Qiyomat soatining bayoniQirq birinchi majlis
Qiyomat soatining bayoni Alloh taolo aytadi: «Ey insonlar, Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘ dahshatli narsadir. Uni ko‘rar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) o‘z homilasini tashlab yuborar. Odamlarni mast-alast holda ko‘rursiz, holbuki, ular mast emaslar. Lekin Allohning azobi qattiqdir» (Haj surasi, 1-2-oyatlar).
Ali ibn Abu Tolib aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qildilar: «Odamlarga bir zamon keladiki, islomning faqat ismi, dinning rasm-rusumi, Qur'ondan faqat dars qilish qoladi. U zamonda masjidlar obod bo‘ladilar. Lekin ular hidoyat jihatidan xarob bo‘ladi. Mana shu zamonda odamlarning eng yomoni ulamolar bo‘ladi. Ulardan fitna chiqadi va o‘zlariga qaytadi. Bular qiyomatning alomatidir».
davomi...