Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 1466543 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 61 B


Muhammad  08 Avgust 2006, 08:52:09



71. Va (bu qilmishlari natijasida) hech qanday fitna bo‘lmaydi, deb o‘ylab ko‘ru kar bo‘lib oldilar. So‘ng (tavba qilganlarida) Alloh tavbalarini qabul qildi. Keyin ulardan ko‘plari yana ko‘r va kar bo‘lib oldilar. Alloh qilayotgan amallarini ko‘rguvchidir.

72. «Alloh - Masih binni Maryamdir», degan kimsalar aniq kofir bo‘ldilar. Holbuki, Masih: «Ey Bani Isroil, Parvardigorim va Parvardigoringiz bo‘lmish Allohga bandalik qilingiz!» — demishdir. Albatta kimda-kim Allohga shirk keltirsa, Alloh unga jannatni harom qilur va borar joyi do‘zax bo‘lur. Zulm qilguvchilar uchun biron yordamchi bo‘lmas.

73. «Alloh — Uchtaning (ya’ni Alloh, Maryam, Iysoning) biridir», degan kimsalar ham aniq kofir bo‘ladilar. Chunki yagona Ilohdan boshqa biron iloh yo‘qdir. Agar aytayotgan gaplaridan to‘xtamasalar, albatta ulardan kofir bo‘lgan kimsalarni alamli azob ushlaydi.

74. Axir, Allohga tavba qilib, mag‘firat qilishini so‘ramaydilarmi?! Alloh mag‘firatli, mehribon-ku!

75. Masih binni Maryam faqat bir payg‘ambar bo‘lib, undan ilgari ham ko‘p payg‘ambarlar o‘tgandir. Uning onasi esa siddiqa — Allohga haqqi-rost iymon keltirgan ayoldir. Ikkalalari ham taom yer edilar. (Ey Muhammad), oyat-hujjatlarni ularga qanday bayon qilishimizni ko‘ring, so‘ng ularni qanday bo‘hton tomonga og‘ayotganlarni ko‘ring!

76. Ayting: «Allohni qo‘yib, sizlar zarar ham, foyda ham berishga ega bo‘lmagan narsalarga ibodat qilasizmi? Alloh eshitguvchi, bilguvchidir».

Qayd etilgan


Muhammad  08 Avgust 2006, 08:53:41

YETTINCHI JUZ’
*************************



77. Ayting: «Ey ahli kitob, diningizda noto‘g‘ri tomonga tajovuz qilmang va (islom kelishidan) ilgari yo‘ldan ozgan va ko‘plarni yo‘ldan ozdirgan hamda to‘g‘ri yo‘ldan chiqib ketgan qavmning nafsi havolariga ergashmang!

I z o h . Yahudiylar Isoni otasiz tug‘ilgani uchun «valadi zino», ya’ni «haromdan bo‘lgan bola», deb haqorat tuhmat qilar edilar. Nasroniylar esa «Iso — xudoning o‘g‘li» deyishar edi. Shuning uchun bu oyatda har ikki toifaga: «Diningizda noto‘g‘ri tomonga tajovuz qilmang», deb xitob etiladi.

78. Bani Isroil orasidan kofir bo‘lgan kimsalar Dovud va Iyso binni Maryam tilida la’natlangandirlar. Bunga sabab ularning qilgan isyonlari va tajovuzkor bo‘lganlaridir.

79. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish!

80. Ulardan ko‘plari kofir bo‘lgan kimsalarni do‘st tutganlarini ko‘rasiz. Ularga nafsi havolari naqadar yomon narsani — Allohning g‘azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qolguvchidirlar.

81. Agar Allohga, payg‘ambarga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni — kofirlarni do‘st tutmagan bo‘lur edilar. Lekin ulardan ko‘plari itoatsiz kimsalardir.

82. Iymon keltirgan zotlarga eng qattiq adovat qilguvchi odamlar yahudiylar va mushrik bo‘lgan kimsalar ekanini ko‘rasiz. Iymon keltirgan zotlarga eng yaqin do‘st bo‘lguvchilar esa: «Biz nasroniylarmiz», degan kishilar ekanini ko‘rasiz. Bunga sabab ularning orasida olimlar va rohiblar bor ekanligi va ularning kibr-havo qilmasliklaridir.

Qayd etilgan


Muhammad  08 Avgust 2006, 08:54:08



83. Ular payg‘ambarga nozil qilingan narsani (Qur’onni) eshitgan paytlarida, uning haq ekanini bilganlari sababli ko‘zlaridan yosh quyilayotganini ko‘rasiz. Ular: «Parvardigoro, iymon keltirdik. Bas, bizni guvoxlik berguvchilar qatoriga yozgin», deydilar.

I z o h . Ushbu oyatlar Habash davlatidagi nasroniylar haqida nozil bo‘lgan. Islomning ilk davrlarida Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salomga iymon keltirgan sahobalarga turli tazyiqlar o‘tkazib, musulmonlar uchun Makkada yashash nihoyat darajada qiyinlashib ketganida Rasululloh bir qancha sahobaga Habash yurtiga hijrat qilishni buyurdilar. U yerda nasroniylar yashar edilar. Musulmonlar borganlarida Habashiston podshohi Najoshiy ulardan kim ekanliklarini va qaysi dinga ishonishlarini so‘rab-surishtiradi. Bular o‘zlarining arab yurtidan kelganliklarini, dinlari Islom, payg‘ambarlari Muhammad alayhis-salom ekanini aytadilar. Najoshiy: «Bu qanday din va qaysi kitobga amal qiladi, u qanday payg‘ambar?» — deb so‘raganida, musulmonlar payg‘ambar alayhis-salom haqlarida ma’lumot berib, Islomning mohiyatini so‘zlab beradilar va Qur’on oyatlaridan tilovat qiladilar. Shunda Najoshiy va boshqa nasroniy ulamo va rohiblar Islom haq din ekaniga, Qur’onning esa ilohiy kitob ekaniga tan beradilar va bu kitob oyatlarining ta’siridan ko‘zyoshlarini to‘xtata olmay qoladilar. Najoshiy esa: «Bu kitob bilan bizning Injilimizning asli — manbai bittaga o‘xshaydi», deydi va musulmonlarga bu yurtda bemalol yashashlari uchun qulayliklar hozirlab berishni buyuradi. Bu voqealardan xabar topgan o‘sha yerlik yahudiylar: «Nasroniylar o‘z dinlaridan chiqib, musulmon bo‘lib ketdilar», deb malomat qilganlarida, nasroniy ulamo va rohiblari ularga javoban bunday deydilar:

84. «Bizga nima bo‘ldiki, o‘zimiz Allohga va bizga kelgan haq dinga ishonmaymiz-u, yana Parvardigorimiz bizni ham bu solih qavm bilan birga (jannatga) doxil kilishini tama’ qilamiz?!»

85. Bas, shu gaplari sababli Alloh ularni ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadiy yashaydigan jannatlar bilan mukofotladi. Bu chiroyli amal qilguvchilarning mukofotidir.

86. Kofir bo‘lgan va Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalar esa jahannam egalaridir.

87. Ey mo‘minlar, Alloh Sizlar uchun halol qilib qo‘ygan pokiza narsalarni harom demanglar va (Alloh belgilagan chegaradan) tajovuz qilmanglar! Albatta, Alloh tajovuzkor kimsalarni sevmas.

88. Alloh sizlarga rizq qilib bergan halol, pok narsalardan yenglar va o‘zlaringiz iymon keltirgan Allohdan qo‘rqinglar!

89. Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi. Balki (dillaringizdagi) mahkam tuggan qasam sababli (agar shunday qasamni buzsangiz) jazolaydi. Bas, uning kafforati o‘z oilangizni boqadigan o‘rtacha taomlardan o‘nta miskinga taom berish yoki ularning sarposini qilish, yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kim (bu narsalarni) topa olmasa, uch kun ro‘za tutsin! Mana shu — qasam ichgan (va uni buzgan) paytingizdagi qasamlaringiz kafforatidir. Qasamlaringizni (buzishdan) saqlaningiz. Shukr qilishingiz uchun Alloh sizlarga o‘z oyatlarini mana shunday ochiq-oydin bayon qilur.

Qayd etilgan


Muhammad  08 Avgust 2006, 08:54:29



90. Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning xar biridan uzoq bo‘lingiz!

91. Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar! 


I z o h. Bu hukm Qur’ondagi aroq, qimor... haqidagi oxirgi hukmdir, musulmonlar mana shu hukmga amal qilishlari farzdir. Qur’on odatdagidek bu narsalarni quruqdan-quruq harom deyish bilan kifoyalanmay, nima sababdan harom qilinganini ham bayon qiladi.

92. Allohga itoat qilingiz, payg‘ambarga buyinsuningiz va (haromdan) ehtiyot bo‘lingiz! Agar (itoatdan) bosh tortsangiz, bilingizki, payg‘ambarimiz zimmasida faqat (bizning hukmlarimizni) ochiq-ravshan qilib yetkazish bor, xolos.

93. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun — agar (harom narsalardan) saqlanib, iymon va yaxshi amallarida sobit bo‘lsalar, so‘ngra o‘zlarini saqlab (u narsalarning haromligiga) iymon keltirsalar, so‘ngra Allohdan qo‘rqib, chiroyli amallar qilsalar — (ilgari) yeb-ichgan narsalarida gunoh, yo‘qdir. Alloh chiroyli amal qilguvchilarni sevadi.

94. Ey mo‘minlar, albatta Alloh g‘oyibda (ko‘rmay) turib o‘zidan qo‘rqadigan kishilarni bilish uchun sizlarni (haj safarida bo‘lgan chog‘ingizda) qo‘l va nayzalaringiz yetgudek ovlar bilan imtihon qilur. Mana shu (ogohlantirishdan) keyin kim haddidan oshsa (ihromda bo‘lgan holda ov ovlasa), uning uchun alamli azob bordir.

95. Ey mo‘minlar, ihromda bo‘lgan chog‘ingizda biron ovni o‘ldirmang! Sizlarning orangizdan kim qasddan biron ovni o‘ldirsa, (uning zimmasida) chorva mollaridan o‘ldirgan ovi barobarida jazo bordirki, u Ka’baga yetib borguvchi hadya bo‘lib, unga o‘zlaringdan ikki adolat egasi hakamlik qilur. Yoki (uning zimmasida) kafforat — (o‘sha ovning qiymati barobarida) miskinlarga taom berish yo o‘z ishining ziyonini totib ko‘rishi uchun shuning (ya’ni o‘sha qiymatning) barobarida ro‘za tutish bordir. Ilgari o‘tgan ovlarni Alloh afv etdi. Kim yana qaytib (ov) qilsa, undan Alloh intiqom olur. Alloh qudrat va intiqom sohibidir.

Qayd etilgan


Muhammad  08 Avgust 2006, 08:54:52



96. Sizlarga o‘zingiz va boshqa musofirlar foydalanishi uchun dengiz (suv) ovi va uning yemishlari (ya’ni sizlar ovlamay o‘zi sohilga chiqib qolgan narsalar) halol qilindi. Va modomiki ihromda ekansizlar, sizlarga quruqlik ovi harom qilindi. (Qiyomat kuni) dargohida to‘planadigan Allohdan qo‘rqingiz!

97. Alloh Ka’ba — Bayt-ul-haromni, urush harom etilgan oyni, hadya (qurbonliq) va hadya belgilarini (hadya uchun atalgan jonivorlarga osib qo‘yiladigan hadyalik alomatlarini) odamlar uchun to‘g‘rilik asosi qilib qo‘ydi.


I z o h . Odamlar Ka’bani muqaddas deb bilganlari uchun u yerda urushmas edilar. Agar Ka’baga biron-bir qotil kirib qolsa, to chiqmagunicha unga tegmaydilar. Urush harom qilingan oylarda (Zul-qa’da, Zul-hijja, Muharram va Rajab oylarida) esa odamlar uchun hech qanday urush xavfi yo‘qdir. Alloh yo‘liga hadya (qurbonlik) qilingan yoki hadyalik belgisi osib qo‘yilgan jonivorlarga ham hech kim tegmas, agar ochlikdan sillalari qurib qolsa ham u jonivorlarni so‘yib yeyishni gunoh deb bilardilar. Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar kishilarda to‘g‘rilik-rostlik xislatlarini tarbiyalashga qaratilgan.

Bu (narsa) Alloh osmonlar va yerdagi bor narsani bilishini -- Alloh hamma narsani bilguvchi ekanini bilishinglar uchundir.

98. Albatta, Alloh azobi qattiq zot ekanini va albatta Alloh mag‘firatli, mehribon ekanini bilingiz!

99. Payg‘ambar zimmasida faqat yetkazish bor, xolos. Alloh oshkor etgan narsangizni ham, yashirgan narsangizni ham bilur.

100. (Ey Muhammad), ayting: «Garchi nopok narsaning ko‘pligi sizni qiziqtirsa ham, nopok narsa pok narsaga barobar bo‘lmas. Bas, axli donish, najot topishingiz uchun Allohdan qo‘rqingiz!

101. Ey mo‘minlar (Alloh sizlardan kechib yuborgan), ochilganda sizlarni xafa qiladigan narsalar haqida so‘ramanglar! Qur’on nozil bo‘layotganda u narsalar haqida so‘rasangiz, sizlarga ochib beriladi (ya’ni zimmangizga yuklanadi). Holbuki, Alloh u narsalarni kechib yuborgan edi. Alloh mag‘firatli, haliymdir.

102. U narsalar haqida sizlardan oldingi qavm so‘ragan edi. So‘ngra esa u narsalarni inkor qiluvchilarga aylandilar.


I z o h . Bani Isroil qavmi o‘z payg‘ambarlaridan Alloh ularga buyurmagan narsalarni so‘rar edilar. Keyin payg‘ambar ularga o‘sha narsalarni qilishga amr qilganida esa bosh tortdilar. Shuning uchun Qur’on musulmonlarga Alloh buyurmagan ishlarni so‘rab-surishtiravermay, o‘zlariga buyurilgan ibodatlarni sidqidildan ado etaverishni uqtiradi.

103. Alloh na «bahiyra», na «soiba», na «vasiyla» va na «homiy» qilishga (buyurgani) yo‘q. Lekin kofir kimsalar Alloh sha’niga yolg‘on to‘qimoqdalar. Ularning ko‘plari aqlsizdirlar.

I z o h . Islom kelishidan ilgari arablarda shunday odat bor edi: beshta tuqqan tuyaning qulog‘ini kesib, butlarga hadya etardilar. Shundan keyin uni sog‘ish harom deb hisoblanar edi. Bunday tuyani «bahiyra» deb atashardi. Biron kishi betob bo‘lib qolsa: «Sog‘ayib ketsam, tuyamni Tangri yo‘lida haydab yuboraman», deb qasam ichardi. So‘ng sog‘aygach, tuyasini ko‘chaga haydab chiqarar va undan hech kim foydalanmas edi va uni «soiba» deb atashar edi. Arablar ketma-ket ikkita urg‘ochi bo‘taloq tuqqan ona tuyani ham «vasiyla» deb atab, butlarga qurbonlik qilar edilar. «Homiy» esa pushtidan o‘n bo‘taloq bo‘lgan erkak tuyadir. Arablarning odaticha, bunday tuya ham o‘z ishini qilib bo‘lgan deb hisoblanib, bo‘sh qo‘yib yuborilar edi. Mazkur oyat bu ishlarning birontasi Tangrining farmoni emasligini va xurofot ekanligini uqtiradi.

Qayd etilgan


Muhammad  08 Avgust 2006, 08:55:18



104. Qachon ularga: «Alloh nozil qilgan narsaga va payg‘ambarga kelinglar», deyilsa, ular: «Biz uchun ota-bobolarimizni nimaning (ya’ni qaysi dinning) ustida topgan bo‘lsak, o‘sha yetarli», deyishadi. Agar ota-bobolari hech narsani bilmaydigan va haq yo‘lni topa olmaydigan bo‘lsalar ham-a?!

105. Ey mo‘minlar, o‘zingizni bilingiz! (Ya’ni gunohlardan saqlaningiz!)
Modomiki, haq yo‘lni tutgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar yetkaza olmas. Barchangiz ham Allohga qaytishingiz bordir. Ana o‘shanda Alloh sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur.


I z o h . Bu oyatni payg‘ambar alayhis-salom shunday sharxlagan ekanlar: «Yaxshilikka yuringiz, yomonlikdan qaytingiz. Qachon odamlarning baxillikka, nafsu havoga va molu dunyoga berilib ketganlarini ko‘rsangiz, o‘zingizni bu illatlardan saqlangiz, shunda ularning qilgan ishlarining sizga zarari bo‘lmaydi».

106. Ey mo‘minlar, birovingizga o‘lim kelganda — vasiyat qilar vaqtida o‘zingizdan (ya’ni musulmonlardan) bo‘lgan ikki adodat egasi yoki agar biror yerga safar qilib, o‘sha yerda sizga o‘lim yetgan bo‘lsa, o‘zgalardan bo‘lgan ikki kishi o‘rtalaringizda guvoh bo‘lsin! U guvohlarni namoz o‘qib chiqqanlaridan keyin tutasizlar. Agar (ularning adolat qilishiga) shubha qilsangiz, ular Alloh nomiga bunday qasam ichadilar: «Garchi guvohlik beriluvchi, ya’ni merosxo‘r qarindoshimiz bo‘lsa-da, bu qasamimizni ozgina qiymatga almashtirmaymiz va Alloh uchun bergan guvohligimizni yashirmaymiz. Zotan u holda biz hech shak-shubhasiz gunohkorlardan bo‘lib qolamiz».

107. Agar ularning gunohkor bo‘lganlari (ya’ni yolg‘on guvoxlik berganlari) ma’lum bo‘lib qolsa, u holda ularning o‘rinlariga turadigan, merosga haqdor kishilardan bo‘lgan boshqa ikki kishi (guvohlik berish uchun) eng loyiq kishilardir. Bas, bu ikkovi ham: «Bizning bergan guvohligimiz ularning guvohligidan to‘g‘riroq, biz (bu guvohlik berishda) haqdan tajovuz qilganimiz yo‘q. Chunki u holda biz hech shak-shubhasiz zolimlardan bo‘lib qolurmiz», deb Alloh nomiga qasam ichadilar.

108. Mana shu rost guvoxlik berishlariga yoki qasamlaridan keyin yana qayta qasamlar ichilishidan (ya’ni sharmanda bo‘lishlaridan) qo‘rqishlariga yaqinroq hukmdir. (Ey mo‘minlar), Allohdan qo‘rqingiz va Unga quloq tutingiz! Zotan Alloh itoatsiz qavmni haq yo‘lga hidoyat qilmas.

Qayd etilgan


Muhammad  08 Avgust 2006, 08:55:39



109. Alloh payg‘ambarlarini to‘plab: «Sizlarga (ya’ni, qilgan da’vatingizga ummatlaringiz tomonidan) qanday javob bo‘ldi?» — deb so‘raydigan kunida, ular: «Biz bilmaymiz. Faqat Sening O’zinggina g‘ayb ilmlarining bilimdonisan», deydilar.

110. Eslang (ey Muhammad), Alloh aytgan edi: «Ey Iyso binni Maryam, senga va volidangga bergan ne’matimni — Seni Ruhul-Quds (Jabroil) bilan quvvatlantirganimda, odamlarga beshikda (go‘dakligingda) ham balog‘atga yetgan holingdagi kabi so‘zlaganingni, senga kitob — xat va hikmat — ilmni, Tavrot va Injilni bildirganimni va Mening iznim-ixtiyorim bilai loydan qush timsolini yasaganingni, so‘ngra unga puflaganingda, Mening iznim-ixtiyorim bilan rostakam qushga aylanganini, Mening iznim-ixtiyorim bilan ko‘r va peslarni tuzatganingni va Mening iznim-ixtiyorim bilan o‘liklarni (tiriltirib, qabrlaridan) chiqarganingni eslagin! Yana Bani Isroilga bu mo‘‘jizalarni keltirgan paytingda ularni seni (halok qilishdan) to‘sganimni eslagin! O’shanda ularning oralaridagi kofir bo‘lgan kimsa: "œBu ochiqdan-ochiq sehrdan o‘zga narsa emas", deyishgan edi.

111. Yana havoriylarga (sen orqali): «Menga va payg‘ambarimga iymon keltiringlar», deb vahiy yuborganimda, ular: «Iymon keltirdik. (Ey Parvardigor), bizning itoat qilguvchilar ekanimizga O’zing shohid bo‘l», deganlarini eslagin!

112. Havoriylar: «Ey Iyso binni Maryam, Parvardigoring bizga osmondan bir dasturxon nozil qilishga qodirmi?» — degan paytlarida (Iyso ularga): «Agar mo‘min bo‘lsangizlar, Allohdan qo‘rqinglar», deb javob qildi.

113. Ular dedilar: «Biz (faqatgina) u dasturxondan yeyishni va ko‘ngillarimiz taskin topishini hamda sening rost so‘zlaganingni aniq bilib, u dasturxonga guvohlik beruvchilardan bo‘lishni istaymiz».

Qayd etilgan


Muhammad  08 Avgust 2006, 08:56:06



114-115. (Shunda) Iyso binni Maryam: «Ey Tangrim, Parvardigor, bizga osmondan bir dasturxon nozil qilginki, u avvalu oxirimiz uchun bayram va Sening oyat-mo‘‘jizang bo‘lib qolgay. Bizni (shu ne’matdan) bahramand qilgil. O’zing eng yaxshi rizq berguvchisan», deganida, Alloh aytdi: «Men uni sizlarga tushirguvchiman. Ammo shundan keyin sizlardan kimda-kim kofir bo‘lsa, uni shunday azobga giriftor qilamanki, butun olamlardan biron odamni unday azoblamagayman».

116. Eslang (ey Muhammad), Alloh: «Ey Iyso binni Maryam, odamlarga: «Allohni qo‘yib, meni va onamni xudo qilib olinglar», deb sen aytdingmi?» — deganida, (Iyso) aytdi: «Ey pok Parvardigor, haqqim bo‘lmagan narsani aytish men uchun durust emas-ku. Agar aytgan bo‘lganimda, Sen albatta bilar eding. Zotan Sen dilimdagi bor narsani bilursan. Ammo men Sening huzuringdagi hech narsani bilmasman. Faqat Sen O’zing g‘ayb ilmlarining bilimdonisan.

117. Men ularga faqat O’zing amr qilgan gapnigina aytdim: «Parvardigorim va Parvardigoringiz bo‘lmish Allohga ibodat qilingiz!» Va oralarida bo‘lgan muddatimda ularning ustida guvoh bo‘lib turdim. Meni O’z huzuringga chorlaganingdan keyin esa, Sen O’zing ularning ustida kuzatuvchi bo‘lding. Sen O’zing hamma narsaga guvohdirsan.

118. Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen O’zing qudrat, hikmat egasidirsan».

119. Alloh aytdi: «Bu kun (ya’ni qiyomat kuni) haqqi-rost iymon keltirganlarga rost so‘zlari foyda beradigan kundir». Ular uchun ostidan daryolar oqib turadigan jannatlar bordir. Ular unda abadiy qolajaklar. Ulardan Alloh rozi bo‘ldi, ular ham Allohdan rozi bo‘ldilar. Bu esa ulug‘ baxtdir.

120. Osmonlar va yer hamda ulardagi bor narsa Allohning mulkidir. U hamma narsaga qodirdir.

Qayd etilgan


Muhammad  11 Avgust 2006, 07:47:59



AN’OM SURASI

Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat bu surada so‘z e’tiqod va iymon mohiyati ustida boradi. U mavzu e’tibori bilan Madinada nozil bo‘lgan Baqara, Ol-i Imron, Niso va Moida suralaridan keskin farq qiladi. Bu surada islomiy jamiyatning o‘ziga xos belgilari — ro‘za, haj, oilaviy masalalar yoki jihod hukmlari, yoxud ahli kitoblar va boshqalar xususida so‘zlanmaydi. Balki unda e’tiqod va iymonga aloqador markaziy masalalar — Allohning zoti va sifatlari, vahiy va payg‘ambarlik mohiyati hamda qayta tirilish va qiyomat kunida bo‘ladigan hisob-kitob borasida so‘z yuritiladi.

«An’om»dagi oyatlar Alloh yaratuvchilikda ham, shariat qonunlarida ham, ma’budlikda ham yagona, deb uqtiradi. Yana u payg‘ambarlar otasi - Ibrohim alayhis-salom va uning zurriyotidan bo‘lgan bir qancha payg‘ambarlar haqida hikoya qiladi. Bulardan tashqari, yashab turgan dunyomiz inson uchun sinov-imtihon olami ekanligi aytilib, inson bu dunyoda Allohning xalifasidir, deb ta’kidlanadi. Binobarin, bu dunyoni obod-osoyishta qilish ham, xarob-vayronaga aylantirish ham insonning o‘z qo‘lida ekanligi yana bir bora eslatib o‘tiladi. Boshqa suralar bo‘linib-bo‘linib, har xil muddatlarda nozil qilingani holda bu sura Makkada bir kechada daf’atan to‘la nozil bo‘lgan.

Bu surada yana chorva hayvonlari va ular haqidagi xukmlar ham bayon etilgani uchun u «An’om» — «Chorvalar» deb ataladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Hamdu sano osmonlar va yerni yaratgan, zulmatlar va nurni taratgan Alloh uchundir. So‘ngra (ya’ni Uning shunday yagona ekanligi haqidagi hujjatlarnk ko‘ra turib) kofir bo‘lgan kimsalar Parvardigorlariga (o‘zgalarni) tenglashtiradilar.

2. U sizlarni (Otangiz Odam Atoni) loydan yaratib, so‘ngra ajalni (ya’ni tiriklik muddatini) belgilab qo‘ygan zotdir. Uning huzurida yana bir belgilangan ajal (ya’ni tirilish muddati) bordir. Shundan keyin ham sizlar (ey kofirlar) shak-shubha qilmoqdasiz.

3. U osmonlaru yerdagi yakkayu yagona Allohdirki, sizlarning yashirgan va oshkor qilgan narsangizni ham, qilgan kasbu koringizni ham bilur.

4. Ularga (ya’ni kofirlarga) Parvardigorlarining oyatlaridan biron oyat kelsa, albatta, undan yuz o‘giruvchi bo‘ldilar.

5. Ularga haq (Qur’on) kelganda uni ham yolg‘on dedilar. Endi yaqinda ularga o‘zlari masxara qiluvchi bo‘lgan narsaning xabarlari kelajak (ya’ni Qur’onda aytilgan xabarlar haq ekanligini bilib oladilar).

6. Ulardan ilgari necha asrlarni (zamonlarni) halok qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Ularga (ya’ni o‘sha asrlarda yashagan odamlarga) yerda sizlarga bermagan joylarni bergan, ustlaridan samoni (ya’ni yomg‘irni) serob qilib yuborgan, ostlaridan daryolarni oqizib qo‘ygan edik. Bas, gunoxlari sababli o‘shalarni ham halok qildik va ulardan so‘ng yana boshqa asrlarni paydo qildik.

7. (Ey Muhammad), agar sizga qog‘ozga (yozilgan) bir maktub tushirsak va uni qo‘llari bilan ushlab ko‘rsalar ham kofir bo‘lgan kimsalar: "œBu ochiq sehrdan o‘zga narsa emas!", degan bo‘lur edilar.

8. «Unga (ya’ni Muhammadga payg‘ambarligini tasdiq etadigan) biron farishta tushsa edi», dedilar. Agar farishta tushirsak, ish tugatilgan bo‘lur edi. So‘ngra ularga qarab turilmas.


I z o h. Buni shunday tushunmoq lozim: agar osmondan ular talab etgan farishta tushsa-yu, shundan keyin ham iymon keltirmay kufrlarida oyoq tirab turib olsalar, «ish tugatilgan», ya’ni hech qanday muhlat berilmay, ular darhol halok qilingan bo‘lur edilar. Ayrim ishonmaydigan kimsalar: «Agar payg‘ambar bizga o‘xshagan odam ekan, farishta bo‘lganida unga iymon keltirardik», deganlarida, ularga javoban quyidagi oyat nozil bo‘ldi.

Qayd etilgan


Muhammad  11 Avgust 2006, 07:48:39



9. Agar uning (payg‘ambarning) o‘zini farishta qilsak ham, uni er kishi (ya’ni inson suratida) qilgan va ularga noaniq holda turgan narsani yana xiralashtirgan bo‘lur edik.

I z o h . Chunki farishtalar nurdan yaratilgan bo‘lganlari uchun agar inson suratiga kiritilmasa, kishilar ularni ko‘ra olmaydilar. Inson suratida ko‘rganlarida esa farishta ekanligiga ishonmaydilar.

10. (Ey Muhammad), sizdan avval o‘tgan payg‘ambarlarning ustidan ham kulingan. So‘ng ularni masxara qilgan kimsalarni o‘sha kulgilari o‘rab, (domiga tortib) ketgan (ya’ni halok qilgan).

11. Ayting: «Yerni aylanib sayru sayohat qilinglar, so‘ngra (payg‘ambarlarni) yolg‘onchi qilguvchilarning oqibati qandoq bo‘lganini ko‘ringlar».

12. Ayting (so‘rang): «Osmonlar va yerdagi narsalar kimniki?» Ayting: «Allohniki». U O’z ustiga osmonu yerdagi bor mavjudotga rahmat-marhamat qilishni yozib qo‘ygandir. U albatta sizlarni hech shak-shubhasiz bo‘lgan qiyomat kuniga to‘playdi. Faqat o‘zlariga ziyon qilgan kimsalargina iymon keltirmaydilar.

13. Kecha va kunduzga jo bo‘lgan bor narsa Uningdir. U eshitguvchi, bilguvchidir.

14. Ayting: «O’zi rizqlanmay (taomlanmay barchani taomlantirgan) holida osmonlar va yerning yaratguvchisi bo‘lgan Allohdan o‘zgani do‘st tutaymi?!» Ayting: «Albatta, men Allohga bo‘yinsunguvchi kishilarning avvalgisi bo‘lishga ma’murman (amr qilinganman)». Hargiz mushriklardan bo‘lmang!

15. Ayting: «Albatta, men agar Parvardigorimga itoatsizlik qilsam, ulug‘ kunda (qiyomatda Alloh tomonidan) bo‘ladigan azobdan qo‘rqaman».

16. O’sha kunda kimdan (azob) chetlatilsa, bas, unga Alloh rahm qilibdi. Mana shu ochiq najotdir!

17. Agar Alloh sizni (kambag‘allik, xastalik kabi) biron ziyon bilan ushlasa, bas, uni faqat O’zigina aritguvchidir. Agar sizni biron yaxshilik bilan ushlasa, bas, bilingki, U hamma narsaga qodirdir.

18. Uning o‘zi bandalari ustida g‘olibdir. Uning O’zi hikmat sohibi (har narsadan) ogohdir.

Qayd etilgan