Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 78340 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


Munira xonim  20 Avgust 2006, 07:45:26

Qimor.

Assalamu alaykum!
Bugungacha bir qancha musulmon birodarlarimizga qo'l cho'zib, suyab, vijdon azoblaridan ozmi ko'pmi forig' bo'lishlariga ko'maklashdingiz. Mening ham ichimni kemirayotgan vijdon azobim bor. Iltimos qilaman meni hech bo'lmasa bir sira tinglab ko'ring va ibrat oling.
Odam bolasining boshiga balolar yog'diradigan illatlardan biri hech shubhasiz, qimordir. U qancha oilalarni buzib nobud qilgan. Ammo men yo'liqqan narsa - ta'riflab bo'lmas vijdon azobidir. Suygan kasbim,oilam bor edi. Bir farzandimiz - oilamizning, ko'nglimizning chirog'i, quyoshi edi. Do'stlarim tufayli qimorga berilishim meni yo'ldan ozdirdi. Shunday kunlarda yolg'iz farzandimiz hastalanib qoldi. Uni hakimga olib bordik. U dori darmon buyurdi, albatta buning uchun pul kerak edi... Ishhonam bolamni davolatishim uchun pul berdi. Lekin la'nati shayton bu pulni ko'paytirishni vasvasa qilib, qimor o'yna, dedi. O'ynadim. Yutqazdim. O'g'limning tuzalisdhiga atalgan puldan ajraldim. Va o'zimni aybdor his qilmadim. Uydagilarga indamadim,chalg'itdim. Ishdan qaytib ko'rgan manzaram meni ado qildi. Bolam - yolg'iz farzandim o'lgandi. U bilan izma-iz o'lmoq istasam-da, buni ham eplolmadim. O'shandan beri bu vijdon azobining qiqnoqlriga tasalli topolmadim. Shunday tasalli bormi o'zi? Hudo haqqi ayting!Mana, qimor. Uyimiznigina emas, ruhimni, insonligimni, hamma narsamni vayron qildi, hor-zor qildi. Lutfan buni o'qing, yoshlarimizga o'qiting, o'zingiz yosh bo'lsangiz, tengdoshingizga ham o'qib bering. Vijdon azobi - bu dardlarning eng achchig'i va yondiruvchisidir!

X.K. Istanbul.

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Avgust 2006, 08:09:48

Tavba ko'zyoshlari.

Oradan shuncha yillar o'tishiga qaramay, qlabimning tubida qolgan eski yara esga tushadi.... Muallim bo'lib ishga sho'ng'igan ilk yillarim oila qurdim. Qishloqning eng go'zali Asmoga uylandim, o'zimni saodatli hayot ichida ko'rdim. Bu orada ikki farzanlik bo'ldik.O'g'lim Umar 7 yoshga chiqdi. Qishloqdagi sokin, huzurli hayotimizga. shaharga ishga tayinlanishim rahna soldi. Yangi muhit, yangi do'stlar, kasbdoshlar va hokazo. Avval erkak ayol aralashib o'tirishlar, keyinroq esa ichkilik balosi... Yillar menga hizmat qilishda kamchilikka yo'l qo'ymagan vafodor, jafokash jufti halolimning har bir harakati qusurli bo'lib ko'rinardi. Bo'lmasam,men ham musulmon edim,juma, bayram namozlaridan qolmas edim. Borgan sayin yo'qolayotgan o'zligim, zaiflashayotgan irodam tufayli juma namozlarini ham tark qila boshladim. Ulfatlar hafa bo'lmasin deya ichar, zaqqum esa o'z kuchini ko'rsatar, achinish bilan tabassum qilib qaragan Asmoni hech aybi bo'lmasa ham haqorat qilardim,urardim. Koshki shu qo'llarim sinsaydi... Qilgan zulmim, urgan tayog'imga javoban ko'zlaridan achchiq yoshlar sirqib chiqardi. Ertalab pushaymon bo'lar, yana bir ozdan keyin hammasini unutar edim.Do'st niqobidagi dushmanlarim zaif irodamdan foydalanishardi. To'ng'ich o'g'lim Umar 10yoshga to'ldi. Yillar davomida aqlu hushimni yog'ish o'rniga tobora yo'qotardim. Bolalarimni qon qusdirib, yedirgan ichirganlarimni ham burnidan chiqarardim. Allohga itoatli ayolim yoqmas, uning ro'moli, kamsuli, paltosi uchun jahl qilardim. Nega? Boshqa muallimalar kabi pardoz- andozli, bo'yanmagandi-da... Shayton qutqusiga uchib uni hafa qilardim. Uni ham o'zimga o'hshatmoqchiydim,lekin u Allohdan qolmasdi. Buning ustiga bolalarimni mo'min qilib tarbiyalashni o'zining ulug' burchi deb bilardi. Hayron qolarli emasmi? Ahir,mening nomim muallim bo'lsa, davlatning alohida ta'lim tarbiya ko'rgan odamlarimiz. Menga omonat qilib topshirilgan o'quvchilarni, bolalarimni tarbiya qilmoqchiman. O'zimni ahvolimni ko'ring!

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Avgust 2006, 08:34:33

Bosh og'rig'i bahonasida darslarga ham bormay qo'ydim, mudir bilan esa til topishdik. Oyni ohirida maoshimni olgani borardim... Zamonaning menga o'hshagan johil muallimlari qancha o'quvchilarga yomon o'rnak ko'rsatarkin, bilmadim. Chekkan vijdon azoblarim sahifalarga sig'maydi. Lekin bo'lganicha bo'ldi, o'tgani o'tdi. Muhimi, kelajak mevalari!Alhamdulillah, go'ra pishdi,holvo bo'ldi...
Hidoyatga erishganimni qisqacha qilib aytib beray. Bir kuni ertalab, saharda humor bosdi qilib, zo'rg'a sudralib uyga qaytardim. Azon aytilardi. Ichimda bir narsalar jimirladi. Butun vujudimni pushaymonlik qopladi. Bir zumda kechdi bu. Ko'chamizga kirgan edim. Uyimizning chiroqlari yondi. Og'zimdan:"Qoloq hotin nima qilayotgan ekan", degan so'zalr chiqdi. Nega bunday dedim, bilmadim. Sovuq, qor, bo'ron. Ozim esa oyoqda turolmayman. Insonning homaki nushasi - Men. Shu payt qarshimdam katta o'g'lim Umar chiqdi. Boshida do'ppisi, qo'ltig'ida Qur'on Karim  bilan shoshib kelardi. Qayoqqa deyishga imkon qolmadi. O'g'lim menga burchimni eslatdi.
"Ota, qarang, eshting azon aytilmoqda, Allohimiz:"Tong hamozi har nedan hayrli, namozga keling, najotga keling", deb musulmonlarni namozga chorlamoqda, dedi. "Jim, nima meni ustozimmisan", dedim. O'g'lim hech qo'rqmadi. Yanada yumshoq ohangda,ko'zlarida yosh:"Otajon, qora chumolini qora tunda ko'radigan Mavloyimiz, men bilan sizni ham ko'rmoqda, Sizning hidoyatga erishishingiz uchun namozga shoshayapman... Onam uyda yoshli ko'zlari bilan haqqingizga duo qilyaptilar, ortiq ezmang...", dedi. Qalbimni parchalagan, qorong'ulikka shong'igan, uzoqlashgan yig'i ovozining ortidan qarab qoldim. O'sha yerga cho'kdim, uyalardim... Yo, Rabbiy! Shu oppoq qorlar, shu qaro tuproq menga shuncha yillardan beri qanday toqat qildi. Ovozim boricha, kuchim boricha baqirgim kelardi. O'zligimni qaytib bering, o'zligimni qaytaring, qutqaring meni!

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Avgust 2006, 08:47:56

Uyga kelib qolgandim. Juftim,fidokor jufti halolim, har doimgidek achchiq tabassum bilan eshikni ochdi. Boshim egik,unga qaray olmasdim. Borib namozga turdi. Yillar bo'yi shu uyda yashadimmi? Devorlardagi oyatlarni,osig'liq Qur'onni ilk marta ko'rishimmi? ichimda yongan olov ko'z yoshlarim bilan susaya boshladi.... Yig'lardim.. Tavba ko'z yoshlari edi bular! Duosini tugatgan Asmo ko'nikmagan bu manzaraga hayrat ila qarab turardi. Ko'zalri bilan:"Tushimmi bu o'ngimmi?" deyar edi.
- Indama menga hotin, indama...to'ygunimcha yig'lab olay. Gunoh bilan kirlangan vujudimni, ko'nglimni ko'z yoshim bilan yuvib olay. Alloh menga bolalar va senday hotin nasib etdi,lekin menchi,menchi... Tavba, nasuh tavbasi ila tavba....
O'sha tongdan buyon Islomning abadiy nuri quyosh kabi ufqda porlamoqda va har kuni ziyosi ortib, uyimizni,ko'nglimizni yoritmoqda. Mana keldim, mana ketmoqdaman. Hayot qisqa, oliy jaholatda kechirgan yillarim menga azob beradi. Atrofimda ulug'larni,ulg'ayganlarni ko'rib tinmay tablig' aytaman. Hudbin musulmon bo'lmaylik. Musulmon birodralarimizga haqiqiy tavsiy, nasihat qilaylik. "Maktub"ga mehnati singanlardan va barcha mo'minlardan Alloh J. J. rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Avgust 2006, 10:57:01

Onamning chinqirig'ini unutolmayman.

Men litseyda o'qigan yillarimdan ayol erki sotsializmda ekanini hayol qildim va unga ko'ngil berdim. Lenin, Marks ta'limotlarini o'rgandim. Natijada uyimdagilar qattiqqo'l bo'lganlari uchun,hur bo'lish,o'zim ko'ngil qo'ygan narsaga ko'proq hizmat qilish, dorilfununda o'qish uchun uydan qochdim. Uyimdagilar:"Namoz o'qi, boshingni o'ra", deb urardi. Men esa namozda shunchaki turar, hech narsa o'qimasdim. Dinimizda namoz o'qimagan yengilroq uriladi,lekin o'sha kungi mening ahvolimday tayoq aks ta'sir bersa, din,namozdan ko'ngilni qoldirsa, har holda bunday qilmagan ma'qul. Tengqurlarim vositachiligida uydan qochgach, bir sababga ko'ra dorilfunun imtihonlarida qatnasholmadim. Mayli, bir ishga kirarman,so'lchi do'stlarim bor, deb o'ylardim. Yangi turmush qurishgan er-hotinni yonida qolar, ularning ish tashlashlari, ochlik e'lon qilishlari va ba'zi seminar mashg'ulotlarida qatnashardim. Bir joyimiz bo'lardi, har kuni ularni u yerda uchratib yoki ish tashlash joyida topib,o'sha yerda o'tirardim.Bir ishga kirishni imkoni bo'lmadi. Boshim ochiq,jinsi shim ololmagan, ammo shimda,qo'l - oyoq ochiq holda aylanardim. Agar erkak madaniyatli bo'lsa,ochiq ayolga hech qaramaydi,hech zavq tuymaydi, deb o'ylardim. So'lchi erkaklar hech manga qaramaydi, deb ularga ko'ngil qo'ygandim. Albatta, sotsializmga ham. Hatolik insonda, sotsializmda emas, derdim. O'ylardimki, bular hayoldagi ziddiyatlar, burjuaziyaga hos qoldiqlar, eskiliklardir. Bir kuni mashinani ortiga ayol erkak aralash o'tirib ish tashlash joyiga keldik. Chordona qurib o'tirdim,shim kirib olgandim. Erkaklarning ko'zi istar-istamas menga tushardi.O'tirishimni o'zgartirdim. Bular burjuaziya qoldiqlari haqiqiy e'tiqodli insonlar bo'lganida menga qaramasdi, deb o'yladim. Vaqti-vaqti bilan tug'ishganlarimni sog'inar,lekin buni ichimga yutardim.Ota-onamni urishgani uchun sog'inmayman, deb o'ylardim,lekin...

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Avgust 2006, 11:29:02

Bir kecha bo'lganicha bo'ldi. Men qolgan oilaning ayoli bir kunga boshqa joyga ketadigan bo'ldi. Va men uyda uning eri bilan yolg'iz qolishimning zarari yo'q, ahir ular ham men o'ylagndek o'ylaydilar, deb hisoblardim. O'sha kech uyqum kelmadi. Aka, uhlolmyapman, suhbatlashaylik, dedim. U honamga keldi. Suhbatlashish o'rniga nohush qiliqlar qila boshladi. Qotib qoldim. U davom etar, lekin ikkimiz ham kiyimda edik. Albatta yomon ish sodir bo'lmadi,lein mening sotsialistik birodarlarim, degan tushuncham puchga chiqqandi. E'tiqodli kishi shunday bo'ladimi? Men ruhiy tushkunlikka uchrab,qo'shnilardan jomadon so'radim,nima qilganimni hozir ham eslolmayman. Ko'zimdan ma'no qochganini ko'rgan qo'shnilar,meni polisga olib borishdi, keyin 1-1,5 oy ruhiy kasalhonada yotib chiqdim. Chiqqach yurgan yo'llarimni bilmadim. Avval, boshdan kechirganlardan bildimki, elktr shokda miyyaning bir qismini,hotirani zaiflashtirishar ekan. Menga ham elektr shok qo'llabdilar, shuning uchun ancha narsani hotirlay olmadim. Ammo tuzaldim.O'ynab kulib uyga keldim. uy ishlarini ozmi-ko'pmi qila olardim. Go'zal va yosh bo'lganim uchun, hotini uyda yo'qligida o'sha sotsializm da'vosidagi odam meni yana bezovta qila boshladi. "Men bu qadar irodasiz emasman, nima bo'ldi menga, bilolmayapman", derdi. Ha, Allohni inkor qilgan Uning Yaratganini ham inkor qilar ekan. Ko'ngildagi qarshi jinsga bo'lgan tug'ma hisni inkor etar,lekin Allohning qonuni qarshisida ojiz edi. Men har gal qattiq qarshilik bilan uni to'htatardim.Hayol buzuqligi, qalb aynishi, faqat dindorlarda bo'ladi, deb o'ylardim. Litseyda bir sevganim bo'lardi.Doim uni o'ylardim.  Agar menga uylanganida,uydan qochmasdim, sevgim yo'lida hatto sotsializmdan voz kechardim. Ammo unga qochaylik, deganimda u indamadi. Nega qochmoqchisan, dedi. Meni o'zim hohlamagn kishiga uzatishmoqchi, o'qitishmoqchi emas, dedim. Va uning og'zini poyladim,lekin u indamadi. Shunda ham uni o'ylardim. Menimcha,ayol yolg'iz erkakka, erkak ham yolg'iz ayolga ko'ngil qo'yishi mumkin deb o'ylardim. Qur'on ham:"Ayollaringiz o'rtasida adolat qilolmaydigan bo'lsangiz, bittasi bilan kifoyalaning", deya ogohlantirgan. Y'ani erkakning yaratmishi ham umuman bir kishiga (ayolga) ko'ngil berishi  mumkin. Bu aslida mavzuyimdan tashqari. Hanuz aybni Islomga ag'darishadi, shuning uchu yozdim.Bu umuman boshqa mavzu, shu bois shu yerda to'htataman.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Avgust 2006, 11:44:44

Asablarim taranglashib toldimi,yana kasallandim, hatto ovqatni og'zimga olib kelolmaydigan holga tushdim.Davolandim,lekin tuzalmadim.Meni uyga qaytarishdi,otam ho'ngrab meni bag'riga bosdi. Agar otam meni rad qilganida holim nima kechardi? Uyimizdagilar boshlarini ko'tarolmay qolishdi. Qochib ketganimga bir yilga yaqin bo'lgandi. Sekin-sekin har narsamdan ayirganlarni,sotsializmni ham,ularni ham ayblamas, yomon ko'rmas edim. Nima bo'lganini bilmasdim. Go'yo sehrlangandek edim. Ma'lum vaqt onamlarnikida karahtligim davom etib, sezgirligim susaydi. Polis tergov o'tkazdi, hech narsa aniqlay olishmagani uchun jazo olmadim. Jamiyatdan ko'rgan jazoyim menga yetardi. Onamning asablari zaif edi. Yanada hafa bo'lib uzilib qolay dedilar. Lekin meni ko'rishlari bilan qattiq va kuchli chinqirdilar.Keyim meni ruhshunosga olib borishlarini aytdim. Bir marta bordik. Keyin dori is'temoli va onamining mehrlari tufayli tez tuzaldim. Endi uyimdagilar avvalgidek boshingni o'ra deyishmasdi,lekin o'zim mohiyatiga tushunib-tushunmay o'rana boshladim. Ochiqlikdan hali nafratlanmasamda, ko'nglim to'lmasdi. Bir yarim yildan keyin bir tanishimga turmushga chiqdim, bolalarimiz bor,lekin uning uyidagilar boy bo'lishiga qaramay, bizni uydan haydab chiqarishdi. Ishsizlik, uysizlik kabi turli iztiroblar va mashaqqatlar chekdik. Bir- birimiz bilan janjallashdik. Jaholat bo'ronlari hech yerda susaymasdi. Ishsizlik oqibati haddidan oshdi. Shu ketishda boshim og'rib,o'zimni yo'qotaman, deb qo'rqdim. Chunki meni tushunadigan, tinglaydigan kishi yo'q edi....

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Avgust 2006, 12:09:26

Bir o'lchov, mezon yo'q edi... Erim oilalik bo'lishiga qarmay qizlarga gap otishni qo'ymasdi. Endi esa Ovro'pada...u yerda ayollarga qaramayman, deb, va'da bergan, lekin shayton ig'vo qilib qo'ymas,menga tinchlik bermasdi. Bu orada zerikib siqildim. "Yusuf va Zulayho"ning ishqiy hikoyasini o'qiy dedim.Qur'onda borligini bilmas, ishqiy roman sifatida o'qimoqchi edim. Bu orada namozlarimni sekin asta ko'paytirib,mukammallashtirdim. Qur'on o'qishni boshlang'ich maktabdayo'q o'rgangan edim. Ammo'oqimasdim. Ko'pchiligimiz shunaqamiz, Qur'on o'qishni bilamiz,lekin Islomni bilmaymiz,bilolmayapmiz. Bunda kim aybdor-u,kim aybsiz, bilolmadim... Hullas gapni qisqa qilsam, "Yusuf va Zulayho" qissasi, ham ishq, ham hayot, ham ibrat ekan. Bamisli yashayotgan hayotimizni oz'i edi. O'sha oyatlarni yodlagan inson hayotga tadbiq etsa,hayot maktabida bilimdon, turmushda esa tadbirlik bo'lardi. Bir do'stim menga:"Bizga buni qanday ravo ko'rdingiz", deb nomlangan roman berdi.Bir kunda o'qib chiqdim.Shundan keyin azonlar, namozlar va kitoblar o'zgacha,yanada go'zlaroq ko'rina boshladi. Javonlar kitoblarga to'lib tursada, ularni o'qimas edim, endi esa ularni yutib yuborgudekman. Erimga "Hazrati Yusufni" yubordim. Ammo u menchalik ta'sirlanmabdi.Hamma bir narsadan bir hil ta'sirlansa nima qilardi bu olamda? Uning dardi boy yashamoq. Endi men o'qiganlarimdan olgan narsalarimni erimga maktub orqali bildirardim. U esa,hatda faqat hol ahvol so'raladi,derdi. Bu orada Ismoni birdan o'rganib,uni hech kimga anglata olmasdim. Buning ustiga erimdan uzoqdaligimdan siqilib bosh og'rig'iga yo'liqdim.... Lekin endi ko'p o'ylamasdim. Islomni o'rganib, uni boshqalarga anglatishni boshlab yuborgandim. Ikki yarim yilki juftim Ovro'padan hamon kelmaydi.Turkiyaga borsam yana ishsiz qolaman, deb qo'rqar. Hotin, farzand qayg'usi pul oldida kichik narsa bo'lib tuyulardi unga.

Qayd etilgan


Munira xonim  22 Avgust 2006, 12:27:34

Rizq beruvchi,teng va keng qiluvchi Allohdir. Faqat musulmonlar rizq eishigini boshqalarga topshirib qo'yishgan... Uzoqdagi erimning ahvolini bilmasdim, lekin unga Islomni maktub orqali anglatmoqni boshladim. Lekin qarshilikka uchradim. Bundan keyin erim bilan bu borada ko'p mashg'ul bo'lmaslikka to'g'ri kelmoqda edi. Kommunistlarga, barcha botil yo'ldagilarga hayqirgim, baqirgim kelardi. "Siz ne qilsangiz qiling,yo'ldasiz, Islomga bog'lanmasdan biror foyda ko'rsangiz-da,uni albatta yo'qotajaksiz! Oldinda so'ngsiz olam bor. Biroz oldinni ko'ring,ilg'or bo'ling! Bilmasangiz dard chekkaysiz" degim kelardi. Shuning uchun yozmoq istayman. Shahsan ko'rgan kechirganlarimni, musulmon ayol uy hibsida,oshhona mushugi,johil deb o'rgatganlarga yolg'on deb hayqirgim keladi.Fikrimda o'zgarishlar, evrilishlar bo'ldi,lekin musulmoncha...
Hayotimda esa vijdon azobining tazyiqlari tark qilmaypti.Uydan qanday qochdim? Onamga, otamga,uyimdagilarga qanday qilib shunday ko'rguliklarni soldim? Johil tuyg'ular oldida ularni parishon etdim. Va men, eng yomoni ko'p yillar davomida musulmonlarga nafrat bilan qaradim. Onamning meni ko'rgandagi chinqirig'ini hali hanuz unutolmayman. Vijdon azobida qoldim. Buni Jurnaligizda yoriting, yoshlar,yosh qizlar o'rnak olishsin. Balki o'qib yomon yo'llardan qaytishar. Garchi ko'plarning boshi tosh devorga urilmaguncha ko'zlari ochilmaydi. Ko'plar katta zarba yemaguncha o'nglanmaydi. Ammo nashrdan umidim katta. Chunki insonlar hammasi birdek emas-ku, aqllik kishilar yomon yo'ldan qaytishni biladilar.
DUOLARINGIZDA MEN GUNOHKORNI HAM UNUTMANG,ILTIMOS!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2006, 11:51:35

Bir piyola choyga intiqlik.

- To'htang! - dedi u. - Maylimi bir piyola choy ichib olsak, qishloqqa qaytishga yuzim chidamayapti.
Meni shunchalar g'azab qoplab olgan ediki, u yig'lagan sayin men quturardim. U yolborgan sayin men ko'proq urardim.... "Allohingdan topaver",- deb og'zimdan chiqqan kufr so'zlarni o'zim eshitmasdim. O'z hotinim menga aslo gap qaytarolmasdi.
U och qolardi, men buni bilardim.Onam iplik sotib unga bir necha qurush berardi. Pulni berayotganlarida:"Bu o'g'ilni tuqquncha ilon tug'sam bo'lmasmidi. Men unga yomonlik o'rgatmaganman. O'g'limning ortida kimdir bor, lekin kim u?" deya iztirob chekardi. Hotinim esa meni ardoqlar, ammo men uni ko'rishni ham istamasdim, chunki u Suzan kabi, Sarpil kabi jozibador emasdi. Onam uni menga qishloqdan olib bergandi. U qanday mas'um edi ohirgi ko'rganimda.....
Men osha kuni ham ichgandim. uni meni kutayotgan holda ko'rdib:"Meni ta'qib etayapsanmi hali?" deya sochlarini tutamlab,ko'tarib yerga urdim. Yerdan turganida og'zidan qon kelardi.
- Bilasizmi, sizni dunyolarga almashmasdim, - dedi u qonini arta turib, keyin yana davom etdi, - ammo endi bu qiyinchiliklardan, bu azoblardan qutulish uchun o'zingizni o'zingizga qoldirib, biroz huzur izlab ketaman.
- Koshki ketsang,- dedim, - koshki ketsang.
- Ketmoqchiman,- dedi ko'zlarimga tik qarab, bu gal ohirgi qarorim, ishoning.
Hayolga toldim. Beyo'g'lining hamma qo'rqadigan odami, balosi bo'lmoqchi edim, ostimda so'nggi rusumdagi mashina,qizlar"aylantiring"deya yalingan...
Mana, nihoyat hotinimni holdan toydirdim. Qishlog'iga ketmoqchi....
- Keling, ro'baro' o'tirib bir piyoladan choy ichamiz. Qiz paytlarimda filmlarda yuzma-yuz o'tirib choy ichgan er-hotinlarni ko'rib havas qilardim. Bir martagina,loaqal bir marta hayolim haqiqatga aylansin,iltimos, - dedi.
- Men choy ichmayman, aroq, vino, raki ichaman,- dedim.
- Dasturhon tuzab sizni bir hursand qilish uchun e'tiqodimdan voz kecholmayman,- dedi. Dasturhon tayyorladi. Lablaridan oqqan qonni sidirib qo'yar, menga qarar va:
- Bu qilmishingizni men kechirsam Alloh kechirmas, - dedi. - Bu zulmning badalini Uning huzurida o'taysiz.
- Sevinyapsanmi?- dedim.
- Man ahmoqman,- dedi,- o'lay agra ahmoqning o'ziman. Shuncha qiynaganingizga qaramay, yana qiynalishingizni hohlamayman.Oqibatda baribir achinib hafa bo'laman. Balki aksincha bo'lar, kim bilsin....

Qayd etilgan