O'zbekiston futboli  ( 12037 marta o'qilgan) Chop etish

1 B

Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:28:16

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi

Futbol — O`zbekistondagi madaniy hayotning ajralmas qismidir. O`zbek futbolining tarixi chuqur va mustahkam ildizga ega bo`lib, bu ildizlar XX asr boshlariga borib taqaladi. 1912-yildayoq, hozirga kelib "œMillionlar o`yini" deb atalayotgan mazkur o`yin "œkasalligi" bilan Farg`ona va Qo`qonning butun aholisi "œog`rigan" edi. O`zbek futboli tarixidagi ilk jamoa ham aynan shu vohada paydo bo`lgani ham fikrlar isbotidir. Shundan so`ng, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan hamda O`zbekistonning boshqa shaharlarida turli futbol klublari paydo bo`la boshladi. O`tgan asrning 20-yillari o`rtalariga kelib, mamlakat birinchiligi baxslari ham o`tkazila boshladi.

1928-yilda O`zbekiston Milliy terma jamoasi asos solindi. O`sha kezlarda endi tashkil etilgan jamoa Moskvada o`tgan spartakiada baxslarida o`ziga hos natijalarni qayd etdi.

30-yillarga kelib, o`zbekistonlik futbolchilar xalqaro o`yinlar doirasida birinchi g`alabani nishonlashdi. Havaskor futbolchilardan tashkil topgan Norvegiya va Germaniya terma jamoalari mag`lubiyatga uchratildi.

1939-yildan e’tiboran, O`zbekistonning yetakchi jamoalari, jumladan Toshkentning "œDinamo", "œTODO", "œSpartak" kabi futbol klublari Sobiq Ittifoq birinchilgi hamda mamlakat Kubogi o`yinlarida, B toifasidagi sport ustalari o`rtasidagi musobaqalarda ishtirok etishni boshlashdi.

1956-yilda esa, hozirga kelib, nafaqat O`zbekistonning, balki butun Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri "œPaxtakor" futbol klubiga asos solindi. "œPaxtakor" jamoasi 1962 hamda 1982-yillarda Sobiq Ittifoq chempionatida 6-o`rinni egalladi, 1968-yilda esa jamoa vakillari Sobiq Ittifoq Kubogi baxslarining finaliga yo`l olishgan. O`sha kezlarda Toshkent viloyati sharafini himoya qiluvchi "œPolitotdel", Jizzaxning "œBo`ston", Farg`onaning "œNeftchi", Namanganning "œNavbahor", Samarqandning "œDinamo" klublari ham Sobiq Ittifoq chempionatining birinchi ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

1991-yilda O`zbekiston Mustaqillikka erishgach, O`zbekiston Futbol Federatsiyasi (O`FF) 1994-yildan boshlab, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) hamda FIFAning to`laqonli a’zosiga aylandi. Shu yo`l bilan mamlakat jamoalari yirik xalqaro turnirlarda ishtirok etish huquqini qo`lga kiritdi. Jahon va Osiyo chempionati baxslari, Olimpiada va Osiyo o`yinlari musobaqalari o`z navbatida Federatsiya raxbarlarini futbol mutaxassislari, murabbiylar va barcha darajadagi murabbiylariga bo`lgan munosabatlarini tiklash va qayta yo`lga qo`yish imkoniyatini yaratib berdi.

Ana shu e’tibor va harakatlar bois, turli yillarda Farg`onaning Neftchi hamda Qarshining Nasaf jamoalari Osiyoning klublar o`rtasidagi nufuzli Qit’a Kubogi o`yinlarida muvafaqqiyatli ishtirok etdi.

Yutuqlardan bir shingil sifatida, O`zbekiston terma jamoasining 1994-yilda, Yaponiyaning Xirosima shahrida o`tkazilgan Osiyo o`yinlarida champion bo`lganini alohida tilga olish mumkin. Bu hozirga qadar, O`zbekiston terma jamoasining eng katta yutuqlaridan biri sanaladi.

Shuningdek, 2000-yilda Futzal, ya’ni mini-futbol bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati ikkinchi o`rinni egalladi.

2002-yilga borib, 20-yoshgacha bo`lgan futbolchilardan iborat O`zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon Chempionatining final qismiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

Terma jamoalarning muvaffaqiyatli ishtiroklari, klub va bolalar futbolining tezkor ravishda rivojlanishini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov hamda mamlakat hukumatining diqqat va e’tibori bilan bog`lash mumkin. O`zbekistonning mustaqillik yillarida Vazirlar Mahkamasining O`zbekistonda futbolni rivojlantirish borasidagi qarorlari futbolni rivojlantirishga xizmat qildi. Bu orada, mini-futbol, ayollar hamda bolalar va o`smirlar futboli, ommaviy futbolni rivojlantirish borasida barcha masalalarni hal qiladigan, turli savollarga javob beradigan normativ baza yuzaga keldi. Bu esa, xalqaro musobaqalarda terma jamoalar va klublarning muvaffaqiyatli ishtirokiga sabab bo`ldi.

O`zbekistonda jismoniy tarbiya sportni rivojlantirishning keyingi istiqbollarini ko`zlagan holda, O`zbekiston Respublikasining "œJismoniy tarbiya va sport haqidagi" qonun loyihasi 2000-yilning 26-mayida qabul qilindi. Shundan so`ng, O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining ana shu boradagi qator qonunlari e’lon qilindi:

"œO`zbekiston Respublikasida futbolning keyingi istiqbollarini belgilash to`g`risida"gi Qonuni (144-sonli; 18/03/1993)

"œO`zbekistonda futbol taraqqiyotining prinsiplari va asoslarini tubdan amalga oshirish to`g`risida"gi Qonuni (27-sonli, 17/01/1996)

"œO`zbekistonda Futbol taraqqiyoti jamg`armasining faoliyatini yaxshilash va uni qo`llab quvvatlash to`g`risida"gi Qonuni 1998-yilning 6-iyulida qabul qilib, 238-sonli qonun etib belgilab qo`yildi. Bu qonun O`zbekistonda futbolni rivojlantirish bo`yicha 2006-yilgacha amalda bo`ladigan milliy dasturga ishora edi.

1996-yilning 17-yanvarida qabul qilingan 27-sonli qonun yordamida professional klublar tizimi orqali respublikada futbolni rivojlantirish siyosati aniqlab olindi. O`zbekiston chempionatining Oliy Ligasida hozirga kelib, 14 ta jamoa ishtirok etadi. Birinchi Ligada esa, 20 ga yaqin professional futbol klublari kurash olib bormoqda. 200 dan ortiq klublar esa, ikkinchi ligada birinchi liga yo`llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.

O`lkadagi futbol klublari hamda terma jamoalarga o`rinbosarlar tayyorlash maqsadida mamlakatning barcha tumanlarida futbol bo`yicha ixtisoslashgan maktab-internatlar ochilgan.

Ana shu yosh iqtidorlarning kelajagi uchun mas’ul bo`lgan murabbiylar hamda hakamlarning malakasini oshirish bo`yicha, Toshkentda FIFA hamda OFK mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminarlar ham uyushtirildi.

Bu orada respublikadagi stadionlar qayta ta’mirdan chiqib, ya’ni o`yingohlar barpo etildi. Bundan tashqari mini-futbol baxslari uchun qator maydonlar qurildi.

O`zbekistonning boshqa hududlarida ishlarni tashkil etish uchun O`zbekiston Futbol Federatsiyasi tarkibidagi viloyat futbol federatsiyasi yaratildi. Ana shu federatsiyalar O`zbekiston Futbol Federatsiyasiga kerakli ma’lumotlarni o`z vaqtida to`g`ridan to`g`ri yetkazib turadi.

Qayd etilgan

Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:31:51

Poytaxtimizdagi "Markaziy harbiy sport klubi" stadionida 2 iyun kuni "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustasi", O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarining katta murabbiysi Mirjalol Qosimovning katta futbol bilan xayrlashuv kechasi bo'lib o'tdi.

Mahalliy axborot agentliklari xabar berishicha, o'nlab xorijiy mamlakatlardan sport delegatsiyalari, taniqli sportchilar, minglab futbol muxlislari, mutaxassislar, ustozlar, yosh sportchilar, san'at ustalari ishtirok etgan tadbirni O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti M.Usmonov ochdi. Tadbirda davlatimiz rahbari Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda sportni, jumladan, futbolni rivojlantirish, yetuk sportchilarni tarbiyalash va voyaga yetkazish, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etishga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.

Qayd etilgan

Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:32:05

Ko'rsatilayotgan ana shunday doimiy e'tibor va g'amxo'rlikning samarasi o'laroq mamlakatimizdan ko'plab jahon, olimpiya, qit'a chempionlari, boshqa xalqaro turnirlarning g'oliblari yetishib chiqmoqda.

Shaxmat bo'yicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov, boks bo'yicha jahon va Olimpiada chempioni Muhammadqodir Abdullayev, professional boksning WVA yo'nalishi bo'yicha o'ta og'ir vazndagi jahon chempioni Ruslan Chagayev, tennis bo'yicha qizlar va o'smirlar o'rtasida mashhur Uimbldon turniri g'olibasi Iroda To'laganova, yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempioni Dilshod Oripov kabi sportchilarimiz shular jumlasidandir.

M.Qosimov o'zbekistonlik charm to'p ustalari o'rtasida nufuzli sovrinlarni eng ko'p qo'lga kiritgan futbolchilardandir. U o'smirlar o'rtasida jahon va Yevropa chempioni, kattalar o'rtasida Osiyo o'yinlari, O'zbekiston va Rossiya chempioni, O'zbekiston kubogi sohibidir.

Bundan tashqari, milliy chempionatimiz va ko'plab xalqaro musobaqalarda "Yilning

Qayd etilgan

Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:32:23

Bundan tashqari, milliy chempionatimiz va ko'plab xalqaro musobaqalarda "Yilning eng yaxshi futbolchisi", "Eng yaxshi o'yinchi", "Eng yaxshi to'purar" kabi nominatsiyalar bo'yicha juda ko'p bor g'olib, deb topilgan.

...Qo'shoq aka o'g'lini Respublika oliy sport mahorati maktabiga yetaklab kelganida Mirjalol o'n yoshda edi. Otasi uni bolalar futboli murabbiysi Yuriy Gospodarchukga topshirdi. Har bir futbolsevar bolakay kabi "Paxtakor"da o'ynashni orzu qilgan Mirjalol yillar davomida o'z mahoratini oshira bordi. 17 yoshida "Paxtakor" jamoasiga qabul qilindi.

Shundan buyon yigirma yil o'tdi. Bu davr mobaynida Mirjalol o'zbek futbolining eng yorqin yulduzlaridan biriga aylandi. 1992-2005 yillari u O'zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko'p — 67 uchrashuv o'tkazib, raqiblar darvozasiga 30 ta gol urgan haqiqiy sardordir. Bu ikki ko'rsatkich o'zbek futboli uchun rekord natijadir. Ayniqsa, Mirjalol tepgan burchak va jarima to'plarining darvoza to'ridan joy olishi millionlab muxlislar hayratiga sazovor bo'lgan.

Uning nomi jarima to'plaridan gol urish bo'yicha dunyoga dong'i ketgan fransiyalik Zinedin Zidan, braziliyalik Ronaldinyo va Roberto Karlos, angliyalik Devid Bekxem kabi jahon futboli yulduzlari bilan bir qatorda qayd etiladi. Bu o'zbek farzandi hech kimdan kam emasligini va hech qachon kam bo'lmasligining yana bir isbotidir.

Qayd etilgan

Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:32:41

M.Qosimov faoliyati davomida o'zining sevimli jamoasi — "Paxtakor"dan tashqari, Rossiyaning "Alaniya" /Vladikavkaz/, "Krilya Sovetov" /Samara/, Belarusning "Dinamo" /Minsk/, Birlashgan Arab Amirliklarining "Ash-Shabab" /Dubay/ kabi taniqli klublarida to'p surdi.

— Men Mirjalol Qosimov bilan bir jamoada ishlaganimdan faxrlanaman, — deydi rossiyalik mashhur futbol murabbiysi Valeriy Gazzayev. — "Alaniya"ning 1995 yili Rossiya chempionligini qo'lga kiritishida Mirjalolning xizmatlari beqiyos bo'lganligini barcha yaxshi biladi. Agar u 1996 yili jiddiy jarohat olmaganida, "Alaniya" jamoasi chempionlikni yana o'zida saqlab qolgan bo'lardi. Mirjalol nafaqat O'zbekiston, balki Rossiya futboli taraqqiyotiga ham ulkan hissa qo'shgan futbolchidir.

— Biz, futbolchilar, Mirjalol Qosimovni jamoaning yuragi, yetakchisi, deb bilamiz, — deydi Rossiya terma jamoasi o'yinchisi Andrey Karyaka. — Futbolchilarning ba'zilari jamoaviy o'yinga, boshqalari individual mahoratiga tayanib to'p suradi. Haqiqiy charm to'p ustasi hisoblangan Mirjalolda esa ushbu ikki xususiyat ham uyg'unlashgani uni to'p surgan jamoalarida yetakchiga aylantiradi.

Qayd etilgan

Muhammad Amin  09 Sentyabr 2007, 11:33:01

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga, sog'lom turmush tarzini targ'ib etishga qo'shgan ulkan hissasi va jahon sport maydonlarida O'zbekiston sharafini munosib himoya qilgani uchun M.Qosimov Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov yaqinda imzo chekkan farmonga binoan o'zbek futbolining shuhratini jahonga tanitish, xalqaro maydonda uning nufuzini yuksaltirishda ibrat va namuna ko'rsatgani, milliy futbol maktabini rivojlantirish ishiga qo'shgan munosib hissasi uchun O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalari katta ustozi Mirjalol Qosimov "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlandi.

Mamlakatimizda ommaviy sportni, xususan, futbolni targ'ib qilish yo'lidagi jonkuyarligi, yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazishdagi xizmatlari, xalqaro musobaqalarda yurtimiz sha'nini munosib himoya qilishga qodir bo'lgan yuksak malakali futbolchilarni tayyorlashga qo'shgan salmoqli hissasi va ko'p yillik samarali faoliyati uchun Farg'onaning "Neftchi" futbol jamoasi bosh ustozi Yuriy Sarkisyan ham "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlandi.

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri SH.Mirziyoyev Vatanimizning ushbu yuksak mukofotlarini ularga tantanali ravishda topshirdi.

O'zbekiston terma jamoasi hamda "Yevropa va Osiyo futbol yulduzlari" terma jamoasining bellashuvi chiroyli to'p uzatishlar va ajoyib gollarga boy bo'ldi. Uchrashuvda M.Qosimov o'zining katta futboldagi eng so'nggi golini kiritdi. So'ng uning o'g'illari Mirkamol va Mirjamol maydonga tushdi. M.Qosimov katta futbol bilan xayrlashgani bilan sportni tark etgani yo'q.

— Hayotimda nimaga erishgan bo'lsam, barchasini mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga, sportchilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga berilayotgan ulkan e'tibor va g'amxo'rlikning samarasidan, deb bilaman, — deydi Mirjalol Qosimov. — Endi men sport maydonlarida orttirgan mahoratim va tajribamni yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qiladigan yosh futbolchilarni tarbiyalashga qarataman.

Qayd etilgan

inoyatbek  08 Noyabr 2007, 20:30:14

O'zbekiston futboliga qoyil qolmaslikdan iloji yo'q. Nima uchun deganda bu hozirgi paytlarda yosh futbolchilarimiz g'alaba qozonmoqda. Bugun mana Lokomotiv jamosi Iordaniya futbol klubi ustidan 3 : 1 hisobida g'alaba qozondi. Demak, bizning futbol jamoamizning kelajagi porloq. Omadlar tilab qolamiz :-* :1 :) 8) :10 :13

Qayd etilgan