Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar  ( 36169 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 00:25:59

Badnazarlik



Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy "œHayo va pokdomonlik" kitobida shunday hikoya qiladi:
Payg’ambar s.a.v. aytadilar: "œBegona ayolga qarashlik shayton o’qlarining ichida zaharlanganidir"
(O’q tegib o’ldirmasa-da, zahari albatta qalbni o’ldiradi)
Nomahramga tasodifan birinchi marta nigoh zararli emas, agar uni olib qochilsa. Birinchi qarashda ham unga lazzat bilan qarash haromdir.
Shaytonning eng kuchli qurollaridan biri haromni go’zal qilib ko’rsatishdir. Zero, uzoqdan qaraganda ko’p narsalar go’zal ko’rinadi.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 00:27:06

Namozda nega xushu‘imiz yo‘q?



Rasululloh s.a.v. aytadilar: "œMusulmon kishining nazari biron xushsurat odamga tushsa-yu, Alloh uchun nigohini pastga qaratsa, Alloh taolo unga ibodatning lazzatini nasib qiladi".
Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy aytadi:
"œShogirdlarim ibtidoda zikrdan maza qilganlarini, asta-sekin bu mazaning yo’qolib qolganini aytishdi. Buning sababi esa ularning badnazarlik bilan begona ayollarga ko’zi tushib qolganidir.
Badnazarlikning yana bir ofatlaridan biri rizqning kesilishidir. Muttasil shu dardga yo’liqqan odamning xonadonida baraka qolmaydi.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 00:28:37

Qalam nega yozmadi?



1500 ga yaqin kitob yozgan hindistonlik buyuk olim Ashraf Ali Tahonaviy "œBayonul Qur’on" deb nomlangan tafsirni yozayotgan paytlari ayollari u kishiga ish buyuribdi: "œqafasdagi qushga donini berib, so’ng madrasaga keting". Hazrat "œBayonul-Qur’on"ning xayolida ayollarining gapini esdan chiqarib, madrasaga ketaveribdilar.
Shu zotning shogirdlaridan Shafe’ Usmoniy aytadi:
"œAgar bir odamning 1500 ta kitob yozishiga kimki shubha qiladigan bo’lsa, unga ikki gunohkor ko’zim bilan ko’rganimni aytib beray: "œMen Tahonaviyning qalamini qo’li tegmagan holda kitobning ustida aylanib yotganini ko’rganman".
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 00:29:55

25 bayt uchun jannat kafolati



Payg’ambarimiz SAVning chevaralari, hazrati Husayn r.a.ning o’g’illari Zaynulobidiyn r.a. Madinada yashab turgan paytlarida o’sha paytdagi ummaviy xalifa Hishom ibn Abdulmalik haj ziyoratiga kelibdi. Baytullohga kirarkan, odamlar xalifani tanimasligidan va hojilarning ko’pligidan hech kim unga hajarul asvadga yaqinlashishiga imkon bermabdi. Xalifa Ka’baning yaqiniga ham yo’lolmabdi. Xalifaning a’yonlari unga yuqoriroqdan joy qilib, odamlarni tomosha qilish uchun baland minbar yasab berishibdi. Shu paytda hazrat Zaynulobiddiyn r.a. ziyoratga kiribdilar. Odamlar esa u kishining kelganini ko’rib, Ka’ba tomon yo’l ochib berishibdi. Hishom u zotni tanibdi.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 00:35:15

Urva ibn Zubayr



Makkai mukarramada 4 nafar yosh bolakaylar - Hazrat Abu Bakr Siddiqning nevaralari Abdulloh ibn Zubayr, Urva ibn Zubayr, Mus’ab ibn Zubayr hamda ummaviylardan Abdulmalik ibn Marvon Baytullohda o’tirib, "œkelinglar, shu yerda bir duo qilishaylik, zero Ka’batullohdagi duolarni Alloh qabul qilar ekan" deb maqsadlarini bayon qilishibdi.
Mus’ab ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga imkoniyat bersa-yu, Iroqqa hokim bo’lsam..."
Abdulloh ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga imkoniyat bersa-yu, Makkaga hokim bo’lsam..."
Abdulmalik ibn Marvon aytibdi: "œSizlarning himmatingiz past ekan. Men butun dunyoga xalifa bo’lishni so’rayman".
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 00:37:16

Qizaloqning duosi



Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
"œYoshligimda Qur’on tahsil olayotgan paytim edi. Takror qilib o‘tirardim. Menga yaqin joyda, hovuzning bo‘yida yosh bolalar savatda uyda yopilgan non sotishardi. Asr vaqtida hammasi savatini bo‘shatib, uylariga ketishardi. Qarasam, bir qizaloq uyiga ketmay, hovuzning bo‘yida yig‘lab o‘tiribdi. Oldiga borib yig‘lagani sababini so‘radim.
"œSotilgan nonning tangalari solingan hamyonni o‘ynab o‘tirib hovuzga tushirib yubordim. Endi o‘gay onam meni o‘ldiradi. Qanday boraman uyga?"¦" — deb yig‘lardi qizaloq.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 00:38:24

Otaning himmati. Qalb mamlakati. 3 dirhamlik jannat savdosi



Ashraf Ali Tahonaviy aytadilar:
"œDunyoning eng buyuk podshoshi biron mamlakatga bostirib kirsa, avval o’sha davlatning eng kiborlarini xor qilib tashlaydi.
Qalb ham juda keng bir mamlakat. Uning ham ichida Kibr, Baxillik, Harislik, Yomon gumon degan iflos kiborlari bor.
Shu mamlakatga shohlarning Shohi kirib kelsa bormi, ularning hammasi yuvilib ketadi.
Bas, qalbni ziynatlantirish uchun ko’p zikr qiling".
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 01:26:49

Imron ibn Husayn



Imron taqvodor musulmon edi, qimmatbaho, chiroyli kiyimlar kiyardi. U zohidlik hamma narsadan o‘zini tiyib yashashda emas, balki yurakdadir deb bilardi. Abu Rajo aytadi: "œBir kuni Imron yonimizga biz hech qachon ko‘rmagan chiroyli yopinchiq bilan chiqdi. Shugina yopinchiqning puliga bir qancha kiyim sotib olish mumkin edi. Yaxshi kiyim kiyishini ko‘rib, hayron bo‘lganlarga Rasulullohning "œAgar Alloh bandasiga ne’mat bersa, o‘sha ne’matni bandasida ko‘rishni yaxshi ko‘radi", degan so‘zlari bilan javob qilardi. Imron xossatan namozga eng go‘zal kiyim kiyib kelardi. Bu ishi haqida so‘rashganida esa: "œNega endi yasanmasligim kerak, axir Rabbimning huzurida turibman-ku", derdi.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 01:28:06

Hazrat Ali ibn Abu Tolib o‘gitlari



* Ey insonlar! Alloh taoloni ko‘p zikr qiling.  Zero, so‘zlarning eng go‘zali Allohning zikridir.
* Allohning Kitobini o‘rganing, chunki Allohning Kitobi so‘zlarning eng ustunidir. Qur’onga doir bilimlarni egal¬lang, chunki Qur’on qalblarning bahoridir. Qur’on nuridan shifo tilang, chunki Kalomulloh ko‘ksingizdagi kasalliklarga shifodir.
* Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) yo‘lidan boringlar, chunki yo‘llarning eng ustuni shu yo‘ldir.
* Alloh taolodan doimo quvvatli bir imon va vujud sog‘lig‘i so‘rang.
davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2012, 01:28:59

Hasan Basriy



Bir kuni onamiz Ummu Salama (roziyallohu anho) huzurlariga bir kishi kelib: "Xoyra o‘g‘il ko‘ribdi", dedi. Onamiz (roziyallohu anho) xursand bo‘lib, "Bolani ham, onasini ham olib kelinglar", dedilar. Xoyra Ummu Salamaning suyukli joriyalari edi.
Xoyra bolasini ko‘tarib keldi. Ummu Salama chaqaloqqa Hasan deb ism qo‘ydilar.
Hasanning tug‘ilishi Zayd ibn Sobitning (roziyallohu anhu) xonadoniga ham shodlik keltirdi. Chunki bolaning otasi Zayd ibn Sobitning (roziyallohu anhu) Yassor ismli xizmatkori edi.
davomi...

Qayd etilgan