Vijdon azoblari bilan yashardim. Yashardimmi? Ana shunday Amina honim...Sizni opa desammikin,bilmayapman. Jurnalingizni yahshi ko'raman. Sizlarni ham.Hammangiz o'zimni opamdeksizlar. Opa, men endi ne qilay? Ayta olasizmi? Hozir 25 yoshdaman. Kech - kunduzim iztirobda Qayg'uga to'la. Tanglik va tanazzulimni esa aytolayman. Buni yozishingizni, chiroyli kiyinishni, ichi chirkin, tashi chiroyli bo'lgan hayot ne ekanini bilishlari uchun, taqlidchi, o'zboshimcha qizlarga saboq bo'lsin.Bu hayotdan ayirilmoq istayman. Qilmnishlarimni eslasam, o'lishdan ham qo'rqaman. Qadarim, ota-onam,akam, eng uhimi- ALlohga nisbatan qilgan hatolarimni qanday hal bo'lishini, javobini qay holda berishimni o'ylab qo'rqaman. Bu azobdab qanday qutulaman? Sizdan yordan so'rayman. Yozing,opalarim!Birodarlarim, qardoshlarim. Yuzimga tupurmoq istasangiz ham mayli, tupuring.
Opajonim sizni qamoqqa tushganingizni eshitib hayron qoldim. Siz biz kabilarni qutqarmoq istabsiz-u,jazo uyiga tushibsiz. bu qanday dunyo? Biz kabilarni falokatga sudraganlar ozodlikda, siz esa...
Bu qanday insonlik? Bu haqiqatlar atrofimda ekan,men nega ko'rmadim? Har neni endi ko'rmoqdaman. Lekin hatolarimni tuzatish, qiyinchiliklarimni o'nglashni iloji yo'q. Shunga qaramasdan sizdan ko'mak istayman.
Bu kecha birinchi bor hufton namozini o'qidim. "Ibodatlarimni qabul qilasanmi, Yo, Rab!..."deya yig'ladim...Allohdan uyalman...O'zimdan uyalaman....Onamning mozotini ham bilmayman...Barcha mozorlardan uyalaman....
Mana men shundayman. Ana qiynog'im, vijdon azobim....Meni nima poklaydi?Meni nima inson qiladi?Meni ALloh, otam,onam, akam, bolalar uyiga bergan,otasini ham bilmaydigan bolam qanday qilib kechiradi?Sizdan boshqa kimim bor?Istang qo'limdan titing,istang uolqtiring!YYonmoqdaman.Ichim kuymoqda Qlabim yonmoqda.Butunlay yonmoqdaman. Meni qutqaring, qutqaring bu botqoqdan. Meni mendan qutqaring.Buni qandayq qilasiz - bilmayman,ammo qutqaring. Qayg'udan o'lyapman.