Islom.Ziyouz.com da yangi maqolalar  ( 36160 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


AbdulAziz  23 Sentyabr 2007, 05:44:29

Ramazon oyining fazilati



Alloh taolo aytadi:
"(U sanoqli kunlar) ramazon oyidirki, u oyda insonlar uchun hidoyat bo‘lib va hidoyat va Furqon (haq bilan botilni ajratuvchi)ning ochiq oyatlari bo‘lib Qur’on nozil qilingan" (Baqara surasi, 185-oyat).

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening ismim zikr qilinganida, salovot aytmagan kishi xor bo‘lsin. Ota-onasining ikkovining ham yoki birortasining tirikligida xizmatini qilib, roziligini olmagan farzand xor bo‘lsin.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Sentyabr 2007, 05:45:52

Ramazonning fazilatlari



Alloh taolo aytadi:     
"Ey iymon keltirganlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan oldin o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi kasal yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi" (Baqara surasi, 183—184-oyat).

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) Alloh taolodan naql qilib aytganlarki: "Har bir odam bolasining amali o‘zi uchun, illo ro‘zasi bundan mustasnodir.

davomi...


Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Sentyabr 2007, 05:48:02

Ilm fazilati



Alloh taolo aytadi:
"Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: "Men yerda (Odamni) xalifa qilmoqchiman", deganida, ular aytdilar: "U yerda buzg‘unchilik qildigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz". (Alloh) aytdi: "Men sizlar bilmagan narsani bilaman". Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘para qilib dedi: "Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarining ismlarini Menga bildiring?"  Ular aytdilar: "Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen o‘zing bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta, Sen ilmu hikmat sohibisan". (Alloh): "Ey Odam, sen ularga bu narsalarning ismlarini bildir", dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirgandan so‘ng, (Alloh) aytdi: "Sizlarga Men yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?!" (Baqara surasi, 30—33-oyatlar)

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Sentyabr 2007, 05:49:06

Ro'za tutish fazilati



Alloh taolo aytadi:
"Bandalarim sizdan (Ey Muhammad) Men haqimda so‘rasalar, Men ularga yaqinman, Menga duo qilgan paytlarida duogo‘ylarning duolarini ijobat qilaman. Bas, haq yo‘lga yurishlari uchun (ular ham) Mening (da’vatimga) ijobat qilsinlar va Menga iymon keltirsinlar" (Baqara surasi, 186-oyat).

Alloh taolo bundan oldingi oyatlarda insonlarga ro‘za tutishni buyurdi. So‘ngra ushbu oyatlar bilan ularni shukr va duoda bo‘lishga targ‘ib etib, ularning duolarini ijobat qilishni va’da berdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Sentyabr 2007, 08:01:58

Tavhidning fazilati



Alloh taolo aytadi:
"Alloh, farishtalar va ilm ahllari – yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar. U adolat bilan turguvchi – Hukm qilguvchidir. Hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning O‘zi bor. U qudratli, hikmat egasidir. Albatta, Alloh nazdidagi (maqbul bo‘ladigan) din Islom dinidir. Ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar) ularga (Islom va Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) haq payg‘ambarligi haqida) aniq bilim-hujjat kelganidan keyin faqat o‘zaro hasad-adovat qilganlari sababligina talashib tortishdilar. Kim Allohning oyatlariga kofir bo‘lsa, bas, albatta Alloh tez hisob-kitob qilguvchi zotdir" (Oli Imron surasi, 18–19-oyatlar).

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Mening huzurimga Jabroil, Mikoil, Azroil, Isrofillar (a.s.) kelishdi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Oktyabr 2007, 07:11:28

Laylat ul-Qadrning fazilati qaqida



Olloh taolo bunday deydir: «Biz ushbu Qur’onni Qadr Kechasi nozil qildik. Laylat ul-Qadr deganda, neni tushung‘aysen va Laylat ul-Qadr o‘zi nedir? Laylat ul-Qadr ming oydan ham yaxshiroqdir. O’shal kecha parvardigorlari hukmi ila farishtalar va Jabroil tushg‘aydirlar, ul kecha tong otguncha omonliq kechasi bo‘lg‘aydir».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Ramazonning farz ekanlig‘iga ishonib, unga ixlos qilib va uning savobidan umid aylab, ro‘za tutgaydir, ilgarigi qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir, va shuningdek, kimki Qadr Kechasini, uning ulug‘ligiga inonib, unga ixlos qilib va undan savob umid aylab, bedor o‘tkazg‘aydir ham, ilgari qilgan gunohlarining barchasi kechirilg‘aydir»,- deganlar».

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:55:31

Muharram oyi haqida



Muharram oyi hijriy — qamariy taqvim bo‘yicha yilning birinchi oyidir. Birinchi Muharram yangi yilning boshlanish kunidir. Odatda musulmonlar bir-birlarini bu munosabat bilan tabrik etadilar. Biz ham barchalaringizni 1429 hijriy yilning boshlanishi bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Alloh taolo bu yilni barchamiz uchun xayr-baraka yili bo‘lishini nasib etsin. Aziz vatanimizni tinch va osoyishta bo‘lishini, xalqimizning baxti-saodati ziyoda bo‘lishini nasib etsin! Omiyn!

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Yanvar 2008, 00:56:55

Dunyoning mazzamat qilingani va uning zavolga ketishi



Alloh taolo aytadi:
"(Ey Muhammad, odamlarga) hayoti dunyo misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, biz osmondan yog‘dirgach, (avval — kishi hayotining bahorida) u sababli zamin nabototi (bir-biriga) aralashib — chirmashib ketur, so‘ngra (hayot kuzi kelgach) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir bo‘lgan zotdir. Mol-mulk, bola-chaqa shu hayoti dunyo ziynatidir. Parvardigoringiz nazdida esa (abadiy) qoluvchi yaxshi amallar savobliroq va orzuliroq (orzu qilishga arzirliroqdir)" (Kahf surasi, 45—46-oyatlar).

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Fevral 2008, 08:12:30

Hakim ibn Hazom



Bu sahobiy haqida Payg‘ambarimiz (alayhissalom) bunday deganlar: "Makkada to‘rt kishi bor, ular Islomga kirmay mushrik holicha qolib ketishi aqlga sig‘maydi. Ulardan biri Hakim ibn Hazomdir".

   Alloh rasulining e'tiboriga tushgan bu saodatli sahobiyning tug‘ilishi ham o‘zgacha bo‘lgan edi. Onasi unga homilador yurgan kunlarining birida dugonalari bilan ibodat qilish uchun nima sababdandir eshigi ochiq qolgan Ka'ba ichiga kiradi. To‘satdan to‘lg‘oq tutib, hatto tashqariga chiqishga ham ulgurolmaydi. Shoshilinch keltirib solingan bir sholcha ustida o‘g‘li Hakim tug‘iladi.

davomi...

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Mart 2008, 08:04:30

Hikmatli latifalar



    Mavlono Jaloliddin Rumiy uylarida yeydigan hech vaqo qolmaganini xabar bergan ayollaridan qayta-qayta so‘rayveribdilar:
    -Hech narsa qolmadimi?
    -Yo‘q.
    -Og‘izga oladigan hech vaqo yo‘qmi?
    -Yo‘q.
    -Hech narsa-ya?
    -Hech narsa...
    -Rostdanmi?!
    Xazrati Mavlono shodliklaridan yuzlari gul-gul yonib, qo‘llarini duoga ochdilar:
    -Allohim, senga hamdu sanolar bo‘lsinki, uyim Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning xonadoniga o‘xshabdi.

davomi...

Qayd etilgan