Meni mendan qutqaring.
Men mutassib bir oilaning qizi edim. 1965 yilda Istanbulga ko'chdik. Majidiyako'yda fabrikaga ishga kirdim. Har kuni ishga borishdan oldin buvimning nasihatlarini eshitardim. Zerikarli edi. Buvimni esa yahshi ko'rardim. Sut solingan shishani qo'yniga solib isitmaguncha uni menga tutmas edi. Ha, meni shunday avaylab o'stirdi.
Endi fabrikaga ishga borib kelar ekanman, yarim ochiq o'ralgan boshim uchun, kiyinishim uchun uyalmay qo'ydim. Go'yo barcha meni kuzatib kamsitayotgandek tuyulardi. Uyimdagilarni esa jahli chiqa boshladi. Keliib-kelib bu qoloq oilada tug'ildimmi, deya isyon qilardim. Uydagilardan yashirin bo'yanib, ro'molimni sumkachamga solib qo'ya boshladim. Ota-onam:"Boshingni ochma",deyoshardi,lekin o'zlarini ishi musulmoncha emasdi.
Bir sotuvchi bola bilan do'stlashdik. Bir yil hech kim bilmadi. Bir yildan so'ng bir dindor yigit meni qo'limni so'rab keldi. "Alloh saqlasin, uydagilarning diniy tashviqi yetmaganiday, yomg'irdan qutulib, jalaga tutilamanmi,dindor erga tegamanmi",- dedim. Bu so'zimni o'sha yigitga yetkazdilar. Bir kuni o'sha yigit yo'limdan chiqib:
- Singlim, endi menga turmushga chiqmochi bo'lsangiz ham sizga uylanmayman,faqat shuni bilingki, sizning uyingizdagilar Islomni bilmagan yahshi niyatli insonlardir. Islomni ulardek tushunmang, shu holda ketsangiz, baht nimaligini bilmay o'tasiz, bu mening sizga akalik nasihatim,- dediyu ketdi.
Oqshom sevgan yigitim Yusuf bilan uchrashdik.
- Meni so'ramoqchi bo'lsang so'rat, meni boshqasiga berishmoqchi,-dedim.
- Uylanishga hali erta, biz do'stmiz, gavhaim Oisha,-dedi (Meni ikki simim bo'lib,Oisha deyishlarini yoqtirmas edim). Qayg'uga botdim. U meni sevgili emas, do'st deb bilarkan. O'sha kuni undan ajraldim. Bir hafat o'tib oatm ochilganimni eshitib quturib ketdi. Ko'zimni Namuna shifohonasida ochdim. Nafratim yanada ortdi. Uyga keltirishdi.
- Qoloqlar, vahshiylar,zamondan orqada qolganlar,-deya ovozimni boricha baqirdim....
Davomi bor....