Umumiy bo'lim > Islomiy kitoblar
Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi
AbdulAziz:
:bsm:
QUR'ONI KARIM
MA'NOLARI TARJIMASI
Tarjimon va izohlar muallifi: Alouddin Mansur
Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi. Alouddin Mansur
Mutarjim: Alouddin Mansur
Hajmi: 1,84 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
SURALAR RO'YXATI
1.Fotiha
2.Baqara
3.Oli Imron
4.Niso
5.Moida
6.An’om
7.A’rof
8.Anfol
9.Tavba
10.Yunus
11.Hud
12.Yusuf
13.Ra’d
14.Ibrohim
15.Hijr
16.Nahl
17.Isro
18.Kahf
19.Maryam
20.Toha
21.Anbiyo
22.Haj
23.Mu'minun
24.Nur
25.Furqon
26.Shu’aro
27.Naml
28.Qasas
29.Ankabut
30.Rum
31.Luqmon
32.Sajda
33.Ahzob
34.Saba’
35.Fotir
36.Yosin
37.Soffat
38.Sod
39.Zumar
40.G’ofir
41.Fussilat
42.Sho’ro
43.Zuxruf
44.Duxon
45.Josiya
49.Ahqof
47.Muhammad
48.Fath
49.Hujurot
50.Qof
51.Zoriyot
52.Tur
53.Najm
54.Qamar
55.Rahmon
56.Voqea
57.Hadid
58.Mujodala
59.Hashr
60.Mumtahana
61.Sof
62.Jum’a
63.Munofiqun
64.Tag’obun
65.Taloq
66.Tahrim
67.Mulk
68.Qalam
69.Haaqqa
70.Maorij
71.Nuh
72.Jin
73.Muzzammil
74.Muddassir
75.Qiyomat
76.Inson
77.Mursalot
78.Naba'
79.Nazi’at
80.Abasa
81.Takvir
82.Infitor
83.Mutoffifin
84.Inshiqoq
85.Buruj
86.Toriq
87.A’lo
88.G’oshiya
89.Fajr
90.Balad
91.Shams
92.Layl
93.Zuho
94.Sharh
95.Tiyn
96.Alaq
97.Qadr
98.Bayyina
99.Zalzala
100.Odiyat
101.Qori’a
102.Takosur
103.Asr
104.Humaza
105.Fil
106.Quraysh
107.Mo’un
108.Kavsar
109.Kofirun
110.Nasr
111.Masad
112.Ixlos
113.Falaq
114.Nos
Muhammad:
FOTIHA SURASI
Yetti oyatdan iborat bu sura Makkada nozil bo‘lgan. U «Fotiha», ya’ni «Ochuvchi sura» deb ataladi. Qur’ondagi suralarning joylashish tartibida avvalgi o‘rinda turgani va qisqa bo‘lishiga qaramasdan Qur’onning asosiy ma’no-mohiyatini o‘zida mujassam etgani uchun ham u Qur’on mazmunini «Ochuvchi» deb nomlangan.
Bu surada yagona Allohga bo‘lgan e’tiqod, Uning o‘zigagina ibodat qilish, oxirat kuni borligiga ishonish, yolgiz Allohniig o‘zidan madad-yordam so‘rash, haq din va to‘g‘ri yo‘lni Uning o‘zigina ko‘rsata olishiga iymon keltirish kabi Islom dinining asosiy talablari o‘z aksini topgan. Shuning uchun bu surani «Ummul-Qur’on» — «Qur’onning onasi — asli» deb ham ataydilar.
1. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
2-3-4. Hamdu sano butun olamlar Xojasi, Mehribon va Rahmli, jazo (qiyomat) kunining Egasi — Podshohi bo‘lmish Alloh uchundir.
I z o h. Maqtov-olqishga haqdor bo‘lish uchun bashar olamiga podshoh bo‘lishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Balki koinotdagi barcha sayyoralar va ulardagi bor jonli-jonsiz mavjudotning hammasi ustidan ilmu hikmat va rahm-shafqat bilan egalik qiladigan, bundan tashqari, oxiratdagi hisob-kitob kunida ham yagona podshoh bo‘lgan Alloh taolonig O’zigina hamdu sanoga loyiq zotdir.
5. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad so‘raymiz.
I z o h. Ya’ni, Sendan o‘zganing oldida boshimizni egmaymiz va Sendan o‘zgaga yordam so‘rab iltijo ham qilmaymiz.
6-7. Bizlarni, g‘azabga duchor bo‘lmagan va haq yo‘ldan toymagan zotlarga in’om qilgan yo‘ling bo‘lmish — To‘g‘ri yo‘lga yo‘llagaysan.
I z o h. Mazkur zotlar — barcha payg‘ambarlar, haqiqiy iymon-e’tiqod egalari va o‘z aqidalari yo‘lida jonlarini fido qilgan kishilardir.
Muhammad:
BAQARA SURASI
Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, ikki yuz sakson olti oyatdan iborat. U Qur’ondagi eng uzun suradir.
Bu surada e’tiqod, ibodat, muomala, axloq, nikoh, taloq, idda va boshqa shariat hukmlari borasida so‘z ketadi. Bu suraning avvalida mo‘minlar, kofirlar, munofiqlar va iymonning haqiqati, kufr va nifoqning mohiyati bayon qilinadi. So‘ngra bashariyat otasi Odam alayhissalom qissasi zikr qilinib, u zot yaratilgan vaqtda bo‘lib o‘tgan ibratli voqea-hodisalardan xabar beriladi.
«Baqara» oyatlarining qariyb uchdan bir qismini «ahli kitoblar» (Tavrot va Injilga iymon keltirganlar), xususan yahudiylar haqidagi ma’lumotlar tashkil qiladi. Keyin sudxo‘rlik jinoyati to‘g‘risida ma’lumot berilib, Alloh va payg‘ambar bu jinoyatga qarshi urush e’lon qilganliklari uqtiriladi.
Suraning xotimasida esa mo‘minlarni Alloh taologa tavba-tazarru qilishga va uning O’zidangina madad tilashga chaqiriladi.
Bu sura nima uchun «Baqara» — «Sigir» surasi deb atalgan? Qadimda Bani Isroil qavmidan bo‘lgan bir kishi o‘ldiriladi. Ammo uning qotilini topa olmaydilar. Shunda Alloh taolo Muso alayhissalomga: «Qavmingga aytgin, bir sigir so‘yib, uning bir bo‘lagi bilan o‘likni ursinlar», deb buyuradi. Allohning buyrug‘ini bajo qilganlarida, haligi o‘likka jon kirib, qotili kimligini aytadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Alif, lom, mim.
I z o h. Qur’ondagi bir necha sura mana shunday yolg‘iz-yolg‘iz harflar bilan boshlanadi. Ko‘pchilik Islom ulamolari nazdida mazkur harflar «Xurufi muqattaot», ya’ni ma’nodan uzilgan harflar sanalib, ularning ma’nosi yagona Allohgagina ma’lum. Ulamolarning aytishlaricha, ilohiy mo‘‘jiza bo‘lgan bu Kitob odamlar oson o‘qib-anglab amal qilishlari uchun ular yaxshi taniydigan harflar bilan oson tushuniladigan qilib yuborilgan.
Lekin olimlar orasida «Alif — Alloh, Lom — Jabroil (Alloh bilan payg‘ambar o‘rtasidagi vositachi farishta), Mim — Muhammad alayhissalom», deb bu harflarga ma’no beruvchilar ham bor.
2-3. (Haq ekanligiga) hech qanday shak-shubha bo‘lmagan ushbu Kitob g‘oyibga ishonadigan, namozni to‘kis ado etadigan va biz rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qiladigan taqvoli kishilar uchun rahbar — yo‘lboshchidir.
4. Ular sizga nozil qilingan va sizdan ilgari tushirilgan narsalarga (dinlarga) iymon keltiradilar va oxirat kuniga aniq ishonadilar.
5. Parvardigorlari tarafidan hidoyat topganlar ana o‘shalardir va najot topguvchilar ham ularning o‘zidir.
I z o h. Bu oyatlarda Alloh taolo mo‘minlarniig sifatlarini bayon qildi. Endi o‘rtadagi farq aniq bo‘lishi uchun kofirlarni sifatlashga o‘tiladi.
Muhammad:
6. Kufr yo‘lini tutgan kimsalar esa xoh (Alloh azobidan) qo‘rqiting, xoh qo‘rqitmang, ularga barobardir — iymon keltirmaydilar.
7. Alloh ularning dillarini va quloqlarini muhrlab qo‘ygan. Ko‘zlarini esa parda qoplab olgan. Ular uchun buyuk azob bordir.
I z o h. Bundan bizga Islom dini nazarida mo‘min kim-u, kofir kim ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ya’ni, g‘oyibga (Alloh, farishtalar... borligiga) ishonadigan, namozni to‘la-to‘kis ado etadigan, Tangri bergan ne’matlardan boshqalarga ehson — yaxshilik qiladigan, Qur’on va undan oldin kelgan boshqa ilohiy kitoblarga iymon keltiradigan va bu dunyodan boshqa yana bir dunyo — oxirat borligiga ishonadigan taqvoli (haromdan parhez qiluvchi) kishilargina mo‘minlar ekan. Kimda mazkur sifatlar topilmas ekan, u kofir bo‘ladi. Shu o‘rinda bizda yoyilgan bir aqida — ilgari mo‘min-musulmonlar yashab o‘tgan vatanda istiqomat qiladiganlarning barcha avlodlari mo‘min-musulmon degan aqida noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ladi. Demak, har bir kishining mo‘min yo kofirligi uning iymon-e’tiqodi va amalda qiladigan ishiga qarab belgilanishi lozim ekan. Endi munofiqlar qanday kimsalar ekanini quyidagi oyatlardan bilib olamiz.
8. Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, o‘zlari mo‘min bo‘lmaganlari holda «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik», deydilar.
9. Ular Allohni va iymonli kishilarni aldamoqchi bo‘ladilar va o‘zlari sezmaganlari holda faqat o‘zlarinigina aldaydilar.
10. Ularning dillarida maraz bor edi, bas Alloh marazlarini yanada ziyoda qildi. Ular uchun qilgan yolg‘onlari sabab alamli azob bordir.
11. Ularga: «Yer yuzida buzg‘unchilik qilmanglar», deyilsa, «Biz isloh qiluvchilarmiz», deydilar.
12. Ogoh bo‘lingizkim, ular albatta buzg‘unchilardir, lekin o‘zlari buni sezmaydilar.
13. Ularga: «Mana bu kishilardek iymon keltiringlar», deyilsa, «Shu pastkashlarga o‘xshab mo‘min bo‘lamizmi?» — deydilar. Ogoh bo‘lingizkim, ularning o‘zlari tuban kimsalardir, lekin buni bilmaydilar.
I z o h . Islomni qabul qilgan zotlarning ko‘pchiligi kambag‘al-faqir kishilar va hatto Suhayb, Bilol kabi qullar edilar. Munofiqlar o‘zlaricha: «Mana shu zoti pastlarga o‘xshab mo‘min bo‘lamizmi?» — deyishar edi.
14. Iymon keltirgan zotlarga yo‘liqqanlarida: «Biz ham iymon keltirdik», deydilar. O’zlarining shaytonlari (boshliqlari) bilan xoli qolganda esa: «Biz albatta sizlar bilan birgamiz, faqat (ularning ustidan) kulmoqdamiz, xolos», deyishadi.
15. Alloh ularning ustidan kuladi va o‘z tug‘yonlarida adashib-uloqib yurishlarini davomli qiladi.
16. Ular haq yo‘lning o‘rniga zalolatni sotib olgan kimsalar bo‘lib, bu savdolarida foyda qilmadilar va to‘g‘ri yo‘lga yuruvchilardan bo‘lmadilar.
Muhammad:
17. Ular misoli bir o‘t (mash’ala) yoquvchiga o‘xshaydilar. Endi olov atrofini yoritganida Alloh yorug‘likni ketkazib, ularni hech narsani ko‘rolmaydigan holda zulmatlarda qoldiradi.
18. (Ular) kar, soqov, ko‘rdurlar, demak (yo‘llaridan) qaytmaydilar.
19. Yoki ular chaqmoq, momoguldurak, qorong‘uliklar bilan osmondan quyayotgan yomg‘ir ostida yashindan qo‘rqqanlaridan panjalarini quloqlariga tiqib olgan hollarida o‘lim — halokatdan qochmoqchi bo‘lib turgan kimsalar kabidirlar. Alloh esa kofirlarni o‘rab olguvchidir.
20. Yashin ko‘zlarini ko‘r qilgudek bo‘ladi. U (atrofini) yoritganida yurib oladilar, o‘chganida turib qoladilar. Agar Alloh xohlasa quloq va ko‘zlarini yo‘q qilgan bo‘lur edi. Shubhasiz, Alloh har narsaga qodirdir.
21. Ey insonlar, sizlarni va sizlardan ilgari o‘tganlarni taqvo egalari bo‘lishingiz uchun yaratgan Parvardigoringizga ibodat qilingiz.
22. U zot sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo‘ydi va osmondan suv tushirib, uning yordamida sizlarga rizq bo‘lsin, deb mevalar chiqardi. Bas, bilib turib o‘zgalarni Allohga tenglashtirmang.
23. Agar biz bandamizga tushirgan narsadan (Qur’ondan) shak-shubhada bo‘lsangiz, u holda shunga o‘xshagan birgina sura keltiring va Allohdan o‘zga guvohlaringizni chaqiring — agar rostgo‘y bo‘lsangiz.
24. Endi agar bunday qilolmasangiz — hargiz qilolmaysiz ham — u holda odamlar va toshlar o‘tin bo‘ladigan, kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqing.
I z o h. Kufr ahli uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zax zikr qilingandan keyin ahli iymon uchun mukofot qilib beriladigan jannat ta’riflanadi. Zotan Qur’onning uslubi shunday: yomon bilan yaxshi, do‘zax bilan jannat, rohat bilan azob, xitob bilan itob (tanbeh) aksari hollarda yonma-yon zikr etiladi.
Navigation
[0] Message Index
[#] Next page
Go to full version