Muallif Mavzu: Behzod Fazliddin she'rlaridan  ( 20348 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #15 : 23 Sentyabr 2007, 17:23:43 »
IKKI DUNYODA HAM...

Xatolarda yana qaytalanmasdan,
Yolg‘on dunyo uchun foydalanmasdan,
Duch kelgan sinovda maydalanmasdan,
Dardlarning qo‘lida katta bo‘lsaydim.

Hayot — ko‘kdan kelgan muborak xat, deb,
Ertangi saodat bugun zahmat, deb,
Balolar yog‘ilsa, obi rahmat, deb,
Azobini suvday yuta bilsaydim.

Ko‘zim xira tortsa, nur berib tursa,
Mening o‘rnimga ham gul terib tursa,
Ko‘nglimning uyini supurib tursa...
Umid qizlariga ota bo‘lsaydim.

Yo, Rab! Shuncha og‘riq bir jonimda jam,
Meni mingga bo‘lib qo‘ymasmi g‘ussam?
Ikki dunyoda ham ikkilanmasam,
Ikki dunyoda ham bitta bo‘lsaydim...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #16 : 23 Sentyabr 2007, 17:23:54 »
YIGIRMA BIRINCHI BAHOR

Daraxtlar qaytadan uyg‘onib bo‘ldi,
Bu yildan qushlarning umidi katta.
Bugun manov nihol to‘rt yoshga to‘ldi,
Gullash yarashadi unga, albatta.

Ko‘karish payida turibdi xaslar,
Kurtaklar hayotga bo‘y cho‘zayotir.
Toshlar bag‘rida ham bahoriy hislar,
Barchasi mo‘’jiza, mo‘’jiza, axir...

Qara, shundoqqina yoningda bahor,
Osmon gullab bo‘ldi, gulladi Zamin.
Hozir yuragingda qorga nima bor,
Sen qachon gullaysan, Behzod Fazliddin?!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #17 : 23 Sentyabr 2007, 17:24:15 »
OYGA TEGMANG

Nima qilsam, Oyni boshqa yig‘latmaysiz.
Nima qilsam, tinch qo‘yasiz osmonlarni?
Nima qilsam, yulduzlarga tosh otmaysiz,
Nima qilsam, o‘ldirmaysiz jayronlarni?

Birga Haqning ayvoniga boradi, deb,
Qaldirg‘ochlar qo‘llarimdan tutib olgan.
Hech bo‘lmasa, panoh so‘rab beradi, deb,
Oyog‘imga kiyikchalar yotib olgan...

Yomonlarga pastlagim yo‘q, asli, lekin,
Giyohlarning nomlaridan qo‘l so‘rayman.
Hali kechmas, hali yana sevish mumkin,
Men gullarning ko‘ngli uchun yo‘l so‘rayman.

Nurga qayting — ro‘yolarni ketkazasiz,
Yeru ko‘kning tinchi uchun boshlandi jang.
Bu ketishda umringizni yutqazasiz,
O‘zingizga shafqat qiling — Oyga tegmang.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #18 : 23 Sentyabr 2007, 17:24:30 »
QAYGA HAM BORARDIM?

Xayolning otida Oyga boraman,
Qushlar yetolmagan joyga boraman.
Sal o‘tmay, baribir, qulab tushgayman —
Ushoqcha dard bilan qayga boraman?!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #19 : 23 Sentyabr 2007, 17:24:44 »
QACHONLARDIR...

Qachonlardir men ham Odam bo‘lganman,
Qachonlardir men ham farishta edim.
Shu paytgacha havo so‘rab kelganman,
Bugun huzuringga Nur so‘rab keldim.

Nimaga o‘zimga hushyor emasman,
Qara, lahzalarim bormoqda sinib.
Nahot, yorilishga tayyor emasman,
Nahot, yashayverish kerak xo‘rsinib?!

Nurlar tushmaydigan joyda qolganman,
Yana Oyga qarat, Quyoshga qarat.
To‘kilib bo‘lganman, tugab bo‘lganman,
Meni tuproqqa sol — qaytadan yarat.

Qachonlardir men ham Odam bo‘lganman...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #20 : 23 Sentyabr 2007, 17:24:53 »
                   ***
Nafas olishga ham xohishingiz yo‘q,
Tirikka o‘xshamas tuyg‘ularingiz.
Bilmasdan, ko‘zimga otayapsiz cho‘g‘:
Meni uyg‘otmoqda uyqularingiz.

Uchib ketgan qushlar qaytib kelmaydi,
Yashashga kunlardan shartlar so‘radim.
Mayda dardlar meni Odam qilmaydi,
Umrimga eng buyuk dardlar so‘radim.

O‘tkinchi shamollar qo‘rqitmay qo‘ydi,
Daraxtlar bag‘rida guvillayverdim.
Yuragimga tegib quyoshlar kuydi,
Qishlarga tan bermay lovullayverdim.

Yumuq ko‘zlaringiz ochiq ketmoqda,
Men hozir O‘zimni topib olaman.
Tasodif bo‘lib siz uyg‘ongan chog‘da,
Ko‘zlarimni asta yopib olaman...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #21 : 23 Sentyabr 2007, 17:25:07 »
JONDAN O‘TSA...

Toqqa chiqay. desak, toshlar qo‘ymasa,
Ko‘zga yoqay, desak. qoshlar qo‘ymasa,
Yashashga mana bu boshlar qo‘ymasa...
Bizga ham atalgan dunyolar bormi?!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #22 : 23 Sentyabr 2007, 17:25:19 »
              ***
Xudoyimning hurlaridan farqingiz yo‘q,
Ko‘ksingizga yulduz to‘lib turgan paytda.
Ko‘zingizni ochmaslikka haqqingiz yo‘q,
Yoningizda odam o‘lib turgan paytda.

Bugun yana g‘amlarimni boshlab keldim,
Men abadiy dardlar bilan kelsam kerak.
Yuragimni osmonlarga tashlab keldim,
O‘zim endi tuproq bo‘lib qolsam kerak.

O‘zgalarning baxti deb ham yig‘lab turing,
O‘lmaydigan navo olib keling menga.
Dardlarimning davosini qo‘yavering,
Hozir esa Havo olib keling menga.

Og‘riqlarim Xudoyimning bergani-da,
Ko‘ksim endi ikki dunyo bo‘sh turmaydi.
Peshonamga Quyosh tegib turganida,
Uyg‘onmasam, tonglar meni kechirmaydi,
Gar yonmasam, kunlar meni kechirmaydi...

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #23 : 23 Sentyabr 2007, 17:25:27 »
              ***
Ko‘zingdagi sellaringni quritaman,
G‘amlaringning tishi singay — qaritaman.
Zarraman-u, taftim mingta quyoshga teng,
Sham bo‘lsam ham yo‘llaringni yoritaman.

Hayotingni xayolimga o‘rab turgin,
Sovib qolsang, cho‘g‘larimdan so‘rab turgin.
Faqat o‘zing o‘chishimga qo‘yma meni —
Faqat o‘zing ko‘zlarimga qarab turgin

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #24 : 23 Sentyabr 2007, 17:25:54 »
MENDAN YAXSHI YOMON YO‘Q

Ko‘nglingizning ko‘shkini yopolmaysiz, baribir,
Mendan yaxshi yomonni topolmaysiz, baribir.

Mingta bulbul nag‘masi bitta izhorimcha yo‘q,
Dunyolarning rohati zarra ozorimcha yo‘q.

Ko‘zingizga o‘t yoqar ko‘kka chizib rasmimni —
Inilarim yulduzlar eslatadi ismimni.

Keyin nima qilasiz — havolar ham yoqmaydi,
Ovoralar bo‘libsiz, mensiz Quyosh chiqmaydi.

Izingizga gul otgan dunyolarning ko‘ngli kir,
Umringizning g‘amida kunim o‘tyapti, axir.

Mendan yaxshi yomonni topolmaysiz, baribir...=

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #25 : 23 Sentyabr 2007, 17:26:02 »
                    ***
Meni yondir, dedim — olovga tutding,
Zarra-zarramgacha yoniblar ketdim.
Har bir qadamimda sinovga tutding,
Qoqilib yashashga ko‘niblar ketdim.

Boshimni toshlarda yordim necha bor,
Nega uyg‘onmayman, mudrayman doim?
O‘zing xohlamasang, hammasi bekor,
Odam qiladigan Dard ber, Xudoyim!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #26 : 23 Sentyabr 2007, 17:26:12 »
               ***
Yurolmayman, oyog‘imda loylarim ko‘p,
Kuchukchalar tishlab olgan joylarim ko‘p.
Osmonlarga da’vogarlar bisyor ekan,
Chap ko‘ksimda chiqmay yotgan oylarim ko‘p.

Yuragimni kemiradi ming bitta o‘y,
Nahot endi yalpizlarim sochmaydi bo‘y?!
Men bandangning qo‘llariga ishonmayman,
Tangrim, endi O‘zing meni turg‘izib qo‘y!

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #27 : 23 Sentyabr 2007, 17:26:35 »
SUYUNCHI

Ocmonda yig‘lab keldim —
Dardlarim maysa bo‘ldi.
Yerda bitta bo‘lsa ham
Baxtsiz kamaysa bo‘ldi.

Garchi yig‘lab har kecha
Tunlarimni qon qildim,
Tongda toshdan xasgacha(guldan toshgacha)
Tabassum ehson qildim.

Azoblaring — muhtaram,
Men dardingga xaridor.
Tovonimni o‘psa ham,
Tikanlarning haqqi bor.

Yuragimni uyg‘otgan
G‘amlaringga ming shukur.
Gardlarimni yo‘qotgan
Dardlaringga tashakkur!

Endi Senda parvoyim,
Dunyoni yutib ketdim.
Suyunchi ber, Xudoyim,
O‘zimdan o‘tib ketdim.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #28 : 23 Sentyabr 2007, 17:28:34 »
CHIN SEVISH

Ko‘nglimni kimlarga bermadim,
Topganim gard bo‘ldi, dard bo‘ldi.
Men suyib, ro‘shnolik ko‘rmadim,
Sevilib yengganlar mard bo‘ldi.

Baxt va’da ayladi xoblarim,
Tush ko‘rdim oylarning qizini.
Sog‘inib yashadi lablarim,
Turlangan gullarning yuzini.

Vujudim kuygan bir dil bo‘lib,
Izimga xazonlar sochildi.
Baxt emas, eng xunuk gul bo‘lib,
Yuzimga armonlar ochildi.

Gullarga eng go‘zal rang – vafo,
Bas, rangsiz gullarni sevmayman.
Istagim – ilohiy bir ziyo,
O‘zgaga ko‘nglimni bermayman.

Chin sevmoq poklanmoq emasmi?
Men suyib poklanib boraman.
Sevmasa sevmasin bandasi,
Ko‘nglimni Allohga beraman.

shoir

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: Behzod Fazliddin she'rlaridan
« Javob #29 : 23 Sentyabr 2007, 17:28:53 »
KO‘ZINGIZNI BERIB TURING…

Yolg‘izginam, farishtaga tenglikkinam,
Jon rishtasin joningizga bog‘lab olay.
Ikkimizning dardimiz bir, munglikkinam,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Men boshimni urmagan bir tosh qolmadi,
Rostin aytsam, yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin,
Zardoblarim ko‘z yosh bo‘lib oqib ketsin.
Qalbimga bir qizg‘aldoqlar boqib ketsin,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Men shabnamman, g‘uborlarga qo‘nolmayman,
Yo gul bo‘lib tosh yurakda o‘nolmayman.
Ko‘nolmayman, bu dardlarga ko‘nolmayman,
Ko‘zingizni berib turing, yig‘lab olay.

Quzg‘unlarning qilig‘idan zorim keldi,
Tog‘ qalbimga nafrat degan orim keldi,
O‘zim bo‘lib yig‘lolmayman, orim keldi,
Keling, Sizning ko‘zingizda yig‘lab olay,
Jon rishtasin joningizga bog‘lab olay.

 

Behzod Fazliddin. Sen qachon gullaysan

Muallif AbdulAzizBo'lim Zamonaviy o'zbek she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 17177
So'nggi javob 09 Aprel 2010, 12:53:38
muallifi Ansora
Guljamol Asqarova she'rlaridan

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 51
Ko'rilgan: 36129
So'nggi javob 19 Noyabr 2007, 13:38:24
muallifi Muslimа
Mahmud Yo’ldoshev she'rlaridan

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 91
Ko'rilgan: 29889
So'nggi javob 13 Mart 2008, 10:46:49
muallifi shoir
Muhammad Shohmurodzoda, Fazliddin Karomarulloh. Taomlanish odobi

Muallif HanafiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 92
Ko'rilgan: 25811
So'nggi javob 16 Aprel 2009, 16:29:14
muallifi Hanafiy
Jo'rabek Ramazonov she'rlaridan

Muallif MuhandisBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 4411
So'nggi javob 30 Iyun 2013, 12:00:11
muallifi Muhandis