TO’RTINCHI JUZ’
*************************
92. Suygan narsalaringizdats infoq-ehson qilib bermaguningizcha hargiz yaxshilikka (jannatga) yetmagaysiz. Har qanday narsani infoq qilsangiz, albatta Alloh uni bilur.
93. Tavrot tushirilishidan ilgari Isroil (Ya’qub) o‘ziga harom qilgan narsa (tuyaning go‘shti bilan suti) dan boshqa barcha taomlar bani Isroil qavmiga halol edi. (Ey, Muhammad), «Agar rosto‘y bo‘lsangizlar Tavrotni keltirib o‘qib ko‘ringlar», deb ayting. I z o h .
Ma’lumki, yahudiylar zulm va tajovuzkorlik yo‘lini tutganlaridan keyin Tangri taolo ularga bir necha xil noz-ne’matlarni harom qildi. Lekin ular buni tan olmay, «Mazkur narsalar asli Ibrohim zamonida ham harom edi», der edilar. Shuning uchun musulmonlarga: «O’zinglar Ibrohimning dinidamiz deysizlar-u, u harom qilgan tuya go‘shtini iste’mol qilasizlar», deb ta’na qilishganda yuqoridagi oyat iozil bo‘ldi. Aytishlari-cha, shundan keyin birorta yahudiy Tavrotni olib kelib, undan Ibrohim payg‘ambarga tuya go‘shti harom qilingani haqidagi oyatni topib bera olmagan. 94. Bas, kim mana shundan keyin ham Allohga bo‘hton qilsa, ana o‘shalar zulm qilguvchilardir.
95. (Ey Muhammad), «Allohning so‘zi rostdir. Bas, haq yo‘ldan toymagan va mushriklardan bo‘lmagin Ibrohimning diniga ergashinglar!» — deb ayting!
96-97. Albatta odamlar ibodat qilishlari uchun qurilgan birinchi uy Makkadagi muborak va butun olamlar uchun hidoyat (myayogi) bo‘lgan Ka’badurki, unda maqomi Ibrohim (ya’ni Ka’bani qurishda Ibrohim alayhis-salom oyoqlari ostida bo‘lgan xarsang tosh, u toshdan hanuzgacha Ibrohim payg‘ambarning oyoq izlari ketmagan) va unga kirgan odam har qanday xavf-xatardan omon bo‘lishi (kabi) ochiq oyat-alomatlar bordir. Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo‘lsa (ya’ni Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta Alloh butun olamlardan behojat bo‘lgan zotdir.
98. (Ey Muhammad), ayting: «Ey ahli kitob, nima uchun Allohning oyatlarini inkor qilmoqdasiz? Axir Alloh qilayotgan amallaringizga guvoh-ku!»
99. Ayting: «Ey axli kitob, nima uchun iymon keltirgan kishilarni Allohning yo‘lidan to‘sasizlar va o‘zingiz guvoh bo‘lgan holingizda undan (ya’ni Alohning yo‘lidan) qiyiq axtarasizlar? Axir Alloh qilayotgan amallaringizdan g‘ofil emas-ku!»
100. Ey mo‘minlar, agar kitob berilgan kimsalarning ba’zi bir guruxlariga bo‘yinsunsangiz, ular sizlarni iymonga kelganingizdan keyin yana kofirlikka qaytaradilar.