Muallif Mavzu: Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy. Durratun nosihiyn  ( 136567 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #345 : 26 May 2008, 09:04:55 »
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hayit kuni Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ko‘chaga chiqdilar. Bolalar o‘yin­kulgi bilan mashg‘ul edilar. Faqat bitta kir va juldur kiyimli bola chetda o‘tirib yig‘lardi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Ey bola, bugun hayit, hamma bolalar quvnab, o‘ynab-kulib yuribdi, sen nega yig‘layapsan?» deb so‘radilar. U dedi: «Otam g‘azotga borib halok bo‘ldi, onam esa turmushga chiqdi va menga tegishli mol­ashyolarni yeb tugatdi. O’gay otam meni uydan haydab yubordi. Hozir mening na kiyishga kiyimim, na yeyishga ovqatim bor va na uy­joyim. Hamma bolalarning ota­onalari bor ular, chiroyli kiyimlar kiyishib, bugun o‘yin-kulgu qilyaptilar. Agar otam tirik bo‘lganda edi, men ham yangi kiyimlar kiyib, o‘ynagan bo‘lardim», dedi. Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bolaning qo‘lidan ushlab: «Ey bola, men otang bo‘lsam, Oisha onang bo‘lsa, Ali amaking, Fotima opang, Hasan­Husayin akalaring bo‘lsalar, rozi bo‘larmiding?» deb so‘radilar. «Yo Rasululloh, albatta rozi bo‘lardim», dedi bola. Shundan keyin Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uni uylariga olib borib, qornini to‘ydirdilar, chiroyli kiyimlar kiydirib, har xil hidli narsalar sepdilar. Bola Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uylaridan xursand bo‘lib chiqdi va bolalarga qo‘shilib o‘ynay boshladi. Uni ko‘rgan bolalar: «Hozirgina yig‘lab o‘tirgan eding, endi esa juda xursand ko‘rinasan», deyishdi. «Otam yo‘q edi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam otam bo‘ldilar. Oisha raziyallohu anhu onam bo‘ldilar, Och edim qornimni to‘ydirdilar, yalang‘oya edim, anvoyi kiyimlar kiydirdilar, men xursand bo‘lmay, kim xursand bo‘lsin», dedi bola. «Qaniydi bizlarning otalarimiz ham g‘azotda shahid bo‘lganlarida edi», deyishdi bolalar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlarida bola faryod qilib yig‘lab: «Men endi g‘arib va yetim bo‘ldim» dedi. Shunda Abu Bakr uni o‘z homiyliklariga oldilar.
Hazrati Usmon ibn Affon raziyallohu anhu bir safar fitr sadaqasini berishni unutgan ekanlar. Hayit namozidan keyin eslariga tushib, fitr sadaqasi o‘rniga bir qulni ozod qildilar, so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, fitr sadaqasini hayitdan oldin berishni unutgan ekanman. Uning o‘rniga bir qulni ozod etdim» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib aytdilar: «Ey Usmon, yuzta qulni ozod etganing savobi fitr sadaqasini hayitdan ilgari berganlikning savobiga teng bo‘lmaydi».

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh taolo fitr sadaqasini hayitdan oldin ado etgan kishini gunohlardan poklaydi va unga o‘nta yaxshilik ato qiladi: uni barcha do‘zax otashidan ozod qiladi, tutgan ro‘zasini qabul qiladi, o‘sha bandaga jannatni vojib qiladi, qabrdan sog‘­salomat turg‘izadi, o‘sha yili qilgan barcha xayrli amallarini qabul qiladi, o‘sha bandaga Payg‘ambar alayhissalomning shafoatini vojib qiladi, Sirot ko‘prigidan yashin tezligida o‘tkazadi, Mezonda uning savoblarini og‘ir qiladi, uning ismini baxtsizlar daftaridan o‘chirib tashlaydi».
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #346 : 26 May 2008, 09:05:16 »
Yetmish ikkinchi majlis
Zulhijja oyining o‘n kuni haqida


Alloh taolo aytadi: «Tongga qasam; (Zulhijja oyidagi avvalgi) o‘n kechaga qasam; juft va toq (rak’atli namozlar)ga qasam. O’tib borayotgan kechaga qasamki, (albatta kofirlar azobga giriftor bo‘lurlar)! Mana shu (qasam ichilgan narsalarda) aql egasi uchun (etarli) qasam bordir?!» (Val­fajr surasi, 1­5-oyatlar).

Hasan ibn Alidan raziyallohu anhu aytdilar: «Agar masjidga kirsang, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga salom bergin, chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Mening qabrimni saylgoh qilib olmanglar va uylaringizni esa qabr qilib olmanglar (ya’ni, uylaringizda ham namoz o‘qiyveringlar) va qaerda bo‘lsalaringiz ham menga salovot aytingiz, albatta sizlarning salovotlaringiz menga yetib turadi», deganlar.

Avsdan raziyallohu anhu rivoyat qilingan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Juma kuni menga salovotni ko‘p aytinglar, albatta sizlarning aytgan salovotlaringiz menga ko‘rsatib turiladi», deganlar. Salmon ibn Sihim aytadilar: «Men tushimda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘rdim va: «Yo Rasululloh! Odamlar sizni oldingizga kelib, sizga salom bermoqdalar, ularning salomlarini eshitasizmi?» deb so‘radim. U kishi: «Ha, eshitaman va salomlariga javob ham qaytaraman», dedilar».
Kim zulhijja oyining avvalgi o‘n kunida ro‘za tutsa, Alloh o‘sha bandaga quyidagi yaxshiliklarni ato qiladi: umriga baraka beradi; molini ko‘paytiradi; ahli oilasini turli balo va ofatlardan saqlaydi; bu ro‘zani gunohlariga kafforat qiladi; solih amallarni ziyoda qiladi; jon berishini oson qiladi; qabrini yorug‘ qiladi, mezon tarozusida solih amallarni og‘ir qiladi; do‘zax otashidan ozod qilib, jannatda darajasini ko‘taradi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh nazdida zulhijjaning o‘n kunidan ulug‘roq kun yo‘qdir. Hech qaysi amal ushbu o‘n kunda qilingan amalchalik Alloh taologa suyukli emas. Bas, o‘sha kunlarda tahlil, takbir va hamdni ko‘p aytinglar!» (Ahmad rivoyati)
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #347 : 26 May 2008, 09:05:33 »
Ushbu o‘n kun ichida kelgan juma esa ikki fazlni o‘zida jamlagani uchun boshqa jumalardan afzal sanaladi.

Alloh taolo yil kunlari ichidan uchta o‘n kunlikni tanlab olgan: Laylatul qadrning fazilati sababli ramazonning oxirgi o‘n kuni. Zulhijja oyining avvalgi o‘n kuni, chunki unda tarviya va arafa kuni, qurbonlik, talbiya, haj va boshqa turli ibodatlar mavjud. Uchinchisi, Ashuro kuni sabab Muharram oyining avvalgi o‘n kunidir.

Arafa kuni alohida fazl va xususiyatlarga ega bo‘lgani uchun uning fazilati va sharafi xususida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. Birinchidan, arafa kuni dinimiz mukammallikka yetgan kundir.

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Yahudlar menga kelib aytishdi: «Sizlar bir oyatni o‘qiysizlar. Agar o‘sha oyat bizga nozil bo‘lganda edi, uni bayram qilib olgan bo‘lardik». «Men o‘sha oyatning qachon va qanday nozil bo‘lganini, u nozil bo‘lganda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qaerda turganlarini ham bilaman. Allohga qasamki, u arafa kuni bo‘lib, biz ham, Arafotda edik. Bu oyat ushbudir: «Bugun sizlarga diningizni komil qildim, ne’matimni benuqson, to‘kis qilib berdim va sizlar uchun (faqat) Islomni din qilib tanladim» (Moida, 3­oyat)
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #348 : 26 May 2008, 09:05:57 »
Bundan tashqari, Alloh taolo haj ibodatini Ibrohim alayhissalom asoslariga qaytardi. O’sha yili haj mavsumidan boshlab hajda mushriklar ishtirok etishi ham, shirk amallari bajarilishi ham man qilindi. Shuning uchun o‘sha yildan buyon Arofotda musulmonlar orasida mushriklar bo‘lmadi. Ne’matning to‘kis bo‘lishi esa Alloh taoloning mag‘firati tufayli hosil bo‘ldi. Zero, ne’mat mag‘firatsiz to‘liq bo‘lmaydi.
Alloh taolo shunday deydi: «Ey Muhammad, Alloh sizning gunohingizdan ilgari o‘tgan va keyin keladigan narsalarni (ya’ni barcha gunohlaringizni) mag‘firat qilish va sizga O’z ne’matini to‘kis­komil qilib berishi uchun...» (Fath surasi, 2­oyat)

Ikkinchidan, arafa bayram kunidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Arafa kuni qurbonlik va tashriq kunlari bo‘lib, biz ahli islomning bayramidir. Bu kunlar yeb­ichadigan kunlardir» (Abu Dovud rivoyati).

Uchinchidan, arafa kuni tutilgan ro‘za ikki yilga kafforat bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Arafa kuni tutilgan ro‘za o‘tgan va kelgusi yil (dagi gunohlar)ga kafforat bo‘ladi» To‘rtinchidan, arafa kuni gunohlar kechiriladigan va jonlar do‘zaxdan ozod etiladigan kundir. «Oishadan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Alloh taolo biron kuni arafa kunichalik ko‘p bandani do‘zaxdan ozod etmaydi. So‘ng ular bilan (ya’ni do‘zaxdan ozod qilingan bandalari bilan) farishtalar oldida faxrlanadi» (Muslim rivoyati)
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #349 : 26 May 2008, 09:06:14 »
Ibn Abu Barr aytadilar: «Bu o‘sha bandalarning gunohlari mag‘firat etilganiga ishoradir. Chunki Alloh taolo gunoh­ma’siyat ahli bilan hech qachon faxrlanmaydi. Faqat tavba va mag‘firatdan so‘ng bu narsa bo‘lishi mumkin.

Xabarlarda keladiki, Muso alayhissalom shunday deb munojot qildilar: «Yo Parvardigoro, dargohingdan hojatimni ravo qilishni so‘rab duo qilgan edim, ijobat bo‘lmadi. Barokotidan hojatim ravo bo‘ladigan biror narsa bergin. Allohdan vahiy keldi: «Yo Muso, zulhijja oyining o‘n kunligida «La-a ilaha illalloh»ni ko‘p aytgin. Muso alayhissalom dedi: «Yo Parvardigoro. «La-a ilaha illalloh» zikrini aytish menga xosmi, yoki har bir bandang uchunmi?»Bunga javoban shunday vahiy keldi: «Har kim zulhijja ayyomida «La-a ilaha illalloh» kalimasini bir marta aytsa, tarozining bir pallasiga osmon va yerning yetti tabaqasi, ikkinchi pallasiga «La-a ilaha illalloh» kalimasi qo‘yilsa, bu kalima ularning hammasidan og‘ir keladi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Alloh taolo Odam alayhissalom tavbasini zulhijja oyining birinchi kunida qabul qildi. Bu kunda kim ro‘za tutsa, Alloh taolo uning barcha gunohlarini mag‘firat qiladi. Zulhijjaning ikkinchi kuni Yunus alayhissalomning tavbasi qabul qilindi va baliq qornidan eson­omon xalos bo‘ldi. Har kim bu kunda ro‘za tutsa, Alloh hech kamu­ko‘sti bo‘lmagan, bir yillik toat­ibodatning savobini o‘sha bandaning nomai a’moliga yozadi. Zulhijjaning uchinchi kuni Alloh Zakariyo alayhissalomning duosini qabul qildi va Yahyo alayhissalom ni unga ato etdi. Ushbu kuni ro‘za tutganlarning duolarini Alloh taolo mustajob etadi. Zulhijjaning to‘rtinchi kuni Iso alayhissalom tavallud topdilar. Bu kuni ro‘za tutgan bandadan Alloh faqirlikni yiroqlashtiradi. Zulhijjaning beshinchi kuni Muso alayhissalom tavallud topdilar. Bu kunda ro‘za tutgan bandani Alloh ikkiyuzlamachilikdan, munofiqlikdan saqlaydi. Zulhijjaning oltinchi kuni Xaybar fath etildi. Shu kuni ro‘za tutgan bandaga Alloh taolo hurmat nazari bilan qaraydi va bundan keyin uni azobga solmaydi. Yettinchi kuni do‘zax eshiklari yopiladi va bu o‘n kunlik tugamagunicha ochilmaydi. Bu kuni ro‘za tutgan kishidan mashaqqatning uch eshigi yopiladi va osoyishtalikning o‘ttiz eshigi ochiladi. Zulhijjaning sakkizinchi kuni «talviya», deb nomlanadi. Bu kuni ro‘za tutgan bandaga Alloh taolo shuncha mukofot ato etadiki, uning hisobini O’zidan boshqa hech kim bilmaydi. Zulhijjaning to‘qqizinchisi arafa kuni bo‘lib, bu kunda ro‘za tutgan bandaning ikki yillik – avvalgi va kelgusi yilgi gunohlarini mag‘firat etadi. Zulhijjaning o‘ninchi kuni qurbonlik kunidir. Bu kunda har kim qurbonlik qilsa, Alloh taolo qurbonlik qonining har qatrasi barobarida uning va ahli oilasining gunohlarini mag‘firat etadi. Qurbonlikning go‘shtidan taom tayyorlab, musulmonlarga bersa yoki go‘shtini sadaqa qilsa, uning savob tarozisi Uhud tog‘idan ham og‘irroq keladi».
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #350 : 26 May 2008, 09:06:36 »
Yetmish uchinchi majlis
Qurbonlik qilish fazilati


Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad alayhissalom), albatta Biz sizga Kavsarni ato etdik. Bas, siz Parvardigoringiz uchun namoz o‘qing va (jonliq) so‘yib-qurbonlik qiling! Albatta sizni yomon ko‘rguvchi kimsaning dumi qirqilgandir (ya’ni, benomu nishon yo‘q bo‘lib ketguvchidir)!» (Kavsar surasi, 1–3-oyatlar).

Muslim ibn Anasdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam yengil uyqudan tabassum bilan uyg‘ondilar. Shunda sahobalar: «Yo Rasululloh, sizni nima kuldirdi?» deb so‘rashdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Menga hozir bir sura nozil bo‘ldi deb, «Kavsar» surasini qiroat qildilar.

Ushbu suraning nozil bo‘lishining sababi haqida Abu Solih raziyallohu anhu Ibn Abbosdan raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Os ibn Voil masjidga kirayotib Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘rdi va ular eshik oldida suhbatlashib qolishdi. Shu vaqtda masjidda bir guruh mushriklar o‘tirgan edilar. Os ibn Voil ularning oldiga kirgan vaqtda, ular: «Kim bilan suhbatlashding?» deb so‘rashdi. Os ibn Voil: «Ana u abtar bilan» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni o‘g‘il farzandlari yoshligidanoq vafot etavergach, Quraysh mushriklari u kishini abtar, deb nomladilar. Johiliyatda o‘g‘il farzandi yo‘q kishi shunday nomlashardi. Ya’ni, dumi qirqilgan, ishini davom ettirguvchisi yo‘q degan, ma’noda. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Os ibn Voilning so‘zini eshitib, ancha g‘amgin bo‘ldilar. Shunda Alloh o‘z habibiga tasalli berib, bu surani nozil qildi».
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #351 : 26 May 2008, 09:06:52 »
Ulamolar Kavsar haqida turli fikrlar bildirishgan. Ba’zilar u jannatdagi daryo desa, ba’zilar uni jannatdagi havz, deganlar. Ba’zilar, ko‘p yaxshiliklar, degani desa, ba’zilar, maqtovli maqomdir, deganlar. Ba’zilar, Kavsarni husni xulq desalar, ba’zilar, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning baland martabaga ko‘tarilishi, deganlar. Ba’zilar ummatning ko‘pligi, desalar, ba’zilar Qur’oni karimdir, deganlar. Ba’zilar kavsardan murod payg‘ambarlik desalar, ba’zilar shafoatul kubro, deganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Har kim qurbonlik qilishga qodir bo‘lsa­yu, qurbonlik
qilmasa, xohlasa yahudiy bo‘lib o‘lsin, xohlasa nasroniy bo‘lib o‘lsin». Yana bir rivoyatda: «Kim qurbonlik qilishga qodir bo‘lib, qurbonlik qilmasa, bizlarning masjidlarimizga yaqinlashmasin», degan ekanlar.
Hazrati Ali raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: «Kim qurbonlikka jonliq olish uchun bozorga borsa, Alloh taolo har bir qadamiga o‘nta savob ato etadi va o‘nta gunohini kechiradi va martabasini o‘n daraja ko‘taradi. Jonliqni savdo qilayotganda aytgan so‘zlarini tasbeh o‘rnida qabul qiladi. U uchun bergan har bir dirhamiga yetti yuz dirhamning savobini beradi. Qurbonlikning har qatra qonidan o‘nta farishta yaratadi va ular qiyomatgacha uning uchun istig‘for aytadilar. Qurbonlik go‘shtining har luqmasi uchun Ismoil alayhissalom farzandlaridan bir qulni ozod qilganlik savobini beradi», dedilar».

Rivoyat qilinishicha, Dovud alayhissalom: «Yo Parvardigoro, Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlaring qilgan qurbonliklari uchun nima ato etgansan?» dedilar. Alloh taolo xitob qildi: «Yo Dovud, Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatlaridan qurbonlik qilganlarga qurbonlikning badanidagi har bir tukiga o‘nta savob ato qilib, o‘nta gunohini kechaman. Jannatdagi darajasini yuksaltirib, u yerda bir qasr bino qilaman va hurlarni nasib etaman. Yo Dovud, bu qurbonlik qiyomat kuni markab bo‘lib, turli balolarni egasidan qaytaradi»
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #352 : 26 May 2008, 09:07:05 »
Ahmad ibn Ishoq aytadilar: «Kambag‘al va kasalmand akam bor edi. Kambag‘alligiga qaramay har yili Qurbon hayiti kunlari bir qo‘yni qurbonlikka so‘yardi. Akam vafot etganlaridan keyin ikki rak’at namoz o‘qib, Allohdan akamni tushimda ko‘rsatishini iltijo qildim. Uni tushimda ko‘rsam, u bir yaxshi, kulrang otning ustida bo‘lib, yonida yana ko‘pgina zotdor otlar bor edi. Men: «Ey aka, Alloh senga nima ato etdi?» deb so‘radim. «Alloh meni mag‘firat etdi», dedi. Undan buning boisini so‘radim. «Bir kuni qari bir kampirga Alloh yo‘lida bir dirham sadaqa qilganim mag‘firat etilishimga sabab bo‘ldi», deb javob berdi. «Bu otlarni qaerdan olding?» dedim. «Bular dunyoda qilgan qurbonliklarim bo‘lib, minib turganim birinchi qilgan qurbonligimdir», deb javob berdi. «Qaerga ketyapsan?» deb so‘rasam, u: «Jannatga», deya ko‘zimdan g‘oyib bo‘ldi.

Anas ibn Molik Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: «Hashr (qiyomat) sodir bo‘lgan vaqtda mo‘minlar o‘z qabrlaridan turadilar. Alloh: «Ey farishtalar, mening bandalarimni mahshargohga ulovsiz olib borasizlarmi? Ular dunyoda biror joyga bormoqchi bo‘lishsa, piyoda yurishmas edi. Tug‘ilmasdan oldin ularga ota sulbi, keyin onalarining qorni markab bo‘lardi. Tug‘ilganlaridan keyin ona bag‘rida va sutdan to‘xtaganda esa otalarining yelkasida yurishardi. Ulg‘ayganlarida tuyalar, xachirlarda yurishardi. Agar dengizda safar qilsalar, qayiqlar va kemalarda suzardilar. Vafot etganlarida mo‘min birodarlarining yelkasi ularga ulovlik vazifasini bajarardi. Endi tirilib qabrlaridan turgach, mahsharga piyoda borishmasin. Qurbonliklarini keltiring, minib borishsin», deydi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qurbonlik qilish chiroyli amallardandir. U bandani dunyoda balolardan va oxiratdagi ofatlardan ozod etadi. Hayiti namozini o‘qib, qurbonlik so‘ygan mo‘minlar mening ummatimdandir» degan ekanlar.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #353 : 26 May 2008, 09:07:15 »
Fiqh kitoblarida aytilishicha, qurbonlik so‘yishning avvali hayit namozidan keyindir. Uning oxirgi vaqti uchinchi kun asr vaqtigacha. Qurbonlikning eng afzali uni qurbonlik qiluvchining o‘zi so‘yishidir. Agar o‘zi so‘yishni bilmasa, boshqa odamga buyurishi ham mumkin. Lekin so‘yish vaqtida hozir bo‘lish mustahab. Jonliq yuzini qibla tomonga burib: «Albatta, men yuzimni osmonlaru yerni yaratgan Zotga, to‘g‘ri yo‘lga moyil bo‘lgan holimda yuzlantirdim va men mushriklardan emasman». (An’om surasi, 79­oyat) «Allohu akbar. Allohu akbar. La-a ilaha illallohu vallohu akbar, valillahil hamd. Bismillah, Allohu akbar», deb so‘ysin va shundan keyin ikki rak’at namoz o‘qisin.

Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Qurbonlikni so‘yib bo‘lgach, ikki rak’at namozdan so‘ng ushbu duoni o‘qisin: «Ey bor Xudoyo, mening namozim va nusuklarim (namozdan boshqa ibodatlarim), mamotim olamlar Rabbisi Alloh uchundir va U zotning biron sherigi yo‘qdir. Men mana shunga (ya’ni, yagona Allohga ixlos ila ibodat qilishga) buyurilganman va men bo‘yinsunguvchilarning avvali­peshqadamiman».
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #354 : 26 May 2008, 09:07:34 »
Yetmish to‘rtinchi majlis
Ixlos surasining fazilati


Alloh taolo aytadi: «(Ey Muhammad), ayting: «U – Alloh Birdir (ya’ni, Uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakka-yu yolg‘izdir). Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni, barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir). U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni, Allohning o‘g‘il­qizi ham, ota­onasi ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy Zotdir). Va hech kim U zotga teng emasdir» (Ixlos surasi, 1­4­oyatlar)

Bu suraning nozil bo‘lishi xususida Ubay ibn Ka’b, Jobir ibn Abdulloh va Ikrimalar shunday deyishadi: «Makka mushriklari Rasululloh sollallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Ey Muhammad, Bizga Rabbingni vasflab bergin. U nimadan – oltindanmi, kumush, temirdanmi yoki misdanmi? Bizlarning olihalarimiz mazkur narsalardan yasalgandir», deyishdi. Shunda Alloh O’z payg‘ambariga ushbu surani nozil qildi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Oisha raziyallohu anhoga dedilar: «To‘rt ishni bajarmaguningcha uxlamagin. Ular quyidagilar: Qur’onni xatm qilish; qiyomat kunida payg‘ambarlarni shafoatchi qilish; musulmonlarni rozi qilish; haj va umra qilish». Oisha raziyallohu anhu: «Yo Rasululloh, ota­onam sizga fido bo‘lsin. Menga bu amallarni qilishga buyuryapsizu, ularni qilishga qodir emasman», dedilar.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #355 : 26 May 2008, 09:07:46 »
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam tabassum qilib aytdilar: «Qul huvallohu ahad» surasini uch marta o‘qisang, Qur’oni karimni xatm qilgandek bo‘lasan. Agar menga va mendan avvalgi payg‘ambarlarga salovot aytsang, ularni o‘zingga shafoatchi qilgan bo‘lasan. Mo‘minlar uchun istig‘for aytib, mag‘firat so‘rasang, ularning hammalari sendan rozi bo‘ladilar. «Subhonallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohi vallohu akbar», desang, haj va umra qilgandek bo‘lasan»

Ali ibn Abu Tolibdan raziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Kim Ixlos surasini bomdod namozidan keyin o‘n marta o‘qisa, shayton jiddu jahd qilsa ham unga kun bo‘yi biror gunoh yetmaydi».

Bu sura Makkiy suralardan bo‘lib, 4 oyat, 15 kalima va 47 ta harfdan iboratdir. Ubay ibn Ka’b raziyallohu anhu aytadilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim «Qul huvallohu ahad» surasini bir marta o‘qisa, Alloh unga yuzta shahidning ajrini beradi», dedilar.

Anas ibn Molikdan aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Ixlos surasini bir marta o‘qisa, Qur’onning uchdan birini o‘qigandek savob oladi. Kim ikki marta o‘qisa, Qur’onning uchdan ikkisini o‘qigandek savob oladi. Kim uch marta o‘qisa, Qur’onni to‘liq o‘qiganlik savobini oladi. Kim Qur’onni o‘n marta o‘qisa, jannatda uning uchun qizil yoqutdan qasr bino qilinadi» dedilar.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #356 : 26 May 2008, 09:07:59 »
Xabarlarda kelishicha, kim Ixlos surasini farz namozlarida o‘qisa, Alloh uni va ota­onasining gunohlarini mag‘firat qiladi va uning ismini baxtsizlar devonidan o‘chirib, baxtlilar devoniga yozib qo‘yadi.
Ibn Abbos raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Men Jabroil alayhissalom «Qul huvallohu ahad» surasini keltirgunlarigacha, kechayu kunduz ummatimning azoblanishidan qo‘rqar edim. Bu sura nozil bo‘lgandan keyin Alloh taolo ummatimni azoblamasligini bildim. Chunki bu surada Allohga nisbat beriladi. Kim bu surani o‘qishga odatlansa, unga yaxshilik va xotirjamlik yog‘ildi va Allohning rahmati uni o‘rab oladi. Allohning O’zi unga nazar qiladi va nimani so‘rasa, albatta, beriladi».

Imom Bayhaqiy Abu Umoma Bahliydan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Tabuk g‘azotida bo‘lgan vaqtlarida Jabroil alayhissalom oldlariga kelib aytdi: «Yo Rasululloh, Muoviyaning janozasiga qatnashing». Jabroil alayhissalom qanotlarini yerga qo‘ygan edi, yer qisqardi, hattoki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Madina ko‘rindi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Muoviyaga janoza namozi o‘qidilar. U kishi bilan birga Jabroil va yetmish ming farishta namoz o‘qidi. So‘ng u zot Jabroildan so‘radilar: «Ey Jabroil, Muoviya bu martabaga nima bilan erishdi?» Jabroil alayhissalom: «Ixlos surasini turganda, o‘tirganda va yurganda ham o‘qishi tufayli erishdi», deb javob berdi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam uxlashdan avval «Ixlos», «Falaq», «Nos» suralarini o‘qib, ikki qo‘llariga dam solib, ularni butun badanlariga surtar edilar. Agar betob bo‘lsalar, bu ishni boshqalarga aytdirib qildirar edilar.
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

Naqshbandiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 1223
  • Mo'minlar - birodardirlar!
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #357 : 26 May 2008, 09:08:14 »
Imom Muslim Abu Dardodan rivoyat qiladilar: «Albatta, Alloh Qur’oni karimni uchga bo‘lib, Ixlos surasini uch qismdan biri qildi. Shu bois Alloh taolo bu surani o‘quvchiga Qur’onning uchdan birini o‘qish savobini beradi. Zero, Qur’oni karim uch xil mavzuda – qissalar, hukmlar va Allohning ismi sifatlari haqida so‘z yuritadi. Bu sura ushbu uch qismdan birini, ya’ni Allohning sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgandir».
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Makka eshigi oldida o‘tirganlarida to‘satdan bir kishining tobutini olib o‘tishdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Uning buynida qarzi bormi?» deb so‘radilar. Sahobalar: «To‘rt dirham qarzi bor edi, to‘lamasdan vafot etdi», deb javob berishdi. Shunda u kishi: «Qarzini to‘lamasdan o‘lgan kimsaning janozasini o‘qimayman, unga o‘zlaringiz janoza o‘qinglar», dedilar. Shunda Jabroil alayhissalom kelib aytdi: «Ey Muhammad, Alloh sizga salom aytdi va meni bu kimsaning suratida yubordi. Bas, u borib, qarzini to‘ladi. Siz turib janoza namozini o‘qing. Chunki u mag‘firat qilingandir. Alloh: «Kim uning janozasini o‘qisa, gunohlarini mag‘firat qilaman», dedi». «Ey Jabroil, u bunchalik izzat­ikromga qanday erishdi?» deb so‘raganlarida, Jabroil alayhissalom «U har kuni yuz marta Ixlos surasini o‘qirdi» deb javob berdi.

Yana bir hadisda: «Kim «Qul huvallohu ahad»ni «bismilloh» bilan o‘qisa, Alloh uning ellik yillik gunohini mag‘firat qiladi», deyilgan.

Hikoya qilinishicha, solihlardan biri tushida Makka kabutarlaridan yuztasini boshi yo‘q holatda ko‘ribdi. Uyg‘ongach, ta’bir qiluvchiga tushini aytib beribdi. Ta’birchi: «Ehtimol, sen «Ixlos» surasini yuz marta «Bismillah»siz o‘qigandirsan» desa, «To‘g‘ri aytding», debdi u.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam kambag‘allikdan shikoyat qilgan kishiga: «Uyingga kirsang, Ixlos surasini o‘qigin», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Kim Ixlos surasini kasallik chog‘ida o‘qisa va shu kasallik tufayli vafot etsa, uning jasadi chirimaydi, qabri siqishdan omon bo‘ladi va farishtalar Sirot ko‘prigidan o‘tib, jannatga kirgunigacha uni qanotlarida ko‘tarib yuradilar»

Xotima
Barcha hamd Allohnikidir! Biz u zotga hamdlar aytamiz, undan madad tilaymiz, istig‘for so‘raymiz. Uning elchisi butun olamga rahmat qilib yuborilgan Payg‘ambarimizga salotu salomlar bo‘lsin!
Dil ba yoru, dast ba kor
Diling Allohda, qo'ling mehnatda bo'lsin!
Bahouddin Naqshbandiy

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: DURRATUN NOSIHIYN. Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
« Javob #358 : 03 Fevral 2010, 16:48:09 »

Durratun nosihiyn (Nasihatgo'ylar duri)



Muallif: Usmon ibn Hasan ibn Ahmad Shokir Xubariy
Hajmi: 906 Kb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 54692
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 139
Ko'rilgan: 167536
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:35:09
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 43219
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 32171
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Rasululloh (s.a.v.) qaytarganlar

Muallif MuslimaxonBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 72
Ko'rilgan: 31737
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:30:54
muallifi AbdulAziz