Muallif Mavzu: Quddus amakining saboqlari (bolajonlar uchun)  ( 60530 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #45 : 17 Sentyabr 2007, 07:04:27 »
Xuddi shuningday sizni tug‘ilib, voyaga yetishingizda otangizning ham xizmati katta. U siz tug‘ilishingiz bilan yaxshi ism qo‘yadi. Qo‘y so‘yib aqiqa to‘yi qilib beradi. Siz yedigan hamma ovqatlarni topib keladi. Sut deysizmi, pechenie deysizmi, shokoladu mevalar deysizmi — hamma narsani muhayyo qiladi. Qanday kiyim yoki o‘yinchoqni xohlasangiz, bozordan olib keladi. Sizga tarbiya, ilm hunar o‘rgatadi. Avval maktabga, keyin oliy maktabga o‘qishga beradi. Xullasi bir umr sizning baxtu kamolingiz deb harakat qiladi. Otalar ana shunday g‘amxo‘r, saxiy, mehribon bo‘lishadi. Shuning uchun ularni doimo hurmat qilamiz. Dillarini og‘ritmaymiz. Chunki otaning g‘azabiga uchragan odam Allohning g‘azabiga uchraydi.

Ota-onalarimiz ana shunday hurmatga sazovor odamlar. Shuning uchun ularni doimo e’zozlashimiz kerak. Alloh taolo Qur’oni karimda shuni buyurib qo‘ygan. Payg‘ambarimiz ota-onani hurmatlash haqida juda ko‘p hadislar (nasihatlar) aytib qoldirganlar.

Xo‘sh, ota-onani qandoq qilib hurmatlaymiz? Bu to‘g‘rida Islom dinimiz qanday yo‘l ko‘rsatgan? Endi, aziz shirintoylarim, sizlarga ana shuni tushuntirib beraman, xo‘pmi?
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #46 : 17 Sentyabr 2007, 07:04:51 »
Eng avvalo ularga shirinso‘z bo‘lib, aytganlarini darrov qilishingiz kerak. Biror ish buyurishsa, aslo «Uf» demang, gap qaytarmang, Ulardan ruxsat so‘ramay, hech qaerga bormang. Hatto o‘ynagani ko‘chaga chiqsangiz ham ijozat oling. Ularning nasihatiga quloq soling. Biror ishni «qilma» deyishsa, aslo qilmang. Chunki ular buning yomonligiga aqllari yetib turadi. Ularni ko‘rganda darrov o‘rningizdan turing. Oldilariga kirganda salom bilan kiring. Ko‘chada ketayotganda doimo ulardan orqada yuring. Uyda ulardan pastda o‘tiring. Oldilarida oyog‘ingizni uzatib o‘tirmang yoki yotmang. Ularning nomini atab chaqirmang. Hazil-mazax qilmang. Ularga xo‘mrayib qaramang. Chaqirishsa «Labbay» deb darrov boring. Ularga yumshoq gapiring, ovozingizni ko‘tarmang. Aslo so‘ka ko‘rmang, chunki bunday qilsangiz, albatta, do‘zaxga tushasiz.

Katta bo‘lib ishga kirganingizda birinchi maoshingizni ota-onangizga olib kelib bering. Keyin ham ularning ko‘ngli xohlagan narsalarni sotib olib bering. Chunki Alloh taoloning buyrug‘iga ko‘ra bola nima mol-davlat topsa, o‘sha ota-onaniki ham bo‘ladi. Chunki ular ham sizni katta qilish, tarbiyalash uchun hamma topganlarini sarflashgan-da, to‘g‘rimi?!
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #47 : 17 Sentyabr 2007, 07:05:14 »
Yuqoridagi topshiriqlarim ko‘zingizga juda ko‘p ko‘rinib ketmasin. Birinchidan, bular unchalik qiyin ishlar emas. Ikkinchidan, ota-onangiz shunaqangi aziz, tabarruk insonlarki, ular uchun bu xizmatlaringiz juda arzimas narsalar. Uchinchidan, siz yosh, kuch-quvvatingiz joyida bo‘ladi. Ular esa kun sayin keksayib, kuchlari kamayib, sizga muhtoj bo‘lib borishadi. Ana shuning uchun ularning xizmatlarini qilib, rozi etishga, xursand qilib, duolarini olishga sira-sira erinmang!

Gaplarimni yaxshiiab uqib, bugundanoq ularni mamnun qilishga shoshiling! Agar biror gapingiz yoki ishingiz bilan ranjitib qo‘ygan bo‘lsangiz, darrov kechirim so‘rang. Bo‘ynilaridan quchoqlab, yuzlaridan o‘pib endi sira xafa qilmaslikka so‘z bering. Chunki Alloh ota-onasini rozi qilmay, ularni ranjitgan bolani aslo yaxshi ko‘rmaydi. Jannatga ham kirgizmaydi.

Ana endi nega ota-onamizni hurmat qilishimiz kerakligini tushunib oldingizmi, mening shirintoylarim?!
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #48 : 17 Sentyabr 2007, 07:06:03 »
O’N TO’RTINCHI SABOQ
HALOL, POK BO’LING


Assalomu alaykum, ko‘zimning nuri, qalbimning sururi aziz bolakaylarim! Bugungi darsimiz halol, pok bo‘lish haqida. «Halol» degani o‘zi nima? Musulmonlarga yeyishga ijozat berilgan oziq-ovqatlarni «Halol» deb ataymiz. Masalan, odam ishlab, mehnat qilib pul topsa, shunga ovqat, kiyim, kitob sotib olsa, shu halol bo‘ladi. Birovni aldab, qo‘rqitib pulini tortib olib ishlatsa, bu harom, ya’ni foydalanishga yaramaydigan bo‘ladi. Chunki Alloh taolo biz— musulmonlarga halol rizq bergan. Shuning uchun doim halol narsalarni iste’mol qilishimiz kerak. Hazrati Payg‘ambarimiz ham halol mehnat qilib, shuning orqasidan oila boqishga buyurganlar. Xo‘sh, musulmon kishilar uchun nima narsalar harom (yaroqsiz) hisoblanadi? Islom dini shariati yirtqich yovvoyi hayvonlar va parrandalar go‘shtini, halol hayvonlarning qonini, ba’zi bir yaroqsiz a’zolarini o‘lib, qolgan hayvonlar go‘shtini, cho‘chqa-to‘ng‘iz go‘shtini, Allohning nomini aytmay so‘yilgan hayvon go‘shtini, dinsiz odamlar so‘ygan hayvon go‘shtini yeyishni ta’qiqlagan.

Yana dinimiz aroq-vino kabi mast qiladigan ichimliklarni ichish, giyohvandlik (nasha), qimorbozlik, buzuqlik kabi ishlarni ham harom deb hisoblaydi. Bu ishlarni qilganlar qattiq gunohkor bo‘lishadi. Musulmon bolalar, ayniqsa, ichkilik va nashavandlik balosidan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Bular sog‘liqqa, oilaga, jamiyatga juda katta zarar yetkazadi. Hattoki, boshqalar shunday ishlar bilan shug‘ullanayotgan joyga yaqin ham bormanglar, xo‘pmi do‘mboqchalarim?!
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #49 : 17 Sentyabr 2007, 07:06:13 »
Yuqorida halol va harom nima ekanligini tushunib oldik. Endi poklik nima ekanligini aytib berayin. Dinimiz talabiga ko‘ra musulmon bolalari hamisha toza yuvilgan, toza kiyingan, pokiza bo‘lishlari kerak. Chunki pok odamdan yomonlik chiqmaydi. Pokiza yursangiz tabiatingiz ham ravshan bo‘ladi. Rasululloh alayhissalomning «Poklik — iymon belgisi» degan gaplari bor. Poklik yana namoz uchun ham kerak. Namoz o‘qishdan oldin o‘zingiz tahorat olib poklangan bo‘lishingiz, kiyim-boshlaringiz, joynamozingiz toza bo‘lishi kerak.

Pokiza bo‘lish uchun nima qilish kerak? Avvalo hojatxona odoblarini bilib oling. U yerga kirganda qiblaga qarab yoki orqa qilib o‘tirilmaydi. U joyda gapirilmaydi, biror narsa o‘qilmaydi. Bosh yalang, oyoq yalang kirilmaydi. Duch kelgan joylarga, ya’ni ariq atrofiga, axlatxona, qabristonlarga hojat ushatib bo‘lmaydi. Hojatxonadan chiqayotganda bulg‘anch joylarni chap qo‘l bilan yuvib tozalaysiz.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #50 : 17 Sentyabr 2007, 07:06:22 »
Musulmon bolalar misvok (tish cho‘tkasi) bilan har kuni ertalab va kechqurun tishlarini yuvadilar. Tahorat qilganda qo‘l va oyoq barmoqlari orasini, burunni, ayniqsa, yaxshilab; tozalaydilar. Har juma kuni badanining hamma yeriga suv yetkazib poklanadilar. Buni «G’usl” deyiladi. Qulog‘ingizga yana bir gapni aytib qo‘yay: yaqinda ulg‘ayib, yigitcha bo‘lib qolganingizda uyqudan turganda yoki ko‘cha-ko‘ylarda bulg‘anib qolishingiz mumkin. Buni kattalar «Ehtilom» deyishadi. Shunaqa paytda ham darrov g‘usl qilib oling, xo‘pmi?! O’sha katta bo‘lgan paytingizda qo‘ltiqda va kindik ostida mo‘ylar paydo bo‘ladi. Ularni ham xuddi kattalar soqol olganday olib, tozalab turasiz. Yana sal o‘sishi bilan oyoq-qo‘l tirnoqlarini olib turasiz. Qizchalarga qanday poklanishni onalari tushuntirib berishadi. Yuqoridagi vazifalarning hammasi pok bo‘lishning belgisi. Ularni doimo bajarishni Payg‘ambarimiz hammamizga buyurganlar. Shuning uchun u kishini xursand qilmoqchi bo‘lsak, aytganlarini so‘zsiz bajarib yurishimiz kerak. Halol, pok bo‘lib, u kishini mamnun qilishga intiling, xo‘pmi, shirintoylarim?
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #51 : 17 Sentyabr 2007, 07:06:54 »
O’N BESHINCHI SABOQ
XUSH XULQQA NYE YETSIN


Assalomu alaykum, jajji nabiralarim, qandu asallarim!
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom qanday odam edilar? Judayam yaxshi xulqli, uyatchan, kamtar, shirinso‘z, odobli, yoqimtoy, yumshoq ko‘ngil, mehribon kishi bo‘lganlar. Biz ham u kishining yo‘llaridan yurmoqchi bo‘lsak, xulqimiz ana shunday hamma havas qiladigan bo‘tishi kerak.

«Xulq» o‘zi nima? Xulq kishining fe’l-atvori, yurish-turishi, so‘zlashi, muomalasi, madaniyatini o‘z ichiga olgan xislatlaridir. Payg‘ambarimiz «Jannatga tushishga sabab bo‘ladigan narsa nima?» deb so‘raganlar va o‘zlari «Allohdan qo‘rqish va yaxshi xulqli bo‘lish», deb javob berganlar.

Yaxshi xulqli bo‘lish qiyinmi? Yo‘q, faqat siz bunga astoydil harakat qilsangizbo‘ldi! Buning uchun nimalar qilish kerak? Eng avvalo ota-onangizni, ustozlaringizni, o‘zingizdan kattalarni hurmat qiling. Kichiklarni avaylang. Hammaga yaxshi gapiring. Kattayu kichikka salom bering. Alloh taolo va Payg‘ambar alayhissalom buyurgan ibodatlarni qoldirmay bajaring. Har ishda kamtar bo‘ling, chunki Alloh kibrli, kerilgan odamlarni juda yomon ko‘radi. Nima ayb, gunoh qilsangiz, darov kechirim so‘rashga odatlaning! Ko‘cha-ko‘yda, ko‘pchilik ichida, oilada o‘zingizni odobli, yaxshi muomalali, shirin so‘zli tuting.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #52 : 17 Sentyabr 2007, 07:07:04 »
Kattalar yuvvosh, muloyim, ko‘p gapirmaydigan, tabassumli bolalarni yaxshi ko‘rishadi.

Ayniqsa, salomlashish odoblarini yaxshi bilib oling. Birov bilan ko‘rishganda, biror joyga kirganda “Assalomu alaykum” deb salom berasiz. Buning ma’nosi «Sizga tinchlik-xotirjamlik tilayman» degani. Agar boshqa odam salom bersa, albatta, «Vaalaykum assalom» deb to‘liq javob qaytaring, alik olish juda zarur ish. Payg‘ambarimiz hammadan oldin, hatto sizdek yosh bolalarga ham salom berganlar. Mashina, velosiped, otdagi odam piyodaga, piyoda kishi o‘tirgan kishiga, ozchilik ko‘pchlikka, kichiklar kattalarga salom beradi. Ammo namoz o‘qiyotgan, Qur’on tilovat qilayotgan kishiga, masjidda gapirayotgan imomga salom berilmaydi.

Kiyinish, ovqatlanish, ko‘chada yurish, uxlash odoblarini bilish ham yaxshi xulqqa kiradi. Kiyimni odamning uyat joylarini, badanini bekitib turish uchun kiyiladi. Kir kiyimlarni albatta, yuvdirib kiyish kerak, yirtiqlarini tiktirib oling. O’g‘il bolalar ipakli kiyimlar, qizil, sariq rangli yoki qizlarnikiga o‘xshash kiyimlarni, odam, hayvon surati solingan kiyimlarni kiymaslik kerak. Qizchalarimiz ulg‘ayganda badanlari ko‘rinadigan, kalta, yoqasi katta ko‘ylaklar kiymaganlari ma’qul.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #53 : 17 Sentyabr 2007, 07:07:29 »
Ovqatlanishning ham o‘ziga yarasha odoblari bor. Musulmon bolalar ovqatlanishdan oldin va keyin qo‘llarini yuvadilar. Dasturxonga kelib, «Bismillah»ni aytib tanovulga kirishadilar. Ovqatni o‘ng qo‘lda, o‘z oldilaridan yeydilar. Ovqatni puflamay, xo‘rillatmay, ustida nafas olmay yeyish lozim. Issiq ovqat sovigunicha sabr qiling. Chunki issiq taomda baraka bo‘lmaydi. Ovqatlanib bo‘lgach, «Alhamdulillah» deb Allohga hamd ayting. Chunki shundoq shirin ovqatlarni bizga Alloh taolo bergan-da!

Islomiy odobga ko‘ra ovqatni tez-tez yeyilmaydi. Ketma-ket og‘izga luqma tashlanmaydi. Katta-katta qilib chaynamay yutilmaydi. Ovqatlanayotgan kishiga qaralmaydi. Taom va nonlar isrof qilinmaydi. Ovqatlanib bo‘lgach, qo‘lni va yog‘li idishlarni yalab, so‘ng qo‘l artiladi. To‘kilgan uvoqlar terib yeyiladi. Keyin Allohga shukr aytib, dasturxonga duo o‘qib turiladi.

Suv, choy ichishing tartiblari mana bunday: Payg‘ambarimiz suvni uch bora nafas olib, bo‘lib-bo‘lib, o‘tirgan holda ichishni tavsiya qilganlar. Faqat zam-zam suvi tik turgan holda ichiladi. Suv ham «Bismilloh»ni aytib ichiladi, ichib bo‘lingach, «Alhamdulillah» deyiladi.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #54 : 17 Sentyabr 2007, 07:07:39 »
Ko‘cha-ko‘yda yurishning ham ma’lum tartiblari bor. Ko‘chada shoshlib yurilmaydi. Ikki kishi, xususan ikki ayol o‘rtasidan kesib o‘tilmaydi. Ko‘chada uyoq-buyoqqa anqayib yurish, tuflash, pista chaqib, taom yoki muzqaymoq yeb yurish islomiy ta’limga to‘g‘ri kelmaydi. Yo‘lda odamlarga xalal beradigan tosh, shox-shabba, sim, tikan, po‘choq kabi narsalar yotgan bo‘lsa, bir chetga olib tashlanadi. Tanishmi-notanishmi ko‘ringan kishilarga salom beriladi. Ko‘cha-ko‘ylarda behuda o‘tirish yoki bekor angrayib turish, shovqin solish odobimizga to‘g‘ri kelmaydi.

Bolajonlarim, endi uxlashning qoidalarini o‘rgatib qo‘yay. Uyquga yotish oldidan tahorat olib, tishlarni misvok (tish cho‘tasi) bilan yaxshilab tozalang. O’ringa yotganda qibla tarafga yoki muqaddas kitoblar turgan tarafga oyoq uzatilmaydi. Yuztuban, chalqancha yotmang, kechasi yomon tushlar ko‘rib chiqasiz. Eng yaxshisi, o‘ng tomonga yonboshlab, qo‘l kaftini yuz ostiga qo‘yib uxlashdir. Janobi Payg‘ambarimiz «Qo‘llarida ovqat yog‘i bilan yotib uxlagan odamga biror kasallik yopishsa, o‘zidan ko‘rsin» deganlar.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #55 : 17 Sentyabr 2007, 07:07:51 »
Uyqu oldidan ikki bor «Qul a’uzu» surasini o‘qib, kalimangizni aytib yotsangiz, juda yaxshi bo‘ladi. Ko‘p uxlamang, sizning yoshingizda, uzog‘i bilan to‘qqiz soat uxlansa kifoya, ko‘p uxlash odamni lanj, kasal qiladi. Aslo quyosh chiqquncha uxlamang, chunki bu dinimizda qoralangan.

Mana asal-qandlarim, yaxshi bola bo‘lishning, xush xulqli bo‘lishning qoidalarini bilib oldingiz. Endi nima qilishimiz kerak? Ha, barakallo, ularni eslab qolib, doimo amal qilib yurishimiz zarur. Ana shunday qilsak, Alloh taologa, Payg‘ambarimiz alayhissalomga yoqadigan bolalar bo‘lamiz. Agar Alloh va Payg‘ambarga yoqsak, albatta, jannatga kiramiz. Jannatga kirsak, hech qiynalmaymiz, doimo mazza qilamiz. Shundaymi, shirintoylarim?!
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #56 : 17 Sentyabr 2007, 07:08:13 »
O’N OLTINCHI SABOQ
YOMONLIKDAN QOCHING


Assalomu alaykum, mening jajji erkatoylarim! O’tgan darsimizda yaxshi bola, haqiqiy musulmon bola qanday bo‘lishi kerakligini sizlarga tushuntirib bergandim. Bugungi mashg‘ulotimizda sizlar bilan yomon ishlar nimalar, ulardan qanday qilib uzoqda yurish mumkmligi haqida gaplashamiz, xo‘pmi? Dunyoda yaxshi ishlar bo‘lgandan keyin yomon ishlar ham bo‘ladi, to‘g‘rimi? Musulmon farzandlar ana shu yomon ishlarni qilib qo‘ymaslik uchun ularni bilib olishlari kerak. Ulardan doimo qochishlari zarur, Mabodo birortasini bilmasdan yoki o‘rtoqlarming so‘ziga kirib qilib qo‘yishsa, darrov Alloh taolodan kechirim so‘rashlari karak. Kechirim so‘rashni bilasizmi? «Astag‘firulloh» deysiz yoki «Ey Allohim, mana shu« qilgan gunohimni kechirgin» deysiz.

Yomon ishlarning eng kattasi, gunohlarning eng og‘iri — Allohga shirk keltirish. Bu haqda dastlabki mashg‘ulotlarda aytib bergandim. Yana qaytaraman: bu -ishdami, ibodatdami, qaerda bo‘lsin Allohga biror narsani sherik qilib qo‘yish. Chunki Alloh — yagona, bitta! Uning hech qanday sherigi, tengi, o‘xshashi yo‘q. U bermasa, hech kim rizq bermaydi, yordam berolmaydi, biror narsadan qutqarolmaydi. Allohga shirk keltirishdan, ana shu yomon ishdan saqlaning! Aks holda, albatta, do‘zaxga tushasiz.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #57 : 17 Sentyabr 2007, 07:08:47 »
Yana yomon ishlarga birovni nohaq o‘ldirish, namoz o‘qimaslik, ota-onani og‘rintirib, ularga osiy bo‘lishlik, ro‘zani sababsiz ochib yuborish, Payg‘ambarimizga tuhmat qilish, mast qiladigan ichimlik ichish, birovning narsasini nohaq tortib olish kabi ishlar ham kiradi.

Musulmon bolalar, ayniqsa, yolg‘on gapirish, va’da berib bajarmaslik, birovning narsasini o‘g‘irlash, aldamchilik, qimor o‘ynash, o‘tgan darslarda aytilgan harom narsalarni yeyish, chaqimchilik, kerilib, maqtanish, och ko‘zlik, yolg‘on guvohlik berish, buzuqlik kabi og‘ir gunoh bo‘ladigan yomon ishlardan ehtiyot bo‘lishlari kerak. Chunki odam yaxshi bo‘lsa Allohni tanib, namozlarni o‘qib, ro‘zalarni tutib yursayu yuqoridagi gunohlarni qilsa, savoblari o‘chib ketadi. Jannatga kirishi qiyinlashadi. Shuning uchun bunaqa yomon ishlarni aslo qilmaslikka harakat qiling.

Bordiyu birorta oshnangiz yoki katta bolalar ana shunday ishlarga boshlasa, sira ko‘nmang. «Quddus amakim aytganlar, bu ishlar gunoh bo‘ladi», deb ularni ham qaytaring. Shunda sizning savobingiz ikki baravar ko‘payib ketadi. Alloh taolo va Hazrati Payg‘ambarimizga suyukli, yoqadigan islomiy farzand bo‘lasiz. Gapimni yaxshilab eslab, unga doim amal qilib yuring, xo‘pmi, do‘mboqchalarim?!
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: QUDDUS AMAKINING SABOQLARI (bolajonlar uchun)
« Javob #58 : 17 Sentyabr 2007, 07:09:04 »
DUO QILAYLIK

Mana, aziz va sevimli dilbandlarim, Quddus amakingizning saboqlari ham hozircha nihoyasiga yetdi. Endi sizlar bilan vaqtincha xayrlashamiz. Faqat sizlarga bitta iltimosim bor: yuqorida aytib bergan hamma gaplarimni doimo quloginzda tuting. Esdan chiqib qolmasligi uchun qayta-qayta o‘qib yuring. O’zingiz bilib olgandan keyin boshqalarga ham aytib bering! Eng asosiy gapim shuki, ana shu o‘rgangan narsalaringizga hamisha amal qilib, bajarishga urining, harakat qiling. Faqat yaxshi ishlarni qilib, yomonidan qoching. Shunda chin musulmon bo‘lasiz. Alloh taolo va Payg‘ambar alayhissalomga sevimli banda va ummat bo‘lasiz. Allah taolo va’da qilgan go‘zal va so‘lim jannat sizniki bo‘ladi. Bu gaplarim hech qachon yodingizdan chiqmasin, shirintoylarim!

Ha, aytganday, har gal duoga qo‘l ochganda Quddus amakingizni ham bir eslab qo‘yinglar, xo‘pmi, asallarim! Qani endi, hammamiz qo‘llarimizni ko‘tarib, Allohga chin dildan yolvorib bir duo qilaylik-chi: «Ey, butun dunyolarning egasi, hammamizni yaratgan Parvardigorimiz! Bizlarni yaxshi, solih bandalaringdan qilgin! Yomon ishlardan, turli falokatlardan O’zing asragin! Iymonli, O’zingdan qo‘rqadigan, O’zingga bo‘ysunadigan, aytganlaringni bajaradigan kishilar qilib tarbiya qilgin! Omin, yo Robbial Olamiyn!»
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy


 

Bolajonlar uchun! (flash)

Muallif RukhiyaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 28
Ko'rilgan: 11459
So'nggi javob 03 Aprel 2009, 23:23:19
muallifi ZUBAIR
Boshlovchilar uchun Iqtisod saboqlari

Muallif AbdullоhBo'lim Iqtisod saboqlari

Javoblar: 88
Ko'rilgan: 35633
So'nggi javob 29 Mart 2009, 16:07:02
muallifi Abdullоh
Payg'ambarlar qissasi (Bolajonlar uchun)

Muallif ZUBAIRBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 188
Ko'rilgan: 61627
So'nggi javob 17 Mart 2009, 00:10:56
muallifi ZUBAIR
Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!

Muallif AbdulAzizBo'lim Forumchilar blogi

Javoblar: 717
Ko'rilgan: 248399
So'nggi javob 02 Avgust 2013, 12:00:43
muallifi Muxsiya
Bolajonlar uchun "pancho" modellari

Muallif AnsoraBo'lim Tikuvchilik

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 16459
So'nggi javob 26 Yanvar 2011, 16:51:59
muallifi Ansora