Kutubxona > O'zbek nasri

Sherdil Umarzod Yangi she'rlari

(1/1)

Sherdil:
Yoshlikda tuyg’ular kuchli alanga
Olib borar edi sen deb dilimda.
Qismatim tasodif tushgan bir tangga
Noming takror-takror edi tilimda.

Orzular sen bilan hayollar sen-la
Butun vujudimla ishonganim rost.
O’ylardim hayoting ulansa men-la
O’ylardim naqadar tushar edik mos!

Hudbin vaqt ko’rsatdi haqiqatlarni
Haqiqiy hayotda yo’q ekan rahm.
Mendan uyalgandi barchasi bari
Menda esa hatto yo’q ed fahm.

O’ylardim boshqacha yashab bo’lmaydi
Dardimga da’vo yo’q butkul yonaman.
Muhabbat abadiy sira o’lmaydi
Tun o’tar kun o’tar men to’lg’onaman

Hozir sensizlikning g’ami arigan
Xotirot senga zum qaytishi mumkin.
O’shandek yonishlar boshqa bo’lmaydi
Boshqani sevmoq ham mumkinmas lekin.



Navigation

[0] Message Index

Go to full version