Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 91556 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


Munira xonim  15 Avgust 2006, 13:27:36

Bir kuni rejamni amalga oshirdim. Do'stimning mashinasida uch kishi bo'lib olib qochdik. Otasi da'vo qilmasaydi deb havotirda edim. Lekin otasi aqlli kishi ekan:"Shikoyat qilishning biror ma'nosi yo'q. Agar qizim hohlasa berganim bo'lsin", dedi. Hursandchiligim cheksiz edi. Darhol ham Islomiy, ham qonuniy nikohdan o'tdik. Hojao'g'li qishlog'iga darhol qaytdik. Endi Alifimga yetdim. Och va suvsiz qolishga ham rozi edim. U ham shod va mas'ud edi. U ham meni sevganini, lekin sezdirmaganini aytdi. "Sizga ishonolmasdim, sizda taqlid ko'rardim",- dedi. Juda bahtiyor edik, ammo faqirlik belimizni bukar edi. Uch farzandlik bo'ldik. Maktabga boradigan bo'lsalar pul topilmas, tiyin ham yo'q edi.... Alif juda fidoyi ayol edi... Jonim edi mening... U och qolardi-yu, menga bildirmasdi. G'ururimga tegib ketishdan qo'rqardi. Juda go'zal hulqli edi u. Farishtaday edi. Ba'zan bir kunlik ishga borar, men esa juda uyalardim. Unga achinardim. Biroz hastalansam, ne qilishini bilmay boshimda aylanardi. "Sizga beradigan dardni Alloh menga bersin", derdi. Namoz o'qiyolmaganim uchun juda hafa bo'lardi. Har narsadan meni qo'riqlar edi. Qayg'urishimni hech istamasdi. Ammo men... Barcha masala shunda edi. Men qanchalik fidoyi va qanaqa inson edim? Bir kuni radioni qo'ydim. Qo'ymasam bo'lardi, nega qo'ydim. Radio:"Olmoniyaga ishchilar jo'natlmoqda. Borishni istovchilar "Ish va ishchi" tahskilotiga murojaat qilsinlar", degan e'lonni o'qidi. Faqirlik jonimga tekkandi. Sevinganimdan bir joyda turolmasdim. Eshikda Alifga duch keldim. "Yo'l bo'lsin?" dedi. "Olmoniyaga ketyapman,Alifim, Olmoniyaga. Seni el eshigidan qutqaraman. Uyimning malikasi bo'lasan", dedim. "Bu ish yoqmaydi", dedi. "Nega yoqtirmaysan? Kelgan imkoniyatdan yuz o'giramizmi?Jinnimisan?", deya baqirdim unga.Ko'zlari yoshlandi.
- Otam Islomda er-hotin hijroni eng ko'p - 4oy derdilar. shuning uchun ham Rasululloh s.a.v. ham askarlarini 4oyda bir marta uyga borishga buyurganlar. Siz bilan ajralishni istamayman, bu yahshi bo'lmaydi,- dedi.
Boshimga gurzi bilan urganday bo'ldi. Qotib qoldim
- Sen kimsan-a, kimsan. Men ketaman, ishimga aralasholmaysan,- dedim-da chiqib ketdim...

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 13:50:42

Olmoniyaga ishga yozildim. Uch oydan so'ng atklif qog'ozi keldi. Men sevinchimdan hotinim esa hafaligidan tushmasdi. Bir do'stimda qarz olib Olmoniya tayyorgarligini ko'rdim. Katta yo'l sumkamga narsalarimni joylayotgan edim. Alifning yig'layotganini ko'rdim. Ham yig'alr, ham gapirar edi.
- Olmoniyaga borib meni unutasiz deb qo'rqaman. Yoniga uchib keldim.
- Alifim telba bo'ldingmi? Bu gapni menga qanday aytyapsan. Men seni unutib, olmon tannozlariga qaraymanmi? Shunchalik pastkash bo'ldimmi? Shunday zolimlikda ayblasang seni kechirmayman. Meni bilmaysanmi? Sen uchun, senga uylanish uchun o'limimga rozi bo'lganman.Menda qanday shubhalanasan?- dedim.
- Ayol erkakni, erkak ayolni tortarmish, Olmin go'zallari esa ikki karra toratrmish."Jufti yonida bo'lmagan ayol ham, erkak ham zinoga yaqin turadi", derdilar otam. Juda qo'rqyapman,- dedi.Avtobusga minganimda ham yonimda ajralmadi.
- olti oy kut, jonim, olti oy. Undan keyin seni ham olib ketaman. Sensiz Olmoniyani ne qilaman, - derdim. So'nggi so'zimiz shu bo'ldi. Hayrlashdik. Olmoniyaga kelgan ilk kunlarim Alifimning qadri o'tdi. "Nimaga ham keldim" deb ko'p pushaymon bo'ldim. Avval ahr kuni hatlar yozdim. "Alifim oz qoldi, seni olib kelaman" derdim.Keyinroq esa har kuni yozolmadim. Uch oy o'tgach,olmon qizi Vera yo'liqdi. Ro'yhushlik bermadim."Mening sevimli hotinim bor, daf bo'l", dedim. Ammo u quloq solmasdi, chala chulpa turkchalab:"Seni juda-juda sevaman", derdi. Aslo, Alifimga hiyonat qilolmayman. Ammo nasroniy qiz jozibador va ma'sum chehrali edi. Mayl eta boshladim... Va Veraga oshiq bo'lib qoldim. Alifni unutdim. Endi bor-yo'g'im Vera edi. Endi oylar o'tdi, Alifga hat yozmay qo'ydim. Bir kuni hat keldi. Alifdan edi.
"Azizim, qaylarda qldingiz?Olmoniyani maskan tutdingizmi? Qaydasiz? Hastamisiz, habaringiz yo'qligidan qayg'udaman. uyqum kelmaydi. Bolalar:"Otamiz bizni unutdi", deyishmoqda. Fotima:"Otamning yuzini eslay olmayapman" dedi. Hayotingizni bilaylik. Ikki qator hat yozib yuboring. Do'stingiz ham, hato qilmasin, qarzini bersin, deyapti. Ne bo'ldi sizga hotiningizni gap eshittiradigan, so'ziga egalik qilolmaydigan bo'lib qoldingizmi? Siz sharaf sohibi, or-nomuslik inson edingiz-ku. Jonim, ikki enlik hat yozing, holingizni bilay, telba qilmang, ziyoda kuttirmang, ilhaq etmang".

Qayd etilgan


Munira xonim  15 Avgust 2006, 14:13:27

Hatni o'qiyotganimda Vera kelib qoldi. "Nima bo'ldi, sevgilim", dedi. Hech nima bir ahmoq do'stimdan hat kelibdi, deb qo'ya qoldim. U ham bemalol:"Men esa ahmoq hotiningdan hat kelibdimi deb o'ylab, behuda rashk qilibman", dedi. OH!! Alifimni boshqasi ahmoq desa-yu, men uning jag'ini ushtmasam... unga:"Sen qanday qilib mening hotinimni ahmoq deyapsan", deyolmasam. Vera meni hurmat qilar, ulug'lardi. Uni hafa qilolmasdim. Oylar, yillar shunday o'tdi. Veradan bir bola ko'rdim. Alif nima qilyapti? Bilmasdim. Bir kuni Vera bilan qo'ltiqlashib ketarkanmiz, shunday uyimizning oldida hotinim Alif bilan yuzma-yuz kelsak bo'ladimi?! Yo, Rabbiy! Qotib qoldim. Ha, bu Alif edi. U ham muzlab qolgandi. Ikkimizning ham tilimiz muzlab qolgandi. Uyatdan yer yorilsa-yu, uning qariga kirib kersam dedim. U qanchalar qiynalgandir... Alifning azobini his qilish uchun uni ham bir erkak bilan ko'rishim lozim edi. Bir-birimizga hayajonlanib qarar ekanmiz, birinchi bo'lib so'z boshlagan Alif bo'ldi:
- Voy, e voh, mening jonim jahonim, borlig'im haiqatdan ham sizmisiz? Jonimni bergan odamim shu sizmisiz?O'sha, dunyolarga almashagnim sizmisiz?
U silkinib silkinib yig'lardi. Devorga suyanb qoldi.
- Qarzini to'lamagan do'stingiz:"Bir kecha kel, eringdagi qarzimni kechib yuboraman", dedi.... or-nomusingiz qolganmi?
Javob bermoqqa imkonim yo'q edi. Vera suhbatlashmoqchi bo'ldi. Birinchi bor unga:"jim!"dedim. Bu mening hotinim, unga haqoratni ravo ko'rmayman, dedim.
- Kel uyimizga kiraylik,- dedim. Yoshli ko'zalri bilan qaradi.
- Uyimiz emas, sizning uyingiz bor. Bizning uyimiz barbod bo'ldi endi,- dedi va orqaga qaytdi. Yetib oldim.
- Qayga ketyapsan, chiptangni olay,- dedim. Go'yo lutf etardim. Oldimda qol demasdim. Senga chipta olayin derdim. Uyati yo'q odamman.
- Men ketaman. Qarzni keltiring,yo'qsa polisga arz qilaman. Mening or-nomusimni o'ylamaganni o'ylagandan ne chiqdi. Qiynalganim ne bo'ldi, achinganimdan ne foyda,
Do'stim Alinikida uni mehmon qildik. Ikki kunda qo'liga o'n ming marka tutqazdim. Chiptasini oldim. uni kuzatdim.
- Endu men uchun yo'qsiz, o'gansiz. Hech yerda hatto jannatda ham sizni ko'rishni hohlamayman. Alloh izn bersa... - dedi yig'lab. Meni bunga ravo ko'rdingiz. Ishongim kelmaydi, ammo na choraki ihonishga majburman. chunki ko'rdim... Va ketdi.Orqasidan bir muddat yig'ladim. Ammo unga shu yerda qol demadim. Necha kunlar ezildim. Ammo Veradan ajralmaganim uchun ba'zan uni unutdim. Yer yutsin meni. Kuydirdim Alifni! Ba'zan bunga sababchi bo'lgan Verani yomon ko'rib ketar va nafratlanar edim. Ammo ehtoris meni yana o'ziga tortardi...
Davomi bor...

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2006, 08:59:15

Oradan o'n yil o'tdi. Endi yoshim ancha joyga borib qoldi.... Veradan bo'lgan o'g'lim 12 yoshga kirdi. Bir kuni olmon Helmut usta yonimga keldi.
- Hey, do'stim seni olmonlardan farq qilish mushkul, seni juda yoqtiraman,ofarin,- dedi.
- Men olmon emasman, musulmonman.
- Musulmonliginga daliling bormi?Agar to'ng'iz go'shtini yemasliging bo'lsa, men ham yemayman buni, musulmon bo'lmog'imga shu yetarlimi?
- Men kalimayi shahodat aytganman.
- Ayt eshitaylik,- dedi u. Aytdim.
- Shu qadarlikmi sening musulmonliging? Lablaringni qimirlatding, qutulding, shumi?
- Men qalban tasdiqlayman.
- Nimani?
- Allohdan boshqa iloh yo'qligini.
- Ammo ishonmaysan. Sening qalbing Ilohdan ko'ra shahvatga yaqin manimcha. Chinki sen ovro'palikdek yashaysan. Sening dining shunchalar qadrsizmi? Qimmatsizmi? O'ziga hos aqoidlari yo'qmi?
- Bor.
- Qani, qayda.
- Menda yo'q,lekin dinda bor, ya'ni dinning aqoidlari bor.
- U holda senda din yo'q, shundaymi?
Yo, Alloh O'zing qo'lla! Bu shapaloq edi menga. Oqshom shu savollar qiynog'ida uyga bordim. Ovqatlanayotganda to'satdan Vera:
- Yahshiki, sen musulmon emas, g'arbliksan,yo'qsa, bahtli bo'lolmasdik,- deb qoldi.
Demak, Vera bilan bahtli bo'lishim,dinimni qurbon qilishim ekanda. Shuning evazimi bu? Bu ikki voqeadan keyin Islomni o'rganishga kirishdim. Men nega chala musulmonman?Nega to'la, komil musulmon emasman?O'zimdan so'radim. Va butunlay Allohga qaytdim.Qaytishimga "Sur", "Maktub", "Ribot" jurnallari katta yordam berdi. To'la musulmon bo'lganimdan keyin ahvol o'zgardi. Vera meni tashlab ketdi. Yolg'iz qoldim. Alifim esa ketgan. Endi unga yetishishim mumkin emas. Vera ham kelmaydi. Ketdi. Bu jazolar menga haq edi, o'rinli edi. Bu jazoni totmoqdan chekinmadim. Lekin yolg'iz qolishim bilan Alifning otashi meni yondirardi. Yoqib kul qilardi. Va bolalarim... Qiyofamni unutgan qizim. Va yana Alifim!

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2006, 09:22:44

Men nima qilib qo'ydim? Qanday qilib bu hatoga yo'l qo'ydim?Yig'lab-yig'lab javonlarni titkiladim. Alifning eski maktubini olib har satrini ko'z yoshlarim bilan o'qidim.
"Olmoniyani maskan tutdingizmi, Jonim? Go'zallarni ko'rib meni unutdingizmi?Qani olti oyda olib ketaman, degan va'dalaringiz? Qani unutmayman deganingiz? Ne bo'ldi sizga? Olmoniya yutib yubordimi? Nega jimsiz?Ikki kalima,ikki enlikkina yozib yuboring ahir....."
Yuzimni maktubga bosib yig'ladim. Alifim! Hudo haqqi ne bo'lganini bilmayman. Shayton yo'ldan urdi meni. Yo'q, balki o'zim unga ergashgandirman. Nogoh nimalar qilib qo'ydim. Pushaymonlikni ifodalab bo'larmikan. Mumkinmikin bu tuyg'ularni anglatmoq? Oylar o'tdi. Men ham endi to'liq musulmon edim. Hech kutilmaganda katta o'g'limdan maktub oldim. Bolam meni hanuz "ota" derdi. U mendan afzalroq ekan. Bu bolani kim tarbiyaladi?Alif emasmi? Unga qilgan yomonliklarimga qaramasdan, bolalarimni osiy qilib tarbiyalamagan. Haloli bo'lsin! Maktubning ohiriga kelganda chidab bo'lmadi.O'zing madad ber Allohim! O'g'lim:"Ota,balki hafa bo'larsiz, ammo onam turmushga chiqdi", deb yozibdi. Oh,demak, mening hozirgi azoblarim, iztirobimni Alif o'sha kuni tortgan ekan-da!

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2006, 09:38:23

Bolalarimning oldiga boray deb hozirlandim... Bolalarim emish... Qanday uyatsiz odamman. Qay yuz bilan qarayman ularga? Mayli, baribir boraman, bolalarimning oldiga. Mayli. hechdan ko'ra kech bo'lsa ham. Yo'lga tushdim. O'n uch yil avval ajralgan uyimga keldim... Yarim tun... Ichkaridan bir kishi:
- Kim u,- dedi.
- Menman, Bey, shu bolalarning otasi,- dedim. U eshikni ochdi. Kelishgan yigit ekan...
- Hush kelibsiz,ota,- deb bo'ynimga osildi. Quchoqladi. uyat ustiga uyat bo'ldi. O'g'limni tanimadim. Ichkari kirdim. Yuragim qattiq urar, bir qinidan chiqib ketadigandek, bir to'htab qolgandek.
- Qizim qani?- dedim.
- Onam bilan ketgan,- dedi o'g'lim.Men uning, u mening - bir-birimizni yuzimizga qaray olmas edik. Demak qizim onasining yonida ekan, bu qadar achchiq azob bo'lurmi? Yo Rab!
- Yahshimisiz, ota? Ahvolingiz yahshimi?- dedi o'g'lim. Qanday yuz bilan bu uyga kelding demadi. "Ahvolingiz qanday" dedi. Uyalibroq:
- Yahshi,- dedim.
- Alloh yahshilik bersin,ota,- dedi. Alloh abadiyatga yahshilik bersin. Bu dunyo yahshiliklari ahamiyatlidir,lekin ohirat yahshiliklari hammasidan muhimdir....
Shu so'zlarni mening o'g'lim aytdimi? Hayratlandim..Lol qoldim... Hayolim Alifda edi. Ammo uni surishtirmasdim. Bir payt:"Qanday yashadingiz" deb so'radim.
- Onam kunlik ishlarga ketardilar. Biz ham ulg'ayib to'rt-besh qurush topdik, keyingi paytlarda siz ham yuborib turdingiz....Alloh rozi bo'lsin. Onamiz bizni birovni qo'liga qaratmasdan voyaga yetkazdilar.
- Ammo ohir oqibat turmushga chiqdi, shundaymi,- dedim. O'g'lim yuzimga qaradi.
- Onam turmushga chiqmaganlar, bizni shunday deb yozishga majbur qildilar, men esa yozdim,- dedi.

Qayd etilgan


Munira xonim  16 Avgust 2006, 09:57:43

Yo,Allohim! Sevinchmi bu? Yoki telbalik? Darholo'g'limning qo'lidan tutdim.
- Tezda onagning oldiga boraylik,- dedim.O'g'lim juda oliyjanoblik bilan:
- Borsak ham onam sizga qaytmaydilar,ota. Yillab yig'ladilar, chunki ezildilar, qiynaldilar. Qachon siz haqingizda gapirmoqchi bo'lsak:"Shunday bir inson bo'lardi, yashardi, endi yo'q, o'ldi ketdi", derdilar. Jur'at yetishmadi. Ertasi kuni qishloqda ne qilishimni bilmay chorasiz holda kezdim. Va keksaroq vositachilarni topib Alifga jo'natdim. Hammasiga:
- U meni tiriklay yoqdi.Uni ko'rishni ham hohlamayman,- debdi. Chorasiz edim. Bormoqchi bo'ldim. Bor jasoratimni tio'plab, uyining bo'sag'asigacha keldim. uyda edi, bilaman. Yuragim to'htab qoladigandek. Yo,Allohim! Biroz tin olib so'ng boray... O'tirib nafasimni rostladim. Nimadan gap boshlasam ekan deya reja tuzdim. O'yladim. Jonim, Alifim, desammi?Yo'q... unda "joningni nega boshqa tannozga almashding?"der. "Seni juda sog'indim" desamchi, yo'q, ishonmaydi. Ishonmas....
Huddi shu asnoda qarshimda tikilib turardi... Alif!juda jiddiy va viqorli!
-Sizdan iltimos,o'zimga joy topgunimcha, bu yerlardan uzoqlashing, elchi ham jo'natmang. Siz bilan hech qanday bog'lanishimiz qolmagan. Juda qatiy va keskin gapirardi u. Yig'ladim.
- Ne desang haqqing bor,- dedim. Bu orada qizim kelib qoldi. Onasiga yig'lab yolvordi.
-Onajon,otam bilan yarashing, bizlar ham shod yashyalik.
- O'n uch yilki, yig'lagan menman...
- Ammo otam ham yig'layaptilar, shayton yo'ldan urgan. Ammo qarang uzr so'rayaptilar, ahir, johil erkaklargina ham ayb qiladilar, ham uzr so'ramaydilar. Otam uzr so'rayaptilar. Onajonim,bo'yim o'sdi. Ulg'aydim,lekin hech shod-hurram kunlarni ko'rmadik. Ho'p deng onajon.
Qizim onasiga yolvarayotganda men eshik tomon yurdim. Birdan Alifning ovozini eshitib sevich va hayajondan qotib qoldim.
- Qizim, bor otangni chaqir, och qolgandirlar, dasturhon hozirlaylik!

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Avgust 2006, 11:14:19

Aybdor.

U havotir va jonsarak holda mahkamada javob berish uchun tayyorlanardi. Mahkamada bunday demoqchi edi:"Men bir ishchiman...dil hasta...Nech yilki filmimni suratga ololmayapman....Bola chaqam parishon...hotinim hasta...Bu aybni men qilmadim..Meni qo'yib yuboring,janob sud'ya! Besh kunlik dunyoda erkin nafas olib o'lay..."
Bo'lmadosh do'sti Somiy mazahchi bo'lgani uchun tirg'almay o'tolmadi.
- Qani ko'ramiz, birodar, Birozdan keyin nazoratchilar jandarmalar bilan birga kelib seni olib ketishadi.Ne holing bor ko'ramiz..Yahshiyam yuraging hasta...Meniki ham teshilsa-yu,qutulsam bu jahannamdan.
Og'ir-og'ir qo'zg'alib to'shagi ostidan ko'ylagini oldi. U uchun to'shagining tagi dazmol vazifasini bajaradi. Chunki u boy emasdi. Boy mahkumlar pul berib, kiyimlarini tashqariga chiqarib dazmollatardilar. U g'ijimlangan ko'ylagini kiydi. Go'yo kuylak unga gapirganday bo'ldi:"Mening hech qanday hurmatim yo'qmi?Nega e'tibor bermaysan?"
- Eh, -dedi Horun,- mahkamada kimga hurmat ko'rsatardim. G'ijim ko'ylagimdan men emas, ular uyalsin.
Shimini dazmollash uchun qo'ydi. Kutish unga mashaqqat... Uflay boshladi. Hona derazasidan tashqariga qaragisi keldi. Ammo qarshisida odatdagiday sovuq boquvchi devor turardi. Devor bo'lmasa ko'chani ko'rardi. Balki bir oddiy fuqaro, balki "non keldi" deb baqirgan non furushni ko'rgan bo'lardi. Va u bilan bir dunyoda yashayoptganini his etmoqchi bo'ldi, ammo bo'lmadi. Baland devor bu orzuni to'sardi. Mahkumlarga shuni ham ko'p ko'rishardi. "Nega?"dedi. Horun o'z-o'ziga"Nega faqat biz bu yerda tutqundamiz,holbuki ko'cha to'la gunohkor. U yoki bu darajada aybdor...ammo nechun faqat biz bu yerdamiz?" Isyoni borgan sayin ortib borardi. Nogahon eshik zanjirlarini shaqir-shuquri eshitildi...go'yo mahkumligini esiga solish uchun bunday yoqimsiz ovoz chiqaruvchi zanjirlarni tayyorlab o'rnatib qo'yishagndek edi. Birdan esiga tushdi. Qishlog'ida zanjir bo'lardi. Zanjir kishanlar. arqon zanjirlar. Ammo bu zanjirlardek asabni egovlamasdi. Bular mahsus, asdabni buzish uchun, azob uchun tayyorlangan edi. Horun nafratlanar, mana shu zanjirlarni yomon ko'rardi. Birdan nazoratchining ovozi eshitildi.
- Horun Qandillio'g'li eshikka...mahkamaga borasan.
Sovuq qarashlar bilan eshikka yaqinlashdi. Yoqimsiz, sovuq zanjirlarga tikildi. go'yo ilondek sovuq bo'lgan qulf kalt zanjiri bu... "Senga azob bo'lsin" deyotgandek. Go'yo unga o'zi tamsil qilgan joyni himoya qilayotgandek edi. Horun 35ga kirganiga qaramasdan, janjalkash boladek zanjirlarni urgisi, parchalagisi keldi. O'z-o'ziga gapirmasdan o'tolmadi:"Allohning balosi, kech-kunduz sening dastingdan uyqum o'chadi. Tonglarda qiyomat kelgandek ovoz berasan". Jandarma ovozidan o'ziga keldi.
- Qani, ota, qo'lingni ber...
- "Oling qo'limni ko'zingizga suqing" degandek qo'llarini unga uzatdi. Jandarma uning qo'llariga kishan taqayotib ashula aytardi...Vatan burchi bitar bitmas u yerda edim....
Horun askarning yuziga boqdi. Ming'irlagandek so'zladi:"Sen vatan qarzi bitar bitmas u yerdasan... Va men... va men qachon  u yerda edim. Qanday qarzni o'tayman? Nega bu yerdaman? Men qaysi qo'shiqni aytaman askar? Meni qo'shig'im yozilmadiku, hali yozilgani yo'q-ku!...

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Avgust 2006, 11:30:11

Mahkumlar dunyosidan o'zga dunyoda yashagan askar:"Bu odam savdoyimi, nima", deb qo'ydi.
Adliya karodorida edilar....Kichik hujrali moshinada soatlab yurdilar...Birdan "ota"degan ovoz eshitildi. Horin hotini va qizini ko'rdi. Hotini Bushroning rangi siniqqan, yuzidan qon qochgan...Horunning yoniga yaqinlashdi:"sizga jun paypoq to'qidim, agar bu muhokama  ruhsat bermasa, keyingisigacha kiyarsiz. Keyingisi so'nggisi bo'ladi,Inshaaloh", dedi. Horun hafa va horg'in holda zo'rg'a so'zlashardi.
-Hafa bo'lma, shu ohirgisi, bugun bitadi, keyin uyga birga qaytamiz. Yurak hasatligim haqida ma'lumot oldim.Sud'yaga bermoqchiman. Sen paypoqni sumkangga solib qo'y.Meni o'ylaganing uchun rahmat, sog' bo'l Bushroyim. Alloh sendan rozi bo'lsin, naqadar nozik ko'ngilsan, men esa qo'polman. Meni avf et..Ne qilay...tarbiya...Kel qizim, Fotimam, kel, seni bir o'pay...
Cho'kkalagan Horun qiziga quchoq ochgan ham ediki, askar ovozi eshitildi.
- Bo'ldi, to'htang, yetar shunchasi.Kapitan kirsa, mening onamni haqorat qilib so'kadi. Bizning so'zimiz shu yergacha o'tadi.
Fotima yoshli ko'zalri bilan otasiga qaradi. Keyin askarga yig'lamsiragancha:
- Askar aka, bu mening otam,bolalar otalarini quchmaydilarmi? Men otamni juda-juda sog'indim. Men doim uni eslab yig'layman. Siz nega hafa bo'lasiz, sizning otangiz yo'qmi?
Askarlar bolaning bu gapidan qotib qoldilar. Ikkinchi askar:
- Qo'y bolani otasiga borsin. Bu mas'uliyatni o'z zimmamga olaman. Agar hizmat bahosiga teng bo'lsa ham. Qo'y,otasiga borsin,- dedi. Fotima o'qdek borib otasini quchog'iga o'zini otdi. Horun barcha dardlarga shifo bo'ladigandek qizini mahkam bag'riga bosdi. Lekin bir qo'l Horunning yelkasidan tutdi.Bu kichik zobitning qo'li edi...

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Avgust 2006, 11:57:11

- Qani bo'ldi, bugunga yetadi... Bu kunlarni jinoyat qilmasdan o'ylash kerak edi,- dedi.
Horun zo'rg'a o'rnidan turdi.
-O'zingizni tuting. Oyoqda tik turing. Musulmonga bunchalar bo'shashmoq yarashmaydi, Horun,- dedi Bushro. Bushro jandarmalarga ahamiayt bermasdi. Horun biroz havotirlanib javob berdi.
- Bu ahvolim yuragimdan,Bushro. Buning ustiga arzimagan narsadan aybdor bo'lib bu yerda turishim azob beradi...demak, men zaifman,yoki juda tez zaiflashdim. Bushro yuragim sog' bo'lsa edi. Eshik zanjiridan tortib, go'yo shu askar kiyimigacha menga azob  bo'lsin demoq uchun tayyorlangandek. Hammasi tugamoqda... uyga birga ketamiz...shu so'nggi sudim, Inshaalloh.
Mahkama huzuriga chiqdilar. Horun titrar,sud'yaning so'zini kutardi. Sud'ya oldidagi hujjatlarni titkilar, mahkumning yuziga esa boqmasdi. Prokuror bir nimalar bilan mashg'ul. Mahkama bo'lmasida uch-to'rt kishi. Horunning ichi achishib ezildi.:"Demak meni sevadiganlar,meni o'ylaydiganlar faqat shugina, holos",- deb ko'nglidan o'tkazdi. Sud'ya hujjatlarni ochib sud qila boshladi. Prokuror da'vonomani o'qidi.... uning har bir so'zi Horunga bombadek o'ldiruvchi bo'lib tuyuldi. Hatto u nomini bilmagan jinoyatlar uning bo'yniga qo'yilardi.... Sud'ya qovog'ini uyib baqirardi:"Qani, qani, biz o'sha ma'lumotlardan to'yganmiz".Yo'lg'on gapirmoqda deb Horunni tinglamasdi. Horun o'ylay boshladi. Sud'ya adolat bilan hukm qiluvchi degani-ku?Ammo bu qanday adolat? Qo'limdagi hujjatga ham qaramaydi.
Birdan yuragi siqib ushlab qoldi. Horunning yuz tomirlari bo'rtib ko'rina boshladi. Sud'ya esa:"Turlanma!" dedi. Horun birdan yerga quladi. Bushro jon dili bilan unga achinib tikilardi. Sud'ya esa hanuz baqirardi:"Tur o'rningdan, bu yerda hushidan ketib qoladiganlarni ko'p ko'rganmiz", dedi. Jandarma Horunning yurak urishini tekshirdi:"Horunbey,ko'zingizni oching.. oching". Jandarma bir nech daqiqadan keyin sud'yaga, jahl bilan:"Sud'ya janoblari! Horun o'zini o'lganga solib, o'ldi, ha,o'ldi"
Haqiqatan Horun o'lgan edi...
Bir necha soatdan keyin janoza mashinasida Bushro erining jasadini olib ketardi. Tinimsiz yig'layotgan Bushro unga qarab tinmay so'zlardi:
- Bu mahkama so'nggisi, uyga birga ketamiz, degan edingiz, Horunim! Haqiqatda aytganingiz bo'ldi...

Qayd etilgan