Bosh sahifa
Yordam
Qidiruv
Kirish
Registratsiya
B
Y
Q
K
R
forum.ziyouz.com
Umumiy bo'lim
Umumiy
Har kimning o`z qarichi...
Har kimning o`z qarichi... ( 9535 marta o'qilgan)
Chop etish
1
2
B
Muhammad Amin
10 Sentyabr 2007, 18:27:04
Har kimning o`z qarichi...
Chumoli:
Bu galvarslar aynan bizning yo`limizdan boshqa erga uy qurishga joy topisholmagan, shekilli.
Qayd etilgan
Muhammad Amin
10 Sentyabr 2007, 18:27:31
Shilliqurt: Chumolilar — qalang`i-qasang`i. Buni qarangki, ular dunyoni buyuk shilliqurt bishqaraytganini xatto bilishmaydi.
Xo`roz: Hali tong otmagan, chunki men hali xabar berganim yo`q!
Qayd etilgan
Muhammad Amin
10 Sentyabr 2007, 18:27:59
Chumchuq: Bulbul — buyuk qush. Ammo biz chumchuqlar xiylagina ko`pmiz.
Xalqaro bitim: Biz, quyonlar tovuqlar bilan bir-birimizni emaymiz, deb bitim tuzdik. Ko`raylikchi, qarchig`ay bunga nima der ekan?
Qayd etilgan
Muhammad Amin
10 Sentyabr 2007, 18:28:30
Changalzordagi ikki yo`lbars: Biz tinchlik manfaati uchun uchrashdik va shunday biimga kelishdikki, endi birga ov qilamiz.
Tulki: Jamiki maxluqlar uch toifaga bo`linadi: dushmanlar, raqiblar va o`lja.
Qayd etilgan
Muhammad Amin
10 Sentyabr 2007, 18:28:56
Baqa: Taraqqiyotmi? Ha, bilaman, bilaman. Mana, masalan, men bor-yo`g`i itbaliq edim.
Pashsha: Suratdagi dog`larni ko`ryapsizmi? Bu mening ishim, men ham rassomman.
Echki: Bo`rilar bilan tinch-totuv yashasak, dunyoda osoyishtalik bo`lardi.
Qayd etilgan
Muhammad Amin
10 Sentyabr 2007, 18:29:25
Ho`kiz: Men aytayotibman-ku, kiyiklarni boshingizga urasizmi?!
Bog`langan echki: Dunyo shuncha ham tor bo`ladimi?
Deraza oynasidagi pashsha: Hayot chegarasi qaerda ekanini endi bildim.
Chumchuq: Ko`ryapsizmi, bahor kelishi uchun qancha chirqillashga to`g`ri kelyayotibdi?!
Qayd etilgan
Muhammad Amin
10 Sentyabr 2007, 18:29:56
Madaniylashgan kalamush: Qishloqda men nima ham qilardim? U erda hatto meg`zava oqadigan quvurlar ham yo`q.
Bo`ri: Qo`chqorning niyati yomon edi — u mendan yashirinmoqchi bo`ldi.
Sichqon: Mushuk chumchuqni ushlab oldi, endi biz qo`rqmasak ham bo`ladi.
Qayd etilgan
Muhammad Amin
10 Sentyabr 2007, 18:30:31
Sassiq qo`ng`iz: Hayot bir qonun asosida davom etmoqda. Dunyodagi hikmat bitta. Donishlamndlik ham bitta: qattiq bo`lish.
Bir kunlik kapalak: Yuz yoshli toshbaqa! Qanday qilib bu qadar qoloq bo`lish mumkin?!
Xazon: Zamonning talabimi? Bilamiz: yelda pildirash kerak.
Qayd etilgan
Muhammad Amin
10 Sentyabr 2007, 18:31:00
Qo`shni: Bu Arximed deganlari qo`rqoq va sotqin. Bizning shaxarga dushman bostirib kelayotibdi-yu, u bo`lsa, chizma-chizig`i bilan ovora.
Yangi avlod:
- Yoshlarga yo`l bering!
- Necha yilga?
- Salkam ellik yil kifoya qiladi.
Diplomatiya: Biz, albatta, zo`ravonlikni qoralaymiz, ammo qurol-yarog` yetkazib berishga tayyormiz.
Qayd etilgan
Usmon
24 Dekabr 2007, 13:38:12
Ikki mahbus kamera panjarasidan tikilib turarkan. Biri bir chetdagi bir uyum axlatni ko'ribdi. Ikkinchisi esa musaffo osmondagi behisob yulduzlarni..
Qayd etilgan
Chop etish
1
2
T
SMF 2.0.7
|
SMF © 2011
.
Ziyo istagan qalblar uchun © 2004-2013
ModernStyle theme by Bloc