Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 91552 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 B


Munira xonim  31 Avgust 2006, 10:32:44

Hasta ayol unga yana achinish bilan so'zida davom etdi.
- Endi kasalhonada garovga qolasizmi?
- Mayli e'tiqod yo'lidagi mashaqqatlarda ham lazzat bor. Sizning kelib ketuvchingiz ko'p ekan, buyursin. Aytganlaringizdan anglaganlarimning hammasi bu dunyolik. Narigi dunyoda kelib ketuvchilaringiz bo'lishi uchun yashamabsiz. Oltmishga kirib qo'yibsiz-u, hanuz u dunyoni o'ylamabsiz. Men hayrli ishlarda, siz esa dunyo ishlarida ancha oldinga ketib qolibmiz.
Hasta ayol asabiy ming'irladi:
- Unda shu ko'yi yashashda davom etavering. Sizning yahshiligingiz uchun, sizni deb aytyapman.
- Aytmang. Aytganlaringiz tasalli berish uchun emas, o'tmishdan pushaymonlikuyg'otish uchun. Pushaymon emasman. Zotan dunyodan ketishimga qancha ham qoldi...
Ikkovi ham bir-biriga ters o'girilib oldi.Zaynab yashirincha yig'lardi... Huftonga azon aytilmasdan uhlab qoldi. Tushida bolalarini,o'zini hafa qilgan qator musulmonlarni ko'rdi.... Mahshar kuni emish... Ularni qarshisiga keltirishibdi... G'oyibdan ovoz kelibdi:
- Bularni taniysanmi? U esa baqirib javob beribdi.
- Taniyma-a-a-a-an, taniyman.
O'z ovozidan o'zi uyg'onib ketdi. Ruhidagi dardlari ortgandek bo'ldi,o'rnidan turdi. Tahorat olib namoz o'qidi, duolar qildi.
Duo qilayotganda esiga tushdi.... Bir kuni shunday duo qilib o'tirganida kichik qizi kelib:"Ona,shu duoyingizdan bezor bo'ldim",- dedi.Shularni, o'tgan kunlarni o'ylab, o'zi bilmagan holda ovoz chiqarib duo qilardi:
- Meni jon joyimga urdilar, yolg'izlatdilar,hasta qildilar.Allohim! O'zing uyg'ot bu musulmonlarni! Yolg'izligimni ishqing ila bir butun ayla!Menga qanday mashaqqat bersang bu dunyoda ber!Ohiratda azob berma,yo Rabbiy!Shifohonada garovga qoldirsang ham, jahannamda garovga qoldirma!...
Yana o'rniga qaytdi:"Farzandlarim unutsa ham, Sen unutmassan. Sen menga kifoyasan Parvardigorim",-deya duoda davom etdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Avgust 2006, 11:11:31

Bomdodga azon aytlganda uyg'ondi. Namozini o'qib bo'lib derazadan qaray boshladi. "Ey, Tong!Men uchun nelarga to'lug'san. Bugun ham garovga qolamanmi?"-deya o'z-o'ziga so'zlar ekan, hayoliga Asila keldi. "Asilam!Aslo meni unutmagan bo'l! Meni bu yerlardan olib ket!"Hayjonda kutardi. Soat ham o'n bo'lyapti.Hamshira kelib:"Hali ham shu yerdamisiz?" - deb qoladigandek,eshikka tez-tez qarab qo'yardi. Birdan eshikda hamshira paydo bo'ldi. Hayjondan yuragi hapqirar va to'htab qoladigandek bo'lardi.
- Hushhabar , Zaynab honim!Hushhabar!Sizni olib ketgani kelishdi.Zaynabning sevinchi ichiga sig'madi. Ko'zlari yoshlandi.
- Kim keldi, kim keldi?
-Ikkita yigit...Kozim va Muhammad ekan, tayyorlaning, ketasiz!
Tezda hozirlandi. Yonidagi sherik ayol derazadan qaradi... Birdan hayajonlanib, Zaynab holaga o'girildi:
- Qarang, qarang!Shifohona bog'ida qaiyomat bo'lyapti,qarang,keling!
Zaynab hola qiziqib,derazaga yaqinlashdi.Ko'zoynagini taqib haloyiqqa qaradi.
-Bular, bular mening farzandlarim,bular mening bolalarim, birodarlarim... Meni olib ketgani kelishibdi-da... Qarang,ko'ring, Hasan al-Kaab, Ismoil, Ali,Muhammad. Shu yerdagi "Mo'min jurnalini sohibi... Qarang, qarang Qohira jome'sini imomi...
Ko'zyoshlar ichra taniganlarini sanar, ularga qo'l silkitar edi. Olomon ichra ko'tarilgan takbir sadolari ruhiga kirib qyvvat berar va hayajon ichra shodlantirardi....

Qayd etilgan


Munira xonim  31 Avgust 2006, 11:25:16

Bolalarini ham ko'rdi.Hayajon bilan eshikka yugurdi.
- Hush kelibsiz, birodarlarim,bolalarim!Meni mamnun etdingiz... Nima deyishni ham bilmay qoldim...
Bir guruh yigit qizlar javob berishdi.
- Opajonimiz! Aybga buyurmaysiz. Holingizdan habarsiz qolibmiz. Bilmabmiz. Eshitishimiz bilan bir-birimizga habar qildik. Bilaganimzda sizni shu holga tashlab qo'yarmidik.
- Sog' bo'ling, rahmat,birodarlarim. Sog' bo'ling, bolalarim, farzandlarim.Nima deyishni bilmayapman...
Bolalari ham aybdorlarcha onalarini quchishdi.
- Bizni avf eting ona!Kechiring bizni,- deyishdi,ammo negadir to'ng'ich o'g'li ko'rinmasdi.
- U qayda? Akangiz? Katta akalaring qayda?
Ular zo'rg'a javob berdilar:
- Ona,u endi musulmon emas! U nasroniy bo'ldi... Sizdan ketdi.Lekin biz sizga qaytdik. Allohga qaytdik,ona!
Bir muddat sukut saqlab qolgan ona Islom tarixini o'yladi...
- Mayli.Ne qilay? Na chora? Nuh a.s. ham hamma bolalarini qutqara olmaganlar....
Qorinlarini to'ydirgan,bir paytlar taom bergan - talabalari, shogirdlari yana birga takbir kletirdilar. Zaynab xonim  sevinch bilan,g'urur bilan olomon o'rtasida yurib borardi. Birdan ko'zi shifohonaning o'zi yotgan qavatiga tushdi. O'zini ayblagan hamhonasi oynadan qarab turardi. Zaynab xonim "ko'rpaysizmi" degandek qo'l silkitdi. Mo'minlar takbirlar ostida Zaynab xonimni - onalarini olib kasalhonadan uzoqlashishdi....

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Sentyabr 2006, 08:47:14

Ko'ngil ko'zi ko'r bo'lmasin.

"O'g'lim...Bolam,jonim fido, onang qurbon bo'lsin seni Yaratganga!"-deya o'stirdim Murodimni. Bolaginamning ko'zlari ko'r,lekin juda aqlli. Besh yoshga to'lganda so'rab qolsa bo'ladimi:
- Ona, mening ko'zlarim nega ko'r?
Jigarimning bir parchasi uzilgandek bo'ldi. Nima ham deya olardim. U esa so'rashda davom etardi.
- Ona ko'rmoq nima? Ko'rsa nima bo'ladi?
- Dunyoni ko'rasan, o'g'lim, quyoshni, oyni, kecha-kunduzni...
- Oy, quyosh, kecha kunduz nima, ona?Yonadimi ular? Qanaqa narsa o'zi?
- O'g'lim, oy, quyosh ko'k yuzida bo'ladi.
- Ko'k yuzi  nima,ona? U qanday narsa?
Javob berolmasdim. Javob berolmasligimni tushungan bolam:
- Javobingiz yo'qmi, ona?Albatta javob bo'lishi kerak, to'g'rimi, ona?
Ona-bola shunday suhbatdosh do'st edik. Lekin ba'zan injiqlik qilardi:"Opam, akalarim ko'rishadi-yu,lekin men nega ko'rmayman?"- deya turib olqrdi. Qancha tushuntirmay kor qilmasdi. Men ham unga bot-bot:
- Bolam, muhimi ko'ngil ko'zidir. Allohga shukrki, nuqsoning faqat ko'zingda. Qo'l oyoqlaring yo'q bo'lsa nima bo'lardi?
Albatta, biroz tasalli topardi. Ammo zinalardan chiqib tushishda yiqilib tushsa bor ovozicha baqirardi.
- Murodim, bolam,meni hafa qilmasang-chi, - derdim. Mening unga aytganlarimni, anglatganlarimni odamlar bilishsa,ular ham to'htovsiz bolalariga bog'lanib, ular bilan tinmasdan mashg'ul bo'lisharmidi.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Sentyabr 2006, 09:08:11

Uch yildan so'ng.

Murodim biroz tartibga kirdi. Endi u sakkiz yosh. Mana, tashqarida o'ynayapti. Opasi bilan Zaynab bor yonida. Yo, Rabbiy!Bolalar jo'r bo'lib, bolamga baqirishmoqda:
- Ko'r Murod, ko'r, bizni tutolamydi...
Bolam turgan joyida qotib qoldi. Tezda tashqariga chiqdim.
- Bolalar, hech o'ylaysizmi?Qarang, Murod yig'layapti.Ota-onangiz sizga "ko'rga ko'r, cho'loqqa cho'loq" deyish gunohligini aytishmaganmi? Bunday qilmang, Murodni g'amga botirmang,hafa qilmang!
Bolalar esa tinglamas,tushunmas edilar. Ularga ota-onasi tarbiya berganmidiki quloq solsa. Murod yig'lay - yig'lay uyga kirdi.Ovozini boricha baqirdi:
- Meni ko'r deyishdi. Yashashni hohlamayman. o'lishni istayman...
- Bolam,ular tarbiyasiz bolalar. Ota-onalari tarbiya bergan bo'lsaydi, seni ayblasharmidi?Hafa bo'lam bolam. Uzrli insonlarni ayblaganlar o'zlarini kamsitganlar boladi,ular o'zlarini hor qilguvchilardir. Sen sabr qil, sen yahshi musulmon bo'l. Alloh senga jannatda shunday go'zla ko'z ato qilurki, ko'rganlarning ko'zlari qamashur.
- Ammo qachon bo'ladi u, ona?
- U dunyoda...bolam..
- Unga juda ko'p vaqt bormi?
- Yo'q, bolam, yaqin, hatto yuz yil bo'lsa ham yaqin.Qara, mening otamning otasi ham sendek bola edi, endi u yo'q. Aslo isyon qilma, bolam! Allohni sevganlardan bo'lib, ikki ko'zi ochiqlardan ham bahtli bo'lgaysan. Abadiy hayoting jannatda kechgay, Inshaalloh.
- Jannat qanaqa joy, ona?
- Go'zal joy, behad go'zal. Alloh jannatni anglatar ekan, to'yib bo'lmaydi,deydi. Abadiy anhorda sutlar asallar oqadi, deydi. U yerda insonlar nimani hohlasalar ana shu bo'ladi. Bu dunyo o'tkinchidir. Qancha ko'zlarga tuproq to'ldi. qancha ko'zlar qabrda tuproq bo'ldi. Egasiga foydasi yo'q, bolam.
O'g'lim tinglardi. Goho isyon etguvchi bo'lsa-da, mening yonimda o'ychan edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Sentyabr 2006, 09:30:08

Bir kuni akasi maktabdan kelgach:
- Ona, ukalarimni daryo sohiliga olib boraymi?
- Yahshi bo'lardi, Usmon,men ham peshindan keyin boraman,- dedim.
Uchovi ketishdi. Havo unchalik ochiq emasdi. Ammo yomg'ir yog'ishidan avvalroq kelib ulgurishar deb o'yladim. Ular ketganidan keyin yarim soat o'tar o'tmas, yomg'ir quydi, kutilmagan to'fon bo'ldi.Bolalarim tomon yugurdim. Daryo quturgan edi. Har tomonni sel bosdi. Dunyom ostin ustun bo'lib ketdi. To'lqinlar och ajdarhodek bostirib kelardi ustimga. Ovozimni boricha baqirardim:
- Usmo-o-o-n! Zayna-a-a-ab!Muro-o-od! Bolalarim qaydasiz!Bolam!
To'lqinlar pishqirib, daryo qirg'oqlariga urilardi. Bir payt daryodan bo'g'iq faryod eshitilgandek bo'ldi:
- Ona-a-a-a-a-a!
Ovoz kelgan tomonga telbalarcha yugurdim.
- Boalm, bolajonim! Qoshnilar! Eshityapsizmi? Bolalarimni qutqaring!
Birov daryoda ko'zga ko'rinib ko'rinmay elas elas oqib ketayotganda:"Bolam" deb o'zimni suvga otdim.To'lqinlar meni hasdek olib ketdi. Qancha o'tdi bilmadim, bir tolni tutib, o'zimni quruqlikka otdim.Va nogoh Murodim ham bir novdani ushlab baqirardi.
- Ona, meni qutqaring!
- Bola-a-a-am! Biroz chida, boryapman, sabr qil biroz!
Bolam tomonga yashinday yugurdim.....
- Bolam, bolaginam, Murodim!
- Ona,akam, opam, qani? Ularni toping ona.
- Sen shu yerda kut, bolam, men ularni axtaray...
Hushim boshimdan uchdi. Boshyalang, jinniga o'hshab daryo bo'yida yugurardim. O'zing saqla, Allohim! Dahshat! Ne bo'lsa ham toipsam deyman?....
Ertasiga Qizilcha qishlog'idan qizim va o'glimning jasadini topdik. Qanday aytay?... Bu g'amni qay so'z ila ifoda qilay?...Ikki farzandimni dafn etdik. Besh kundan keyin Murodimni savollariga duch keldim.
- Ona, akam bilan opam hozir qayda?
- Jannatda, o'g'lim.
- Ona, nega men bir novdani ushlab,o'lmay qoldim? Nega ular tutolmadi, ahir ularning ko'zi ochiq edi-ku?
- O'g'lim ko'zlar Allohning qadarini o'zgartira olmaydi. Ko'rmaganing holda sen darahtni topib tutding,ular ko'rgani holda tutolmadi...
- Endi ko'rlik meni hafa qilmaydi,ona. Bolalarning mazahlashiga ham e'tibor bermayman.
Haqiqtdan bundan keyin ko'rlik haqida so'z ochmadi. Men Allohdan sabr so'radim.Bir necha yildan keyin yana ikki o'g'il ko'rdim.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Sentyabr 2006, 09:43:34

Yetti yildan so'ng.

- Ona,men yozuvchi bo'lmoqchiman,nima deysiz?
- Senmi?
- Ha,men,ona. Ko'zlari ko'rmagan qanchadan - qancha g'ayridinlar necha-necha kitoblar yozishgan ekan. Ko'zi ojiz musulmonlardan olimlar ham bor ekan. Ko'zlari ko'r bo'lmaganlarning ne uchun ko'rmaganlarini qalamga olaman,onajonim. Bolalarga hos so'zlarim, fikrlarim bor."Biz bolamiz", deya behuda yurishmasin. Bolalar ham ko'p narsalarga qodir. Har kim ko'zining qadrini bilsin. Ko'rmaganlar ham shukr qilsin.Ona,kecha siz bilan suhbatlashgan doktor aytdi. Tehnika-tehnologiya sababli nogiron bolalar ko'payib ketyapti deb. Har ne Allohdan edi-ku,ona?Bizni zaharlaganlarni aytmadingiz, ona. Meni tehnalogiya ko'r qilganini bilaman. Fan emish,tehnika emish.. kasofati bizlarga urmoqda...
- Ularning bolalari-chi?
- Ularning bolalari yo'q-ku, ona. Gazetalarda yozishibdi,olimlarning ko'pini bolasi yo'q ekan.
O'g'lim, haqiqatan, diniga bog'langan musulmon bo'ldi. Hofizu Qur'on bo'ldi. Bulbuldek ovoz bilan Qur'on tilovat qilganida, iymonli yuraklar titrardi. Ko'zi ojizlar o'quv yurtini a'loga bitirib, diplom olgan Murodim ukalariga ham mehribon edi.

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Sentyabr 2006, 09:50:56

Besh yildan so'ng.

Qo'shnimzinig qizi Zaynab Murodimni sevib qoldi. Lekin Murod uylanishni qat'iayn rad qildi. Uylanish niyati yo'qligini aytdi. Bir kuni Zaynabga:"Kel,kelinim", deganimni eshitib,meni chaqirdi. U 20ga kirgandi.
- Ona, aybga buyurmaysiz, gaplashib olsak,- dedi. Va men o'tirdim.
- Ona, men o'sha qizga uylanmagach, nega umid qilyapsiz? Uni ham umidvor qilmang, bu gunoh, ona gunoh bu.
- O'g'lim bu qiz seni juda sevadi,nega uylanmaysan?
- Ona! Bu haqda juda ko'p gaplashdik. Umuman uylanmoqchi emasman.

Ikki yildan so'ng.

Erim yo'l halokatidan vafot etdi.O'g'illarimdan biri zobit bo'ldi. Kichiklari hakim bo'lishga harakat qilishmoqda

Qayd etilgan


Munira xonim  03 Sentyabr 2006, 10:06:21

Yigirma yildan so'ng.

Oltmish yoshga kirdim. Zobit o'g'lim:"Mening ish o'rnida o'sishim bor,ona,o'rangan holingizdan uyalaman",deya meni ukasinikiga olib keldi va kichik o'g'limnikida qoldirdi. Ammo kichik o'g'limning ham bundan unchalik hushlanmayotgani sezilardi.Nabiramning tundlashishidan ham sezilardi. Har soz'ni o'zimga olib ezilardim. Ohir tahminim to'g'ri chiqdi....
- Ona,- dedi bir kuni o'g'lim,- ukamnikida qoling.
Qoldim. To'g'rirog'i qolyapman. Alinikida ekanimda Murodim keldi. Ko'zlari nam. Balki yig'lagandir.
- Ona,bilasizmi men Zaynabga qay shartlar bilan uylanganimni? Unga:"Men ko'rmayman, onam menga muhtoj bo'lganida menga ko'z bo'lasanmi?Onamni qabul qilasanmi? Sen mening onamni qabul qilsang,men ham sening ota-onagni qabul qilaman", dedim. U esa:" Sizni onangizni o'z onamdek sevolmasman, ammo onamga bo'lganchalik marhamat qilaman", dedi.
- Nima demoqchi bo'lyapsan bolam?
- Sizni bizning uyimizga, o'zingizni uyingizga olib ketmoqchiman.
- Endi mening uyim yo'q, bolam. Mening uyim menga muhtojligingizda bor edi. Men sizga muhtoj bo'lgach yiqildi uyim.
- Unday demang, ona. men sizga doim muhtojman. Bolalar onalarining nazarida doim bola bo'lib qolishadi.
- lekin men bu yerda bemalolman, huzurliman, bolam.
- Yolg'on aytmayapsizmi,ona?
- Qaydan bilasan?
- Ko'rlar bilmasmi,ona? Ular qalb ko'zlari bilan ko'radilar-ku. Sizsiz hech qayerga ketmasman. Onajonim,sizni hech kimga muhtoj qilmasman!
Shunday qilib hozir Murodim bilan birgaman va bahtliman.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Sentyabr 2006, 08:23:53

Meni kechir,Ali.

Men Ali Fardin bilan bog'liq vijdon azobimni hech ham unutolmayman. 1984 yil. Litsey. Riyoziyot darslari. Ali harakatchanligi, yahshi hulqi bilan diqqatni tortardi. Bir kuni Alini isitgich yonida namoz o'qiyotganini ko'rdim. Demak, bu aksilharakatchi, qoloq, ortda qolgan. Alining hech qachon muallim bo'lolmasligi, halq bilan muloqot qilmasligi lozim deb o'yladim. Bu yo'lda qpo'limdan kelganini qildim. Shunday bo'ldi ham.Birinchi ishni sinfda uni ranjitishdan boshladim. U hafa bo'lishi, o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotishi lozim edi.
- Ali!-dedim bir kuni,- sen gustoh, jinni,ahmoqsan,odam emassan.
Ha,uni ruhan bayron qilishni o'yladim. Yuzimga qaradi.
- Ahmoqman deyman, gustohligimga esa imkon yo'q. Sizning bunday past ketishingizga mening namoz o'qiyotganim sabab bo'lmasin yana?- deya meni hayron qoldirdi. Va hurmat bilan muomalada bo'lishni davom ettirib, meni yerga kiritib yuborganini hazm qilolmasdim. Ikki shapaloq tushirdim....
- Yana bir ursangiz, qarshilik ko'rsatishimdan ogoh bo'ling. Mening e'tiqodimda ayol kishini urish yo'q,lekin undan tayoq yeyish ham yo'q,- dedi va burilib ketdi.
Alining nozik joyidan tutgandim. Uni haqorat qilib,o'zimni urdirmoqchi, uni esa maktabdan haydatmoqchi bo'ldim. Muallim bo'lib, ota turkchi yoshlarga Islomni aralashtirmasin. Yetar bas! U holda gap tayoq yeyishimda qoldi. Va o'ylaganimni qildim. Sinfda uni haqorat qildim. Qoloq,qo'pol, vahshiy va hakozolar dedim. Bir kuni yana urdim. Shiddat bilan menga ham ikki shapaloq tushirdi.Darhol muhokamaga berdim. Ali kuyinib o'zini himoya qildi. Avval meni urganimni aytdi.Ammo buni tasdiqlaydigan guvoh topolmadi.Zero,o'quvchilarimga juda yahshi muomalada bo'lardim. Hech bir talabani sinfda qoldirmasdim. Vaqtlarini qadrlardim. Ishonchimga hizmat qiladigan talabalar o'z burchini ado etishni boshlashi, aksilharakatlar havfidan o'lkani qutqarishi lozim edi. Ikkinchi marta yana Alini haqorat qildim. Riyoziyotdan qasddan qoldirdim,yiqitdim.Mudir ham men tomonda edi.Va 1986yilda Ali maktabdan haydaldi....

Qayd etilgan