Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar  ( 24505 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


AbdulAziz  10 Mart 2008, 02:25:53

"Islom madaniyati poytaxti" tanlovi yakunlari



Bismillahir rohmanir rohiym

Barcha hamd bizni to‘g’ri yo‘lga dalolat qilgan Alloh taologa xosdir. Va barcha sharaf, rahmat hamda duolar ulug’ xulq bilan xoslangan zotgadir. To‘g’ri dinga yordam bergan oli bayt va har bir taqvodor mo‘minga sharaf, rahmat hamda duolar bo‘lsin.

www.islom.uz sayti ma’muriyati poytaxtimiz Toshkentning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilganligi munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovlarimiz nihoyasiga yetganligini ma’lum qiladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Mart 2008, 02:27:04

Makr va aldov



Alloh taolo aytadi:

«Yomon makr-hiyla esa faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur» (Fotir surasi, 43).

Ya'ni, yomon makr-hiylaning kasofati makr qilgan, uyushtirgan kimsalarning o‘ziga uradi.

Alloh taolo munofiqlar haqida shunday deydi: «Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni «aldab» qo‘yguvchidir» (Niso surasi, 142).

davomi...

Qayd etilgan









AbdulAziz  07 Iyul 2008, 09:23:01

Qiyomat soatining bayoni



Qirq birinchi majlis
Qiyomat soatining bayoni

 
Alloh taolo aytadi: «Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘ dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar. Odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki, ular mast emaslar. Lekin Allohning azobi qattiqdir» (Haj surasi, 1-2-oyatlar).
 
Ali ibn Abu Tolib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Odamlarga bir zamon keladiki, islomning faqat ismi, dinning rasm-rusumi, Qur'ondan faqat dars qilish qoladi. U zamonda masjidlar obod bo‘ladilar. Lekin ular hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi. Mana shu zamonda odamlarning eng yomoni ulamolar bo‘ladi. Ulardan fitna chiqadi va o‘zlariga qaytadi. Bular qiyomatning alomatidir».

davomi...

Qayd etilgan