Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 91497 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 B


Munira xonim  12 Sentyabr 2006, 08:37:04

Oradan ikki yil o'tdi. Turmush qurdim... Juftim bilan hamfikr edik. Bir kuni Qudrat Shondroning Islomga kiraganini eshitib qoldim. Uni yahshi tanirdim. Musiqali raqs ustasi - ustoz edi. Shondro dovrug'i va shov-shuvi bilan yashayotagnimzida, yana bir oilaviy do'stimiz,mashhur prifessor Islomga qaytganini eshitdim. Hayratim yanada oshdi. Tezda uni topdim.
- Qaydan Allohga ehtiyoj sezdingiz,Unga muhtojligingiz yo'q edi-ku,- dedim surbetlarcha.
- Balqi suvdagi vaqtida, suvga ehtiyoji borligini anglamaydi. Suvdan chiqqach esa,ko'ring....Men baliq emasman. ALlohning menga berganlarini, ne'matlarini qo'limdan ketmasidan oldin anglahim kerak edi, anglab yetdim,- dedi.
Nech kunlar shu so'z ta'sirida yurdim. Bieinchi o'yga tolishim shundan boshlandi. 1988yil Amerikaga bordim. Bir oila bilan tanishdim,ular Islomga qaytishimga sababchi bo'lishdi. Va men musulmon bo'ldim.
1990 yil. Niam kechgan bo'lsa o'shanda bo'ldi. Alini Mahmud poshoda paypoq sotayotganini ko'rib qoldim. Ezilib ketdim... Yig'lay bohladim... Borib undan paypoq so'radim. Islomiy kiyinib olganim uchun meni tanimadi. Ovozim e'tiborini tortdi. Tanishga qiynaldi. Men esa:"Ali, bu menman...",-deim.U esa ishonolmadi. Uzr so'radim. Sirtadn o'qishni tamomlashini aytdim. Ammo bu tavsiyalarim ham meni vijdon azobidan qutqarolmadi...
Mani avf et,Ali! Kechir meni! Alloh uchun avf et! Men...seni umr bo'yi unutolmayman,Ali!...
Duolaringizda meni ham eslang...
F.Ko'chok.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Sentyabr 2006, 08:59:07

Yosh edim,tez aldandim...

O'tgan oy qamoqdan chiqdim.tashqariga chiqishim bilan mastday chayqalib ketdim....Do'stlarga uchradim. Ba'zilari tanimadi. O'n besh yilda tanimaydigan darajada o'zgaribmiz... Eh, daryodek oqin, telba kunlarim...
Kosib do'stimga uchradim. Bir yosh yigit keldi.Oyoq kiyimi tuzatdi. Qo'lidagi jurnalni unutib qoldiribdi. Uni o'qiy boshladim. Ayol dardi.Hayratlar ila o'qishni davom ettirdim. "Maktub"jurnalini boshidan ohirigacha o'qidim. Saboq beruvchi jurnal. O'n mavzuni bilib oldim. Sodda, tuhsunarli.Teliefon repartaji haqida o'qib bu ham menga ma'qul bo'ldi. Sizga lof bo'lmasin-u, jurnalni hammasini ko'chirib yozib chiqdim. "Vijdon azobi"ga kelganimda, aslida vijdon azobini yozishi lozim bo'lgan kihsi menman-ku. Vijdon azobim yoshlarga saboq bo'lgudek...
So'zni qanday boshlashni bilmayapman...
Hali 15yoshda edim. Meni o'ziga rom etgan, nomigagina, faqat so'zda Islomiy bo'lgan uyushmaga a'zo bo'ldim. Bu tahskilt men va birodarimga hunday nafrat yuqtirardiki, kin va nafratdan devor bpo'lib qolardik. Kimga kin saqlab,kimga nafrat tuyardik? Bilsangiz, faqat va faqat musulmonlarga! Bir rahbarimiz bor edi.Barcha musulmonlar, ularning guruhlari hoin, Islomni afsona kabi so'zlar bilan ayblar, biz esa unga ihonardik. Ongimizni zaharlab, go'yo sehrlab qo'ygandiki, uning hato qilihsi mumkinligini hayolimizga ham keltirolmasdik. Dohiyimiz edi u. Nafratimiz undan boshqalarga qratilagn edi. Avvalo uning o'zi bormidi? Bamisoli u jahon hokimi edi. Shunday Allohnig do'sti, Allohning askari bo'laurmi?Dushmanlik qilishini esa musulmonlardan boshlamoqda edi. "Buning qaysi dinda o'rni bor",- dedim bir kuni do'stimga. "Sen qo'lingni toza tut. Kim bizning ustozimizdek bo'la oladi?Albatta dunyoda ndan buyukroq boshqa banda yo'q"-dedi do'stim. Aldangandim. Uning so'zlariga Qur'on oyatlariga qaragandek qarardim. Lekin biror marta ham:"Qur'on oyatlari bilan Usrozning so'zlarida faqr borku",- deyolmadim. Faqat men emas, hammaiz shu tahlitda edik. Ustozimiz nega Islomga hizmat qilganlarni yomonlaydi? Nega Islom dushmanlariga nisbatan bizda nafrat uyg'otmaydi? nega aksincha?
Bularni anglamasdan Islomga zid ketayotgan edik.

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Sentyabr 2006, 09:09:08

Bir kuni Istambuldan kelgan bir Imom Hatib bizning ustozimizni yomonlabdi. Eshitdik. Ustozimiz bizga:"Borib uni qo'l oyog'ini sindiring!"-dedi. Biz beshta tebgqur Istanbul yo'liga tushdik. O'sha zotni topdik. "Senmi, bizni ustozni yomonlaydigan?"dedik. U esa:"Birodarlar, sizning ustozingiz yo buzuq yo telba. Uning hatolarini ko'rmayapsiz. Alloh sizga bunday ruhsat bergabi yo'q. Aqlingizni yig'ing".dedi. Beshovimiz unga tashlandik. O'zimizni yo'qotgandik...U esa qonga botganicha o'lib qolgandi...
Bizni tutib olib qiynashdi. Shunday azoblashdiki, bunaqasi kinolarda ham bo'lmaydi.Sheriklarim sukut saqlashdi. Men esa Ustozimizni ismini aytib berdim. Uni ham, butun tashkilot a'zolarini ham tutib keltirishdi.U hammasini tan oldi. Istanbulda sudimiz davom etdi. Bir necha oylardan so'ng, dunyoning eng ulug'i deb o'ylaganimiz bilan birga bitta kamerada yotdik.Unga bo'lgan hurmatimiz kun sayin yo'qolib, susayib borardi. Hammamizning hayotimizni mahv etgan kihsini, o'sha kuni ruhiy hasta bo'lgnini angladik. Tanazzulga uchrab yig'ladik. Eng kattamiz Jamol miyamizni qoqib,qo'limizga berardi:"Qur'onga ko'ra birodarlik nima, degan savolni ko'ndalang qo'ymay,hoyu havasga berilgan bu hasadchi ruhiy hastani o'zimizga yo'lboshchi qilib, bir begunohni o'limiga sababchi bo'ldik",-derdi.Yoshlikning havfli davrida edim. Endi bir umr meni vijdon azobi tark qilmaydi. Endi bir umr qiynalaman....

Qayd etilgan


Munira xonim  12 Sentyabr 2006, 09:19:31

Mana,o'n besh yil yotib chiqdim.Hozirgi yoshlar bilimliroq ekanligini ko'rdim. Bizlardek ko'r ko'rona ish tutmaydilar. Albatta,oz bo'lsada bizlardeklar ham uchrab turadi, shuning uchun bularni yozyapman. Yozganlarimni qanchasini yoritasizlar, bilmadim,lekin bularni yoshlar bilishini istayman.
Yoshlar!!! Allohning quli bo'lmoqchi ekansiz, musulmon ekaningizga ishonsangiz, guruhingizdag musulmonlarni kamsitmang, hurmat qiling. Albatta,ularning ham hatolari bordir, Ammo unutmanki, hatosiz qul bo'lmaydi. Modomiki, inson ekanmiz,qalbimizni keng qilaylik, bir-birimizni hatolarimiz bilan sevaylik.Jaholat insonda mavjud narsa va u ko'p narsani barbod qiladi.Man sevgan qizim,umrimning o'n besh yili,sog'ligim va insonlarga bo'lgan ishonchimni qamoqhonada yo'qotdim.
Sevgilim Feruza dunyoda tengi yo'q qiz edi. Ammo uni boshqaga berdilar....Yoshligim o'tdi....
Sizlar ehtiyot bo'lib qadam tashlang. O'zimizni ihtiyoriga topshirgan inson kim bo'lsa ham payg'ambar emasligini bilaylik...
Unutmang haqiqiy musulmon boshqa musulmonga dushmanlik qilmaydi. Har bir kishi Alloh va Rasuliga Iymon keltirgan bo'lsa,uni hurmat qiling, yuz burmang. Allohdan qo'rqing!!!
Shuni ham unutmanki,Allohdan qo'rqqan kihsi o'z ishonchiga kufr keltirmaydi va boshqalarga dushmanlik qilmaydi.
Bilmadim meni yoshlar qanchalik tingladi ekan. Bugn meni tushunmaganlar bir kuni meni anglashiga aminman.Va Allohga omonat bo'ling deyman.Duolaringizda men gunohkorni ham meg'firta qilihsini Allohdan so'rang....
Yashar.Q.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Sentyabr 2006, 16:37:41

Meni mendan qutqaring.

Men mutassib bir oilaning qizi edim. 1965 yilda Istanbulga ko'chdik. Majidiyako'yda fabrikaga ishga kirdim. Har kuni ishga borishdan oldin buvimning nasihatlarini eshitardim. Zerikarli edi. Buvimni esa yahshi ko'rardim. Sut solingan shishani qo'yniga solib isitmaguncha uni menga tutmas edi. Ha, meni shunday avaylab o'stirdi.
Endi fabrikaga ishga borib kelar ekanman, yarim ochiq o'ralgan boshim uchun, kiyinishim uchun uyalmay qo'ydim. Go'yo barcha meni kuzatib kamsitayotgandek tuyulardi. Uyimdagilarni esa jahli chiqa boshladi. Keliib-kelib bu qoloq oilada tug'ildimmi, deya isyon qilardim. Uydagilardan yashirin bo'yanib, ro'molimni sumkachamga solib qo'ya boshladim. Ota-onam:"Boshingni ochma",deyoshardi,lekin o'zlarini ishi musulmoncha emasdi.
Bir sotuvchi bola bilan do'stlashdik. Bir yil hech kim bilmadi. Bir yildan so'ng bir dindor yigit meni qo'limni so'rab keldi. "Alloh saqlasin, uydagilarning diniy tashviqi yetmaganiday, yomg'irdan qutulib, jalaga tutilamanmi,dindor erga tegamanmi",- dedim. Bu so'zimni o'sha yigitga yetkazdilar. Bir kuni o'sha yigit yo'limdan chiqib:
- Singlim, endi menga turmushga chiqmochi bo'lsangiz ham sizga uylanmayman,faqat shuni bilingki, sizning uyingizdagilar Islomni bilmagan yahshi niyatli insonlardir. Islomni ulardek tushunmang, shu holda ketsangiz, baht nimaligini bilmay o'tasiz, bu mening sizga akalik nasihatim,- dediyu ketdi.
Oqshom sevgan yigitim Yusuf bilan uchrashdik.
- Meni so'ramoqchi  bo'lsang so'rat, meni boshqasiga berishmoqchi,-dedim.
- Uylanishga hali erta, biz do'stmiz, gavhaim Oisha,-dedi (Meni ikki simim bo'lib,Oisha deyishlarini yoqtirmas edim). Qayg'uga botdim. U meni sevgili emas, do'st deb bilarkan. O'sha kuni undan ajraldim. Bir hafat o'tib oatm ochilganimni eshitib quturib ketdi. Ko'zimni Namuna shifohonasida ochdim. Nafratim yanada ortdi. Uyga keltirishdi.
- Qoloqlar, vahshiylar,zamondan orqada qolganlar,-deya ovozimni boricha baqirdim....
Davomi bor....

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Sentyabr 2006, 20:42:34

Davomi...

Bir vaqtlar yigit bilan aylanganimni bilsalar, demak meni o'ldiradilar. juda go'zal qiz edim. Meni "Fotima G'irik"deyishardi. Ba'zilari juda go'zal ekanligimni aytardilar. Dindor yigitning onasi yana so'rab keldi. Ayol meni tashqi ko'rinishimga qarab baho berardi. Men esa tushlarimda ham, hayolimda ham, po'rimga mos kiyinishni hohlardim. Qo'shnimizning bir qizi bor edi. IGSda ishlardi. Menga tez-tez:
- Sendan go'zal maniken chiqadi,seni maniken qilaylik. Ota-onang bilmaydi,-derdi. Zotan, bu men kutgan imkon edi. Otam qattiqqo'l bo'lganliklariga qaramasdan, qanday ishda ishlashimga tirg'almasdilar. Ish joyimga uchramasdilar ham. Yashirin maniken darslarini ola boshladim. Uyimdagilar borgan sari ibtidoiy tuyulardi. Ilk namoyishni Yoshlar Konfeksioni uchun qildim. Bu habarni qo'shnilar eshitibdi. Otamdan qo'rqib onamga aytibdilar. Kechqurun uyga kelsam onamning ko'zlari qinidan chiqqudek.
- Hay qiz, men seni...shunday bo'lasan deb tuqqanman,-deganlarini bilaman,qo'llaridagi pichoq bilan tashlanib qoldilar. Ko'zlari hech narsani ko'rmasdi. O'zimni bir chetga olib qoldim, pichoq yuragimga emas qo'ltig'imga,ikkinchi zarbasi qo'limga kirdi. Ko'rdimki onam o'ldirmoqchi,yalinib yolvorib ko'chaga otildim. Bir taksi tutib dugonamning uyiga bordim. Uyga esa qaytmoqchi emasdim. O'sha kuni ko'nglim tinchlangandek bo'ldi. Hali boshimga tushadigan ishlarni bilmasdim. O'sha kuni birinchi bor ichkilik ichdim.
Oradan ikki yil o'tdi. Endi nasha chekar, nomusimni ham sotardim. Mo'l-ko'l hayotga erishgandim....

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Sentyabr 2006, 20:59:33

Keyin bu hayotimdan nafratlana boshladim. Vaqtincha, duch kelgan bilan yashay boshladim. Bitta bola ko'rdim. Otasini kim ekanligini bilmasdim. Keyin onam shifohonada ekanligini eshitdim. Bordim. Eshikda akamga duch keldim. U meni tanimadi. Men:"Tanidiyu, tanimaganga oldi",-deb o'yladim. Suhbatlashdim. Tanigach bo'g'zimdan oldi. Meni qattiq bo'g'a boshladi. Mirshablar keldi. Akamni ko'z oldimda kaltaklashdi. Mahkamaga chaqirildik. Men o'n sakkizga kirganim uchun ota-onam ham, uyimdagilar ham ishimga aralasholmas ekan. Akam:"Singlimni bu holda ko'rib chidolmadim,men nomusli odamman",-dedi. Hakam:"U balog'atga yetgan, uning nomusini sanga aloqasi yo'q",-dedi. Men da'vo qilmadim,lekin akam men tufayli bir nech yillik qamoq jazosini oldi. Ba'zan o'zimdan nafratlanib ketaman Yahshi kiyinish, yahshi yashash uchun qancha odamni bahtsiz qildim. Otam,onam, bolam, akam,akamning hotini,ikki bolasi,o'zim...
O'zimdan o'ch olish uchun giyohvandlikka berildim. Lekin yana bo'lmadi. Borgan sayin bu botqoqa botib borardim. Jominga qasd qildim. O'lmay qoldim. Bolam bir yoshga to'ldi. Ismini Qadar qo'ydim. Mening to'kis yashashimni qurtboni edi bolam. Haqiqiy hayotga qaytolmasdim. Ularga bir vositayu, moldan boshqa narsa edim. Kun o'tgan sayin nashaga mubtalo bo'lib borardim. Bolamni Qadarimni yetimhonaga topshirish uchun lash lushlarini yig'ishtira boshladim. Bolam bu hiyonatimni bilib ko'zlarimga mayus boqardi. So'nggi bor bag'rimda ko'zlarimga javdirab boqqan bolamni bola boquvchi hotinga topshirdim. Bola-Qadarim achchiq-achchiq yig'ladi.Boquvchi uni oldi. U hech qanday achinish sezmasdi. Qadarim go'yo:"Onajon o'zingizga o'zingiz qildingiz, hech bo'lmasa menga achining",- deyotgandek yig'lardi. Faryodu fig'on qildim. Yonimga bir bey keldi:"Bolalarni bezovta qilyapsiz, avval o'ylash kerak edi.Alloh sizga balo bersin:,-dedi. U kishi ham menga qo'shilib yig'ladi.
Bolani boshqa biror marta ham ko'rmaslik sharti bilan hujjat to'ldirdik,imzoladik. Va jigarbandimni o'sha yerda qoldirdim.

Qayd etilgan


Munira xonim  23 Sentyabr 2006, 21:27:02

Uyga keldim. O'sha kuni ko'chalarga chiqib dod solmoq istadim. Menga hech narsa tasalli berolamasdi. Bir qurol topib meni shu ko'yga solganlarni o'ldirmoq istadim,lekin bunga kim aybdorligini bilmadim. O'rtada aybdor ko'rinmadi.O'rtada faqat va faqat men o'zim  bor edim. Meni mahfiy bu amallarga boshlaganlar yo'q edi.Ertasiga oqshom uyg'ondim. Oqsaroyga qarab yurdim. Oqsaroyda yominga bir kishi keldi.:"Qanchaga borasan?"dedi.
- Yo'qol jahannamga!-dedim.
- Men naq jahannamdaman,ammo sen mendan oldin ulgurgansan,- dediyu ketdi. Bir soatdan keyin bir yosh kelishgfan yigit keldi:
- Singlim, siz bilan biroz suhbatlashmoqchi edim. Mumkinmi?
- Gapiring,nima deysiz?
- Sizni qutqarmoqchiman, singlim,iztirobli ekanligingiz shunday bilinib turibdi.Keling,kech bo'lmasdan bu yo'ldan Allohga qayting. Siz ayolsiz! Jamiyatning onasi, nomusisiz!Siz sotiladigan narsa bo'lmasligingiz lozim. Siznign iliq bir oshiyonga ehtiyojingiz bor. Umringizni yomon odamlar uchun sovurmang,umr sizga bu uchun berilgan emas,-dedi.
Bu chiroyli, yosh yigitga hayrat bilan qaradim. Birinchi marta erkak kishi mendan boshqa narsa so'rayotgan edi. Butunlay boshqa narsa istardi. Allohga, Yaratganga qaytishimni istayotgandi. Birinchi marta Alloh ismini mening foydam uchun menga eslatmoqda edi. Ha, qancha yillardan beri birinchi marta. Yigit 15daqiqacha va'z aytdi. Tingladim.Zotan, bunga ehtiyojim bor edi. So'ng ketdi. Aylandim. Chalao'g'liga keldim. Bir joyda"Oynada botgan quyosh" nomli kitobga ko'zim tushdi.Bu kitob diqqatimni tortdi.Sotuvchidan so'radim. Yahshi muomalada bo'ldi. Menga yana "Hidoyat", "Bir ona faryodi" nomli kitoblar bilan, "Sur","Zafar", "Islom" nomli jurnallar berdi."Islom"nomli jurnal ham bo'lar ekanda, deb qo'ydim. Iflos ko'chalarning birida joylashgan uyimga keldim.
Davomi bor...

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Sentyabr 2006, 11:56:03

Avval "Bir ona faryodi"ni o'qidim. Nasha humor qildi. Kitobdan g'oyat tas'irlanganimga qaramasdan o'qishni davom ettira olmadim. O'sha kechasidagi ulushimni olib,ertasiga uyg'ondim.Va qolgan kitoblarni o'qidim. Kitob va jurnallarini qayta-qayta o'qidim. Yana "Ish"lay boshladim. Lekin endi nafratga to'lib harakat qilardim. Endi o'z holidan habardor mushtari edim. U so'radi:men hayotimdan habardor qildim. U ham menday uydagilaridan ayrilgan ekan,dardimni tinglab yig'ladi.Qo'yarda -qo'ymay pul berdi:
- Bu ishingni qo'y, senda oz bo'lsa ham iymon bor. Biz esa botqoqqa botganlardan, sen o'zingni qutqar,-dedi. Mehmonhonadan chiqdim.Taksida ketayotib, bir taksining orqasidagi "bugun Alloh uchun nima qilding?"Degan yozuvni o'qidim.O'ylay boshladim. Men faqat bugun emas, butun umrim davomida Alloh uchun nima qildim? Hech narsa!
Bey o'g'li ko'chasigagi jome'ga keldim. Bir jome'ga qaradim, bir ko'chaga qaradim. Ko'chada nima bo'layotganini ko'rib, jome' oldida turdim. Nurli-nurli bolalar chiqib kelishardi. Jome' oldida bir ayol kutib turardi. "Nimani kutyapsiz?" deb so'radim. "Erimni",dedi. Kiyinishiga havas qilib qaradim. Bir paytlar nafratlangan kiyim, nedi meni qutqaradigandek tuyulardi. Shunday kiyinsam yomonlikdan qutulishimni his qildim. O'sha kiyinish,o'sha libos - jannat guli misol menga yuborilgandek edi. "Men ham shunday kiyim kiyishni hohlardim,qaydan topsam bo'ladi?"deya ayoldan so'radim.
- Chapda Ismoil Qal'a bor, o'sha yerga borsangiz, tikib berishadi,-dedi.
Izlab topdim. Uzun libos,pardo'zi tiktirdim.Mening qanday ayol ekanimni bilishmasdi. Biroz nasihat qilishdi. U yerdan chiqb uyga keldim,kiyindim, o'zimni bhatli his qilardim. Kiyim toza, men esa iflos edim. Ularni jovonimni eng chiroyli joyiga qo'ydim. Pinhoniy bir kuch ularni tark qilishimga yo'l qo'ymasdi. Doimo kiyilmayotgan ham edi. Yana chekardim,yig'lardim,lekin "ish"ga chiqmasdim. Beqaror kezardim.Otam,onam,Qadarim,akam,hayotim....

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Sentyabr 2006, 12:21:04

Bakirko'yga davolanishga bordim. Hammasini tushutirdim.Meni davolashdi,u yerdan tuzalib chiqdim. IRSHOD nomli kutubhonaga bordim,iliq munosabatda bo'lishdi,olti-yettita kitob berishdi,pul ham olishmadi.Dunyoda ta'masiz insonlar ham borligini o'yladim. Hayrlashayotganda ko'p-ko'p duolar qilishadi,tashakkur aytishdi. Hayratlandim. Ham bepul kitob berib, ham tashakkur aytishyapti. Holbuki men tashakkur aytishib kerak edi. Uyga qaytayotagnimda boshqa kitob do'koni oldida "Maktub"jurnalini ko'rdim. Oldim. Uyga kelib o'qidim,"Vijdon azobi" rukni diqqatimni tortdi. Boshqa sahifalrini ham o'qidim.Go'yo har bir sahifasida men bor edim. Har bir sahifasi men haqimda so'zlardi. O'sha kunlarimni ifodalab berolmayman. Tahririyatga sim qoqib, jurnalni boshqa sonlarini ham so'radim.Yahshi muomalada bo'lib"Manzilingizni ayting,jo'natamiz",-deyishdi. Uyladim,yashaydigan joyimni aytmadim. "O'zim borib olaman",-dedim. Bordim. Ularga ko'rinishdan uyaldim. 8-9 yoshli boladan so'ratdim. O'zim esa eshikda kutib turdim. Bir jildini berishdi. Ikki kunda o'qib tugatdim. Mening dardlarimni blishgandek yozishgan Najot,ozodlik - Allohga qatgan ayollar ezilmoqda,deyilgan. Ular haq edilar, jurnal menga hmadard bo'lmoqda edi. O'namni ko'z oldimga keltirdim. Ko'chasiga bordim. OH! O'sha tuyg'ulari ifodalay olsam edi. Devorga suyanib yig'ladim. Besh yildan keyin uyimga birinchi bor kelishim. Ismi esimdan chiqqan qo'shni ayol ko'rdim. Onamni so'radim. Ayol faqat meni ovozimdan tanidi. Bo'ynimdan quchib:
- Onang sening dastingdan yotib qoldilar,ikki oy oldin bafot etdilar,-degach,boshqa narsani eshitmadim. Hushim boshimdan uchdi. Darhol inm\amnikiga bordim. Uning qo'llari tekkan eshiklarni,oyog'i tekkan zinalarni quchib, o'pmoq istardim. Borsam uydagilardan, oilamizdan asar ham qolmabdi. Onam o'lgach, otam qisjloqdan ketibdi. Akamning hotini esa bolalarini tashlab qassob bilan qochib qolibdi. Bolalarni onasining onasi olib ketibdi. Yig'lab-yig'lab qaytdim. Onamning, otamning, Qadarimning, akamning azoblari mnei qovurardi. Oh!Nimalar qilib qo'ydim. Nihoyat hotini Malakning shol bo'lib qolishiga sababchi bo'lgan amakini o'qidim. U bir kishining vijdon azobida kuyardi. "Itdek o'lib ketsam",-derdi. Men-chi?Men?!Men qaysi vijdon azobini yozayin. Odamlar bitta vijdon azobidan o'lmoq istaydi,men esa...

Qayd etilgan