomosha qilmas, diniy kitoblar o'qir edim. Ikkinchi yilimning avvalgi ikki oyi ham shunday o'tdi. Bir kuni hamma TV tomosha qilib o'tirar edi,men esa bir burchakda kitob o'qir edim. Bir erkak ovozidan cho'chib tushdim.
- Yolg'izmisiz, yoningizga o'tirsam bo'ladimi?- dedi. Asabiylashdim.
- Yo'q, bo'lmaydi,- dedim va boshqa joyga borib o'tirdim. Bu yangi yosh muallim edi.Yana yonimga keldi.
- Noto'g'ri tushunmang, diqqatimni tortdingiz, o'qiyotganingiz diniy kitob har holda. Mening ham dinga muhabbatim va aloqam bor,- dedi. Yumshadim.Chunki dindan so'z ochgandi. Men, erkak bilan yolg'iz taqiqlanganini,kitobni berishmni aytib ketdim. Ertasi kun shanba edi. Dam olish bo'lgani uchun tashqariga chiqqandim. Yana o'sha muallim yonimga keldi. Kitobdan biroz o'qiganini, juda yahshi ekanini aytdi. Men bu yarda yolg'iz qolishimiz man etilganini aytdim.
- Go'yo maktabda begona muallimlar bilan bir yerda bo'lmagandaysiz-a,- dedi.Nima deyishimni bilmay hayron  bo'lb dovdiradim.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Avgust 2006, 19:25:12

Keyingi kunlarda muallim menga darslarda sinovlardan yordam beradigan bo'ldi. Bu ahvol menga yoqmasdi. Shaytoniy fikrlari bilan ta'sir qilishga harakat qilardi. Islomga yaqinligi bilan ham meni hayron qoldirardi. ajabo, Islom yanlishmi? Yoki shayton? Bilolmasdim. Menga erkak bo'lmagan joyda boshni ochib yurish mumkinligini aytardi. Erkak bo'lmagach ziyoni yo'q deb o'ylardim men ham. Dugonalarimning orasida boshimni ocha boshladim. Namozlarimni ham sekin-sekin kamaytira boshladim. Diniy kitoblar o'rnini TV egallay boshladi. Endi maktabda boshimni o'ramasdim. Tashqarida esa chala-chulpa o'rardim.
Ro'molimni yarimyorti o'rab, dugonalarim bilan tashqariga chiqayotganimizda, ular ahzillashib:"Qo'polliging qolmadi qolmadi-da. Zamondan ortda qolding",- deya kamsitishar,lekin men ularga quloq solmay o'ranardim. Bir narsalarni pichirlab kulishardi.
Har doim katta ko'chadan ketardik, bu gal jin ko'chalardan aylanib o'tishni istadik. Ko'chaga kirganimizda bir dugonam boshimdan ro'molimni tortib oldi. Hayron bo'ldim. Qanday qilib bu o'yinni avvaldan sezmadim. Ro'molini ikkiga bo'lib qo'limga tutdi. Bo'lganicha bo'ldi. Qayg'urdim. Ammo dugonalarim shunday ham qanchalar go'zalsan, deya meni ovuntirdilar. Menda iymon bo'lganida maktabga qaytardim,lekin men iymonimni oldirgan edim. Men ikkinchi o'yindan behabar borardim. Ular meni istirohat bog'iga boshlab borishdi. Sakkiz qiz bo'lganimiz uchun ikki stol atrofiga joylashdik. Har stol atrofiga to'rt kishidan o'tirishi kerak bo'lgani holda bizning stolga uch kishi, narigisiga besh kishi joylashishdi.Ko'nglimga boshqa narsa keltirmasdan:"Nega ular siqilishib bizning yonimizda bir joyni bo'sh qoldirishdi", deb o'yladim va so'radim. Ular:"Mehmonimiz bor",deyihdi. Mehmon o'sha olg'ir muallim ekan. Hayron qoldim. Bu yerga kelishimizdan qanday habardor bo'ldi ekan?Mening bundan habarim yo'q, dugonalarim qaydan bilishadi?Kayfiyatim buzildi. Bog'da aylanib kelganimizdan keyin ikki sherigim bir bahona qilib turib ketishdi. Orqadagi stolga qaramasdim. Qaramoqchi bo'lganimda muallim gapga tutib qolardi.Yo'lini topib qarganimda dugonalarim yo'q. Ikkimiz yolg'ziligimizdan, oqshom tushib qolganidan bezovtalandim.Ular ketib qolganini bilganimdan keyin jahlim chiqdi. Va shu holda muallimga tikildim.

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Avgust 2006, 19:42:33

- O'h-ho', qachon ketishdi ular, gapga berilib ketishganini ham bilmay qolibmiz,- deya safsata sota boshladi. Jahl bilan:
- Yolg'onchi! deb baqirdim. Qayergacha yugurib borganimni bilmayman,faqat yig'lardim. Maktabga borish yo'lini bilmasdim. Taniydiganim faqat shu shayton muallim edi. Har tomonda mast alastlar tentirab yurishardi. Muallim meni maktabga olib borib qo'yishini aytdi. Faqat yo'l ustida uyiga kirib bir narsani olishi kerakligini aytdi. Ilojsiz rozi bo'ldim, boshqa yo'l yo'q edi.Yo'l bo'yi gaplashmadik. U uyiga kirib ketdi,lekin soatlar o'tsa ham-ki chiqmadi. Men muallimning oilasi bor deya, ichkariga kirishim zarar bo'lmaydi deya fikrladim. Ichkari kirishim bilan birdan eshik bekildi. Qo'rqib hushimdan ketdim. O'zimga kelganimda, badbo'y hid taralar, ichkilik ichilgani bilinib turardi. Yugurib chiqdim. Endi nima qilaman?O'ylay boshladim. Kezinar ekanman, bir kutubhonada "Maktub" jurnaliga ko'zim tushdi. Oldim, o'qidim. "Vijdon azobi" rukni yoqdi. Yozishga qaror qildi va mana yozyapman. O'qiganlarimga qaraganda, ba'zilar, botqoqlikdan qutulib, Allohga qaytganini, huzurga, oydinlikka erishganini bildim. Men esa aksincha oydinlikdan botqoqlikka tushib yo'q bo'lib borardim. Endi nima bo'ladi? Uyimga qaytolmayman. Otam menday farzanddan voz kechadi. Onam shol bo'lib qolgandi.
Oh, Amina! Qaydasan?Endi o'rningda fohisha Amina bormi? Oh, Usmon ota! So'zingizni tinglasam edi. Bu holga tushmasam edi. Oh, ota! Meni o'ldirsangiz edi, bu yoqlarga yubormasangiz edi. Avvalgi Aminangiz yo'q endi. Sevimli Aminangiz o'zgarganini ko'rsangiz edi. Islomiy o'rnak qiz edi. Endi zinokor, ovro'palashgan ayollarga o'rnak bo'luvchi Aminaman. Koshki ismim Amina bo'lmasa edi, unga dog' tushirmasam edi!

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 13:03:43

Hayotimni barbod qilgan hato.

O'zing asra, Allohim! Hayajondan yuragom to'htab qolguday...Shu ortada nafas rostlab, keyin borayin, bu holda uni ko'rsam bo'larim bo'ladi, deb o'yladim.Shunday hayajonda edim. O'sha kunlar qanday go'zal edi!
Qishlog'imizning fe;l atvori eng go'zal qizga oshiq bo'lgandim. "Allohning amri bilan" deya uni otasidan so'ratdim. Otasi:"U esi yo'q Allohni bilarmidiki, Allohning amri bilan unga qiz so'rayapsiz. Ichkilikni nima qildi?- debdi. Birinchi borishimizdayoq bermasligini aytibdi. Men Alifni ololmasligimga ichkilik sabab bo'lishini bilganim kechasiyoq ichkilikni tashladim. Ikkinchi, uchunchi, beshinchi marta so'ratishimizga qaramasdan, Alifning imom otasi:"Allohga hiyonat qilgan qizimga ham hiyonat qiladi.Bunday aroqho'rga qizimni berolmayman", debdi. Chidolmasdan Alifga hat yozdim."Sen Allohdan qo'rqmaysanmi Alif?Men sen uchun o'lib tamom bo'lyapman, hanuz ishonmaysanmi?"dedim. U esa hatni o'qib ortga qaytaribdi. Hat olib borgan elchiga:"Hafa bo'lmasin, qancha qancha sevishganlar bir birlariga yetishmasdan yashab ketishgan, u ham yashaydi. Turmush qurishimiz mumkin emas, endi bu ishdan umidini uzsin", debdi. Bu habar meni toqtimdan ayirdi. Hayolimga ilk kelgan narsa - o'zimni o'ldirish bo'ldi. Ammo darrov hushimni yig'dim. Men Alifga erishishim krak edi. Reja tuzdim,uni olib qochmoqchi bo'ldim. Darhol unga habar berdim. "Aslida o'sha telbani men ham sevaman, lekin turmush quriolmaymiz, otam buni hohlamaydi. Qochish rejasini esa o'lsam qabul qilmayman", debdi. U ham meni sevardi. Qochish fikrini tutib oldim. Bilardimki, imomning qizi ham meni sevadi. Unda ham ko'nsil bor, ahir. Men uchun yer yuzida faqat Alif bor edi. Kecha-kunduzim u edi...

Qayd etilgan