Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 91500 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 B


Munira xonim  25 Sentyabr 2006, 12:42:01

Vijdon azoblari bilan yashardim. Yashardimmi? Ana shunday Amina honim...Sizni opa desammikin,bilmayapman. Jurnalingizni yahshi ko'raman. Sizlarni ham.Hammangiz o'zimni opamdeksizlar. Opa, men endi ne qilay? Ayta olasizmi? Hozir 25 yoshdaman. Kech - kunduzim iztirobda Qayg'uga to'la. Tanglik va tanazzulimni esa aytolayman. Buni yozishingizni, chiroyli kiyinishni, ichi chirkin, tashi chiroyli bo'lgan hayot ne ekanini bilishlari uchun, taqlidchi, o'zboshimcha qizlarga saboq bo'lsin.Bu hayotdan ayirilmoq istayman. Qilmnishlarimni eslasam, o'lishdan ham qo'rqaman. Qadarim, ota-onam,akam, eng uhimi- ALlohga nisbatan qilgan hatolarimni qanday hal bo'lishini, javobini qay holda berishimni o'ylab qo'rqaman. Bu azobdab qanday qutulaman? Sizdan yordan so'rayman. Yozing,opalarim!Birodarlarim, qardoshlarim. Yuzimga tupurmoq istasangiz ham mayli, tupuring.
Opajonim sizni qamoqqa tushganingizni eshitib hayron qoldim. Siz biz kabilarni qutqarmoq istabsiz-u,jazo uyiga tushibsiz. bu qanday dunyo? Biz kabilarni falokatga sudraganlar ozodlikda, siz esa...
Bu qanday insonlik? Bu haqiqatlar atrofimda ekan,men nega ko'rmadim? Har neni endi ko'rmoqdaman. Lekin hatolarimni tuzatish, qiyinchiliklarimni o'nglashni iloji yo'q. Shunga qaramasdan sizdan ko'mak istayman.
Bu kecha birinchi bor hufton namozini o'qidim. "Ibodatlarimni qabul qilasanmi, Yo, Rab!..."deya yig'ladim...Allohdan uyalman...O'zimdan uyalaman....Onamning mozotini ham bilmayman...Barcha mozorlardan uyalaman....
Mana men shundayman. Ana qiynog'im, vijdon azobim....Meni nima poklaydi?Meni nima inson qiladi?Meni ALloh, otam,onam, akam, bolalar uyiga bergan,otasini ham bilmaydigan bolam qanday qilib kechiradi?Sizdan boshqa kimim bor?Istang qo'limdan titing,istang uolqtiring!YYonmoqdaman.Ichim kuymoqda Qlabim yonmoqda.Butunlay yonmoqdaman. Meni qutqaring, qutqaring bu botqoqdan. Meni mendan qutqaring.Buni qandayq qilasiz - bilmayman,ammo qutqaring. Qayg'udan o'lyapman.

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Sentyabr 2006, 12:52:22

Sizga keldim opa. Sizni ko'rgani jazo uyiga keldim,lekin meni qaytarib yubordilar. Faqat maktub orqali dardimni to'ka olaman. 32 sahifa yozdim,qisqartirib17sahifaga tushirdim. Bundan kamroq sahifaga dardim sig'madi. Osmali masjid degan joyda turaman. Uyning devorlariga dardimni aytib yig'laymna. Hozir tungi soat to'rt. Tashqarida ayoz sasi. Bu dunyodan nafratlanaman,jirkanaman.
"Maktub"jurnalini o'quvchilardan, barcha musulmonlardan yo o'lishim, yoki Allohga qaytishim uchun duo qilishlarini so'rayman. Aslida so'rashga ham loyiq emasman.Ne yuz ila so'rayman?
"Sendan odam chiqmaydi, jazoyingni tort ",-demangiz. Demang opajon. Shunday so'z aytishingiz meni o'ldiradi. So'zimni yig'lab tugatra ekanman, sizlarga hamishalik hurmatimni izhor qilib qo'yaman.
Hatto hayvonchalik bo'lmagan jafokash Oisha Yashim...

Qayd etilgan


Munira xonim  25 Sentyabr 2006, 13:06:43

Javob:
Maktubingizni ko'z yoshlar ila o'qidim. Qanday qilib"Jazoyingni tort!"Deyman. Jonim, jigarim, bu so'z qurbonlarga emas, qurbon qilganlarga aytiladi. Ko'ngil maktubingizni shundayligicha yoritishni istaydi,lekin jurnalimkoniyatlarini hisobga olib 7sahifaga tushirdik. Singlim, sizni qanday qilib qabul qilmaymiz? Qanday qilib kamsitamiz?Asosiy qotillar turganida qanday qilib sizni qotil deymiz?Siz bizning qotillarga topshirib qo'yilgan singlimizsiz. Zulm g'urur  tuyadigan nishonsiz. Nega manzilingizni yozmadingiz?Tezda manzilingizni bilishni, siz bilan ko'rishishni istayman. Men temirlarni parchalab tashqariga chiqolmayman. ammo tashqaridagi birodarlarim sizga quchoq ochib moddiy, ma'naviy jihotdan qo'llab quvvatlaydi. Tezda manzilingizni bildiring. Kelgusi jurnal sonida sizga javob yo'llayman. Uzunroq bo'lgani uchun hozir yozmayapman. Ungacha bir necha nasihatimni eshiting.
"Alloh kechirmas,qabul qilmas",-degan behuda hayollarga berilmang. Hatolarda davom etmang. Alloh o'ziga riyosiz qaytgan kishini qabul qiladi,Inshaalloh. Allohning Lutfi Karami keng. U aqlimiz yetmaydigan, tushunchamiz qamray olmaydigan darajada Ulug'dir va U hamma narsaga Qodirdir.

Sizga hurmat ila Amina

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyul 2008, 09:01:53

Vijdon azobi (qissa)



Muallif: Amina Shanliko'g'li
Hajmi: 261 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish

Qayd etilgan