Amina Shanliko'g'li. Vijdon azobi (qissa)  ( 91573 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 12 B


Munira xonim  19 Iyul 2006, 08:13:19

Otamga qilganlarimni unutolmayapman.
Bu galgi vijdon azobi ifodasi - maktub emas. Hozir qarshimda turgan 24 yoshli ayol - Fotima Kalyo'nchu aytib turdi, biz yozdik.
Fotimaning vijdon azobini o'z og'zidan eshitaylik:"Otam juda dindor,ma'nili, manga do'stday mehribon,muomalali,hamdard, har qanday dardimni bemalol aytishim mumkin bo'lgan mukammal ota edi.Meni musulmon qiz bo'lishimni istadi.U g'oyat shirin so'zlar bilan menga ochiq-sochiq yurmaslikni, namoz o'qishimni aytardim. Men otamni tushunib tushunmay tinglardim. Ehtimol nafsimni yengolmagandirman. Otam menga juda shafqatli munosabatda bo'lardiki, ta'riflashga ojizman. O'rangan holda turmushga chiqdim. Bir yil o'rangan holda yurdim. Erim bir yildan keyin asta-sekin o'zgara boshladi yoki men uni endi anglab borardim. To'ylarga borayotganimizda sochimni turmaklab olishimni so'rardi. Men yoshlik, irodasizlik va atrof ta'siriga zaifligim tufayli kun sayin ochila boshladim. Asta sekin o'zgarib borardim.Lekin otam bulardan behabar edi. Keynroqqa borib tamoman ochildim.Otamning huzuriga o'ranib borardim. Ruhimda iztirob bor edi. Ikki yuzlamachilik qilayotganim meni ezayotgan edi. O'zimni bir tartibga sololmas, erimning munosabati nafsimga kengroq yo'l ochib berardi. Endi Fotima otasi bilgan farishtali qiz emas, balki otasiga hoinlik hiyonat etuvchiga aylandi.Bir kun Ramazonda og'zimni sovuq suv bilan ochdim, nima bo'lganini bilmayman. Hushimdan ketdim. Erim qo'rqqanidan meni tashlab qochibdi. Ammam kelib qolibdi, qarasa men yerda hushsiz yotibman. Darhol otamga habar qilibdi. Otam meni shifohonaga eltibdi.U yerda o'zimga kelib, ko'z ochsam, otam tepamda yig'lab o'tiribdi.
- Otam nega yig'ladi?- deb onamdan so'radim.
- Qizim otang tirnoqlaringdagi bo'yoqni ko'rib, bundan ko'ra o'lganim yahshi edi dedilar. Buni eshitib dunyoyim qorong'u bo'lib ketdi. Meni jonidan yahshi ko'ruvchi otamning e'tiboridan qolguncha men ham o'lganim yahshi edi. Allohdan nega qo'rqmadim, nega uyalmadim? Bu savollarga hali hanuz javob bera olmayman.Erimdan ajrashdim. Fotihdagi ammamning uylariga joylashdim. Ochiq bo'lganim uchun otamning oldiga borgani yuzim chidamadi. Buning ustiga hanuz ochiq bo'lganim uchun shunisi bemalolroq derdim, shunday yashashni istardim.Bir to'da dugonalar orttirdim. Ulardan farqim yo'q, pardoz andoz, soch turmaklashda aynan o'shalarning o'zi edim.
Vaqti eklib boshimdan ko'p voqealar o'tdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Iyul 2006, 08:55:02

Nima bo'lganini anglamasdan, kutilmagan hodisa tufayli Fotih Amniyat Amirligida ko'zimni ochdim.Yana keyinroq o'zimni qamoqda ko'rdim.Hayron edim. Bu yerga qanday kelib qoldim?Allohning intiqomimi bu?Otamga munosabatimning jazosimi? Ish bu bilan ham tugamadi. Hali qamoqhonalarning hayajonlari ketmay turib...ertalabki ro'znomalarni o'qiyotgan edim...
Yo Alloh! Bu qanday dahshatli habar? Ro'znomada o'zimni rasmimni ko'rib turardim. Boshi ochiq surat. Habar qo'rqibchli edi. Sarlavhada:"Go'zal Fotima 30ta talonchilik qildi!" - deyilardi.Yig'lamoqdan o'zimga kelolmadim. "30ta talonchilik" qaydan chiqdi? Oh otajon sizning ohingizmi bular? Dugonalarim yonimga kelib:
- Sen bu gazetalarga ko'pam ahamiyat berma, hammamiz haqimizdayam yolg'on yashiq gaplarni yozib chiqishadi. Burgaga achchiq qilib ko'rpani kuydirma,- deya tasalli berishdi.
Fotima bu gaplarni hikoya qilgach, o'rnidan turdi-da, ro'znomani keltirdi:
- Mana o'zingiz o'qib ko'ring.
Unda mana shu gaplar bitilgandi:
"Bir oy avval Fotih Amniyat Amirligiga bog'liq guruhlar uch erkak sheriklari bilan qo'lga olingan Fotim Kalyo'nchuning jami 30 honadon va ishhonaga bosqinchilik qilgani ma'lum bo'ldi. Go'zal Fotima uydan qochgach, "Yoshlar to'dasini" tuzib shu guruhga boshliq bo'ldi. Bakirko'l amino'ni va Fotih taraflarni o'zlariga qo'nalg'a qilib olgan "Yoshlar to'dasi" kimsaszi uylarni ishhonalarni shilib ketishardi. Politsiyani ko'p vaqt ortidan yugurtirgan to'da a'zolari bir oy avvalFotih Amniyat Amirligi hodimlari tomonidan jinoyat ustida qo'lga olindi. Qorako'lda qilgan jinoyatlari rad qilgan Fotima va guruh a'zolari 30uy va ishhonalarni talaganliklari keyingi tekshiruvda ma'lum bo'ldi".
Habarni barobar o'qidik. Fotima yana eski dardini eslaganidan achchiq achchiq kulib gapida davom etdi. "na to'da bor va na men atlonchilik qilganman. Yo'q gaplarni, yo'q ishlarni yozishgan. Qalam hamma narsani ham yozaverar ekan,lekin nahot qalam egasida vijdon bo'lmasa? Bir nech oydan keyin ro'znomada boshqa bir habar bosildi.Mahkamada tushirilgan suratlarim. Yenglarim kalta, boshim ochiq... Hali qanday habar ekanligini o'qimasdan otamni esladim.Otam meni ro'znomada kalta yengda ko'radi. Oh men otamga og'ir zarbalar berdim. Aytgan so'zimni ikki qilmaydigan mehribonimga shuncha ko'rguliklar kelitrdimmi?"
Keyin habarni o'qidim.Habarni qo'limga olmasdan bo'lgan ahvolni aytib beray. Yurak hastaligi shifonada yotganimda, hamhonam O'ya ro'znoma o'qiyotgandi. Birdan:
- Aa! Mana bu ayolni qara bolasini kimdanligini bilmas emish,- dedi.
- Qanday ahloqsiz hotin ekan, ber-chi, qarayin,- deya ro'znomani olib, ne ko'z bilan ko'rayki, - o'sha ayol men edim. Surat ham meniki, ism ham. Uning sarlavhasi esa shunday:
"Bolam kimga o'hshasa, otasi o'sha!"
O'qidim-u hayolimga birinchi kelgan chora - o'lish bo'ldi. Darhol ko'ktomirimni ksdim. Meni ko'rgan dugonam ahvolni boshqalarga bildirdi. Qo'llarimni bog'ladilar. Tinmay yig'ladim. Jinni bo'layozdim. To'g'ri qamalganim rost. Lkein bola haqidagi gaplar tamoman boshqacha edi. Fotima bu ro'znomani ta'rifini kelturguncha terga tushib ketdi. Va davom etdi.
"Men shu so'zlarni aytibmanmi? Hudo saqlasin. Bunday pastkashlarcha aytilgan so'zlarga umrimda duch kelmaganman. To'g'ri hatolarim bor. Lekin hatolarimni bu habarlarga umuman aloqasi yo'q-ku.Imom nikohi bilan ikkinchi marta turmushga chiqqanman. Erim nomus borasida juda talabchan bo'lib, mendan shubhasi yo'q edi. Hatolarim bo'lsada, men ham undan boshqasini o'ylamadim. Bu habar meni qayg'uga qo'yganidek, uni ham juda hafa qildi. Hammasi ham maylikuya, otam bunday habarni o'qib ne ko'yga tuhsdi ekan...

Qayd etilgan


Munira xonim  19 Iyul 2006, 09:36:35

Otam o'zini eng sevimli qizidan hech kutilmagan zarbalarni yedi. Ro'znoma habari chiqqan kuni ertasiga ammamning o'g'li keldi. Bu ro'znomani mahkamaga bering dedim. Keyin nima bo'ldi bilmadim. Otam bunday ro'znomani o'qimaydi, lekin bir vijdonsiz pochta orqali otamga yuboribdi. Avvaldan otam qoshida uytli edim. Bu yomon habar otamga o'q bo'lib tegib, yuiragi sanchib qolibdi.Otamda endi orom yo'q. O'zim ham yaqinda yuragimni operatsiya qildiraman. Kim biladi, balki tahtada yotganimcha... o'lib qolarman. Lekin qilgan hatolarim, roznomalarning tuhmatlari otamni mendan uzoqlashtirdi. Otamga maktub yozdim, o'qimasdan yirtibdilar.U kishi haqli edi. Men qanday jur'at , qanday yuz bilan u zotga hat yozoldim, bilmayman. Hanuz otamni avvalgiday o'ylayman. Ana ko'ring... Alloh meni qay tarzda jazoladi. Hech kutilmaganda yosh paytimda olti yilu olti oy hibs jazosini ko'rdim. Ishonasizmi, jazo olishim bilanoq,eng sevimli insonlarim ham meni tark qilishdi. "Fotima sen shunga loyiqsan" dedim. Hech bir mashaqqat qayg'u otam chekkan g'amga to'g'ri kelmasdi. Bu g'amni otamga qanday qilib ravo ko'rdim? Uni qanday yig'latdim? Bu vijdon azobi meni ezgani sayin olgan jazoyimni o'zimga loyiq deb bildim. Hozir yoshim 24da. Faqat o'zimning istaklarimga quloq solganim uchun shu balolar boshimga keldi. Yana oldinda nimalarni ko'raman. Bugun o'ralgan, pokiza opa-singillarimga shunday deyman:
- Siz aslo men qilgan hatolarni takrorlamang, sizga to'g'ri yo'lni ko'rsatgan ota-onangiz oldida gunohkor bo'lmang. Ularni ranjitmang. Qanday qilib bo'lsa ham ularni ropzi qiling. Agar ularga osiy bo'lsangiz, shufohona, qamoqhonalarda pochta yo'llariga ko'zlaringiz nigoron bo'lib qoladi. Men o'zimga ibrat bo'lolmayapman, bo'lolmadim. Hech bo'lmasa siz meni qilgan hatolarimni qaytarmang. Meni gazetlar ikki sevgilisi bor, to'da tuzgan, degan tuhmatlarni qildi. Mendan battar ahvoldagilar ham bor. O'n uch yoshida hibsga tushgan arzimurlik Hulya Gulshan Takal mendan ham yomon tuhmatga uchradi.Ro'znomalar uni:" Uning 7ta sevgilisi bor",-deya yozdi. Mana mening hayotim. Hulya, Hayriya...yana qanchalari bor. Hammasi ota-onalarini norozi qilganlar, tinglamaganlar,shuning uchun tuhmatga uchraganlar.So'zlarimga yakun yasashdan oldin, emni va hatoyimni har doim ko'z oldingizda tutishingizni istayman. Men hozir shifohonadaman, tutqun ayollar bo'linmasida.
Ota-onadan ayrilgan... o'z yaqinlarini yo'qotgan aynchli ahvoldaman.Ruhiy azoblarimni eng qisqa tarzda bayon qildim. Inshaalloh, men chekkan jazo va vijdon azobi ko'pchilikka ibrat bo'lur. Hatolardan saqlanur.
Sizlarga Allohning salomi bo'lsin!

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyul 2006, 09:12:27

Allohdan toparsan Niloy.
Niloy og'ir va chuqur "Oh!"tortib yonimga cho'kdi.Yozadiganlaringni diqqat bilan yoz . Mahkamadan chiqishim bilan gazetachi mendan intervyu oldi,lekin hammasini yozmadi... Sen yoz, men sendan o'sha kitobni olib, ularga pochta orqali jo'nataman. Qanday boshlashni bilmayapman. Men Bursalikman. Bursaning yahshi joylarida o'sdim. Otam kimligi noma;lum musulmon edi. So'zda musulmon, ammo marhamatsiz edi. Onamni ko'p ursa-da, bizni yahshi ko'rardi. Lekin onamizga zulm qilyapti deb undan nafratlanardik. To'qqiz yoshga kirganimda, meni Ustoz huzuriga yubordilar. Ustozga borayotib hayollar surardim:ustoz bizga masalalar aytib beradi,men ba darslarni o'zlashtirib,qoyillatib javob beraman, shunda Ustoz "ofarin" deb qo'yadi, onam borsalar:"qizingiz juda harakatchan",- deb maqtaydi. Tushlarimda ustozni ko'rardim. Lekin bu hammasi hayol edi. Aslida u biror marta ham boshimni silab "ofarin" demadi. Endi anglayman-ki, biz 150talabaning qay biriga ulguradi. Lekin bola buni o'ylamaydi, mehr-muhabbat va iltifot kutadi. Men o'qishdan sovudim. Oradan o'tgan yillar meni dindan uzoqlashtiedi. Endi ota-onamdan yashirib g'alati romanlar o'qirdim.Bo orada men 14 yoshga kirdim. Meni opamning uyiga yuborishdi. Opamning uy ishlarini qila boshladim.Pochcham:"Ofarin sen opangdan ko'ra yahshiroq ish qilar ekansan",- degach, men yanada ko'proq harakat qila boshladim. "Bundayligingni bilganimda seni olgan bo'lardim",- dedi pochcham bir kuni, o'shanda bolalik emasmi, ko'nglimda allaqanday narsalarni his qildim. Uni ishq deb o'yladim. Oshiq bo'ldim. To'g'rirog'i, yoshlik hayajonini oshiqlik deb hisobladim. Endi uyga kelmasdim. Opam buni sezib, rashk qildi. Pochcham bilan yashirin ko'risha boshladik. Albatta yosh qizaloqni aldash oson emasdi. O'sha kunlari berilayotgan Dallas filmida qaynsinglisi bilan yashirinha hayot kechirgan qismni tomosha qildik. O'sha kecha u oshhonaga kirib keldi. "Ko'rdingmi,men o'sha pochchachalik ham bo'lmadimmi?"dedi. Opam tug'ruqhonada edi. Pochcham nomusimga tajovuz qildi. Homilali bo'lib qoldim. Ota-onam hildi. "kimdan bu?" deyishdi. Ilgaririoq gaplashib yurganim Irfonni aytdim.Otam uni sudga berdi. Biz gaplashib yurganimizni ko'rganlarni ham guvoh qilib ko'rsatishdi. Sud ishlari davom etib yurganida homilam tushib qoldi. Hech kimga aytmadim. Ikki oydan keyin nomusimga tajovuz qilishda ayblanib Irfon yetti yilga qamaldi. Oh!Sudda qanday yig'ladi. Menga ovozi boricha baqirib:"Suyuqoyoq, sotqin! Meni xo'rlab, tuhmat qilding! Sen ham hor bo'l,iloho,tuhmatga uchra!"dedi. Qanchalar uyaldim.lekin to'g'risini ham aytmadim. Oylar o'tdi. Vijdon azobi ulg'aydi. Tog'lardan katta va og'ir bo'ldi bu dard! Onamga aytdim:"Ona chidayolmayman,nima maslahat berasiz?" dedim. "Obro'yimiz to'kiladi,opangni oilasi buziladi", dedi onam.Bir yosh, pok yigitning hayotiga ahamiyat bermay, onam qizini uning oilasini o'ylardi. Buni aytsam:"Irfon nega seni olmadi?" deb vijdonini himoya ostiga oldi. Holbuki, Irfon meni qanday olsin, men unga tuhmat qilgan bo'lsam."Qamoqda chirimoq - bu qizga uylanmoqdan yahshiroqdir. Men bu fohishaga uylansam jinoyat qilgan bo'laman, Hokimbey" degan edi sudda.
Nomussiz pochcham hanuz menga sevgidan lof uradi.Vijdon azobini tortmaydi. Chunki vijdon yo'q. Yo'q bo'lgach nimani tortadi.

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyul 2006, 09:30:21

Ikki yildan keyin Irfon qamoqda o'ldi. Bu habarni eshitib o'zimdan ketdim. Bir necha kun o'rnimda turolmadim... Pochchamdan nafratlanib ketdim. Bir paytlar uni o'ylab ko'zimga uyqu kelmasdi. Endi undan nafratlanaman. Ko'p o'tmadan opam meni pochcham bilan ushlab oldi. Uydan qochdim, opamdan uyaldim. Yodimga Ali Og'bilar tushib,ularnikiga bordim. Go'shtni mushukka ishonib topshirurlarmi? Men esa topshirdim... Meni himoya qilsin deb borgan uyimning boshlig'i menga tashlandi. Hotini bizni ko'rgach, eri:"Buning o'zi meni qo'ymadi" dedi. Atrofga "oilali erkakni boshini aylantirdi" degan nomim tarqadi. Lekin bu ishda men hatolikka yo'l qo'yganim yo'q edim. Ammo tuhmatga qoldim. Izmirga bir dogonamnikiga bordim. Bir restarandan ish oldim. Bu joylarda birinchi kl\elgan odamning qadami qayerga yetradi? Albatta yomon yo'lga... Shu yo'lga kirdim. Lekin hech vaqt Irfonga qilgan tuhmatimni unutmadim. Uning duoyibadi tutdi. Tuhmatga yo'liqdim. O'z-o'zimcha yahshi bo'ldi deyman.Zotan men kofir ham emas.... Avval aytganimday juda sodda edimmi.... oilam, uydagilarim ham shunday. Meni uzoq muddat opamnikiga yuborishmasa edi, balki shu ishlar bo'lmasmidi?Onam biror marta:"qizim yoshlar tez oshiq bo'ladilar, har qanday hisni ishq hisoblama, aldanib qolma", demadilar. Men ham o'zimni qo'lga olishni, to'htatishni bilmadim. Oqibati shunday bo'lib chiqdi. Kulaman, suhbatlashaman, lekin vijdon azobim tugamaydi. Ko'ksimni zirqiratib turuvchi sanchiq doim bezovta qilib turadi. Nima qilishni bilmayman. Bunga chora iloj bormi? Bilsangiz, menga lutfan bildiring....Ha birodarlar diyonatsiz yashalgan joyda har narsa bo'lishi mumkin.

Qayd etilgan


Odina  20 Iyul 2006, 10:35:50

----  Nima?!  To`y!!!
Xarbiy xizmatni tugatib, uyiga kelganiga xali xech qancha bo`lamgan Azamat o`zi kutmagan yangilikdan esankirab qoldi.
---- Xa,akang qassobning qizidan boshqasoga uylanmiman deb turib oldi-da.-----dedi bidirlab otasi.
---- Xar tugul .qizniyam ko`ngli bor dhekilli,rozilik berishdi.Man ,sen xam kelding endi qo`shaloq to`y qilamiz-da! To`grimi  onasi?  Aka ukalarning boshini ikkita qo`ysak uyingga bir  qo`sh kelin kelsa    nima deysan?Ko`z ostinga olib  qo`yganing bo`lsa ayt, o`glim.
Azamat ulimsiragancha o`ziga qaran turgan ota onasigaqrab,allaqanday bo`lip ketti.O`rnidan otilip   turip ketmoqchi  xam bo`ldi.  Biroq........
Eshik ochilip.bo`sagada  qosh-ko`zi  qop qora ,  bo`ychan  Shokir ko`ringandagina  Azmay\t chuvalashib ketgan xayollarini yigib oldi.  Aka uka qochoqlashib ko`rishishdi .Sokir o`rniga o`tirayaotib to`y xabari Azamatga qanday tasir qilganini  bilmoqchidek sinchkovlik bilan tikildi.
--- Xizmat yaxshi  o`ttimi? To`y tashvishlari bilan , oldinga xam bora olmadik.Kelganing yaxshi bo`ldi-da endi o`zing  bo`lasan  dasturxondagi nonni sindirarkan  Shokir ukasidan ko`zini molib qochdi.
Azamat " churq"  etib o`giz ochmadi ,ogzidan nojo`yaso`z chiqib ketishidan xovotirlanib tilini tiydi.   Onasi  ombordan unda deb asrab qoygan uzum ,olmalardan keltirdi.
---- Bolam ,ol senga atay  saqlab yuruvdim .----dedi MAshxura opamevalar solinga likopchani Azamatning oldiga surip   qo`yarkan .
Azamatning tomogidan suv xam otmasdi ,u shunchaki tortingan bo`ladida charchaganini baxona qilip o`rnidan qo`zgaldi.Avvalliga akasi ikkovi yotadigan xonaga  kirishga yuragi bo`lamadi.kirgandan so`ng ichkari ancha o`zgarganiga amin bo`ldi. tavba akasining ximat paytida tushgan rasmini o`rnida Moxigulni kulimsirab  rasmi turardi.Azamatning xushi boshidan uchdi.----- go`yoki akasiga qo`shilip Moxigiul zam endi uni ustidan kulayotgandek
.Badanidan sovuq ter tepchadi..TAvba xarbiy xizmatgacha  bu suratga u soatlab termulardi. Endi esa .....  Azamat suratni teskari  o`girip qo`ydi-da,o`zini to`shakga tashladi.
---- Bolam  tur o`rningdan .Qara qarindosh uruglar seni ko`rgani kelishipti.---- Onasining dagal ,biroq tavtli qo`llari boshini silayotganini zesib Azmat ko`zini ochdi .tavba anasi yaxshi ayol -da !!. Shu payrgacha o`gaykligini bildirmagan .

Qayd etilgan


Munira xonim  20 Iyul 2006, 13:42:44

Otasidan tongan qiz.
Ba'zi voqealarga faqat kinolardagina duch kelasiz. Yoki voqea faqat kinoga hos va mos bo'ladi. Tomosh qilhan kishi balki 0o'shanda yig'lab olar-u, lekin keyin barchasini unutib yuboradi. Vijdon azobi deyilgan tuyg'u esa insonni yeb butirar ekan. Mening vijdon azobim shunday. Opam bir byuroda hizmat qilar, otam esa yaqinimizdagi hokimiyatda farrosh bo'lib ishlardi. Men o'shanda litseyda o'qirdim. Maktabda otangni kasbi nima? deb so'rashsa hech to'g'risini aytmasdim. Otamning farroshligidan uyalardim. Dunyoda bolaning otasidan or qilishidan ham mushkulroq hodisa bormi? Otamdan uyalishimga sabab bo'lgan narsalarni nima desa bo'ladi? Bechora otam bolalarim birovdan kam bo'lmasin deb kech-kunduz tinim bilmay ishlardi.Otam "katta odam" qilmoqchi bo'lgan qizlari esa u farroshlikdan topgan pullarini soch turmaklash kiyimlar, pardoz andoz bo'yoq so'yoqlarga sarflashardi. Shu tariqa otamizning farroshligini niqoblar edik. Uyimizda chiroyli ashyolar yo'qligi uchun hech kimni taklif qilmas edik. Otamning pulini sarflab, o'zidan or qilib yurgan kunlarimizning birida...
Hayotimizning achchiq bir kunida dugonam tug'ilgan kunini nishonladi. Bahoriy liboslarimni kiydim. Sartaroshhonada sochimni turmakladim, manikyur, pedikyur deganlariday.... Gap otganlarga o'zimni og'ringanday ko'rsatardim.Aslida o'shalar,ko'chalardagi shilqimlar uchun vaqtimni, pulimni sarflardim. Ular menga e'tibor berar va natijada ularning gap otishlariga muvofiq bo'lardim. Shu o'ylar bilan ketar ekanman, ko'zim uymalashib turgan olomonga tushdi. Faqat ko'zim tushsa mayli edi.... Oyoqlarim menga bo'ysinmay, o'zim ham o'sha yerga borib qolganimni bilmay qoldim. Olomonga yaqinlashgach, chetdagi farrosh aravachasiga va unga suyab qo'yilgan supurgini ko'rdim. Haloyiq o'rtasida bir odam hayajonlanib baqirardi:
- Birodarlar, bu odamni kim taniydi?Taniydigan bormi bu kishini?
Oldinga bo'ynini cho'zib farrosh kiyimidagi, og'zidan ko'pik sochib, koma holida yotgan otamni ko'rdim. Atrofda meni taniganlar bor. Farrosh otam esa yerda yotibdi, odamlar tinmay javrashardi:
- Voh, bechora, bolam-bo'tam, qozon-qirmoch deb, o'zini o'tga-cho'qqa urdi, halol mehnat bilan pul topaman deya, ko'chada fanolik kechiribdi.
- Yo'q birodar, yo'q. Bu joyning otini shahar qo'yishganu, o'lib ketsang birov bilmaydi. Nomi shaharmish. Ammo haq bizga haq,musulmonlik, insonlik bizga haq!
- Kim bilsin uyidagilari, bolalari eshitsa telba bo'lib qolishsa kerak. Tuzuk bo'lsa uyiga yuborish kerak, bolalari hasta holda ko'rmasin, yana hafa bo'lishmasin.
O'rtaga chiqib, men taniyman,bu kishi meni otam , deyolmadim. Qo'shnim desam ham bo'lardim. OLomon sirg'alib chiqib qochdim.Yerda yotgan farrosh otamni tashlab, olomonga ichimda la'natlar aytib u yerdan tez uzoqlashdim....
Otam o'sha hodisadan keyin ko'p o'tmay olamdan ko'z yumdi. Faqat o'limidan so'nggina uyalganim - farrosh otamdan vijdonim sadosi bilan bir nech savol so'ramoq istadim. Nega uyaldim sizdan, otajon? Meni o'zingizdan uyalmaydigan farzand qilib tarbiyalamadingizmi? Sizning farrosh ekanligingizdan g'urur tuyadigan iftihor tuyadigan hulqni nega menga bermadingiz?Meni vijdon azobiga nega qoldirib ketdingiz otajon? Otalarining nonvoy, etikdo'z, poyabzal bo'yovchi ekanidan g'urur tuyuvchi farzandlar faqat Islom ahloqi asosida Islomiy hulq bilan tarbiya topgan farzandlardir. Bilmadim, o'lim holatida yotgan otamdan qochganim va buning oqibatida vijdonimda iyg'ongan dard o'limim bilan tugarmikan?

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 11:26:05

Ibrat.
O'sha kuni havo yoqimli di. Jonimdan sevgan yigitim meni ota-onasi bilan bugun so'rab keladi. Bugun men ikki yil orziqib kutgan kun. Shu nurafshon kunda sevgilimga yetishish uchun birinchi qadam qo'yiladi. Hech qanday to'siqsiz turmush qurdik. Shod, mas'ud, bahtiyor edik. Juftim bilan hamma narsani maslahatlashar edik. Farzandli bo'lishga shoshmas, darrov bolalik bo'lishni istamasdik. Chunki bola bo'lsa o'ynab kulishimizga halaqit beradi, deb o'ylardik. Kinoga, kokteylga hali bola bilan birga boradigan holda emasdik. Oradan ikki-uch yil o'tdi. Erimning o'limini gazetadan o'qib bildim. Yo'lda halokatga uchraganlar orasida u ham bor edi. Yorug' dunyoyim qorong'u bo'ldi. Uning ortidan qolgan bolamiz ham yo'q edi. Yoshlik esa tugab borardi. Har narsadan shubhalanardim. Erim nega o'ldi? Hali turmush shirinligini tuzukroq totmasdan, yoshlikka to'ymasdan... Endi qanday yashayman.Bilmasdim. Vaqt har narsani esdan chqaradi deganlaridek, erimning o';imi ham sekin asta yodimdan chiqib borardi,. Sochlarimni yosh qizlardek turmaklashimga, kiyinishimga, dengizda yosh qizlar yonida bo'lishimga qaramasdan nomim yosh tul edi. Kun keldi, tullikdan zerikib, ikkinchi bor uylanmqchi bo'lganlarni tanlshga qaror qildim. Va uzoq o'ylab bir zobitni tanladim. Uni menga o'hshaganlarning ko'pchiligi yoqtirardi. U yosh,lekin hotinidan qolgan uch bolasi bor edi. Lekin baribir uning uylanish haqidagi taklifini qabul qildim. 38yoshli dengiz zobiti Akrom bilan nikohlandik. Kichikkina to'y ham o'tkazdik. Bolalari - Aslon 6 oylik, Chig'dam 4yosh, kattasi Faruq 6 yosh edi. Akromni uyiga kelganimda uning onasi biz bilan turishidan habarim yo'q edi. Qaynonamni ko'rib, erimdan ham nafratlanib ketdim,chunki u menga yolg'on gapirgandi. Qutulishning iloji yo'qligidan to'rt devor, qattiqqo'l qaynona, uch bola bilan qolishga majbur bo'ldim. Gapning qisqasi men o'zimga qasd qilgandim. Turmush qurganimizga bir hafta bo'lgach ko'pincha Akrom uyga kelmay qo'ydi. Aqldan ozayozdim. Qaynonam har ishga aralashar, lekin men hech narsa deyolmas, orqasidan esa tilimga kelgan so'zlar bilan qarg'ardim. Uch bolaga esa qilmagan yomonligim qolmadi. Olti oylik Aslonni huddi katta boladay urardim, bolalarga qaramasdim. Akromning asl qiyofasini ham endi bilayotgan edim. Ichkilik ichar, har hil yomon ishlarga boshini suqardi. Bir kecha Akrom odatdagidek yo'q, bolalar esa yig'lashardi. Ikki kichigi tayoqdan tinchimasdi. Kichik Aslon tagini ho'llab qo'ygan, qiz ochlikdan yig'lardi.Eshini tars yopib chiqib ketdim. Keyin Akroni pavilyonlardan izlab yurdim, Ovro'paga ketganida ilojsiz edim,lekin bu yerda bo'lsa mendan qutulolmas, qo'lim yoqasida bo'lardi. Turmush qurganimizga 8 yiol bolganida men ham uch bolaning onasi bo'ldim. Otalari bergan pul yetmagani uchun o'zim chevarlik qilib, faqat o'z bolalarimni boqardim.O'gaylar katta bo'lib qolishgandi. Ular bilan o'z bolalarimni bir dasturhonda ovqatlantirmasdim. O'gaylarning yeguligini ovqat deb  bo'lmasdi.O'z bolalarimni har hil ovqatlantirar, go'shtni oshhonada emas, uyda pishirardim, baribir hidi tarqalardi.....

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 11:50:13

Yetishmovchilik tufayli shunday yo'l tutardim. Ochlik - ocharchilik edi. Haliyam hammadn ko'p topadigan o'zimiz edik. Bir uyda bo'la turib bolalarim o'gaylar bilan nirga o'ynamasdi. Tikuvchilik ishiga yarim kechasi bo'lsa ham Aslanni uyg'otar edim. O'zimning qiyinchiliklarim uchun otalariga bo'lgan o'chimni bolalaridan olardim. Biz uchun nonvoyhonadan 6 yoshli Aslan non olib kelar, ularga bu yangi, tandirdan uzilgan nonlardan bermasdim. Bola nonni menga uzatayotgandagi ko'zlaridagi yolvorish qahqaha urishimga sabab bo'lardi. Istanbulda alohida joyda faqirlar uchun sotiladigan non - yetimlarning yeguligi edi. Aslon navbatga turar, suvi qochgan, mog'orlagan, sichqon kalamush tekkan arzon nondan yeyishar va shu sababli lablari shishib ketar, hech narsa yeyolmaydigan holga kelar va och qolishardi. Bolalar ulg'ayib qolishgach qaynonam tong'ich o'g'ilni o'ziga oldi. Menga Aslon bilan qizni qoldirdi. Aslon ham katta bo'lib qolgani uchun ishlashi kerak edi. Aslonni jurnal sotishga qo'ydim. Sotib bo'lmaguncha uyga qaytishini taqiqladim. Bunga amal qilmasa o'lguday urardim. Qishning qattiq sovuq kunlaridan biri edi. Tashqaridagi sovuq odamni junjiktirar edi. Kech soat bo'lishiga qaramay Aslon uyga qaytmadi. Bolaning qaytishi emas,u olib keladigan pul muhim edi. Tanish ovoz eshitib tashqariga qaradim.
- Ona-a-a, eshikni oching!!!
Aslon qo'lida jurnallar bilan turardi.
- Ona eshikni oching... Sovqotdim...Bugun sotolmadim... Ertaga sotaman..Meni ichqariga kiriting!!!
Ovozi shamolda sado berardi. Yoi'q ochmayman. Erkalanib, taltayib ketadi va ertaga ham sotmasdan keladi. Bolaning gapiga ishonib bo'ladimi? Buning ustiga olti yosh bolaning gapiga.... Shu asnoda uhlab qoldim. Uyg'onganimda ovoz eshitilmasdi. Sotuvga ketdimikin, deb tashqariga qaradim. Qorga ko'milguday bo'lib ketibdi, ichkari kiritdim. Sotolmagan uchun saboq bo'lsin deb, urdim. Ovqat bermadim, shu holda uhlab qoldi. O'gay bolalarni uradigan alohida joylarim bo'lardi. Qizni hammomda, Aslonni oshhonada urardim.To'ng'ichi yonimda payti kaltaklanadigan joyi - mehmonhonamiz eshigini orti edi. Bolalarning shunday urgan bir kunimda, Aslonning juda jahli chiqqan bo'lsa kerak, bo'ynimdagi munchoqlarga osildi. Sochilgan munchoqlar tahtalar orasiga tushib ketdi. Uni shunday urdimki, boshi yorildi, qon oqdi. Oz-moz davolashni bilardim. Tyzatdim. Oradan bir yil o'tdi. Yana shunday qish kunlarining birida bolalarni urayotgan edim, zo'rg'a sudralib, mast holda otalari kelib qoldi, bolalarning ahvolni so'radi. Ko'zim bilan ishora qildim, qiz gapirmadim, Aslon aytib berdi. Erimning jahli chiqib bolalariga:"Hozirlaning buvingiznikiga jo'nataman", dedi. Yarim kecha, sovuqda ustlari yupun bolalarni buvisikiga jo'natdi. Bolalari shi\u ketgancha qaytmadi. Qosimposhodan To'phonaga ketishdi...

Qayd etilgan


Munira xonim  21 Iyul 2006, 12:04:40

Bu yirtqich, vahshiy o'gay onaning bir necha yildan beri tortayotgan vijdon azobiga kelsak...
Hozir 65yoshdaman. Ikki cuh yildan beri boshimga yarim yorti ro'mol o'rayman. Namozimni o'qiyapman. O'gay bolalarga nisbatan vijdon azobini biroz bo'lsada, Allohga qaytgach tuya boshladim. Allohga qaytgach, tuya boshladim, bu ishlarni yirqich emas, iymonsiz qilishi mumkinligini, iymoni bor odam bunday qilolmaydi...
Vijdon azobi esa har daqiqa men bilan birga... Istanbul ko'chalarini kezganimda, jome'larga qaraganimda, qish kelganida, yosh bolalarni ko'rganimda o';lishdan o'rqaman. Allohga qanday javob beraman deya... Yashamoqdan qo'rqaman. Vijdonim so'rog'iga javob topa olamyman. Hozirgi iymoni o'shanda bo'lsa edi. Omonat qilingan bolalarga shunday qilarmidim? Ko'zyoshlarini oqishiga yo'l qo'yarmidim?Otalarining o'chini shu norasidalardan olarmidim?Yo'q, hech birini qilmasdim. chunki shu onda iymonga qovushmoqda edim. Islomni o'rganmoqda edim. Allohdan avf so'rayverib, biroz inchlanganday bo'laman. Yo'qsa ko'rinmas azob meni yeb bitirardi....
Ohirida shuni ma'lum qilamanki, keksaygach, o'z bolalarimnikiga bordim, meni qbul qilmadilar, tashqariga haydadilar. Bugun hasta bo'lsam menga qaraydigan o'sha kichik Aslon va uning iymonli hotini.... Ana shu meni ulkan vijdon azibim emasmi? Men unga qarashim kerak bo'lgan vaqtda dunyosini qaro qildim, hayotini zahar ayladim,ko'nglini yaraladim. U esa keksayganimda, unga muhtoj bo'lganimda:
- Keling onajon!- dedi.
Eng katta ibrat darsi emasmi bu? Iymonsiz davrimda qilgan qilmishlarimga iymon bilan qilgan javobi emasmi bu? Samimiy quchoq ochishi men uchun ulkan vijdon azobi emasmi?

Qayd etilgan