1976-1980 yillarda TAYI yangi mutaxassisliklar bo’yicha ham kadrlar tayyorladi.
ko’priklarva tonellar, 1976yil;
yo’l harakatini tashkil etish, 1976 yil;
avtotransportda yuk tashish va boshqarish, 1976 yil;
avtotransportda buxgalterlik hisobi, 1978 yil;
yo’l qurilishi iqtisodiyoti va boshqaruvi, 1980 yil;
Institut tashkil etilgan vaqtda o’qituvchilar tarkibining 26 foizi ilmiy darajalarga ega bo’lsa, 30 yillik yubiley arafasida 54 foiznitashkil etdi.
1974-1985 yillar davomida Toshkentning markaziy qismida 3000 talaba o’qishi uchun mo’ljallangan yangi bino qurildi.Uni loyihalash va qurishda avtomobil yo’llari qurilishi va ekspluatatsiyasi ministry A.Q.Qayumovning yordamlari katta bo’ldi. Vazirlik har yili 1 mln so’m ajratib turdi. Bundan tashqari o’z mablag’lari hisobidan talabalar yotog’i uchun 8 ta kattej qurib berdi.Yunusobod massividaqurilayotgan talabalar yotoqlari kompleksi ishga tushgach, kattejlar talabalar va o’qituvchilar uchun sog’lomlashtirish bo’limiga aylantirildi.
O’zbekiston mustaqilligining birinchi kunlaridan boshlab Prezident I.A.Karimov avtomobil sanoatiga asos solish haqida qayg’urdi. Asaka shahrida Janubiy Koreya sanoatchilarining ishtirokida engil avtomobillarni yig’adigan zavod, Samarqandda Turkiya tadbirkorlari bilan hamkorlikda kichik avtobuslar va yuk avtomobillari yig’adigan zavod qurib, ishga tushirildi.
Avtosanoatchilarga kadrlar etkazib berish uchun Vazirlar mahkamasining 1992 yil 5 noyabirdagi qaroriga muvofiq TAYI "œAvtomobilsozlik" mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlay boshladi. Keyin boshqa mutaxassisliklar ishga tushdi;
Ichki yonuv dvigatellari 1991 y;
Avtomobillar va tarktorlarning elektr jihozlari 1993 y;
Aeroportlar va aerodromlar 1995 y;
Marketing 1996 y;
30 yil ichida TAYI 15 ta mutaxassislik bo’yicha 30 mingdan ortiq kadr tayyorladi.Bitirib chiqqanlar orasida ko’zga ko’ringan lavozimlarda ishlagan va ishlayotganlar bor:
R.R.Yunusov — O’zR bosh vaziri o’rinbosari,
L.A.Axmetov — "œO’zavtotrans" korporatsiyasi raisi, O’zR bosh vazir o’rinbosari,
O.U.Salimov — oily ta’lim vaziri,
M.A.Abdullaev — "œO’zavtoyo’l" konserni raisi,
T.K.Komolov — Qoraqalpog’iston Oliy Kengashi raisi,
Q.M.Siddiqnazarov — "œO’zavtotrans" korporatsiyasining raisi,
V.A,Ismoilov — "œO’zavtotrans" korporatsiyasi raisining muovuni,
Z.I.Gazaryants — O’zbekiston avtomobil transporti vaziri muovuni,
L.I.Isaev — "œO’zavtotrans"korporatsiyasi qoshidagi "œO’zavtotranskadrlar" boshqarmasi boshlig’i,
M.G’.G’ofurov — Toshkent viloyat yuk tashish avtotresti boshlig’i,
S.M.Yusupov — "œToshviloyatyuktarns" konserni boshlig’i,
A.B.Isamuxamedov — "œToshshaharyuktarns" konserni boshlig’i,
Sh.Sh.Shomansurov — "œO’zavtosanoat" assotsiatsiyasi raisi muovuni,
K.Davlatyorov — Qoraqalpog’iston avtoyo’llar birlashmasi raisi,
N.R.Rashidov — Jizzax politexnika instituti rektori
S.S.Nig’matov — O’zR "œFan va taraqqiyot" ilmiy texnologik kompleksi raisi
A.X.Majidov — Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani hokimi
B.N.Maqsudxodjaev — Toshkent shahar Hamza tumani hokimi
Sh.I.Faxritdinov — Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimi
B.R.Alimov — Toshkent viloyat, Toshkent tumani hokimi
I.A.Abduraimov — "œNamangantrans" konserni raisi
A.A.Abduvaliev - avtomobil va daryo transporti O’zbekiston agentligi boshlig’I
M.P.Narziqulov — tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash davlat qo’mitasi bosh boshqarmasi boshlig’i
проф. Муталибов А.А.
(1921-1995)
Ilmiy faoliyati TAYI bilan bog’liq fan va texnika arboblari quyidagilar:
A.A.Mutalibov — O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi, texnika fanlari doktori, professor
O.U.Salimov — O’zbekiston qishloq xo’jalik fanlari Akademiyasi akademigi, t.f.n, professor
L.A.Axmetov — i.f.d, professor, New-York Akademiyasining haqiqiy a’zosi.
S.M.Qodirov — t.f.d, professor, O’zbekistonda xizmat ko’rastgan fan arbobi, New-York Akademiyasining xaqiqiy a’zosi,O’zbekiston qishloq ho’jalik fanlari Akademiyasining muxbir a’zosi
N.R.Rashidov — t.f.n, O’zbekiston qishloq xo’jalik fanlari Akademiyasi akademigi
S.S.Nig’matov — t.f.n, O’zR FA akademigi
U.A.Ikromov, Sh.U.Yo’ldoshev, A.M.Bagdasarov, B.A.Xo’jaev, X.I.Dimetov, S.A.Salimov, M.Mirsaidov, Q.Mahkamov, A.F.Shoxidov, I.Sodiqov —texnika fanlari doktorlari, professorlar.
N.S.Aliqoriev, Z.X.Saidov, Sh.O.Bo’taev, E.S.Siddiqov, I.X.Abdug’aniev, I.B.Nasretdinov, G.I.Kasimov — iqtisod fanlari doktorlari, professorlar. N.Tashlanov — F.M. fanlari doktori
проф. Лулатов С.Л.
(1930-1994)
Eslab o’tilgan fan arboblari orasida olamdan o’tganlari bor, qolganlari nafaqada va o’z sohalarida unumli mehnat qilib kelmoqdalar.
TAYIning o’quv-laboratoriya xonalarini jixozlashda, ilmiy ishlar ko’lamini kengaytirib, natijalarni ishlab chiqarishga joriy etishda, talabalar, aspirantlar va o’qituvchilar oldida sermazmun ma’ruzalar qilgan olimlar va mutaxassislarga ilmiy Kengash qarori bilan "œTAYIning faxriy professori" unvoni berildi.Moskvalik olimlar V.N.Lukanin, V.V.Silyanov, R.P.Dobrogaev, A.L.Karunin; Novoiy tog’ metallurgiya kombinati direktori
N.I.Kucherskiy;"œO’zavtosanoat" assotsiatsiyasi raisi Q.R.Parpiev, sobiq "œO’zavtotrans" korporatsiyasi raisi Q.M.Siddiqnazarov, sobiq "œToshshaharpastarns"assotsiatsiyasi raisi R.Fayzullaev.
Hozirgi vaqtda institute 9 yo’nalishda bakalavr, 12 mutaxassislik bo’yicha magistr tayyorlaydi.O’qituvchilarning 57 foizi ilmiy darajalarga ega. 30 yil davomida 38 ta darslik, 169 ta o’quv qo’llanma va monografiya, mingdan ortiq o’quv uslubiy ko’rsatma yozildi.
Institutda 5ta fakultet ishlab turibdi: "œAvtomobilsozlik", "œAvtomobil tarnsporti", "œYo’l qurilishi", "œAvtomobil va yo’l xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi ", "œMagistrlar va iqtidorli talabalar". Suningdek, tayyorlov bo’limi, 17ta o’quv-ilmiy markaz ishlab turibdi.
TAYIning birinchi rektori (1972-1985y)A.A.Mutalibov bo’lgan.U institutni tashkil etishda qatnashdi, yangi fakultetlar, kafedralar ochdi, yangi o’quv binosini loyihalab, poytaxt markazida qurishda jonbozlik ko’rsatdi. Institut tashkil bo’lgan dastlabki vaqtlarda profile bo’yicha yaqin vazirliklar raxbarlarini, davlat idoralari ma’sullarini to’plab, ajratilgan binoni capital ta’mirlash, kafedralar, laboratoriyalar, o’quv xonalarni jixozlash masalalarini hal qildi. Institutni tashqi aloqalarini, jumladan chet ellar bilan ishlash, natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish, yotoqxonalar qurib, o’qituvchilar va talabalarni turar joy bilan ta’minlash kabi masalalar ham Mutalibovning doimiy e’tiborida bo’lgan.
Ikkinchi rektor t.f.n., S.P.Po’latov (1985-1994y) bo’lgan.
проф. Кодиров С.М.
Uchinchi rektor S.M.Qodirov (1995-2005y) Respublika mustaqillik va bozor iqtisodiyoti yo’liga jadal kirishgan paytda ish boshladi. Talabalar, o’qituvchilar va boshqa xodimlarni ijtimoiy himoyalash, institute obro’yini respublikadaham, chet ellarda ham oshirish, Rossiya, AQSH, Angliya, Germaniya, Koreya kabi mamlakatlarning o’quv dargoxlari bilan munosabat o’rnatish, o’quv sifatini oshirish, iqtidorli talabalarni tanlab, alohida o’qitish, davlat tilida o’quv adabiyotlar yaratish S.M.Qodirovning diqqat markazida bo’ldi. Uning tashabbusi bilan "œO’zavtosanoat", "œO’zavtotrans", "œToshshaharpastarns", "œO’zavtoyo’l", assotsiastiyasi va konsernlaridan iborat "œHomiylar Kengashi" tuzildi, talabalar va rag’batlantirish uchun "œTalaba" jamg’armasi tashkil etildi.
S.M.Qodirov ichki yonuv dvigatellari nazariyasi va konstruktsiyasi bo’yicha ixtisoslashgan. Ko’p yillik unumli ishladi, nazariyani O’rta Osiyo sharoitiga moslab rivojlantirgani, o’zbek tilida birinchi bo’lib ichki yonuv dvigatellari haqida darslik yaratgani uchun xalqaro Al-Xorazmiy mukofoti bilan taqdirlangan; MADI va MAMIning faxriy professori, "œDunyo entsiklopediyasi"ning 25-tomida biografiyasikeltirilgan; uning xizmatlari tufayli TAYI MAADO-avtomobil yo’l ta’limi xalqaro assotsiatsiyasi a’zosi bo’ldi.
проф. Мухитдинов А. А
To’rtinchi rektor - A.A.Muhitdinov, 2005yilning mart oyidan boshlab ishga tushdi; texnika fanlari doktori: TAYIni bitirgandan buyon shu institutda ishlaydi; 1988 yili dekan muovuni bo’ldi; keyin dekan; NIS boshlig’I, ilmiy ishlar bo’yicha prorektorlik qildi; 1996 yildan buyon asosiy lavozimidan tashqari avtotransport, ehtiyot qismlari va avtoservis bo’yicha sertifikatlovchi organ boshlig’I, mahsulot va ishlab chiqarish sohasida O’zR milliy sertifikatsiya tizimining ekspert-auditori hisoblanadi; "œSifatni boshqarish menejeri" kurslari sertifikatiga ega (matbuotda e’lon qilingan ishlar soni 62ta; hammasi o’z ixtisosi bo’yicha); 7 nafar magistr, 2 nafar stajertadqiqotchi tayyorlagan; o’tgan qisqa muddat ichida institute tuzilmasiga va talabalar bilimi reytingini o’tkazish tartiblariga o’zgarishlar kiritdi.
TAYIda o’quv ishlari bo’yicha prorektorlik lavozimida quyidagilar ishlagan:
t.f.n., prof. A.A.G’anixo’jaev(1972-1986y), t.f.n.; dotsent B.F.Normuhamedov(1986-1987y), t.f.d, prof. A.M.Bagdasarov (1988-1993y), t.f.d., prof. G.A.Samatov (1993-1995y), t.f.d, prof. Z.X.Saidov (1995-2000y), t.f.n., dotsent. M.Orifjonov (2000-2004y), A.A.Abdurahmonov (2005y).
Institutda kechki-sirtqi bo’limlar faoliyat ko’rsatgan vaqtlarda shu o’quv shakli bo’yicha prorektorlik vazivasini bajarganlar: dotsent F.Z.Zoxidov (1973-1983y),dotsent N.N.Mannonov (1983-1995y).