Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 747487 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 5 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #60 : 08 Avgust 2006, 08:14:51 »


78. Ulardan (yahudiylardan) yana bir guruhi borki, sizlar Kitobdan (Tavrotdan) bo‘lmagan narsani Kitobdan deb o‘ylashingiz uchun Tavrot kitobini tillarini burab (buzib-o‘zgartirib) o‘qiydilar va Allohning huzuridan kelmagan (o‘zlarining so‘zlarini) «Allohning huzuridan kelgan», deydilar. Ular bilib turib Alloh haqida yolg‘on so‘zlaydilar.

79. Biror odam uchun Alloh unga Kitob, Hikmat va payg‘ambarlik berganidan so‘ng, odamlarga: «Allohga emas, menga ibodat qilinglar», deyishi joiz emas, balki ularga: «Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib-o‘rganib, yolg‘iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘linglar» (demog‘i lozimdir).


I z o h . Bu oyat ba’zi bir nasroniylarning: «Iso alayhis-salom bizni o‘ziga sajda qilishga buyurgan», degan botil da’volariga raddiya tarzida nozil bo‘lgan.

80. U (payg‘ambar) sizlarni farishtalar va boshqa payg‘ambarlarni xudo qilib olishingizga buyurishi ham joiz emas. Axir u sizlarni musulmon – Allohga bo‘yinsunguvchi bo‘lganingizdan keyin kufr – dinsizlikka qaytishga buyuradimi?! Eslang (ey ahli kitob), Alloh barcha payg‘ambarlardan: «Men sizlarga qanday Kitob va Hikmat bermayin, keyin sizlarning payg‘ambarligingizni tasdiq etuvchi bir payg‘ambar (ya’ni Muhammad alayhis-salom) kelgach, albatta unga iymon keltirursiz va yordam berursiz», deb ahd-paymon olgach, ularga: «Mana shu ahd-paymonimni iqror bo‘lib qabul qidtsingizlarmi?» dedi. U payg‘ambarlar: «Iqrormiz», deb javob qilishgach, Alloh aytdi: «Guvoh bo‘lingiz! Men ham sizlar bilan guvoh bo‘lguvchilardanman».

82. Bas, kim shundan keyin ham (ahd-paymondan) yuz o‘girsa, ana o‘shanday kimsalar fosiq - buzuqilardir.

83. Allohning dinidan o‘zga din istaydilarmi?! Axir osmonlaru yerdagi barcha jonzot istasa-istamasa Unga bo‘yinsunib turibdi-ku! O’shalar (ya’ni Allohning diniga itoat qilishni xohlamayotganlar) ham faqat Uning o‘ziga qaytariladilar-ku!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #61 : 08 Avgust 2006, 08:15:52 »


84. (Ey Muhammad), Allohga, bizga nozil qilingan narsaga (Qur’onga) va Ibrohim, Ismoil, Ishok, Ya’qub va uning urug‘-avlodlariga nozil qilingan narsalarga va Muso, Iso hamda barcha payg‘ambarlarga Parvardigorlari tomonidan berilgan narsalarga iymon keltirdik. U payg‘ambarlardan birortasini ajratib qo‘ymaymiz. Va biz Uning o‘zigagina bo‘yinsunguvchilarmiz», deb ayting.

85. Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir.

86. Iymon keltirib, payg‘ambarning haq payg‘ambar ekanligiga guvoh bo‘lishganidan keyin va ularga dalil-oyatlar kelganidan keyin kofir bo‘lgan kimsalarni Alloh qanday hidoyat qilsin?! Alloh zulm qilguvchi qavmni hidoyat qilmaydi.

87-88. Ularning jazosi — ustlariga tushajak Allohning, farishtalarning va barcha odamlarning la’natidir. Ular azoblari yengillatilmagan holda do‘zaxda abadiy qolguvchilardir va ularga (bu azob biron lahza) kechiktirilmaydi.

89. Magar shundan (ya’ni kufrlaridan) keyin tavba qilib, o‘zlarini o‘nglasalar (Alloh gunohlarini mag‘firat qilur). Chunki Alloh mag‘firat qilguvchi, mehribondir.

90. Albatta iymon keltirganlaridan keyin kofir bo‘lgan, so‘ngra kufrlari yanada ziyoda bo‘lgan kimsalarning qilgan tavbalari hargiz qabul qilinmaydi. Ana o‘shalar haq yo‘ldan toyilguvchilardir.

91. Albatta kofir bo‘lgan va kofir holda o‘lgan kimsalar, agar ulardan birontasi yer yuzi to‘la oltinni to‘lov qilib bersa ham hargiz qabul qilinmas. Unday kimsalar uchun alamli azob bordir. Va ular uchun hech qanday yordamchi bo‘lmas.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #62 : 08 Avgust 2006, 08:16:48 »
TO’RTINCHI JUZ’
*************************



92. Suygan narsalaringizdats infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz. Har qanday narsani infoq qilsangiz, albatta Alloh uni bilur.

93. Tavrot tushirilishidan ilgari Isroil (Ya’qub) o‘ziga harom qilgan narsa (tuyaning go‘shti bilan suti) dan boshqa barcha taomlar bani Isroil qavmiga halol edi. (Ey, Muhammad), «Agar rosto‘y bo‘lsangizlar Tavrotni keltirib o‘qib ko‘ringlar», deb ayting.


I z o h . Ma’lumki, yahudiylar zulm va tajovuzkorlik yo‘lini tutganlaridan keyin Tangri taolo ularga bir necha xil noz-ne’matlarni harom qildi. Lekin ular buni tan olmay, «Mazkur narsalar asli Ibrohim zamonida ham harom edi», der edilar. Shuning uchun musulmonlarga: «O’zinglar Ibrohimning dinidamiz deysizlar-u, u harom qilgan tuya go‘shtini iste’mol qilasizlar», deb ta’na qilishganda yuqoridagi oyat iozil bo‘ldi. Aytishlari-cha, shundan keyin birorta yahudiy Tavrotni olib kelib, undan Ibrohim payg‘ambarga tuya go‘shti harom qilingani haqidagi oyatni topib bera olmagan.

94. Bas, kim mana shundan keyin ham Allohga bo‘hton qilsa, ana o‘shalar zulm qilguvchilardir.

95. (Ey Muhammad), «Allohning so‘zi rostdir. Bas, haq yo‘ldan toymagan va mushriklardan bo‘lmagin Ibrohimning diniga ergashinglar!» — deb ayting!

96-97. Albatta odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan birinchi uy Makkadagi muborak va butun olamlar uchun hidoyat (myayogi) bo‘lgan Ka’badurki, unda maqomi Ibrohim (ya’ni Ka’bani qurishda Ibrohim alayhis-salom oyoqlari ostida bo‘lgan xarsang tosh, u toshdan hanuzgacha Ibrohim payg‘ambarning oyoq izlari ketmagan) va unga kirgan odam har qanday xavf-xatardan omon bo‘lishi (kabi) ochiq oyat-alomatlar bordir. Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo‘lsa (ya’ni Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta Alloh butun olamlardan behojat bo‘lgan zotdir.

98. (Ey Muhammad), ayting: «Ey ahli kitob, nima uchun Allohning oyatlarini inkor qilmoqdasiz? Axir Alloh qilayotgan amallaringizga guvoh-ku!»

99. Ayting: «Ey axli kitob, nima uchun iymon keltirgan kishilarni Allohning yo‘lidan to‘sasizlar va o‘zingiz guvoh bo‘lgan holingizda undan (ya’ni Alohning yo‘lidan) qiyiq axtarasizlar? Axir Alloh qilayotgan amallaringizdan g‘ofil emas-ku!»

100. Ey mo‘minlar, agar kitob berilgan kimsalarning ba’zi bir guruxlariga bo‘yinsunsangiz, ular sizlarni iymonga kelganingizdan keyin yana kofirlikka qaytaradilar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #63 : 08 Avgust 2006, 08:17:55 »


101. Allohning oyatlari sizlarga tilovat qilinayotgan, Uning payg‘ambari orangizda bo‘lgan bir paytda qanday qilib dindan qaytasiz?! Kim Allohga bog‘lansa (ya’ni Uning dinini mahkam ushlasa) bas, muhaqqaqki, to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilinibdi.

102. Ey mo‘minlar, Allohdan haq-rost qo‘rqish bilan qo‘rqinglar va faqat musulmon bo‘lgan hollaringda dunyodan o‘tinglar!

103. Va barchangiz Allohning arqoniga (Qur’onga) bog‘laningiz va bo‘linmangiz! Hamda Allohning sizlarga bergan ne’matini eslang: bir-biringizga dushman bo‘lgan paytlaringizda dillaringizni oshno qilib qo‘ydi-yu, sizlar Uning ne’mati sabab birodarlarga aylandingiz. Va do‘zax chohining yoqasida turgan edingiz, sizlarni undan xalos qildi. Haq yo‘lni topishingiz uchun Alloh sizlarga o‘z oyatlarini mana shunday bayon qiladi.

104. Oralaringizdan yaxshilikka (islomga) da’vat qiladigan, ibodat-itoatga buyuradigan va isyon-gunohdan qaytaradigan bir jamoat bo‘lsin. Ana o‘shalar najot topguvchilardir.

105. Aniq hujjatlar kelganidan keyin bo‘linib ketgan va bir-birlari bilan ixtilof qilib, talashib-tortishgan kimsalar kabi bo‘lmangiz! Ana undaylar uchun ulug‘ azob bordir.

106. (Qiyomat) kunida (mo‘minlarning) yuzlari oq bo‘lur, (kofirlarning) yuzlari qora bo‘lur. Endi yuzlari qora bo‘lgan kimsalarga: «Iymon keltirgandan keyin yana dindan chiqdingizmi? Bas, kofir bo‘lganingiz kasofatiga mana bu azobni totib ko‘ringiz», deyilur.

107. Yuzlari oq bo‘lgan zotlar esa Allohning rahmati (jannati)da bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajaklar.

108. Bular Allohning oyatlaridir. Sizga ularni xaq-rost tilovat qilmoqdamiz. Alloh barcha olamlarga (ya’ni xech kimga) zulm qilishni istamas.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #64 : 08 Avgust 2006, 08:19:02 »


109. Osmonlar va yerdagi bor narsalar Allohnikidir. Va barcha ishlar yolg‘iz Allohga qaytarilajak.

110. (Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan millatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero siz yaxshi amallarga buyurasiz, yomon amallardan qaytarasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitob ham iymon keltirganda edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin) ularning ko‘plari itoatsiz kimsalardir.

111. Ular sizlarga ozor berishdan boshqa hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Agar sizlar bilan urushsalar, ketlariga qarab qochadilar. So‘ngra ularga (hech kim tomonidan) yordam berilmaydi.

112. Agar Allohning va odamlarning (ya’ni musulmonlarning) axdi panohida bo‘lmasalar, albatta ularga qaerda bo‘lmasinlar, xor-zorlik bitib qo‘yildi. Ular Allohning g‘azabi bilan ketdilar va ularga bechoraxollik yozib qo‘yildi. Bunga sabab ularning Alloh oyatlarini inkor qilishlari va payg‘ambarlarni noxaq o‘ldirishlaridir. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lganlaridir.

113. (Ahli kitobning hammasi xam) barobar emas. Axli kitob orasida sajda qilgan hollarida tunlari Allohning oyatlarini tilovat qiladigan to‘g‘ri yo‘ldagi kishilar ham bor.

114. (O’sha zotlar) Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar, yaxshi amallarga buyurib, yomon amallardan qaytaradilar va yaxshilik qilishga shoshiladilar. Ana o‘shalar solih bandalardandirlar.

115. Ular qilgan biron yaxshilik berkitilmaydi (ya’ni zoe bo‘lmaydi). Alloh taqvodorlarni bilguvchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #65 : 08 Avgust 2006, 08:20:05 »


116. Kufr yo‘lini tutgan kimsalarni na mollari va na bolalari Alloh tomonidan bo‘ladigan (azobdan) qutqara olmaydi. Ana o‘shalar jahannam egalari bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajaklar.

117. Ular bu dunyoda (xo‘jako‘rsinga) qilgan infoq-ehsonlarining misoli xuddi dinsizlik bilan o‘zlariga zulm qilgan qavmning ekiniga tegib, uni halok qilgan sovuq shamolga o‘xshaydi. Ularga Alloh zulm qilmadi. Balki ular o‘zlariga zulm qildilar.


I z o h . Ya’ni xuddi egalari kofir bo‘lganlari kasofati bilan ekinlarni sovuq urib ketganidek, riyo bilan qilingan yaxshilikdan ham hech qanday foyda yo‘qdir. Har qanday yaxshilik Alloh yo‘lida, xolis niyat bilan qilinsagina undan ajr, savob kutish mumkin.

118. Ey mo‘minlar, o‘zlaringni qo‘yib, (u munofiqlarni) sirdosh do‘st tutmanglar! Ular sizlarga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Agar aql yurgazsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik.

119. Hoy (mo‘minlar), sizlar ularni yaxshi ko‘rasizlar-u, ular sizlarni suymaydilar. Sizlar hamma kitoblarga iymon keltirasizlar-u (ular sizlarning kitobingizga iymon keltirmaydilar). Sizlarga yo‘liqqanlarida: «iymon keltirdik», deyishadi. Uzlari xoli qolishganda esa sizlarni qattiq yomon ko‘rganlari sababli barmoqlarini tishlaydilar. (Ey Muxammad, ularga): «Shu adovatlaring bilan o‘lib ketinglar!» — deb ayting! Albatta Alloh dillarni egallagan sirlarni bilguvchidir.

120. Agar sizlarga biron yaxshilik tegsa, bu ularni xafa qiladi. Agar sabr-toqat qilsangiz va Allohdan qo‘rqsangiz, ularning nayranglari sizlarga hech qanday zarar qila olmaydi. Albatta Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota qilguvchidir.

121. (Ey Muhammad), ahli oilangiz xuzuridan chiqib, mo‘minlarni urushadigan joylariga taxt qilib qo‘ygan paytingizni eslang! Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.


I z o h . Mana shu oyatdan boshlab g‘azotlar haqida so‘z ketadi. Yuqoridagi oyatlarda kofir, munofiqlar bilan so‘z maydonida jangu jadal borgan bo‘lsa, endi bu jangu jadal urush maydoniga ko‘chadi. Bu oyatlarda Uxud urushi haqida batafsil so‘z yuritilib, ba’zi o‘rinlarda Allohning mo‘minlarga qilgan marhamatini yodga solish uchun Badr jangi ham eslab o‘tiladi. Yuqoridagi oyat Uxud urushi haqidagi qissaning boshlanishidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #66 : 08 Avgust 2006, 08:20:36 »


122. O’sha payt sizlarning orangizdan ikki guruh umidsizlikka tusha boshladi. Holbuki, Alloh ularga yor edi. Bas, mo‘minlar yolg‘iz Allohgagina suyansinlar!

I z o h . Payg‘ambar alayhis-salom Uxud jangiga ming kishilik lashkar bilan chiqdilar. Dushman qarorgohiga yaqinlashganlarida (ularning sanog‘i uch mingta edi) musulmonlar orasiga kirib olgan Abdulloh ibn Ubay otli munofiq uch yuz nafar askar bilan jang maydonidan qochib keta boshladi. Buni ko‘rgan Banu Salama va Banu Xorisa qabilasidan bo‘lgan musulmonlar ham qaytmoqchi bo‘ldilar, lekin Tangrining inoyati bilan bu qasdlaridan voz kechdilar.

123. Axir Alloh Badr jangida kuchsiz bo‘lsangiz-da, sizlarni g‘olib qildi-ku. Bas, Allohdan qo‘rqingiz! Shunda shoyad (uning ne’matlariga) shukr qilgaysiz.

124. Mo‘minlarga:«Parvardigoringiz sizlarga uch ming ko‘kdan tushirilgan farishta bilan madad berishi kifoya qilmaydimi?» degan paytingizni eslang!

125. Yo‘q (kifoya qilur). Agar sabr qilsangizlar va Allohdan qo‘rqsangizlar va ular (kofirlar) shu onda sizlarga hujum qilsalar, Parvardigoringiz sizlarga besh ming belgili farishta bilan madad berur.

126. Bu (madadni) Alloh faqat sizlarga xushxabar bo‘lsin, deb va dillaringiz taskin topishligi uchun qildi. Aslida g‘alaba faqat qudrat va hikmat egasi bo‘lgan Alloh huzuridan kelur.

127. Kofirlarning bir qismini halok qilish yoki mag‘lub qilib, noumid holda qaytarish uchun (Alloh sizlarni g‘olib qildi).


I z o h . Badr jangida nomdor pahlavonlardan yetmish kishi o‘ldirilib, yetmishtasi asir olindi va musulmonlar g‘alaba bilan qaytdilar.

128. (Ey Muhammad), Siz uchun bu ishda (ya’ni bandalarga najot berish yoki ularni halok qilish ishida) hech bir narsa (yani inon-ixtiyor) yo‘qdir. (Allohning o‘zi) yo ularning tavbalarini qabul qilar yoki zolimliklari sababli azoblar.

I z o h . Bu oyat Uxud jangida payg‘ambar alayhis-salomning tishlari sinib, yuzlari yorilganida u zot, «o‘z payg‘ambarlarining yuzini qonga bo‘yagan qavm qanday najot topsin?» deya umidsizlikka tushganlarida nozil bo‘lgan.

129. Osmonlar va yerdagi bor narsa Allohnikidir. O’zi istagan kishining gunohlarini mag‘firat qilur. Uzi istagan kimsani azoblar. Alloh mag‘firatli, mehribondir.

130. Ey mo‘minlar, (bergan qarzlaringizni) bir necha barobar qilib olish bilan sudxo‘rlik qilmangiz! Allohdan qo‘rqingiz! (Shunda) shoyad najot topgaysiz.

131. Va kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqingiz!

132. Alloh va payg‘ambarga itoat qilingiz. Shoyad Allohning rahmatiga musharraf bo‘lsangiz.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #67 : 08 Avgust 2006, 08:21:06 »


133. Va Parvardigoringiz tomonidan bo‘lguvchi mag‘firatga hamda taqvodorlar uchun tayyorlab qo‘yilgan (eni osmonlar va yer barobarida bo‘lgan) jannatga shoshilingiz!

134. (U taqvodor zotlar) yaxshi-yomon kunlarda infoq-ehson qiladigan, g‘azablarini ichlariga yutadigan, odamlarning (xato-kamchiliklarini) afvetadigan kishilardir. Alloh bunday yaxshilik qiluvchilarni sevadi.

135. (U taqvodor zotlar) qachon biron-bir noloyiq ish qilib qo‘ysalar yoki (qandaydir gunoh ish qilish bilan) o‘zlariga zulm qilsalar, darhol Allohni eslab, gunohlarini mag‘firat qilishni so‘raydigan. — Har qanday gunohni yolg‘iz Allohgina mag‘firat qilur, — bilgan hollarida qilgan gunohlarida davom etmaydigan kishilardir.

136. Ularning mukofotlari Parvardigorlari tomonidan mag‘firat va taglaridan daryolar oqib turguvchi jannatlar bo‘lib, ular o‘sha joyda abadiy qolajaklar. Yaxshi amal qilguvchilarning ajrlari naqadar yaxshi ajr!

137. Sizlardan ilgari ham ko‘p yo‘llar – tajribalar o‘tgandir. Bas, yerda aylanib yurib, Allohning dinini yolgon deganlarning oqibatlari qanday bo‘lganini bir ko‘ringlar.

138. Bu (Qur’on) odamlar uchun to‘g‘ri yo‘lni bayon qilguvchi va taqvo egalari uchun hidoyat va pand-nasihatdir.

139. Kufrga qarshi kurashda (sustlashmangiz) va (Uxud jangidagi mag‘lubiyat sababli) g‘amgin bo‘lmangiz! Agar (haqiqiy) iymon egalari bo‘lsangizlar, sizlar ustun bo‘lguvchidirsizlar.

140. Agar (bugun — Uxudda) sizlarga jarohat yetgan bo‘lsa, (Badr jangida) u qavmga ham xuddi shunday jarohat yetgan. (Toki ibrat bo‘lsin deb) va Alloh haqiqiy iymon keltirgan kishilarni bilishi hamda oralaringdan shahidlarni saralab olishi uchun bu kunlarni (ya’ni g‘alaba va mag‘lubiyat kunlarini) odamlar orasida aylantirib turamiz. Alloh zolim kimsalarni sevmaydi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #68 : 08 Avgust 2006, 08:22:05 »


141. Va toki Alloh iymon keltirgan zotlarni (gunohlaridan) poklash va kofirlarni halok kilish uchun (bu kunlarni odamlar orasida aylantirib turadi).

142. (Ey mo‘minlar), yoki Alloh sizlarning ichingizdan kim haq yo‘lda kurashgan-u, kim sabr-toqat qilganini mutlaqo bilmay turib jannatga kiramiz, deb o‘yladingizmi?!

143. O’limga ro‘baru bo‘lishingizdan ilgari uni orzu qilar edingiz. Mana endi (ya’ni Uxudda) uni ko‘zingiz bilan ko‘rib turibsiz.

144. Muhammad faqat bir payg‘ambar, xolos. Undan ilgari ham payg‘ambarlar o‘tgandir. Bas, agar u (ya’ni Muhammad alayhis-salom) vafot qilsa yoki o‘ldirilsa, ketingizga (kufrga) qaytib ketasizmi?! Kimda-kim ketiga qaytib ketsa, Allohga biron ziyon yetkaza olmas, (balki faqat o‘ziga zarar qiladi, xolos). Alloh esa (yo‘llaridan qaytmay) shukr qilguvchi bandalarini munosib mukofotlaydi.

145. Har bir jon faqat Allohning izni bilan va aniq belgilab qo‘yilgan muddatda o‘ladi.


I z o h. Ushbu oyatni shunday tushunmoq lozim: qo‘rqoqlik umrni uzaytirmaydi, shijoat esa uni qisqartirmaydi. Har qanday tadbir-ehtiyotkorlik Tangrining qazo va qadarini o‘zgartirmaydi. Bas, nima sababdan haq yo‘lidagi kurashdan qochmoqchi bo‘lasiz?

Kim dunyo savobini istasa (ya’ni faqat o‘lja istab jangga kirsa) unga o‘sha istagan narsasini berurmiz. Kim oxirat savobini istasa, unga-da, istagan narsasini berurmiz. Va shukr qilguvchilarni munosib mukofotlaymiz.

146. Qanchadan-qancha payg‘ambarlar o‘tganki, ular bilan birgalikda ko‘pdan-ko‘p xudojo‘ylar jang qilganlar. Hamda Alloh yo‘lida o‘zlariga yetgan mashaqqatlar sababli sustkashlik — zaiflik qilmaganlar va (dushmanlariga) bo‘yin egmaganlar. Alloh mana shunday sabr qilguvchilarni sevadi.

147. Ularning aytgan gaplari faqat shundan iborat edi: «Parvardigoro, gunohlarimizni va ishlarimizdagi xatolarimizni mag‘firat ayla, qadamlarimizni (jang maydonida) sobit qil va bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil!»

148. Bas, Alloh ularga ham bu dunyo savobini (g‘alaba va mol-davlatni) va ham oxiratdagi go‘zal ajrni (jannatni) ato qildi. Alloh chiroyli amal qilguvchilarni sevadi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #69 : 08 Avgust 2006, 08:22:34 »


149. Ey mo‘minlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizlarni ortingizga (kufrga) qaytaradilar. Bas, ziyon ko‘rguvchilarga aylanib qolasizlar.

150. Yo‘q, (ular sizlarning do‘stingiz emas, balki) Alloh xojangizdir. Va U zot eng yaxshi yordamchidir.

151. (Tangri ekanligiga) hech qanday hujjat-dalil kelmagan narsani (ya’ni jonsiz butlarni) Allohga sherik qilganlari sababli kofirlarning dillariga qo‘rquv solajakmiz. Ularning borar joylari jahannamdir, zulm qilguvchilarning joylari naqadar yomon joy!

152. Alloh o‘z va’dasining ustidan chiqdi — sizlar Uning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. To sustkashlik qilib, (payg‘ambar alayhis-salomning) amru farmonlari borasida talashib-tortishgan va Alloh sizlar yaxshi ko‘rgan narsani (ya’ni g‘alabani) ko‘zingizga ko‘rsatib qo‘yganidan keyin payg‘ambarning amridan bosh tortgan paytingizgacha (bu ustunliklaringiz davom etdi). Orangizda dunyo istagan kishilar ham, oxirat istagan kishilar ham bor edi. So‘ngra sizlarni imtihon qilish uchun ularning (ustidan g‘alaba qilish o‘rniga mag‘lubiyat tomonta) burib yubordi. Endi gunohlaringizni afv qildi. Alloh iymon egalariga fazlu marhamat sohibi bo‘lgan zotdir.


I z o h. Rivoyat qilishlaricha, Uxud jangi boshlanishidan oldin payg‘ambar alayhis-salom ellikta merganni tog‘ ustiga qo‘yib ularga o‘rinlaridan jilmay musulmonlarni mudofaa qilib turishni tayinladilar. Urush boshlanishi bilanoq musulmonlarning qo‘li baland kela boshlab, g‘alaba ko‘zlariga ko‘rinib qoldi. Shunda u merganlardan ayrimlari o‘ljasi qolib ketmaslik uchun, ayrimlari g‘olib bo‘ldik, deb o‘ylab payg‘ambar buyurgan o‘rinlaridan tog‘dan tushib ketishlari bilan shu tog‘ning orqasidagi pistirmada turgan dushman askarlari orqa tarafdan to‘satdan hujum qildilar va kutilmagan hujumdan tahlikaga tushib qolgan musulmonlar ustidan g‘alaba qildilar. Musulmonlarning payg‘ambar farmonlarini bajarmaganlari ularni aniq bo‘lib qolgan g‘alabadan mahrum qildi. Oyatning so‘ngida Alloh ularning bu gunohini afv etganini bayon qildi va ularni Tangriniig fazlu marhamatidan noumid bo‘lmaslikka buyurdi.

153. (Ey mo‘minlar), hech kimga boqmay (jang maydonidan) chiqib ketgan paytingizni eslang! Holbuki payg‘ambar ortingizda sizlarni chorlamoqda edi. Bas (g‘alaba, o‘ljalar yanglig‘) sizlardan ketgan narsalarga va (mag‘lubiyat, qurbonlar kabi) sizlarga yetgan narsalarga xafa — g‘amgin bo‘lmasliklaringiz uchun Alloh sizlarga g‘am ustiga g‘am berdi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #70 : 08 Avgust 2006, 08:23:21 »


154. So‘ngra bu g‘amning ketidan sizlarga bir orom uyqusini tushirdiki, u sizlardan bo‘lgan bir toifa kishilarni (ya’ni haqiqiy mo‘minlarni) qamrab oldi. Boshqa bir toifa (ya’ni munofiqlar) esa Alloh haqida noto‘g‘ri, dinsizlarcha badgumon qilib, o‘z jonlarining g‘amiga tushib qoldilar. Ular: «Endi biz uchun hech qanday g‘alaba bo‘lmaydi», deyishadi. Ayting (ey Muhammad): «Butun ish Allohning (qo‘lida)!» Ular sizga oshkor qilmaydigan narsani (munofiqliklarini) yashiradilar. Aytadilarki, «Agar ixtiyorimiz o‘zimizda bo‘lganida edi, bu yerlarda o‘lib ketmagan bo‘lar edik». Ayting (ey Muhammad): «Agar uylaringizning ichiga berkinib olganingizda ham o‘ldirilishi Alloh tomonidan hukm qilingan kishilar shubhasiz halokat joyiga kelgan bo‘lar edilar». (Alloh bu mag‘lubiyatni) ko‘ngillaringizdagi narsani (iymon yoki nifoqni) imtihon qilish va dillaringizdagi narsa (iymon)ni poklash uchun qildi. Alloh dillarni egallagan sirlarni bilguvchidir.

155. Ikki jamoat to‘qnashgan kuni sizlarning ichingizdan bo‘lgan (urush maydonidan) qochgan kishilarni faqat shaytonning o‘zi qilgan ayrim gunohlari sababli yo‘ldan ozdirdi. Endi Alloh ularning gunohlarini afv etdi. Albatta Alloh mag‘firatli, haliym zotdir.

156. Ey mo‘minlar, kufr yo‘lini tutgan va boshqa yerlarga safar qilib yoki g‘azotga chiqib ketgan do‘stlari haqida: «Agar biz bilan birga qolganlarida o‘lmagan va o‘ldirilmagan bo‘lar edilar», deydigan kimsalarga o‘xshamangiz! (Bu gaplarini) Alloh ularning dillaridagi hasrat qilib qo‘yadi. Axir tiriltiradigan ham, o‘ldiradigan ham Alloh-ku?! Alloh qilayotgan amalaringizni ko‘rguvchidir.

157. Qasamki, agar Alloh yo‘lida o‘ldirilsangizlar yoki o‘lsangizlar, albatta Alloh tomonidan bo‘lg‘usi mag‘firat va rahmat ular (ya’ni munofiq, kofirlar) to‘plagan dunyodan yaxshiroqdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #71 : 08 Avgust 2006, 08:23:49 »


158. Qasamki, agar o‘lsangiz ham, o‘ldirilsangiz ham, albatta Alloh xuzuriga to‘planajaksiz.

159. (Ey Muhammad) Alloh tomonidan bo‘lgan bir marhamat sababli ularga (sahobalaringizga) yumshoq so‘zli bo‘ldingiz. Agar qo‘pol, qattiq dil bulganingizda edi, albatta atrofingizdan tarqalib ketgan bo‘lar edilar. Bas, ularni afv eting, ular uchun Allohdan mag‘firat so‘rang va ishlaringizda ularga maslahat soling! Endi (maslahat qilgach, biron ishni) qasd qilsangiz, Allohga suyaning — tavakkal qiling! Albatta Alloh O’ziga suyanib (ish qilguvchilarni) sevadi.

160. Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas. Va agar sizlarni yordamsiz qo‘ysa, Undan o‘zga hech bir zot yordamchi bo‘lmas. Iymon keltirgan zotlar Allohning o‘zigagina suyansinlar!

161. Hech bir payg‘ambar uchun (urushdan tushgan o‘ljalarga) xiyonat qilish joiz emas. Kim xiyonat qilsa, qiyomat kunida (Allohning huzuriga) qilgan xiyonati bilan birga kelur. So‘ngra har bir jon mazlum bo‘lmagan holida qilgan amaliga komil jazo olgay.

162. Allohning rizoligini istagan kishi, Allohning g‘azabiga duchor bo‘lgan, borar joyi jahannam bo‘lgan kimsa kabi bo‘ladimi?! Naqadar yomon oqibat bu!

163. Ular Allohning huzurida har xil daraja — manzilatlarda bo‘lurlar. Alloh ular qilayotgan amallarni ko‘rguvchidir.

164. Albatta Alloh mo‘minlarga o‘zlaridan bo‘lgan (ya’ni odam jinsidan bo‘lgan), ularga Allohning oyatlarini tilovat qiladigan, (gunoxlaridan) poklaydigan hamda ularga Kitob va Hikmatni o‘rgatadigan payg‘ambarni yuborish bilan yaxshilik qildi. Zero ular ilgari ochiq xato — zalolatda edilar.

165. (Ey mo‘minlar), agar sizlarga (Uxudda dushman tomonidan) bir musibat yetsa — holbuki, sizlar (Badr jangida) unga ikki barobar musibat yetkazgan edingiz — Bu balo qaydan keldi? — deysizmi?! (Ey Muhammad), ularga: «Bu musibat — mag‘lubiyat o‘z qilmishlaringizdan», deb ayting! Albatta Alloh hamma narsaga qodirdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #72 : 08 Avgust 2006, 08:24:01 »


166-167. Ikki jamoat to‘qnashgan kuni sizlarga yetgan musibat Allohning izni-irodasi bilan va haqiqiy mo‘minlarni bilish uchun hamda nifoq yo‘liga kirgan kimsalarni aniqlash uchun bo‘ldi. Ularga: «Kelinglar, Alloh yo‘lida jang qilinglar yoki (hech bo‘lmasa bizning sanog‘imizni ko‘paytirish bilan dushmanni) daf qilinglar», deyilsa, «Agar jang bo‘lishini aniq bilganimizda-ku sizlarning ortingizdan borgan bo‘lar edik», deyishadi. O’sha kuni ular iymondan ko‘ra kufrga yaqinroq edilar. Ular og‘izda ko‘ngillarida bo‘lmagan narsalarni gapirmoqdalar. Alloh esa ularning yashirgan sirlarini juda yaxshi bilguvchidir.

168. (Ey Muhammad), o‘sha o‘zlari o‘tirib olib do‘stlari haqida: «Agar bizning gapimizga kirib (jang qilishdan bosh tortganlarida) o‘ldirilmagan bo‘lar edilar», deydigan kimsalarga: «Agar aytgan gaplaringiz rost bo‘lsa, o‘zlaringdan o‘limni daf qilinglar-chi», deb ayting!

169-170. Alloh yo‘lidagi jangda o‘ldirilgan zotlarni hargiz o‘liklar deb o‘ylamang! Yo‘q, ular tiriklardir! U zotlar Alloh o‘z fazlu karami bilan bergan ne’matlardan xushnud hollarida bahramand bo‘lmoqdalar va hali ortlaridan yetib kelmagan birodarlariga hech qanday xavfu xatar yo‘qligi va g‘amgin bo‘lmasliklari haqida xushxabar bermoqdalar.

171-172. Ular Alloh tomonidan bo‘lgan ne’mat va fazlu karam haqida hamda o‘zlariga jarohat yetganidan keyin ham Alloh va rasuliga bo‘yinsungan mo‘minlarning ajri — mukofotini Alloh zoe qilmasligi haqida xushxabar beradilar. Ularning orasidagi chiroyli itoat qilgan va Allohdan qo‘rqqan zotlar uchun ulug‘ ajr — mukofot bordir.

173. Unday zotlarga ayrim kimsalar: «Quraysh odamlari sizlarga qarshi (sanoqsiz lashkar) to‘plagan, qo‘rqingiz!» deganlarida bu gap ularning iymonlarini ziyoda qildi va: «Bizga yolg‘iz Allohning o‘zi kifoya. U zot eng yaxshi ishonchli vakildir!» — dedilar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #73 : 08 Avgust 2006, 08:24:36 »


174. Bas, u yurishdan biron noxushlik yetmay Allohning ne’mat va fazli bilan qaytdilar. Ular Allohning rizoligini istadilar. Alloh esa ulug‘ fazlu marhamat sohibidir.

I z o h . Yuqoridagi oyatlarda musulmonlarning Uxud jangidan keyingi ahvoli bayon qilindi. Rivoyat qilishlaricha, mushriklar Uxudda musulmonlar ustidan g‘alaba qilib, uylariga qaytgach, yo‘lda: «Nega ularni butunlay qirib tashlamadik?» — deb nadomat qildilar. Bu gap rasulullohga yetib kelganida u zot mushriklarning diliga qo‘rquv solish va ularga o‘zlarini hali kuch-kuvvatga ega ekanliklarini ko‘rsatib qo‘yish uchun musulmonlarni ularning ortidan yurishga chaqiradilar. Musulmonlar Uxud jangida ko‘p talofot va jarohatlar olganlariga qaramay, payg‘ambarning da’vatlariga «Labbay!» deb javob berdilar va ba’zi bir «shayton»larning «qurayshlik mushriklarning son-sanoqsiz lashkari bor», degan vasvasalari ham ularni qo‘rqita olmadi, balki iymonlarini ziyoda qildi, xolos. Ular payg‘ambar alayhis-salom bilan birga mushriklarning ortidan borib Hamro al-Asad degan joyda ularga yetib oldilar. Shunda Tangri taolo mushriklarning dillariga bir qo‘rquv soldi va ular musulmonlarga qarshi jang qilishga jur’at qila olmadilar va musulmonlar eson-omon Madinaga qaytib keldilar.

175. Albatta o‘sha (sizlarni vasvasaga solmoqchi bo‘lgan) shaytonning o‘zidir. U sizlarni o‘zining do‘stlaridan (kofirlardan) qo‘rqitmoqchi bo‘ladi. Bas, agar mo‘min bo‘lsangizlar, ulardan qo‘rqmangiz, Mendan qo‘rqingiz!

176. (Ey Muhammad), kufr — dinsizlikka shoshayotgan kimsalar Sizni g‘amgin qilmasin! Albatta ular Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. (Faqat) Alloh ular uchun oxiratda biron nasiba bo‘lmasligini istaydi. Ular uchun ulug‘ azob bor (xolos).

177. Albatta kufrni iymonga almashtiradigan kimsalar Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydilar. Ular uchun alamli azob bordir.

178. Kufr yo‘lini tutgan kimsalar ularga bergan muxlatimizni zinhor o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Balki biz ularga faqat gunoxlarini ziyoda qilishlari uchungina muxlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob bordir.

179. Alloh mo‘minlarni sizlar bo‘lgan mana shu holatda (ya’ni kim mo‘min-u, kim munofiqligi ma’lum bo‘lmagan holatda) tashlab qo‘yuvchi emas. Hali u (Uxudda munofiqlarni mo‘minlardan ajratib qo‘ygani kabi) nopokni pokdan ajratadi. Alloh sizlarni g‘ayb ilmidan xabardor qilmadi. Lekin Alloh payg‘ambarlaridan O’zi istagan zotlarni saylab olur (va uni g‘oyibdan xabardor) ogoh qilur. Bas, Alloh va Uning payg‘ambarlariga iymon keltiringiz! Agar iymon keltirib, Allohdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun ulug‘ ajr — mukofot bordir.

180. Alloh fazlu karami bilan ato qilgan narsalarning (zakotini) berishga baxillik qilgan kimsalar hargiz bu qilmishlarini o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Yo‘q, bu qilmishlari o‘zlari uchun yomonlikdir. Baxillik qilib bermagan narsalari qiyomat kunida bo‘yinlariga o‘ralajak! (Barcha jonli-jonsiz narsalar ketar va) osmonlaru yer meros bo‘lib Allohning o‘ziga qolur. Alloh qila-yotgan amallaringizdan xabardordir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #74 : 08 Avgust 2006, 08:24:56 »


181. Albatta Alloh: «Alloh kambag‘al, bizlar boymiz», degan kimsalarning so‘zini eshitdi. Ularning aytgan gaplarini va payg‘ambarlarni nohaq o‘ldirganlarini yozib qo‘yurmiz va (qiyomat kuni) ularga: «Jahannam azobini totib ko‘ringiz!» — deb ayturmiz.

182. Bu (azob) o‘zlaringiz qilgan gunohlaringiz sabablidir. Albatta Alloh bandalariga zulm qilguvchi emasdir.

183. U kimsalar: «Albatta Alloh bizga biron payg‘ambar to bir qurbonlik atab, uni (osmondan tushgan) olov yeb (ya’ni yondirib) ketmaguncha unga iymon keltirmasligimizni buyurgan», dedilar. Ayting (ey Muhammad): «Muhaqqaqki, mendan ilgari sizlarga ko‘p payg‘ambarlar ochiq hujjatlar va sizlar aytgan narsani (ya’ni qurbonliklarni) keltirganlar. Bas, agar shu gaplaringiz rost bo‘lsa, nima uchun ularni o‘ldirgan edingizlar?!»

184. (Ey Muhamamad), agar Sizni yolg‘onchi qilishgan bo‘lsa (aslo g‘amgin bo‘lmang, chunki) Sizdan ilgari ham ochiq hujjatlar, bitiklar va nurli Kitob keltirgan ko‘p payg‘ambarlar yolg‘onchi qilinganlar.

185. Har bir jon o‘limni totguvchidir. Va qiyomat kunida hech shak-shubhasiz ajr-savoblaringizni komil suratda olursiz. Bas, kim do‘zaxdan chetlatilib, jannatga kiritilsa, muhaqqaq (baxt-saodatga) erishgay. Bu hayoti dunyo esa aldaguvchi matodir.

186. Albatta molu jonlaringizda imtihon qilinursizlar (ya’ni Tangri taolo mol va jonlaringizga xilma-xil ofatu balolar yuborib, sizlarning iymoningizni tekshirib ko‘rar), va albatta sizlardan ilgari Kitob berilgan kimsalar tomonidan va mushriklar tomonidan ko‘p aziyat-malomatlar eshitajaksizlar. Agar (ozorlariga) sabr-toqat qilsangizlar va Allohdan qo‘rqsangizlar (najot topursiz). Chunki bu ish (ya’ni sabr-toqatli bo‘lib, Allohdan qo‘rqish) ishlarning maqsadga muvofig‘idir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 549463
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 34200
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 32790
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 20003
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5560
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin