Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 73741 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 B


Munira xonim  26 Avgust 2006, 12:14:17

Hotinim bilan bir zumgina yahshi suhbatlashganimni tushundim. O'rnimdan turib:"Bo'ldi, vaysashni bas qil" dedim. Va eshik tomon yurdim. Ortimdan ovoz keldi:
- Bir piyola choy ichsak bo'lmaydimi? Bir ho'plam choy ichgunchlik vaqtga rolga kiring, sizni shu holda eslab yuray, tushlarimga shunday kiring....
Yurdim, Tinglamadim. "Qachon?"dedim."Nima qachon? dedi. "Qachon daf bo'lasan?Qachon jahannam bo'lasan?"dedim. "Ertaga"dedi. Shu onda yuragimga botgan qilday bir narsani his qildim.
- Ammo sizga aytolmadim....To'g'rirog'i,tuzuk holda uyga kelmaganigiz uchun fursat bo'lmadi...Men homiladorman. Ota bo'lganingizni qabul qiling, rozi bo'ling, sizdan boshqa hech narsa istamayman.
Uni yana urishga shaylandim. G'azab bilan ustiga bostirib keldim.
- Nima, nima, nima! Sen homiladormisan?-deb so'radim. U ovchilar qo'liga tushgan jayrondek qo'rqib qolgandi. tepasida musht ko'tarib:"Gapir!"dedim.
- Gapir bu bola balosi qaydan chiqdi?Kimdan bo'ldi?
Uni shunchalar qo'rqitib qo'ygandimki, hatto homiladorligini ham aytolmabdi. Musht tushirdim.
-Boshimga bola balosini tushirmasingdan yo'qol,- dedim.
Yana eshikka qarab yurdim. Tutilib-tutilib bir narsalar deya ming'irladi ortimdan. Ko'p narsalar aytmoqchi bo'lar, uni bir alanga o'rtaganday, ko'p aziz narsalarini yo'qotganday kuyib yonardi. Aytolmasdi. Gapirolmasdi. Endi bolasining otasini aytolmasligi kuydirardi. O'zini zo'rg'a qo'lga olib ortimdan chinqirdi.
- Alloh seni shu bolaga muhtoj qilsin!Alloh seni sudrantirib qo'ysin!Alloh ko'rsatsin... do'stlaringdan zarba ol!Allohdan so'rayman, meni kuydirganingdek kuy! Qilmishingga yarasha azob ol!Ohim yerda qolmaydi!Qolmaydi... Shuni unutma!Shuni bil!
Yig'alb yig'lab yerga tiz cho'kdi. Silkinib silkinib yig'lab,  o'ksinib menga qaradi. Ko'zlari qonga to'lgan va shishinqiragandi. O'zgacha qat'iy bir ohangda so'zladi:
- Aslo...Aslo chiday olmayman, senga toqat qilolmayman. Yerdan chiqqan emasman.. yerda qolmayman... Yo'ldan topilgan emasman.

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2006, 13:03:12

Tongga yaqin kelganimda qoldirgan yerimda ko'rdim,bo'lmaning o'rtasida yotardi. G'ururga berilhanimdan ustiga ko'rpa ham tashlab qo'ymadim. Ertasiga peshinda turganimda hotinim ketib bo'lgandi. Stol ustida bir qisqagina hat qoldirgandi.
"Har kim o'z tengi bilan turmush qurishi kerak ekan. Ammo buni qishloqda o'sga Oishaga kim ham o'rgatardi. Kim ham o'rgatardi, harom yo'lda yurgan, doimo boshi maishatdan chiqmaydigan sizga!
Mana ketmoqdaman. Sizni vijdon azobingiz bilan yolg'iz qoldirmayman...chunki sizda vijdonni o'zi yo'q!Sizni sizni qiynoqlarinigizibilan tanho qoldiraman. Zero, bir kun qiynoq eshigini qoquvchi mastlikdan uyg'onmoqchi bo'lasiz...
Ammo vaqt o'tgan, kech bo'lgan bo'ladi... Va bir umr kuyasiz.... Jahannamda kuyajagingiz bundan mustasno...
Oisha Zilo'g'li"
Otasining ismi bilan imzo chekkandi. Menday asl yigitdan, mard erkakdan qanday ham ajrala olardi?Atrofimda ayollar oyog'imga bosh urib, yalinib turgan bo'lsa!Lekin atrofimdagi o'sha ayollarni hech ham hafa qilmasdim,"Yo'qol!"deya kaltaklamasdim....
Oradan ikki yil o'tdi. Oishani yo'qlamadim. "Turmushga chiqib ketdimikan?"deya o'ylardim ba'zida. Jazmanimni qizg'anar, lekin hotinimni hech kimdan qizg'anmasdim. Ichimda esa g'ashlik bor edi. Bir kuni mahkama ma'lumotniomasini qo'limga berishdi. Ajrashar ekanmiz. Bir qizi bor ekan, Bir yoshga kiribdi. Ismi Shuhado.Mahkama bolani onasiga qoldiribdi. Yana ikki yil o'tdi. Bir kecha sarhush holda mashinada uyga ketardim. Bir chaqirim yurdim. Beyo'g'lidan chiqqanimni, duch kelgan avtobusni chiroqlarinigina eslayman, ko'zimni ochganimda tez yordamda ko'rdim o'zimni. Boshimda hakim va hamshiralar bor edi. O'zimga kelganimda o'ng qo'lim yo'q,kesib tashlangandi. Kesishga majbur bo'lishibdi. O'z-o'zimdan ilk marta intoqom oldim. "Shunday bo'lishi haq!Endi odam bo'larsan!". Uyimga qamalib oldim. Dastlab do'stlarim kelib, u bu narsalar olib kelib habar olib turishar edi. "Seni yolg'iz qoldirib, tashlab qo'ymaymiz",- deyishdi.Lekin besh oy o'tgach, hech biri kelmay qo'ydi. Istar istamas Oishaning so'zlari yodimga tushdi. "Senga Alloh ko'rsatsin!Do'stlaringdan zarba ol!...."  Mana, osha kun keldi.
Endi yillar o'tib Oishani achinish ila eslardim. Men olchoq ko'ppak, u esa pokiza, mas'um, yosh ayol edi.Turdim, jahl bilan kamzulimni ahtardim. Topib qo'limga olib, shoshib Tupqoyaga jo'nadim....

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2006, 13:32:36

Oishalarning qishlog'iga boradigan avtobusga chiqdim. Oishadan uzr so'ramoqchi edim. Turmushga chiqmagan bo'lsa olib qaytmoqchi edim. Istasa oyoqlariga yiqilaman. Yo turmushga chiqb ketdimikin?Nahotki? Turmushga chiqsa haqqi! Ne deya olardim."Pushaymonlar chekkaningda vaqt allaqachon o'tgan bo'ladi",- degandi. Nahotki, kechikdim?Qishloqqa kirib kelganimda yuragim chiqib ketgidek urardi.Birozdan keyin Oishani ko'raman.Meni ko'rib sevinarmikin, nafratlanarmikin. Kim bilsin. Shunday o'ylar bilan qishloq bulog'iga yaqinlashganimda,Oishaga o'hshagan bir ayolga ko'zim tushdi. Unga qarab chopdim,lekin u Oisha emas ekan. Hamma menga qaradi, uyaldim. Nega uayldim.  Bundan battar ishlarni qilib uyalmagan odam endi nimadan uyalardim?Ayollar shoshib so'rashdi.
- Kimni izlayapsiz?
-Oishani...- dedim.
-U buloqqa kelmaydi...
-Nega?
-U o'lgan...
Ishonolmadim.O'lmasligi kerak edi. Nega o'ladi? Men undan kechirim so'rashim lozim edi. Turgan joyimda cho'kib,o'tirib qoldim. Bir payt yelkamda bir qo'lni sezdim.
- Siz qaydan bilardingiz, rahmatlini?
- Hotinim edi... - deyoldim holos. U qo'lini tortib oldi.
-Sening kitobingda hotin shu qadar haqsizmidi?
Ketdi.O'n besh, yigirma qadam yurib ovoz berdi.
- Ey, g'o'r nusha! Qara ro'parada o'ynab yurgan anavi qizcha rahmatlining qizi - Shuhado. Otasi senmisan,yo'qmi bilmayman. Asl otasi bu qizaloqqa ega chiqmagan deyishadi.
Bu dunyoda bunday mashaqqat - achchiq hijolat, sharmandalik bormi?
Sekin turib qizimga qarab yurdim. Ko'zlarimdan birinchi bor yoshlar oqdi. Unga qarab yurarkanman, o'ng tomondagi qabristonga ko'zim tushdi....
Bir qabr toshiga:"Oisha Zilo'g'li",- deb yozilgandi. Yaqinlashdim. Umrim bo'yi anglayolmagan bir achinish bilan qabr toshidagi yozuvlarni o'qidim:
Yosh chog'i zulmat bo'ldi,
Oqibat g'amga to'ldi,
Kun ko'rmasdan u so'ldi,
Oisha bir duo istar.
Yolg'iz qo'limga suyanib, tosh ustiga bosh qo'ydim. Yig'ladim,yig'ladim.....

Qayd etilgan


Munira xonim  26 Avgust 2006, 13:55:23

Kamzulimdan tutgan bola qo'lini payqab qaradim - Shuhado.
- Amaki! Onamning mozorida nima qilyapsiz?
Uni quchib yig'ladim. O'pdim. U savollarini davom ettirdi.
- Nega yig'laysiz, amaki?
Ho'ngrab yig'larkanman, javob berolmasdim. Zo'rg'a o'zimni tutib so'radim.
- Bolam, kimligimni bilasanmi?
- Ha. Amaki...
- Otang qayda?
- Otam yo'q.
- Otang menman. Qizim hech surishtirmasdan bo'ynimdan quchdi.
- Unda sizni o'pay. O'pdi. Erkaladi. Keyin:
- Ota! - dedi. Nega bizzi uyda emassiz?
Chidayolmadim. Uni olib bobosinikiga, Oishaning otasinikiga bordim. Tortinibroq qo'llarini o'pdim. Onasi qo'lini bermadi.
- Qo'li o'piladiganchalik tabarruk emasman,- dedi.
Ular ham yig'lashdi. Shuhadoni yolg'iz qo'lim bilan quchoqlab turardim. Go'yo yillar intiqomini mendan olardi. Ayovsiz olardi. Qizimni yerga tushirmasdim. Bir payt:
- Ota sizni qo'lingiz bittasi nega yo'q?
Bu savol meni marhamatsiz yillar qo'yniga uloqtirdi.
- Shuhadoni Istanbulga olib ketsam,- deya so'radim.
- Yo'q,bo'lmaydi. Istanbul bizning nazarimizda hosiyatsiz shaharga o'hshab qoldi. Bolamni u yoqqa yuborolmayman. Hohglasangiz ora- sira kelib, uni ko'rib ketishingiz mumkin,- dedi otasi. Shundan keyin qishloqqa kelib qizimni ko'rib keta boshladim. Qizimni to'yib-to'yib hidlab ketadigan bo'ldim. Hech otalik hissimni bahsh eta olmagan, hech otalik qilolmagan bolam meni kechirishi uchun qo'limdan kelgan ishni qilardim.
- Mendan nima istaysan, so'ra bolam,- dedim. U qo'llarini yozib:
- Mana buuuuncha qo'girchoq istayman,- dedi - ammo unutsangiz, sizni yahshi ko'rmayman.
-Ho'p, qizim olib kelaman, faqat sen meni yahshi ko'rsang bo'ldi.
Bir oydan keyin katta qo'g'irchoq olib qishloqqa keldim. Unga qo'g'irchoqni bera qolsam, derdim. Qaynonamning uyiga yugurdim.
- Shuhado-o-o-o!!!
Tashqariga qaynonam chiqdi.
- O'g'lim, baqirmang. Shuhado uhlayapti.
- Mayli, -dedim. - Bolamning boshida uyg'onishini kutaman. To umrimning ohirigacha kutaman...

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2006, 09:28:40

Taqdir gunohga yetaklamaydi.

Xotinimning qo'liga "Maktub"jurnali tushgach ko'p narsa o'zgardi.  U jurnalning har bir sonini topar va mendan yashirib o'qirdi. Yillar o'tib, uyimda ajoyib kitoblar paydo bo'la boshladi:Huzur So'qog'iy, Sh'ula Yuksal Shanlar, Minyali Abdulloh Hakimo'g'li Ismoil, Surgun O'rgatman, Burasi Jazouyi, Amina Shaliko'g'li va boshqalar.
Men yuzlab odamlarni qamoqqa yuborganman. Kitoblarni otdim,uloqtirdim. Xotinimning yomon jahli chiqdi. O'rta maktabga ketdi, deb o'ylagan o'g'lim Imom Hatibligiga kiribdi. Alloh saqlasin... Rosmana jahlim chiqdi. Imim Hatib deyildimi hayolimga doim Erboqok kelardi. Hafratim qchon , nima uchun paydo bo'lgan o'zim ham bilmayman, ammo shu odamni yomon ko'rib qolganman.
Xotinim esa aksincha Milliy Yoshlar Vaqfida ishlarmish... O'g'limning Imom Hatibligiga o'qishga ketganini eshtishim meni shunday parishon qildiki,uhlamaydigan bo'lib qoldim. O'g'lim bir oliyjanob bola edi. Bu oliyjanoblikni mendan olgan deb o'ylardim. Doimo o'g'limni hudojo'ylik ruhidan qanday qilib qutqarsam deb o'ylardim. Nihoyat boshimga bir fikr keldi,o'g'limga:
- Tayyorlan, bir joyga boramiz,- dedim. Bolam hursand bo'lib hozirlandi. Onasi esa ikkilanardi.
- Bolani qayoqqa olib borasiz?- deb so'radi. Unga baqirdim:
- Har holda o'limga emas, bolani otasidan ayaysanmi? Uydan chiqdik. Xotinimning havotiri shundan ham bilinib turardiki, pastki qavatgacha ortimizdan tushdi, qayoqqa borishimizni bilishga harakat qilardi.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2006, 09:46:42

Polis kiyimini yechib,fuqarolik kiyimini kiyib olganman. Moshinamga chiqqanimda o'g'limga zo'raki jilmayib qo'yardim. Aslida undan hafratlana boshlagandim. Bir buzuqqa qaragndek qarardim. O'g'limni qayerga olib borishimga siz ham qiziqayotgandirsiz?Fohishahonaga olib bordim. Manukya uylarining biriga keldik. Avvalroq shu uyni qurshab bosgan edik.Endi o'zim o'g'limni shu islavothonaga olib keldim. O'zini bir to'da qizlar ichida ko'rgan o'g'lim menga uyalib qarardi:
-Ota, qayerga kelib qoldik?Bunda nima ishimiz bor?
Uni ishontirishga harakat qildim:
- O'g'lim, erkaksanku, ahir, bu opalardan birini tanla... Qorqma,men shu yerdaman. sen erkaksan qo'rqmaysan,- dedim.
O'g'lim ko'zlarini katta -katta ochib jahli chiqib men tomon yurdi:
- Telba bo'ldingizmi,ota?Zino qildirmoqchimisiz?Allohdan qo'rqmaysizmi?-dedi.
Unga ikki shapaloq tushirdim.
-Menga qara,it!Erkak bo'lmaganing uchun meni din bilan qo'rqityapsanmi?-dedim.
O'g'lim eshik tomonga qochdi.Yarim ralang'och fohishalar bizga qarab turishar edi.
- Siz qilgan bu tubanlikni Abujahl ham qilmagan. Allohga hech ishonmaysizmi?- dedi o'g'lim. Fohishalardan biri yonimga kelib:
- Qanday uyatsiz odamsan. Hatto bizlar ham o'z bolalarimizni bu yerga kelishini hohlamaymiz. Sen qanaqa otasan, he, Allohning balosiga yo'liq!- dedi. Tang vaziyatda uyatda qoldim. Osha kundan boshlab o'g'lim yuzimga qarashni hohlamadi. Akamning uyida qoldi. Besh yildan keyin Timurtosh Uchar Xojaning uyini bosdik. Vatanni sotgan hoinlarni unutib, Xoja bilan mashg'ul edik. Xotini bizni ko'rishi bilan bildiki, biz,polislar nomussizlarga yahshi, musulmon ayolga yomon, qo'rqinchlik ko'rinamiz... Ayol yuzimizga qarab faqat bir so'z aytdi:
- Bu o'lkada yashashga bizning haqqimiz yo'qmi?
Boshimga gurzi bilan urgandek bo'ldi. Haqiqatdan, bu kishilar nima yomon ish qildi? Nega biz ularga tinchlik bermaymiz?Ayblari nima?O'ylarim ag'dar to'ntar bo'lib ketdi...

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2006, 10:01:05

Uyga bir ahvolda keldim.TV tomosha qilib o'tirganimda oldimga xotinim keldi:
- Tinchlikmi, holdan toygan ko'rinasiz?
Unga bor gapni aytdim.
- Musulmonlarga qasddan dushmanlik qilayotganlarning fikrlarini endi bilib oling. Boshingizni qumdan chiqaring,- dedi va qo'limga Mo'mina Quyosh degan yozuvchini kitobini berdi:
- Shuni o'qing, bir oz bo'lsada dinga kelarsiz.
Haqiqatan kitob menga juda ta'sir qildi. Keyin yana bir kitob keltirdi."Bu yer qamoqhona" Bu kitobdan bir paytlar jahlim chiqqandi. O'qidim.Birdan qarashlarim o'zgara boshladi. Ertasiga Hakimo'g'li Ismoilning,keyin Shu'la Yuksal Shanlarning "Yoshlikning iztiroblari"ni o'qidim. Hali bilmagan narsalarim juda ham ko'p ekan. "XX asr muammolari"nomli kitobni tugatgach,namoz o'qiy boshladim. O'g'lim namozni boshlaganimni eshitsin deb qo'limdan kelganini qildim. Ammo o'g'lim eshitmas,olislarga bosh olib ketgan, manzilni ham bilmasdik. Bu ne taqdir o'yini, derdim. Ichimda shunday isyon ulg'ayardi. Bir yil taqdirni aybladim. Bir yildan keyin bir olimga ichimdagini aytdim. "Buni taqdir qilmabdi,o'zingiz qilibsiz. Taqdir gunohga targ'ib va tashviq qilmaydi", dedi. Endi ayolim ham holimga achinardi.Lekin o'g'limni sog'inar,meni tark qilgan o'g'limni izlardim. Qani edi,o'g'lim meni sajdada ko'rsa. Undan esa biror habar, biror sas-sado yo'q edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  30 Avgust 2006, 10:14:38

O'sha kundan keyin xizmatdoshlar, do'stlarga o'zimdagi o'zgarishlarni anglata boshladim. Dinsiz bo'lganlar:"Bizga aql o'rgatma,ustozlik qilma",deyishdi.Lekin bir qanchasi meni tingladi. O'g'limga qilgan ishimni o'ylasam ichimda olov yonar, vijdon azobi meni ado qilardi.
Kutilmaganda maktub oldik. O'g'lim onasiga:"Onajonim!Men Pokistondaman. Alloh nasib qilsa, bayramga boraman", deb yozibdi.
Boladek bo'zladim. Endi bolam meni sajdada ko'radi. Vijdon azobim barham topadi. O'g'lim arafa kuni keldi. Katta bo'lib ulg'ayibdi. Soqolli, nur porlab turgan ko'zlari, yuzlaridan o'pdim. Bag'rimga bosdim. Yo'ldan chiqarmoqchi bo'lganim - Imom Hatibim meni yo'lga solgandi, yo'l topishimga, hidoyat yo'lini topishimga sababchi bo'lgandi. Ertasi kuni hayit namoziga birga bordik. Hayotimda hech qachon bu qadar bahtli bo'lmagandim. Jome'dan chiqqanimizda o'g'lim yuzimga qarab:
- Ota, bilasizmi, sajda sizga goz'al shahsiyat bahshida etibdi. Safda turishingiz sizga shu qadar yarashibdiki,ta'rifni keltirolmayman, tushuntirolmayman....
Hullas,sizga vijdon azobimni anglatmoq istadim. "Maktub"jurnalida o'qiganim - "Vijdon azobi"menga juda ta'sir qildi. Mening hayotim, otalarga, ayniqsa polislarga o'rnak bo'lar deb o'yladim... Allohga omonat bo'ling!!!

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Avgust 2006, 09:30:57

E'tiqod.

Zaynab hola shifohonadan chiqishga hozirlanmoqda. Hech kimi kelmadi. To'rt o'g'il va ikki qizi bor. Birovi bo'lmasa, birovi kelib qolar, deb derazadan tez-tez qarab qo'yardi. Qohira Jome'sidan shomga azon aytiladigan vaqt bo'lgan bo'lsa-da, hanuz holani olib ketuvchilardan darak yo'q. "Nega kelishmadi,ne bo'ldi ekan?'-deya tashvishlanardi hola. U, hamshiralar:"Hola hali ham shu yerdamisiz, ketmadingzimi?"-deb qolishlaridan havotirda edi. Narsalarini sumkasiga joyladi. Deraza yoniga o'tib tashqarini kuzatdi....Yoshligini hotirladi...
Olti bolasi bor edi. Ularga Islomiy tarbiya berishga harakat qilar, lekin uddasidan chiqolmasdi. Ya'ni bolalariga bergan tarbiyasini atrof muhit shamoli uchirib olib ketardi....Bir kuni katta o'g'li unga tik qarab isyon qildi:Bizni o'z erkimizga qo'ying ona!O'zingiz istaganingizcha yashang,lekin bizni o'z holimizga qo'ying!Yoqamizni bo'shating!
Zaynab hola yoshligida tinib tinchimasdi, islomni boshqalarga bildirishga harakat qilardi. Anjumanlar o'tkazdi. Maqolalar yozdi. Turli chiqishlar qildi. Talabalar yetishtirdi. Ammo uning yutuqlarini ko'rolmagan musulmonlar, balki munofiqlar turli mish-mishlar tarqatishar, tinchlik berishmas, bazovta qilshardi. Goho Zaynab hola o'zicha tutoqib:"Nega bunday? Ahir, biz diniy birodarlar,qiyomatli qarindoshlar emasmizmi?"deya iztirob chekardi. Bu yomon holatga choralar ahtarardi. Qarori qat'iy edi. Hech bir guruhni tanqid qilmoqvhi emasdi,lekin uni tinglaydiganlar oz edi. Bir gal Qur'on tahsili bosqichidan quvildi. Ko'chaga chiqqach yig'ladi:"Nega quvildim?Allohim,menga sabr ber!"-deya u yerdan uzoqlashdi. Qayga borsa tanqidga uchradi, uni noto'g'ri tushunishdi. Anglagan dunyo muammolari va muqobillarini taqdim etolmas va bu uchun ham iztirob chekardi.

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Avgust 2006, 10:05:34

Odamlarga kam foydam tegayapti, deya o'ylar, o'zini sevganlar ham borligini unutar edi. O'zini juda kichik chog'lar va ba'zan ko'ngli cho'kardi. Bolalarga qalban bog'langan, to'zimagan yoshlik chog'larini o'yladi....Qo'shnilarning bolalarini esladi...Bushro, Forima, Asila, Ali, Kozim, Muhammad,Zahro....Ularni asallarim deya ovutar va bundan o'zi ham zavqlanardi....
Mana shom azoni munglig'-munglig', hazin-hazin, ulug', ohista va baland taralmoqda. Go'yo:"Zaynab,yolg'iz emassan, mana men borman", deyotgandek edi.Ko'zyoshlari dumalab-dumalab tushdi. Nogoh hamshiraning ovozidan hushyor tortdi.
- Zaynab as-Sodiq...Siz hali ketmadingizmi, kasalhonadigi joyingizni bo'shatishingiz lozim, muddatingiz bitdi!-dedi.
Bu so'zlar qalbiga qilich bo'lib botdi.Ko'nglini ag'dar ton'ntar qilib yubordi.Hamshiraga mo'tirab qaradi. Ne deydi? Nima desa ekan?Zo'rakiroq so'z boshladi:
- Meni olib ketgani kelishmadi. Bu kecha ham shu yerda yotsam bo'ladimi?Bir kechalik ziyoda haq to'layman.
- Nima hech kimingiz yo'qmi?
Ichi tuzdek achishdi. Og'rinib javob berdi.
- Bor, bolalarim bor. Ammo negadir kelishmadi. Bugun chiqishimni bilishmagan bo'lishsa kerak. Ertaga kelishar... Telefonlarini bersam...
Biroq kimning telefonini beradi. So'ng birdan baland ovozda:"Yo'q!"- dedi.
- Ular mening jon joyimga urdilar.Men sizga Asilamni telefonini beraman. Bolaligidan meni yahshi ko'radi. U kelib meni olib ketar...Ertagacha muhlat bering.Ertaga ko'ramiz.
Qo'llari titrab sumkasidan daftarni olib, Asilaning raqamini berdi. Shom namozidan keyin yana joyiga yotdi. Qanday beshafqat damlar uning uchun,o'tishi ham qiyin edi.Hamhonasi baribir so'ramasdan turolmadi.
- Sizni shifohonaga bolalaringiz olib kelishdimi? Bu savol uni boshiga gurzi bo'lib tushdi.
- Yo'q, men bolalarimni o'n yildan beri ko'rmayman. Meni tark etishgan. Aybim Islom da'vosini zimmamada deb bilganim.
- Eringiz bormi?
- Erim o'lganida men 45 yoshda edim.
- Ho'sh,uyingiz,pulingiz bormi?
- Bor edi, hammasi bor edi. Talabalarga, e'tiqodim yo'lida sarfladim.
Hasta ayol o'rnidan qo'zg'alibroq. Zaynabga achinish bilan qaradi.
- E'tiborliroq bo'lmadingizmi?Keksayishingizni o'ylab, o'zingizga uy va biroz pulning g'amini yeb qo'ysangiz gunoh bo'lardimi?
Zaynab yana horg'in va og'ir nafas oldi.
- Gunoh emas, aksincha, Rasulullohning s.a.v. tavsiyalari...Lekin yoshlarning joyi yo'q. O'qiyolmasdi ular. Chidayolmadim. Borimni talabalarga sarfladim. Bir uyim, biroz pulim bo'lsa edi. Mayli pushaymon emasman. Yuzlab yoshlarga o'qish imkonini berdim.

Qayd etilgan