Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 774658 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 5 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #90 : 08 Avgust 2006, 08:35:10 »


75. (Ey mo‘minlar), sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida va «Parvardigoro, bizni egalari zolim bo‘lgan bu shahardan ozod qil va bizga o‘z huzuringdan bir do‘st bergin, bizga o‘z huzuringdan bir yordamchi qilgin», deyayotgan erkaklar, ayollar hamda bolalardan iborat bo‘lgan bechoralar (ni ozod qilish) yo‘lida jang qilmayapsizlar?!

76. Iymon egalari Alloh yo‘lida jang qiladilar, kofir kimsalar esa shayton yo‘lida jang qiladilar. Bas, shaytonning do‘stlariga qarshi jang qilingiz! Shubhasiz, shaytonning makri zaif bo‘lguvchidir.


I z o h . Ushbu oyatlarda islomiy g‘azot haqida so‘z yuritildi. Islomiy gazot mustamlakachilik yoki mol-dunyo to‘plash uchun, ya’ni shayton yo‘lida emas, balki Alloh yo‘lida, kufr-zulm istibdodi ostida ezilayotgan bechoralarni (ular qaysi dinga mansub bo‘lishlaridan qat’iy nazar) o‘sha zulm changalidan ozod qilish uchun bo‘lishi lozim ekan.

77. (Ey Muhammad), mana bu kimsalarni ko‘rmadingizmiki, ularga (ilgari Makkada turgan paytlarida kofirlarga qarshi jang qilishga talabgor bo‘lganlarida) «O’zingizni bosing va namozingizni o‘qib, zakotingizni ado etib turinglar», deyilgan edi. Endi jang farz qilinganida esa banogoh ulardan bir to‘pi odamlardan Allohdan qo‘rqqandek, balki undan-da qattiqroq qo‘rqmoqdalar. Va (hatto) «Parvardigor, nega bizga jangni farz qilding? Bizlarga bu ajalni bir oz keyinroq yuborganingda edi», dedilar. Ularga ayting: «Dunyo matosi ozginadir. Allohdan qo‘rqqan kishiga oxirat yaxshiroqdir. Sizlarga qilchalik zulm qilinmas».

78. Qaerda bo‘lsangiz, hatto mustahkam qal’alar ichida bo‘lsangiz ham o‘lim sizlarni topib olur. Agar ularga (munofiqlarga) biron yaxshilik yetsa, «Bu Allohning huzuridan», deydilar. Bordiyu biron yomonlik yetib qolsa, «Bunga sen sababsan», deydilar. Ayting: «Hamma narsa Allohdandir». Nega bu qavm kishilari hech gap anglamaydilar-a?!

79. (Ey inson), senga yetgan har qanday yaxshilik faqat Allohdandir. Senga yetgan har qanday yomonlik esa o‘zingning qilmishingdandir. (Ey Muhammad), sizni Biz odamlarga payg‘ambar qilib yubordik. Bunga Allohning o‘zi yetarli guvohdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #91 : 08 Avgust 2006, 08:35:42 »


80. Kimki payg‘ambarga itoat etsa, demak, Allohga itoat etibdi. Kimki yuz o‘girsa (buning sizga zarari yo‘qdir).

81. Ular «Itoat etamiz», deydilaru huzuringizdan chiqqanlaridan keyin esa ulardan bir toifasi siz aytgan gaplarning aksiga xufyona til biriktiradilar. Alloh esa ularning xufyona kelishuvlarini yozib qo‘yur. Bas, siz ulardan yuz o‘girib, Allohga tavakkul qiling. Allohning o‘zi yetarli vakildir.

82. Axir ular Qur’on haqida fikr yuritmaydilarmi?! Agar u Allohdan boshqa birov tomonidan bo‘lsa edi, unda ko‘p qarama-qarshiliklarni topgan bo‘lar edilar-ku?!

83. Qachon ularga (jangga ketgan musulmon askarlar haqida) tinchlik yoki xavf-xatar (ya’ni g‘alaba yoki mag‘lubiyat) xabari kelsa, uni yoyib yuboradilar. Agar (ular o‘zlariga kelgan xabarni har kimga yoyib yurmasdan)payg‘ambarga va o‘zlaridan bo‘lgan boshliqlargagina yetkazganlarida edi, uni (ya’ni mana shu xabarning haqiqatini) bilmoqchi bo‘lgan kishilar o‘shalardan bilgan bo‘lar edilar. Agar sizlarga Allohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, (ya’ni Alloh o‘z marhamati bilan sizlarni iymonda ustivor qilmasa edi) ayrim kishilardan tashqari hammangiz shaytonga ergashib ketar edingiz.

84. Bas (ey Muhammad), Alloh yo‘lida jang qiling. Zotan, siz faqat o‘zingiz uchun javobgarsiz. (Demak, yolg‘iz qolsangiz ham jang qiling) va mo‘minlarni ham targ‘ib qiling! Shoyad Alloh kofir bo‘lgan kimsalarning shiddatini daf qilsa, Alloh quvvati ortiq, azobi qattiq zotdir.

85. Kim (odamlar orasida) chiroyli — haq taraf olish bilan taraf olsa, o‘ziga ham uning savobidan bir ulush tegur. Kim nohaq taraf olish bilan taraf olsa, o‘zi uchun uning gunohidan bir ulush tegur. Alloh hamma narsaga qodir bo‘lgan zotdir.

86. Qachon sizlarga biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki (hech bo‘lmasa) o‘sha iborani qaytaringlar. Albatta Alloh hamma narsani hisobga olguvchi bo‘lgan zotdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #92 : 08 Avgust 2006, 08:36:11 »


87. Yolg‘iz Allohdan o‘zga hech qanday iloh yo‘qdir. U sizlarni hech shak-shubhasiz bo‘lgan qiyomat kunida to‘playdi. Allohdan ko‘ra rostgo‘yroq kim bor?!

88. (Ey mo‘minlar), nega sizlar munofiqlar to‘g‘risida ikki guruhga bo‘linib oldingiz? Axir, Alloh ularni o‘z qilmishlari sababli (kufr va nifoqqa) qaytardi-ku?! Yoki Alloh adashtirgan kimsalarni to‘g‘ri yo‘lga solmoqchimisizlar? Kimniki Alloh adashtirib qo‘ygan bo‘lsa, uning uchun hargiz yo‘l topa olmaysiz!


I z o h . Ushbu oyat sahobalar bilan birga Makkadan Madinaga hijrat qilib, so‘ngra payg‘ambar alayhis-salomga turli uzr-bahonalar ko‘rsatib, yana orqalariga — Makkaga qaytib ketgan bir qavm haqida nozil bo‘lgan. Mo‘minlarning ayrimlari ularni munofiq deyishsa, ayrimlari ularning yonini oladilar. Shunda Alloh taolo ularni haqiqiy munofiqlar ekanliklarini mo‘minlarga ushbu oyat orqali ma’lum qiladi.

89. Ular o‘zlari kofir bo‘lganlari kabi sizlar ham kofir bo‘lib, ular bilan barobar bo‘lib qolishlaringizni istaydilar. Bas, Sizlar to Alloh yo‘lida hijrat qilmagunlaricha ularni do‘st tutmanglar! Agar yuz o‘girsalar, ularni topgan joyingizda tutib o‘ldiringiz va ulardan na bir do‘st va na bir yordamchi olmangiz!

90. Ammo (u munofiqlardan) oralaringizda ahdu paymon bo‘lgan qavmga kelib qo‘shilgan yoki xoh sizlar bilan, xoh o‘zlarining qavmi bilan urushish joniga tegib oldingizga kelgan kimsalarga tegmangiz! Agar Alloh istasa edi, ularni sizlardan ustun qilib qo‘ygan bo‘lar edi va ular sizlarga qarshi jang qilar edilar. Bas, agar sizlardan chetlanib, sizlarga qarshi jang qilmay sulh tuzishni taklif qilib kelsalar, Alloh sizlar uchun ularning ustiga hech qanday yo‘l bermaydi.

91. (U munofiqlardan) boshqa bir toifasining esa sizlardan ham, o‘z qavmlaridan ham tinch-xotirjam bo‘lishni ko‘zlayotganlarini ko‘rasizlar.


I z o h. Ya’ni ular Madinaga kelganlarida o‘zlarini mo‘min qilib ko‘rsatadilar, o‘z qavmlariga qaytgach esa yana kofirlikka qaytib, sizlar bilan qilgan ahd-paymonlarini buzadilar.

Qachonki fitnaga (ya’ni kufrga) qaytishga to‘g‘ri kelsa, o‘zlarini unga tashlaydilar. Bas, agar ular sizlardan chetlanmas, sizlarga sulh taklif qilmas va qo‘llarini tiymas ekanlar, ularni topgan joyingizda tutib o‘ldiringiz. Mana, biz bunday kimsalarga qarshi (hujum qilishingiz uchun) sizlarga ochiq hujjat berib qo‘ydik.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #93 : 08 Avgust 2006, 08:36:51 »


92. Mo‘min mo‘minni faqat bilmagan holdagina o‘ldirib qo‘yishi mumkin. Kim bir mo‘minni bilmay o‘ldirib qo‘ysa, u bir mo‘min qulni ozod qilishi va marhumning egalariga — agar kechib yubormasalar — xun to‘lashi vojibdir. Agar marhum o‘zi mo‘min bo‘lib, sizlarga dushman qavmdan bo‘lsa, faqat bir mo‘min qulni ozod qilishi vojib. Agar u sizlar bilan sulh tuzgan qavmdan bo‘lsa, uning egalariga xun to‘lash va bir mo‘min qulni ozod qilish lozim. Bas, kim (ozod qilish uchun bir qul) topishga qodir bo‘lmasa, Allohga tavba qilib muttasil ikki oy ro‘za tutmog‘i lozim. Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.

93. Kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannam bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgan, Alloh uning uchun ulug‘ azobni tayyorlab qo‘ygandir.

94. Ey mo‘minlar, qachon Alloh yo‘lida jihod uchun safarga chiqsangiz (dushmanlaringizni) aniq tanib olinglar va bu hayoti dunyoning narsasini istab sizlarga salom bergan kishiga: «Sen mo‘min emassan!» demanglar! Zero, Allohning huzurida behisob o‘ljalar bordir.


I z o h . Rivoyat qilishlaricha, bir necha sahoba ketayotganlarida oldilaridan qo‘y boqib yurgan bir kishi chiqib, ularga salom bsribdi. Shunda ular o‘zlaricha: «Bu bizdan qutulish uchun o‘zini musulmon qilib ko‘rsatib salom beryapti», deydilar va haligi odamga hujum qilib o‘ldirib, qo‘ylarini o‘lja qilib payg‘ambar alayhis-salomning oldilariga haydab keladilar. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi.

Ilgari sizlar ham shunday edingiz (ya’ni kofirlar qo‘l ostida musulmonligingizni yashirib yurishga majbur edingiz). Endi Alloh sizlarni (Islom davlatida yashash ne’mati bilan) mamnun qildi. Bas, (dushmanlaringizni) aniq tanib olinglar. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor bo‘lgan zotdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #94 : 08 Avgust 2006, 08:37:20 »


95-96. Mo‘minlardan o‘zlari beshikast bo‘lib turib (jihodga chiqmay) o‘tirib olgan kishilar bilan Alloh yo‘lida mol va jonlari ila kurashgan zotlar barobar bo‘lmaydi. Alloh molu jonlari bilan kurashgan zotlarni (biron uzr sababli jihodga chiqmay) o‘tirib olgan kishilardan ham bir daraja afzal qildi va barchalariga go‘zal oqibatni (ya’ni jannatni) va’da qildi. Hamda Alloh jihod qilguvchilarni o‘tirib oluvchilardan ulug‘ mukofot — O’z tomonidan bo‘lajak yuksak darajalar, mag‘firat va marhamat bilan afzal qildi. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir.

97. Albatta musulmonlar bilan birga hijrat qilmasdan kofirlar qo‘l ostida yashashga rozi bo‘lish bilan o‘z jonlariga jabr qilgan qimsalarning jonlarini olish chog‘ida farishtalar ularga: «Qanday holda yashadingiz?» — deganlarida: «Biz bu yerda chorasiz bechoralar edik», dedilar. (Shunda farishtalar); «Hijrat qilsanglar Allohning yeri keng edi-ku?! (Nega dinu iymonlaringiz yo‘lida bu yurtdan hijrat qilmadinglar?)» — deyishdi. Bundaylarning joylari jahannamdir. Kanday yomon joydir u!

98-99. Faqat biron chora topishga qodir bo‘lmay, hijrat yo‘lini istab topa olmay chorasiz qolgan kishilar, ayollar va bolalar borki, bundaylarni shoyad Alloh avf etsa. Zotan, Alloh afv etguvchi, mag‘firat qilguvchi bo‘lgan zotdir. 

100. Kim Alloh yo‘lida hijrat qilsa, yer yuzida ko‘p panoh bo‘lgudek joylarni va kengchilikni topgay. Kim uyidan Alloh va Uning payg‘ambari sari muhojir bo‘lib chiqib, so‘ng (shu yo‘lda) unga o‘lim yetsa, muhaqqaqki uning ajri — mukofoti Allohning zimmasiga tushar. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir.

101. Safar qilib boshqa yerlarga borganingizda agar kofirlar fitnasidan qo‘rqsangiz, namozingizni qasr (qisqa) qilib o‘qishingizning gunohi yo‘qdir. Chunki kofirlar sizlarga ochiq dushman bo‘lgan kimsalardir.


I z o h . «Qasr» namoz deb to‘rt rakaatli farz namozlarni ikki rakaat qilib qisqartirib o‘qishni aytiladi. Qasr namoz o‘qish uchun piyoda yurilsa kamida uch kechayu uch kunduzda bosib o‘tish mumkin bo‘lgan masofani niyat qilib safarga chiqqan bo‘lish kerak. Bu masofani ulamolar 80-100 chaqirim deb belgilaganlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #95 : 08 Avgust 2006, 08:37:54 »


102. (Ey Muhammad), qachon siz (jang maydonida) mo‘minlar orasida bo‘lib, ularga imom bo‘lgan holda namoz o‘qimoqchi bo‘lsangiz, ulardan bir toifasi qurollangan hollarida siz bilan namozga tursinlar. Bas, qachon sajda qilishgach (ya’ni namozning bir rakaatini o‘qib bo‘lishgach), orqalaringga borib, (sizlarni qo‘riqlab) tursinlar va hali namoz o‘qimagan boshqa toifa kelib siz bilan birga namoz o‘qisinlar. Ular ham ehtiyot choralarini ko‘rib, qurollanib olsinlar. Kofirlar sizlar qurol-yarog‘ va asbob-anjomlaringizdan g‘aflatda bo‘lgan paytingizda ustingizga birdaniga hamla qilishni istaydilar. Agar yog‘ingarchilikdan aziyat cheksangizlar yoki bemor bo‘lsangizlar, kurollaringizni yechib qo‘yishingiz gunoh emas. Ammo ehtiyot chorangizni ko‘rib qo‘yinglar. Albatta Alloh kofirlar uchun xor qilguvchi azobni tayyorlab qo‘ygandir.

103. Namozni ado qilib bo‘lganingizdan keyin ham turgan, o‘tirgan va yonboshlagan paytlaringizda doim Allohni yod etingiz! Bas, qachon xotirjam bo‘lgach, namozni to‘kis ado etingiz! Albatta, namoz mo‘minlarga (vaqti) tayinlangan farz bo‘ldi.

104. Bu kofir qavmni quvishda sustkashlik qilmangiz! Agar qiynalayotgan bo‘lsangizlar, ular ham sizlar qiynalganingizdek qiynalmoqdalar. (Shu bilan birga) sizlar Alloh tomonidan ular umid qilmagan narsani (ya’ni savobni, shahidlik ne’matiga muyassar bo‘lishni, qolaversa, g‘alaba qozonishni) umid qilmoqdasizlar-ku?! Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.

105. Albatta, Biz sizga ushbu Haq Kitobni (Qur’onni) odamlar orasida Alloh qo‘rsatgan yo‘l bilan hukm etishingiz uchun nozil qildik. Siz xoinlarni himoya qilguvchi bo‘lmang.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #96 : 08 Avgust 2006, 08:38:21 »


106. Allohdan mag‘firat qilishni so‘rang! Albatta Alloh mag‘firat qilguvchi va mehribon bo‘lgan zotdir. 

107. Siz o‘zlariga xiyonat qiladigan (jinoyatkor) kimsalarning yonini olmang! Albatta Alloh xoin va jinoyatchi bo‘lgan kimsalarni sevmaydi.


I z o h . Bu oyat madinalik To‘ma binni Ubayriq sha’niga nozil bo‘lgan. U qo‘shnisining sovutini o‘g‘irlab, o‘g‘riligi oshkor bo‘lish xavfi tug‘ilganda u sovutni boshqa bir odamning uyiga olib borib berkitadi. Shundan keyin To‘‘maning qabiladoshlari payg‘ambar alayhis-salomning oldilariga kelishib, uni oqlab gapiradilar. Ularga ishonib payg‘ambar alayhis-salom To‘‘mani odamlar oldida himoya qiladilar va uni o‘g‘ri deganlarga qarshi gapiradilar.

108. Ular (o‘zlarining jinoyatlarini) odamlardan yashira oladilar, ammo Allohdan yashira olmaydilar. U O’zi rozi bo‘lmaydigan gaplarning rejasini xufyona tuzayotgan paytlarida ham ular bilan birga bo‘lur. Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota qilguvchi bo‘lgan zotdir.

109. Hoy sizlar, bu dunyoda-ku, ularning yonini oldingiz. Endi qiyomat kunida kim ularni Allohdan himoya qilib yonlarini olur yoki kim ularning ustida vakil bo‘lib turar?!

110. Kim biron bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat so‘rasa, Allohni mag‘firat qilguvchi va mehribon ekanini topar - ko‘rar.

111. Kimki biron gunoh qilsa, faqat o‘ziga zarar qilgan bo‘ladi. Alloh Bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.

112. Kimki biron xato yoki gunohni qilib qo‘yib, so‘ng uni bir pok odamga tuhmat qilib otsa, muxaqqaqki, u bo‘hton va ochiq gunohni o‘z zimmasiga olibdi.

113. (Ey Muhammad), agar sizga Allohning fazlu marhamati bo‘lmaganda edi, ulardan bir toifasi sizni yo‘ldan ozdirishga urinib qolgan edi. Lekin ular faqat o‘zlarini adashtiradilar, xolos. Sizga esa biron ziyon yetkaza olmaydilar. (Zero) Alloh sizga Kitob va Hikmatni nozil qildi va bilmagan narsalaringizni bildirdi. Allohning sizga qilgan fazlu marhamati ulug‘ bo‘ldi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #97 : 08 Avgust 2006, 08:38:53 »


114. Ularning ko‘p maxfiy suhbatlaridan — agar sadaqa berishga yo biron yaxshilik qilishga yoki odamlar o‘rtasini isloh qilishga buyurgan bo‘lmasalar — hech qanday foyda yo‘qdir. Kim Alloh rizosini istab bu ishlarni qilsa, unga ulug‘ mukofot berajakmiz.

115. Kim haq yo‘lni aniq bilganidan keyin payg‘ambarga xilof ish qilsa va mo‘minlarning yo‘llaridan boshqa yo‘lga ergashib ketsa, biz uni ketganicha qo‘yib beramiz. So‘ngra jahannamga dohil qilamiz. Naqadar yomon joydir u!

116. Albatta Alloh o‘ziga (biron narsa yo kimsaning) sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq yo‘ldan ozibdi.

117. Ular (ya’ni Allohga shirk keltirgan kimsalar) Allohni qo‘yib, faqat (Lot, Uzzo, Manot kabi) sanamlarga sig‘inadilar va faqat itoatsiz shaytonga sig‘inadilar.

118. Alloh uni la’natladi. (Shunda) u dedi: «Qasamki, bandalaring orasidan o‘zimga tegishli nasibani albatta olaman.

119. Va ularni yo‘ldan ozdiraman, xomxayollarga mubtalo qilaman, buyursam ular chorvalarining quloqlarini kesadilar, buyursam Alloh yaratgan narsalarni o‘zgartirib-buzadilar». Kimki Allohni qo‘yib, shaytonni do‘st tutsa, bas, u ochiqdan-ochiq ziyon qilibdi.


I z o h . Islomdan ilgari arablar tuyalarning beshinchi bolasi erkak tug‘ilsa, qulog‘ini kesib yoki teshib, o‘zlari sig‘inadigan butlariga qurbonlik qilib bo‘sh qo‘yib yuborar ekanlar. «Allohning yaratgan narsalarini o‘zgartirish»laridan murod — qullarni bichish, ayollarning ziynat uchun qosh terishlari, soch ulashlari kabi narsalarni o‘z asliy holatidan soxta-sun’iy holatga o‘zgartirish nazarda tutiladi. Qur’on bunday yaramas ishlar, shaytonga bo‘ysunish, deb uqtiradi.

120. (Shayton) ularga va’dalar berur, xomxayollarga mubtalo qilur. Oxir-oqibatda shayton bergan va’dalar faqat yolg‘on-sarob bo‘lib chiqar.

121. Unday kimsalarning joylari jahannam bulib, undan qochib qutula olmagaylar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #98 : 08 Avgust 2006, 08:39:42 »


122. Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilgan zotlarni esa ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritajakmiz – ular u yerda abadiy yasharlar. Bu Allohning haq va’dasidir. Allohdan ko‘ra rostgo‘yroq kim bor?!

123. Sizlarning xomxayollaringiz ham, ahli kitobning xomxayollari ham haq emas — kimki yomon amal qilsa, jazosini olur va o‘zi uchun Allohdan o‘zga na bir do‘st va na bir madadkor topmas.

124. Xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin — kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida yaxshi amallardan qilsa, ana o‘sha kishilar jannatga kirurlar va ularga zarracha zulm qilinmas.

125. Haqiqiy musulmon bo‘lgan holida o‘zini Allohga topshirgan va haq yo‘ldagi Ibrohimning diniga ergashgan kishining dinidan ham go‘zalroq din bormi?! (Axir) Ibrohimni Alloh O’ziga do‘st tutgan.

126. Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Alloh hamma narsani ihota qilguvchi bo‘lgan zotdir.

127. (Ey Muhammad), sizdan ayollar haqida fatvo so‘raydilar. Ayting: «Ular to‘g‘risida sizlarga Alloh va Kitobda (Qur’onda) tilovat qilinadigan oyatlar fatvo berur. Yana (qaramog‘ingizdagi) yetim ayollarni (agar go‘zal bo‘lsalar) ular uchun farz qilingan mahrlarini bermasdan (nikohingizga olishingizni) va (agar xunuk bo‘lsalar) nikohingizga olishdan yuz o‘girib (ulardan qoladigan merosga tama qilib to o‘lgunlaricha boshqa birovga turmushga chiqarmay saqlashlaringizni sizlarga harom qiladi). Yana nochor bolalar haqida fatvo berib, bunday yetimlar xususida adolat bilan turishingizni amr qilur. Sizlar nima yaxshilik qilsangiz, albatta Alloh uni bilib turguvchi bo‘lgan zotdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #99 : 08 Avgust 2006, 08:40:07 »


128. Agar biron ayol eri tomonidan ko‘ngilsizlik yoki yuz o‘girib ketish sodir bo‘lishidan qo‘rqsa, u ikkovi o‘zaro bir sulhga kelishib olishlari zararsizdir. Sulh (ajralib ketishdan) yaxshiroqdir. Nafslar qizg‘anishga hoziru nozir bo‘lib turadilar. Agar ayollaringizga chiroyli muomala qilsangiz va Allohdan qo‘rqsangiz (o‘zingizga yaxshidir). Zero, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor bo‘lgan zotdir.

129. Har qancha urinsangizlar ham xotinlaringiz o‘rtasida adolat qilishga qodir bo‘lmaysizlar. Bas, butunlay (suygan xotinlaringiz tomonga) og‘ib ketib (ko‘ngilsiz bo‘lib qolgan) xotiningizni muallaqa kabi tashlab qo‘ymangiz!


I z o h . Muallaqa ayol — eri biron-bir sabab bilan bedarak ketgan ayoldir. U erim bor, desa — eri yo‘q, bevaman, deyin, desa — eri taloq bermay ketgan.

Agar o‘zlaringizni o‘nglab Allohdan qo‘rqsangizlar, albatta Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir.

130. Bordiyu er-xotin ajralib ketsalar, Alloh ikkalasini ham O’zining keng karami bilan behojat qilib qo‘ygay. (Ya’ni har ikkisiga ham avvalgi turmushidan yaxshiroq er yoki xotin nasib etishi mumkin). Alloh fazlu karami keng va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.

131. Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Biz sizlardan ilgari Kitob berilgan zotlarga ham, sizlarga ham Allohdan qo‘rqinglar, deb amr qildik. Agar kofir bo‘lib ketsangizlar (Allohga hech bir zarar yetkaza olmaysizlar). Zero, Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtovga sazovor bo‘lgan zotdir.

132. Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Allohning O’zi yetarli vakildir. Ya’ni yer va osmonlardagi barcha ishlarni kuzatib, saqlab turuvchi zotdir.

133. Agar xohlasa, ey odamlar, sizlarni ketkazib, boshqalarni keltirur. Alloh bunga qodir bo‘lgan zotdir.

134. Kim bu dunyoning savobini istasa, bilsinki, Allohling huzurida ham bu dunyoning, ham oxiratning savobi bordir. Alloh eshitguvchi, ko‘rguvchi bo‘lgan zotdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #100 : 08 Avgust 2006, 08:40:32 »


135. Ey mo‘minlar, adolat bilan turguvchi hamda o‘zlaringning yoki ota-ona va qarindosh-urug‘larning zarariga bo‘lsa-da, Alloh uchun to‘g‘ri guvohlik berguvchi bo‘linglar! U (ya’ni guvohlik beriluvchi) boy bo‘ladimi, kambag‘al bo‘ladimi, har ikkisiga ham Allohning O’zi (sizlardan ko‘ra) yaqinroqdir. Bas, adolat qilmasdan nafsi havoga ergashib ketmanglar. Agar tillaringni burib (noto‘g‘ri guvohlik bersanglar) yoki (guvohlik berishdan) bosh tortsanglar, albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor bo‘lgan zotdir.

136. Ey mo‘minlar, Allohga, uning payg‘ambariga va shu payg‘ambariga nozil qilgan Kitobiga hamda ilgari nozil bo‘lgan Kitoblariga iymoningiz komil bo‘lsin. Kimki Allohga, farishtalarga, kitoblariga, payg‘ambarlariga va oxirat kuniga ishonmasa, demak, u juda qattiq adashibdi.

137. Albatta iymon keltirib, so‘ng kufrga qaytgan, keyin yana iymonga kelib, so‘ngra yana kofir bo‘lgan, keyin esa kufrlari yanada zyyoda bo‘lgan kimsalarni Alloh hargiz mag‘firat qilmaydi va ularni zinhor haq yo‘lga hidoyat qilmaydi.

138. Bunday munofiqlarga ular uchun alamli azob borligidan «xushxabar» berib qo‘ying!

139. Ular mo‘minlarni qo‘yib kofirlarni do‘st tutadilar. Ular o‘sha kofirlar oldidan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora bo‘ladilar!) Zero, bor kuch-qudrat Allohnikidir.

140. Axir Alloh sizlarga Kitobda: «Qachonki Allohning oyatlari inkor qilinayotganini va masxara qilinayotganini eshitsangizlar, to boshqa gapga o‘tmagunlaricha unday kimsalar bilan birga o‘tirmanglar», degan so‘zlarni nozil qilgan edi-ku?! (Modomiki, ular bilan o‘tirgan ekansiz), demak, sizlar ham shak-shubhasiz ularning o‘zisiz. Albatta, Alloh barcha munofiq va kofirlarni jahannamga jamlaguvchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #101 : 08 Avgust 2006, 08:41:06 »


141. Ular (ya’ni munofiqlar) sizlarga ko‘z tikib turadilar. Agar sizlarga Alloh tomonidan fathu zafar bo‘lsa: «Biz ham sizlar bilan bir dindamiz-ku», deydilar. Agar g‘alaba kofirlarga nasib bo‘lsa: «Biz sizlardan ustun bo‘lgan va sizlarni mo‘minlardan himoya qilgan emasmidik?» — deyishadi. Endi qiyomat kunida Alloh o‘rtalaringda hakamlik qilur. Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo‘minlar ustiga yo‘l bermagay.

142. Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar, holbuki, Alloh ularni «aldab» qo‘yguvchidir. Va qachon namozga tursalar dangasalik bilan, xo‘jako‘rsinga turadilar va Allohni kamdan-kam yodga oladilar.

143. Ular na uyoqlik, na buyoqlik bo‘lmay ikki orada sarson holda qolganlar. Kimniki Alloh yo‘ldan ozdirsa siz unga biron yo‘l topib bera olmaysiz.

144. Ey mo‘minlar, mo‘minlarni qo‘yib, kofirlarni do‘st tutmanglar! Alloh uchun o‘z zararlaringizga ochiq hujjat qilib berishni istaysizmi?

145. Albatta, munofiqlar do‘zaxning eng tuban joyida bo‘lurlar. Va ular uchun biron madadkor topa olmaysiz!

146. Magar tavba kilib o‘zlarini o‘nglagan va Allohga bog‘lanib, dinlarini Alloh uchun xolis qilgan zotlar – ana o‘shalargina mo‘minlar bilan birga bo‘lurlar. Yaqinda Alloh mo‘minlarga ulug‘ ajr ato etajak!

147. Agar shukr qilib, iymonli bo‘lsangizlar, Alloh sizlarni nega azoblasin?! Axir Alloh (bandalarining toat-ibodatlariga savob ato etish bilan) shukr qilguchi va bilguvchi bo‘lgan zot-ku?!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #102 : 08 Avgust 2006, 08:41:48 »
OLTINCHI JUZ’
*************************



148. Alloh yomon so‘zlarning (ya’ni duoibadning) oshkora aytilishini suymaydi. Magar mazlum tomonidan bo‘lsa (joizdir), Alloh eshitguvchi, bilguvchi bo‘lgan zotdir.

149. (Ey mo‘minlar), xoh oshkora, xoh yashirincha biron yaxshilik qilsangiz yoki biron yomonlikni afv qilib yuborsangiz (Alloh suygan bandalardan bo‘lursiz). Zero, Alloh qudrat egasi bo‘lgani holda afv qilishda barqaror bo‘lgan zotdir.

150-151. Albatta, Alloh va payg‘ambariga ishonmaydigan, Alloh bilan payg‘ambarlarining oralarini ajratishni istaydigan (ya’ni Allohta ishonib, payg‘ambarlarini inkor qiladigan) va «ayrim payg‘ambarlarga ishonamiz, ayrimlariga ishonmaymiz», deydigan hamda ora yo‘lni tutishni istaydigan kimsalar — ana o‘shalar haqiqiy kofirdirlar. Bunday kofirlar uchun xor qilguvchi azobni tayyorlab qo‘yganmiz.

152. Alloh va payg‘ambarlariga iymon keltirgan hamda ulardan birontasini ajratib qo‘ymagan zotlarga esa yaqinda (Alloh) munosib mukofotlarini ato etajak. Alloh mag‘firatli, mehribon bo‘lgan zotdir.

153. (Ey Muhammad), ahli Kitob sizdan ko‘kdan bir Kitob tushirishingizni so‘raydi. Musodan bundan ham kattaroq narsani so‘ragan edilar: «Bizga Allohni ochiq ko‘rsat», deyishgan edi. Shunda zolimliklari sababli ularni chaqmoq urgan edi. So‘ngra ularga aniq-ravshan hujjatlar kelganidan keyin buzoqni xudo qilib olishdi. Buni ham afv etdik va Musoga ochiq hujjat ato etdik.

154. Ahdni buzganlari sababli ustlariga Tur tog‘ini ko‘tardik va ularga: «Bu darvozadan sajda qilgan holingizda kiringiz», dedik. Yana ularga: «Shanba kunlari (baliq ovlash bilan) haddingizdan oshmang», dedik hamda ulardan qattiq ahd-paymon oldik.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #103 : 08 Avgust 2006, 08:42:09 »


155. So‘ngra ahdu paymonlarini buzganliklari, Allohning oyatlarini inkor qilganliklari, payg‘ambarlarni nohak o‘ldirganliklari va: «Dillarimiz qulf», deganliklari sababli (Biz ularni la’natladik). Yo‘q! Balki kufrlari sababli Alloh ularning dillarini muhrlab qo‘ygandir. Bas, kamdan-kamlari iymon keltiradilar.

156-157. Yana kofirliklari va Maryam xususida ulug‘ bo‘hton qilganliklari sababli hamda Allohning payg‘ambari bo‘lgan al-Masih Iyso binni Maryamni «bizlar o‘ldirganmiz», degan so‘zlari sababli (Biz ularni la’natladik). Holbuki, ular uni o‘ldirganlari ham, osganlari ham yo‘q. Faqat ular uchun (boshqa birov Iysoga) o‘xshatib qo‘yildi, xolos. Albatta, Iyso haqida talashib-tortishgan kimsalar uning (o‘ldirilgan-o‘ldirilmagani) haqida shubhada qolganlar. U haqda faqat gumonlarga beriladilar, xolos. Uni o‘ldirmaganlari aniqdir.

158. Balki uni Alloh o‘z huzuriga ko‘targandir. Alloh qudrat va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.

159. Har bir axli Kitob o‘limi oldidan unga (ya’ni Iysoga) albatta iymon keltirur. Qiyomat kunida esa u bularning zarariga guvoh bo‘lur.

160—161. Yahudiy bo‘lgan kimsalarning zolimliklari va ko‘p kishilarni Alloh yo‘lidan to‘sganlari sababli, yana man’ etilgan bo‘lsalar-da, sudxo‘rlik qilganlari va odamlarning mollarini nohaq yeganlari sababli ularga oldin halol qilingan narsalarni harom qilib qo‘ydik. Va ulardan kofir bo‘lgan kimsalar uchun alamli azobni tayyorlab qo‘ydik.


I z o h. Yahudiylar uchun ilgari Isroil, ya’ni Ya’qub payg‘ambar o‘ziga harom qilib olgan tuya go‘shti va sutidan boshqa hamma taomlar halol edi. Keyin o‘z payg‘ambarlariga itoat qilmay zulm-tajovuzkorlik yo‘llariga o‘tishgach, ular uchun Tavrotda ko‘p narsalar, jumladan, qo‘y-mollarning yog‘lari ham harom qilindi. Bu haqda boshqa suralardagi oyatlarda yana tafsilotlar keladi.

162. Lekin ularning orasidan ilmda mustahkam bo‘lgan zotlar hamda sizga nozil qilingan narsaga va sizdan ilgari nozil qilingan narsalarga iymon keltiradigan mo‘minlar, xususan namozni barpo qiluvchilar, zakotni ado qilguvchilar va Alloh va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar — ana o‘shalarga ulug‘ mukofot ato etajakmiz.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #104 : 08 Avgust 2006, 08:42:31 »


163. (Ey Muhammad), albatta Biz Nuhga va undan keyingi payg‘ambarlarga vahiy yuborganimiz kabi sizga ham vahiy yubordik. Yana Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya’qub va uning urug‘-avlodi, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymon payg‘ambarlarga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga Zaburni ato etdik.

164. Ayrim payg‘ambarlar haqida sizga ilgari hikoya qildik, ayrim payg‘ambarlarni esa sizga hikoya qilganimiz yo‘q. Muso bilan Allohning O’zi (bevosita) gaplashdi.

165. Toki bu payg‘ambarlar o‘tganlaridan keyin odamlar uchun Allohga qarshi hujjat bo‘lib qolmasligi uchun payg‘ambarlarni (mo‘minlarga jannat haqida) xushxabar eltuvchi va (kofirlarni do‘zax azobidan) qo‘rqituvchi qilib yubordik. Alloh qudrat va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.

166. Lekin Alloh sizga o‘z bilimi bilan nozil qilgan narsaga guvohlik berur. Farishtalar ham guvohlik berurlar. Allohning O’zi yetarli guvohdir.

167. Albatta, kofir bo‘lgan va Allohning yo‘lidan to‘sgan kimsalar qattiq adashgandirlar.

168. Albatta, kufr yo‘liga kirib, jabru zulm qilgan kimsalarni Alloh hargiz kechirmaydi va zinhor haq yo‘lga hidoyat qilmaydi.

169. Magar ularni jahannam yo‘liga ravona qilur va ular u joyda abadiy qolajaklar. Bu Allohga osondir.

170. Ey odamlar, bu payg‘ambar sizlarga Parvardigoringizdan haq dinni keltirdi. Bas, iymon keltiringiz, o‘zingiz uchun yaxshi bo‘lur. Agar inkor qilsanglar (o‘zingizga zarar qilasiz, xolos). Zero, Osmonlardagi va Yerdagi bor narsa Allohnikidir. Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 568468
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 35081
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 33591
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 20535
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5749
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin