Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 91508 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 12 B


Munira xonim  17 Iyun 2006, 07:40:04


Assalamu alaykum! Men bu bo'limda sizlarga turk yozuvchisi Amina Shanliko'g'liga vijdon azobida qolgan zamondoshlarimizdan kelgan maktublar asosida yozilgan kitobdan qalbimni larzaga keltirgan qonli dil izhorlarini ilindim. Balki bizni oramizda, do'st yoki qo'ni qo'shni va qarindoshlarimizni orasida ham shunday adashgan, hozirda esa Allohga tavba qilib vijdon azobida qolgan musulmon opa-singillarimiz va aka - ukalarimiz bordir. Biz har birimiz ularni Amina bo'lib tinglashimiz va ularni to'g'ri yo'lga boshlashimiz va ularni dardlariga oz bo'lsada malham bo'lishimiz kerak, bu mo'minni mo'min ustidagi haqqi. Zero har bir mo'min bir-biri uchun mas'uldir. Keling, sizni qiynayotgan masalalarda biz bilan sirlashing.
Amina Shanliko'g'li - keyingi yillarda kitoblari eng ko'p o'qilatoygan turk ayol yuzuvchilaridandir. Mazkur maktublar mahsulini haqiqat va jaholat, ezgulik va yovuzlik kurashida ko'ngil iztiroblarining in'ikosi deb qabul qilish mumkin.


Qayd etilgan


Munira xonim  17 Iyun 2006, 08:28:02

Hato.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman!Allohga hamd bo'lsin! Avvalo sevimli Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v.ga olu ashoblariga salotu salom bo'lsin.Sizlarning har biringizga ham alohida - alohida salomlarimni yo'llayman.Ismimni ochiqchasiga yozishni ma'qul ko'rmadim.Men jurnalingizni o'qib boraman va juda-juda yoqtiraman.Modomiki o'quvchilar ibrat olsin deya "Vijdon azobi" nomli sahifa berib borar ekansiz, men ham boshimdan o'tga voqeani bildiray,agar lozim topsangiz yoritarsiz.Har kim ham menday hato qilishi mumkin. Buni yozishimdan maqsad, boshqalar - yoshlar johil musulmonlar men qilgan hatoni qaytarmasinlar, bu voqeadan ibrat olsinlar.Hali sakkiz yoshga to'lmasdan - men erkatoyini go'zal joylar - kengliklarga qo'yib yubordilar.Lekin bu kengliklarni o'z vahshiylari va bo'rilari bor ekan.... Men ham bir bechora qo'zichoq edim, turkchani yahshi bilmaganim uchun meni boshlang'ich maktabga - TUrkiyaga jo'natdilar.Turkiyada ikkinchimi,uchunchimi sinfda o'qiyotganimda olg'ir bo'ri - hotinboz kurdga yo'liqdim va talandim, u mening norasida va bokira dunyoyimni vayron qilib hayotimdan uzoqlashib ketti.Hali go'dak bo'lganimdan hech narsani tushunmasdim.Oradan yillar o'tdi.O'n oltiga to'ldim.Unga bunga aqlim yeta boshladi.O'sha dahshatli kun yodimga tushib doktorga bordim. Men cuhun isnod bo'ladigan holni eshitib haqiqatni anglab yetgach:" Rabbim, o'lar bo'lsam o'lib bo'ldim, bundan ko'ra jonimni olsayding, yashamasaydim!" - dedim. Ko'zlaimdan yoshlar oqar, dugonalarimning tasalli berishlari ham meni ovutolmas edi. Endi uyimdagilarni yuziga qanday qarayman.Vijdon azobidan ezilar, oshkoru pinhon faryodu fig'onlar qilardim. Qiyomat kuni mahshargohda Yratgan Egam huzurida gunohlarim qancha, bilmayman. Ayting, men fohishamanmi yoki bechora qurbon?Yo butog'idan yulingan aybsiz gul? Allohim meni avf etarmikan? Men o'sha payt hech narsadan habarsiz, ma'sum go'dak edim, Aziz o'quvchilar, mening bu muhtasar, ammo achchiq hatot qissamdan hissa chiqarsinlar, ibrat olsinlar,yosh farzandlarini o'zga yerlarga yubormasinlar, yolg'iz va qarovsiz qoldirmasinlar, deyman.Menga ham kelajakda kimdir turmush qurishni yaklif etar, tabiiyku, unda javobim "yo'q" bo'ladi. Yana sizlardan so'rayman: endi ne qilaman? Uydagilar hanuz ahvolimdan habarsiz, bilsalar qay holga tushaman? Boshi berk ko'chaga kirib qoldim, chiqmoqqa intilaman. Qutila olarmikanman? Kelajak naslni pok tarbiyalamoqchi onalarga maslahatim - farzandlaringizni bu zaharli oynai jahonda nari tuting, ehtiyot qiling! Men olti yoshimda uydagilar uhlagach, ekran qarshidida yarim tungacha o'tirar va razolatni tasvirlovchi turli filmlarni tomosha qilar, ba'zi narsalarni o'rganar va ashulachi bo'lishni orzu qilardim.Uyning burchagidagi bu to'rtburchak ofat meni shunday zaharlab qo'ydi.Biz har kun ko'radigan va odatda o'ziga tortadigan narsalardan o'rnak olamiz va oqibati shunaqa hunuk bo'lib chiqadi... Gapni cho'zib boshingizni qotirib yuborganim uchun sizlardan uzr so'rayman.Olmoniyadan, noma'lum mushtariyingiz X.Sh. Aloh rozi bo'lsin.
Javob: Muhatarm ginglim! Maktubingizni o'qib ancha mayuslandim. Boshingizdan bir bor bunday voqea o'tibdi. Afsus buni ortga qaytarib bo'lmaydi. Shunday ekan, kechmishni emas, kelajakni o'ylash kerak. Bu hodisa norasidalikda o'tgani uchun sizning aybingiz yo'q, siz yomon ayol ham emassiz. Johil jamiyatning qurbonisiz. tortinmasdan buni onangizga tushutiring yoki buni boshqalar orqali buni yetkazing. Sizni kelinlikka so'rab kelganlarga ham vaziyatni ochiq ayting. Zotan, kechmishingizni ochiq aytishdan boshqa chora ham yo'q.Bir marta bunday ishni boshingizdan kechirganingiz o'ylab, o'zingizni yo'qotmang, endi ehtoyot bo'ling. Boshqa aldanmang.Bundan keyingi hayotingizga qarab Islomni o'rganing va boshqalarga ham o'rgating.

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Iyun 2006, 15:50:20

Biz ham musulmonmiz.

Salon orkestr saslariga to'lgan, gumbur - gumbur, jaz-juz ovozlar quloqni qomatga keltirar, hamma raqs tushayotganlarni kuzatar edi. Qizlar eng so'nggi urfda kiyinishgan. Bo'yalgan kipriklar,lablar...gul-gul ochilgan olov chehralar....Bir payt moviy yomg'irpo'sh ( kamzul) kiygan bir qiz o'rnidan turib, qarshisida o'ynayotgan dugonasiga:
- Juda ham isib ketdim,- dedi. Dugonasi esa:
- Bir daqiqa bo'lsa ham mana buningni yechib qo'y, jomeda emassan-ku ahir, to'ydasan,- dedi.Moviy kamzulli qiz nozik barmoqlari bilan yuzidagi terlarni sidirib qo'ydi. Uning oppoq yuzi tobora qizarib borardi. Bir zum qo'llari bilan boshidagi durrasini tuzatgan bo'ldi.Lojuvard ipakdan tikilgan bu libos birdan sirg'alib boshidan tushdi, qiz nima bo'lganini bilmaganday hurkak holda orqaga qaradi. Bir janob raqsga taklif etardi. Hayajonga tushib qolgan qiz shoshib yopinchig'ini yerdan ko'tardi. Changlarini qoqar ekan, barcha unga qarayotganini his qildi. Ayol-erkak, yoshu qari unga qarab turishardi. Qizning yuzi uyatdan olovdek qizardi. Ne qilarini bilmay qoldi. Yopinchig'ini qayta boshiga o'ramoqchi bo'lgan edi hamki... ulani kuzatayotgan bir janob:
- Attang, shunday go'zal sochlar yashirilsa, ayb emasmi? Gunoh-ku azizam!- deya qizga yaqin keldi. Qiz ilk bunday holatga tushib qolganiga uyalib ketdi, juda hijolat chekardi. Durrasi bilan boshini va bo'ynini qayta o'radi. Sal avvalroq o'zini raqsga taklif qilgan yosh janob:
- Honimafandim, juda siqilib ketgan ko'rinasiz, hohlasangiz ravoqqa chiqib biror ichkilik ichamiz,- dedi. Qiz ortiq chidab turolmadi:
- Yo'q, beyafandi,men ichkilik ichmayman,- dedi. Yigit sal noqulay tortib, hijolatomuz:
- Nega? Sog'ligingizga to'g'ri kelmaydimi? - dedi. Qiz o'zicha o'yladi:" Mahmadonalik qilyapti, tartib-intizomli qiz ekanligimni bilib turib so'raydi-ya".Yigit hanuz taraddudli, hayajonli alpozda savoliga javob kutardi. Chekinolmasligini bilgan qiz:
- Beyafandi, bilsangiz kerak, Islomda mast qiluvchi ichkilik ichish haromdir. Shuning uchun ichmayman,- dedi. Yigit esa g'ashga tegar darajada bemalol tarzda:
- Ichkilikni harom ekanini bilaman,- deb javob berdi.Qiz juda hayajonlandi va biroz g'azab aralash qizishib:
- Demak, bilib turib, meni ichishga taklif qilishingizni qanday tushunish mumkin,- dedi.
- Ha, to'g'ri , atay aytdim.
- Nima demoqchisiz? Maqsadingiz nima?- dedi qiz qizishib.
- Ichmaysizmi?! - dedi yigit.
- Mo'mina qizlar ichmaydilar,- dedi qiz.
- Mo'mina qizlar bunaqa to'ylarga ham kelmaydilar.Chunki cholg'u, musiqa tinglamoq, raqs tushmoq ham harom ekanligini biladilar. O'ynamasalar ham bunday joylargabo'lishning o'ziyoq harom ekanligini ham biladilar,- dedi yigit. Qizning yuzi ko'kara boshladi. Ammo gapdan qolgisi kelmadi.Salondagilar ko'ngilhushlikni qo'yib ularning tortishuvini tomosha qilishardi.
- Modomiki, Islomni bilar ekansiz, siz bu yerda nima qilyapsiz?- deb so'radi qiz. Yigit huddi shu savolni kutib turgandek darhol javob berdi.
- Qiziqish, honimafandi,qiziqib qoldim. Qiz hayron bo'lib o'yladi:" Ajabo bu kishini nima qiziqtirib qo'ydi ekan".


Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyun 2006, 10:57:55

Davomi...

Lekin so'rab ulgurmasdan yigitning o'zi tushuntira boshladi:
- Salon qarshisida ko'chada kezinib yurardim. Yo'ldan bir necha ayollar, qizlar o'tib borishar edi. Bari yarim yalang'och kiyingan, yuzlarini pardoz qilib bo'yoqlar tortishgan,faqat siz ulardan farqli ravishda bo'yanmagan hamda o'rangan edingiz.Boshqa ayollar bir daqiqa oldin bo'lsa ham ko'ngil ochishga shoshishar, ammo siz yoningizdagi ayol bilan sekin yurib borardingiz. Ma'zur tutgaysiz, bu orada suhbatlaringiz qulog'imga chaliniz qoldi.Szi yoningizdagi ayolga oyog'ingiz tortmayotganini va to'yga borgingiz kelmayotganini aytdingiz. U esa to'yga borish bilan gunohni bir-biriga aloqasi yo'qligini aytardi.Siz asl vazifangiz bo'lgan - Islomni o'zgalarga tushuntirish, yetkazishni unutib unga ergashdingiz.Men esa bunday ochiq sochiq to'yda o'ranib olgan ayol nima qilishiga qiziqib qoldim.Shuning uchun bu salonga kirib, sizni kuzatdim. Va qasddan sizni raqsga taklif qildim.Nima qilishingizga qiziqdim.
Kelganiga ming bor pushaymon bo'lgan qiz qarshisidagi yigit esli-hushli ekanini angladi. Buning ustiga bu haq so'zlarni eshitgach toqat qilolmadi - ko'z yoshlari oqa boshladi.Ko'zlari bilan to'yga birga kelgan dugonasini qidirardi.U yon tomondan kelib:
- Sizga nima bo'ldi jonim. Go'zalim, to'yni rasvo qildingiz, sovutdingiz, hor qildingiz.Sizdaylar ko'ngilhushlikni tushunarmidi?O'tday kelib o'tday ketasizlar. Birozgina madaniyatliroq bo'lsangizchi?! Qaysi asrda yashayapmiz o'zi azizam? Shu zamonda ham kallasiga o'rgimchak uya qurganlar ham bor ekanda.Ko'ngil ochmoqchi edik imkon bermadingiz,- dedi.Asabiylashgan qiz esa:
- Menga qara, O'ljoy,emni bu yergaqo'yarda-qo'ymay olib kelganing yetamagidek,endi e'tiqodimizni ham haqorat qilasanmi?-deya baqirdi.
- Shu qadar iymonli, so'fiy bo'lsang nega kelding?-dedi unisi. Va nihoyat tortishuv tugadi. Qiz yig'ishtirinib ketmoqqa hozirlandi.Sumkachasini olib kesmin yurdi.Dugonasi O'ljoy bo'lsa qahqaha oti, kalaka qilib qoldi:
- Chop so'fiy joynamozingga chop, ko'ramiz! Uyiga yetib kelgan qiz esa honasiga kirib yig'lar, Allohga duolar qilib,mag'firat so'rar, avf tilardi.Tonggacha uhlamadi. Vijdoni qiynab, so'roqqa tutar, tergov qilardi." Musulmonliging qani! Qani islomiy yashamoqqa va da'vat etmoqqa qilgan qarorlaring. O'ljoy gunohni qaydan bilsin, sen nega unga ergashding?Gunoh ekanligini bila turib nega ko'z yumding. nega qo'l siltading?To'ydagi yigitning so'zlari haq, o'zi haqli edi". Yig'ladi... Namoz o'qib Allohdan kechirim soradi. Allamahal bo'lib ketganinga qaramay qizini uhlamaganini ko'rgan onasi Allohga yolvordi:
- Allohim! Menga shunday qiz berding-ki kechaning yarmini isyon bilan kechirdi. Ikkinchi yarmini ibodat ila o'tkazmoqda. Ilohi! Qizimni kechasi ham, kunduzi ham O'zingni yo'lingda yurguvchilardan qil! Ey, Rabbim!

Qayd etilgan


Munira xonim  18 Iyun 2006, 11:22:50

Vijdonning shafqatsiz zarbalari.

Boshlang'ich, o'rta va oliy maktablarni tugatdim. Endi litseyda muallima bo'lmoqchi edim. Bu orada turmushga chiqdim. Erim mendan ko'ra ham dindan habarsiz kishi edi. Men hali o'zini bilmasdan musulmonlarga dushmanlarga hos munosabatda edim. Jome'ga borganni, namoz o'qiganni qoloq roza tutuvchini parhez qiluvchi, orqada qolgan odam hisoblardim.Muallima bo'lib ishlab yurardim.Bir kun eng sevimli o'quvchimning jome'dan chiqib kelyotganini ko'rib qoldim.Bu hol bir necha bor takrorlangach, jahlim chiqsa ham hech kimga aytmadim.Shu hafta ichida ohirgi marta ko'rganimda toqatim toq bo'ldi.O'zi yetmagandek yana uch-to'rt bolani ham ergashtirib olgandi."Demak aqlli, ilg'or deb bilgan o'quvchimzamondan orqada qolganlardan biri ekan. Qo'nimizda ilon saqlayotgan ekanmiz.Ertaga men bu ilonni boshini majaqlayman", deb ming'irladim.Ertasi kun uni o'rtog'ini savoliga pichirlab javob berayotganida tutib oldim.Nimani suhbatlashgan bo'lsa takrorlashni buyurdim.Do'stining savolini eshitmaganini aytdi.Jahl bilan yaqinlashdim.Birisining qulog'ini cho'zdim.Mo'ljalga olgan o'quvchimga esa ikki musht tushirdim.U dovdirab valdiradi:
- Men nima qildim? Mendan nima istaysiz?- deb ma'sumona qaradi.Uning o'zini himoya qilishi menga yoqmadi shekilli, yana shapaloq tushirdim. Shapaloq sinfdagi jimlikni buzdi.Sinfdagilar hayron.Ne bo'ldi onalariday sevgan Munis muallimlariga?Bir zumda olovday yondirib, uni bu qadar g'azablantirgan nima?Bu savollar javobini bir men va ALLOH ( j.j.) bilardi. Vaqti kelib Allohning hos lutfi ila hidoyatga keldim. hidoyatga kelgach musulmonlarni ayblab, ulani qoloq, orqada qolgan,qo'pol deb o'ylaganlarimdan uyaladigan bo'ldim.Endi ularga havas bilan qarardim.Men Iymonning hayotbash suvi, hidoyatning nuri ila ko'karib, Islom yo'lida bukilmas, sinmas ko'rkam chinorga aylanib borardim.Ammo kunu oylarki, yuragimni dard yeb bitirmoqda edi.Bu dard - vijdon azobi edi.Bir vaqtlar namoz o'qiydi deb urgan o'quvchimning ma'sum boqishlari namzo o'qishimdan oldin ko'z oldimdan o'tadi.Har tun esa vijdonimdan shafqatsiz zarblar yedim.Balki g'aflatda qilgan bu gunohimni Alloh j.j. kechirar,lekin o'sha o'quvchimning haqqini qayda va qay tarzda berib, rozi qilaman?.....

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Iyun 2006, 11:35:11

Bolam pora-pora bo'ldi.

Men Islomdan habarsiz oilani qizi edim.Shu atrofadagi qishgloqda o'sdim.Bir kun ovqat pishirdim. Yo'qligimda mushuk bolasi ovqatni yeb, qolganini yerga to'kibdi. Qattiq asbiylashganimdan jahl ustida mushuk bolasini yerga urib abjag'ini chiqarib tashladim. Buni qanday qildim? Shu qadar rahmsiz jonmanmi? Inson ovqatni deb, bir bechora jonni nobud qiladimi?Islomni bilmaguncha inson inson emas, vahshiy bo'lar ekan.Men Islomni bilmaganim, Allohni tanimaganim uchun shunday shafqatsiz ish qilib qo'ydim. Ko'p o'tmay turmushga chiqdim. O'zimni bahtli sanardim. Bir o'g'il ko'rib, uyimiz yanada obod bo'ldi. O'g'limni juda sevar, yeru-ko'kka ishonmas, asrab avaylardim. Sekin sekin ulg'ayib to'qqizga qadam qo'ydi. Lekin bungacha unga hech narsa o'rgatolmagandim. O'zim Islomni bilmasam, o'g'limga nima ham o'rgatardim.Hech bo'lmaganda Payg'ambarimiz s.a.v. ismlarini o'rgatsam bo'lmasmidi?Bolam eshakka minishni yahshi ko'rardi. Biz uyda yo'q paytimizda eshak bilan o'ynash uchun ipning bir uchini eshakning beliga, bir uchini o'zini beliga bog'lagan.Qishloq kuchuklari kelib hurgach, eshak jon-jahdi bilan yugurgan va o'g'limni sudrab ketgan... Oh o'g'lim! Pora - pora bo'lgan bolam! Har bo'lagini har yerdan terib to'pladik.O'shanda lop etib mushuk bolasi ko'z oldimga keldi. Shunda hayvoniy, balki hayvondan ham past ish qilib qo'yganimni angladim.Rabbimdab avf so'rab, namoz o'qiy boshladim.U mushuk bolasini qasosini mendan olgandi. Zolim Alloh huzurida azoblanadi. Buni Islomni o'rgangach angladim.Sizdan o'tinchim, hech bir hayvon, hech bir insonga azob bermang, zilm etmang! Chunki Alloh mazlum tomonda bo'lar ekan.Men buni guvohi bo'ldim.Men vijdon azobida yashayapman. Bu azoblarning og'iri va dardlisidir.Qachonki mushukcha ko'rsam, men o'ldirgan mushuk bolasi va jondan suygan bolamni eslayman.Ko'z yoshlarimni tutib turolmayman...

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Iyun 2006, 17:48:44

Bir oilani buzdik.
Bizning vijdon azobimiz boshqalarnikidan farqliroq.Faruq Ahmad bilan o'ylab ko'rdikki, bizning hikoyamiz ham bir qancha odamlarda marhamat tuyg'ularini uyg'otishi mumkin.Har qalay shunday umiddamiz. Bia yozaylik, siz lozim topsangiz yoritarsiz. Biz buvimiz, ota-onamiz uch o'g'il jami yetti kishi bir oila bo'lib yashardik.Shod va bahtiyor edik.Buvimiz va onamiz dindor edilar. Akamiz 25,men 16, ukam15 yoshda edik.Akamiz ham o'qir ham ishlar edi.Onamiz bir kuni akamizga:
- Ali Domadning qizi Durdonani senga olib beraylikmi?- dedilar.
- Men u qizni yoqtiraman, lekin dindorligi yuragimni siqib yuboradi-da, - deb javob ebrdi. Ko'p o'tmasdan Durdona opamni akamizga olib berildi. Ota-onam dindor bo'lgaligi uchun quda tomon rozi bo'ldi. Ular turmush qurishdi. Lekin biz yangamizni yoqtirmadik. Maktabdan kelishimiz bilan onamiz uyda bo'lmasdi, yangamiz dasturhon yozib ovqatga taklif qilar, lekin biz ovqatlanmasdik. Oqshom akamizga:
- Yangam bizni och qoldirdi,- derdik.Akamiz uni urardi. Asabiga tegardik. Hijobli, qoloq derdik. Bechora yangamiz:
- Nega bunday muomala qilasiz, men ham sizday insonman. Aybim- Allohni amrida bo'lganimmi? derdi. Yig'lardi.Biz yana uni g'ashiga tegar, yoqtirmas, unga to'ng'izga qaragandek qarardik.
- Bizni uyimiz masjid emas, namozingizni jome'ga borib o'qing,- derdik.Aytmagan yolg'onimiz, qilmagan tuhmatimiz qolmadi. Qo'shnilarga ham uni hasis, pismiq, past, deb g'iybat qilardik. Onamizni tezda ishontirib o'zimizni ta'sirimizga oldik.bilmaganlari uchun onamiz tez aldandilar. Va otamizga:
- Bu kelin o'g'illarimizni qon qustirmoaqda,- deya uni ham ishontirdilar. Yangamiz bilimdon edi. Ibodatlari ham onamiznikidan farq qilardi.Faqatgina namoz bilan cheklaniz qolmay fikrlarini bizga ham yuqtirmoqchi bo'lardilar, lekin biz....... Bir kuni:
- Sizda hech inson qoni bormi? Mendan nima istaysizlar?- dedi bizga va yig'ladi. Kechqurun akamiz uyga kelganida biz unga:
 - Yangamiz ota-onamizni hayvon deb haqoratladi,- dedik. Akamiz uni yana urdi. Yangam yig'lab:
- Hotinidan shular to'g'rimi-yo'qmi deya so'ramasdan aybim bo'lmagani holda meni uradigan inson bilan ortiq yasholmayman,- dedi va uydan chiqib ketdi. Besh oydan keyin ular ajralishdi. Qo'nyo Qaramonda turishardi. Bursaga ko'chib ketishdi. Oradan ko'p o'tmay akamiz Yusuf Karim yordamizda tavba qildi.Biz ham ikki uch yildan keyin tavba qildik.Iymonimiz ziyoda bo'lib borgani sayin, yangamizga qilgan pastkashliklarimizni eslab ezilardik.Bir kuni barcha gapni akamizga aytdik." InshaAlloh,balki Yaratgan, sizni va meni avf qilar, borib Durdonadan uzr sorab olib kelaylik", dedi.Oradan to'rt yil o'tgandi.  Akamiz:"Qo'limdagi javohir qadrini bilmadim,men ham insonmanmi?" deb go'dakday yig'lardi.Bursaga bordik.Yangamiz Yildirimda turishardi. Mahallalarini topdk.Uylarini so'rab shuni bildikki, yangamiz bir yil oldin turmushga chiqibdi. O'sha yerda uchchovimiz ham yig'ladik.Akamizni yuzlariga qaray olmadik, hanuz qaray olmaymiz.Durdona opamizni yuziga Mahshargohda qanday qaraymiz. Vijdon azobi bizni ezib yubormoqda.Bu vijdonsizligimizni unutolmayapmiz...


Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyun 2006, 11:02:55

Meni kechir jigarim.
Uni sizga qanday tanishtirsam ekan. Qiziqib qoldingizmi? Hozir aytaman. Vijdon azobimga hamdard bo'larsiz. O'zingizni men bilan birga his qilib, qayg'u daryosiga g'arq bo'larsiz... U meni jonim, jigarim, jon qarindoshim! Unga Islomdan so'z ochgudek bo'lsam hayajonlanar:
- Mujohid bo'laman. O'qishni bitirara bitirmay chorshaf o'rayman,- deb ulug' orzulardan so'zlardi.Birgalikda Islom yo'lida harakat qilishdan so'zlashar, ahdlashar edik. Men uni tug'ishganim, jigarim dedim, chunki barcha musulmonlar bir - birlariga qarindoshdirlar. Kelajak haqida shunday go'zal ozularda yurganimizda birodarimni uyidagilar bu maktabdan olib, boshqa maktabga topshirdilar... Va oramizdagi munosabatlar zaiflasha boshladi. Uni maktabdan ketayotgan damdagiqiyofasini tasvirlay olarmikinman? Ko'zlari yoshga to'lgan... Yonoqlari ho'l... Yig'lab aytilgan shu so'zlar hanuz qulog'im ostida jaranglaydi:
- Opajon, onamlar bilan gaplashing, ularni siz ishontira olasiz. O'zingizdan meni ajratishlariga yo'l qo'ymang... Menga yordam bering opajon!- degandi. Bechora singlim qanday jamiyatda yashayotganimizdan behabar edi. U ko'p narsalarni bilmasdi.Jamiyat birovga tamg'a urdimi, u jamoatdan uzoqlashtiriladi...Uning onasiga ham shunday yomon tamg'a bosilgandi.Shuning uchun unkiga bormoqchi bo'lanimda onam:
- Ularnikiga borib, o'sha ayolbilan suhbatlashsang bergan sutimga rozi emasman,- dedilar. Bilmassan jigarim...hatto onagning sen bilan so'zlashishini istamaslar,ishon. Lekin men zinhor ular bilan hamfikr emasman.Bilardimki, sen aybsiz eding. Sen ishonchga to'liq eding. Sen islomiy yashamoqni istarding. Seni mendan boshqa tushunuvchi yo'q edi.Seni tushunishni istamaydiganlar ko'p edi, jigarim men ular ichida yolg'iz edim.Esning aybsizlgingni qancha aytsam ham meni tinglamadilar, ishonmadilar menga.
- Uning aybi yo'q, gunohiga qolasiz,- dedim. Yana nimalar bo'ldi... Baribir hech natija chiqmadi. Har qalay nima bo'lganda ham senga ishonchim mustahkam va adoqsiz edi. U hech qachon o'zgarmaydi, derdim.Shu ishonch shu fikrlar asosida ilgarilashingni umid qilib yashadim.Oradan kechgan bir yil ichda sen o'zligingdan ayirilmading. Yuragimni qarida eding, ishon,jigarim... O'zimning tug'ishganimdek eding, chunki ishonchimiz va e'tiqodimiz bir edi.Qandat qilib seni o'ylamay? Qanday qilib sendan ajralishni o'ylay? Sen Islom foydasi uchun shahs bo'lmoqchi eding.Doim sendan go'zal habarlar kutardim... Bu umidvor kutishim achchiq bir habar bilan qalbimni yaraladi. Eshitdimki, ovozi bo'g'ilgan dugonang o'rniga maktab xo'riga qo'shilibsan. Keyin esa restaran qo'shiqchisiga aylanibsan. Erkak do'stlairng seni bir -bir tabriklar ekan... Doim senga muhlis ekanliklarni izhor qilishar ekan... Vaholanki, sen mening bilishimcha bunday ishni o'lim hisoblarding. Aslo lapar aytmasding... Bu ishlarni Islomdan tashqari deb bilarding... Endi ularni unutib... o'zgarding. Ne qilay... ko'zyoshim, fig'onimni ichga yutishdan bo'lak ne kelardi?! Shunday qilmoqchiedingmi jigarim? Sen bilan shunday bo'lishni so'zlasharmidik?Bunday yomon habar eshitishni o'rniga,o'lim habarini eshitsam bo'lmasmidi?Islomdan tashqari chiqmaslikka so'z bergan eding-ku! Kufr botqoqlari ichra ochilgan Islom Guli bo'lmoqchi eding-ku.Botqoqlik ichra minglab qizlarning hidoyatiga sen vasila bo'lmoqchi eding. Islomni yetkazmoqchi eding.Nima qilib qo'yding? Ne qilding? Yuragimni qanchalar yoqding.Vijdonimni nechog'lik zirqiratding.Seni qanday qilib yo'qotdim?sO'LISHINGGA QANDAY QO'L SILTADIM, QANDAY KO'Z YUMDIM? BOTQOQQA BOTISHINGGA QANDAY ROZI BO'LDIM? O'YLAGANIM SAYIN EZILAMAN.Sening bu holga tushishingga men sababchi bo'ldim. Yordam soraganingda qo'limda hech narsa kelmadi.Ota - ona, atrof jamiyat deb, seni buzilgan jamiyat qo'liga yolg'iz tashlab qo'ydim.Kechir meni jigarim.Avf et, singlim.Senga yordam etolmaganim, sening uchuno'z burchimni bajarolmaganim uchun avf qil.Seni, sen kabi yuzlab yoshlarni botqoqqa botirganimiz uchun bizlarni avf et.Seni himoya qilolmaganim uchun kechrishingni so'rayman...Va sizlar! Ye, o'zidan o'zgani qutqarmoq jafosini chekmagan,uylariga berkinib olgan musulmonlar! Islavothona - tuzoqqa tushgan har bir qiz uchun mas'ul ekanligingizni unutmang!Ishonchi egovlana-egovlana dinidan uzilgan har yoshning uvoli zimmangizga yuklanishini anglaysizmi?Allohni inkor qilib, ota-onasiga isyonkor bo'lgan,Qur'onni toptab Islomga kufr etuvchi har yoshga har musulmon javobgar emasmi?!Allohim! Aslida bu bir meni emas butun jamiyatni vijdon azobi emasmi?Kechir meni singlim.Avf et. Va seni sendan ayirganlarni... Seni sendan tortib olganlarni...Va gulday so'ldirganlarni...Meni va boshqa qardoshlaringni kechir...Yo'qsa vijdon azobi meni ezib, parchalab tashlaydi...

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyun 2006, 18:55:55

Otamni o'limidan sevindim,ammo...

Mening ismim Qoya,hozir Abu Bakr. Bugun otam mozorga,onam esa qamoqqa ketdi. Men oilamizning to'ng'ich farzandiman. Men uchun jonu jahonim, harkimim ukam yolg'iz Chungiz (Ali) qoldi. Ajal onamning qo'li bilan otamni olib ketdi. Onam hibsda nima qiladi? Onam otamni qotilimi? yoki otamni,bolalarini,hatto jamiyatni qutqargan fidokormi?Savollar... javoblari bormi yoki yo'q? Onamizni qamoqqa , otamizni esa mozorga yo'lladik. Bu jamiyatning tasqara basharasidir... Bu hayot bir necha kishini emas, otasi aroqho'r, onasi qotil, bizning ko'zyoshlarimiz, mashaqqatlarimizni bo'lishganlarni hayoti... Biz ikki aka-uka onamizni hayotini bilishga qiziqardik. Onajonimiz biroz jim bo'lib qolardi. Yuzini mashaqqat chulg'ardi. Song g'amgin tabassum qilardi. Shu yuz harakatlari uning dardli ayol ekanligini anglatardi. O'sha paytlarda bizni hafa qilmaslik uchun bizga qaramaslikka, yuzlarini ko'rsatmaslikka, yashirishga urinardi.
- "Otangiz bilan oramizda beshikkerti degan narsa bor edi. Otangiz meni sevishini aytar, o'zlari kelishgan, sevimli,muallimlikka mehr qo'ygan edilar. Uylanish uchun u paytlarda shu narsalarni o'zi yetarli edi. Musulmonlik ahtarmasdim,meni ham dindan habarim yo'q edi,o'sha paytlarda. Meni otamdan so'ratdi, bermadilar. Meni olib qochdi,biz turmush qurdik. Bir yilcha bahtli yashadik. U paytlarda ham ichardi,lekin oz ichardi. Uyda haddan ziyod janjal ko'tarmasdi. Keyin ichkilikka ruju' qo'ydi. Birinchi farzandimiz qiz bo'ldi,lekin o'ldi. Keyin sen tug'ilding. Uch yildan so'ng Chingiz.... Bundan keyingi hayotim har kuni bir hil kechdi. Tayoq,zulm,ochlik,keyin o'zlaringiz ulg'ayib hammasini ko'rdingiz". Koshki ulg'aymasaydik,ko'zimiz bilan ko'rmasaydik,onajonim! Sizga qilingan zulmlar, kaltaklarga javoban yig'lardik. Qo'limizdan boshqa hech narsa kelmasdi.Otamni inson deyishimiz uchun o'zimiz insonlikdan chiqishimiz kerak edi.Hayvon ham deyolmasdik... Chunki hayvon ham bu ishlarni qilmasdi. Otamiz inson ko'rinishidagi g'alati bir yaratiq edi. Muallim bo'lgani uchun maktabga borishiga to'g'ri kelardi,lekin bormasdi. Dars o'tishga bizlarni yuborardi.Mudir so'rasa kasal derdik.Davlat muallim tayyorlab, diplom beradi va bir sinf 20-25 o'quvchini qo'oliga topshiradi.Lekin u mast, maktabga kelmaydi. Oilasiga zulm qiladi, och qoldiradi.Lekin oy boshida maoshini naqd undirib oladi. Otan dinsiz odam edi. Onamni ham o'z ta'siriga olar, o'ziga o'hshatmoqchi bo'lar,lekinonam Allohdan ko'ngil uzmaslikka harakat qilardi. Lekinotam onamni namoz o'qishi, ro'za tutishiga to'sqinlik qilardi.Doim o'tkir asboblarni yashirib qo'yardik, bizni yaralab yoki o'ldirib qo'yishidan qo'rqardik. Bir kuni beso'naqay oyog'i bilan onamni tepdi, onamning o'ng qoshi yorilib atrofni qonlarga bo'yadi. Otam onamni qancha ursa ham onam bizlarni aralashtirmasdi. Bizni urdirmas, bor zulmu jafoni o'zi chekardi. Lekin o'ng qoshi yorilibhar tarafga qon tizillab otilganida, necha yillardan buyon ilk marta chaqirdi.
- Qoya! Meni qutqar! Qytqar boalm, menga yordam ber! Onamni o'lib qolishini o'yladim. Otamni ushlab tortdim. Otam turdi, tig'li narsalarni izladi, topolmagach meni urdi... Otam topgan maoshini ichkilikka sarflardi, orada onamga ham berardi. Bozorga borilmas, tuzukroq ovqat ham yemasdik.


Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyun 2006, 19:34:49

Aroqho'r odam hayvondan ham battar bo'larkan. Otamiz uyda yalang'och yurar, hojathonaga ham chiqmas, uyda, tog'oraga yozilardi. Tog'orani ham biz yoki onam olib kelardik. Hayvonga o'hshab bo'kirardi. Agar tog'orani kaltiravermasak, uyning duch kelgan joyiga katta-kichik yozilaverardi. Ha, bular ichkilikni hunarlari edi... Onam otamni o'ldirishidan bir kun avvalgi oqshom ham u mast edi.Onamni, meni Chingizni urdi. Daf bo'lishimizni, yo'qsa hammamizni o'ldirishini aytdi. Yillar tinglagan tahdidlarimiz edi bu. Ertalab maktabga ketdim,shomga yaqin soat beshlarda amakimning qahvahonasiga o'tdim. Amakim otamni ko'rsatib:
- Eplay olmayapti,-dedi. Otam odatdagiday mast, choy quymoqchi bo'lar, lekin to'kib sochardi. Otamni uyga olib keldik. Ukam maktabda. Onam o'tinlarni maydalab teshani poygohda unutib qoldirgandi. Otam ichkariga kirishi bilan odatdagiday baqirdi. Otamni poyafzalini yechmoqchi bo'lgan onamni tepib yubordi. Va boltani olib onamga tashlandi.Onam qo'liga nogohon tushib qolgan tesha bilan otamni boshiga urdi. Onam kamzul kiyib eshikni qulflab chiqqanlarida maktabdan ukam kelgandi. Onam buni yo'lda ukamga aytmagani uchun u otam onamni urib qarindosh;larinikiga ketgan deb o'ylagan, albatta, keyinroq hammasidan habardor bo'lgandi. Onam vaziyatni tog'amning o'g'liga tushuntirgach, u:
- Bor, taslim bo'l,-dedi. Onam qotil kabi mahkamaga bordi.Holbuki,onam qotil emas, 19 yillik azobga nuqta qo'ygan, o'zini himoya qilgan ayol edi. Agar onam otamni o'ldirmaganida u onamni o'ldirardi... Lekin voqeani halqqa yoygan gazetalar o'zi istagandayyolg'on yashiqni yozmoqdalar. Bu o'zini himoya qilgan odamga tuhmatdan boshqa narsa emas.Mana shu gazetalardan birini habari:" Mast erini o'ldirgan hotin - ikki bolaning onasi o'zini mirshabga topshirdi.Ichkilik va tayoq 19 yillik oilani buzdi, vayron qildi. Orqada otalariami onalarigami yig'lashni bilmgan ikki bola qoldi. Er hotin o'rtasida 19 yildan beri davom etib kelayotgan janjal o'tga kuni jinoyat bilan yakunlandi. Bolalar maktabdaligida erini eshikortida yashirinib kutgan Oisha Qushchi uni ichkari kirar-kirmas ilgaridan hozirlab qo'ygan tesha bilan boshiga urdi." Meni ezayotgan erimning o'limi ema, bolalarimning ham onasiz, ham otasiz qolishgani" deydi".Fodiyi onajonimiz eng qiynalgan vaqtida ham bizlarni o'ylardi. O'n yillarki, o'sha azoblarga bizni deb chidab kelmadimi? Bizni ezyotgan narsa ham onamizdan ajralishimiz edi. Otamiz har kuni so'kar, telbalar kabi baqirardi. Onam tesha bilan urib, uni tinchitdi. Hech bo'lmaganda otamizning dunyoda chekayotgan azoblariga yakun yasagandi.Ba'zan onamga zulm qilgani esimga tushib ketsa, yahshiyam o'ldi, deb yuboraman. Qisqasi, o;ylab qarasam, otamning o'limiga sevinar ekanman.Otam o'z qarindoshlariga ham isnod keltirgan, ular biznikiga kelishmasdi. Onam qamalgunicha otam uchun namoz o'qidi. Dinsiz otamni janoza namozni o'qib, uni musulmonlardek ko'mdilar. Onam qamalgach sinovli kunlar boshlandi. Bir kuni u, bir kuni bu qarindoshimiznikida turamiz. Ovqat berib kuzatadilar, kuzatadilar emas, ketkazadilar.Keyinroq ba'zi musulmonlar bizlarga yordam berishdi.Hozir shu musulmonlar yonidamiz. Biz o'qib dinimiz uchun foydali inson bo'lishni niyat qilamiz.Eng ulug' tilagimiz:Onamiz biroz oldinroq bo'lsada ozod bo'lsa, to'yib to'yib bizni bag'riga bosishi, boshimizni silashini kutamiz. Dinimizni o'rganar ekanmiz, ismlarimizni o'zgartirdik. Men Abu Bakr, ukam Ali nomlarni oldik.Ammo dinni o'rganganimizdan keyin, otamizni ibodatsiz,balki iymonsiz o'lganiga qayg'urdik, g'ussalarga cho'mdik...

Qayd etilgan