O'ZBEKISTON UNVERSTITET VA INSTITUTLARI HAQIDA  ( 173029 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:04:22

MUQADDAS MASKAN

O’zbеkiston mustaqillikka erishganidan kеyin yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta`lim tizimini tubdan isloh qilish boshlandi, fundamеntal tadqiqotlarga alohida e`tibor qaratildi. "Talim to’g’risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi. Yoshlarni xorijdagi eng ilg’or oliy o’quv yurtlarida o’qitish, malakalarini oshirish uchun turli jamg’armalar tuzildi. Bir so’z bilan aytganda, talim tizimiga bo’lgan e`tibor davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mintaqamizning eng nufuzli oliy o’quv yurti bo’lgan O’zbеkiston Milliy univеrsitеti barchaning diqqat markazida bo’ldi va buyuk mutafakkir Mirzo Ulug’bеk nomi bilan atala boshladi. Prеzidеntimizning 2000 yil 28 yanvar Farmonlariga binoan unga "Milliy univеrsitеt" maqomi bеrilib, tashkil etilgan sanasi tarixiy dalillar asosida 1918 yil 12 may dеb bеlgilandi.
Univеrsitеt bu tarixiy davr ichida ilm-fanning turli sohalarida juda katta yutuqlarga erishdi. Xorijda ham tan olindi. Matеmatika, kimyo, fizika, gеologiya, biologiya, gеografiya, tarix, o’zbеk tilshunosligi va adabiyotshunosligi kabi fanlar bo’yicha ilmiy maktablar shakllantirildi. Xalq xo’jaligining turli sohalari uchun o’n minglab malakali mutaxassislar, ilm-fan, madaniyat va jamoat arboblari yetishib chiqdi. Markaziy Osiyodagi o’nlab ilmiy tashkilotlar, Fanlar akadеmiyalari, oliy o’quv yurtlarining shakllanishida univеrsitеt asos bo’lib xizmat qildi. O’zbеkiston Fanlar akadеmiyasining hozirgacha saylangan prеzidеntlarining ko’pchiligi univеrsitеtdan yetishib chiqqan.
Univеrsitеt mustaqillik yillarida jahonning ko’plab ilg’or davlatlarining yetakchi oliy o’quv yurtlari hamda ilmiy tashkilotlari bilan aloqalar o’rnatdi. Hozirgi kunda bir qator professor-o’qituvchilar xorij univеrsitetlarida dars berishyapti, talabalar va aspirantlar xorijda o’qishyapti.
Shuni ham alohida ta`kidlash lozimki, hali O’zbеkiston Milliy univеrsitеti jamoasi oldida turgan mas`uliyatli vazifalar ko’lami kеng. Chunki, univеrsitеtda ishlayotgan taniqli olimlar va mohir pedagoglarning imkoniyatlari katta. Shu ma`noda univsrsitеtni har jihatdan jahondagi eng ilg’or oliy o’quv yurtlari darajasiga olib chiqish mumkin. Hozirda olib borilayotgan barcha ishlarimizning yo’nalishi shunga qaratilgan.
Biz bilim olish istagida bo’lgan istеdodli yoshlarni Markaziy Osiyoning eng ulug’ oliy o’quv yurti bo’lgan O’zbеkiston Milliy univеrsitеtiga da`vat qilamiz. Barcha ilmiy tashkilotlar, yetakchi o’quv muassasalari bilan hamkorlikda ishlashga tayyormiz.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:05:45

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
Talabalar Uyi


Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tasarrufida 11 ta talabalar turar-joylari mavjud bo'lib, ularni 1960 yillarda qurilgan. Davlatimiz rahbariyati tashabbusi bilan 2005 yil 17 iyuldan 8 ta turar joy to'liq ta'mirlashga topshirildi. Mamalakatimizda eng ko'zga ko'ringan vazirliklar, tashkilotlar, korxonalar homiyligida qisqa vaqt mobaynida talabalar turar joylari to'liq ta'mirdan chiqarilib, zamonaviy ruhda bezatildi. 
2005 yil 28 yanvar kuni Prezidentimiz Islom Karimovning «Yoshlik» talabalar shaharchasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko'zdan kechirish maqsadida tashrif buyurdilar. Ular shaharchadagi qurilish ishlari va talabalarning yashash  sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar hamda turar-joylarda talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida bir necha taklif va tavsiyalar berdilar. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalarni ijrosini to'liq ta'minlandi va talabalar uchun yanada qulay sharoitlar yaratildi.
Talabalar turar joylarida «Ma'naviyat va ma'rifat» xonasi, sport, dam olish, kompyuter, ota-onalar, yuvinish, dazmollash, kir yuvish xonalari zamonaviy jihozlar bilan bezitildi. Bundan tashqari homiylar tomonidan har bir talabani yashashi uchun zarur bo'ladigan yumshoq mebellar va jihozlar bilan ham ta'minlandi. Har bir xonada yashovchi 2 talaba uchun barcha sharoitlar yaratildi. 2, 3, 4, 5 sonli  talabalar turar joylari 204 kishiga, 12, 14, 18 sonli talabalar turar joylari 306 kishiga, 9 sonli magistrlar va aspirantlar turar-joylari 216 kishiga mo'ljallangan. Talabalar turar joylarida boshqaruvning yangi tizimi joriy etilib, talabalarning o'z-o'zini boshqarish mexanizmi ishlab chiqildi. 2006 yil 14 yanvardan barcha turar-joylarda talabalar istiqomat qilib kelishmoqda. Hozirgi vaqtda talabalarning barkamol va sog'lom bo'lib voyaga etishlari uchun sport inshootlari qurilmoqda.   



Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:07:14

Talabalar shaharchasi


Yurtboshimizning yoshlarga bo'lgan alohida e'tiborlari tufayli Respublika Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11-fevraldagi 60-sonli haroriga binoan "œYoshlik" talabalar shaharchasi mustahil ma'muriy xudud sifatida tuzilgan. Ushbu hududning maydoni 600 gektardan ko'proq bo'lib, 9 ta mahallalarda  42 mingga yaqin fuqaro istiqomat qiladi.
Mahallalar nomlari: Universitet, Ziyo, Chiqatoy Oqtepa, Xislat, Beruniy, Beruniy maydoni, Shifokorlar, Baxouddin Naqshbandiy,  Mirzo G'olib.
Shaharchada respublikamizda eng nufuzli oliy o'quv yurtlari O'zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent Davlat Texnika universiteti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi, bundan tashqari Toshkent Madaniyat, Bank, Politexnika, Tibbiyot, Maishiy xizmat ko'rsatish kollejlari, Glier nomli respublika musiqa akademik litseyi va yuqorida nomlari aytilgan o'quv yurtlarining akademik litseylari faoliyat ko'rsatmoqda. Toshkent Davlat Yuridik, Moliya institutlari o'quv korpuslarining bir qismi va talabalar turar joylari hamda Toshkent Davlat Aviatsiya, San'at institutlari talabalar turar  joylari joylashgan. Muxtasar qilib aytganda, shaharcha hududidagi 26 ta o'quv muassasalarida 41 mingdan ko'proq talaba va o'quvchilar ta'lim olmoqdalar va malakalarini oshirmoqdalar.
Xukumatimiz tomonidan talaba-yoshlarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida O'zMU, ToshDTU, Toshkent Aviatsiya, Toshkent Moliya, Toshkent Davlat San'at institutlari talabalar turar joylari zamon talablari darajasidagi talabalar turar joylariga aylantirildi.
Shaharchadagi  O'zbekiston Milliy universiteti va Toshkent Davlat Texnika universiteti hududlarida stadion, sport majmualari, tennis kortlari, voleybol va basketbol maydonchalari qayta ta'mirlanishi bilan birga ikkita gimnastika zali, ikkita yopik suzish havzasi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
"œYoshlik" talabalar shaharchasi hokimligi ta'lim muassasalari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligida o'tkaziladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlarda talaba yoshlarni vatanga muhabbat, fidoiylik ruhida tarbiyalash va barkamol inson bo'lib etishishlari, bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlari hamda sport bilan shuhullanishlariga imkoniyatlar yaratish va sportga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttirish borasida muntazam faoliyat olib bormoqda.
   Respublikamiz rahbariyati tomonidan yoshlarga doimiy ravishda alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Ularning o'qish, dam olish va yashash sharoitlarini yaxshilash borasida hayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Bevosita Sizning rahbarligingizda 2005 yilning iyun oyidan boshlab  "œYoshlik" talabalar shaharchasi hududida joylashgan, deyarli yaroqsiz holatga kelib qolgan O'zbekiston Milliy universitetiga tegishli 9 ta talabalar turar joyi, Toshkent Davlat Texnika universitetiga tegishli 8 ta talabalar turar joyi, talabalar profilaktoriysi va 32-sonli talabalar poliklinikasi hamda "œYoshlik" talabalar shaharchasi talabalar ma'naviyat va ma'rifat markazi to'liq ta'mirdan chiqarildi va bugungi kun talablari darajasida jihozlandi.  Talabalarga xizmat ko'rsatuvchi qora-qamish dehqon bozori "œYoshlik" talabalar shaharchasi shahobchasi, savdo va maishiy xizmat ko'rsatish korxonalari, umumiy ovqatlanish oshxonalari ta'mirdan chiqarildi. Shaharcha hududida ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar tomonidan  obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilib, 16000 tupdan ziyodroq igna bargli daraxtlar, 8000 ga yaqin mevali daraxtlar, 7000 ga yaqin manzarali daraxt ko'chatlari hamda 250000 tupdan ortiqroq gul ko'chatlari ekildi. Shaharchaga qadam ranjida etgan har bir kishi shaharchani umuman boshqacha tus olganligini ta'kidlamoqda. Shaharcha hududida bo'lgan chet ellik delegatsiya vakillari (Yaponiya, Rossiya) talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko'rib yuqori darajada baholadilar. Ayniqsa shaharcha hududidagi talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar yaratilgan shart-sharoitlar uchun yurtboshimizga o'zlarining minnatdorchiliklarini bildirib kelmoqdalar.
   Yurtboshimizning tashriflaridan so'ng   "œYoshlik" talabalar shaharchasida bir muncha ijobiy ishlar amalga oshirildi:
- "œYoshlik" talabalar shaharchasida www.yoshlik-city.uz sayti yaratildi. Bugungi kunga qadar ushbu saytga 2500 dan ortiqroq murojaat bo'lganligi aniqlandi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi shaharlaridan 800 ga yaqin yoshlar ushbu saytga murojaat qildilar hamda "œYoshlik" talabalar shaharchasi va bu erda talaba-yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida qanday qilib tashrif uyushtirish bo'yicha murojaatlar bo'lmoqda;
- O'zbekiston televideniesi "œYoshlar" kanalida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o'qishdan bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazish, olib borilayotgan ijobiy ishlarni keng ommaga etkazish maqsadida har oyda bir marotaba "œTalabalar shaharchasi" maxsus ko'rsatuvi namoyish etilmoqda;
- "œYoshlik" talabalar shaharchasi haqida yilning har choragida rangli tasvirda olib borilgan ijobiy ishlarni yorituvchi "œYoshlik" nomli axborot ma'lumotnoma chop etilmoqda;
- "œYoshlik" talabalar shaharchasi hududidagi ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida shaharcha ma'naviyat va ma'rifat markazi faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:08:28

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida  talabalarni darsdan bo'sh vaqtini samarali o'tkazish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar


Universitetda talaba-yoshlar bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari maqsadida universitet rahbariyati tomonidan 22 ta sport sektsiyalari, universitet Madaniyat saroyi qoshida 11 turdagi havaskorlik to'garaklari tashkil etilgan. To'garaklarda universitetning malakali hodimlari, professor-o'qituvchilari va sport ustalari faoliyat ko'rsatadilar. Bulardan tashqari universitet ma'naviyat tizimi tomonidan talabalarni teatr, badiiy film, turli xonandalarning kontsert dasturlariga hamda muzeylarga tashriflarini tashkil etiladi. Turli bayramlarda universitet Madaniyat saroyi katta zalida kontsert dasturlari, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar, ko'ngil ochar tadbirlar tashkil etiladi.
   Universitet Talabalar turar joylarida ham talabalarga juda keng shart-sharoitlar yaratilgan. U erda ham barcha jahon andozalariga javob bera oladigan trenijor zallari, sport maydonchalari, internet tarmog'iga ulangan kompyuter zallari, barcha qulayliklarga ega ma'naviyat xonalari mavjud. Bu sharoitlardan  talaba-yoshlar unumli va oqilona foydalangan holda bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishadi. Bulardan tashqari universitet rahbariyati tomonidan talabalarni taklif va istaklarini inobatga olgan holda, Talabalar turar joylariga mashhur yozuvchilar, davlat arboblari, ilm-fan hodimlari hamda shoir va shoiralarni tashrifini tashkil etiladi. Universitetning barcha fakultetlarida o'quv kutubxonalari mavjud bo'lib, ulardan talabalar o'zlariga kerakli bo'lgan badiiy va ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishadi. Bundan tashqari universitet rektoratida joylashagan Bosh kutubxona ham talabalar ixtiyorida.
    Yaqinda mamlakatimizda keng nishonlangan 14 yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan universitet    Madaniyat saroyi katta zalida Respublika Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda «Vatanparvarlikni chinakam e'tiqodga aylantiraylik» mavzusidagi bayram tadbiri o'tkazildi. Tadbirda universitet Madaniyat saroyi qoshida tashkil etilgan «Shovvozlar» teatr studiyasining chiqishlari va O'zbekiston Respublikasi  Mudofaa vazirligi qoshida tashkil etilgan ansambl ijrosida bayram kontserti o'tkazildi. Tadbirga universitet harbiy kafedra hodimlari, professor-o'qituvchilari va universitet talaba-yoshlari tashrif buyurishdi. Xuddi shu kabi tadbirlar universitetimizda juda ko'plab o'tkazilib kelinadi.
Universitet rahbariyati talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun barcha shart-sharoitlarni to'liq yaratib berilmoqda.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning sonidan ko'ra sifatiga, umumiyligidan ko'ra individualligiga e'xtibor qaratib, o'tkazilayotgan tadbirga talabalarning qiziqishlaridlan kelib chiqib yondoshishga harakat qildi. Bu borada qator misollarni kelitirish mumkin. Masalan, kattazallarda barchani bir joyga to'plab tadbirlar o'tkazishdan ko'ra, ana shu tadbirlarning mohiyatini alohida akademik guruhlarda, yigit-qizlar davrasida tushuntirish, ular bilan yuzma-yuz, rasmiyatchilikdan xoli tarzda ochiq muloqotlar olib borishga, talabalarning intilish va qiziqishlarini inobatga olagan xolda o'tkazishga erishdik. Bu esa pirovardida har bir talabaning darsda va darsdan tashqarida o'z fikrini erkin fikrini bayon eta olishi uchun imkoniyat yaratildi.
    Talabalarning dunyoqarashi va qiziqishlaridan kelib chiqib, «Yosh siyosatchilar», «Yosh jurnalistlar» faoliyati yanada samaraliroq tashkil etildi hamda talabalar o'rtasida «Notiqlar» klubi faoliyati yanada takomillashtirildi. O'tkazilgan uchrashuvlar, baxs-munozara kechalari ommaviy tadbirlarga nisbatan akademik guruhlarda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samarasi ko'proq bo'lishini ko'rsatdi. Bu tizimlar ma'naviy jarayonlarga davr bilan hamnafas bo'lgan zamonaviy usullarni qo'llash, uning ta'sirchanligini, hayotiyligini, rang-barangligini oshirishga qaratilgan. Bunda talaba-yoshlarning qiziqishlari va intilishlarini inobatga olgan xolda yondoshiladi.
    Talaba-yoshlarni darsdan bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha O'zbekiston Milliy Universiteti katta-katta tadbirlar va ko'rik-tanlovlarning tashabbuskori hamda tashkilotchisi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu borada talaba-yoshlarda san'atga mehr uyg'otish, do'stlik rishtalarini mustahkamlash, badiiy-ijodiy mahoratini namoyon etishga qaratilgan Respublika Oliy o'quv yurti talabalari teatr-studiyalarning «Nihol» festivali, milliy an'analarimizga hurmat tuyg'usini mustahkamlash, unitilib borilayotgan go'zal urf-odatlarimizga qaratilgan «Xazina» o'zbek folklor san'ati va urf-odatlari festivali bevosita O'zbekiston Milliy Universiteti nomi bilan bog'liq ekanligi barchamizga ma'lum. Shu bois mazkur festivallar bizning universitetimizda o'tkazilishi bejiz emas. Joriy yilda o'tkazilgan «Nihol-2006» teatr san'ati festivali ham o'ziga xos yangicha yondashuvlar, yangicha talqin, yangi ko'rinishlar va yangi mavzular bilan boyigan holda respublikamizdagi teatr san'ati ixlosmandlari e'tiboriga havola etildi. Bunda universitetning iqtidorli yoshlarini o'ziga xos tashabbuskorligi sezilib turdi.
   
Universitet Madaniyat saroyida «Shovvozlar» teatr studiyasi tashkil etilgan bo'lib, unda faqat universitet talaba-yoshlari faoliyat ko'rsatadi. Teatr guruhi ijodkorlari universitet yoshlarining qalbidan joy topgan va ular har oyda o'zlarining yangi sanxan ko'rinishlarini namoyish etib kelishmoqda. Joriy yilda respublika oliy quv yurtlari o'rtasida o'tkazilgan «Quvnoqlar va zukkolar» ko'rik tanlovda «Shovvozlar» jamoasi 1-o'rinni egalladi va chempion nomiga sazovor bo'ldi.
[/img]

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:09:11

O'QUV JARAYONINI BOShQARISH

O'quv jarayoni va uni tashkil qilish qanday yo'lga qo'yilganligi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq jarayondir.
Shuning uchun bu jarayonni  boshqarish, uni hozirgi kun talablari asosida amalga oshirish Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko'rsatilgan o'z sohasini yaxshi biladigan, mustaqil fikr yuritish, sohaga tegishli muammolarni tahlil qila bilish, ularni yechimini topish kabi  ko'nikmalarga ega, raqobatbardosh, eng asosiysi o'z vatanini sevuvchi, milliy va umumbashariy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, o'z xalqiga sodiq barkamol yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan.
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida o'quv jarayonini boshqarish quyidagicha tashkil qilingan:
O'quv jarayoniga tegishli barcha masalalar Rektor raisligidagi universitet Ilmiy Kengashi tomonidan  muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinadi. O'quv jarayonini nazorat qilish universitet miqyosida o'quv ishlari prorektori, o'quv bo'limi va o'quv-uslubiy bo'limlar tomonidan olib boriladi.
Fakultetlar miqyosida o'quv jarayonini tashkil qilish va uni amalga oshirish ustidan nazorat fakultet dekani va o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini tomonidan olib boriladi. Ular zimmasiga ishchi o'quv rejalarni ishlab chiqish, o'qitilishi kerak bo'lgan fanlarning ishchi dasturlarini ishlab chiqish, dars jadvallarini tuzish, mazkur jadval asosida darslarni tashkil qilish, barcha fanlarning o'qituvchilar va  tegishli o'quv adabiyotlari bilan ta'minlanishi ustidan nazorat olib boradilar. O'quv jarayoniga tegishli qarorlar qabul qiladilar va tadbirlarni amalga oshiradilar.
Fanlar bo'yicha ishchi o'quv dasturlarning ishlab chiqilishi va ularni o'quv jarayoniga joriy etilishi ustidan bevosita kafedra mudirlari nazorat olib boradilar. Shuningdek kafedralar, mazkur kafedra o'qituvchilari tomonidan o'qitiladigan fanlarning metodik ta'minotini amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytganda, o'quv jarayonini boshqarish tizimi  kafedra, dekanat, tegishli bo'limlar, prorektor va rektordan iborat.
Bu tizimning asosiy vazifasi universitetda ta'lim olayotgan talabalarga sifatli bilim berish, o'quv jarayonini takomillashtirish, bu jarayonda yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash, fan yangiliklarini kiritish va nihoyat, yoshlarimizning sifatli bilim olish to'g'risidagi konstitutsion huquqini ta'minlashga qaratilgan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:10:09

Kadrlar Bo`limi

    Pedagog xodimlarni O'zMU ga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va «Ta'lim to'g'risida» gi qonunga O'zMU ustaviga binoan tanlov asosida amalga oshiriladi.
    O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305- sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasalariga pedagogik xodimlarni ishga qabul qilish tartibi haqidagi Nizomda O'zMU ga pedagogik xodimlar  (professor-o'qituvchilar) ni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
   Tanlovning maqsadi kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq, zamonaviy talablarga javob beruvchi kadrlar tayyorlash  jarayoni uchun layoqatli yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga ega, ilmiy yutuqlarga erishgan, ijodiy-ilmiy salohiyatli, yuqori idrok va ahloqli shaxslarni saralab olishdir.
 Mehnat shartnomalarida O'zMU ning ish beruvchisi har 5 yilda, xodim egallab turgan lavozimga tanlov e'lon qilishga majburlik, xodim esa tanlovda qatnashishga haqli ekanligi ta'kidlab o'tiladi.
   O'zMU joriy semestrda 5 yillik saylov muddatlari tugayotgan kafedra mudirlari, professor, dotsentlar, katta o'qituvchilar, o'qituvchilar va assistentlar lavozimlarini hamda bo'sh (vakant) lavozimlarni egallash uchun tanlov (konkurs) e'lon qiladi.
    O'zMU ga ishga qabul qilish  (universitet rektori) buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi. O'quv yordamchi xodimlar, ma'muriy xo'jalik bo'limi xodimlari muddatli yoki nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilinadilar.
    O'zMU ish beruvchi soatbay o'qituvchilarni ishga kirayotgan paytida, rasmiy tartibda, buyruq bilan tanlovsiz ishga qabul qiladi.
    Oliy ta'lim muassasalari rektorlariga  o'qituvchilarni tanlov o'tkazilgunga qadar, vaqtincha, mehnat shartnomasi  bilan bir yil muddatga qabul qilishga ruxsat beriladi.
    Oliy ta'lim  muassasalariga  ishga kirayotgan yili aspirantura yoki magistraturani tugatgan shaxs assistent  va o'qituvchilik  lavozimini tanlovsiz egallaydi. Ikki yil o'tgandan so'ng ko'rsatilgan lavozimga ushbu Nizomga muvofiq tanlov e'lon qilinadi.
    O'zMU ga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi va assitent lavozimlari tanlov asosida 5 yil muddatga egallanadi, muddat tugagach, ko'rsatilgan lavozimlar Nizomga muvofiq yangi tanlov asosida egallanadi.



Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:12:48

Agar siz Markaziy Osiyoning eng qadimgi universitetida munosib tahsil korishni, o’z malakangizni oshirishni istasangiz, biz sizni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetiga (muqaddam Toshkent davlat universiteti) taklif etamiz.

Bu yerda siz o’zingiz tanlagan mutaxassislik bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lishingiz, stajirovka o’tashingiz, nomzodlik va doktorlik dissetatsiyangizni himoya qilishingiz , universitetimizning yetakchi mutaxassislaridan maslahat olishingiz, o’zbek xalqining tarixi va boy madaniyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Umid qilamizki, siz O’zbekistonda, bizning universitetda o’qish chog’ida unutilmas taassurotlarga ega bo’lasiz.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:13:16




Grantlar, loyihalar


O’zbekiston milliy universiteti — xalqaro o’quv va ilmiy dasturlar, jumladan, TEMPUS/TACIS, DAAD, IREX, ACCELS, TICA, Yaponiyaning "œSumitomo korporeyshn" firmasi vakolatxonasi dasturi, INTAS va boshqa tashkilotlar dasturlarining faol ishtirokchisi.

Bu tashkilotlarning aksariyati bilan universitet yaqin aloqalar o’rnatgan. Ayniqsa TEMPUS/TACIS dasturi bo’yicha hamkorlik rivojlanib bormoqda. Ushbu dastur doirasida universitetda o’quv jarayonini takomillashtirishga, o’qituvchilarning malaka oshirishlariga, o’qitishning ayrim uslubiy muammolarini hal etishga, o’quv jarayonining moddiy bazasini rivojlantirishga qaratilgan "œTarix", "œYevraziya","Salomatlik psixologiyasi", "œUZNANETU" loyihalarini Buyuk Britaniyaning Ekseter Universiteti, Germaniyaning Bilefeld Universiteti, Ispaniyaning Salamanki Universiteti va boshqalar bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun grantlar taqdim etilib? Bu loyihalar o’z ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirdilar.

Germaniyaning akademik almashuv xizmati DAAD bilan ham yaxshi aloqalar o’rnatilgan. So’nggi yillarda universitetning 25 dan ortiq o’qituvchi va talabalari DAAD stipendiyasini qo’lga kiritdilar. DAAD xodimlari tomonidan universitet o’qituvchilari va ma’muriyati bilan doimiy hamkorlikda ish olib borilib, xalqaro seminar, anjuman, uxhrashuvlar o’tkazib turiladi.

1996 yildan boshlab O’zMU Yaponiyaning "œSumitomo korporeyshn" firmasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Bu firma har yili universitetning iste’dodli talabalarini stipendiya bilan taqdirlamoqda. Hamkorlik boshidan universitetning 120 dan ziyod talabasi ushbu stipendiyani sovrindori bo’ldilar.




Qo’shimcha ma’lumotlar bilan saytimizning sahifalarida tanishishingiz mumkin.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:13:54



Horijga safarlar


Har yili 120 dan ziyod O’zMU vakillari xalqaro anjumanlar, seminar va simpoziumlarda ishtirok etish, o’qish, stajirovka o’tash, malaka oshirish, xamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o’tkazish va boshqa maqsadlarda horijiy mamlakatlarga (Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Turkiya, Yaponiya va boshq.) safarga boradilar.

O’zbekiston milliy universiteti vakillari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash "œISTE’DOD" jamg’armasi, DAAD (Germaniya akademik almashinuv xizmati), Gyote instituti (Germaniya), TEMPUS/TASIS, AССELS, IREX, TICA kabi tashkilotlar tomonidan beriladigan grant va stipendiyalar sovrindorlari bo’lishmoqda.



Qo’shimcha ma’lumotlar bilan saytimizning sahifalarida tanishishingiz mumkin

Qayd etilgan


Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:15:58

«O'ZMU XABARLARI» JURNALI

   Jurnal 1997 - yildan «ToshDU xabarlari» nomi bilan  chop etila boshlangan. 2000 - yilda universitetga Milliy maqom berilishi munosabati bilan   jurnalning nomi «O'zMU xabarlari» deb o'zgartirilgan.
   Jurnal tahrir hay'ati a'zolari: professor G'.I.Muxamedov  (bosh muharrir), T.A.Abdrahmanov ( tabiiy fanlar bo'yicha bosh muharrir o'rinbosari), R.H.Murtazaeva (ijtimoiy fanlar bo'yicha bosh muharrir o'rinbosari), A.A.Abduazizov, Sh.O.Alimov, Yu.F.Buryakov, T.N.Dolimov, Q.T.Irnazarov, B.N.Karimov, S.S.Mamashakirov, O'.N.Musaev, Sh.O.Otajonov, M.M.Raximov, B.B.Samarxo'jaev, A.S.Soliev, H.A.To'ychiev, F.I.Egamberdiev (a'zolar), J.O.Xudoyberdiev (mas'ul kotib).
   Jurnal mexanika, matematika, informatika, biologiya, tuproqshunoslik, ekologiya, geologiya, geografiya, fizika, kimyo, tarix, iqtisodiyot. adabiyotshunoslik, tilshunoslik, jurnalistika, falsafa, siyosiy fanlar, psixologiya, pedagogika, dinshunoslik, sotsiologiya kabi fanlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining ro'yxatidan o'tgan.
Jurnalda ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari, echimini kutayotgan masalalar aks etgan ilmiy maqolalar, boshqa mamlakatlardagi fan va texnikaga oid yangiliklar, O'zMU va boshqa oliy o'quv yurtlarida o'tkaziladigan konferentsiyalar va anjumanlar haqida axborotlar, ilmiy xabarlar chop etiladi.


Qayd etilgan